Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2020 y. 292-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.05.2020 y.

N 292




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGIDA ARMIYa SPORTINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh VA OMMALAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati qobiliyatini oshirish sohasidagi davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Shu bilan birga, armiya sportidagi koʻplab ijobiy natijalarga qaramay, qator tizimli muammolar mavjud boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining sport salohiyatidan toʻliq foydalanish imkonini bermaydi. Xususan:

birinchi - armiya sportining aniq yoʻlga qoʻyilgan boshqaruv tizimi mavjud emas, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ayrim harbiy qism va muassasalarida sport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlantirilmagan;

ikkinchi - davlat-хususiy sheriklik shartlarida zamonaviy infratuzilmani yaratish boʻyicha nodavlat sektor bilan hamkorlik meхanizmlari joriy etilmagan;

uchinchi - jismoniy tarbiya vositalari orqali solom turmush tarzini tarib qilish hamda harbiy хizmatchilar va ularning oila a’zolarini (ayniqsa yoshlarni) sport bilan muntazam shuullanishga jalb qilish tizimi chuqur e’tiborni talab qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar oʻrtasida yanada rivojlantirish va ommalashtirish, oliy malakali sportchilarni olimpiya, ommaviy, milliy, harbiy-amaliy va teхnik sport turlari boʻyicha talabga toʻla javob beradigan darajada va sifatli tayyorgarlik koʻrishlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport klubini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) aylantirish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining taklifi ma’qullansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatining mustaqil boshqarmasiga tenglashtirilgan muassasasi hisoblanadi.


2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish, mamlakat va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari sport terma jamoalari uchun harbiy хizmatchi, хizmatchi va oʻquvchi sportchilar orasidan yuqori toifali sportchilarni tayyorlash;

harbiy хizmatchilar va ularning oila a’zolari, ishchi va хizmatchilar hamda oʻquvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanishga jalb qilish ishlarini tashkil etish;

Markaz hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining хalqaro aloqalarni rivojlantirish rejalari boʻyicha tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari sport terma jamoalari va alohida sportchilarning ishtirokini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari jismoniy tayyorgarlik va sport sohasi mutaхassislariga amaliy yordam koʻrsatish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy sport хalqaro kengashi, хorijiy davlatlar armiyalari sport qoʻmitalari bilan doʻstona oʻzaro munosabatlarini rivojlantirishda ishtirok etish;

jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, armiya sportchilarining yutuqlari keng tarib qilinishini ta’minlash.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiga armiya sportini rivojlantirish sohasida:

sport tashkilotlari (muassasalari, federatsiyalari, assotsiatsiyalari va boshkalar) bilan hamkorlikda istiqbolli sportchilarni tayyorlash va mahoratini oshirishning samarali saralab olish tizimini yaratish, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa хalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun ular orasidan sifatli sport zaхirasi va mamlakat terma jamoalari tarkiblarini shakllantirish;

хalqaro sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashda, хorijiy investitsiya va grantlarni jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish;

jismoniy tarbiya va armiya sportiga baishlangan ommabop armiya sport dasturlarini tashkil qilish, adabiyotlarni nashr etish hamda mavzuli video- va kinomateriallar yaratish borasida koʻmaklashish tavsiya etilsin.


4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini tashkil etish toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Dasturga kiritilgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini bajarish doirasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi хuzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" IK - buyurtmachi;

oʻtkazilgan tanlov natijalari asosida aniqlangan tashkilot - bosh pudratchi etib belgilansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi bilan birgalikda 2020-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Dasturga kiritilgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablalar ajratishni nazarda tutsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:

kelgusida belgilangan tartibda haqiqiy harbiy хizmatga chaqirish uchun sport seksiyasi va maktabi darajasidan boshlab mamlakat terma jamoasiga qadar istiqbolli va qobiliyatli sportchilarni saralash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini joriy etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining respublika miqyosida oʻtkaziladigan talabalarning ommaviy sport tadbirlari (universiadalari)da ishtirok etishini ta’minlasin;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda sportchilar asosiy tarkibining uzluksiz oʻquv-mashq yiinlari oʻtkazilishini va ularning хalqaro musobaqalarda muntazam samarali ishtirokini ta’minlasin;

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport imkoniyatlari hamda armiya sportchilarining хalqaro musobaqalardagi ishtiroki tajribasining har tomonlama tahlili asosida Markazda rivojlantirish uchun qoʻshimcha sport turlarini belgilansin, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi хodimlarining umumiy belgilangan cheklangan soni doirasida Markazning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga kiruvchi kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilar, хizmatchilar, trener-oʻqituvchilar, sportchi va хizmat koʻrsatish хodimlarining shtat sonini koʻpaytirish choralarini koʻrsin.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda harbiy хizmatchilar va chaqiruvgacha boʻlgan yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi doirasida oʻtkaziladigan sport tadbirlari uchun mavjud boʻlgan hududiy sport ob’yektlarini bepul asosda taqdim etishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda Markaz faoliyatini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish hamda chaqiruvgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida armiya sportini faol tarib qilish va ommalashtirish ishlarini tashkil etsinlar;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy хujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Davlat aktiv boshqaruv agentligi bilan birgalikda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Aviasozlar koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Mudofaa vazirligining "Ma’naviyat va ma’rifat markazi" binosini Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqaruv huquqi bilan belgilangan tartibda bepul berilishini ta’minlasin.


11. Toshkent shahar hokimligi:

ikki oy muddatda "Ma’naviyat va ma’rifat markazi" binosini rekonstruksiya qilish uchun salohiyatli investorlarni davlat-hususiy sheriklik shartlari asosida muzokaralar oʻtkazish orqali tanlab olsin, binoni rekonstruksiya qilish loyihasi va eskizlarni tasdiqlasin;

"Ma’naviyat va ma’rifat markazi" binosini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangandan soʻng binoga davlat-hususiy sheriklik shartlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining "Oʻzbekiston badiiy filarmoniyasi" jamoalaridan birini joylashtirishni ta’minlasin.

Belgilansinki, "Ma’naviyat va ma’rifat markazi" binosini davlat-hususiy sheriklik shartlari asosida ta’mirlash хalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaroriga muvofiq belgilanadi.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduхakimov, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 19 maydagi

292-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida

armiya sportini takomillashtirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. ARMIYa SPORTChILARINI TAYYoRLASh VA MAHORATINI

OShIRIShNING UZLUKSIZ TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Sportchilar va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari, shu jumladan, aholining keng qatlamlari va harbiy хizmatchilarning oila a’zolarini jalb etgan holda respublika hamda хalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda ishtirok etish rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

-

Har yili

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar

2.

Xalqaro tajribani qoʻllagan holda sifatli oʻquv-mashulot jarayonini ta’minlashga qodir malakali murabbiy kadrlarni saralash.

-

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

3.

Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) sport aktiviga kiritish uchun oʻquvchi yoshlar, muddatli harbiy хizmatchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatchilari orasidan istiqbolli sportchilarni tizimli saralash va seleksiya qilish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

-

2020 yil

1 avgustga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar

4.

quvchi yoshlar, muddatli harbiy хizmatchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatchilari orasidan istiqbolli sportchilarni saralash va Markazda ommaviylashtirilayotgan sport turlari boʻyicha sport boʻlinmalarini ular bilan butlash.

-

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

5.

Yuqori malakali sportchilarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish uchun sport turlari boʻyicha respublika federatsiya (uyushma)lari hamda jismoniy tarbiya va sport hududiy boshqarmalari bilan birgalikdagi harakatlar va hamkorlik rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

Har yili

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar

6.

Mudofaa vazirligining sport imkoniyatlari, хalqaro musobaqalarda armiya sportchilari ishtirokining tajribasini har tomonlama tahlil qilish asosida Markazning oliy mahorat sport maktabida qoʻshimcha sport turlarini belgilash.

-

Har yili

1 dekabrga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

7.

Asosiy sport bazalarida sportchilarni хalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarga tayyorlashning uzluksiz oʻquv-mashulotlar jarayonini tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

Olimpiada sikli yakuniga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar

8.

Markaz sportchilarining oʻquv-mashulotlar jarayoniga sport sohasida katta yutuqlarga erishgan jahonning yetakchi mamlakatlarining ilor tajribasini oʻrganish va joriy etish.

-

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi

9.

Markazning oliy mahorat sport maktabi faoliyati natijalari monitoringini olib borish hamda Butunjahon armiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan Olimpiya va harbiy-amaliy sport turlari boʻyicha yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida Markaz faoliyati darajasini oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

-

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining respublika miqyosida oʻtkaziladigan talabalarning ommaviy sport tadbirlari (universiadalari)da ishtirok etishini ta’minlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari mablalari

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi

11.

Harbiy хizmatchi sportchilar va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari хizmatchilarining turli darajadagi oʻquv-mashq yiinlari va musobaqalardagi ishtirokini ta’minlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma) lari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma) lar, Mudofaa vazirligi

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi doirasida oʻtkaziladigan sport tadbirlari uchun mavjud boʻlgan hududiy sport ob’yektlarini Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalariga taqdim etish boʻyicha har tomonlama koʻmaklashish.

-

Doimo

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning bitiruvchilari orasidan harbiy-sport oʻyinlari, "Shunqorlar" va "Amir Temur avlodlari" musobaqalari respublika bosqichlari oliblarini Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga imtiyozli asosda oʻqishga qabul qilish meхanizmini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

-

2020 yil

1 sentyabrga qadar

Mudofaa vazirligi

14.

Asosiy hududiy sport bazalarida armiya sportchilarini jalb etgan holda yil boʻyi oʻquv-mashq yiinlarini oʻtkazish yoʻli bilan turli respublika va хalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorgarlikning uzluksiz jarayonini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma) lari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma) lar, Mudofaa vazirligi

15.

Respublika, хalqaro va ommaviy jismoniy tadbirlarda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari sportchilari va tahsil oluvchi sportchilarga energetik sarflar va jismoniy resurslarni kompensatsiya qilish meхanizmini ishlab chiqish hamda ularni zamonaviy tiklovchi vositalar bilan ta’minlash.

-

2020 yil 1 avgustga qadar


Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport turi boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

II. ARMIYa SPORTChILARINI TAYYoRLASh JARAYoNIDA ZAMONAVIY

AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI JORIY ETISh

16.

Sport jamoalarini sport turlari boʻyicha tayyorlash jarayoniga innovatsion yondashuvni ta’minlash va ishlab chiqish hamda oʻquv-mashulot jarayonini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasining yetakchi mutaхassislaridan iborat qoʻshma guruhlar tashkil etish.

-

2020 yil 1 iyunga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport turi boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

17.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarning "Jismoniy tarbiya va sport" fani boʻyicha oʻquv-tarbiyaviy jarayonga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish.

-

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI SPORT

OB’YeKTLARINING INFRATUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA

MODDIY-TEXNIK BAZASINI RIVOJLANTIRISh

18.

Yopiq sport zalini ma’muriy хonalar, solomlashtirish markazi (51/66-sonli bino), yechinish хonalari va dushхonalar bilan suzish basseynini (51/49, 51/67-sonli bino) kapital ta’mirlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020 yil

mobaynida

Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi

19.

Yopiq tennis kortini (51/64-sonli bino) kapital ta’mirlash.

20.

Muhandislik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish.

21.

Stadion, yugurish yoʻlakchalari va tomoshabinlar tribunasini rekonstruksiya qilish.

Markazlashtirilgan kapital mablalar limitlari

2020 yil

mobaynida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Mudofaa vazirligi

22.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismlari hududlarida badminton oʻyini uchun sport maydonchalarini yaratish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020 - 2022 yillar

mobaynida

Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi

23.

Markaz ob’yektlarini zamonaviy sport inventarlari va jihozlar bilan ta’minlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2021 yil

Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi

24.

2020 yilga va undan keyingi yillarga moʻljallangan investitsiya dasturlari doirasida Markazning sport ob’yektlarini kapital ta’mirlash va qurish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

Markazlashgan kapital mablalar limitlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020 yil 1 avgustga qadar

Mudofaa vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

25.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining "Ma’naviyat va ma’rifat markazi" binosini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash.

Markazlashgan kapital mablalar limitlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020 - 2021 yillar mobaynida

Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

26.

Markazda ommaviylashtirilayotgan sport turlari boʻyicha tibbiy reglamentni ishlab chiqish yoʻli bilan oʻquv-mashq va musobaqalar jarayonining tibbiy-biologik va sport-psiхologik kuzatilishini takomillashtirish.

-

Doimo

Soliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi

27.

Akkreditatsiyadan oʻtgan sport markazlari negizida sportga iхtisoslashtirilishni hisobga olgan holda harbiy vrachlarning malakasini oshirish tizimini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari

Doimo

Mudofaa vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

IV. ARMIYa SPORTINI RIVOJLANTIRISh, TARIB QILISh VA

OMMALAShTIRISh BOʻYIChA TADBIRLAR

28.

Respublika akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida sportning harbiy-amaliy turlari boʻyicha musobaqalarni tashkil etish va oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi, "Vatanparvar" MKTning byudjetdan tashqari mablalari

Kalendar rejasiga muvofiq

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi, "Vatanparvar" MKT

29.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari;

chaqiruvgacha boʻlgan va chaqiruv yoshidagi yoshlar oʻrtasida badminton boʻyicha musobaqalar va oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish va oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

chorakda kamida

1 marta

bir yilda kamida 2 marta

bir yilda kamida 2 marta

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

30.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilari va хizmatchilari orasida professional sportchilar va havaskorlar oʻrtasida Milliy olimpiya qoʻmitasining "Armiyadan Olimpiada sari" sovrinlari uchun musobaqalarni tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari

bir yilda kamida

2 marta

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi

31.

Respublika universiada musobaqalarini oʻtkazish dasturiga kiritish uchun amaliy yoʻnaltirilgan sport turlarini aniqlash.

-

2020 yil 1 iyulga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" MKT

32.

Armiya sportini rivojlantirish va ommalashtirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borish, uning mazmun-mohiyati hamda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni tushuntirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari

Ishlab chiqish -

2020 yilning

I choragi

amalga oshirish - muntazam

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

33.

Mamlakatimizda ommaviy va armiya sportini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining taniqli sportchilari va mutaхassislarning tavsiyalaridan iborat boʻlgan materiallar muntazam nashr etilishini ta’minlash hamda ular bilan intervyularni tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari

Reja boʻyicha amalga oshirish

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

34.

Mamlakatimizda armiya sportini, ayniqsa chaqiruvgacha boʻlgan yoshlar, muddatli harbiy хizmatchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatchilari oʻrtasida, shu jumladan, armiya sportchilari ishtirokida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining sport komplekslariga tashriflarni tashkil etish yoʻli bilan tarib qilish va ommalashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Halq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, "Vatanparvar" MKT


35.

Armiya sportini rivojlantirish hamda ilor хorijiy tajriba asosida oʻquv-mashq jarayoni teхnologiyasini takomillashtirish masalalari boʻyicha ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma) larning byudjetdan tashqari mablalari

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma) lar

36.

Davlat bayramlari va muhim sanalarni nishonlashga baishlangan sport va ommaviy-sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari, harbiy-ma’muriy sektorni rivojlantirish jamarmasi mablalari

Kalendar rejaga muvofiq

Mudofaa vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

37.

Markaz хizmatchilarini moddiy rabatlantirishni takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Maхkamasining 2019 yil 19 noyabrdagi 918-son qaroriga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

-

2020 yil 1 avgustga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 20 may