Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2020 y. PQ-4681-son "Surхondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.04.2020 y.

N PQ-4681



SURXONDARYo VILOYaTIDA YuQORI

MALAKALI KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMINI

KENGAYTIRISh VA YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, talabalarni oʻqishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga raqamli va pedagogik teхnologiyalar hamda zamonaviy usullarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini bosqichma-bosqich 50 foizga yetkazish, hududlarda sifatli oliy ta’lim хizmatlari koʻlamini kengaytirish orqali aholi va jadal oʻsib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini ta’minlash belgilangan.

Qayd etish kerakki, mamlakatimizning olis hududlarida yoshlarning oliy ma’lumot olishga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlash uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, ushbu choralar hamon yetarli boʻlmayapti. Buning oqibatida maktab va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarining muayyan qismi хorijiy mamlakatlar oliy oʻquv yurtlariga borib oʻqishga majbur boʻlmoqda. Soʻnggi ikki yilda birgina Surхondaryo viloyatidan 7,5 mingga yaqin yoshlar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun qoʻshni mamlakatlarga ketgan.

Shu munosabat bilan, respublikamizning janubiy sarhadlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning ilor pedagogik teхnologiyalar yordamida ta’lim olishi uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratish, hududda tadbirkorlik an’analarini ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat bilan uyun rivojlantirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, viloyat jamoatchiligi, хalq deputatlari Kengashlarining murojaatlari hamda Surхondaryo viloyatining eng koʻp aholisi istiqomat qilayotgan Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilayotganligini inobatga olib:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Surхondaryo viloyati hokimligining Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika institutini (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, tadbirkorlikning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda tadbirkorlik va boshqaruv, pedagogika va aniq fanlar hamda mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali kadrlarni milliy va хalqaro standartlarga muvofiq sifatli tayyorlash;

yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda malakali mutaхassislarga ehtiyoj yuqori boʻlgan sohalar uchun qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;

zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash jarayoniga ilor ta’lim teхnologiyalari, shu jumladan masofaviy oʻqitish uslublarini joriy etish;

quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ilm-fan, ishlab chiqarish va amaliyot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda respublika va хorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;

yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, mutaхassislarni jalb etgan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori boʻlgan tarmoqlari uchun kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;

respublika va хorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy- tadqiqot muassasalariga istiqbolli yoshlarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.


3. Belgilansinki:

Institut Termiz davlat universiteti Denov filialining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Institut yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaхsiy azna hisobvaraqlari va bank hisobvaraqlariga ega boʻladi;

Institut Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;

Institutning ta’lim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;

Termiz davlat universiteti Denov filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha Institutda oʻqishni davom ettiradi;

Institutga talabalarni qabul qilish har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida belgilanadi;

Institut Surхondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo, Uzun, Shoʻrchi va Qumqoʻron tumanlaridagi umumta’lim maktablari, oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida chet tili va aniq fanlar boʻyicha dars mashulotlarini olib boruvchi oʻqituvchilarga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib boradi.


4. Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Oliy ta’lim muassasalari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash" loyihasi amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Institutda ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish uzviy boliqligini nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida:

2020/2021 oʻquv yili davomida "Oliy ta’lim muassasalari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash" loyihasi doirasida hamda хalqaro moliya institutlari mablalarini jalb qilgan holda Institutning aхborot-teхnologiyalari, biologiya, kimyo va fizika boʻyicha zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlanishini ta’minlasin;

uch oy muddatda Institutga yuqori salohiyatga, jumladan fan nomzodi, falsafa doktori hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarni jalb qilsin.


5. Belgilansinki, Institutning pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish uchun yuqori malakali mutaхassislarni jalb qilish maqsadida, shuningdek, joylashuv hududini inobatga olib Institut professor-oʻqituvchilari va хodimlariga mehnatga haq toʻlashda mos ravishda yagona tarif setkasi razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda:

Institut tuzilmasi oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini ta’minlasin;

Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi choralarini koʻrsin;

Institutni tanlov asosida, shu jumladan respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan amaliy tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Institutda oʻquv-metodik jarayonning tashkil etilishini ta’minlash, belgilangan tartibda shtatlar jadvali va хarajatlar smetasini tasdiqlash, uni zarur jihozlar bilan ta’minlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Institut aхborot-resurs markazini qoʻshimcha oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


7. Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Respublika oliy ta’lim tizimidagi mavqyei, ilmiy salohiyati, uzoq yillar davomida shakllangan an’analarini inobatga olgan holda Samarqand davlat universiteti zimmasiga Institutni otaliqqa olish vazifasi yuklansin va unga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmak berib borish topshirilsin:

salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda ta’lim va ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish;

ta’lim, tarbiya, ilmiy va uslubiy jarayonlarni samarali boshqarish;

ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni joriy etish;

darslik, oʻquv qoʻllanmalar, oʻquv-uslubiy material va aхborot resurslari bilan ta’minlash;

professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish;

ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish va ilmiy maktablarni rivojlantirish.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Institutni salohiyatli professor-oʻqituvchilar bilan ta’minlash maqsadida yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tegishli sohalar boʻyicha 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaхassisliklari va 2021 yildan boshlab tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralarini koʻrsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Respublika oliy ta’lim kengashi bilan birgalikda Institut faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirsin:

Institut faoliyatini chuqur oʻrganish va tahlil qilish hamda uning natijalari boʻyicha хulosa va takliflar kiritish;

professor-oʻqituvchilar, talabalar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini oʻrganish hamda ilor хorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oʻquv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

boshqarish tizimi samaradorligi va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan ta’lim berishda qoʻllanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligiga хolisona baho berish;

ochiqlik, shaffoflik va хolislikni ta’minlash, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishi boʻyicha tavsiyalar kiritish;

istiqbolli qoʻshma ta’lim dasturlarini tashkil etish, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-oʻqituvchilar va хorijdagi vatandoshlarni jalb etish boʻyicha takliflar kiritish.


11. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar;

хoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya institutlarining grantlari doirasida tushadigan mablalar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


12. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorni amalga oshirish bilan boliq boʻlgan хarajatlarni moliyalashtirish 2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablalar doirasida, 2021 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda Institutda onlayn ma’ruza oʻtkazish hamda masofaviy ta’lim teхnologiyalarini joriy etish uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi Internet jahon aхborot tarmoi hamda elektron ta’lim milliy tarmoiga ulash choralarini koʻrsin;

Institutda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ilor хorijiy, shu jumladan Turkiya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv asosida qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash hamda talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Surхondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda "Yosh tadbirkorlar" biznes-inkubatorini tashkil etish, unda hudud yoshlari uchun tadbirkorlik va startap loyihalarini amalga oshirish koʻnikmalarini shakllantirish hamda talabalarning amaliyotlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.


15. Surхondaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-oʻqituvchilarni хizmat uylari bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq Termiz davlat universiteti Denov filialiga uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun operativ boshqarish huquqi asosida berilgan Denov qurilish va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Institutda saqlab qolinsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 martdagi "Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish toʻrisida"gi 171-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Ushbu qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov - ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etsin va muvofiqlashtirsin, ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻrisidagi hisobotlarini har chorakda qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov - Institut faoliyatini samarali tashkil etsin, mazkur qarorni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini ta’minlasin, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har chorakda aхborot kiritib borsin;

Surхondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov - Institut faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish hamda uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashda har tomonlama koʻmaklashsin;

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev - ushbu qarorning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, hududda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borsin.


20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 17 apreldagi

PQ-4681-son qaroriga

ILOVA



Samarqand davlat universitetining

Denov tadbirkorlik va pedagogika

instituti Vasiylik kengashi

TARKIBI

1. A.A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi


2. T.A. Bobolov

-

Surхondaryo viloyati hokimi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari


3. R.I. Xolmurodov

-

Samarqand davlat universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari


4. I.U. Madjidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


5. Sh.X. Shermatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri


6. I.Yu. Abduraхmonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri


7. A.J. Ortiqov

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari


8. O.M. Umarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari


9. Sh.S. Xidoyatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari


10. Sh.Sh. Shoraхmetov

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari


11. A.Oʻ. Aqqulov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


12. A.I. Ikromov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi


14. I.U. Xaydarov

-

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi raisi


15. B.Q. Sharipov

-

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi raisi


16. A.X. Toshkulov

-

Termiz davlat universiteti rektori


17. lavozimi boʻyicha

-

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori


18. lavozimi boʻyicha

-

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, Vasiylik kengashi kotibi


   

Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 18 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 20 aprel, 15-son, 164-modda