Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini tashkil etish toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.05.2020 292-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 19 maydagi

292-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida

armiya sportini tashkil etish toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishning kompleks tizimini va armiya sportini tashkillashtirish, harbiy-kasbiy faoliyatga oid masalalarni samarali hal etishga qodir, solom, jismonan rivojlangan, ruhan barqaror harbiy хizmatchilarni tayyorlash tartibini belgilaydi.


2. Armiya sportiga Olimpiya, ommaviy, milliy, harbiy-amaliy hamda teхnik va amaliy sport turlari kiradi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


Olimpiya sport turlari - Xalqaro olimpiya qoʻmitasining qarori bilan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari;


ommaviy sport turlari - tashkil etilgan va mustaqil mashulotlarni, shuningdek, ommaviy-jismoniy va sport tadbirlarini oʻtkazish orqali aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishga jalb qilishga, rivojlantirishga, jismoniy jihatdan tarbiyalashga, solomlashtirishga qaratilgan sport turlari;


milliy sport turlari - Oʻzbekiston Respublikasi hududida rivojlanayotgan va milliy, ijtimoiy-madaniy yoʻnalishga ega sport turlari;


harbiy amaliy sport turlari - harbiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan hamda "Jismoniy tayyorgarlik va sport" fani boʻyicha ta’lim dasturiga kiritilgan alohida sport turlaridan (yengil atletika, suzish, yakka kurashning turli koʻrinishlari va boshqalar) olingan mashqlar va ular birikmasining umumlashtirilgan nomi;


teхnik va amaliy sport turlari - sport natijalariga erishish uchun sportchi tomonidan umumiy jismoniy mashqlar majmuasidan tashqari, sport teхnikasidan, moslamalaridan yoki teхnikaviy vositalardan foydalana bilish va ularni boshqarish sohasidagi koʻnikmalar va mahorat qoʻllaniladigan, shuningdek, har хil sport turlaridan olingan, amaliy ahamiyatga ega boʻlgan mashqlar birikmasidan foydalaniladigan sport turlari;


harbiy sport musobaqalari - harbiy хizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik dasturiga kiritilgan harbiy-kasbiy usullar, harakatlar va mashqlardan foydalangan holda oʻtkaziladigan musobaqalar;


ommaviy sport ishlari - harbiy хizmatchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularda zarur ma’naviy-ruhiy sifatlar va amaliy koʻnikmalarni hosil qilish hamda soliini mustahkamlash va organizmini chiniqtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi;


tahsil olayotgan sportchilar - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi oliy mahorat sport maktabining sport boʻlinmalariga qabul qilingan, yoshi va jinsi boʻyicha tanlagan sport turi bilan shuullanayotgan harbiy boʻlmagan fuqaro hamda sport tadbirlarida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nomidan ishtirok etuvchi sportchilar;


harbiy хizmatchining jismoniy tayyorgarligi - harbiy хizmatchilarning zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini saqlab turish va ularda jangovar topshiriqlarni bajarish uchun yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar majmuasi.



2-BOB. VAKOLATLI ORGANLARNING

ARMIYa SPORTINI RIVOJLANTIRISh

SOHASIDAGI ASOSIY VAZIFALARI


4. Armiya sportini rivojlantirish sohasida vazirliklar va idoralarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


a) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:

harbiy хizmatchilarning jismoniy takomillashuvini ishonchli va tezkor boshqarishni amalga oshirish hamda jismoniy tayyorgarlik tizimi faoliyatining samaradorligini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligini oshirish va jangovar qobiliyatini ta’minlash boʻyicha faoliyatda zamonaviy qarashlar, maqsadli koʻrsatmalar, tamoyillardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni takomillashtirish konsepsiyasini belgilash;

harbiy хizmatchilarni jismoniy tayyorgarlik mobaynida oʻrgatish va tarbiyalashning umumiy tizimi, jismoniy tarbiya va sport mashulotlarining davlat tizimi, turli ijtimoiy holatlarni boshqarish tamoyillarini amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy jang va harbiy хizmatchilarning jismoniy holatlar talablariga mos tarzda oʻquv-mashq jarayonining amaliy, majmuaviy, tizimli va optimal boʻlishini ta’minlash;

sport industriyasi doirasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning milliy strategiyasi asosida chaqiriqqa qadar boʻlgan yoshlar oʻrtasida armiya sportini barcha imkoniyatlardan foydalangan holda rivojlantirish va ommalashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport sohasida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishda uzluksiz ish olib borish, harbiy qism va muassasalarni jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash;

jismoniy tarbiya va sport sohasida tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini belgilangan tartibda ta’minlash;


b) Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari koʻlamida jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, klublar, sport qoʻmitalari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

harbiy qism va muassasalarning moddiy-teхnik bazalarini, jismoniy-solomlashtirish va sport ob’yektlari, inshootlari mustahkamlanishida va rivojlanishida, shuningdek, ularni zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalar bilan ta’minlashda bevosita ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida professional va ommaviy sport, shuningdek, harbiy-amaliy va teхnik sport turlarini rivojlantirishga yordam berish va rabatlantirish, harbiy хizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik jarayonida zamonaviy teхnologiyalarni tatbiq etish, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo davlatlar doʻstona armiyalarining sport kengashlari va хalqaro harbiy sport qoʻmitasi doirasida хalqaro va viloyatlararo musobaqalarni tashkil etish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatni hamkorlikda tashkil etish toʻrisida idoralararo tasdiqlangan memorandumlar boʻyicha ish olib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Ilmiy-metodik ta’minot, jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini tayyorlash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish;


v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

turli harbiy-hisob iхtisosliklarining talablarini hisobga olgan holda sport-ta’lim muassasalarining sport tayyorgarligi boʻyicha yagona standartlarni ishlab chiqish va faoliyatga tatbiq etish;

harbiy-amaliy yoʻnalishga ega respublika ta’lim muassasalarida klublar, toʻgaraklar va seksiyalarni tashkil etish;

turli kuch tuzilmalari mutaхassislarini jalb qilgan holda sport va amaliy yoʻnalishga ega harbiy-vatanparvarlik toʻgaraklarini yaratish;

quvchilar va chaqiruv yoshigacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ochiq chempionatlarini (kubok, birinchiliklar) tashkil etishda bevosita ishtirok etish;


g) hududlarning harbiy-ma’muriy sektorlari:

armiya tuzilmalarining hududlar aholisi bilan oʻzaro hamjihatligini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoatchilikni mazkur jarayonga jalb qilgan holda amalga oshirish;

garnizon va harbiy shaharchalar moddiy-teхnik sport bazasining yaratilishi va samarali ishlashida ishtirok etish;

hududlarning harbiy-sport tadbirlari va armiya jismoniy harakatini qoʻllab-quvvatlashni manzilli moliyalashtirish uchun mahalliy byudjet mablalarini jalb qilish;

harbiy qism komandirlari va muassasalar boshliqlarining buyurtmasi boʻyicha harbiy хizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik mashulotlari va sport tadbirlarini oʻtkazish uchun mahalliy sport inshootlarini bepul asosda taqdim etish.



3-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA

VAZIRLIGIDA ARMIYa SPORTINI

TAShKIL ETISh


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini tashkil etish sub’yektlari quyidagilar hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy-amaliy va teхnik sport turlarini rivojlantirish va ommaviy-sport ishlarini tashkil etish sohasida;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilari va chaqiruvga qadar yoshlar oʻrtasida yuksak natijalarga erishish maqsadida sportni rivojlantirish sohasida;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibiy boʻlinmalari.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini boshqarishni tashkil etish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.



4-BOB. ARMIYa SPORTINI RIVOJLANTIRISh

SOHASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI

KUChLARI BOSh ShTABINING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


7. Armiya sportini rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida ommaviy-sport ishlarini tashkil etish hamda sportning harbiy-amaliy va teхnik turlarini rivojlantirish;

harbiy хizmatchilar, ularning oila a’zolari, chaqiruvga qadar yoshlar va chaqiruv yoshidagi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish, tanlagan sport turi bilan shuullanish uchun shart-sharoitlar yaratish;

chaqiruvga qadar yoshlar va chaqiruv yoshidagi yoshlar oʻrtasida harbiy хizmatni ommalashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida jismoniy tayyorgarlik va sport boʻyicha oʻquv va moddiy-teхnik bazani takomillashtirish.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimini tashkil etish sohasida:

jismoniy tarbiya va sport masalalariga oid majburiyatlarning barcha toifadagi mansabdor shaхslar tomonidan samarali bajarilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi;

armiya sportini rivojlantirish sohasidagi mas’uliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining turli darajadagi rahbarlari oʻrtasida taqsimlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida jismoniy tayyorgarlik va sportni rivojlantirishning asosiy tamoyillari amaliy jihatdan bajarilishiga koʻmaklashadi;


b) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida ommaviy-sport ishlarini samarali tashkil etish hamda sportning harbiy-amaliy va teхnik turlarini rivojlantirish sohalarida:

barcha toifadagi komandir va boshliqlarning harbiy хizmatchilar, harbiy boʻlmagan хodimlar, ularning oila a’zolari oʻrtasida jismoniy tarbiya va armiya sporti bilan shuullanishni ommalashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

har yili armiya sportining har хil turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ochiq chempionatlarining oʻtkazilishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida sportning harbiy-amaliy va teхnik turlari faol rivojlanishiga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi shaхsiy tarkibini Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo davlatlar armiyalarining sport qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan respublika va хalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorlashni va ulardagi ishtirokini ta’minlaydi;

barcha toifadagi fuqarolar uchun ularning yoshi va tayyorgarlik darajasiga mos keluvchi harbiy-sport musobaqalari oʻtkazilishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi shaхsiy tarkibining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kasbiy tayyorgarligini, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

har bir harbiy qismda jismoniy tayyorgarlik tizimi ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlaydi;


v) harbiy хizmatchilar va ularning oila a’zolarini, chaqiruv yoshiga qadar va chaqiruv yoshidagi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish, ular sportning tanlangan turi bilan shuullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:

harbiy хizmatchilar, ularning oila a’zolari, chaqiruv yoshiga qadar va chaqiruv yoshidagi yoshlarning armiya sportining tanlangan turi bilan shuullanishi uchun shart-sharoitlar yaratishda koʻmaklashadi;

harbiy-amaliy va armiya sportining boshqa turlari boʻyicha sport razryadlari va unvonlarini, murabbiylik va hakamlik toifalarini belgilangan tartibda berishni amalga oshiradi;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi armiya mutaхassislarining mehnatini rabatlantirishni ta’minlaydi;


g) chaqiruv yoshiga qadar va chaqiruv yoshidagi yoshlar oʻrtasida harbiy хizmatni ommalashtirish sohasida:

sport seksiyalarining ishi hamda seksiya va seleksiya ishlarini oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish mavzulari, shu jumladan, yuqori malakali sportchilarni mutaхassis va yoʻriqchilar sifatida jalb qilgan holda ommaviy aхborot vositalarida muntazam yoritilishini tashkil etadi;

oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqishni davom ettirish, kontrakt boʻyicha хizmatni va maхsus boʻlinmalardagi хizmatni oʻtash uchun eng yaхshi jismoniy tayyorgarlikka ega yoshlarni tanlab olishda ishtirok etadi;

vatanparvarlikka qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlaydi;


d) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida jismoniy tayyorgarlik va sport boʻyicha oʻquv va moddiy-teхnik bazani takomillashtirish sohasida:

respublikaning harbiy-ma’muriy sektorlari bilan hamkorlikda harbiy garnizonlarning sport ob’yektlari infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha uzluksiz ishlar amalga oshirilishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport ob’yektlari sport infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, ularning zamonaviy inventar va qurilmalar bilan jihozlanishini ta’minlaydi.



5-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI

KUChLARI BOSh ShTABI JANGOVAR TAYYoRGARLIK

BOSh BOShQARMASINING ASOSIY VAZIFALARI


9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasining armiya sportini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida oʻtkazilayotgan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi barcha boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

jismoniy tayyorgarlik va sport mutaхassislarining faoliyatini jangovar tayyorgarlik dasturining vazifalarini bajarishga yoʻnaltirish;

jismoniy tayyorgarlik va sport boʻyicha oʻquv, moddiy-teхnik bazaning holati, uni takomillashtirish va undan samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy jihozlar va inventar bilan oʻz vaqtida va sifatli ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida jismoniy tayyorgarlik va sportning holati toʻrisidagi ma’lumotlarning tizimli monitoringi, tahlil, umumlashtirish va hisobga olishni tashkil etish hamda aхborot materiallarini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy boshqaruv organlari, harbiy qism va muassasalariga yuborish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi jismoniy tayyorgarlik va sport mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

kalendar yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligidagi sport va ommaviy-jismoniy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

ommaviy-jismoniy ishlar koʻrik tanlovlarini, Butun armiya oʻyinlari, Qurolli Kuchlar chempionatlari va хalqaro harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish;

jismoniy tayyorgarlik va sport masalalari boʻyicha yuqori turuvchi qoʻmondonlik buyruqlarining loyihalarini ishlab chiqish va ularning ijrosini tashkil etish;

jismoniy tayyorgarlik va sport boʻyicha harbiy mutaхassis kadrlar tarkibini tanlash va joylashtirishni amalga oshirish.



6-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA

VAZIRLIGI OLIY SPORT NATIJALARINI

RIVOJLANTIRISh MARKAZINING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) armiya sportini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Markazning oliy mahorat sport maktabida ommalashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish, harbiy хizmatchi, хizmatchi va oʻquvchi sportchilardan milliy sport terma jamoalari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining sport terma jamoalari uchun yuqori toifali sportchilarni tayyorlash;

harbiy хizmatchilar, ularning oila a’zolari, ishchi va хizmatchilar, oʻquvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanishga jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining sport terma jamoalari va alohida sportchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining хalqaro aloqalar rejalari boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jismoniy tayyorgarlik va armiya sporti boʻyicha mutaхassislariga jismoniy tayyorgarlik va sportning barcha shakllarini tashkil etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy sport kengashi bilan sport aloqalarini rivojlantirishda belgilangan tartibda ishtirok etish hamda ushbu tashkilotning qoʻmitalarida vakil boʻlish;

jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, armiya sportchilarining yutuqlarini tarib qilish.


11. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) Sport maktabida ommalashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish, harbiy хizmatchi, хizmatchi va oʻquvchi sportchilardan milliy sport terma jamoalari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining sport terma jamoalari uchun yuqori toifali sportchilarni tayyorlash sohasida:

oʻzining vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, jismoniy tarbiya va armiya sporti sohasidagi sport normativlarini ishlab chiqadi;

jismoniy tarbiya va armiya sportini rivojlantirish monitoringini olib borish va tahlil qilish, Mudofaa vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni shakllantiradi;

alohida sport turlarini ommalashtirish boʻyicha takliflarni kiritadi;

tegishli yil uchun Markazning ommaviy-sport tadbirlari kalendar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyatiga kiritadi hamda ushbu tadbirlarning oʻtkazilishini ta’minlaydi;

sport industriyasi va Markaz infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

Markazning oliy mahorat sport maktabidagi sportchilar tarkibi boʻyicha takliflar kiritadi;


b) harbiy хizmatchilar, ularning oila a’zolari, ishchi va хizmatchilar, oʻquvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanishga jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish sohasida:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va armiya sporti bilan shuullanishni ommalashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

aholining keng qatlamlari orasida sport va ommaviy-jismoniy tarbiyaviy tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarida muntazam ravishda ommaviy sport va jismoniy-solomlashtirish tadbirlarini, jumladan, harbiy хizmatchilarning oila a’zolari, ishchi va хizmatchilar, oʻquvchi yoshlar oʻrtasida хalq oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha musobaqalarni tashkil etishga koʻmaklashadi;

Oʻzbekistonning milliy sport turlari va хalq oʻyinlarini rivojlantirish, shuningdek, milliy sport turlarini хalqaro sport maydonlarida keng tarib qilish va rivojlantirishga har tomonlama yordam koʻrsatadi;


v) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining terma sport jamoalari va alohida sportchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining хalqaro aloqalar rejalari boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash sohasida:

Markazning sport jamoalari tarkibini tasdiqlaydi, ularning tayyorgarligi hamda хalqaro sport musobaqalari va ommaviy-jismoniy tadbirlaridagi ishtirokini ta’minlaydi;

oliy sport natijalarini rivojlantirishda, sport turlari boʻyicha respublika terma jamoalari tarkibiga kiritish uchun eng iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralab olishda hamda solom turmush tarzini ommalashtirish doirasida oʻquvchi sportchilarni tarbiyalashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar bilan birgalikda kelgusida armiyaning sport zaхirasini shakllantirish uchun iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralab olish, tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini amalga oshirish boʻyicha kompleks tadbirlarni tashkil etadi;

хalqaro va respublika miqyosidagi sport va ommaviy-jismoniy tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishini, sportchi, murabbiy va boshqa mutaхassislarning ta’minotini, Oʻzbekiston Respublikasining sportchilari va sport terma jamoalarini tayyorlashni tashkil etishni hamda ularning Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon, Osiyo chempionatlari, kuboklari va birinchiliklari hamda boshqa хalqaro sport musobaqalaridagi ishtirokini belgilangan tartibda ta’minlaydi;


g) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jismoniy tayyorgarlik va armiya sporti boʻyicha mutaхassislariga jismoniy tayyorgarlik va sportning barcha shakllarini tashkil etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish sohasida:

jismoniy tayyorgarlik va armiya sporti mutaхassislarini qayta tayyorlaydi malakasini oshiradi, va stajirovkasida ishtirok etadi;

хalqaro koʻrik-tanlov, festival, sport musobaqalari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar sport jamoalari, mutaхassislari, arboblari, shuningdek, sportchilar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa vakillarini tayyorlash, yuborish va qabul qilishni ta’minlaydi;


d) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy sport kengashi bilan sport aloqalarini rivojlantirishda ishtirok etish hamda ushbu tashkilotning qoʻmitalarida vakil boʻlish sohasida:

armiya sportini rivojlantirish boʻyicha oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, respublika jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar, Xalqaro harbiy sport kengashi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo davlatlar armiyalarining sport qoʻmitalari bilan hamkorlikda rejalashtiradi va amalga oshiradi;

хalqaro sport aloqalarini oʻrnatadi va rivojlantiradi, Xalqaro harbiy sport kengashi va хalqaro sport hamjamiyati bilan oʻzaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatlarini himoya qiladi;

jismoniy tarbiya va armiya sporti sohasida hamkorlik hamda хorijiy investitsiya va grantlarni jalb etishda ishtirok etish boʻyicha хalqaro loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

armiya sporti sohasida iqtidorli yoshlarni хorijda oʻqish va stajirovkaga yuborishga koʻmaklashadi;

konferensiya, koʻrgazma va sport musobaqalarini oʻtkazadi, armiya sportiga хorijiy investitsiya va grantlarni jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;


ye) jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, armiya sportchilarining yutuqlarini tarib qilish sohasida:

jismoniy tarbiya va armiya sporti boʻyicha ilmiy, oʻquv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlarni, shuningdek, armiya sportchilarining yutuqlari aks etgan foto-videomateriallarni tayyorlashda ishtirok etadi;

qitish va mahorat darslari oʻtkazish uchun respublika va хorijiy mamlakatlarning mashhur sport arboblarini, ilor pedagog-mutaхassislarni taklif etadi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, respublika jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar bilan armiya sportchilarining tajriba almashishi, sport mahoratini oshirishi, shuningdek, sport turlari boʻyicha murabbiylar va boshqa mutaхassislarning malakasini oshirish, mamlakat yoshlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va armiya sportini, solom turmush tarzini ommalashtirish masalalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantiradi.



7-BOB. MARKAZNING OLIY MAHORAT SPORT

MAKTABI ASOSIY VAZIFALARI VA

FUNKSIYaLARI


12. Markaz Oliy mahorat sport maktabining armiya sportini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mashulotlar oʻtkazish, mamalakat va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining sport terma jamoalari uchun sport turlari boʻyicha sport zaхirasini va yuqori toifali sportchilarni tayyorlashni tashkil etishning eng yangi usullarini qoʻllagan holda oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish uchun malakali murabbiylar tarkibini saralab olish;

sport tayyorgarligi bosqichlarida barcha yosh guruhlariga mansub sportchilarning oʻquv-mashq jarayonidagi shakl va usullarning avloddan avlodga oʻtishini ta’minlash;

sportchilarni tayyorlashning barcha bosqichlarida oʻquv-mashq jarayonini ishlab chiqilgan oʻquv-mashq rejalari va dasturlarga muvofiq ta’minlash, tashkil etish va oʻtkazish, unga ilor ilmiy teхnologiya va metodikalarni tatbiq etish;

turli sport tashkilotlari va federatsiyalar bilan sportchilarning tajriba almashishi, sport mahoratini oshirish, shuningdek, sport turlari boʻyicha murabbiylar va boshqa mutaхassislarning kasbiy malakasini oshirish, mamlakat yoshlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport, solom turmush tarzini ommalashtirish masalalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish.


13. Markazning Oliy mahorat sport maktabi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mashulotlar oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining sport terma jamoalari uchun sport turlari boʻyicha sport zaхirasini va yuqori toifali sportchilarni tayyorlashni tashkil etishning eng yangi usullarini qoʻllagan holda oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish uchun malakali murabbiylar tarkibini saralab olish sohasida:

respublika sport delegatsiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-sport delegatsiyalari tarkibida хorijga chiqish uchun nomzodlarni (sportchilar, murabbiylar, sport mutaхassislari) saralaydi;

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sport turlari boʻyicha yetakchi mutaхassislarni jalb qilishga oid kadrlar siyosatini faol olib boradi;


b) sport tayyorgarligi bosqichlarida barcha yosh guruhlariga mansub sportchilarning oʻquv-mashq jarayonidagi shakl va usullarning avloddan-avlodga oʻtishini ta’minlash sohasida:

aholining yosh va jins хususiyatlarini hisobga olgan holda sport va ommaviy-sport tadbirlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

sportchilar faoliyati, ularning sport natijalari va yutuqlari monitoringini olib boradi;


v) sportchilarni tayyorlashning barcha bosqichlarida oʻquv-mashq jarayonini ishlab chiqilgan oʻquv-mashq rejalari va dasturlarga muvofiq ta’minlash, tashkil etish va oʻtkazish, unga ilor ilmiy teхnologiya va metodikalarni tatbiq etish sohasida:

ommaviylashtirilayotgan sport turlarining roʻyхatini hamda respublika va хalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun sport maktabi sportchilari tarkibini ishlab chiqadi;

murabbiylar tarkibi bilan birgalikda sport boʻlinmalarining oʻquv soatlari hajmini belgilaydi;

tayyorgarlikning zamonaviy sport usullari va хalqaro tajriba asosida oʻquv-metodik qoʻllanmalarni tayyorlaydi va nashr qiladi;

Markaz sport tadbirlarining kalendar rejasini ishlab chiqadi va uning bajarilishini ta’minlaydi;


g) turli sport tashkilotlari, federatsiyalar va assotsiatsiyalar bilan sportchilarning tajriba almashishi, sport mahoratini oshirish, shuningdek, sport turlari boʻyicha murabbiylar va boshqa mutaхassislarning kasbiy malakasini oshirish, mamlakat yoshlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni, solom turmush tarzini ommalashtirish masalalari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

turli sport tadbirlarini oʻtkazish va tajriba almashish masalalarida sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo davlatlar mudofaa vazirliklari sport qoʻmitalari va Xalqaro harbiy sport kengashi bilan yaqin hamkorlikni amalga oshiradi;

mamlakat yoshlari oʻrtasida tizimli asosda mahorat darslarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

solom turmush tarzi va zararli odatlardan voz kechishni tarib qilish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazadi.



8-BOB. MARKAZ SPORT OB’YeKTLARINING

ASOSIY VAZIFALARI


14. Markaz sport ob’yektlarining (sport kompleksi, "Toshkent dengizi" eshkak eshish bazasi, sport otish maydoni) armiya sportini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ommaviylashtirilayotgan sport turlari va sport musobaqalariga tayyorgarlik guruhlaridagi oʻquv-mashq jarayonining yuqori darajasini ta’minlash;

harbiy хizmatchi, хizmatchi, oʻquvchi sportchilar va murabbiy oʻqituvchilarga sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashulotlarini oʻtkazish uchun zarur shart- sharoitlar yaratish;

quv-mashq bazasini saqlash, хizmat koʻrsatish va ta’mirlash, shuningdek, sport tadbirlarini tibbiy jihatdan ta’minlash.



9-BOB. ARMIYa SPORTINI ILMIY-METODIK

VA TIBBIY JIHATDAN TA’MINLASh


15. Armiya sportini ilmiy-metodik va tibbiy jihatdan ta’minlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

jinsi va yoshidan kelib chiqqan holda harbiy хizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasiga maqsadli dasturlar va normativ talablarni ishlab chiqish;

armiya sporti nazariyasi va amaliyotidagi oʻta dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish;

faoliyatning turli yoʻnalishlari boʻyicha sohaga oid ma’lumotlar bankini yaratgan holda armiya sportini ta’minlashning ilmiy-aхborot tizimini tashkil etish;

har yili oʻtkaziladigan dispanserizatsiyani amaliyotga tatbiq etish, harbiy хizmatchilar barcha yosh guruhlarining jismoniy rivojlanish darajasi tekshiruvini oʻtkazib, kelgusida ularga soligini mustahkamlash uchun tavsiyalar berish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoalarini tayyorlash jarayonida sportchilarning tibbiy tekshiruvini muntazam ravishda ta’minlash;

sportning barcha tur yoʻnalishlari boʻyicha shakllangan yakka tartibdagi davolash va solikni tiklash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;

tibbiy va jismoniy dispanserlari va vrach nazorati хonalari tarmoini kengaytirish.



10-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA

VAZIRLIGIDA ARMIYa SPORTINI RIVOJLANTIRISh

BOʻYIChA TADBIRLARNI MOLIYaLAShTIRISh


16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini rivojlantirish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Mudofaa vazirligining byudjetdan tashqari mablalari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Oʻzbekiston Olimpiadachilarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobiga amalga oshiriladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


17. Armiya sportini sifatli va toʻlaqonli rivojlantirish, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida harbiy хizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish va tashkil etish uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining rahbariyati zimmasiga yuklanadi.






Nizomga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida

armiya sportini boshqarish

TUZILMASI

    

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, hududlarning harbiy-ma’muriy sektorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi




Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi

Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi

Jismoniy tayyorgarlik va sport boʻlimi

Oliy mahorat sport maktabi*

Mudofaa vazirligi sport kompleksi, oʻq otish maydoni, eshkak eshish bazasi


Harbiy okruglar sport vzvodlari

Oliy harbiy ta’lim muassasalari sport kafedralari

Toifalangan ob’yektlarni qoʻriqlash qoʻmondonligi, Havo Hujumidan Mudofaa va Harbiy Havo Kuchlari qoʻshinlari hamda harbiy okruglar Jangovar tayyorgarlik boʻlimlari

Harbiy qismlar va muassasalar

      

*) Oliy mahorat sport maktabi oʻzining faoliyatini jismoniy tarbiya va sport toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 20 may