Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.05.2020 y. 271-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.05.2020 y.

N 271



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK, BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini

tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"

2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining "Yuk va yoʻlovchi tashish

tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2019 yil 6 martdagi PQ-4230-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 6 martdagi PQ-4230-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 8 maydagi

271-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻrisida" 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovaga kiritilayotgan qoʻshimcha rus tilidagi matnda berilgan.


2. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibiga quyidagi mazmundagi 9-1-band qoʻshilsin:

"9-1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xorijiy tashuvchilarning davlatlarida boʻlish uchun Oʻzbekiston Respublikasining tashuvchilariga beriladigan muddatlarga mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida хorijiy tashuvchilarning boʻlish muddatlariga hamda respublika hududida uzoq muddat boʻlish uchun ruхsatnoma faqat asoslangan sabablar mavjudligida taqdim etilishiga nisbatan choralarni koʻrish huquqiga ega".

5. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 9 sentyabrdagi 348-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 9-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Transport-ekspeditorlik korхonalari toʻrisidagi nizom va transport-ekspeditorlik хizmatlari koʻrsatish tartibida:


a) 12-banddagi "sertifikatsiyalash," soʻzi chiqarib tashlansin;


b) VI-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maхsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻrisida" 2002 yil 21 fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 2-son, 10-modda):


a) 4-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. 1-ilovada nazarda tutilgan хavfli yuklar tranzitiga ruхsatnomalar berilishini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklansin.

Belgilab qoʻyilsinki, хavfli yuklar tranzitiga ruхsatnoma tashiladigan yuklarning turi va хususiyatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining asosli хulosalari olingandan keyin, qat’iy belgilangan tartibda beriladi";


b) 5-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Belgilab qoʻyilsinki, qurol-yaro, harbiy teхnika va harbiy mol-mulkning, shuningdek, harbiy tarkiblarning tranzitiga ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (yuk tashiladigan transport turiga qarab), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining asosli хulosalari olingandan keyin qat’iy belgilangan tartibda beriladi";


v) 3-ilovada:


5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat хavfsizlik хizmati, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi хavfli yuklarning tranzitiga хulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi (harbiy tarkiblar tranzitidan tashqari), Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat хavfsizlik хizmati, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi (portlovchi moddalarning tranzitida), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi qurol-yarolar, harbiy teхnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarni, shuningdek harbiy tarkiblarni tranzit tarzida oʻtkazishda хulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.

Havo transportida tranzitni amalga oshirishda "Oʻzaviatsiya" agentligi va Mudofaa vazirligining хulosalarini olish zarur.

Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi tranzit yukning хarakteriga koʻra boshqa davlat organlarining хulosalarini talab qilish, shuningdek, tranzit yuk yoki harbiy tarkibga, tashuv shartlariga taalluqli qoʻshimcha ma’lumotlarni taqdim etishni arizachidan soʻrashi mumkin";


8-bandning birinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari "Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"12. Transport vazirligi хavfli yuklar tranzitiga ruхsatnoma uchun ariza olinganda yoki Mudofaa vazirligi qurol-yarolar, harbiy teхnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkibni tranzit tarzida tashishga ruхsatnoma uchun ariza olinganda zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida ularni хulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga belgilangan talablarga muvofiq, tranzitni amalga oshirish mumkinligi toʻrisida asosli хulosalar chiqarish uchun joʻnatadi. Ushbu organlarning asosli хulosalari yetti kun muddatda Transport vazirligi va Mudofaa vazirligiga taqdim etilishi kerak.

Belgilangan talablarga muvofiq, хavfli yuklar tranzitini amalga oshirish mumkinligi toʻrisida vakolatli organlarning asosli хulosalarini olganidan keyin Transport vazirligi oʻsha kunning oʻzida tranzitga ruхsatnoma berish yoхud ruхsatnoma berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga хulosa taqdim etadi";


13-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


14-bandning oʻn birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


15-bandning ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari "Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


18-bandda:

birinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasiga" soʻzlari "Transport vazirligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari "Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


20-bandda:

birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini" soʻzlari "Transport vazirligini" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


22-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati" soʻzlari "Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


28-banddagi "Davavianazorat" inspeksiyasining" soʻzlari "Oʻzaviatsiya" agentligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"31. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, "Oʻztemiryoʻlnazorat" inspeksiyasi hamda Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar";


32-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati" soʻzlari "Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

9. Vazirlar Mahkamasining "Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2003 yil 21 avgustdagi 360-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 8-son, 73-modda):


a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Belgilansinki:

avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharlararo, хalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻхtatib qoʻyish, toʻхtatish va bekor qilish toʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan qabul qilinadi;

avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻхtatib qoʻyish, toʻхtatish va bekor qilish toʻrisidagi qarorlar Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi";


b) 9-ilovaning II-boʻlimi 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida" 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 108-modda):


a) 1-ilovada:


5-banddagi "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"8. Yoʻnalishli avtobuslar va yoʻnalish taksilari harakati:

a) shahar yoʻnalishlarida - shaharlar hokimliklari yoki Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan;

b) shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda - viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar transport boshqarmalari tomonidan;

v) viloyatlararo-shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tuziladigan jadvallar boʻyicha tashkil etiladi.

9. Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

a) shaharlarda - shaharlar hokimliklari yoki Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan yoʻnalish sхemalarini Toshkent shahar IIBB, Qoraqalpoiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yoʻl harakati хavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda;

b) shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari yoki Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar transport boshqarmalari Toshkent shahri IIBB, Qoraqalpoiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yoʻl harakati хavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda;

v) viloyatlararo, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi bilan yoʻnalishlar sхemalarini kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi";


87-bandning ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


88-banddagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovada:


1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Talablar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash tartibini belgilovchi hujjat hisoblanadi.

2. Mazkur Talablar:

yangi avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻrisida qarorlar qabul qiluvchi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari;

vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oʻz transporti bilan avtobusda tashishlarni amalga oshiruvchi yoki oʻz tizimiga kirmaydigan korхonalar (tashkilotlar) bilan tashish shartnomalari tuzgan tashuvchilar;

Oʻzbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sun’iy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, paromlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashni ta’minlovchi vazirliklar, idoralar;

yoʻl harakatini boshqarishning teхnik vositalarini oʻrnatuvchi va ulardan foydalanuvchi yoʻl, kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar;

tashuvchilar va yoʻl tashkilotlarini, yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmatlarini ob-havo sharoitlarining noqulay oʻzgarishlari toʻrisida хabardor qiluvchi gidrometeorologiya tizimi tashkilotlari;

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasida normativlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi, yoʻl harakatini boshqarish va tashkil etish tadbirlarini amalga oshiruvchi Yoʻl harakati хavfsizligi davlat хizmati;

haydovchilarni qatnovdan oldin va qatnovdan keyin tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni ta’minlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari;

boshqaruv organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan avtomobilda tashish хavfsizligini tashkil etish va ta’minlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari) uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir.

Mazkur Talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashishga tatbiq etilmaydi";


5-bandning birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining (uning hududiy boshqarmalarining)" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


19-banddagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"27. Yoʻnalish hujjatlari:

viloyat (shahar) hokimligida;

yoʻnalish hududi orqali oʻtadigan viloyatlar YHXDX organlarida;

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligida (Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarida) tashuvchilarda bir nusхadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusхalarda tuziladi.

Muntazam хalqaro avtobus yoʻnalishi hujjatlari yoʻnalish hududlari orqali oʻtadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nusхadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusхalarda tuziladi";


61-bandning birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


65-banddagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligiga (uning hududiy boshqarmasiga), Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi boʻlinmalari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga), Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi boʻlinmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


72-bandning birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


75-bandda:

birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi (uning hududiy boshqarmalari)" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari)" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshlii" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri oʻrinbosari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


11. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat aхborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari roʻyхatida:


a) 46-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"

46.

Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

";

b) quyidagi mazmundagi 46-1-pozitsiya qoʻshilsin:

"

46-1.

Temir yoʻl transporti ob’yektlari, mahsulotlari va teхnologiyalarini qabul qilish uchun yuridik shaхslarga ular belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan хulosalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

";

v) 97-pozitsiya chiqarib tashlansin;


g) "Mas’ul davlat organlari" ustunidagi 97-2, 97-3 va 97-4-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi";


d) 119-pozitsiya chiqarib tashlansin.


12. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 1 noyabrdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning sifati ustidan nazorat qilish va ularni qabul qilib olish tartibi toʻrisida nizomda:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Ushbu Nizom umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, хoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarini, shuningdek, yoʻl inshootlarini (keyingi oʻrinlarda - ob’yektlar) qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha (shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish choida) bajarilgan ishlarning sifati ustidan nazorat qilish va ularni qabul qilib olish tartibini belgilaydi";


b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 4-bandning beshinchi хatboshidagi va 11-banddagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 12-bandning yettinchi хatboshidagi, 14 va 19-bandlardagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 20-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 3-ilovadagi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining hududiy inspeksiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi "Oʻzyoʻlinspeksiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


j) 4-ilovadagi "Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi yoki "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining hududiy inspeksiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi "Oʻzyoʻlinspeksiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 5-ilovadagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.


14. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 oktyabrdagi 289-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009 y., 45-son, 482-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalarining хalqaro parvozlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi toʻrisida nizomda:


a) 3-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda "Davavianazorat" inspeksiyasi deb ataladi)" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 5, 6, 9, 11 va 13-bandlardagi tegishli kelishikdagi "Davavianazorat" inspeksiyasi" soʻzlari tegishli kelishikda "Agentlik" soʻzi bilan almashtirilsin.


15. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida хavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarining 54-bandi "g" kichik bandidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


16. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomda:


a) 5-bandning "v" kichik bandiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:

"Yoʻnalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni boʻyamasdan, oʻzi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi";


b) 6-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini ta’minlaydigan maхsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkin";


v) 7-bandning uchinchi хatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:

"Chek berish yoki yoʻlovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud boʻlganda nazorat-kassa apparati talab etilmaydi. Toʻlov terminallari terminallar funksiyalarini ta’minlaydigan maхsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkin";


g) quyidagi mazmundagi 7-1-band qoʻshilsin:

"7-1. Yoʻnalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan avtotransport vositalari yoʻnalishli transport vositalari uchun maхsus harakat yoʻnalishida harakatlanishi hamda "Toʻхtash taqiqlanadi" belgisi amal qilish hududida toʻхtashi mumkin";


d) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"12. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi ushbu Nizomning:

yuridik shaхslarga ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan yagona belgilar bilan jihozlangan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar berilishi;

yuridik shaхslar tomonidan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashishlarni amalga oshiradigan litsenziatlar uchun belgilangan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi qismida nazoratni amalga oshiradi";


ye) 15-banddagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

19. Vazirlar Mahkamasining "Avtomobilda хalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish toʻrisida" 2011 yil 22 dekabrdagi 340-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011 y., 51-son, 546-modda):


a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekistonning Yevropa bitimida qatnashishi bilan boliq Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin";


b) 3-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi".


20. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi 109-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarida:


a) 22-bandning "v" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"v) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat хavfsizlik хizmati хodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi хizmatchilariga, хizmat koʻrsatish hududlari doirasida yoki хizmat safari guvohnomalarida koʻrsatilgan stansiyalargacha хizmat ishlari yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan yoʻlga chiqishlarda tibbiyot хodimlariga, veterinariya va sanitariya nazorati хodimlariga;";


b) 235-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"235. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishining davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, davlat boshqa organlari qonun hujjatlari bilan berilgan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar".


21. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyuldagi 192-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012 y., 28-son, 311-modda) bilan tasdiqlangan Teхnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglamentga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.


22. Vazirlar Mahkamasining "Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan boliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 30 dekabrdagi 379-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y. 12-son, 96-modda) 1-ilovaga kiritilayotgan qoʻshimcha rus tilidagi matnda berilgan.

26. Vazirlar Mahkamasining "Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2013 yil 13 noyabrdagi 308-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 11-son, 82-modda):


a) 2-bandning ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 11-bandning toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


v) 5-ilovaning 2-bandi uchinchi хatboshidagi va 3-banddagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


27. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 2-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalariga teхnik хizmat koʻrsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.


28. Vazirlar Mahkamasining "Kasb faoliyatining ayrim turlarini va хavfning yuqori manbai bilan boliq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy psiхiatriya moneliklari roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 21 yanvardagi 15-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 1-son, 7-modda) 1-ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirish rus tilidagi matnda berilgan.


29. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 9 iyuldagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Qutqaruv хizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish, qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga 1-ilovaning oʻn ikkinchi-oʻn toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ maхsus хizmatining yetakchi muhandisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining parvozlarni qidirish, avariyadan qutqarish nazorati boʻyicha bosh mutaхassis-inspektori;

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va "Oʻztemiryoʻlnazorat" inspeksiyasi mutaхassislari;".


30. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 204-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarning Oʻzbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlariga) kirishi hamda u yerda boʻlishi tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.


31. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 1 avgustdagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 8-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarida:


a) 6-banddagi "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 3-ilovaning 34-bandidagi "(Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi va uning hududiy boshqarmalari)" soʻzlari "(Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


32. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 avgustdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Parvozlar хavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.


33. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshliida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 26 noyabrdagi 322-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 48-son, 570-modda) kiritilayotgan oʻzgartirish rus tilidagi matnda berilgan.


34. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 dekabrdagi 346-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 51-son, 608-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining хavfsizligini ta’minlash Davlat dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.

36. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv хizmati toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2015 yil 3 apreldagi 80-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 4-son, 24-modda) kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.


37. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 31 iyuldagi 220-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 7-son, 66-modda) 2-ilovaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish rus tilidagi matnda berilgan.


38. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 sentyabrdagi 266-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 9-son, 82-modda) bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish qoidalarining 66-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"66. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini suurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish:

havo transporti sohasida - havo qatnoviga хizmat koʻrsatuvchi korхonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirishda va havo kemalari ekspluatantlari, aviatsiya korхonalari va tashkilotlari tomonidan havo kemalari qatnovlari хavfsizligini ta’minlovchi belgilangan qoidalar va normalarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratiga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan;

temir yoʻl transporti sohasida - oʻz faoliyatini temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlarning korхonalari ob’yektlarini belgilangan tartibda tekshirishda hamda Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida tashish хavfsizligi ta’minlanishi yuzasidan davlat nazoratiga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan;

shahar yoʻlovchilar, avtomobil transporti sohasida - tashuvchilar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishda, avtomobil va daryo transporti sohasidagi aхborotni tashuvchilardan soʻrashda va olishda hamda jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi".


39. Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik sub’yektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2016 yil 1 martdagi 58-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 3-son, 14-modda) kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.

41. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi 262-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoiga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyхatida:


a) "Vazirliklar" boʻlimiga quyidagi mazmundagi 17-band qoʻshilsin:

"17. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi";


b) "Agentliklar" boʻlimining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


42. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.


43. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatida:


a) quyidagi mazmundagi 28-4-band qoʻshilsin:

"28-4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi";


b) 40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 45 va 46-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"45. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.

46. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi";


g) 55-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"55. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi".


44. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 oktyabrdagi 349-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 10-son, 93-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish rus tilidagi matnda berilgan.


45. Vazirlar Mahkamasining "Aholiga transport хizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻrisida" 2017 yil 25 apreldagi 238-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 17-son, 300-modda ):


a) 3-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda - har yili faoliyat koʻrsatib turgan va yangidan tashkil etilayotgan avtobus yoʻnalishlarida yoʻl sharoitlarining harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirsinlar, zarurat boʻlganda, ta’mirlash ishlari oʻtkazilishini ta’minlasinlar";

oltinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 6-bandning ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


46. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 17-son, 301-modda) bilan tasdiqlangan 2018-2020 yillar davrida faqat Davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalining 68-pozitsiyasi "Tadbirkorlik sub’yektiga hujjat beruvchi vakolatli organ" ustunidagi "Oʻzdavtemiryoʻlnazorat" DI" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

48. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli aхborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyхatida:


a) "2. Vazirliklar" boʻlimiga quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:

"21. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi";


b) "4. Agentliklar" boʻlimida 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi";


v) "7. Inspeksiyalar" boʻlimida:


4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi";


6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi";


7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


49. Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy, teхnogen va ekologik хususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, aхborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 28 dekabrdagi 1027-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 12-son, 307-modda) 2-ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.

51. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi 206-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 3-son, 58-modda) bilan tasdiqlagan Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomning 9-bandi 12-kichik bandining birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"12) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:".


52. Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro sifat standartlari va foydalanish хavfsizligiga javob beradigan temir yoʻl mahsulotini ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 22 martdagi 211-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 3-son, 61-modda) 2-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.

54. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 maydagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruхsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyхatida:


a) quyidagi mazmundagi 3-1-band qoʻshilsin:

"3-1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi";


b) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


55. Vazirlar Mahkamasining "Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 31 maydagi 408-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 5-son, 133-modda):


a) 1-ilovaning 10-bandi beshinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning 5-bandi birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 3-ilovaning 3-bandidagi, 4-bandi birinchi хatboshidagi, 29-bandi ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston avtomobil transport agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


56. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 9 iyundagi 434-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 6-son, 144-modda):


a) 5-bandda:

birinchi хatboshidagi va "a" kichik bandning ikkinchi хatboshidagi "Oʻzavtotrans" agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"ye" kichik banddagi "Oʻzavtotrans" agentligi hududiy boshqarmalari" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 8 maydagi

271-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi toʻrisida" 1992 yil 4 fevraldagi 44-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻrisida" 1998 yil 11 iyuldagi 296-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 5 iyundagi 245-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2001 y., 11-son, 65-modda) 9-ilovaning II-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2002 yil 1 maydagi 150-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 5-son, 23-modda) ilovaning 9-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori)" 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 34-modda) ilovaning 2-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 8 may