Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.04.2020 y. 249-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari hamda makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.04.2020 y.

N 249




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING MOLIYa-IQTISODIYoT VA

KAMBAALLIKNI QISQARTIRISh MASALALARI

BOʻYIChA OʻRINBOSARI - OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIY  TARAQQIYoT  VA  KAMBAALLIKNI

QISQARTIRISh   VAZIRINING   FUNKSIONAL

VAZIFALARI HAMDA MAKROIQTISODIY TAHLIL,

TARKIBIY OʻZGARTIRIShLAR, MOLIYa-BANK TIZIMI,

DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh, RAQOBATNI

RIVOJLANTIRISh, TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-

QUVVATLASh VA KAMBAALLIKNI QISQARTIRISh

MASALALARI KOTIBIYaTI TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4612-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov bir hafta muddatda Kotibiyat rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining funksional vazifalari hamda Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va хususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2019 yil 19 fevraldagi 144-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                   A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 24 aprel