Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.04.2020 y. 255-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari hamda Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.04.2020 y.

N 255




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING OʻRINBOSARI - TURIZMNI

RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI RAISINING

FUNKSIONAL VAZIFALARI HAMDA CPORT VA

TURIZMNI RIVOJLANTIRISh MASALALARI

KOTIBIYaTI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 20 yanvardagi PQ-4569-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduхakimov oʻn kun muddatda Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2019 yil 22 fevraldagi 157-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 aprel