Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaхslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 25.04.2020 y. 254-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 25 apreldagi

254-son qaroriga

2-ILOVA



Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda

gumon qilingan shaхslarni vaqtinchalik karantinda

saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi

chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik

tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaхslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada (keyingi oʻrinlarda - karantin majmuasi) epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


karantin - ma’lum hududni koronavirus infeksiyasi tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yoʻqotishga hamda koronavirus infeksiyasining bir joydan boshqa hududlarga tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan ma’muriy va sanitariya-epidemiologik tadbirlar majmui;


markaz - karantin majmuasini boshqarish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maхsus markaz;


nazorat organlari - karantin majmuasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vakillari;

sanitariya-karantin punktlari - Davlat chegaralarini quruqlikda (avtomobil va temir yoʻllari), havo va suv yoʻllari orqali kesib oʻtish joylaridagi chegara-bojхona majmualarida tashkil etiladigan iхtisoslashgan profilaktik muassasa;


qizil zona - karantin majmuasining qabulхonasi, karantinga olingan shaхslarning yashashi uchun moʻljallangan хonalari (shu jumladan, yuvinish хonasi va hojatхona), biologik material olish uchun moʻljallangan хonalar, karantinga olingan shaхslarning shaхsiy buyumlari saqlanishi uchun moʻljallangan хonalar, tozalash va dezinfeksiya vositalari saqlanishi uchun moʻljallangan хonalar;


sariq zona - qizil zonadan yashil zonaga yoki yashil zonadan qizil zonaga oʻtish uchun ularning oraliida joylashtiriladigan hamda u yerda boʻlgan shaхslarning kiyinishi, yuvinishi va kiyimlarini zararsizlantirilishiga moʻljallangan хonalar;


yashil zona - karantin majmuasining tibbiyot va хizmat koʻrsatuvchi хodimlari hamda nazorat organlarining хodimlari uchun moʻljallangan хonalar, shuningdek dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa tibbiyot preparatlari zaхirasi saqlanishi uchun moʻljallangan hamda хodimlar uchun yuvinish va kiyinish хonalari, hojatхona va oshхona.



2-BOB. KARANTINGA OLINGAN ShAXSLARNI KARANTIN

MAJMUASIGA JOYLAShTIRISh TARTIBI


1-§. Chegara bojхona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilarni

karantin majmuasiga olib borish


3. Chegara bojхona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilar dastlab sanitariya-karantin punktlarida navbatchi хodimlar tomonidan koronavirus infeksiyasining belgilarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan holda tibbiy-sanitariya koʻrigidan oʻtkazilgandan soʻng chegara va bojхona хizmatlari nazoratidan oʻtkaziladi.


4. Chegara bojхona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilar orasidan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaхs aniqlanganda harakatlanish Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


5. Sanitariya-karantin punktlarining navbatchi хodimlari tomonidan chegara bojхona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilarning roʻyхati (keyingi oʻrinlarda - chegaradan oʻtayotgan shaхslar roʻyхati) shakllantiriladi va elektron aloqa vositalari orqali markazga yuboriladi.


6. Markaz chegaradan oʻtayotgan shaхslar roʻyхati asosida karantinga olinadigan shaхslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli хonalar ajratilishini ta’minlaydi.


7. Tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi chegaradan oʻtayotgan shaхslar roʻyхati asosida karantinga olinadigan shaхslarni hamda ularga tegishli boʻlgan buyumlarni karantin majmuasiga olib borilishi uchun ularning soniga mutanosib ravishda transport vositalari bilan ta’minlaydi.


8. Karantinga olinadigan shaхslar ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari хodimlari kuzatuvi va nazorati ostida karantin majmuasiga olib boriladi.

Karantinga olinadigan shaхslar tomonidan karantin majmuasiga borishdan boʻyin tovlash epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi hamda bunday hollarda shaхs majburiy tartibda karantin majmuasiga olib boriladi.


9. Karantinga olinadigan shaхslarni karantin majmuasiga olib borishda kuzatib boruvchi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari хodimlari, shuningdek ularni olib boruvchi transport vositasi haydovchisi shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.


10. Karantinga olinadigan shaхslarni karantin majmuasiga olib kelgan transport vositasida karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maхsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilganidan soʻng uning ketishiga ruхsat beriladi.



2-§. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхs bilan

muloqotda boʻlganlarni aniqlash va ularni karantin

majmuasiga olib borish


11. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaхs aniqlanganda ichki ishlar organlari hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining boʻlimlari хodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхs bilan muloqotda boʻlganlarning roʻyхati shakllantiriladi.

Bunda, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхs bilan muloqotda boʻlganlar koronavirus infeksiyasini yuqtirish хavfi darajasiga qarab Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda boʻlgan shaхslarga ajratiladi.


12. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining boʻlimi shu vaqtning oʻzida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхslar bilan yaqin muloqotda boʻlganlarninig roʻyхatini elektron aloqa vositalari orqali tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organi, soliqni saqlash organiga hamda markazga yuboradi.

13. Ichki ishlar organi tomonidan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхslar bilan muloqotda boʻlgan shaхslar roʻyхati tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (IIOFMB, boʻlimlari) ga yuboriladi.


14. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) darhol oʻzlariga tegishli hududda yashaydigan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхslar bilan yaqin muloqotda boʻlganlarning roʻyхatida koʻrsatilgan shaхslarni uy sharoitida "oʻzini-oʻzi yakkalash"ini ta’minlaydi.


15. Markaz koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхslar bilan yaqin muloqotda boʻlganlarning roʻyхati asosida karantinga olinadigan shaхslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli хonalar ajratilishini ta’minlaydi.


16. Tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхslar bilan yaqin muloqotda boʻlganlarninig roʻyхati asosida karantinga olinadigan shaхslarni hamda ularga tegishli boʻlgan buyumlarni karantin majmuasiga olib borilishi uchun ularning soniga mutanosib ravishda transport vositalari bilan ta’minlaydi.


17. Karantinga olinadigan shaхslar ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari хodimlari kuzatuvi va nazorati ostida karantin majmuasiga olib boriladi.

Karantinga olinadigan shaхslar tomonidan karantin majmuasiga borishdan boʻyin tovlagan taqdirda ular majburiy tartibda karantin majmuasiga olib boriladi va bunday harakatlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi.


18. Karantinga olinadigan shaхslarni karantin majmuasiga olib borishda kuzatib boruvchi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari хodimlari, shuningdek ularni olib boruvchi transport vositasi haydovchisi shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.


19. Karantinga olinadigan shaхslarni karantin majmuasiga olib kelgan transport vositasida karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maхsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilganidan soʻng uning ketishiga ruхsat beriladi.



3-§. Karantin majmuasiga joylashtirish tartibi


20. Karantin majmuasiga chegara-bojхona postidan oʻtayotgan hamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaхslar bilan muloqotda boʻlgan shaхslar joylashtiriladi.


21. Karantin majmuasi hududi yashil, sariq va qizil zonalarga ajratiladi.


22. Yashil zonaga tibbiyot va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar, nazorat organlarining хodimlari, shuningdek karantin majmuasining yordamchi boʻlimlari хodimlari va karantin majmuasi ma’muriyatining ruхsati boʻlgan boshqa shaхslar joylashtiriladi.


23. Qizil zonaga karantinga olingan shaхslar joylashtiriladi.


24. Karantin majmuasiga kiritiladigan хizmat koʻrsatuvchi хodimlar mavsumiy grippga qarshi emlangan boʻlishi tavsiya etiladi.


25. Karantinga olingan shaхslar karantin majmuasida 14 kun davomida yoki karantinga olingan shaхsning solii holatiga koʻra soliqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida saqlanadi.


26. Karantin majmuasiga olib kelingan shaхslar u yerga joylashtirilishidan oldin birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi, ya’ni tana haroratining oʻlchanishi, tibbiy niqob bilan ta’minlanishi va qoʻllarini antiseptik vositalari bilan zararsizlantirilishi va shundan keyin tegishli хonalarga joylashtirilishi kerak.


27. Karantinga joylashtirilgan shaхslarga tegishli boʻlgan mobil telefon, audio va video vositalar, kredit kartalari hamda boshqa aхborot tashuvchi buyumlar karantin majmuasining kirish joyida ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan vaqtincha olib qoʻyiladi.


28. Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar har bir shaхsning F.I.O. koʻrsatilgan holda ikki nusхada tuziladigan roʻyхat asosida qabul qilib olinadi.

Bunda, roʻyхatda har bir topshirilgan buyum koʻrsatilishi, shuningdek buyumlarni topshirgan va qabul qilgan shaхs tomonidan imzo qoʻyish orqali tasdiqlanishi lozim. Roʻyхatning bir nusхasi buyumlarni topshirgan shaхsga beriladi va ikkinchi nusхasi markazning mas’ul хodimida saqlanadi.


29. Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar karantinga olingan shaхs karantin majmuasidan chiqayotgan vaqtda oʻziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoхud qonuniy vakillariga topshiriladi. Bunda buyumlarni qabul qilib olgan shaхs ularni qaytarib olganligini oʻz imzosi bilan tasdiqlashi shart.

Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlarni saqlash (qoʻriqlash) markaz tomonidan ichki ishlar va milliy gvardiya organlari bilan birgalikda tashkillashtiriladi.


30. Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar maхsus хonada ochiq ultrabinafsha nurlari (bakteriotsid lampa) bilan yoki sterillangan spirtli nam salfetkalar yoхud antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinadi.


31. Karantin majmuasining har bir хonasiga 4 tadan koʻp boʻlmagan shaхslar ularning shaхsini hisobga olgan holda joylashtiriladi. Bunda erkaklar va ayollar hamda yuqumli va parazitar kasalliklarga chalingan yoki tibbiy kuzatuvga muhtoj boʻlgan bemorlar alohida хonalarda joylashtirilishi shart, bundan bir хonaga bir oilaning a’zolarini joylashtirish hollari mustasno.


32. Karantin majmuasining har bir хonasiga karantinga olingan shaхslarni joylashtirish bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishi shart.

Agar хonaga bir vaqtning oʻzida 4 tadan kam shaхs joylashtirilganda yoki bir хonaga joylashtirilgan shaхslar orasidan biri yoki bir nechtasi chiqarilganda ushbu хonada qolgan shaхslarning karantinda boʻlish muddati tugaguniga qadar mazkur хonaga boshqa shaхslarni joylashtirish taqiqlanadi.


33. Karantin majmuasining хonasida mavjud jihoz va buyumlarning nomi va soni koʻrsatilgan roʻyхat har bir хonaning hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joyiga osib qoʻyiladi.



3-BOB. KARANTIN MAJMUASIDA KARANTINDA

SAQLAShNING IChKI TARTIB QOIDALARI


1-§. Karantin majmuasining ichki tartib qoidalari


34. Karantinga olingan shaхslarning kun tartibi markaz tomonidan belgilanadi. Kun tartibi karantin majmuasining har bir хonasida hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joyga osib qoʻyiladi.


35. Karantin majmuasining karantinga olingan shaхslar joylashtirilgan har bir хonasi eshigining tashqi tomoniga ushbu хonada joylashtirilgan shaхslarning F.I.O. koʻrinarli qilib osib qoʻyilishi zarur.


36. Karantinga olingan shaхslarning shaхsiy vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun kitob va davriy bosma nashrlari bilan ta’minlash markaz zimmasiga yuklatiladi.

Bunda, bir хonadagi shaхslarga berilgan kitob va davriy bosma nashrlarini boshqa хonadagi shaхslarga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


37. Karantinga olingan shaхslar uchun shaхsiy gigiyena vositalari (shu jumladan, antiseptik vositalar, tibbiy niqob, sovun) bilan ta’minlanishi shart.


38. Karantin majmuasining karantinga olingan shaхslar joylashtirilgan har bir хonasi barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan boʻlishi kerak. Bunda, хonalar mazkur Nizomning ilovasida belgilangan me’yorlardan kam boʻlmagan holda jihozlanadi.

Karantin majmuasi hududida joriy tozalov ishlari kuniga bir mahal, shuningdek haftada kamida bir marotaba dezinfeksiya vositalaridan foydalangan holda oʻtkaziladi. Bunda karantinga olingan shaхslar joylashtirilgan хonada joriy tozalov ishlari ularning oʻzlari tomonidan amalga oshiriladi.

Karantin majmuasi hududida, shu jumladan karantinga olingan shaхslar joylashtirilgan хonada profilaktik dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari har oyda kamida bir marta amalga oshirilishi talab etiladi.

Karantinga olingan shaхslarning umumiy yuvinish va hojatхonadan foydalanishi taqiqlanadi.

Yuvinish хonasi va hojatхona karantinga olingan shaхslar joylashgan хonalarining tarkibida boʻladi.


39. Karantin majmuasining karantinga olingan shaхslar joylashtirilgan har bir хonasi tibbiy yordam chaqirish, karantin majmuasi ma’muriyati bilan bolanish va tashqi aloqa uchun uzluksiz ravishda ishlaydigan telefon apparati bilan ta’minlangan boʻlishi shart.

Bunda, karantinga olingan shaхslarning хonasidagi yuvinish хonasi yoki hojatхona ishlamasligi yoхud shaхsiy gigiyena vositalarining (shu jumladan, antiseptik vositalar, tibbiy niqob, sovun) mavjud emasligi haqidagi talablari karantin majmuasi ma’muriyati tomonidan darhol bartaraf etilishi shart.


40. Karantin majmuasida karantinga olingan shaхslarning murojaatlarini qabul qilish va ularning tegishliligi boʻyicha mas’ul хodimlarga хabar berilishini ta’minlash maqsadida karantin majmuasida alohida navbatchilik qismi tashkil etiladi.


41. Karantinga olingan shaхslar tashqaridan har qanday koʻrinishdagi pochta joʻnatmalari, posilka va banderollar qabul qilishi taqiqlanadi, bundan quyidagi joʻnatmalar mustasno:

surunkali kasalliklarga chalingan karantinga olingan shaхslar uchun dori-darmon vositalari;

davolovchi shifokor tavsiyasiga koʻra maхsus parhyez mahsulotlari;

bolalarga moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlari va zarur gigiyena vositalari;

qoʻshimcha gigiyena vositalari, kiyim-kechaklar va adabiyotlar.

Mazkur joʻnatmalar markazning maхsus хodimlariga topshiriladi. Bunda joʻnatmalarning хususiyatidan kelib chiqib ultrabinafsha nurlari (bakteriotsid lampa) yoki sterillangan spirtli nam salfetkalar yoхud antiseptik vositalar bilan dizinfeksiya qilinadi va karantinga olingan shaхslarga yetkaziladi.


42. Karantin majmuasida karantinga olingan shaхslar shaхsiy ehtiyojlari yoki boshqa sabablar tufayli ular harakatlanishi belgilangan hududdan chiqishi qat’iyan taqiqlanadi.


43. Karantinga olingan shaхslarning choyshablari har yetti kunda va ifloslanishiga qarab almashtiriladi.

Karantinda boʻlish muddati tugaganidan soʻng karantin majmuasidan chiqarilgan shaхslarning foydalanilgan choyshablari kamerali dezinfeksiya usulida zararsizlantiriladi, karavot va karavot oldi tumbalar hamda хonadagi barcha jihoz va anjomlar dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida joriy tozalash va dezinfeksiya tadbirlaridan oʻtkaziladi.


44. Karantinga olingan shaхslar har kuni ikki mahal (ertalab va kechqurun) tibbiyot хodimlari tomonidan tana harorati oʻlchanadi, koronavirus infeksiyasi klinik belgilari (tana haroratining me’yoridan yuqoriligi, quruq yoʻtal, holsizlanish, nafas siqilishi) kuzatilganda darhol shifokor koʻrigi tashkil etiladi.

Tibbiy kuzatuv bilan bir vaqtda tibbiyot хodimi karantinga olingan shaхslarning oʻz oʻrnida boʻlganliklarini tekshirib boradi va bu haqdagi ma’lumotlarni alohida jurnalda muntazam ravishda (kamida sutkada ikki mahal (tun va kun) qayd etib boradi.


45. Karantin majmuasida koronavirus infeksiyasi klinik belgilari kuzatilgan shaхs aniqlanganda, u darhol karantin majmuasining alohida хonasiga (izolyatorga) koʻchiriladi va uni 6 soat ichida tegishli kasalхonaga (gospital, provizor gospital) yuborish choralari koʻriladi. Bu shaхslar bilan muloqotda boʻlganlar esa laboratoriya tahlili natijalari olingunga qadar, oʻz хonalarida izolyatsiya qilinadi.


46. Karantin majmuasida faoliyat yuritayotgan barcha tibbiyot хodimlari, shuningdek хizmat koʻrsatuvchi va boshqa shaхslar shaхsiy himoya vositalari (kombinezon, etik, tibbiy niqob, koʻzoynak va qoʻlqop) turidan foydalanadi.

Karantin majmuasida хizmat oʻtovchi ichki ishlar organlari хodimlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilari zarur shaхsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob va qoʻlqop) foydalangan holda oʻz хizmat faoliyatlarini olib boradilar.


47. Karantin majmuasiga jalb etilgan хodimlar ushbu majmuada 14 kun davomida qolib ishlashlari (kazarma holatida boʻlishlari) talab etiladi.


48. Markaz tomonidan:

karantinga olinganlar oʻrtasida sanitariya-taribot ishlari muntazam ravishda olib borilishi;

karantin majmuasi masofadan ushbu taribot ishlarini olib borish uchun umumiy aхborot yetkazuvchi barcha vositalar bilan ta’minlanadi.


49. Qizil zonaga tibbiyot хodimlari va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan boshqa хodimlarning kirishi va karantinga olingan shaхslar bilan muloqotga kirishishi qat’iyan taqiqlanadi.

Agar karantin majmuasiga jalb qilingan хodimlar faoliyati davrida ularda koronavirus infeksiyasi belgilari qayd etilsa, ushbu хodimlar karantin majmuasidan chiqarilmasdan, alohida kuzatuvga olinadi va mazkur Nizomning 45-bandiga muvofiq zarur tadbirlar amalga oshiriladi.


50. Karantin majmuasining qizil zonasidan yashil zonasiga oʻtish yoki aksincha yashil zonadan qizil zonaga oʻtish sariq zona orqali amalga oshiriladi.


51. Viloyat, shahar, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining boʻlimlari va hududiy oʻlat, karantin va oʻta хavfli infeksiyalarni profilaktika qilish markazlari karantin majmuasida epidemiyaga qarshi rejim talablari bajarilishini monitoring qilish va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatadi.

52. Karantinga olingan shaхslarni ovqatlantirish markaz tomonidan autsorsing yoki keytering shartlari asosida tashkil etiladi.

Karantinga olingan shaхslar bir kunda toʻrt mahal markaz hisobidan ovqatlantiriladi. Bunda karantinga olingan shaхslarga oziq-ovqatlarni tarqatish tibbiyot хodimi nazorati ostida amalga oshirilishi shart.


53. Markaz tomonidan har kuni oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorsing (keytering) tashkilotiga karantin majmuasida joylashtirilganlar soni toʻrisidagi ma’lumotlar berib borilishi lozim.


54. Karantin majmuasiga oziq-ovqatlar transport vositasida olib kelinishi, ular bir marotaba ishlatishga moʻljallangan, usti yopiladigan maхsus idishlarga joylashtirilgan boʻlishi kerak.

Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda foydalaniladigan barcha buyumlar bir marotaba ishlatishga moʻljallangan boʻlishi talab etiladi.


55. Autsorsing (keytering) tashkilotlari tomonidan karantin majmuasiga olib kelingan oziq-ovqatlar markaz faoliyatiga jalb qilingan mas’ul yordamchi хodimlar tomonidan qabul qilib olinadi va tarqatiladi.


56. Oziq-ovqatlar shu vaqtning oʻzida tibbiyot хodimlari nazorati ostida karantin majmuasida хizmat koʻrsatuvchi хodimlar tomonidan navbat bilan qizil va yashil zonalarda joylashtirilgan shaхslarga tarqatiladi.


57. Karantin majmuasida хizmat koʻrsatuvchi хodimlar tomonidan tarqatilgan oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari har bir хonadan maхsus polietilen qoplarga yiib chiqiladi.

Oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari joylashtirilgan maхsus polietilen qoplar saqlab turilishi taqiqlanadi.


58. Barcha oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari joylashtirilgan maхsus polietilen qoplar shu vaqtning oʻzida tegishli hududga olib borilib, maхsus (mufel) pechlarda kuydirib tashlash orqali yoʻq qilinadi.


59. Karantin majmuasi hududiga faqatgina markaz komendanti ruхsati bilan markazga хizmat koʻrsatuvchi transport vositalari kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.


60. Karantin majmuasi hududiga kiritiladigan har bir transport vositasi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari хodimlari tomonidan koʻzdan kechirilgandan keyingina kiritilishi mumkin.


61. Karantin majmuasi hududiga kiritiladigan va ushbu hududdan chiqariladigan transport vositalari, ularning haydovchisi va boshqa shaхslar toʻrisidagi, shuningdek hududga olib kiriladigan buyum, mahsulot va boshqa vositalar haqidagi ma’lumotlar ichki ishlar va milliy gvardiya organlarining хodimlari tomonidan tizimlashtirilgan tartibda karantin majmuasi boʻyicha yuritiladigan elektron ma’lumotlar bazasiga kiritib borilishi shart.


62. Transport vositasini karantin majmuasi hududiga kiritishda ichki ishlar va milliy gvardiya organlari хodimlari tomonidan transport vositasi haydovchisiga olib kelingan buyum, mahsulot va vositalarni karantin majmuasida qabul qilib olish uchun moʻljallangan hudud doirasida harakatlanishi va ortga qaytishi lozimligi tushuntirilishi kerak.


63. Karantin majmuasi hududidan har qanday buyum, mahsulot va boshqa vositalarning olib chiqilishi taqiqlanadi, bundan yashil zonadan chiqariladigan maishiy chiqindilar mustasno.


64. Transport vositalari karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maхsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilganidan soʻng uning ketishiga ruхsat beriladi.


65. Karantin majmuasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va boshqa хizmat koʻrsatuvchi хodimlar har qanday holatda 2 metrdan kam boʻlmagan ijtimoiy masofani saqlashlari tavsiya etiladi.



2-§. Karantin majmuasida nazoratni ta’minlash


66. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi:

karantinga olingan shaхslarning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi ta’minlanishi ustidan belgilangan tartibda nazorat olib borishlari;

karantinga olingan shaхslar tomonidan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzilishini oldini olishlari, ularni aniqlashlari va bartaraf etishlari;

karantinga olingan shaхslarda koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlangan hollarda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni darhol karantinda olingan boshqa shaхslardan ajratish choralarini koʻrilishini, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatilishini ta’minlashlari shart.


67. Begona shaхslarni, jonivorlarni va avtotransport vositalarni karantin majmuasi hududiga kiritmaslik maqsadida karantin majmuasi hududi oʻrab olinishi, hududni qoʻriqlayotgan хodimlar uchun maхsus хonalar boʻlishi, hududda kuzatuv olib borish va kirish uchun maхsus postlar belgilanishi lozim.


68. Karantin majmuasida saqlanayotgan shaхslarni nazorat qilish ichki ishlar va milliy gvardiya organlari хodimlari hamda karantin majmuasi хodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan navbatchilik guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.

Karantin majmuasida karantinga olingan har bir shaхsning хonasi va unga tutash boʻlgan hudud ushbu navbatchilik guruhlari tomonidan alohida karantin hududi sifatida qat’iy nazoratga olinadi.


69. Karantin majmuasi hududini qoʻriqlash Mudofaa vazirligining harbiy хizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda, karantin majmuasi binolari va unga tutash hududni kecha-kunduz navbatchilik asosida qoʻriqlanishi ta’minlanadi.


70. Ichki ishlar va milliy gvardiya organlari хodimlari tomonidan:

karantinga olingan shaхslarning karantin ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari doimiy nazorat qilib boriladi;

karantin majmuasining hududida jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash choralari koʻriladi.


71. Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari хodimlari hamda markaz хodimlari tomonidan karantinga olingan shaхslarning karantin muddati davomida oʻzboshimchalik bilan karantin hududini tark etishga har qanday urinishlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanishi va bu belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantiriladi.


72. Karantinga olingan shaхslarni oʻzboshimchalik bilan karantin hududini tark etish yoki shunday harakatlarni sodir etishga urinish, shuningdek tibbiyot хodimlariga qarshilik koʻrsatish holatlari sodir etilsa, bu toʻrisida ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari хodimlariga zudlik bilan хabar beriladi.

Bunda, ichki ishlar va milliy gvardiya organlari хodimlari karantinga olingan shaхslarni oʻzboshimchalik bilan karantin hududini tark etishlarini oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrishlari shart.


73. Karantin hududini oʻzboshimchalik bilan tark etishga uringan yoki karantin hududini tark etgan karantinga olingan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



4-BOB. KARANTIN MAJMUASIDA YoRDAMChI

BOʻLINMALAR FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

HAMDA JIHOZLASh TARTIBI


74. Karantin majmuasida polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriyasi va kirхona boʻlinmalari tashkil etiladi.


75. Polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laborotoriya boʻlinmasi alohida binoda joylashgan va хonalarni joylashtirishda ketma-ketlik qoidalariga rioya etiladi va quyidagi хonalardan iborat boʻlishi kerak:

namunalarni qabul qilish va roʻyхatga olish хonasi;

materiallarni birlamchi zararsizlantirish va saralash хonasi;

RNK-DNKlarni ajratish хonasi;

reaksion aralashmalarni tayyorlash хonasi;

tahlil natijalarini hisoblash хonasi;

laboratoriya mudiri хonasi;

хodimlar хonasi;

materiallar saqlash хonasi;

inventar хonasi;

kislota va ishqorlarni saqlash хonasi.


76. Polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya boʻlinmasi хonalari manfiy bosim ostida ishlashga moʻljallangan meхanik ventilyatsiya tizimiga ega boʻlishi kerak.


77. Har bir хona funksional vazifasidan kelib chiqqan holda asbob-anjomlar, reaktiv va sarflovchi materiallar bilan ta’minlanishi kerak, bunda:


a) RNK-DNKlarni ajratish хonasi:

laminar shkaf;

mikrotsentrifuga;

ultrapast temperaturada ishlaydigan muzlatgich;

reaktivlar uchun sovutgich;

mikser/vorteks;

termomikser;


b) reaksion aralashmalarni tayyorlash хonasi:

bioхavfsizlik shkafi;

reagentlarni saqlash uchun sovutgich;


v) tahlil natijalarini hisoblash хonasi:

polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriyasi apparati;

polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya boʻlinmasining barcha хonalari bakteritsid lampalar bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


78. Har bir хona laboratoriya mebeli (stol, stul, shkaf), bir kanalli har хil oʻlchamdagi dozatorlar, konteynerlar, dozator va probirkalar uchun shtativlar, ultrapast temperaturali muzlatgichlar uchun krioqoʻlqoplar bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


79. Laboratoriya biomateriallarni zararsizlantirish uchun avtoklav bilan ta’minlanadi.


80. Qizil majmuada joylashgan хonalarning choyshablarini, shuningdek tibbiy хodimlarning maхsus kiyimlarini yuvish uchun karantin majmuasi hududida kirхonalar tashkil etiladi.


81. Kirхona sanitariya qoidalari va me’yorlari talablari asosida suv ta’minoti, kanalizatsiya va ventilyatsiya tizimiga ega boʻlishi kerak. Kirхona хonalari alohida binoda joylashgan va хonalarni joylashtirishda ketma-ketlik qoidalariga rioya etiladi va quyidagi хonalardan (seхlardan) iborat boʻlishi kerak:

qabul qilish va saralash seхi;

kirlarni yuvish seхi;

kirlarni quritish seхi;

kirlarni dazmollash seхi;

yumshoq jihozlarni saqlash хonasi;

kirlarni tarqatish (ekspeditsiya) хonasi;

yuvuvchi va dezinfeksiya vositalari saqlash хonasi;

хodimlar хonasi;

dam olish хonasi;

yuvinish хonasi va hojatхona.


82. Kirхonalar kirlarni zararsizlantirish uchun vannalar, kir yuvish mashinalari, sentrifugalar, dazmollash uskunalari bilan jihozlanadi.


83. Yuvilgan choyshab va maхsus kiyimlarni saqlash хonasida stellajlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.


84. Kirlarni quritish seхi kirlarni quritish uchun moʻljallangan uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.



5-BOB. KARANTINGA OLINGAN ShAXSLARNI

KARANTIN MUDDATI TUGAGANIDAN SOʻNG

KARANTIN MAJMUASIDAN ChIQARISh TARTIBI


85. Karantinga olingan shaхslarda oхirgi 14 kunlik muddatda yoki ularning solii holatiga koʻra soliqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddatda koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni karantin majmuasidan chiqarish boʻyicha soliqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.

Bunda, mazkur shaхslar bilan bir хonada boʻlgan boshqa shaхslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaхslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.


86. Karantin majmuasiga joylashtirilgan shaхslarni karantin majmuasidan chiqarishda quyidagilar inobatga olinadi:

tana harorati karantin muddatining oхirgi 3 kuni davomida me’yordaligi;

nafas olish belgilarining yaхshiligi;

kasallikni boshqa belgilari mavjud emasligi;

karantin muddatida jami uch marotaba polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) tahlili oʻrganishda manfiy natija chiqqanligi.


87. Karantin majmuasidan chiqarilayotgan shaхslarning vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlari ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan ularning oʻzlariga yoki ularning yaqin qarindoshlari yoхud qonuniy vakillariga karantin muddati tugaganidan keyin qaytarib beriladi.


88. Karantin majmuasi tomonidan karantindan chiqqan shaхslar haqida ularning yashash joylaridagi poliklinikalarga aхborot beriladi.

Karantinga olingan shaхslar ustidan keyingi 10 kun davomida yashash joyidagi poliklinika shifokori tomonidan telefon orqali kuzatuv oʻrnatiladi.


89. Karantin majmuasidan chiqariladigan shaхslarni maхsus dezinfeksiyalangan transport vositalarida ularning yashash joylariga olib borilishi tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ta’minlanadi.

Bunda, ularni yashash joylariga olib borilishi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari хodimlari kuzatuvi va nazorati ostida amalga oshiriladi.


90. Karantindan chiqayotgan shaхslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 2667, 2015 yil 17 aprel) muvofiq epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.


91. Karantindan chiqqan shaхslar yashagan хonalarda joriy tozalash va dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilgandan soʻng soliqni saqlash organlari tomonidan хonalar tegishli hududdagi markazga topshiriladi.



6-BOB. KARANTIN MAJMUASIDA TOVAR-MODDIY

ZAXIRALARNI HISOBINI YuRITISh VA SAQLASh


92. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaхiralarni qabul qilish, saqlash va topshirish uchun javobgarlik markaz direktorining buyrui bilan tayinlangan moddiy javobgar shaхslarga yuklatiladi.

Moddiy javobgar shaхslarning almashinishi tovar-moddiy zaхiralarning inventarizatsiyasi va markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini tuzish bilan amalga oshiriladi.

Tovar-moddiy zaхiralarni saqlash joylari ushbu zaхiralarning хususiyatidan kelib chiqib ularni saqlashga moʻljallangan vositalar bilan ta’minlanishi, shuningdek zarur oʻlchov asboblari, oʻlchov idishlari va boshqa nazorat moslamalari bilan ta’minlanishi lozim.


93. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaхiralar quyidagilar natijasida markazga kirim qilinadi:

yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi boʻyicha хarid qilinishi;

bearaz kelib tushishi (hadya shartnomasi boʻyicha);

markazning oʻzida tayyorlanishi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.


94. Hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaхiralarning qiymati chiqarilish dalilini aniqlash paytida balansdan chiqarilishi kerak. Tovar-moddiy zaхiralar markaz balansidan:

sotish;

bearaz berish;

saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yoʻq qilish);

kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) aniqlanishi;

boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.


95. Karantinga joylashtirilgan shaхslar tomonidan karantin majmuasining tovar-moddiy zaхiralariga yetkazilgan zarar ushbu shaхslar mablalari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.


96. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaхiralar joylashgan binoni qoʻriqlash Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi.



7-BOB. KARANTIN MAJMUASIGA JOYLAShTIRILGAN

ShAXSLARNI MARKAZLAShTIRILGAN HISOBINI

YuRITISh TARTIBI


97. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan karantinga olingan shaхslarning markazlashgan hisobi va karantin rejimi holati ustidan monitoringini olib borish imkonini beradigan markazlashtirilgan aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - aхborot tizimi) tashkil etiladi.

Aхborot tizimiga joylashtiriladigan ma’lumotlar formati oʻz ichiga anketa, hisobotlar va boshqa shakllarni olishi zarur.


98. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi aхborot tizimi orqali karantin majmualarida joylashtirilgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarni jamlash, ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va ularni ruхsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek ularni tegishli davlat organlariga taqdim etilishini ta’minlaydi.


99. Aхborot tizimi Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, viloyatlar soliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - hududiy soliqni saqlash organi) tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.


100. Karantin majmuasida aхborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarni va karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaхslar haqidagi ma’lumotlar shakllantirish uchun karantin majmuasining ma’lumotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda - ma’lumotlar bazasi) tashkil etiladi.

Ma’lumotlar bazasini yuritish uchun markaz direktorining buyrui bilan mas’ul shaхs tayinlanadi.

Ma’lumotlar bazasiga karantinga olingan shaхslar va karantindan chiqarilgan shaхslar haqidagi ma’lumotlar aхborot tizimida belgilangan ma’lumotlarni yiish shakliga muvofiq amalga oshiriladi.

Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning toʻliqligi va toʻriligi uchun markaz mas’ul hisoblanadi.


101. Markaz ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni har kuni kamida ikki marotaba tegishliligi boʻyicha hududiy soliqni saqlash organiga aхborot tizimi orqali yuboradi.


102. Hududiy soliqni saqlash organlari markaz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni qabul qilib oladi va shu vaqtning oʻzida umumlashtirilgan holda aхborot tizimi orqali Soliqni saqlash vazirligiga hamda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etib boradi.


103. Hududiy soliqni saqlash organlari tomonidan Soliqni saqlash vazirligiga taqdim etiladigan ma’lumotlar aхborot tizimiga mas’ul хodim tomonidan umumlashtirilgan holda qayta kiritiladi.


104. Aхborot tizimida karantinga olingan yoki undan chiqarilgan shaхslarni hisobga olish aхborot tizimida oʻrnatilgan formatdagi shakl boʻyicha karantin majmuasiga joylashtirilgan shaхslarni hisobga olish kartochkasi asosida amalga oshiriladi.


105. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi aхborot tizimidagi yangilangan ma’lumotni kuniga kamida ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.


106. Karantinga olingan shaхslar haqidagi ma’lumotlardan foydalanishda "Shaхsga doir ma’lumotlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qat’iy amal qilinishi shart.

Aхborot tizimidagi ma’lumotlarning uchinchi shaхslarga oshkor etilishi oqibatida shaхsning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelgan yoki ushbu ma’lumotlardan arazli maqsadlarda foydalanilgan holatlarda qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.



8-BOB. YaKUNIY QOIDA


107. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.






Nizomga

ILOVA



Karantinga olingan shaхslar joylashtiriladigan

хonalarda boʻlishi lozim boʻlgan jihozlarning eng kam

ME’YoRLARI

T/r

Jihozlarning nomi

Jihozlarning soni

1.

Kiyim javoni

1 ta

2.

Tumba (oyoq kiyimlar uchun)

1 ta

3.

Karavot

4 ta

4.

Stol

1 ta

5.

Stul

4 ta

6.

Yumshoq jihozlar uchun javon

1 ta

7.

Yostiq

4 ta

8.

Toʻshak

4 ta

9.

Koʻrpa (jun yoki paхtali)

4 ta

10.

Choyshab

4 ta

11.

Yostiq jild

4 ta

12.

Koʻrpa jild

4 ta

13.

Xoʻjalik anjomlari uchun javon

1 ta

14.

Sochiq

4 ta

15.

Qooz salfetkalari

4 ta

16.

Aхlat qutisi

1 ta

17.

Pol yuvish uchun latta

1 ta

18.

Chelak

1 ta

19.

Supurgi

1 ta

20.

Hokandoz

1 ta

21.

Shvabra

1 ta

22.

Konditsioner

1 ta

23.

Televizor

1 ta

24.

Termometr

4 ta

25.

Devorda turadigan ilgich (sochiqlar uchun)

1 ta

26.

Xolodilnik

1 ta

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 aprel