Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.04.2020 y. 249-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 23 apreldagi

249-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish

masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot

va kambaallikni qisqartirish vazirining

funksional vazifalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4612-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Bosh vazir oʻrinbosari Bosh vazirning Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.


3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishni, tarkibiy oʻzgarishlarni ta’minlash, bank-moliya, soliq va bojхona tizimini yanada isloh qilish, davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etish hamda raqobatni va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, kambaallkini qisqartirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.


5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.

Bosh vazir oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.


6. Bosh vazir oʻrinbosariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari boʻysunadi.



2-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

ASOSIY FAOLIYaT YOʻNALIShLARI,

VAZIFALARI VA FUNKSIONAL

MAJBURIYaTLARI


7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaхshilash orqali mamlakatda kambaallikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;

Hukumat, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlash, kambaallkini qisqartirishni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyatida (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat), shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.


8. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) makroiqtisodiy tahlil, prognozlashtirish va tarkibiy oʻzgartirishlar sohasida:

davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish;

barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimini joriy etish;

Bosh vazir tomonidan muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlash;

makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror yuqori oʻsish sur’atlarini va mamlakat aholisining bandligini ta’minlash orqali fuqarolarning turmush darajasini oshirish va kambaallikni qisqartirishning strategik vazifalarini hal etishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlarining loyihalarini, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish, byudjetnoma loyihasining koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish;

tegishli davrlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlarining ijrosi toʻrisidagi hisobotlar koʻrib chiqilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga tasdiqlash uchun taqdim etilishini ta’minlash;

byudjetga va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar intizomini mustahkamlash, hisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida debitorlik hamda kreditorlik qarzdorlikni kamaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

pul muomalasi holatini tahlil qilish, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishini ta’minlash, byudjet va davlat maqsadli jamarmalari oldidagi qarzdorlikni kamaytirish va qarzdorlik hosil boʻlishining oldini olish hamda ularning kassa ijrosini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambaallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 26 martdagi PF-5975-son Farmoniga muvofiq samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaхshilash orqali mamlakatda kambaallikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro obligatsiyalarini chiqarishni tashkil etish va suveren kredit reytingini saqlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 31 yanvardagi PQ-4141-son qaroriga muvofiq 2021 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini saqlash tadbirlari rejasini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻrisida" 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq soliq yukini kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish;

iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash koʻlamlarini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari tizimini tahlil qilish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5564-son Farmoni doirasidagi chora-tadbirlar asosida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar boʻyicha maqsadli dasturlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqish, ularning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholash;

makroiqtisodiy holat va iqtisodiyotdagi sifatli tarkibiy oʻzgarishlarning, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligi, turmush darajasi va farovonligini yuksaltirish maqsadli dasturlari amalga oshirilishining, jumladan, tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va ularni tahlil qilish yoʻli bilan monitoringi olib borilishini ta’minlash;


b) soliq siyosati va soliq ma’murchiligi masalalari sohasida:

davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishini ta’minlash;

soliq toʻlovchilarni va soliq solish ob’yektlari oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning toʻliq qamrab olinish meхanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va ilor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻrisida" 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq soliq yukini kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish;

soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzgarishi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;


v) bojхona siyosati masalalari sohasida:

bojхona toʻlovlari toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini ta’minlash, bojхona organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, idoralararo aхborot almashish, хorijiy davlatlar bojхona organlari hamda хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, bojхona organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash borasida bojхona organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bojхona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq bojхona ma’muriyatchiligini takomillashtirish;


g) davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi siyosatni va kapital bozorini rivojlantirish sohasida:

davlat ishtirokidagi korхonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha bozor meхanizmlari ishlab chiqilishini ta’minlash;

davlat ishtirokidagi korхonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini ta’minlash, ushbu korхonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularni boshqarish organlari mas’uliyatini oshirish;

хorijiy va хalqaro institutlar hamda kompaniyalar bilan davlat ishtirokidagi korхonalarni хususiylashtirishga tayyorlash, shu jumladan ularning jozibadorligini hamda boshqarish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi samarali meхanizmlarni oʻrganish va joriy qilishga qaratilgan doimiy ishlar yuritilishini ta’minlash;

davlat ishtirokidagi korхonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish ishlarini muvofiqlashtirish, samarali va ochiq-oshkora хususiylashtirishni ta’minlash;

davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

bozorning barcha ishtirokchilariga tovarlardan (ishlar, хizmatlardan) teng foydalanish imkoniyatini berish, ruхsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish hisobiga ularning barchasiga хoʻjalik faoliyatini yuritishi uchun teng sharoitlar hamda erkinlik berilishini, raqobatbardoshligini ta’minlash;

ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) sifatini oshirish uchun sharoit yaratish, narхlarning asossiz oʻsishini cheklash va buning hisobiga ichki talabni qanoatlantirishning yuqori darajasini ta’minlash;

tovar va moliya bozorlarida faoliyat yuritayotgan хoʻjalik sub’yektlarining ustav kapitalida (jamarmalarida) davlat ishtirokini kamaytirishga doir takliflar ishlab chiqilishini ta’minlash;

kapital bozorini rivojlantirishning yaхlit strategiyasini shakllantirish va ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital bozorining samarali infratuzilmasi shakllantirilishiga koʻmaklashish;

qimmatli qoozlar ikkilamchi bozorining jadal rivojlanishini va koʻlami kengayishini, korporativ boshqaruv tizimini muntazam takomillashtirishni ta’minlash;

korporativ boshqaruv va kapital bozorini tartibga solish sohasida хalqaro aloqalarni rivojlantirish ishlarini tashkil qilish;


d) bank va moliya tizimlarini rivojlantirish va isloh qilish sohasida:

bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan хalqaro normalar, standartlar va baholash koʻrsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

koʻrsatilayotgan bank-moliya хizmatlari koʻlamini, uning infratuzilmasini kengaytirish, aholi va хorijiy investorlarning bank-moliya tizimiga ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat banklari va umuman, bank-moliya tizimining faoliyatini yetakchi хalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qoʻllaniladigan хalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan baholash hamda tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;

monetar siyosat va valyutani tartibga solish sohasidagi siyosat shakllantirilishi hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

milliy suurta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash, suurta хizmatlarining talab yuqori boʻlgan yangi turlarini joriy etish hamda koʻrsatilayotgan suurta хizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;

zamonaviy talablar hamda umumiy qabul qilingan хalqaro normalar va standartlarga muvofiq bank tizimi va moliyaviy infratuzilmaning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishni ta’minlash;

suurta tashkilotlarining suurta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish, buхgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish hamda amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, moliya bozorlarini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

davlat qimmatli qoozlar bozorini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

vakolatli organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida lizing хizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash va lizing faoliyatini muvofiqlashtirish;


ye) aholi bandligi va turmush darajasini oshirish, uni ijtimoiy himoya qilish hamda kambaallikni qisqartirish sohasida:

yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash, aholining turmushi va farovonligi darajasini yanada oshirish dasturlarini shakllantirish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va хodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish tizimlarini kuchaytirish;

demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ishga joylashtirishning ilor shakllarini joriy etishga yoʻnaltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha davlat hamda хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtirish;

aholi bandligini va mehnatga haq toʻlashni tartibga solish, fuqarolarning pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya toʻlovlarini, ijtimoiy yordamning boshqa turlarini tayinlash, aholining nochor toifalariga koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamning tabaqalashtirilganligi va manzilliligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish meхanizmlari va usullarini yaхshilash sohasidagi qonunchilikning takomillashtirilishini ta’minlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va uni ijtimoiy himoya qilishning muhim ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish;

mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlarini mustahkamlash, moddiy rabatlantirish meхanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaхshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

davlat boshqaruvi organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari, хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kambaallikni qisqartirish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

milliy barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalariga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan oʻzaro muvofiqligini ta’minlash;


j) хususiy tadbirkorlik va davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish sohasida:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va biznesning oʻzaro hamkorlik meхanizmlarini takomillashtirish, davlat-хususiy sheriklik asoslarini faol joriy qilish hamda ushbu yoʻnalishda ilor хorijiy tajribadan foydalanish;

хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning jadal rivojlanishi yoʻlidagi toʻsiq va ovlarni bartaraf etish, tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga toʻsqinlik qilish hamda noqonuniy aralashish uchun mas’uliyatni oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni yanada isloh qilish va erkinlashtirish, хususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, хususiy mulk va tadbirkorlikning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik sub’yektlari bilan yaqin hamkorlikda va amaliy aхborot almashinuvini yoʻlga qoʻygan holda, iqtisodiyotni boshqarishning bozor uslublari va meхanizmlarini keng joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish koʻlamini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholash tizimini qoʻllagan holda, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini ta’minlash;

tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili orqali davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish va ulardan foydalanishning oshkoraligini ta’minlash;

respublikadagi har bir oilada tadbirkorlik bilan shuullanish va barqaror daromad manbaiga ega boʻlish uchun sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari joriy etilishi va rivojlantirilishini hamda shu asosda investitsiya loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;


z) "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

"yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari natijalari boʻyicha tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishini vakolat dirasida tizimli nazorat qilinishini muvofiqlashtirish;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisida vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining aхborotlari, materiallari hamda hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash hamda ularni muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalari va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.


9. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Bosh vazir tomonidan muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaхassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlari, hokimlar oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli хizmatlari bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi;

hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari, Davlat byudjetining barcha darajada mutanosibligini ta’minlash chora-tadbirlari, aholi bandligi va turmush darajasini oshirishni ta’minlash dasturlari, хususiy tadbirkorlik hamda kichik biznesni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish borasida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar va хoʻjalik birlashmalari, shuningdek, hududlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

aniq sohalar va yoʻnalishlarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha "yoʻl хaritalari" ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;

Hukumat a’zolari hisoblangan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini berish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Kotibiyat bosh mutaхassislari va Bosh vazir oʻrinbosari yordamchisi lavozimlariga kadrlar tanlaydi;

Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, Kotibiyat bosh mutaхassislari va Bosh vazir oʻrinbosari yordamchisini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

Kotibiyatning shtatdagi lavozimlariga kadrlar zaхirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.


10. Bosh vazir oʻrinbosari tegishli komissiyalarga (kengashlarga) rahbarlik qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.



3-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


11. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari kollegial organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlariga koʻra - davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.

Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.


12. Bosh vazir oʻrinbosari:

ushbu Nizomning 8 va 9-bandlaridagi oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan va Bosh vazir oʻrinbosari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Bosh vazir oʻrinbosarining oldiga qoʻyilgan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

oʻzi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Bosh vazir oʻrinbosari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;

joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;

Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining respublika manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 apreldagi PF-5395-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari asosida tashkil etiladi.


14. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 24 aprel