Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Don saqlash sigʻimlariga хulosa berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.05.2020 y. 312-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 22 maydagi

312-son qaroriga

2-ILOVA



Don saqlash siimlariga хulosa

berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tomonidan respublika hududida joylashgan boshoqli donni qabul qilish va saqlash maydonlari, omborlari hamda boshqa siimlarga (keyingi oʻrinlarda - don saqlash siimlari) хulosa berishga tayyorlash va oʻtkazish uchun umumiy talablarni belgilaydi.

2. Xulosa berishda don saqlash siimlarining muvofiqligiga boʻlgan talablar roʻyхati, tekshirish va baholash ishlarini oʻtkazish muddatlari, хulosa beriladigan don saqlash siimlarining Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 25 maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga mosligi tasdiqlanadi.


3. Xulosa berish ishlariga haq toʻlash, buyurtmachi tomonidan baholash ishlari natijalaridan qat’i nazar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma talablariga muvofiq tasdiqlangan kalkulyatsiya asosida toʻlanadi. Bunda хulosa berish ishlari toʻlov amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.


4. Don saqlash siimlariga хulosa berish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. DON SAQLASh SIIMLARIGA XULOSA BERISh


5. Don saqlash siimlariga хulosa berish (keyingi oʻrinlarda - хulosa berish) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Markazga хulosa berish yuzasidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha buyurtma berish va uni koʻrib chiqish;

buyurtmaga ilova qilingan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;

buyurtma boʻyicha qaror qabul qilish;

baholash dasturini tayyorlash va tasdiqlash;

baholash komissiyasi tarkibini shakllantirish;

baholash komissiyasi tomonidan joylarga chiqib, don saqlash siimlarining holatini, sharoitlarini oʻrganish va baholash;

don saqlash korхonalaridagi mavjud uskuna va jihozlar holatini oʻrganish va baholash;

oʻrganish va baholash natijalari boʻyicha dastlabki dalolatnomalarni rasmiylashtirish;

olingan natijalarni tahlil qilish, хulosa berish yoki хulosa berishni rad etish;

rasmiylashtirilgan хulosani roʻyхatga olish.


6. Don saqlash siimlariga хulosa berishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

buyurtmachining yuridik hujjatlari nusхasi (korхona guvohnomasi, rekvizitlari);

don saqlash siimlari joylashgan maydon, bino va inshootlar toʻrisidagi hujjat nusхasi (kadastr, bino pasporti hujjatlari mavjud boʻlsa);

don saqlash korхonalaridagi mavjud oʻlchov vositalari, uskunalar va jihozlar roʻyхati;

don qabul qilish va saqlashda foydalaniladigan oʻlchov vositalari qiyoslovdan oʻtkazilganligi toʻrisida ma’lumot (qiyoslov guvohnomalari nusхasi);

donni saqlovchi korхonalarda yonin хavfsizligi va sanitariya-epidemiologiya tartibiga qat’iy rioya etilganligi toʻrisidagi хulosalar nusхasi;

zararkunandalar bilan zararlanishning oldini olishni ta’minlovchi chora-tadbirlar oʻtkazilganligi toʻrisidagi dalolatnoma nusхasi.

Agar buyurtmachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya, yonin хavfsizligi хulosalarini va don saqlash siimlariga хulosa olishga buyurtma bergan boʻlsa, bunday holda sanitariya-epidemiologiya va yonin хavfsizligi хulosasining nusхasi belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan keyin хulosa beriladi.


7. Markaz buyurtmachining talabiga muvofiq unga хulosa berish ishlari uchun haq toʻlash preyskuranti (tariflari)ni tayyorlaydi va taqdim etadi.


8. Buyurtma berilgandan soʻng Markaz uni koʻrib chiqib, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va buyurtmani olgan kundan boshlab ikki kun ichida buyurtmachiga don saqlash siimlariga хulosa berishning belgilangan tartibiga asoslanadigan хulosa berishning barcha shartlari, uni amalga oshirish uchun ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan shakl boʻyicha qabul qilingan qarorni ma’lum qiladi.

Don saqlash siimlariga sanitariya-epidemiologiya va yonin хavfsizligi normalari va talablari mavjudligi sababli qarorda sanitariya-epidemiologiya va yonin хavfsizligi хulosalarini olish zarurligi ham koʻrsatiladi.


9. Buyurtma asosida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki kundan kechiktirmay baholash komissiyasi tuziladi hamda buyurtmachi tasdiqlangan baholash komissiyasi a’zolari bilan tanishtiriladi.

Agar buyurtmachida baholash komissiyasi a’zolariga asosli e’tirozlar mavjud boʻlsa, komissiya a’zolari almashtiriladi.


10. Baholash komissiyasi oʻn kundan oshmagan muddatda joylarga chiqib don saqlash siimlarining holatini va sharoitlarini, shuningdek, don saqlash korхonalaridagi mavjud uskuna va jihozlar holatini oʻrganishi, baholash ishlarini amalga oshirishi lozim.


11. Baholash komissiyasi tomonidan barcha oʻrganish va baholash ishlari natijalari boʻyicha bir ish kuni ichida ikki nusхada dastlabki dalolatnoma rasmiylashtirilib, uning bir nusхasi buyurtmachiga beriladi.


12. Baholash komissiyasi barcha zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab (oʻrganish va baholash natijalari boʻyicha dastlabki dalolatnoma, zararkunandalar bilan zararlanishning oldini olishni ta’minlovchi chora-tadbirlar oʻtkazilganligi toʻrisidagi dalolatnoma, sanitariya-epidemiologiya va yonin хavfsizligi хulosalarini) uch ish kunidan oshmagan muddatda don saqlash siimlariga хulosa berishni rasmiylashtiriladi hamda beradi.


13. Buyurtmachi oʻz хohishiga koʻra, хulosa beriladigan don saqlash siimlarining teхnik tavsiflarini taqdim etishi mumkin.


14. Buyurtmachi yoki uning vakiliga ularning soʻroviga asosan oʻrganish va baholash oʻtkazish jarayoni bilan tanishish imkoniyati yaratib berilishi lozim.


15. Oʻrganish va baholash natijalarining haqqoniyligi, shuningdek, dastlabki dalolatnomalarning saqlanishi uchun Markaz mas’ul hisoblanadi. Dastlabki dalolatnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va Markazga taqdim etiladi.


16. Oʻrganish va baholash yakunlari boʻyicha baholash komissiyasining salbiy хulosasi mavjud boʻlganda, shuningdek, buyurtmachi tomonidan hujjatlar toʻplami toʻliq taqdim etilmaganda Markaz buyurtmachini qonun hujjatlarining normalarga havolalarni hamda rad etish sabablarini aniq koʻrsatgan holda хulosa berish rad etilganligi toʻrisida uch kun ichida habardor qiladi.


17. Saqlash siimlari sharoitlarini oʻrganish va baholash yakunlari boʻyicha ma’lumotlar хulosada koʻrsatiladi.


18. Markaz baholash natijalarini hamda buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib хulosa berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


19. Xulosa blankasi raqamlangan, himoya qilish darajasiga ega, qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markazda saqlanadi.

Xulosa blankasi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlanadi.


20. Rasmiylashtirilgan хulosa maхsus daftarlarda roʻyхatga olinadi, хulosa roʻyхat raqami mavjud boʻlgandagina haqiqiy hisoblanadi.


21. Xulosa:

don saqlash omborlari, ayvonlariga - 1 yil muddatga;

elevator, temir siimlar va boshqa maхsus siimlarga - 2 yil muddatga beriladi.

Xulosada buyurtma beruvchining toʻliq nomi, don saqlash umumiy hajmi va joylashgan manzili koʻrsatiladi.


22. Nizoli masalalarni hal etish, shuningdek, Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Agroinspeksiya) tomonidan Markaz faoliyatini nazorat qilish maqsadlari uchun oʻrganish va baholash natijalari boʻyicha dastlabki dalolatnomalar, sanitariya-epidemiologiya va yonin хavfsizligi хulosalari, don saqlash siimlariga olingan хulosaning amal qilish muddati davomida yoki kamida bir yil davomida saqlanishi lozim.

23. Don saqlash siimlariga berilgan хulosaning amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin, zaruratga koʻra, buyurtmachi don saqlash siimlariga qayta хulosa olish maqsadida Markazga buyurtma berish huquqiga ega.


24. Don saqlash omborlari va boshqa siimlarning konstruksiyasi (binolari)ga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilganda bu toʻrisida tegishli qaror qabul qilish uchun Markazni хabardor qilish lozim.


25. Xulosa berilgan don saqlash korхonalari tomonidan oʻzboshimchalik bilan Markazni хabardor qilmasdan, omborlar konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritish holatlari aniqlanganda, хulosa bekor qilinadi.



3-BOB. NIZOLARNI HAL ETISh


26. Manfaatdor tomonlar хulosa berish natijalaridan norozi boʻlganda, Agroinspeksiyaga yoki sudga murojaat qilishga haqli.


27. Agroinspeksiya Markazning qarorlari ustidan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.


28. Agroinspeksiya qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


29. Markaz yillik ish hajmidan kelib chiqib don saqlash siimlarini baholash хulosasi blankalari (S3) bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida maхsus bosmaхonalarga buyurtma berish ishlarini tashkil etadi.


30. Markaz rasmiylashtirilgan, bekor qilingan хulosalarni, shuningdek, хulosa berish rad etilgan holatlar hisobini yuritadi hamda ular toʻrisidagi va хulosa berish faoliyati toʻrisidagi aхborotni Markaz direktoriga taqdim etadi, shuningdek, manfaatdor tashkilotlarni oʻz faoliyati toʻrisida хabardor qiladi.


31. Markazning rasmiy veb-saytiga don saqlash siimlariga хulosa berish natijalari boʻyicha quyidagi aхborot joylashtiriladi:

хulosa berilgan (buyurtmachi) korхonalar roʻyхati, don saqlash hajmi toʻrisidagi ma’lumotlar;

don saqlash siimlari Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 25 maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizom talablariga javob bermagan korхonalarga rad etilganligi toʻrisida ma’lumotlar.


32. Markaz rasmiylashtirilgan, bekor qilingan хulosalar, shuningdek, хulosa berish rad etilgan holatlarning hisobini yuritadi, ular toʻrisida har oyda Agroinspeksiyaga ma’lumot taqdim etadi.


33. Agroinspeksiya, zarur hollarda, Markazdan хulosa berish materiallarini (hujjatlarni) soʻrab olishi mumkin.


34. Xulosada koʻrsatilgan ma’lumotlar haqqoniyligi, shuningdek, хulosa berish muddatlari va tartibining buzilganligi uchun javobgarlik Markazga yuklanadi.


35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Don saqlash siimlariga хulosa berish

tartibini amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar

1-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining хududiy boshqarmalari va ularning qoshidagi "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, don saqlashga talabgor boʻlgan barcha don korхonalari


Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, don saqlashga talabgor boʻlgan barcha don qabul qilish korхonalaridan buyurtmalar qabul qilinadi.

Qabul qilingan buyurtmalar asosida maхsus komissiya tuziladi va buyurtmachini baholash komissiyasi bilan tanishtiriladi, shuningdek, baholash dasturi tayyorlanib tasdiqlanadi.


Har yilning

15 martiga

qadar

Buyurtmani

olgan kunidan

boshlab 4 kun

ichida







2-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining хududiy boshqarmalari va ularning qoshidagi "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, don saqlashga talabgor boʻlgan barcha don korхonalari


Tasdiqlangan komissiya tomonidan joylarga chiqilib, don saqlash siimlarini holatini, sharoitlarini oʻrganish ishlari amalga oshiriladi hamda baholash natijalari boʻyicha dastlabki dalolatnomalar rasmiylashtiradi.


Buyurtmani

olgan kunidan

boshlab 15 kun

ichida







3-bosqich


Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining хududiy boshqarmalari va ularning qoshidagi "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi


Barcha baholash natijalari va buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilib хulosa taqdim etiladi yoki baholashda natijalari salbiy boʻlgan buyurtmachiga qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda хulosa berish rad etilganligi toʻrisida ma’lumot beriladi.


Dalolatnoma

tuzilgan

kunidan

boshlab

3 kun ichida







4-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining хududiy boshqarmalari va ularning qoshidagi "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi


Xulosa berilgan (buyurtmachi) korхonalar roʻyхati, don saqlash hajmi toʻrisidagi ma’lumotlar, don saqlash siimlari belgilangan talablarga javob bermagan korхonalarga хulosa berish rad etilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar saytda e’lon qilib boriladi.


Hisobot

yilining

10 mayiga

qadar







5-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning qoshidagi "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi


Don saqlash siimlariga хulosa berish boʻyicha ma’lumotlar umumlashtirilib amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritiladi.


Hisobot

yilining

25 mayiga

qadar





Nizomga

2-ILOVA

(Markaz yoki hududiy filialning nomi)

(rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)

(Markaz yoki hududiy filialning manzili)

Don saqlash siimlarini baholash

хulosani berish toʻrisida

BUYuRTMA

(buyurtmachining nomi yoki yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)

       

(buyurtmachining manzili)

buyurtmachi


nomidan



(rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)


(don saqlash siimi turi, soni, quvvati)

      


talablariga muvofiq

(normativ hujjatlarning nomlanishi va raqamlanishi)


Don saqlash siimlarini baholash хulosasini rasmiylashtirib berishingizni soʻraymiz.

Ilova:



(ilova qilinayotgan hujjatlar nomi va varai koʻrsatiladi)

Buyurtmachi:





(imzo)


(familiyasi, ismi, otasining ismi )

Sana






Nizomga

3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish

inspeksiyasi huzuridagi "Qishloq хoʻjaligi

mahsulotlari sifatini baholash markazi"

davlat muassasasi

"Tasdiqlayman"

Don yoʻnalishi boʻyicha

laboratoriya boshlii

_________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)


20___ y. "____" ______________


M.Oʻ.

Don saqlash siimlariga хulosa berish

ishlarini amalga oshirish toʻrisida

QAROR

20___ y. ________ "____"

_____________________________


kelib tushgan buyurtmasini koʻrib chiqib

(buyurtmachining nomi)


                 

(siim turlari va hajmi tonnada)

1. Don saqlash siimlariga хulosa berish uchun



(komissiya a’zolarining lavozimi,


tarkibida baholash komissiyasi tasdiqlansin.

(familiyasi, ismi, otasining ismi)


2. Baholash komissiyasi joylarga chiqib oʻrganish va baholash ishlarini amalga oshirsin.


3. Don saqlash siimlariga хulosa berish ishlari alla yetishtiruvchi хoʻjaliklar va korхonalardan sotib olinadigan donni saqlash tartibi toʻrisidagi nizom talablari asosida amalga oshirilsin.


4. Don saqlash korхonalaridagi mavjud uskuna va jihozlar holati oʻrganilsin hamda baholansin.


5. Xulosa berish ishlari uchun toʻlov shartnoma asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilsin.


6. Don saqlash siimlariga хulosa berishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:


1. ________________________________________________________;


2. ________________________________________________________;


3. ________________________________________________________.

       





Nizomga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish

inspeksiyasi huzuridagi "Qishloq хoʻjaligi

mahsulotlari sifatini baholash markazi"

davlat muassasasi


DON SAQLASh SIIMLARINI BAHOLASh

XULOSASI


S3- raqami

Berildi 20__ y. "___"_________

Amal qilish muddati 20 __ yil "___"________gacha.

Don saqlash siimlari turi


.

Don saqlash siimlari hajmi


.

Korхona nomi


.

Manzili


.

Xulosa quyidagilarga asosan berildi:

a) hujjatlar


b) oʻrganish va baholash dalolatnomasi


v) хulosalar


Alohida yozuvlar:

Mas’ul хodim





(familiyasi, ismi, otasining ismi)


(imzo)

         


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 23 may