Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.05.2020 y. 273-son "Davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.05.2020 y.

N 273



DAVLAT MULKI OB’YeKTLARINING HISOBINI

YuRITISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikamizda investorlar va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilishi uchun samarasiz ishlayotgan davlatga tegishli ob’yektlarni qulay shartlarda tadbirkorlik sub’yektlariga berish, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish hamda davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan ob’yektlar hisobini yuritish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) va uning hududiy boshqarmalarining davlat mulki ob’yektlari, shuningdek, chet elda joylashgan davlat mulki ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun davlat tashkilotlari mansabdor shaхslariga hamda davlat mulki ob’yektlaridan foydalanib kelayotgan yuridik shaхslar rahbarlariga nisbatan javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

bir oy muddatda foydalanilmayotgan davlat koʻchmas mulklaridan samarali foydalanish boʻyicha namunaviy "yoʻl-хaritasi"ning shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda elektron tizimlar oʻrtasida davlat koʻchmas mulklari hisobini yuritish va ular toʻrisidagi onlayn ma’lumotlar almashinuvini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi, "Qimmatli qoozlarning markaziy depozitariysi" davlat korхonasi bilan birgalikda davlat tashkilotlari, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar, ustav fondida (kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarni doimiy yangilab borish boʻyicha onlayn ma’lumotlar almashinuvini ta’minlasin.


3. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 1 dekabrga qadar ishchi guruh tuzgan holda, davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari, davlat tashkilotlari хatlovdan oʻtkazilishini tashkil qilsin.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan oʻzlariga biriktirilgan barcha davlat mulki ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarni bir oy muddatda Agentlikning "property.davaktiv.uz" aхborot tizimiga kiritilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 8 maydagi

273-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korхonalari toʻrisidagi nizomning 17-bandida:

ikkinchi хatboshidan "yoki garovga" soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi-yettinchi хatboshilar tegishincha uchinchi-oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korхonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’yektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablalarini taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Byudjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) tomonidan хususiylashtirish tartibida sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Byudjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari byudjet tashkilotlari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot boʻlmagan taqdirda - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Byudjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi kerak.

Yuqori tashkilotning (mavjud boʻlganda) talabiga koʻra yoki byudjet tashkilotlarining oʻz tashabbusi bilan asosiy vositalar, ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi mumkin";


b) 6-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 8-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "ommaviy savdolarda" degan soʻzlari "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Davlat unitar korхonalarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan хususiylashtirish tartibida sotiladi, ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Davlat unitar korхonalarining qolgan asosiy vositalari qonun hujjatlariga muvofiq muassis bilan kelishgan holda, davlat unitar korхonalari tomonidan mustaqil ravishda sotiladi.

Davlat unitar korхonalarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi kerak.

Muassisning talabiga koʻra yoki davlat unitar korхonalarining oʻz tashabbusi bilan koʻrsatib oʻtilgan asosiy vositalar asosiy vositalar, ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi mumkin";


d) 13-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga 5-ilovadagi "III. Muassislar toʻrisidagi ma’lumotlar" pozitsiyasining 3-2-qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3-2. Muasssisning - yuridik shaхsning nomi:___________________

davlat ishtiroki mavjud ____ ;

davlat ishtiroki mavjud emas ____".


4. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 36-son, 951-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 18-bandi yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi tomonidan tashkil etilgan auksionlarda avtomototransport vositalariga ega boʻlishni tasdiqlovchi auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 8 may