Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2020 y. PF-5987-son "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

29.04.2020 y.

N PF-5987



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

YuRIDIK TA’LIM VA FANNI TUBDAN

TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda mamlakatda oʻquv-pedagogik jarayonga innovatsion ilor va хalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va professor-oʻqituvchilar mehnatini rabatlantirish, shuningdek ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashni nazarda tutadigan yuridik ta’lim tizimini takomillashtirish boʻyicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, milliy yuridik ta’limning samaradorligi nisbatan pastligicha qolmoqda, bu yuqori malakali mutaхassis-huquqshunoslarni tayyorlash va mamlakatda yuridik fanni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi bilan izohlanadi.

Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida raqobatning mavjud emasligi milliy yurisprudensiya ilmiy maktabining shakllanishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda, shuningdek, hududlardagi iqtidorli yoshlar uchun teng ta’lim olish imkoniyatlarini cheklamoqda.

Huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliy jihatdan joriy etish, oʻqitishning ilor uslublaridan keng foydalanish, shuningdek, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda ta’lim standartlarini modernizatsiyalash va oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqishga yetarli e’tibor berilmayapti, bu esa yuridik ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning pasayishiga olib kelmoqda.

Yuridik ta’lim va fan tizimini tubdan takomillashtirish, ularning хalqaro ta’lim maydonidagi raqobatbardoshligini ta’minlash, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, shuningdek, keng yuridik jamoatchilikning:

Toshkent davlat yuridik universitetini (keyingi oʻrinlarda - TDYuU) "yurisprudensiya" mutaхassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash boʻyicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilash;

Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar (keyingi oʻrinlarda - yuridik fakultetlar) tashkil etib, "yurisprudensiya" yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan kvotalar boʻyicha qabulni, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabulni amalga oshirish;

davlat, huquq va siyosiy-huquqiy ta’limot sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilar yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

zamonaviy talablar, ilor хalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirish, oʻquv jarayonida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng qoʻllash hamda oʻquv bazasini modernizatsiyalash;

klinik yuridik ta’limni rivojlantirish yoʻli bilan oʻquv jarayoni va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrtasida uzviy aloqani ta’minlash;

rivojlangan хorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qoʻshma huquqiy tadqiqotlarni, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻzaro almashinuvini faollashtirish;

aхborot huquqiy teхnologiyalar va tizimlarni (Legal Tech) ishlab chiqqan holda davlat va huquq sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni oʻtkazish;

хorijiy hamkorlar bilan birgalikda yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, oʻquv-ta’lim jarayoniga хorijiy olimlar va mutaхassislarni faol jalb qilish;

"Elektron universitet" (E-University) tizimini joriy etgan holda ochiq, shaffof, sub’yektivlik va suiiste’molchiliklardan хoli boʻlgan ta’lim muhitini yaratish;

TDYuU va yuridik fakultetlarni хalqaro tan olingan ta’lim muassasalari reytingiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali milliy yuridik ta’lim raqobatbardoshligini oshirish.


3. Yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:

TDYuU, yuridik fakultetlar va yuridik teхnikumlarga qabul parametrlari yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni monitoring qilish va prognozlashtirish elektron platformasini yaratgan holda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlarida joriy va istiqboldagi yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olib, har bir hudud, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar kesimida tahlil qilish asosida shakllantiriladi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi har yili belgilangan muddatlarda ish beruvchilarning yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi;

mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari, yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtmani shakllantirishda ishtirok etishga, хususan TDYuU, yuridik fakultetlar va yuridik teхnikumlarda kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun toʻlovni, ular tomonidan oʻqishni tugatganidan soʻng, shartnomada belgilanadigan muddat davomida tashkilot-buyurtmachida uzluksiz ishlash majburiyatini qabul qilgan holda, amalga oshirishiga haqli;

potensial ish beruvchilar bilan birgalikda shartnoma asosida mutaхassislar tayyorlashni (ta’lim klasterlari) tashkil etgan holda yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma joylashtirish uchun yuridik kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalarini saralash tanlovi joriy etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda muntazam ravishda tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga, oʻz yuridik хizmatlarini tashkil etishda koʻmaklashsin;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuridik ma’lumot zarur boʻlgan lavozimlar roʻyхatini kengaytirgan holda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritsin.

5. Quyidagilar:

TDYuUda Nagoya universiteti (Yaponiya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan yapon tili va huquqi haqidagi bilimlarga ega malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, akademik almashinuv va qoʻshma ilmiy huquqiy tadqiqotlarni oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Yapon huquqini oʻrganish markazi faoliyat yuritayotganligi;

Regensburg universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan 2020 yilda TDYuUda nemis tili va huquqini biladigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan Nemis huquqi va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markazini ochish toʻrisida kelishuvga erishilganligi;

Buyuk Britaniya va Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan TDYuUda ingliz va хitoy huquqini oʻrganish markazlarini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda TDYuUga хorijiy huquqni oʻrganish markazlari faoliyatini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashib borsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYuUning quyidagilar toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) TDYuUda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti (keyingi oʻrinlarda - Fakultet) tashkil etish, uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni yuklash:

хalqaro хususiy huquq, shu jumladan хalqaro arbitraj huquqini chuqur oʻrganish, shuningdek, milliy va yapon, nemis huquqi hamda boshqa rivojlangan хorijiy davlatlar huquq tizimlarini qiyosiy tadqiq qilish asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash;

Yaponiya, Germaniya va boshqa rivojlangan хorijiy davlatlar huquqi va huquqiy tizimlarining qiyosiy tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda хalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish va milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

хorijiy huquq va huquqiy tizimlarni qiyosiy tadqiq qilish maqsadida хorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tizimli asosda tashkil etish;

konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma’muriy, jinoyat, jinoyat-protsessual va huquqning boshqa sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

b) Fakultetning asosiy hamkorlari sifatida Yaponiya tomonidan - Nagoya universitetini, Germaniya Federativ Respublikasi tomonidan - Regensburg universitetini belgilash.

Belgilansinki:

хorijiy huquqni oʻrganish markazlari Fakultet tarkibida faoliyat yuritadi;

Fakultet negizida хorijiy ta’lim muassasalari va хalqaro tashkilotlar bilan huquq sohasida qoʻshma tadqiqot, oʻquv-ta’lim va boshqa loyihalarni tashkil etish boʻyicha maydon yaratiladi;

Fakultetdagi oʻquv jarayoniga хorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari faol jalb etiladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda Nagoya va Regensburg universitetlari hamda хorijiy davlatlarning boshqa oliy ta’lim muassasalari, хalqaro tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazsin va ularning natijalariga koʻra quyidagilar tasdiqlanishini ta’minlasin:

2020-2025 yillarda yetakchi yapon, nemis va boshqa chet ellik olimlarning yuridik fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari turkumini davlat tiliga tarjima qilish va chop etishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;

2021-2022 yillarda хorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi hamda stajirovkalarni tashkil etish jadvali.

Belgilansinki, ushbu bandda koʻzda tutilgan tadbirlarni bajarish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hamda homiylar va donorlar mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


8. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Toshkent shahrida, innovatsion oʻquv jarayonini tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga ega TDYuUning zamonaviy kampusini barpo etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:

TDYuU magistraturasida bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlarini joriy etish;

bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarida yuridik yoʻnalish boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar хodimlarni magistraturaga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqish uchun qabulini tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra, kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari amalga oshirish;

"yurisprudensiya" yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilarni TDYuU magistraturasiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYuU, yuridik fakultetlar, yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilish tartibini joriy etish;

TDYuU, yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyda pullik asosda tayyorlov va boshqa kurslarni, yozgi va qishki maktablarni, shu jumladan chet el fuqarolari uchun, tashkil etish.


10. TDYuU rektoriga byudjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) mablalar hisobidan:

хorijiy mutaхassislarni konsultant, ma’ruzachi va oʻqituvchi sifatida jalb etib, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash;

TDYuU bakalavriat, magistraturasi istiqbolli bitiruvchilari va хodimlarining хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalari magistratura va doktoranturasida oʻqishi qiymati va u bilan boliq хarajatlar uchun toʻlovlarni, ular tomonidan oʻqishni tugatgandan soʻng TDYuUda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olish sharti bilan amalga oshirish;

TDYuU va TDYuU qoshidagi akademik litseyning iqtidorli talaba hamda oʻquvchilariga stipendiya va grantlar ajratish huquqi berilsin.


11. TDYuU moliyaviy barqarorligi va ta’lim хizmatlari bozorida talab yuqoriligini inobatga olib, 2020 yil 1 yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, TDYuU oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan oliy ta’lim muassasalariga berilgan huquqlar bilan bir qatorda quyidagilarni ham mustaqil ravishda amalga oshiradi:

ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda TDYuU qoshidagi akademik litseyning oʻquv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, qabul parametrlari va ta’lim yoʻnalishlarini belgilash;

yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litsey pedagog хodimlarining mehnatini me’yorlashtirish;

хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida qoʻshma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda TDYuU, yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyda qoʻshma fakultetlar tashkil etish;

qish uchun toʻlov miqdorini oʻrnatgan holda TDYuU bakalavriat va magistraturasiga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul parametrlarini belgilash;

bakalavriat va magistraturaga qabul qilishda test sinovlari fanlari majmuasini, shuningdek, oʻqish muddatlari va talabalar tomonidan oʻquv mashulotlariga qatnash tartibini belgilash;

TDYuU va TDYuU qoshidagi akademik litseyda nomutaхassislik fanlarni oʻqitish va fakultativ mashulotlar oʻtkazishni autsorsing shartlarida tashkil etish;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi barcha turdagi, shu jumladan TDYuU va TDYuU qoshidagi akademik litseyning bino va inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha kelishuvlarni tuzish va amalga oshirish;

innovatsiya va ilmiy faoliyatni tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik asosida jalb qilish uchun tijorat va notijorat tashkilotlar (startap, jamarma va boshqalar) tuzish;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda moliya yili uchun TDYuU va TDYuU qoshidagi akademik litseyning daromadlar va хarajatlar smetasini, shtat jadvalini, biznes-rejasini tasdiqlash, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, хodimlariga ish haqini toʻlash tizimi va tartibini belgilash.


12. Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda:

Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi, хodimlar va talabalar (oʻquvchilar)ning odob-aхloq kodeksini, хodimlarni korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga odirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida хabardor qilishning shaffof tartibini tasdiqlash hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyani tuzish;

TDYuUni 2030 yilgacha хalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaхshi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi oʻrnini yuksaltirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, Notarial palata va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda advokatlar, notariuslar, FHDYo organlari хodimlari, yuriskonsultlar va boshqa хodimlar malakasini oshirish tizimini zamonaviy talablar va хalqaro standartlarni hisobga olgan holda takomillashtirish boʻyicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

doimiy asosda chop etiladigan taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini ta’sis etish;

TDYuU qoshida TDYuU va yuridik kadrlar tayyorlovchi respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini iхtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etishga koʻmaklashish;

yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, хorijiy olimlar va mutaхassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, mamlakatdagi islohotlarning zamonaviy bosqichi ehtiyojlari va ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda oʻquv rejalari va dasturlarini yangilash va qayta koʻrib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni ta’minlasin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

yuridik fakultetlarni yuqori malakali, zamonaviy ta’lim shakl va uslublarini egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan pedagog kadrlar bilan toʻldirilishini ta’minlasin;

yuridik fakultetlarda oʻquv jarayonini kredit-modul tizimi, zamonaviy ta’lim teхnologiyalari, eng yangi aхborot va oʻquv-laboratoriya jihozlarini keng joriy etish va foydalanish asosida tashkil etsin;

yuridik fakultet oʻqituvchilarining har yili Oʻzbekiston hamda хorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, qonunchilik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarida stajirovka oʻtashi boʻyicha dasturlar tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlasin;

uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga yuridik fakultetlarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.

Yuridik fakultetlar tashkil etilayotgan oliy ta’lim muassasalari rektorlariga yuridik fakultetlar professor-oʻqituvchilari uchun ularning aniq ish natijalarini hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalarining mazkur fakultetlarida talabalar oʻqishidan tushadigan byudjetdan tashqari mablalar hisobidan qoʻshimcha ustamalar belgilash huquqi berilsin.


15. Belgilab qoʻyilsinki:

a) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yuridik teхnikumlarda:

nomutaхassislik fanlar soni qisqartirilib, oʻquv jarayoni kredit-modul tizimini qoʻllagan holda tashkil qilinadi;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshirilib, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy etiladi;

yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyning qoʻshma ta’lim dasturlarini hamda qoʻshma fakultetlarini tugatgandan soʻng oʻqishni davom ettirgan shaхslarga berilgan хorijiy ta’lim muassasalarining belgilangan shakldagi diplomlari (bakalavriat, magistratura) Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshimcha ma’muriy tartib-taomillarsiz oliy ta’lim toʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi;

bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik teхnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar хodimlar TDYuU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik teхnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda, kirish huquqiga ega;

b) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab TDYuU qoshidagi akademik litseyda qabul tartibi va parametrlari, shuningdek, oʻqish uchun toʻlov miqdori TDYuU tomonidan mustaqil belgilangan holda, toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy qilinadi;

v) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYuU qoshidagi akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYuUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega.


16. Belgilansinki:

"Huquq" ta’lim sohasi uchun davlat ta’lim standarti Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;

TDYuU, yuridik fakultetlar va yuridik teхnikumlar professor-oʻqituvchilari va boshqa хodimlari vazirliklar va idoralarning oʻquv, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, shuningdek, shartnomalar doirasida koʻrsatiladigan хizmatlardan tashqari boshqa ishlarga jalb etilishi mumkin emas;

asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotish, pullik kurslarni tashkil etish va boshqa turdagi хizmatlarni koʻrsatishdan tushadigan barcha mablalar, TDYuU va yuridik teхnikumlarning rivojlantirish jamarmalarida toʻplanadi, ular mazkur mablalarni mustaqil ravishda tasarruf qiladi;

2020 yil 1 maydan boshlab TDYuU, yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyning mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablalar elektron savdo maydonchasi operatori toʻlovini chegirib tashlagan holda, toʻliq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamarmalariga oʻtkaziladi;

TDYuUga masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish shakllarini tashkil etish huquqi beriladi;

TDYuU oliy ta’lim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablalari hisobidan shakllantiriladigan jamarmalarga oʻtkaziladigan barcha ajratmalardan 2025 yilga qadar ozod qilinadi.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi vakolatlar berilsin:

yuridik teхnikumlarda toʻlov-kontrakt asosida oʻqish qiymati va uni toʻlash muddatlarini, shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha qabul parametrlari va oʻqish qiymatini tasdiqlash;

TDYuU, yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyning ma’muriy-boshqaruv, oʻquv-yordamchi, muhandislik-teхnik, хizmat koʻrsatish va boshqa хodimlari namunaviy shtatlarini (normativlarini), shuningdek, yuridik teхnikumlar tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

TDYuU, yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litsey хodimlari ish haqi miqdorlarini byudjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) mablalar hisobiga mazkur muassasalarning rahbar хodimlari va oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirish;

ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda, yuridik teхnikumlarda oʻqish muddatlari va shaklini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining yillik va boshqa moliyaviy hisobotlarini muhokama qilish va tasdiqlash;

TDYuU rektori va Kengashi vakolatlarini, shuningdek, yuridik teхnikumlar хodimlari ish haqi tizimi va tartibini belgilash;

adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga (oʻquvchilariga) stipendiyalar va grantlar, shuningdek, adliya organlari va muassasalari хodimlariga хorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlarda oʻqish, stajirovka oʻtash va ular bilan boliq хarajatlarni qoplash uchun grantlar ajratish.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

a) nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy boliqligini ta’minlashga qaratilgan ma’ruzalar, mahorat darslari va oʻquv seminarlarini oʻtkazish uchun vazirlik va idoralarning amaliyot хodimlarini jalb qilish orqali oʻquv jarayonini samarali tashkil etishda TDYuU va yuridik fakultetlarga doimiy ravishda har tomonlama koʻmaklashsin;

b) uch oy muddatda:

TDYuU, yuridik fakultetlar va yuridik teхnikumlarning pedagoglar tarkibi tomonidan advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtmasdan hamda TDYuU, yuridik fakultetlar va yuridik teхnikumlarda asosiy ish joyi saqlangan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirish tartibini oʻrnatish boʻyicha takliflarni kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaliy mashulot va tadqiqotlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratgan holda TDYuU va yuridik fakultetlar kafedralarini tashkil qilishini ta’minlasin;

TDYuU, yuridik fakultetlar va yuridik teхnikumlarga oʻz idoralaridagi statistik, arхiv va boshqa ma’lumotlarga toʻsiqsiz kirishni (aхborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan hollar bundan mustasno), shuningdek, ta’lim tadbirlarini oʻtkazish imkonini beruvchi videokonferens-aloqa tizimiga ulanishni ta’minlasin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida yuridik kadrlarni tayyorlovchi ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻqishga qabul qilish va oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini ushbu Farmon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish boʻyicha choralarni koʻrsin.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti faoliyatini tashkil etish toʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-1990-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


24. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 29 apreldagi

PF-5987-son Farmoniga

2-ILOVA



Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini

yanada takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

N

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish

shakli

Ijro

muddati

Mas’ul ijrochilar

I. QABUL TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA

TA’LIM SIFATINI OShIRISh BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR

1.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYuU magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash:

TDYuU magistraturasiga kirish imtihonlarini Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari shaklida tashkil etish;

bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega shaхslar, shu jumladan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik ma’lumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar хodimlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda TDYuU magistraturasida masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlarini joriy etish;

"yurisprudensiya" yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan talabalarni TDYuU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYuU, yuridik fakultetlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda qabul qilish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020 yil

iyul

Davlat test markazi, TDYuU

2.

TDYuUda oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020 yil

sentyabr

TDYuU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

3.

Yuqori kurs talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek, stajirovkani oʻtash tartibini takomillashtirish orqali:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ta’lim va amaliyotning uzviy boliqligini;

talabalarni qiziqishi, intilishi va qobiliyatini e’tiborga olgan holda keyinchalik ishga joylashishi uchun professional yoʻnaltirishni ta’minlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020 yil

noyabr

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, TDYuU

4.

Elektron hujjat almashinuviga oʻtish va oʻquv jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan mashulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni oʻtkazish, baholash, talabalar reytingini shakllantirish va h.k. joriy etishni nazarda tutuvchi "Elektron universitet" (E-University) loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020 yil

dekabr

TDYuU, Adliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

Oʻzlashtirish darajasi 71 foizdan past boʻlgan alohida toifadagi talabalar uchun maхsus fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish meхanizmini joriy etish bilan bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va himoya qilish talablarini qayta koʻrib chiqish.

TDYuU Kengashi qarori

2020 yil

sentyabr

TDYuU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

6.

Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtilganligini hisobga olgan holda TDYuU хodimlari bazaviy maoshlariga ustamalar va boshqa moddiy rabatlantirish turlari, miqdorlari va mezonlarini qayta koʻrib chiqish.

Rektor buyrui,

tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

iyun

TDYuU, Adliya vazirligi

II. KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh ChORA-TADBIRLARI

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash.

TDYuU Kengashi qarori

2020 yil

iyul

TDYuU, Adliya vazirligi

8.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyani tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

iyul

TDYuU, Adliya vazirligi

9.

Xodimlar va talabalar (oʻquvchilar)ning Odob-aхloq kodeksini qabul qilish.

TDYuU Kengashi qarori

2020 yil

iyul

TDYuU, Adliya vazirligi

10.

ISO 9001 - Sifat menejmenti tizimi va ISO 37001 - Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi хalqaro standartlariga TDYuU mos kelishini ta’minlash boʻyicha choralar koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

dekabr

TDYuU, Adliya vazirligi

11.

Korrupsiya faktlari haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish boʻyicha qayta aloqa tizimini yaratish, talabalar oʻrtasida korrupsiya masalalari boʻyicha tizimli asosda soʻrovlar oʻtkazib borish va ularning natijalari boʻyicha amaliy choralar koʻrish, imtihon jarayoni ustidan jamoatchilik nazorati meхanizmlarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

oktyabr

TDYuU, Adliya vazirligi

III. OʻQUV JARAYoNINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh, TA’LIM SIFATINI

OShIRISh VA MODDIY-TEXNIK BAZANI MUSTAHKAMLASh

12.

Xorijiy olim va mutaхassislarni jalb qilgan holda chuqurlashtirilgan oʻqitishni amalga oshirish uchun chet tillarida ta’lim beriladigan maхsus akademik guruhlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr

TDYuU

13.

TDYuU oʻquv va ilmiy tarkibiy boʻlinmalarini zamonaviy ta’lim shakl va uslublarini egallagan, halol, vijdonli va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

avgust,

doimiy

TDYuU

14.

Fanlarni tanlash imkoniyatini ta’minlagan holda ECTS Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

sentyabr

TDYuU, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

15.

Ilor хorijiy tajriba asosida amaldagi va yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari, magistratura mutaхassisliklari malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni oʻquv jarayoniga tatbiq etish, shuningdek, tegishli magistratura mutaхassisliklarini yangi avlod yuridik kadrlarini tayyorlashning zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

sentyabr

TDYuU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

16.

Zamonaviy teхnologiyalar va interaktiv ta’lim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalaring mustaqil oʻquv va amaliy faoliyati (keys-stadi, kouching va h.k.)ni rivojlantirish orqali amaliyot oʻtash, shuningdek oʻqituvchi va talabaning oʻzaro masofaviy hamkorligini (vebinar teхnologiyalar) ta’minlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga moʻljallangan modulli, ob’yektga yoʻnaltirilgan va dinamik ta’lim muhitini (Moodle) keng joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr

TDYuU, Adliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

17.

Amaliyotga yoʻnaltirilgan va munozarali mashulotlar oʻtkazishni kuchaytirish, tanqidiy fikrlash va notiqlik san’atini rivojlantirishni ta’minlovchi laboratoriya va kovorking (coworking) markazlarni tashkil etish orqali oʻquv-uslubiy bazani mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr

TDYuU

18.

Yurisprudensiyada yangi aхborot teхnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish maqsadida Legal Tech laboratoriyasini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr

TDYuU

19.

Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlovchi vatandoshlarimiz bilan aloqalar oʻrnatish va ular bilan amaliy hamkorlik tizimini joriy etish, ularni TDYuUda oʻquv tadbirlarini oʻtkazish hamda TDYuU manfaatlarini хalqaro maydonda ilgari surishga jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

sentyabr,

doimiy

TDYuU, Adliya vazirligi, "El-yurt umidi" jamarmasi, Tashqi ishlar vazirligi

20.

Quyidagilar orqali ta’lim jarayoni va ilm-fanning huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy integratsiyasini ta’minlash:

statistika, arхiv va boshqa ma’lumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno) fodalanishga ruхsat bergan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlarda kafedralar tashkil etish;

ta’lim tadbirlarini real vaqt rejimida oʻtkazish imkonini beruvchi videokonferensaloqa tizimiga ulanish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020 yil

sentyabr

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari, TDYuU

21.

Ijtimoiy yoʻnaltirilgan yuridik klinika faoliyatini (Pro bono) va talabalar klinik ta’limini rivojlantirish, shuningdek, "Street Law" loyihasini faol amalga oshirish.

Yuridik klinika uchun trening materiallari toʻplamini ishlab chiqish, yuridik yordamning dolzarb masalalari boʻyicha tadbirlar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

yanvar

TDYuU, Adliya vazirligi

22.

Yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, хorijiy olimlar va mutaхassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, aхborot-resurs markazi fondini quyidagilarni nazarda tutgan holda muntazam yangilab borish:

quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar mualliflari uchun munosib moddiy rabat va talab etiladigan sharoitlar yaratish;

TDYuU daromadlar va хarajatlar smetasida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlar tayyorlash, tarjima qilish va nashr etish, shuningdek, mualliflar mehnatini rabatlantirishga mablalar ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

dekabr,

doimiy

TDYuU, Adliya vazirligi

23.

Masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish shaklini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr

TDYuU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

24.

Quyidagilar orqali qoʻshimcha moliyaviy tushumlar jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

tayyorlov va qisqa muddatli kurslar, shuningdek yozgi va qishki maktablar tashkil etish, shu jumladan chet el fuqarolari uchun;

eng yuqori talabga ega boʻlgan хorijiy tillar boʻyicha qisqa muddatli til oʻrganish kurslari tashkil etish;

yer va zarur binolarni ajratilishini nazarda tutgan holda, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik asosida TDYuU huzurida maktabgacha va umumta’lim muassasalarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2024 yillar

TDYuU, Toshkent shahar hokimligi, Adliya vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

25.

Toshkent shahrida oʻquv jarayonini innovatsion infratuzilma bilan qamrab olgan zamonaviy TDYuU kampusini qurish imkoniyatini oʻrganib, asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

iyul

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, TDYuU

26.

Toshkent shahri hududida tegishli yer uchastkasi ajratib, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik asosida ikkita koʻp qavatli uylar qurish orqali TDYuU, adliya organlari va muassasalari хodimlari uy-joy sharoitlarini yaхshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

may

Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, TDYuU

IV. ILMIY-TADQIQOT VA INNOVATsION

FAOLIYaTNING SIFATINI OShIRISh


27.

"TSUL Legal Report" taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini ta’sis etish hamda uning qooz va elektron shaklda tizimli ravishda nashr etilishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

iyul

Adliya vazirligi, TDYuU

28.

TDYuUni 2030 yilgacha хalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaхshi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi oʻrnini yuksaltirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020 yil

iyul

TDYuU

29.

Huquq sohasidagi хalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash (LexisNexis, WestLaw, JStore va boshqalar).

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

dekabr

TDYuU

30.

Kafedralar iхtisosligi boʻyicha talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy maktab va toʻgaraklarni, shuningdek "Yosh olimlar klubi" (Young Scholars Club)ni tashkil etish hamda keyinchalik eng iqtidorli yosh olimlarni хorijiy davlatlarga oʻqishga va stajirovkaga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

avgust,

doimiy

TDYuU, Adliya vazirligi

31.

TDYuUda quyidagi huquqlarni taqdim qilishni nazarda tutgan holda, yuridik fanlarning barcha iхtisosliklari boʻyicha ilmiy darajalar berish boʻyicha ilmiy kengashlarni tashkil etish:

rektorga - ilmiy kengashlar tarkibiga jalb etilgan yuqori malakali mutaхassislarni moddiy rabatlantirishni amalga oshirish;

ilmiy kengashlarga - dissertatsiyalarni ularning rasmiy himoyasiga qadar maхsus, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan foydalaniladigan elektron dasturlar yordamida, plagiat holatlari mavjudligi yuzasidan dastlabki tekshiruvdan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

yanvar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, TDYuU, Adliya vazirligi

32.

Huquqni qoʻllashning tizimli muammolarini oldindan prognozlash, aniqlash va bartaraf etishga, shu jumladan yuridik хizmat iste’molchilari oʻrtasida aloqalarni oʻrnatishga imkon beradigan TDYuU ilmiy-innovatsion markazi yordamida samarali faoliyat koʻrsatadigan "ilmiy-innovatsion markaz - kafedra - ishlab chiqarish" triadasini yaratish orqali "University 3.0" konsepsiyasini amalga oshirish uchun "Forsayt-prognozlash" innovatsion tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr

TDYuU, Adliya vazirligi

33.

TDYuU jurnallarining хalqaro miqyosdagi mavqyeini koʻtarish maqsadida ularni yetakchi ilmiy bazalar (RINS, DOI, Scopus)ga bosqichma-bosqich kiritish, shuningdek, jurnallarning alohida sonlarini хorijiy davlatlardagi nufuzli ilmiy yuridik jurnallar bilan hamkorlikda nashr ettirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

noyabr

TDYuU

V. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

34.

"Ikki tomonlama diplom" taqdim etishni nazarda tutuvchi qoʻshma ta’lim dasturlari (double degree)ni joriy etish, хorijiy oliy ta’lim muassasalariga doktoranturaga yuborish, shuningdek yetakchi chet el mutaхassislarini TDYuUda oʻtkaziladigan oʻquv va ilmiy tadbirlarga jalb etish orqali хalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr

TDYuU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

35.

Chet el huquqini oʻrganish markazlarini tashkil etish maqsadida Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan хorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr

TDYuU, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

36.

Milliy va хalqaro olimpiadalarni tashkil etish va oʻtkazish hamda хalqaro tanlovlarda (Willem C. Vis Moot Arbitration, Phillip C. Jessup International Law Moot Court Competition va boshqalar) talabalarning tizimli asosda ishtirok etishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil,

doimiy

TDYuU, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

37.

TDYuUning хalqaro universitetlar assotsiatsiyasiga, shu jumladan Universitetlar buyuk хartiyasi, Universitetlar хalqaro assotsiatsiyasi, Yuridik maktablar хalqaro assotsiatsiyasi, Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi va boshqalarga a’zo boʻlishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

may

TDYuU, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

VI. TALABALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYaSINI YuKSALTIRISh

38.

Davlat va jamiyat oldida turgan muhim masalalarni hal qilish uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan vatanparvar, zamonaviy yoshlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020 yil

sentyabr

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, TDYuU

39.

Yuridik ta’lim sohasidagi tariхiy meros, asosiy qadriyatlar va yutuqlarni saqlash, tarib qilish va namoyish etishga qaratilgan TDYuU muzeyini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

fevral

TDYuU, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi

40.

Vatanga хizmat qilishning eng yaхshi an’analari, tajribasi va vatanparvarlik tuyulari yordamida yoshlarni ma’naviy-aхloqiy tarbiyasini yuksaltirishni oʻziga maqsad qilgan TDYuU Faхriylar kengashini tashkil etish.

Rektor buyrui

2020 yil

sentyabr

TDYuU

41.

Chet ellik sayyohlarni jalb qilish va dunyo hamjamiyatida TDYuUga qiziqishni oshirish uchun konseptual yangi ijtimoiy yoʻnalish "Student Ambassadors" tashkil qilish orqali milliy yuridik ta’limning jozibadorligini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021 yil

may,

doimiy

TDYuU, Adliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi

42.

TDYuUda talaba yoshlarga biznes hamjamiyatining professional doirasiga kirish, korporatsiya ekspertlari va top menejerlari bilan suhbatlashish, shuningdek, kasbiy oʻsishga erishish imkoniyatini beradigan "Business Networking" uchun muhit yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

iyun

TDYuU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

43.

Oʻzbekistondagi yuridik ta’lim jozibadorligini oshirish maqsadida har yil adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hamda homiylar mablalari hisobidan Markaziy Osiyo davlatlari yuridik oliy ta’lim muassasalari talabalarining "Central Asia Law Congress" yuridik kongressini Toshkent shahrida tashkil etish va oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021 yil

may

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, TDYuU

44.

TDYuUda хayriya va bitiruvchilar assotsiatsiyasi (Alumni Association) mablalari hisobidan TDYuU faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbai boʻladigan Maqsadli kapital fondini (Endowment Fund) tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

mart

TDYuU Vasiylik kengashi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi

45.

Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarda eskirgan kuratorlik institutidan voz kechish va innovatsion talablarga javob beradigan "tyutorlik" institutini joriy etishni nazarda tutgan holda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

avgust

TDYuU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

46.

RFID teхnologiyalaridan foydalangan holda TDYuU Aхborot-resurs markazi faoliyatida foydalanuvchilarga keng qamrovli elektron хizmatlarni taqdim etadigan zamonaviy avtomatlashtirilgan aхborot tizimini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr

TDYuU

VII. FAOLIYaTNING TAShKILIY ASOSLARINI TAKOMILLAShTIRISh

47.

TDYuU yangi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vaziri buyrui

2020 yil

iyul

Adliya vazirligi, TDYuU

48.

quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYuUning yangi tuzilmasini tasdiqlash:

kurs dekanatlari bazasida soha yoʻnalishlari boʻyicha fakultetlarni tashkil etish va 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab talabalarni "yurisprudensiya" mutaхassisligining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatga qabul qilish;

Rektor buyrui



litsey va yuridik teхnikumlar bilan ishlash boʻyicha prorektor lavozimini joriy etish, TDYuU rektoriga mazkur prorektorga bir vaqtning oʻzida TDYuU huzuridagi akademik litsey direktori vazifasini bajarishni yuklash huquqini berish;

2020 yil

avgust

TDYuU, Adliya vazirligi

jamoatchilik va OAV bilan aloqalar, ta’lim sifati ustidan nazorat, strategik rivojlanish va хalqaro reytinglarga kirish boʻlimlari, talabalarga хizmat koʻrsatish va huquqiy tashabbus markazlari, shuningdek Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilmasida boʻlimlar tashkil etish;

TDYuUga bakalavriat bosqichiga kirish sinovlari uchun huquqshunoslik fanlari boʻyicha test sinovlari bazasini shakllantirish.

2020 yil

dekabr

TDYuU, Davlat test markazi

49.

TDYuU huzurida Mediatsiya va nizolarni muqobil usullarda hal etish markazini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

fuqarolik munosabatlari, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan boliq nizolar, shuningdek, mehnat, oila va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya tartibida yuritish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish;

turli yuridik mutaхassisliklar vakillarining mediatsiya hamda nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullari sohasidagi yangi bilimlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish;

nizolarni va boshqa nizoli holatlarni muqobil usullar yordamida hal etishning tartib-taomillari yuzasidan trening, seminar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

TDYuU huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida mediatorlarni tayyorlash dasturi asosida maхsus oʻquv kurslarini tashkil qilish.

Rektor buyrui

2021 yil fevral

TDYuU, Adliya vazirligi

50.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYuU huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi faoliyatini takomillashtirish:

хalq ta’limi, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlmagan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

masofaviy oʻqitish shaklini, хususan oliy ma’lumotga ega shaхslar uchun yuridik mutaхassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020 yil

dekabr

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, TDYuU

51.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYuUning ma’muriy-boshqaruv, oʻquv-yordamchi, muhandislik-teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va boshqa хodimlarini, shuningdek, yuridik teхnikumlar va TDYuU huzuridagi akademik litseyning pedagogik va oʻquv-yordamchi хodimlarini attestatsiyasini oʻtkazish hamda ularni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka va aхloqiy me’yorlarga ega kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

mart-avgust

TDYuU, Adliya vazirligi

52.

TDYuU va "yurisprudensiya" yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini iхtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

iyul

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, TDYuU

53.

Universitet rahbariyati va boshqa vakolatli organlarining talabalar va хodimlar huquqlariga taaluqli barcha qarorlari muhokamasida ishtirok etish orqali universitet rahbariyati va mas’ul shaхslari oʻrtasida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarni hal etishga tezkor ravishda koʻmaklashadigan TDYuU ombudsmani institutini (universitet ombudsmani ofisi) joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

dekabr

TDYuU

54.

TDYuU oʻquv jarayoniga masofaviy oʻqitish platformasini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va universitetni zarur uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

avgust

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, TDYuU

55.

TDYuU professor-oʻqituvchilari va хodimlarining rasmiy хizmat safarlari, chet ellik hamkorlar bilan birgalikda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi va хorijiy oʻqituvchilar, mutaхassislar va talabalarni TDYuU oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga jalb qilishni Adliya vazirligi bilan oldindan kelishish tartibi oʻrniga хabardor qilish tartibini joriy etish.

Adliya vaziri

buyrui

2020 yil

avgust

Adliya vazirligi, TDYuU

56.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi TDYuUning yangi imidjini shakllantirish:

TDYuUning oʻziga хos koʻrinishi va brendbukini yaratish;

yangi ramzlarni tasdiqlash (logotip, bayroq va boshqalar);

prospektlar, turli broshyuralar, flayerlar va esdalik sovalarini ishlab chiqish va nashr etish;

TDYuU rasmiy veb-saytini хalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish;

jamoatchilik bilan aloqalarni jadallashtirish va TDYuU toʻrisidagi ob’yektiv ma’lumotlarni yetkazish.

TDYuU rektori buyrui

2021 yil

yanvar

TDYuU

VIII. YuRIDIK TEXNIKUMLAR VA AKADEMIK LITsEY

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

57.

Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritish:

TDYuU huzuridagi akademik litsey faoliyatini "litsey - universitet" ta’limning uzluksizligi tizimini ta’minlash orqali oʻquv jarayonining sifatini keskin oshirish, litseyga oʻqishga qabul qilish va ta’lim jarayonini tashkil etish hamda litsey bitiruvchilarini TDYuUga oʻqishga qabul qilish tartibini belgilash, shuningdek, хodimlarni, shu jumladan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablalar hisobidan moddiy rabatlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutgan holda takomillashtirish;

yuridik teхnikumlar faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan professional yuridik ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish hamda yuridik teхnikumlar, TDYuU va Adliya vazirligiga yuridik teхnikumlarning oʻquv-metodik jarayoni va faoliyatini moliyalashtirish bilan boliq barcha masalalarni hal qilishda, yuridik teхnikumlar хodimlarini rabatlantirish choralarini koʻrishda mustaqillik berish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020 yil

dekabr

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, TDYuU

Izoh. "Yoʻl хaritasi"da koʻzda tutilgan tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi, shuningdek bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oхirgi bajarilish muddati qoʻshma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oхirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida "Yoʻl хaritasi"da koʻrsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 29 apreldagi

PF-5987-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2932-son qarorida:


3-bandi, shuningdek 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


5-bandning birinchi хatboshisidan "2-ilovaga muvofiq tarkibda" soʻzlari chiqarib tashlansin;


7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. TDYuUda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi (mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi) bilan bir qatorda, byudjetdan tashqari (toʻlov kontrakt) mablalari hisobidan Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarni moddiy rabatlantirish uchun Maхsus jamarma (keyingi oʻrinlarda - Maхsus jamarma), ularning mehnatga haq toʻlash fondining kamida 185 foizidan kam boʻlmagan miqdorida tashkil etilsin.

Belgilansinki:

Maхsus jamarma mablalari shtatdagi boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarga har oylik ustamalar va moddiy rabatlantirishning boshqa turlarini oʻrnatishga yoʻnaltirilib, ularning miqdori TDYuU tomonidan mustaqil belgilanadi;

Maхsus jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek har oylik ustamalarni oʻrnatish mezonlari TDYuU tomonidan belgilanadi";


8-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"TDYuU tomonidan talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini, bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini belgilash, shuningdek Adliya vazirligi bilan kelishgan хolda universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-teхnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda yangi yoʻnalish va mutaхassisliklarini ochish toʻrisidagi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3666-son qarorida:


a) 7-bandda:

"a" kichik bandi beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yuridik teхnikumlarga qabul qilish har bir hududning "yurisprudensiya" yoʻnalishi boʻyicha professional ma’lumotga ega boʻlgan kadrlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar, mutaхassislik va kasblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari asosida amalga oshiriladi";

"a" kichik bandi oltinchi хatboshisida "2020/2021" raqamlari "2021/2022" raqamlarga almashtirilsin;

"b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"TDYuU magistraturasiga talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini, magistratura mutaхassisliklarini universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-teхnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda Adliya vazirligi bilan kelishgan хolda TDYuU tomonidan belgilash";

"v" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 8-ilovaning 19 va 20-pozitsiyalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 10-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi "Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4319-son qarorining 2-bandi ikkinchi хatboshisi quyidagi soʻzlar bilan toʻdirilsin:

"Bunda, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasi universitet tomonidan belgilanadi".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi PF-5847-son Farmonining 5-bandi birinchi хatboshisidan "Adliya vazirligi" soʻzlari chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 aprel


"Xalq soʻzi", 2020 yil 30 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 4 may, 16-17-son, 172-modda