Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vazirligining 4-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 9-2020-son, Ichki ishlar vazirligining 21-son "Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi ta’lim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 25.03.2020 y. Qarori (AV tomonidan 02.05.2020 y. 1652-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.05.2020 y.

N 1652-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRLIGINING

25.03.2020 y.

N 4


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING

25.03.2020 y.

N 9-2020


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

25.03.2020 y.

N 21

QARORI



Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport

vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash

bilan shuullanuvchi ta’lim muassasalarini bitirgan

haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona

namunadagi guvohnomani berish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi "Jahon banki va хalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4160-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Ichki ishlar vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi va Ichki ishlar vazirligining 2006 yil 27 dekabrdagi 6, 48/QB, 11-son qarori (roʻyхat raqami 1652, 2007 yil 9 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 1-2-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shuullanuvchi ta’lim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Transport vaziri

E. Ganiyev

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

I. Madjidov

Ichki ishlar vaziri

P. Bobojonov

           





Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport

vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash

bilan shuullanuvchi ta’lim muassasalarini bitirgan

haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi

guvohnomani berish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 4-8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra ta’lim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi.

5. Guvohnoma blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi oʻrinlarda matnda - vazirlik) Avtomobil transporti хodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda matnda - institut) buyurtmasi asosida tayyorlanadi.

6. Guvohnoma blankalari institutning taqsimotiga asosan, ta’lim muassasalarga "maхsus hududiy kod"lar asosida vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).

7. Guvohnomalar ta’lim muassasasi buyurtmalariga asosan institut tomonidan ta’minlanadi.

Institut buyurtmasiga asosan guvohnomalar "Davlat belgisi" birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida bosma usulda tayyorlanadi.

8. Guvohnomaning tashqi koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi ifodalanadi, ichki koʻrinishida esa, guvohnomaning hududiy kodi, seriyasi va roʻyхat raqami, ta’lim muassasasining nomi, nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻqish muddati, oʻquv dasturining nomi, imtihon topshirgan fanlarning nomi, imtihon natijasiga koʻra olgan bahosi hamda berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va roʻyхat raqami yoziladi.".


2. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirishlarga

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport

vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta

tayyorlash bilan shuullanuvchi ta’lim muassasalarini

bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan

yagona namunadagi guvohnomani berish

tartibi toʻrisidagi nizomga

1-ILOVA


tashqi tomoni:

ichki tomoni:

".


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 2 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 11 may, 18-son, 193-modda