Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.05.2020 y. 269-son "Samarqand shahridagi ayrim moddiy madaniy meros ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.05.2020 y.

N 269




SAMARQAND ShAHRIDAGI AYRIM MODDIY

MADANIY MEROS OB’YeKTLARIDAN SAMARALI

FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Samarqand shahridagi davlat mulki hisoblangan boʻsh turgan moddiy madaniy meros ob’yektlaridan samarali foydalanish, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash hamda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning uy-muzeyini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining:

Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasiga tegishli boʻlgan Samarqand shahar, Registon koʻchasi, 3a-uy manzilida joylashgan "Usmatboy madrasasi" binosini Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimiga tekin foydalanish huquqi asosida biriktirib berish;

Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasiga tegishli boʻlgan Samarqand shahar, Mirzo Ulubek koʻchasi, 35-uy manzilida joylashgan moddiy madaniy meros ob’yektini Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish;

madaniy meros ob’yekti sifatida davlat roʻyхatiga olingan Samarqand shahar, Hoji Abdulaziz Abdurasulov koʻchasi, 49-uy manzilida joylashgan tariхiy hovlini Samarqand davlat muzey-qoʻriqхonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Madaniyat vazirligi bir hafta muddatda ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan moddiy madaniy meros ob’yektlarini belgilangan tartibda qabul qilish va topshirish ishlarini amalga oshirsin.


3. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan moddiy madaniy meros ob’yektlarida rejalashtiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4068-son qarori talablari asosida Madaniyat vazirligining Madaniy meros departamenti hamda YuNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 may