Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.04.2020 y. 225-son "Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.04.2020 y.

N 225




MAHALLA, OILA VA YoShLARNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh, MADANIYaT, MA’NAVIYaT

VA JAMOAT TAShKILOTLARI MASALALARI

KOTIBIYaTI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4612-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining mudiri bir hafta muddatda kotibiyat mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimoti tasdiqlanishini ta’minlasin.


3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:


Vazirlar Mahkamasining "Telekommunikatsiyalar, IT-teхnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati hamda Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2019 yil 22 fevraldagi 156-son qarori;


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining funksional vazifalari va Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash, FHDYo organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 27 fevraldagi 174-son qarori.


4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                     A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 15 aprel