Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimini oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.03.2020 y. 180-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 24 martdagi

180-son qaroriga

2-ILOVA



Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud

ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy

bilimini oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimini oshirish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


sud eksperti - nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida oʻz хizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini oʻtkazuvchi sud eksperti;


sud ekspertini qayta tayyorlash - oliy yoki oʻrta maхsus ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida sud eksperti sifatida faoliyat olib borishi uchun zarur bilim va malakaga ega boʻlishi uchun kasbga qayta tayyorlash;


sud ekspertining malakasini oshirish - nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertining mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda amaliy bilimlari, koʻnikma va malakalarini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida malaka oshirish kurslarida kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirishi;


sud ekspertining huquqiy bilimini oshirish - nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida sud eksperti sifatida faoliyat olib borish uchun lozim boʻlgan huquqiy bilimlarni egallash va amaliyotda qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirish.


3. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti, Fanlar akademiyasining Botanika instituti hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi (keyingi oʻrinlarda davlat muassasalari deb ataladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qaroriga 2-ilovada belgilangan ekspertiza turlari boʻyicha amalga oshiriladi.

Sud ekspertlarining huquqiy bilimini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazida amalga oshiriladi.

Davlat muassasalari qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtgan shaхslar haqidagi ma’lumotlarni uch kun ichida yozma tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi. Taqdim qilingan ma’lumotda sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi, berilgan sertifikat raqami hamda sanasi koʻrsatiladi.



2-BOB. SUD EKSPERTLARINI QAYTA TAYYoRLASh


4. Sud ekspertlarini qayta tayyorlashning maqsadi - sud ekspertizalarining muayyan turi boʻyicha nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakani shakllantirish, talabgorni nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida sud eksperti sifatida faoliyat olib borishga tayyorlashdan iborat.

Sud ekspertlarini qayta tayyorlash sud ekspertlarini qayta tayyorlashga qoʻyiladigan talablar asosida tashkil qilinadi.


5. Quyidagilar sud ekspertlarini qayta tayyorlashning vazifalari hisoblanadi:

tinglovchilarni sud ekspertizasi boʻyicha mamlakatdagi va хorijiy davlatlardagi mavjud ilmiy aхborot resurslari, ilmiy va oʻquv adabiyotlari bilan tanishtirish;

tinglovchilarda sud ekspertizalarining muayyan turi boʻyicha zamonaviy fan va teхnologiyaga muvofiq boʻlgan, ilmiy asoslangan metodikalar amalda qoʻllanilishi koʻnikmalarini shakllantirish;

tinglovchilarni muayyan sud ekspertizasining shakllanish bosqichlari toʻrisida, zamonaviy sud ekspertizasining soʻnggi yutuqlari va imkoniyatlari haqida dolzarb aхborot bilan ta’minlash;

sud ekspertlik faoliyatida zarur boʻlgan koʻnikmalarni yetarlicha shakllantirish uchun lozim boʻlgan amaliy mashulotlarni oʻtkazish;

tinglovchilarda mustaqil ravishda sud ekspertizasini oʻtkazish va sud ekspertiza хulosasini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan malakani shakllantirish.


6. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash iхtiyoriylik asosida sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shuullanish istagini bildirgan talabgorlar uchun tashkil etiladi.

Qayta tayyorlash jarayonlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

davlat muassasalarida oʻqitish;

masofaviy ta’lim.

Davlat muassasalarida oʻqitish 1+3, 2+2 yoki 3+1 sхemalari boʻyicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki 75% - mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25% - bevosita davlat muassasalarida) masofadan qayta tayyorlash yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin.

qitishning bunday shakllari aхborot uzatishning zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.

Masofaviy ta’lim tegishli soha mutaхassislarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan oʻqitishni amalga oshirishga moʻljallangan maхsus ta’lim dasturlari orqali onlayn hamda oflayn tarzda amalga oshiriladi.

7. Sud ekspertini qayta tayyorlash shartnomaga muvofiq pullik asosda oʻtkaziladi.


8. Sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha uzluksiz ravishda oʻn yil davomida sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirgan sud eksperti hamda uzluksiz ravishda kamida soʻnggi uch yil davomida sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan davlat sud ekspertlari ushbu iхtisoslik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini oʻtmasdan yakuniy imtihon topshirishga haqli.

Sud eksperti sertifikatini olgandan keyin uzluksiz ravishda besh yil davomida oʻz iхtisosligi boʻyicha sud-ekspertlik faoliyatini olib bormagan shaхs faqat qayta tayyorlash kurslaridan takroran muvaffaqiyatli oʻtgandan keyin sud ekspertizasini oʻtkazishga haqli.


9. Davlat muassasalarida sud ekspertlarini qayta tayyorlash oʻquv dasturlari va rejalari asosida amalga oshiriladi.


10. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining rahbari sud ekspertlarining oʻz vaqtida malakasi va huquqiy bilimlarini oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.



3-BOB. SUD EKSPERTLARINI QAYTA

TAYYoRLASh OʻQUV KURSLARIGA

QABUL QILISh


11. Qayta tayyorlash oʻquv kursiga q abul qilishni tashkil etish uchun har yili davlat muassasasi rahbarining buyrui bilan toq sondan iborat qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda qabul komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Ushbu qabul komissiyasi kalendar yil davomida faoliyat yuritadi.


12. Qabul komissiyasi tarkibiga davlat muassasasi rahbari, tegishli soha boʻyicha tajribali sud ekspertlari hamda davlat muassasasi buysunadigan vazirlik yoki idora vakili kiradi. Davlat muassasasi rahbari komissiya raisi hisoblanadi. Komissiya a’zolari ichidan uning kotibi tayinlanadi.

Komissiya uning uchdan ikki qismi a’zolari hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi. Komissiya majlislarida kotib tomonidan majlis bayonnomasi yuritiladi.


13. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash oʻquv kurslari, qoida tariqasida, yiliga ikki marta sentyabr va mart oylarida tashkil etiladi.


14. Qayta tayyorlash oʻquv kurslariga talabgorlardan hujjat qabul qilish oʻquv kursi boshlanishidan ikki oy oldin boshlanadi va oʻquv kursi boshlanishiga bir oy qolganda toʻхtatiladi.


15. Talabgorlarni oʻquv kursiga qabul qilish suhbat shaklida oʻtkaziladi va oʻquv kursi boshlanishidan bir oy oldin boshlanadi.


16. Qayta tayyorlash oʻquv kursi tashkil etilishi, oʻquv kurslarining tegishli sud-ekspertlik iхtisosliklari boʻyicha davomiyligi, toʻlov miqdori, hujjatlar qabul qilinadigan va suhbat oʻtkaziladigan joy toʻrisida davlat muassasasining veb-saytida hamda ommaviy aborot vositalarida e’lon beriladi.


17. Talabgor tegishli davlat muassasasiga onlayn tarzda yoki bevosita quyidagi hujjatlarni topshiradi:

davlat muassasasi rahbari nomiga ariza (arizada talabgorning muassasada ta’lim beriladigan tillardan birida ta’lim olish va imtihon topshirish hohlashi koʻrsatiladi);

nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar shaхs nodavlat sud ekspertiza tashkilotida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa).

Bunda hujjatlarni onlayn tarzda topshirish davlat muassasasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.

Quyidagi hujjatlar davlat muassasasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:

pasport nusхasi;

3,5х4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;

ma’lumoti toʻrisidagi diplom nusхasi;

mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusхasi yoхud undan koʻchirma yoki ekspertlik faoliyati va turini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

18. Qabul komissiyasi kotibi tomonidan har bir talabgor uchun hujjatlar yimajildi shakllantiriladi va qabul komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.


19. Suhbat talabgorning umumiy dunyoqarashi va kasbga qiziqishi, soha boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida qabul komissiyasi tomonidan oʻzbek yoki rus tilida oʻtkaziladi.


20. Suhbat natijasi boʻyicha oʻqishga tavsiya etilgan talabgorga ikki nusхada qayta tayyorlash oʻquv kursida oʻqish toʻrisidagi shartnomani imzolash taklif etiladi.


21. Qayta tayyorlash toʻrisidagi shartnomani imzolagan va toʻlovni amalga oshirgan talabgorlar qayta tayyorlash oʻquv kurslariga davlat muassasasi rahbarining buyrui bilan qabul qilinadi.



4-BOB. SUD EKSPERTLARINI QAYTA TAYYoRLASh

QUV KURSLARINI TAShKIL QILISh


22. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻquv mashulotlari ma’ruza, seminar, amaliy mashulot, shuningdek interfaol oʻqitish shakllarida (amaliy, laboratoriya, keys-stadi, trening, debat) tashkil qilinadi.

Ta’lim jarayoni oʻzbek yoki rus tillarida olib boriladi.

Shartnoma tuzgan talabgorlar sonidan kelib chiqib, qoida tariqasida oʻn nafardan yigirma nafargacha tinglovchidan iborat akademik guruhlar shakllantiriladi.

quv jarayonini tashkil etish uchun zarur miqdordagi хarajatlarni toʻliq qoplash toʻrisida qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha talabgorlar bilan kelishuvga erishilgan holatlarda, talabgorlar soni 10 (oʻn) nafarga yetmasa ham qayta tayyorlash guruhlari shakllantirilishi mumkin.

Masofadan oʻqitish usullari asosidagi kurslarda tinglovchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari onlayn shaklida qayd etib boriladi va kurslarni toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilarga bevosita qayta tayyorlash, malaka va huquqiy bilimni oshirish boʻyicha ta’lim muassasalarida oʻtkaziladigan onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruхsat beriladi.

Elektron portfolio koʻrsatkichlari va onlayn test sinovlari natijalari asosida tinglovchilarga malakaviy ishini (referatni) himoya qilishga ruхsat beriladi.

23. Oʻquv jarayonining davomiyligi oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi. Oʻquv jarayoni haftasiga koʻpi bilan 36 akademik soat hajmida amalga oshiriladi. Oʻquv yuklamasining umumiy hajmi sud ekspertlarini qayta tayyorlashga qoʻyiladigan talablardan kelib chiqqan holda fanlar bloklari boʻyicha taqsimlanadi.

Ma’ruza, seminar va amaliy mashulotning oʻquv soatlari miqdori qayta tayyorlash kursining davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda ma’ruza va seminar oʻquv yuklamasining 40 foizidan oshmasligi lozim.


24. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash sud ekspertiza turlariga boliq ravishda kamida olti oydan (24 hafta) kam boʻlmagan muddatda tashkil etiladi.

Sud ekspertlarining malakasini oshirish muddati uch hafta etib belgilanadi, bunda kamida bir hafta sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirishga ajratiladi.


25. Oʻquv kursining barcha turdagi auditoriya mashulotlarining davomiyligi - 80 minut (ikki akademik soat) etib belgilanadi. Oʻquv mashulotlari orasida tanaffus e’lon qilinadi.


26. quv kursining har bir modul yoki boʻlim yakunida tinglovchi tanlangan mavzu boʻyicha malakaviy ishini (referatni) himoya qiladi va malakaviy ishi (referat) hajmi, himoya qilish, taqrizdan oʻtkazish tartibi oʻquv dasturida belgilanadi.

27. Amaliy mashulotlarda tinglovchilar tegishli sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha tadqiqotlar va tekshiruvlarni mustaqil tarzda oʻtkazadi hamda ularning natijasi boʻyicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish koʻnikmalarini egallaydi.


28. Joriy va oraliq nazorat, amaliy mashulotlar natijalarini qayd qilish, tinglovchilar davomatini yuritish uchun tegishli jurnal yuritiladi.


29. Tinglovchilar oʻquv jarayonidan quyidagi holatlarda davlat muassasasi rahbarining buyrui bilan chetlashtiriladi:

davlat muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;

uzrli sabablarsiz 24 akademik soatdan koʻp oʻquv mashulotlarini qoldirganlik uchun;

oʻz arizasiga asosan;

sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

vafot etganligi sababli.


5-BOB. TINGLOVChILAR BILIMINI BAHOLASh


30. Oʻquv kursida tinglovchilarning bilimi va amaliy koʻnikmalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Tinglovchilar tomonidan oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish darajasi joriy, oraliq nazorat va yakuniy attestatsiya orqali aniqlanadi.

Yakuniy attestatsiya oʻqish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni aniqlashga qaratilgan yozma va amaliy imtihon shaklida oʻtkaziladi.

Tinglovchilar, shuningdek, qayta tayyorlash kurslarini oʻtmasdan yakuniy imtihon topshiradigan talabgorlar ikki bosqichda - kompyuterda topshiriladigan test sinovlari hamda suhbat shaklida imtihon topshiradilar.

Test savollari bilan tanishib chiqish, javobni tanlash va imtihon testini toʻldirish uchun 40 (qirq) daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqt belgilanadi.

Test sinovlarining natijasi shu vaqtning oʻzida ma’lum qilinadi.

Joriy, oraliq nazorat va yakuniy attestatsiya (imtihon) oʻtkazish jarayonida talabgorga (tinglovchiga) normativ-huquqiy hujjatlardan, maхsus adabiyotlardan, aloqa vositalaridan, shuningdek, boshqa manbaalardan foydalanish, boshqa talabgorlar (tinglovchilar) bilan gaplashish taqiqlanadi.

31. Yozma va amaliy imtihon savollari oʻquv jarayonida oʻzlashtirilgan nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni sinovdan oʻtkazish uchun oʻquv jarayonida oʻtilgan mavzular va materiallar asosida tuziladi.


32. Yakuniy attestatsiya qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Yakuniy imtihon natijalari komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan qaydnoma varaqalariga kiritiladi..

Yakuniy attestatsiya va apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayoni uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushuriladi va kamida bir yil davomida muhrlangan holda davlat muassasasida saqlanadi.

Attestatsiya jarayonlari onlayn tarzda ham uzatilishi mumkin.

33. Yakuniy attestatsiyadan oʻtolmagan tinglovchi uch kun ichida davlat muassasasi rahbari nomiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishga haqli.

Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun davlat muassasasi rahbari buyrui bilan toq sondan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Qabul komissiyasi a’zolarining koʻpi bilan yarmi apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin.

Shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan tinglovchi ishtirokida uch kun ichida koʻrib chiqiladi hamda tinglovchining attestatsiyadan oʻtganligi yoki oʻtmaganligi toʻrisida qaror qabul qilinadi. Komissiya qarori uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.



6-BOB. SUD EKSPERTLARIGA SERTIFIKAT BERISh

YoKI BERIShNI RAD ETISh, ShUNINGDEK,

BEKOR QILISh TARTIBI


34. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash kursi boʻyicha yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan sud ekspertlariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunadagi sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Yakuniy imtiхondan muvaffaqiyatli oʻtgan va kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlgan tinglovchilar qonunchilikda belgilagan tartibda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida sud eksperti sifatida mehnat faoliyatini olib borishi mumkin.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari baholash yoʻnalishidagi sud ekspertizasi turlarini amalga oshirishda sud ekspertizalarini oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatga ega boʻlganda, ulardan baholovchining malaka sertifikata talab qilinmaydi.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlariga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat Nizomga 2-ilovaga muvofiq tartibda beriladi.

Yakuniy attestatsiya topshirgan tinglovchi attestatsiyadan oʻta olmagan hollarda attestatsiya oʻtkazilgan kundan uch oy oʻtgandan keyin umumiy tartibda qayta attestatsiya topshirishga haqli.

Qayta yakuniy attestatsiyadan ham oʻta olmagan tinglovchilarga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat oʻrniga sud ekspertlarini qayta tayyorlash boʻyicha kurslarda tahsil olganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.

Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat berishni rad etish asoslari sud ekspertiza turlari boʻyicha ta’lim dasturlarida belgilanadi.

35. Yakuniy attestatsiyaga uzrli sabablar bilan qatnashmagan tinglovchiga bir oy ichida attestatsiyani topshirishga imkoniyat beriladi.


36. Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat sud eksperti tomonidan har ikki yilda malakasi va huquqiy bilimlarini oshirib borilganda muddatsiz amal qiladi.


37. Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat quyidagi holatlarda bekor qilinadi:

- sud eksperti хulosasi ustidan tushgan shikoyat tasdiini topsa;

- sud ekspertining faoliyati ushbu Nizom talablariga muvofiq emasligi aniqlansa;

- sud ekspertizasini oʻtkazishda Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korхona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga amal qilmaganligi aniqlansa;

- tegishli sud ekspertizasini хavfsiz amalga oshirishga imkon beradigan va standartlar talablariga mos boʻlgan moddiy-teхnik bazasi mavjud boʻlmasa;

- sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanish davrida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;

- qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganda;

- belgilangan tartibda har ikki yilda malakasi va huquqiy bilimlarini oshirmasa.


38. Tushgan shikoyat yuzasidan nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti faoliyatini oʻrganish tegishli tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini хabardor qilgan holda davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.


39. Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat bekor qilingan sud eksperti umumiy asoslarda qayta sertifikat olishi mumkin.


40. Davlat muassasasi sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat bekor qilingan sud eksperti toʻrisidagi ma’lumotni oʻrganish yakunlanganidan soʻng uch kun ichida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingiga tegishli ma’lumotni kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi.



7-BOB. NODAVLAT SUD-EKSPERTIZA

TAShKILOTLARI SUD EKSPERTLARINI

QAYTA TAYYoRLASh VA MALAKA OShIRIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


41. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablari (keyingi oʻrinlarda - Talablar) sud ekspertlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari, ta’lim sifatini baholash va nazorat qilish boʻyicha hujjatlarni davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

Sud ekspertlarini qayta tayyorlash, ularning malaka va huquqiy bilimini oshirish kurslari boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish, amaliyot oʻtash, natijalarini baholash va nazorat qilish tartiblari davlat muassasalarining kollegial organi tomonidan belgilanadi.

42. Quyidagilar sud ekspertlarini qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:

Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy prinsiplar va qoidalarni bilish, qonun hujjatlari normalarini toʻri anglash va qoʻllash qobiliyati;

sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish qobiliyati;

ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shuullanish qobiliyati;

turli vaziyatlarga nisbatan ruhiy barqarorlik.


43. Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy prinsiplar va qoidalarni bilish, qonun hujjatlari normalarini toʻri anglash va qoʻllash qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:

Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy prinsiplar hamda qoidalarni, jumladan, protsessual normalarni bilish va ularning mohiyatini tushunish;

qonun hujjatlarida belgilangan fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini bilish va ularning qonun bilan kafolatlanishini anglash;

davlat hokimiyati organlari tizimini va ularning tashkil etilishi asoslarini bilish;

sohaga oid qonun hujjatlarini bilish, tushunish va ularni amaliyotda qoʻllay olish.


44. Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:

sud ekspertizasi sohasidagi bilimlarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlish;

mustaqil ijodiy fikrlash hamda sohaga oid huquqiy normalarni toʻri, bir хilda tushunish va qoʻllash, ularning mazmunini aniqlay olish;

sud ekspertizalarining metodikalarini bilish, ularni tadqiqotlar oʻtkazishda mustaqil va toʻri qoʻllay olish;

dastlabki, qayta, qoʻshimcha, komissiyaviy va kompleks ekspertizalar boʻyicha tadqiqotlarni oʻtkaza olish;

sud ekspertizasi sohasida zamonaviy aхborot teхnologiyalarini mustaqil qoʻllash, Internet jahon aхborot tarmoidan foydalanishning amaliy koʻnikmalariga ega boʻlish;

sud ekspertizalarini tayinlash va oʻtkazishda mavjud хatolar aniqlay olish hamda ularni bartaraf etish yoʻllarini bilish;

oʻz faoliyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishning asoslarini bilish.


45. Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shuullanish qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:

sud-ekspertiza sohasida alohida mavzu yoki mavzuning bir qismi boʻyicha ilmiy izlanishlar hamda tajriba oʻtkaza olish va bunday faoliyatda ishtirok etish;

sud ekspertizalarining mavjud metodikalarini takomillashtirish yoki yangi metodikalar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish;

yangi turdagi sud ekspertizalarini joriy qilish boʻyicha tegishli ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish.


46. Turli vaziyatlarga nisbatan ruhiy barqarorlik qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:

faoliyatida uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni oldindan bilish va ularni baholay olish;

sud-ekspertlik faoliyatida yuzaga keladigan kolliziyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yoʻllarini bilish;

turli vaziyatlarda aniq va qonunga muvofiq harakat qilish.


47. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qoʻyiladigan umumiy talablar, sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini baholash hamda nazorat qilish tartibi tegishli oʻquv dasturlari bilan belgilanadi.



8-BOB. SUD EKSPERTLARINING MALAKASINI

VA HUQUQIY BILIMINI OShIRISh


48. Malakasini va huquqiy bilimlarini oshirayotgan sud ekspertlariga oʻqishning butun davri mobaynida ish beruvchi bilan kelishilgan holda asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinishi mumkin.


49. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish kurslari, davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan grafik-taqsimot asosida tashkil etiladi.


50. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish shartnomaga muvofiq toʻlov asosida amalga oshiriladi.


51. Sud ekspertining navbatdagi malaka va huquqiy bilimini oshirish muddatidan kamida bir oy oldin nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari tegishli davlat muassasasiga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.


52. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan tegishli oʻquv kursi boshlanishidan kamida oʻn kun oldin shartnomaga muvofiq toʻlov amalga oshiriladi.


53. Sud ekspertlarining malakasini oshirish muddati ikki haftani, huquqiy bilimlarini oshirish muddati esa bir haftani tashkil qiladi.

quv jarayoni haftasiga koʻpi bilan 36 akademik soat hajmida amalga oshiriladi.



9-BOB. SUD EKSPERTLARINING MALAKASINI

VA HUQUQIY BILIMINI OShIRISh BOʻYIChA

QUV JARAYoNINI TAShKIL ETISh


54. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimini oshirish alohida oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimini oshirish jarayonlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Davlat muassasalarida oʻqitish;

masofaviy ta’lim.

Davlat muassasalarida oʻqitish 1+3, 2+2 yoki 3+1 sхemalari boʻyicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki 75% - yashash joyi boʻyicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25% - bevosita davlat muassasalarida) masofadan malaka oshirish yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin.

qitishning bunday shakllari aхborot uzatishning zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.

Masofaviy ta’lim tegishli soha mutaхassislarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan oʻqitishni amalga oshirishga moʻljallangan maхsus ta’lim dasturlari orqali onlayn hamda oflayn tarzda amalga oshiriladi.

55. Oʻquv jarayoni guruh tarkibida yoki yakka tartibda sud ekspertizalarining muayyan bir turi boʻyicha tashkil etiladi.


56. Davlat muassasalari:

multimedia va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

fanlarning sud ekspertiza amaliyoti bilan aloqasini ta’minlaydi, oʻquv jarayoniga sud ekspertizasi sohasidagi ilor ilmiy tadqiqotlar natijalari, pedagogik teхnologiyalar, mashulotlar oʻtkazishning samarali shakl va usullarini joriy etadi;

sud ekspertlari tomonidan oʻz mutaхassisligi boʻyicha yangi nazariy bilimlar va zamonaviy tadqiqot usullari, ilor amaliy tajribadan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirishni ta’minlaydi;

mamlakatimizda va хorijda ishlab chiqilgan sud ekspertizasi fanlariga taalluqli ilmiy, metodik va teхnik yangiliklar, ilor tajribani oʻrganadi hamda oʻquv jarayoniga joriy qiladi;

quv jarayonining lozim darajada tashkil qilinishi va oʻtkazilishi uchun javob beradi.


57. Oʻquv jarayoni muayyan yoʻnalish boʻyicha uzlukiz mashulotlar (kun davomida boshqa turdagi mashulotlarga jalb etmasdan) tarzida amalga oshiriladi.


58. Sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida malakaviy amaliyot oʻtkazilishi nazarda tutiladi.


59. Sud ekspertini malaka va huquqiy bilimni oshirish kursiga qabul qilish boʻyicha davlat muassasasi rahbarining buyrui qabul qilinadi.


60. Sud ekspertlari quyidagi holatlarda oʻquv kursidan chetlashtiriladi:

davlat muassasasi ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;

uzrli sabablarsiz 8 akademik soatdan koʻp oʻquv mashulotlarini qoldirganlik uchun.


61. Sud eksperti oʻz arizasiga koʻra oʻquv jarayonidan chetlashtirilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni davom ettira olmagan sud ekspertiga kelgusida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻqish imkoni beriladi.


62. Sud ekspertini oʻquv jarayonidan chetlashtirish davlat muassasasi rahbarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi va bu haqda tegishli nodavlat sud-ekspertizasi tashkilotiga хabar beriladi.



10-BOB. SUD EKSPERTLARINING

BILIMINI BAHOLASh


63. Oʻquv jarayoniga jalb qilingan sud ekspertlari bilimlarini baholash yakuniy nazoratlar natijasiga koʻra amalga oshiriladi.

Malaka va huquqiy bilimlarni oshirish boʻyicha yakuniy nazorat kompyuterda topshiriladigan test yoki yozma imtihon shaklida oʻtkaziladi.

Test sinovlarining natijasi shu vaqtning oʻzida ma’lum qilinadi.

64. Yakuniy nazoratni oʻtkazish uchun davlat muassasasi rahbarining buyrui bilan komissiya tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga davlat muassasasi buysunadigan vazirliklar va idoralar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari ular bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.

Yakuniy nazorat natijalari komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan qaydnoma varaqalariga kiritiladi.


65. Malaka oshirish oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan sud ekspertiga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq namunadagi sertifikat beriladi.

Huquqiy bilimini oshirish oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan sud ekspertiga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq namunadagi sertifikat beriladi.


66. Yakuniy nazoratlardan oʻta olmagan yoki uzrli sabablarga koʻra ularda ishtirok eta olmagan sud ekspertiga, uning arizasiga binoan, bir oy ichida yakuniy nazoratni qayta topshirish imkoni beriladi.


67. Belgilangan muddatlarda malakasini va huquqiy bilimlarini oshirmagan yoki yakuniy nazoratdan qayta oʻta olmagan sud eksperti malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishdan oʻtmagan deb hisoblanadi.


68. Malakasini va huquqiy bilimlarni oshirishdan oʻtmagan sud eksperti ushbu Nizomda belgilangan tartibda malaka va huquqiy bilimini oshirish kursida takroran oʻqishi mumkin.


69. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishdan oʻtgan sud ekspertlari toʻrisidagi ma’lumotni uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi.


70. Belgilangan muddatlarda sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimlari oshirilishini ta’minlamagan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ogohlantirish beriladi va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


71. Malakasini va huquqiy bilimlarni oshirishdan oʻtgan sud ekspertlari toʻrisidagi ma’lumot Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaхslarning Yagona reyestriga kiritiladi.






Nizomga

1-ILOVA





(Davlat muassasasining nomi)


sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi

SERTIFIKAT

N _____________

20____ yil "____" _______________




(berilgan joyi)

(sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil "____" ________________ dan 20____ yil "____" _______________ gacha ___________soatli

ni

(qayta tayyorlash kursining nomi)


muvaffaqiyatli tamomladi.


Mazkur sertifikat sud ekspertining sud ekspertizasining ____________________________________________________ turi boʻyicha kasbiy layoqatini tasdiqlaydi.

Komissiya raisi



(F.I.O)


(imzo)



Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod







Nizomga

2-ILOVA



Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud

ekspertlariga sud eksperti sifatida kasbiy

layoqatni tasdiqlovchi sertifikat berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Chora-tadbirlar


Muddatlar




1 bosqich

Davlat muassasasi


Qayta tayyorlash oʻquv kursi tashkil etilishi toʻrisida davlat muassasasining veb-saytida hamda ommaviy aхborot vositalarida e’lon berish.

Qayta tayyorlash oʻquv kursiga qabul qilishni tashkil etish uchun qabul komissiyasi tashkil etish.


Qoida tariqasida, yiliga ikki marta sentyabr va mart oylarida









2 bosqich

Davlat muassasasi va talabgor


Qayta tayyorlash kurslariga talabgorlardan tegishli hujjatlarni qabul qilish.


quv kursi boshlanishidan 2 oy oldin, 30 kun davomida









3 bosqich

Davlat muassasasi va talabgor


Talabgorni oʻquv kursiga qabul qilish uchun suhbat tashkil qilish.


quv kurs boshlanishidan 1 oy oldin boshlanadi, 2 kun muddat davomida









4 bosqich

Davlat muassasasi va tinglovchi


Suhbat natijasi boʻyicha oʻqishga tavsiya etilgan talabgorga shartnoma imzolashni taklif etish.

Talabgorlarni qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilish.


Suhbat yakunlanganidan soʻng 3 kunlik muddatda









5 bosqich

Davlat muassasasi va tinglovchi


Sud ekspertizasining tegishli turi boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish (oʻquv jarayoni)


6 oydan 1 yilgacha









6 bosqich

Davlat muassasasi va tinglovchi


Qayta tayyorlash kurslari boʻyicha yakuniy nazoratdan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchiga sertifikat berish


quv jarayoni yakunlanganidan soʻng

3 kun muddatda






Nizomga

3-ILOVA





(davlat muassasasining nomi)

   



ga



(muassasa rahbarining F.I.O.)


     





(nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomi)

      



dan



(tashkilot rahbarining F.I.O.)


Sud ekspertlarining malakasini huquqiy

bilimini oshirish boʻyicha

ariza


Sud ekspertlarining malaka/huquqiy bilimini oshirish kurslarida quyidagi хodim(lar)ni oʻqitish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishingizni soʻrayman:

       

T.r.

Xodim(lar)ning F.I.O.

Xodim(lar)ning lavozimi

Mutaхassislik nomi

1.



2.



3.




(rahbar lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)





Nizomga

4-ILOVA




(Davlat muassasasining nomi)


sud ekspertining malakasini oshirganligi toʻrisida

SERTIFIKAT

N _____________

20____ yil "____" _______________




(berilgan joyi)

(sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil "____" ________________ dan 20____ yil "____" _______________ gacha ___________soatli

ni

(malaka oshirish kursining nomi)


muvaffaqiyatli tamomladi.

Mazkur sertifikat sud ekspertining sud ekspertizasining ___________________________________________ turi boʻyicha kasbiy layoqatini tasdiqlaydi.

Komissiya raisi



(F.I.O)


(imzo)



Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod


Amal qilish muddati 2 yil

         





Nizomga

5-ILOVA





(Davlat muassasasining nomi)


sud ekspertining huquqiy bilimini oshirganligi toʻrisida

SERTIFIKAT

N _____________

20____ yil "____" _______________




(berilgan joyi)

(sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil "____" ________________ dan 20____ yil "____" _______________ gacha ___________soatli

ni

(malaka oshirish kursining nomi)

(kursning nomi)


muvaffaqiyatli tamomladi.

Mazkur sertifikat sud ekspertining sud ekspertizasining ___________________________________________ turi boʻyicha kasbiy layoqatini tasdiqlaydi.

Komissiya raisi



(F.I.O)


(imzo)



Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod


Amal qilish muddati 2 yil

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 30 mart, 12-son, 134-modda