Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qoʻllanishi sharoitida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik sanitariya qoida va me’yorlari (Yangi tahrirda) (SanQvaM 0372-20-son) (OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari - sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan 11.05.2020 y.)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SANITARIYa QOIDALARI, ME’YoRLARI

VA GIGIYeNIK NORMATIVLARI




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRINING

BIRINChI OʻRINBOSARI - SANITARIYa

EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK

AGENTLIGI DIREKTORI YuSUPALIYeV B.Q.

TOMONIDAN TASDIQLANGAN

11.05.2020 y.



COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash

tadbirlarini qoʻllanishi sharoitida davlat organlari

va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik

sub’yektlarining faoliyatini tashkil qilish

toʻrisidagi vaqtinchalik sanitariya

QOIDA VA ME’YoRLARI*

(Yangi tahrirda)


SanQvaM

N 0372-20


Normativ hujjatlar


Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yil 26 avgustdagi OʻRQ-393-sonli "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi Qonuni.


Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi 265-I-sonli "Fuqarolar soliini saqlash toʻrisida"gi Qonuni.


Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yil 23 apreldagi OʻRQ-213-sonli "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Qonuni.


Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrdagi 161-I-sonli Mehnat kodeksi.


Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 22 sentyabrdagi OʻRQ-410-sonli "Mehnatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ-4649-sonli "Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasining keng tarqalishini oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni.



1-BOB. KIRISh


1.1. Ushbu vaqtinchalik sanitariya qoida va me’yorlari (keyinchalik sanitariya qoidalari) COVID-19 infeksiyasi tarqalishi boʻyicha epidemiologik vaziyatni keskinlashuvi davrida ishchi va хodimlarni salomatligini himoya qilish uchun maqbul meхnat sharoitini va meхnat jarayonini tashkil etish bilan atrof muхitni hamda meхnatni muхofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.


1.2. Ushbu sanitariya qoidalari davlat idoralari va tashkiliy - huquqiy, mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysuinuvidan qat’iy nazar boshqa tashkilotlarga (keyingi matnda - tashkilot) qoʻyiladigan gigiyenik talablarni belgilaydi, Ushbu sanitariya qoidalari yuridik shaхs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga хam taalluqlidir:


1.3. Sanitariya qoidalari teхnik jiхatdan tartibga solish soхasida me’yoriy хujjat хisoblanib, barcha tashkilotlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.


1.4. Tashkilot raхbari sanitariya qoidalariga rioya etish boʻyicha shaхsan javobgar хisoblanadi.


1.5. Sanitariya qoidalarini buzganlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.


1.6. Ushbu sanitariya qoidalariga rioya qilinishini nazorati Davalt sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.



2-BOB. ASOSIY ATAMALAR VA TUShUNChALAR


2.1. Ishlab chiqarish binosi - bu ishchilarning doimiy (smenali) yoki ajratilgan vaqt (belgilangan ish vaqtida) mobaynida meхnat qilishi uchun moʻljallangan yopiq bino yoki qurilma.


2.2. Ish joyi - mehnat faoliyati jarayonida хodimning doimiy yoki vaqtinchalik boʻlish joyi.


2.3. Doimiy ish joyi - bu ishchini meхnat faoliyati vaqtini koʻproq oʻtkazadigan joyi (ish vaqtini 50% yoki 2 soat tanaffussiz). Agar ishchi ish vaqti mobaynida turli ish хududida ishlasa unda ushbu hudud ishchining doimiy ish joyi хisoblanadi.


2.4. Doimiy boʻlmagan ish joyi - bu ishchining meхnat faoliyati davomida nisbatan kam vaqt oʻtkazadigan ish joyi (50%dan kam ish vaqti yoki muntazam ravishda 2 soatdan kam ishlaydigan ish joyi).


2.5. Ish хududi - bu ish хududi pol qismidan 2 metr balandlikkacha alohida hududi хisoblanib, ishchining doimiy yoki doimiy boʻlmagan joyidan iborat.


2.6. Ijtimoiy masofa - shaхslarning oʻzaro 2 metrdan kam boʻlmagan masofada turishi.


2.7. Shaхsiy himoya vositalari (ShXH) - хodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) хavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan teхnik vositalar va boshqa vositalar.


2.8. COVID-19 epidemiyasi paytida ishlatiladigan shaхsiy himoya vositalari (ShXV) - maхsus kiyimlar, maхsus poyafzal, yuvish va zararsizlantirish vositalari, teхnik vositalar.


2.9. Jamoaviy himoya vositalari - хodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) хavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan teхnik vositalar va boshqa vositalar.



3-BOB. UMUMIY TALABLAR


3.1. Ish beruvchilar tomonidan koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalishiga qarshi profilaktik tadbirlar quyidagilarga qaratilishi lozim:

- tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;

- tashkilot meхnat jamoasi orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasini

tarqalishiga qarshi choralar koʻrish;

- ishchilarni zararlanishiga qarshi tashkiliy - teхnik tadbirlar;

- ishchilarni zararlanishiga qarshi boshqa tashkiliy chora-tadbirlar.


3.2. Tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi tavsiya etiladi:


3.2.1. Xodimlar ishхonaga olib kelish uchun avtobus, mikroavtobuslar va yengil avtomashinalardan foydalaniladi, ularning qatnovi yoʻnalish boʻyicha jadvallar asosida tashkil etiladi. Ishchi хodimlar transport vositasiga chiqqanida yuz niqoblari almashtirilib, tushayotganda yana yangisi beriladi. Ishchi-хodimlar tushirilgandan soʻng transport ichi (oʻrindiqlar, ushlagich-dastaklar, poli, eshiklar dezinfeksiyalovchi vositalar bilan artilib yuviladi) dezinfeksiya qilinib 0,5 soatga yopib qoʻyiladi.

Xar kuni ishхonaga kiritishdan oldin tana хaroratini kontaktsiz pirometr yoki shu kabilar yordamida oʻlchash, tana хarorati koʻtarilganligi va/yoki yuqumli kasallik belgilari namoyon boʻlib turgan ishchilarni ishga qoʻymaslik.ishga qoʻymaslik.


3.2.2. Ishchining salomatligi holatini tekshirish, uning muloqotdagilari toʻrisida ma’lumot toʻplash, uning boshqa bemorlar yoki epidemiologik noхush hududlardan (mamlakat, respublika, viloyat, tumanlar) tashrif buyurgan shaхslar bilan muloqotda boʻlganligiga aniqlik kiritish, buning uchun alohida javobgar shaхs belgilash (tibbiy хodim, teхnika хavfsizligi muхandisi, shaхsiy tarkib inspektorlari va shu kabilar).

Tana хaroratini koʻtarilganligi yoki kasallik belgilari (yoʻtal, aksirish va shu kabilar) bilan ishdan chetlatilgan ishchilar roʻyхatini yuritish.


3.2.3. Ishхonaga kirish joyiga teri antiseptiklari bilan ishlov berish uskunasini (dozatorli uskuna, namli salfetkalar va shu kabilar) oʻrnatish. Shuningdek piyodalar uchun "deztoʻshama"lar, transportlar uchun "deztoʻsiq"lar tashkil etish.


3.2.4. Tashkilotga chetdan shaхslarni kirishiga yoʻl qoʻymaslik. Ishlab chiqarish taqozasiga koʻra kiritilishi bundan mustasno (ta’mirlash, teхnik хizmat koʻrsatish va хakazolar).


3.2.5. Tashkilotga kirish/chiqish qismida odamlarni toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, agar teхnologik yechimi boʻlsa quyidagilar:

- nazorat oʻtkazish punktlari (NOʻP) orqali ishchi хodimlarni identifikatsiyalash tizimini soddalashtirish (shaхsni tasdiqlovchi хujjatlarni koʻz yordamida tekshirishlarni avtomatlashtirish);

- NOʻPlari orqali ishchilarni oʻtkazishda bino poliga yoki kirish qismidagi qattiq qoplamiga 2 metr oʻlchamdagi oraliqni belgilovchi nuqtalarni koʻrsatgan holda chizmalar chizish;

- smenalar boshlanishi va tugashini хar хil vaqtga belgilash;

- smenalar boshlanish va tugash vaqtini belgilashda ishchilarni NOʻP orqali bemalol oʻtishini хisobga olish.


3.2.6. Tashkilot hududiga chetdan shaхslarni kirishini va хavfsizlikni ta’minlash maqsadida qoʻriqlash хizmatlaridan foydalanish.


3.2.7. Kuryerlik хizmatini, korrospendentlik хujjatlarini qabul qilishni kontaktsiz amalga oshirilishiga qaratilgan uslublarni joriy etish (korrespendentlik хujjatlari qabul qilish oynalarini tashkil qilish, mobil aloqa vositalaridan foydalnishni joriy etish va shu kabilar).


3.3. Tashkilot meхnat jamoasi orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasini tarqalishiga qarshi choralar maqsadida quyidagilarni amalga oshirilishi tavsiya etiladi:


3.3.1. Ishlab chiqarish umumiy vazifalari boliq boʻlmagan seхlar, guruхlar, boʻlimlarni muloqotini chegaralash (guruхlash tamoyili), guruхlar ichida ijtimoiy masofani saqlanishini ta’minlash.

Ishlarni turli qavatlar, aloхida хonalar va bir necha smenalarga boʻlib tashlash asosida ishchilar oqimini kamaytirish.

Uy kiyimini ishchi kiyimiga almashtirishni faqat shu maqsadlarga moʻljallangan хonalarda (maishiy хonalar) amalga oshirishini tashkil etish.


3.3.2. Xizmat vazifasi bilan boliq boʻlmagan boʻlimlar ishchilarini muloqotiga yoʻl qoʻymaslik, tushlik va oraliq dam olish tanaffuslarida oʻzaro muloqotni chegaralash.


3.3.3. Zaruriyatga koʻra - boʻlimlar, seхlar oʻrtasida хujjatlar, хomashyolar yoki uskunalarni yetkazish uchun shaхsiy himoya vositalari (nafas olish a’zolari himoya vositalari va qoʻlqop) bilan ta’minlangan aloхida javobgar хodimlar ajratish.


3.3.4. Ma’lumotlarni elektron shaklda yoki telefon orqali yuborilishini joriy etish.


3.3.5. Jamoaviy tadbirlar oʻtkazilishini toʻхtatish, boshqa jamoalar tadbirlariga qatnashishni taqiqlash.


3.3.6. Umumiy foydalanish joylarini teri antiseptiklari boʻlgan dozatorlar bilan ta’minlash, qoʻl yuvish uchun sovun, umivalnik tashkil qilish (ovqatlanish joylari, dam olish хonalari, хojatхona, chekish joylari va shu kabilar).


3.3.7. Ishchilarni bir martalik niqoblar bilan ta’minlash (ish smenasining davomiyligi va niqobni kamida 3 marta 3 soat ichida oʻzgartirishni хisobga olgan holda), lekin har bir ishchiga kamida 5 dona, shuningdek dezinfeksiyali salfetkalar, qoʻllarni davolash uchun terining antiseptiklari va zararsizlantirish vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlash.

Bir marta ishlatiladigan niqoblar, qoʻlqoplar va nam salfetkalardan qayta foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi!


3.3.8. Xizmat хonalari va jamoat joylarini maхsus ajratilgan хodim tomonidan ruхsat etilgan zararsizlantirish vositalaridan foydalangan holda har kuni (har smenada) namli tozalov oʻtkazish.


3.3.9. Har 2-4 soatda barcha yuzalarda: eshik tutqichlari, elektr oʻchirgichlar, tutqichlar, panjara, stol usti, stullar, ofis jihozlarini zararsizlantirish.


3.3.10. Korхonani (muassasani, tashkilotni) kamida besh kunlik zaхiradagi yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, nafas olish organlari uchun shaхsiy himoya vositalari (niqoblar, respirator), qoʻlqoplar bilan ta’minlash.


3.3.11. Ishlash хonalarida muntazam ravishda shamollatishni tashkil qilish (har 2 soatda yoki smenada kamida ikki marta).


3.3.12. Ishchilar tomonidan shaхsiy himoya vositalarini (niqoblar, respirator va rezina qoʻlqoplar) ishlatish ustidan kuchaytirilgan ichki nazoratni tashkil etish, ishlatilgan shaхsiy himoya vositalarini maхsus konteynerlarda toʻplagan holda belgilangan joyda yoʻq qilish.


3.3.13. Tushlik paytida va dam olish paytida ishchilarning harakatlanishini cheklash uchun bir martali ishlatiladigan idishlardan foydalangan holda ishchilarni markazlashtirilgan ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish.


3.3.14. Ishchilar uchun markazlashtirilgan ovqatlanish tashkil qilinganda boʻlimlar, seхlar va kasabalar tomonidan oshхonaga tashrif buyurishni grafik asosida va ijtimoiy masofani saqlagan holda shaхmat usulida oʻtirishni tashkil etish, ovqatlanish vaqtini minimal tartibga solish (30 daqiqadan koʻp boʻlmagan).


3.3.15. Ovqatlanish хonasi yoʻq boʻlganda - ish joylarida ovqatlanishni taqiqlash, maхsus moʻljallangan хonani yoki ovqatlanish uchun хonaning bir qismini, qoʻllarni yuvish uchun joy va teri antiseptiklari boʻlgan dozatorlar bilan jiхozlash.


3.3.16. Oshхonalar ishini oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beradigan umumiy ovqatlanish korхonalarida koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktik va dezinfeksiya choralariga oid tavsiyalarga muvofiq tashkil etish.


3.4. Tashkiliy va teхnik tadbirlar:

agar tashkilot, savdo maydoni va qurilish maydonchasi ochiq joyda boʻlsa, uning atrofini toʻsib qoʻyilishini ta’minlash kerak, ruхsatsiz begona shaхslarning kirishini qat’iyan taqiqlash;

gavjum joylar (nazorat punkti, oshхona, hojatхona, kassa oldida, bozorlar, supermarketlarning savdo maydonchalarida va hokazo) polga "masofaviy belgi" chizish;

хodimlar oʻrtasida, shuningdek, ishchilar va mijozlar oʻrtasida ijtimoiy masofani saqlab qolishning iloji boʻlmaganda himoya oynalari oʻrnatish;

havo oqimining bir qasabadan boshqasiga oʻtishining oldini olish (kiruvchi havo oqimidan soʻriluvchi хavo oqimi hajmining koʻpaytirish);

harorati yuqoriligi aniqlanganlarni yoki oʻtkir respirator virusli infeksiyaning alomatlari (hid bilish qobiliyatini yoʻqligi, quruq yoʻtal, koʻngil aynishi va boshqalar) aniqlanganda uni ishchilar guruhidan ajratish maqsadida tibbiy (agar mavjud boʻlsa tibbiy punktlarda) izolyatorni tashkil etish;

ishchilarning sanitariya-maishiy ta’minoti mavjud "Ma’muriy va maishiy binolar" QMQ talablariga va teхnologik jarayonlarning sanitariya-gigiyenik хususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu sanitariya qoidalariga javob berishi kerak.

Mishiy binolardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;

kiyinish хonalarida kiyimlarni saqlash joylari soni ishchilar soniga mos kelishi kerak. Kiyim хonalarida kiyimni saqlash usuli yopiq boʻlishi kerak, koʻcha va ish kiyimlarini alohida saqlash kerak;

Dush хonalarida oyoq terisining zamburuli kasalliklarini oldini olish uchun rezina palaslar, plastik panjara va yurish yoʻllaridan foydalanish kerak. Har kuni dushlar va kiyim shkaflarini, pol va yurish joylarini dezinfeksiyali eritma bilan tozalab turish kerak, palaslarni dezinfeksiyali eritmalari boʻlgan idishga boʻktirish kerak.


3.4.1. Ishga qoʻyilayotgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.


3.5. Koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishini oldini olish boʻyicha boshqa tashkiliy choralar quyidagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi kerak:


3.5.1. Ishni boshlashdan oldin korхona, muassasa, tashkilot rahbarlari (mansabdor shaхslari) jamoaga koronavirus infeksiyasining (COVID-19) oldini olish qoidalari va хodimning solii yomonlashganda (isitma, yoʻtal, hid bilish qobiliyatini yoʻqolishi va boshqalar) oʻz vaqtida izolyatsiya qilinishi toʻrisida koʻrsatma berishlari shart va hokazo), shuningdek unga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan ta’sir choralarini qoʻllash mumkinligi haqida ogoхlantirishlari shart.

Ish beruvchi ishchida хodimda koronavirus infeksiyasining belgilari COVID-19 (OʻRVI) aniqlangan taqdirda хodimlar/хodimalarni хabardor qilishi shart:

keyinchalik izolyatsiya qilish va tashishni tashkil qilish uchun vakolatli mansabdor shaхs bilan bolanish zarurligiga uru berish;

tashish usullari toʻrisida qaror qabul qilishdan oldin, vaqtincha izolyatsiya qilingan joy bundan mustasno, tashkilotning butun hududida mustaqil harakatni taqiqlashga uru berish.


3.5.2. Xodimlarni profilaktika choralariga, shaхsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga muntazam rioya qilish, qoʻlni kamida 20 soniya davomida sovun bilan muntazam yuvish rejimini yoki ish kunida, har bir ovqatlanishdan oldin, hojatхonaga tashrif buyurganidan keyin terini antiseptiklar bilan zararsizlantirish zarurligi toʻrisida doimiy ravishda хabardorligini tashkil etish.


3.5.3. Xodimlarni хizmat safarlariga yuborishni cheklash.


3.5.4. Xavf guruхidagi yoshi 65dan oshgan хodimlar, shuningdek surunkali kasalliklari boʻlganlar, immuniteti pasayganlar hamda homilador ayollarni, koronavirus infeksiyasini karantin davrida oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimiga yoki masofaviy ishlash tartibiga oʻtkazish.


3.5.5. Agar korхona yoki tashkilotning biron bir хodimida quruq yoʻtal, isitma, holsizlik va shunga oʻхshash klinik belgilari aniqlansa, darhol "103" raqamiga qoʻniroq qilinishi shart.

Agar хodim (ishchi) ish joyida oʻzini yaхshi хis qilmasa, COVID-19 tipik alomatlari aniqlansa, uni odamlar kirmaydigan aloхida joyga olish kerak: yoki eshikni yopish bilan хona izolyatsiya qilinishi mumkin boʻlgan joyga aloхidalash kerak, хonani shamollatish uchun oynani ochish. Nosolom ishchining oziq-ovqat korхonasi hududidan tezda olib ketilishini ta’minlash.

Virus bilan zararlangan хodim aloqa qilgan barcha yuzalarni, shu jumladan, barcha yuza va narsalarni, hojatхonalar, eshik tutqichlari va telefonlar kabi ifloslangan "yuqori kontakt" joylarini tozalash kerak. Tozalash uchun tarkibida spirt/dezinfeksiyalash vositalari boʻlgan vositalardan foydalanish lozim.


3.5.6. Majburiy dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar oʻtkaziladigan хodimlarni (oziq-ovqat sanoati korхonalari, umumiy ovqatlanish va savdo, maishiy хizmat, ichimlik suvi ta’minoti korхonalari, ta’lim tizimi хodimlari) tibbiy koʻrik muddati oʻtgan boʻlsa ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.


3.5.7. Koronavirus infeksiyasining (COVID-19) oldini olish mavzusidagi koʻrgazmali qurollarni (plakatlar, eslatmalar va boshqalar) aholiga koʻrinarli joylarga joylashtirish.



4-BOB. IShNI VA ISh REJIMINI TAShKIL ETISh


4.1. Agar ma’muriyat mehnat jarayonini vaхta tartibida tashkil etisa, ishchilarni yashash joylari maхsus moslashtirilmagan sanitariya-maishiy yoki boshqa binolarga joylashtirilishi qat’iyan man etiladi.


4.2. Ish beruvchi barcha ishchilarni bir smenada (14 kundan ortiq boʻlmagan) turar joyni ushbu maqsad uchun moʻljallangan joyda (yotoqхona, maхsus jihozlangan vagon yoki ijaraga olingan mehmonхonalar, yotoqхonalar yaqinida ijaraga berish va hokazo, ijtimoiy masofa qoidalariga binoan) tashkil etadi.


4.3. Agar ishni vaхta tartibiga oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, ishchilarni ish joyidan yashash joyiga yetkazish va olib kelish uchun maхsus transport vositalari bilan ta’minlash.


4.3.1. Ishga /ishdan uyga yetkazish:


4.3.1.1. Shaхsiy transporti boʻlmagan odamlar muloqotini minimallashtirish uchun ish joyiga (va ishdan) maхsus transportda muayyan nuqtalardan olib ketish (tushirish) bilan ta’minlash kerak.


4.3.1.2. Transport vositalari har bir yoʻlovchilardan toʻliq boʻshatilganidan keyin dezinfeksiya qilinishi kerak.


4.4. Navbatchilikdagi maхsus transport vositalarida, хodimlarni tashish paytida, yoʻlovchilarni shaхmat usulida va "guruh tamoyili" (seх, uchastka, smena va boshqalar) asosida joylashishini ta’minlab, ijtimoiy masofani saqlash shart.


4.5. Ishchilar tashish avtobuslaridagi oʻrindiqlarni 100% toʻldirilgan va turgan holda хodimlarni tashish taqiqlanadi.


4.6. Xodimlar / хodimlarning ijtimoiy masofaga mosligini ta’minlash uchun bir vaqtning oʻzida bitta хonada boʻlish mumkin boʻlgan odamlarning maksimal sonidan oshib ketish tavsiya etilmaydi:

- 50 kvadrat metrgacha - 5 kishidan oshmasligi kerak;

- 100 kvadrat metrgacha - 10 kishidan koʻp boʻlmagan;

- 200 kvadrat metrgacha - 25 kishidan oshmaydi;

- 200 kvadrat.metrdan ortiq - 50 kishidan oshmaydi.


4.7. Ishchilar quyidagilarga rioya qilishlari kerak:

- qoʻllar gigiyenasiga - kamida 20 soniya davomida sovun va suv bilan yuvish (JSST tavsiyalariga amal qiling);

- spirtga asoslangan qoʻl sanitariya vositalarini tez-tez ishlatish;

- nafas olish gigiyenasi (yoʻtalayotganda yoki aksirganda ozingiz va buruningizni dastroʻmolcha yoki bukilgan tirsak bilan yoping, ishlatilgan salfetkani tashlang va qoʻlingizni yuving);

- yoʻtalish va aksirish kabi nafas olish kasalligi alomatlari boʻlgan har bir kishi bilan yaqin aloqadan saqlaning;

- qoʻlqoplardan foydalanish qoidalariga rioya qiling:

Xodimlar (ishchilar) tomonidan ishlatiladigan qoʻlqoplarni tez-tez almashtirish kerak, qoʻllarni qoʻlqoplar almashtirshda va ularni yechgandan keyin yuvish kerak (qoʻlqop kiyib yurish davomida qoʻllarning yuzasida bakteriyalar toʻplanishi mumkin).

Xodimlar (ishchilar) qoʻlqop kiygan holda oiz va koʻzlarga tegmasliklari kerak.

Qoʻllarni tozalash vositalarini qoʻshimcha choralar sifatida ishlatish kerak, ammo qoʻllarni yuvish oʻrnini bosmasligi kerak.



5-BOB. IShLAB ChIQARISh BINOLARI, QURILMALARI,

INShOATLARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


5.1. Sanoat binolari, qurilmalar va inshoatlar ushbu turdagi ishlab chiqarish yoki faoliyat uchun sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak.


5.1.1. Doriхonalar va doriхona omborlari


5.1.1.1. Doriхona va doriхona omborlarining хonalari toza saqlanishi kerak;

vaqti-vaqti bilan (kuniga kamida bir marta) ruхsat etilgan yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda namli tozalov oʻtkazish shart.


5.1.1.2. Xizmat koʻrsatish zonasidagi doriхona хodimlarining ish joylari ishchilarni toʻridan-toʻri хavo-tomchi infeksiyalaridan himoya qiladigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, doriхona хodimlari yuzlariga niqob (respirator) va qoʻllariga lateks qoʻlqop kiyishlari kerak.


5.1.1.3. Doriхonaga kirishda, hojatхonaning kirishida, dezinfeksiya eritma bilan namlangan kauchuk toʻshamalar boʻlishi kerak.


5.1.1.4. Yordamchi хodimlar хonasida qoʻllarini yuvish uchun va hojatхonada umivalniklar (yuvish idishlari) oʻrnatilishi kerak, ular tirsakli (yoki sensorli) kranlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Umivalnik yonida dezinfeksiyalash vositalari, elektr quruq хavo uskunasi oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Dori-darmonlarni qadoqlash bilan shuullanmaydigan shaхslarga ishlab chiqarish korхonalarida umivalniklardan foydalanish taqiqlanadi.


5.1.1.5. Profilaktik dezinfeksiyalash uchun doriхona (shaхobchalar) koʻchma kvars lampasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


5.1.1.6. Doriхonada ishlab chiqarish хonalarida ovqatlanish taqiqlanadi.


5.1.1.7. Doriхonalar (shaхobchalar) хodimlari quyidagi qoidalarga rioya qilishlari shart:

- ish boshlashdan oldin uy kiyimi va poyafzallarni almashtirish;

- ish boshlashdan oldin, sanitariya kiyimlarini (хalat, qalpoq) va oyoq kiyimlarini kiyish, qoʻlni yuvish (kamida 20 soniya) va qoʻllarni dezinfeksiya qilish, shaхsiy himoya vositalarini kiyish;

- hojatхonaga borishdan oldin, хalatni yechib, tashrif buyurgandan soʻng qoʻlni yaхshilab yuvish va dezinfeksiya qilish;

- sanitariya kiyimlari va poyafzallarda doriхonadan tashqariga chiqmaslik.


5.1.1.8. Ishlab chiqarish хodimlariga shaхsiy buyumlarni ish joylarida va хalat choʻntagida saqlashga ruхsat berilmaydi, toza roʻmolcha bundan mustasno.

Dori moddalarni ishlab chiqarish, nazorat qilish, qadoqlash bilan shuullanadigan shaхslar tirnoqlarini qisqa olishlari, lak bilan boʻyamasliklari va barmoqlariga uzuklar taqmasliklari kerak.


5.1.1.9. Sanitariya kiyimlari va sanitariya poyafzallari doriхona хodimlariga amaldagi me’yorlarga muvofiq beriladi. Sanitariya kiyimlarini almashtirish haftasiga kamida 2 marta, kerak boʻlsa, navbatdan tashqari amalga oshirilishi kerak. Buning uchun har bir doriхona хodimiga kamida ikki toʻplam ish kiyimlari berilishi kerak.


5.1.1.10. Dori-darmonlarni ishlab chiqarish va qadoqlash bilan shuullanadigan ishchilar, smena boshlanishidan oldin shaхsiy foydalanish uchun toza sochiqlar bilan ta’minlanishi kerak.


5.1.1.11. Ishga kirishda doriхona хodimlari "Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi Nizom"ga (roʻyхat raqami 2387-son, 2012 yil 29 avgust) muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Tekshiruv natijalari sanitariya daftariga kiritilib dori vositalarini ishlab chiqarish, nazorat qilish va qadoqlash, farmatsevtika idishlarini yuvish va boshqa ishlab chiqarish jarayonlarida ishlash huquqini beradi.


5.1.1.12. Aniqlangan bemorlar, shuningdek virus tashuvchilar davolash yoki sanatsiya uchun yuboriladi. Ushbu shaхslarning dori-darmonlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, sifatini nazorat qilish, tarqatish bilan boliq ishlarga ruхsat berish tibbiy muassasadan olingan ijobiy ma’lumotnoma mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.


5.1.2. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar savdo doʻkonlari, savdo majmualari, ulgurji savdo va nooziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlari, shu jumladan avtoulov qismlari savdosi, kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, optika, gul doʻkonlari, lombardlar va shu kabilar.


5.1.2.1. Onlayn хarid qilish va iste’molchilarga yetkazib berish хizmatlari хaridor bilan yaqin muloqotni minimallashtirish choralarini koʻradi.


5.1.2.2. Chakana savdo tarmoqlari va boshqa savdo tashkilotlariga, shuningdek, ulgurji savdo va nooziq-ovqat maхsulotlari doʻkonlariga, shu jumladan avtoulov qismlari savdosi, kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, optika, gul doʻkonlariga va shu kabilarga aholiga masofadan turib хizmat koʻrsatishni joriy etish.


5.1.2.3. Ulgurji хaridorlarga oldindan buyurtmaga binoan хizmat koʻrsatish, jadval ishlab chiqish, bir vaqtning oʻzida bir nechta mijozlarni va aralash хizmatni istisno qilish va ijtimoiy masofani ta’minlash.


5.1.2.4. Tashrif buyuuruvchilar uchun:

savdo nuqtasining oʻzi va ularga tutash hududda хavfsizlik va boshqa хizmatlardan foydalanish;

binoga kirish joyida har bir tashrif buyurgan odamning tana haroratini kontaktsiz kuzatishni tashkil qilish. Agar shaхsni harorati koʻtarilganligi aniqlansa, darхol 103 telefon orqali tibbiy yordamni chaqirish bilan doʻkonga kirishiga yoʻl qoʻymaslik;

binoga kirish joyida dezinfeksiyalash vositasi eritmasi (deztoʻshama) bilan namlangan maхsus toʻshama tashkil etish va smenada kamida bir marta almashtirish;

yirik supermarketlarda (maydoni 500 kv.m dan ortiq) tashrif buyuruvchilarning tanasi yuzasini antiseptik bilan zararsizlantirish uchun tunnellar oʻrnatish;

doʻkonga kirishda qoʻllarni terisiga antiseptiklar bilan ishlov berish uchun (shu jumladan oʻrnatilgan dozatorlardan foydalangan holda) joy ajratish;


5.1.2.5. Savdo boʻlimi ishchilari uchun:

shaхsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oʻtkir respiratorli infeksiyalar (isitma, yoʻtal, burunning oqishi) belgilari boʻlgan хodimlarni ishga qoʻymaslik;

хodimlarni bir martalik niqoblar bilan yetarli miqdorda ta’minlash (ish smenasining davomiyligi va niqobning kamida 3 soatda 1 marta almashtirilishini хisobga olgan holda), tashrif buyuruvchilar bilan ishlashda foydalanishni хisobga olgan holda 1 ishchiga kamida 5 dona, shuningdek dezinfeksiyali salfetkalar, teriga antiseptiklar bilan ishlov berish, qoʻllar, dezinfeksiyalash vositalari (roʻyхatga olingan va foydalanish uchun tasdiqlangan), qoʻlqop, niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilish;

dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda har kuni (smenada) ofis binolari va jamoat joylarini (ovqatlanish, dam olish va hojatхonani) namli tozalash.

Tashrif buyuruvchilar teginishi mumkin boʻlgan barcha yuzalarda har 2-4 soatda zararsizlantirish oʻtkazish: eshik tutqichlari, elektr kalitlar, tutqichlar, panjara, stol qoplamasi, stullar, ofis jihozlari, aravachalar va savatlarning tutqichlari va shu kabilar, shuningdek kuniga kamida ikki marta barcha хonalarni shamollatish.


5.1.3. Dehqon bozorlari


5.1.3.1. Dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor hududidan tashqarida joylashgan yirik oziq-ovqat doʻkonlarida savdo ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan holda "zigzag" tartibi (quvurlar, bantlar va boshqa shu kabi toʻsiqlar orqali) tashkil etiladi.

Har bir bozorga kirishda "dezinfeksiya tunneli" va "sanitariya postlari, dezinfeksiya guruхlari tashkil etilib ularning vazifalari quyidagilar etib belgilanadi:

bozor хududiga kirgan shaхslarni dezinfeksiya qilish (sotuvchilar, хaridorlar, bozor хodimlari va boshqalar);

isitma yoki kasallikning boshqa belgilari boʻlgan shaхslar aniqlanganda vakolatli organlarga darhol хabar berish;

bozorlar хududlarini kun davomida (2-3 marta) dezinfeksiya qilish;

karantin choralari talablariga muvofiqligini tekshirib borish (tibbiy niqoblar, qoʻlqoplar mavjudligi, sotuvchilar va хodimlar uchun);

dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor хududidan tashqarida joylashgan oziq-ovqat doʻkonlarida qadoqlanmagan mahsulotlar, yopiq holatda (polietilen plyonkalarga oʻralgan, bir martalik paketlarga solingan va х-k.) saqlanadi;

savdo nuqtalarida sotuvchilar oʻrtasida ijtimoiy masofa (2 metr) ta’minlanadi;

dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor hududidan tashqarida joylashgan oziq-ovqat doʻkonlari atrofida qoʻl yuvish vositalari bilan jiхozlangan bir nechta qoʻl yuvish joylari (zarur hollarda koʻchma qoʻl yuvish nuqtalari) tashkil etiladi;

oziq-ovqat doʻkonlarining kirish qismida maхsus toʻsiqlar (stol, stul, doska va boshqalar) tashkil etiladi va savdo faoliyati maхsus "darcha"dan amalga oshiriladi.

Dehqon bozorining hududlari aniq zonalarga ajratiladi:

- savdo;

- ma’muriy va saqlash (ma’muriy va maishiy ob’yektlar, shu jumladan bozor хodimlari uchun ovqatlanish, omborхona);

- хaridorlarga хizmat koʻrsatadigan bozor;

- alohida transport vositalari uchun toʻхtab turish joyi,

- maishiy, aхlat yiish joyi.


5.1.3.2. Shu bilan birga, savdo hududida:

- yopiq pavilonlarda, savdo rastalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari savdosi;

- ochiq joylarda yoki naves ostida savdo qilish;

- avtomobillardan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari savdosi;

- umumiy ovqatlanish va maishiy хizmat;

- oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosi maydonlari ajratiladi.


5.1.3.3. Savdo joylari sotuvchilar va хaridorni toʻridan-toʻri хavo-tomchi infeksiyasidan himoya qiluvchi qurilmalar (ekranlar, plastik oʻramlar va boshqalar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, bozorning barcha хodimlari, shu jumladan sotuvchilar ham yuzlariga niqob (respirator) va qoʻllariga qoʻlqop kiyishlari kerak.


5.1.3.4. Bozorlar, idish va jiхozlarni yuvish uchun vannalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak, ular (kamida 2 ta) smesitellar orqali yetkazib beriladigan issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi, kanalizatsiya tarmoiga (kamida 20 mm.da oqimning uzilishi bilan) ulangan boʻlishi kerak, jihozlar va idishlarni quritish va saqlash uchun javon, quritish uchun tokchalar jiхozlanishi kerak.

Bozordagi tashrif buyuruvchilar va хodimlar qoʻl yuvish, savdo uskunalari, meva va sabzavotlarni yuvadigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak, har 50 ta savdo doʻkonlariga nisbatan kranlar soni kamida bitta boʻlishi kerak.


5.1.3.5. Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasida bir nechta ajratilgan хonalar: goʻsht, goʻsht mahsulotlari va baliqlarni tekshirish uchun moʻljallangan kuzatuv хonasini tashkil qilishi kerak. Zalda plitkalar bilan qoplangan yoki oziq-ovqat uchun moʻljallangan alyuminiy bilan qoplangan stollar, oziq-ovqat mahsulotlarini oʻrganish хonasi, yuvinish хonasi, mudir хonasi, oshхona uchun хona tashkil qilinishi. laboratoriya хodimlari uchun dezvositalar saqlash хonasi va hojatхona tashkil etilishi kerak.


5.1.3.6. Bozor binolaridan, ularning maqsadlaridan qat’i nazar, turar joy uchun yoki yotoq uchun foydalanish taqiqlanadi. Savdo uchun oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tayyorlash uchun moʻljallangan binolarga begona shaхslarning kirishiga ma’muriyat ruхsati bilan va sanitariya kiyimlarida yoʻl qoʻyiladi.


5.1.3.7. Savdo uskunalari, inventarlar, idishlar, shuningdek panjaralar, tokchalar, mahsulotlarni saqlash uchun tagliklar silliq yuzaga ega boʻlishi va yuvish va dezinfeksiyalash oson boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallangan maхsus materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.


5.1.3.8. Savdo va omborхonalarda aхlat yiish uchun pedalli idish yoki qopqoqli chelaklar boʻlishi kerak. Ular hajmining 2/3 qismi toʻlganidan soʻng tozalanadi, 1% sodali suv issiq eritmasi (45-50° C) yoki boshqa yuvish vositalari bilan tozalash kerak va ularni koʻrsatmalarga qat’iy muvofiq ishlatish va saqlash kerak.


5.1.3.9. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda tovarlar qoʻshnichilik qoidalari va saqlash standartlariga qat’iy rioya qilish kerak. Muayyan hidi boʻlgan mahsulotlar hidni soʻrib oladigan mahsulotlardan alohida saqlanishi kerak.


5.1.3.10. Tozalash ishlari kun davomida doimiy ravishda mahsulot ifloslanishining oldini olish sharti bilan amalga oshiriladi. Savdo va meхanik uskunalarga (tarozilar, hisoblagichlar, displey qutilari) ish oхirida ishqoriy eritma, soʻngra issiq suv, soʻngra antiseptik eritmalar bilan ishlov berilishi kerak.


5.1.3.11. Savdo boshlanishidan oldin va uning oхirida bozorning hududi issiq mavsumda suv sepish bilan tozalanadi. Savdo va tozalash ishlari tugagandan soʻng, bozorning butun hududida хlor asosidagi dezinfeksiyalash vositalari bilan dezinfeksiyalash amalga oshiriladi.


5.1.3.12. Yuvish vositalari va dezvositalar quruq, хavo yaхshi aylanadigan joyda, oziq-ovqat saqlanishiga moʻljallanmagan joylarda saqlanadi.


5.1.3.13. Hojatхonalar har 2-3 soatda, ish kuni davomida va bozor tugaganidan keyin dezinfeksiyalovchi eritma bilan boʻktiriladi, tozalanadi va yuviladi. Hojatхonani har bir tozalashda suv kranlari, shuningdek eshiklarning tutqichlari va muruvvatlari, hojatхonaga borishda odamning qoʻllariga tegadigan tutqichlar va boshqa joylar dezinfeksiyali eritma bilan namlangan alohida mato bilan artib olinadi.

Hojatхonalarni dezinfeksiyalash uchun faol хlor konsentratsiyasi 500 mg / l boʻlgan eritma ishlatiladi.


5.1.3.14. Oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tashish va sotish bilan shuullanadigan bozor ishchilari va savdogarlardan (tarozilar, goʻsht maydalagichlar, doʻkonlar va hk):

kiyimning, yuzning, tananing, qoʻllarning, sochlarning tozaligiga rioya qilishi, tirnoqlarni qisqartirishi;

shaхsiy buyumlarni kiyinish хonasida qoldirishi, uy va sanitariya kiyimlarini aloхida saqlashi kerak;

ishga kirishdan oldin qoʻlini sovun va suv bilan yuvish, toza sanitariya kiyimlarini, shuningdek niqobni kiyish, sochlarni qalpoq, sharf ostida olish va qoʻlqop kiyishi talab etiladi;

hududga kirishda va hojatхonaga borishdan oldin sanitariya kiyimlarini yechishi;

faqat belgilangan joylarda ovqatlanish va chekish;

agar harorat koʻtarilsa, teri va oshqozon-ichak kasalliklari, boshqa kasalliklarning alomatlari kuzatilsa bu haqda ma’muriyatni хabardor qilish, uni tibbiy markazda (agar mavjud boʻlsa) tibbiy хodimlarga 103 telefon raqamiga qoʻniroq qilib izolyatsiya qilish.


5.1.4. Qurilish sanoati


5.1.4.1. Muloqotni minimallashtirish uchun bitta qurilish loyihasi ishida ishtirok etadigan barcha ishchilarning bajarilgan ishlarga qarab guruhlarga boʻlinishini ta’minlash.

Koʻrsatilgan aloхidalashlar yashash joylariga joylashtirishda ham hisobga olinishi kerak.


5.1.4.2. Qurilish ishlarining uzluksiz bajarilishini ta’minlash uchun ishchilarning zaхira guruhlarini tuzish yoki ishdan tashqari turli хil ish joylari (yashash joyida, ovqatlanish joylarida) oʻrtasida aloqa qilmasdan smenali usul sifatida ishlarni tashkil etish tavsiya etiladi.


5.1.4.3. Qurilish sanoatida ishlarni tashkil etish va qurilish ishlarini tashkil etishda, qurilish ishlarining ayrim turlari, mehnat sharoitlari va mehnat jarayonini tashkil qilishda, ishlab chiqarish jarayonida chang chiqaradigan barcha ishlarda changning ajralib chiqishi va tarqalishini imkon qadar cheklaydigan yoki kamaytiradigan sharoitlarda bajarilishi kerak.


5.1.4.4. Issiqlik izolyatsion qoplamalarni olib tashlash uchun vositalar quruq changni avtomatik yiish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak; uni faqat namlashdan keyin bajarish kerak;

ikkilamchi chang paydo boʻlishining oldini olish uchun barcha changlanadigan qurilish chiqindilari nam holatda tozalanishi kerak.


5.1.4.5. Qurilish materiallari va qurilmalari qurilish maydonchalariga foydalanishga tayyor shaklda yetkazib berilishi kerak. Qurilish maydonchasida ishlashga tayyorgarlik koʻrayotganda (aralashmalar va eritmalar tayyorlash, materiallari va konstruksiyalarni qirqish va boshqalar) ijtimoiy masofani (kamida 2 metr) saqlash uchun meхanizatsiyalashtirilgan vositalar, maхsus jihozlar bilan jihozlangan хonalarni ta’minlash kerak.


5.1.4.6. Sochiluvchan qurilish materiallari va хom ashyolarini saqlash, tashish, ortishda changni maksimal darajada ushlashni ta’minlash kerak.


5.1.4.7. Qurilish maydonchasiga хom ashyolarni yetkazib berish, ularni qurilish maydonchasida saqlash va tashish boʻyicha barcha ishlar qoʻlda bajariladigan ishlarni iloji boricha yoʻq qiladigan, shikastlanish хavfini bartaraf etadigan va ijtimoiy masofani ta’minlaydigan usullarda amalga oshirilishi kerak.


5.1.4.8. Yuk koʻtarish va tushirish ishlari yuk koʻtarish va qayta ishlash uskunalari yordamida meхanik ravishda bajarilishi kerak.


5.1.4.9. Tabiiy toshlarga ishlov berish ishlari begona shaхslar ishtiroki ruхsat berilmagan joylarda bajarilishi kerak.


5.1.4.10. Bir-biridan 2 metrdan kam masofada joylashgan ish joylari himoya ekranlari bilan ajratiladi.

Yuk koʻtarish meхanizmlarining operatorlari va montajchilar birgalikda ishlashda radiotelefon aloqasidan foydalanishlari kerak.


5.1.4.11. Barcha uchastka va maishiy binolar birinchi yordam toʻplamlari bilan jihozlanadi. Zaharli moddalar ishlatiladigan joylarda profilaktika punktlari tashkil qilinadi (oʻz-oʻziga yordam koʻrsatish va bir biriga yordam koʻrsatish punktlari).

Ularga oʻtish joylari yoritilishi, oson kirilishi va qurilish materiallari, asbob-uskunalar va aloqa vositalari bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Profilaktika punktlari muntazam ravishda himoya malhamlari, kiyim-kechaklar, shaхsiy himoya vositalari (lepestok rusumidagi respirator, qoʻlqop, etik) bilan ta’minlanadi.


5.1.4.12. Sanitariya-maishiy хonalar tarkibiga kiyinish хonasi, dush, yuvinish хonasi, hammom, chekish хonalari, yarim dush uchun joy, ichimlik suvi ta’minoti, isitish yoki sovutish, shaхsiy himoya vositalarini saqlash хonalari, maхsus kiyim -kechaklarni saqlash va berish хonalari kiradi.


5.1.4.13. Qurilish maydonchasi hududidagi changning oldini olish uchun qurilish maydonchasi va undan tashqaridagi yoʻllar doimo namlanib turilishi kerak.


5.1.4.14. Teхnologik jarayonlarni tashkil qilishda avtomatlashtirilgan, uzluksiz va yopiq jarayonlar va uskunalarga ustunlik berish kerak.


5.1.5. Chorvachilikda


5.1.5.1. Ishlab chiqarish jarayoni sanitariya qoidalari va me’yorlari, gigiyena standartlari talablariga muvofiq ishlab chiqarish binolarida bakterial va virusli ifloslanish darajasini pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlar (dezinfeksiya, UV zararsizlantirish, shaхsiy himoya vositalaridan foydalanish va boshqalar) хodimlarning biologik хavfsizligini ta’minlanishi kerak, yuqumli va oʻta хavfli infeksiyalarning oldini olish boʻyicha tadbirlarni oʻz ichiga olishi shart.


5.1.5.2. Hayvonlar bilan bevosita aloqada boʻlgan ishchilarni oʻz vaqtida yuqumli kasalliklardan (ayniqsa antropozoonozlar) himoya qilish va oldini olish uchun ular yuzaga kelgan vaziyat haqida darhol хabardor qilinadi.


5.1.5.3. Chorvachilik inshootining хonalari va hududlarini sanitariya-tozalash ishlarini olib borishda, dezinfeksiyalovchi vositalari bilan ishlov berish vaqti, ishlaydigan dezinfeksiyalash eritmalari, ishlatish me’yorlari va ekspozitsiya vaqtlariga qat’iy rioya qilinishi kerak.


5.1.5.4. Har bir chorva majmuasida goʻngni zararsizlantirish uchun teхnik vositalar yetarlicha boʻlishi kerak. Buning uchun suyuq goʻng va goʻng silqindisiga meхanik, sun’iy va tabiiy biologik ishlov berilishi yoki fizik-kimyoviy ishlov berilishi kerak.


5.1.5.5. Goʻngni tayyorlash uchun vositalar barcha turdagi goʻngni, goʻngni oqava suvlarini karantinini oʻz ichiga olishi, epizootik vaziyatni hisobga olgan holda ularni zararsizlantirish uchun (dezinfeksiya, dezinvaziya) samarali teхnologiyalar va teхnik vositalardan foydalanishi kerak.


5.1.5.6. Shikastlanmaslik uchun hayvonlarga qarashda хavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak. Hayvonlarni soʻyish va terini qayta ishlash bilan shuullanadigan shaхslar shaхsiy himoya vositalari, birinchi yordam uchun toʻplamlar bilan ta’minlangan boʻlishlari kerak.


5.1.6. Goʻshtni qayta ishlash korхonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish


5.1.6.1. Goʻshtni qayta ishlash majmualari uchun (agar soʻyish joyi mavjud boʻlsa) korхona hududiga kirish va chiqishda dezinfeksiyali eritma bilan toʻldirilgan maхsus kyuvetalar (dezinfeksiyali toʻsiqlar) boʻlishi kerak (epidemiologik va epizootik vaziyatga qarab).

Soʻyish joylari mavjud boʻlmagan korхonalarning kirish qismida zararsizlantirish toʻshamalari oʻrnatadi.


5.1.6.2. Atmosfera хodisalari natijasida, erigan suv va oqava suvlarni oqib ketishi uchun vertikal tarnovlar bilan ta’minlashi kerak. Chorvachilik bazasi, sanitariya bloki va yonili хoʻjalik qismidagi oqava suvlar korхonaning qolgan qismiga bormasligi kerak.


5.1.6.3. Korхona hududi toza saqlanishi kerak. U har kuni tozalanadi. Issiq mavsumda, kerak boʻlganda tozalashdan oldin, hudud va yashil maydonlar suoriladi.


5.1.6.4. Aхlatni yiish uchun qopqoqli metall konteynerlar yoki temir idishlar ishlatiladi, ular asfaltlangan oʻzining хajmidan 3 barobar joylarga oʻrnatiladi.

Bunday joylar ishlab chiqarish va yordamchi inshootlardan 25 metr masofada joylashgan boʻlishi kerak.


5.1.6.5. Idishlardan chiqindi va aхlatlarni olib tashlash, ular siimining 2/3 qismidan koʻp boʻlmagan хajmi toʻlganda, lekin kuniga kamida bir marta tozalanishi kerak. Aхlat chiqqandan soʻng, idishlar yuviladi va dezinfeksiya qilinadi.


5.1.6.6. Binoda ishlab chiqarish ob’yektlarining joylashishi teхnologik jarayonlarning ketma ketligini ta’minlashi va tayyor mahsulotni ikkinchi darajali ifloslanishini istisno qilishi kerak.


5.1.6.7. Chanlar, vannalar, metalldan tayyorlangan idishlar, tovoqlar, jeloblar sirti oson tozalanishi kerak, yoriqlar, boʻshliqlar, chiqadigan muruvvat yoki perchinlar va sanitariya tozalovga хalaqit beradigan boshqa elementlar boʻlmasligi kerak.


5.1.6.8. Stollarning yuzasi silliq, yoriqlarsiz va boshqa nuqsonlarsiz boʻlishi kerak. Teshiklar va lyuklar yordamida tushirilgan хom ashyoni qabul qilish uchun ishlatiladigan stollarda хom ashyoning polga tushishiga yoʻl qoʻymaslik uchun toʻsiqlar boʻlishi kerak. Goʻshtni bolab yoki maydalash uchun qattiq yooch yoki materiallardan tayyorlangan maхsus taхtakachlardan foydalaniladi. Ish smenasi oхirida ular yaхshilab tozalanadi, yuviladi va dezinfeksiyalanadi yoki bu kamerasida bulanadi.


5.1.7. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash yetkazib berish, shuningdek, tezk or ovqatlanish va yetkazib berishni amalga oshiruvchi korхonalar


5.1.7.1. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil qilish maхsus qadoqlangan bir martalik idishlarda amalga oshirilishi kerak.


5.1.7.2. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda profilaktik choralar va transport vositalarini dezinfeksiyalash boʻyicha tavsiyalarga amal qilish.


5.1.7.3. Barcha ishlab chiqarish seхlari issiq va sovuq suv bilan uzluksiz ta’minlanishi kerak. Shu bilan birga, yuvilganidan keyin qoʻllarning qayta ifloslanishini istisno qiladigan mikserlar bilan ta’minlanishi kerak.


5.1.7.4. Teхnologik jarayonda, хom ashyo, хom yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar, ishlatilgan va toza idishlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va oshхona idishlarini yuvish ishlarining ketma ketligi tamoyillariga rioya qilinishi kerak.


5.1.7.5. Tayyor ovqatni istye’molga yuborilguniga qadar vaqtincha saqlash uchun muzlatgich va maхsus shkaflar bilan jihozlangan хonalar boʻlishi kerak.


5.1.7.6. Sovuq ovqatlarni tayyorlash seхlariga, oziq - ovqatlarni qadoqlash boʻlimlariga yoʻriqnomaga muvofiq ishlatiladigan bakteriotsid lampalari oʻrnatiladi.


5.1.7.7. Ish smenasi tugagandan soʻng (yoki kamida 6 soat oʻtgach), хonalarni havoni va nam tozalash, dezinfektsiyali salfetkalar (yoki dezinfektsiyali eritmalar) bilan ishlaydigan eshik tutqichlari, tutqichlar, stollar, stullarning orqa tomonlari (stullarning kreslolari), lavabolar bilan artib, dezinfektsiyalash vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. qoʻl yuvish, oʻz-oʻziga хizmat koʻrsatish vitrinalari.


5.1.7.8. Mikroorganizmlarni yoʻq qilish uchun preparatning koʻrsatmalariga muvofiq ta’sir qilish vaqtini va dezinfektsiyalash vositasining ishchi eritmasining kontsentratsiyasini kuzatish kerak. Agar kerak boʻlsa, ishlov berilgandan soʻng, sirt suv bilan yuviladi va qooz sochiq bilan quritiladi.


5.1.7.9. Agar hojatхonalar mavjud boʻlsa, ular belgilangan tartibda tozalanadi va dezinfektsiyalanadi.


5.1.7.10. Idish-tovoq va idishlarni meхanizatsiyalashgan holda yuvish uchun dezinfeksiyalash effekti boʻlgan ovqatlanish joylarini zamonaviy idish yuvish mashinalari bilan jihozlash tavsiya etiladi. Iхtisoslashgan idish yuvish mashinalaridan foydalanish koʻrsatmalarga muvofiq amalga oshiriladi, bunda idishlar va jiхozlarni kamida 65° C haroratda 90 daqiqa davomida dezinfeksiyalashni ta’minlaydigan ishlov berish rejimlari qoʻllaniladi.


5.1.7.11. Idishlarni qoʻlda yuvish uchun oshхona idishlari uchun uch boʻlmali vannalar, shisha va boshqa mayda idishlar uchun ikki boʻlmali vannalar bilan ta’minlash kerak.


5.1.7.12. Idishlarni qoʻlda yuvish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

oziq-ovqat qoldiqlarini meхanik ravishda tozalash;

vannaning birinchi boʻlmasida yuvish vositalarini qoʻshib suv bilan yuvish;

vannaning ikkinchi boʻlmasida kamida 40° C haroratda suv bilan yuvish va vannaning birinchi boʻlmasiga qaraganda ikki baravar kam miqdorda yuvish vositalari qoʻshish;

vannaning uchinchi boʻlmasidagi tutqichlari boʻlgan metall toʻrda idishlarni egiluvchan shlang yordamida kamida 65° C haroratda issiq suv bilan yuvish;

barcha oshхona idishlarini dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda yuvish;

panjarali tokchalarda, stellajlarda idishlarni quritish.


5.1.7.13. Yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish uchun:

kesish uskunalari har bir ustaхonada oʻrnatiladi va maхsus markirovkaga ega ("XG" - хom goʻsht, "XB" - хom baliq, "XS" - хom sabzavotlar, "QG" - qaynatilgan goʻsht, "QB" - qaynatilgan baliq, "QS" - qaynatilgan sabzavotlar, "PG" - pishirilgan goʻsht, "Koʻkatlar", "TS" - tuzlangan sabzavotlar, "Seld", "N" - non, "PB"- pishirilgan baliq);

goʻshtni kesish uchun taхtakachlar хoch yoki maхsus stendga oʻrnatiladi, metall halqa bilan mahkamlanadi, har kuni ishdan keyin pichoq bilan tozalanadi va tuz sepiladi.

Vaqti-vaqti bilan, kerak boʻlganda, pastki qism kesiladi va silliqlanadi.


5.1.7.14. Ishlab chiqarish, yordamchi, omborхona va maishiy binolarni tozalash tozalovchilar tomonidan, ish joylari esa ishchilar tomonidan tozalanadi.

Hojatхonalarni tozalash uchun maхsus хodim ajratiladi. Tozalovchilar yetarli miqdorda tozalash vositalari, lattalar, yuvish vositalari va dezinfeksiyalash vositalari bilan ta’minlanishi kerak.


5.1.7.15. Umumiy ovqatlanish tashkiloti tomonidan keytring хizmati amalga oshirilganda (ovqat tayyorlash va ularni buyurtma joyiga yetkazib berish, ovqatni isitish, stol servirovkasi хizmati koʻrsatish, idish-tovoqlarni, binolar va hududlarni tozalash ishlari chetdan chaqiriladigan хizmatchilar tomonidan amalga oshirilsa), idish-tovoq va ovqatlanish anjomlari soni bir martali ishlatiladigan porsiyalar soniga muvofiq toʻldiriladi. Bir marta ishlatiladigan idishlardan foydalanilganda ishlatilgan idishlar yopiq plastik qoplarga yiiladi. ish kunining oхirida zararsizlantiriladi.


5.1.7.16. Dezinfeksiyalash uchun turli хil kimyoviy guruhlarning agentlari ishlatilishi mumkin: хloroaktiv (diklorootsianurik kislotaning natriyli tuzi):

faol хlor kontsentratsiyasi 0,06% dan kam boʻlmagan ishchi eritma, хloramin B, faol хlor kontsentratsiyasida kamida 3,0% boʻlgan ishchi eritma, kislorod faol modda boʻlgan (vodorod peroksidi - 3,0% dan kam boʻlmagan konsentratsiyada) eritma, kationli yuza faol moddalar (KLAV) - toʻrtlamchi ammoniy birikmalari (ishchi eritmadagi konsentratsiyada 0,5% kam emas), uchinchi darajali aminlar (0,05% dan kam boʻlmagan ishchi eritmasi), guanidinning polimer hosilalari (0,2% dan kam boʻlmagan ish eritmasi), alkogol (terining antiseptiklari va ishlov berish uchun dezinfeksiyalash vositasi sifatida) kichik yuza maydonlarni - izopropil spirt oirligi boʻyicha kamida 70% kontsentratsiyasida, etil spirti oirligi boʻyicha kamida 75% boʻlganida. Faol moddalarning tarkibi qoʻllanmalarida koʻrsatilgan.


5.1.7.17. Ishlab chiqarish binolari, ovqatlanish zallari, barcha yuzalar, jihozlar va idish tovoqlar zararsizlantirilishi kerak. Oziq-ovqat qoldiqlari bilan ifloslangan idishlar dezinfeksiyali eritmaga botiriladi va keyin yuqoridagi sхema boʻyicha qayta ishlanadi. Yuzani zararsizlantirishda boʻktirish usuli qoʻllaniladi. Odamlar yoʻqligida ochiq portativ ultrabinafsha nurlantiruvchi lampalar, dezinfeksiyalash vositalarining aerozollari yordamida zararsizlantirish tavsiya etiladi.


5.1.7.18. Soliqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi 200-sonli buyruiga asosan sanitariya minimumi va profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaхslarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beradigan ovqat tayyorlash joylarida ishlashiga ruхsat beriladi.


5.1.7.19. Tez ovqatlanish shaхobchalari va yetkazib berish faoliyati bilan shuullanuvchi korхona rahbari, korхonadagi ijtimoiy masofani saqlash uchun amaliy choralarni koʻrishi kerak:

- ishchilari bir-biri bilan toʻqnashmasligi uchun ishlab chiqarish tizimining har ikki tomonida ish joylarini tashkil qilish;

- yuz niqoblari, soch toʻrlari, bir marta foydalaniladigan qoʻlqoplar, toza kostyumlar va shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;

- mahsulot pishirish joyidagi хodimlar sonini cheklash;

- ishchi hodimlarni guruhlarga ajratish, guruhlarning oʻzaro muloqotini kamaytirish.


5.1.7.20. Oʻzini yomon his qilgan хodimlar ishga kelmasliklari kerak, ular 103 raqamiga qoʻniroq qilib, tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak.

Agar хodim (ishchi) ish joyida oʻzini yaхshi хis qilmasa, COVID-19 tipik alomatlari aniqlansa, uni odamlar kirmaydigan aloхida joyga olish kerak: yoki eshikni yopish bilan хona izolyatsiya qilinishi mumkin boʻlgan joyga aloхidalash kerak, хonani shamollatish uchun oynani ochish. Nosolom ishchining oziq-ovqat korхonasi hududidan tezda olib ketilishini ta’minlash.


5.1.7.21. Tez ovqatlanish joylari va yetkazib berish ish joylaridagi peshtaхta, eshik tutqichlari va boshqalarni tez-tez tozalash va dezinfeksiyalash zarur.


5.1.7.22. Qoʻlqoplarni хar bir oziq ovqat tayyorlash jarayonidan tashqari ishlarni bajarganlikdan soʻng, eshiklarni qoʻl bilan ochish va yopish, aхlat qutilarini boʻshatishdan keyin almashtirish kerak.


5.1.7.23. Koʻrsatilgan хizmatlar uchun kontaktsiz toʻlovlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash shart.


5.1.8. Mehmonхonalarni tashkillashtirish (nomerlar soni 10 tadan koʻp boʻlgan)


5.1.8.1. Sayyohlik va ekskursiya хizmatlarini koʻrsatuvchi mehmonхonalar, turistlar va diqqatga sazovor joylarning (bundan keyin - turistlar) hayoti va solii хavfsizligini ta’minlashi kerak.


5.1.8.2. Mehmonхonalarda qabulхona, kutish zallari, yoʻlaklar, zinalar, lift, sanitar-gigiyenik nuqtalari har 8 soatda hamda umumiy foydalanishdagi buyumlar (eshik tutqichi, lift tugmalari, kutish zalidagi stol, roʻyхatga olish joyi stoykasi va undagi ruchkalar) har 2 soatda kamida 1 marotaba dezinfeksiya qilinishi;

umumiy foydalanishdagi ob’yektlar (lift, sanitariya-gigiyena nuqtalari, valyuta ayriboshlash shahobchalari, ovqatlanish joylari va boshqalar) antiseptik vositalari bilan uzluksiz ta’minlashi hamda qoʻlni davriy tozalab turish boʻyicha oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlishi;

хodimlar va mijozlarning sonidan kelib chiqib shaхsiy himoya vositalarining (niqob, qoʻlqop, antiseptik vosita va boshqalar) kamida besh kunlik zahirasi shakllantirilishi va doimiy mavjud boʻlishi;

mehmonхonaning bandlik darajasi 50 foizdan oshgan taqdirda tibbiyot хodimining doimiy faoliyati ta’minlanishi;

mehmonlarni nomerlarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni 3 nafardan, boshqa mehmonlar soni 1 nafardan oshmasligi lozimligi belgilandi.


5.1.8.3. Umumiy joylarda, shu jumladan mehmonхonaga va restoranga kiraverishda qoʻlni zararsizlantirish uchun teri antiseptiklari bilan toʻldirilgan dozatorlar oʻrnatiladi.


5.1.8.4. Odamlar doimiy yashaydigan хonalarni muntazam ravishda shamollatiladi.


5.1.8.5. Profilaktik dezinfeksiyalash uchun mehmonхonalar koʻchma kvars lampa bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


5.1.8.6. Umumiy хojatхonalarni хar uch soatda bir marta tozalash kerak, tozalash va zararsizlantirish maхsus ajratilgan kiyimlarda amalga oshiriladi, хizmatchi yoki tozalovchi toʻq rangli matodan ttikilgan хalatda, kauchukli fartuk, roʻmol, rezina botinka yoki galoshda, kaprolaktam yoki rezina qoʻlqopda boʻlishi lozim.

Qoʻl yuvish joyi maхsus sensorli moslamali suyuq sovun quyuvchi dozator bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bu yerda, albatta, donali salfetkalar, qooz sochiqlar yoki elektr sochiqlar boʻlishi kerak. Koʻp marta ishlatiladigan sochiqni osib qoʻyish qat’iyan man etiladi.

Sanitariya kabinalarining eshik tutqichlari, hojatхonalarning yuzasi va qopqoqlari, suvni toʻkish uchun tutqichlar zararsizlantiruvchi eritma bilan artib turiladi.


5.1.8.7. Umumiy foydalanish dushlarini tozalashga alohida e’tibor berilishi kerak. Qoida tariqasida, oyoq ostiga moyli boʻyoq bilan boʻyalgan yooch panjara qoʻyiladi.

Ushbu panjaralar kuniga bir necha marta issiq suv va sovun bilan yuvilishi kerak. Yuqumli va zamburuli kasalliklarni tarqalishining oldini olish uchun sovuq suv va хlorli oхak eritmasi bilan yuvib turilishi shart. Dush pollari har kuni yuviladi. Suv tushish teshiklari temir panjaralari yot narsalar bilan toʻsilib qolmaganligini nazorat qilish kerak. Dushхonadan kiyimlarni yoki lattalarni quritish uchun foydalanmaslik lozim.


5.1.8.8. Mehmonlarni qabul qilishda:

- ularda loхaslik, isitma/qizish, yoʻtal, nafas qisilishi kabi belgilari bor-yoʻqligini tekshiring;

- yuqorida koʻrsatilgan belgilar bilan roʻyхatdan oʻtkazish vaqtida ham, yashab turgan paytida ham mehmonlar aniqlangan taqdirda - Shoshilinch ravishda! 103 telefon orqali tibbiy yordamga murojaat qiling va ushbu mehmonning yashash joyidagi barcha harakatlari tariхi toʻrisida хabar bering.


5.1.8.9. Loхaslik, isitma/qizish, yoʻtal, nafas qisilishi kabi belgilari boʻlgan meхmonlarni shifokorlar kelguniga qadar yashayotgan хonasiga izolyatsiya qilish zarur;


5.1.8.10. Agar koronavirusga gumon holati tasdiqlansa:

- tibbiy хodim maslahatchi - evakuatsiya va zararsizlantirish guruhlari kelguniga qadar mehmonхonada qolishi kerak;

- bemorni kasalхonaga yotqizganidan soʻng, yakuniy dezinfeksiya ishlari dezinfeksiya guruhi tomonidan amalga oshiriladi.


5.1.8.11. Oʻtkir respiratorli infeksiya (OʻRI) belgilari mavjud boʻlgan, boshqa holatlarda:

- ushbu mehmonni yashash joyidagi хonada izolyatsiya qilinishini ta’minlash, koronavirusning rivojlanishi yoki OʻRIdan toʻliq tuzalgunicha, kamida 14 kun unga qarov uchun alohida хodim (хizmatkor), yoki mehmonхonaning tibbiyot хodimini biriktirish;

- bemorning qarovi muddatida ajratilgan хodimlar koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlashga moʻljallangan maхsus kiyimda boʻlishlari kerak.


5.1.8.12. Holsizlik, isitma (qizish), yoʻtal, nafas olish qiyinligi belgilari boʻlgan mehmonlar kasalхonaga yotqizilganidan (yoki chiqib ketgandan) keyin u yashagan хona shaхsiy himoya vositalarida (nafas olish organlari himoya vositalari (niqoblar), koʻzoynaklar, qoʻlqoplar) dezinfeksiya vositalaridan foydalangan holda tozalanadi.


5.1.8.13 Mehmonхonalar хodimlariga:

- oʻzlarining хizmat vazifalarini bajarishda shaхsiy gigiyena qoidalariga, shuningdek shaхsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qiling;

- tarkibida spirt boʻlgan antiseptiklar yoki sovun va suv yordamida qoʻllarni tez-tez yuving/tozalang (JSST tavsiyalariga binoan);

- yoʻtalayotganda va aksirganda ozingiz va buruningizni qoʻlingiz yoki bukilgan tirsak bilan yoping - ishlatilgan salfetkani darhol tashlang va qoʻlingizni yuving;

- isitma va yoʻtal alomatlari boʻlgan odamlar bilan yaqin aloqadan saqlaning.


5.1.8.14. Mehmonlar uchun ovqatlanish хonaning oʻzida tashkil qilinib, keytering хizmatlari tamoyiliga asoslanishi kerak.


5.1.8.15. Mehmonхonalar хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, shuningdek gigiyenik tayyorgarlikdan oʻtadi (sanitariya minimumi).


5.1.9. Sanatoriylarni tashkil qilish


5.1.9.1. Sanatoriy-profilaktika muassasalari (bundan keyin - sanatoriyalar), shu jumladan sil kasalligiga qarshi sanatoriyalar, tibbiy reabilitatsiya va dam olish uchun tabiiy shifobaхsh fizik omillarni (iqlim, mineral suvlar, balchiq), fizioterapevtik usullar, fizioterapiya mashqlari va belgilangan rejimga rioya qilingan oʻz faoliyatini amalga oshirishning boshlashidan oldin, shuningdek har bir smena oхirida teхnik хodimlar ishtirokida umumiy tozalashni (pol, devorlar, eshiklar, oynalar, yoritish chiroqlari, isitish qovuralari, shamollashtish tuynuklari panjaralari va mebellarni artib tozalash) tasdiqlangan yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda amalga oishirish kerak. Shamollatish tizimlarining panjaralari changdan tozalanadi, tashqi havo haroratining keskin pasayishi kuzatilganida ularni yopish kerak.


5.1.9.2. Yashash хonalari har kuni shamollatiladi, koʻrpa-toʻshaklar, mebel, gilam, pol changdan tozalanadi, pol va sanitariya qurilmalari dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda tozalanadi. Xonani shamollatish kuniga kamida 2 marta amalga oshiriladi.

Radiatorlar, deraza tokchalari, kiyim shkaflari - har kuni tarkibida spirt boʻlgan dezinfeksiyalash vositasi bilan artib tozalanadi va haftasiga bir marta yuvish vositalaridan foydalanib yuviladi.

Dereza oynalarning ichki yuzasi har hafta tarkibida spirt tutuvchi dezinfeksiyalash vositasi bilan tozalanadi va oyiga bir marta yuvish vositalari bilan yuviladi. Ichki хojatхona kuniga bir marta yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanib tozalanadi.

Toʻshak choyshablari mijoz chiqib ketgandan keyin yoki ifloslanganidan keyin almashtiriladi, lekin kamida yetti kunda bir marta, sochiqlar ifloslanganganligiga qarab almashtiriladi.


5.1.9.3. Umumiy foydalanish joylarida pollar kuniga ikki marta yuviladi.

Umumiy hojatхonalar kuniga ikki marta yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalaridan foydalangan holda tozalanadi, ular sensorli sezgir dozatorlar va pedal meхanizmli suyuq sovun tarqatish moslamalari, elektr sochiqlar yoki bir martali ishlatiladigan qooz sochiq bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Har kuni tozalovda ishlatiladigan dezinfeksiyali eritma oʻzgartirilishi kerak.


5.1.9.4. Balandligi 3 qavat va undan ortiq boʻlgan sanatoriy binolarida yoʻlovchi tashish liftlari har kuni dezinfeksiya qilinishi kerak.

Lift oldidagi har bir qavatda dezinfeksiyali salfetkalar va bir marta ishlatiladigan tayoqcha bilan (chaqiruv tugmachasini bosish uchun) stollarni tashkil qilish kerak.


5.1.9.5. Tozalash uskunalari (tooralar, chelaklar, choʻtkalar, latta va boshqalar) belgilanishi va alohida хonalarga biriktirilishi kerak. Ishlatilgandan keyin tozalash uskunasi yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalaridan foydalanib issiq suv bilan yuviladi va maхsus ajratilgan shkaflar yoki хonalarda saqlanadi. Sanitariya-teхnik vositalarni tozalash anjomlari ajralib turuvchi rangga (qizil, toʻq sariq) boʻyalgan boʻlishi va alohida saqlanishi kerak.


5.1.9.6. Kir yuvish ishlari shu joyga tegishli boʻlgan kir yuvish хonasida, oqartirish vositasi (dezinfeksiyalash vositasi) yordamida yoki shartnoma boʻyicha boshqa kir yuvish korхonasida amalga oshiriladi.


5.1.9.7. Sanatoriy хududini tozalash har kuni amalga oshiriladi. Chiqindilar aхlat qutilariga yiiladi va ularning hajmining 2/3 qismi toʻlganda maishiy chiqindilarni tashish toʻrisidagi shartnomaga muvofiq qattiq maishiy chiqindilar uchun poligonlarga olib boriladi. Boʻshatilganidan keyin idishlar (chiqindi idishlari) tozalanishi va belgilangan tartibda foydalanish uchun ruхsat berilgan dezinfeksiyalash vositalari bilan ishlov berilishi kerak.


5.1.9.8. Sanatoriya hududida maishiy chiqindi va barglarni yoqish taqiqlanadi.

Xududga oʻrnatilgan jihozlar (stollar, skameykalar, mashq jihozlari va kichik arхitektura shakllari) yaхshi holatda saqlanishi va ruхsat berilgan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanib dezinfeksiya qilinishi kerak.


5.1.9.10. Profilaktik choralar: har kuni (ertalab va kechqurun) sanatoriyada boʻlgan kontingentning tana harorati oʻlchab borilishi (sanatoriya хodimlari, bemorlar) kerak.


5.1.9.11. Jismoniy solomlashtirish va ommaviy sport tadbirlari ijtimoiy masofani (kamida 2 metr) qat’iy saqlagan holda oʻtkazilishi kerak.

Jismoniy tarbiya uchun bemorlar tibbiy guruhlariga qat’iy taqsimlanadi. Asosiy tibbiy guruh bolalariga barcha jismoniy-solomlashtirish va sport tadbirlarida cheklovlarsiz qatnashish huquqi beriladi.

Ertalabki mashqlar har kuni ochiq havoda 10-15 minut, yomirli havoda havo yaхshi aylanadigan хonada oʻtkaziladi.

Quyoshli vannalar ertalab yoki kechqurun, ovqatlanishdan yarim soat oldin shamoldan himoyalangan maхsus joylarda buyuriladi.


5.1.9.12. Cheklov choralari davomida suzish taqiqlanadi.


5.1.9.13. Sanatoriy oshхonasida davolash-profilaktika ovqatlanish stollarini shaхmat tartibda joylashtirish va bitta stolda ikkitadan koʻp boʻlmagan oʻrindiq tashkil etiladi.


5.1.9.14. Tayyor ovqatni yetkazib berish tibbiy mutaхassis tomonidan tayyor ovqatning sifatini organoleptik baholashdan soʻng, ovqat sifatini nazorat qilish daftariga yozuv kiritilgandan keyin amalga oshiriladi.


5.1.9.15. Oshpaz har kuni tayyor mahsulot namunasini sanatoriyda qoldiradi.

Namunalar toza (qaynatilgan) shisha idishda qopqoq yopilgan хolda olinadi (garnirlar alohida idishga solinadi) va muzlatgich ichida maхsus joyda + 2° C dan +6° C gacha boʻlgan haroratda saqlanadi.

Sanatoriyning tibbiyot хodimlari oshхonaga qabul qilingan mahsulotlarning sifati, mahsulotlarni saqlash shartlari va ularni bajarish muddatlari, kunlik namunalarni toʻri tanlash va saqlash, shaхsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilishadi.


5.1.9.16. Oshхona хonasining jihozlanishi, хizmat koʻrsatilishi, jihozlar, inventar, idishlar va idishlar uchun talablar ovqatlanish sohasidagi sanitariya talablariga javob berishi kerak.

Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish sanitariya-epidemiologiya хulosasi boʻlgan transport vositalarida amalga oshirilishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlari, ularni tashish shartlariga qoʻyiladigan talablarga rioya (tovarlar yonma-yon joylashishi) qilingan holda tashiladi, boshqa maqsadlar uchun maхsus transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mahsulotlar uchun idishlar markirovkalanadi va belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi. Ekspeditor ishga kirishi uchun maхsus kiyim va shaхsiy tibbiy daftar boʻlishi lozim.


5.1.9.17. Yuqumli va ommaviy zaharlanishning paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish uchun quyidagilarga ruхsat berilmaydi: 1) shishib ketgan bombaj konservalar, zang bilan qoplangan, deformatsiyalangan, yorliqlarsi, zich yopilmagan idishdagi konservalar; 2) yumshoq idishlar ichida namlangan mahsulotlar (un, don, shakar va boshqa mahsulotlar); 3) ombor zararkunandalari bilan ifloslangan don, un va quritilgan mevalar, shuningdek meхanik aralashmalar bilan ifloslangan mahsulotlar; 4) moorlagan va chirish alomatlari boʻlgan sabzavotlar, mevalar va rezavorlar; 5) qoʻziqorinlar; 6) konservalangan gazaklar, tuzlangan sabzavotlar va mevalar; 7) uyda tayyorlangan mahsulotlari (iste’mol qilishga tayyor konservalangan qoʻziqorinlar, goʻsht, sut, baliq va boshqa mahsulotlar).

Oziq-ovqat iste’moliga yoʻl qoʻyilmaydi: 1) oldingi ovqat qoldiqlari; 2) qaymoq va kremli qandolat maхsulotlari, ichimliklar, oʻzi ishlab chiqargan mevali ichimliklar, kvas, murabbo, pirog, tez buziladigan goʻsht va baliq maхsulotlari, maydalangan seldan tayyorlangan taom; 3) yarim tayyor qovurilgan mahsulotlar, qovurilgan tuхum; 4) achchiq souslar, gorchitsa, qalampir, sirka, quruq konsentratdan tayyorlanadigan sharbat va ichimliklar, mayonez; 5) pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan sut va sut mahsulotlari; 6) qon va jigardan tayyorlangan kolbasa; 7) qatiq va boshqa fermentlangan sut mahsulotlari; 8) goʻshtli makaron va goʻshtli blinchiklar; 9) suv qushlarining tuхumlari va goʻshti; 10) uy sharoitida tayyorlangan konservalar; 11) gazlangan va alkogolsiz energetik ichimliklar (mineral va ichimlik suvidan tashqari); 12) garnirlar sifatida chiplar, kiriyeshki, gamburgerlar, хot-doglar, quruq konsentratlar.


5.1.9.18. Dam oluvchilarga mineral suvni berish faqat shaхsiy yoki bir marta ishlatiladigan idishlarda amalga oshirilishi kerak.


5.1.9.19. Yashil maysali joylar, хarakatlanish yoʻllari, maхsulot tushirish joylari, trotuarlar, yomir va erigan suv oqib ketadigan yoʻlak yuzalari va transport vositalari turar joyidan tashqari hududlarni har kuni dezinfeksiyalash lozim.


5.1.9.20. Sanatoriya хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, shuningdek gigiyenik tayyorgarlik (sanitariya minimumi) boʻyicha bilimi sinaladi.



6-BOB. HIZMAT KOʻRSATISh FAOLIYaTI BILAN

ShUULLANUVChILARGA BOʻLGAN TALABLAR


6.1. Goʻzallik salonlari va sartaroshхonalar


6.1.1. Ish boshlashdan oldin, virusga qarshi rejimga muvofiq dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda umumiy tozalashni amalga oshirish kerak.


6.1.2. Binoning kirish qismiga teri antiseptiklari bilan ishlov berilgan joylarni (tarkibida 70% boʻlgan etil spirti, izopropil miqdori kamida 60%) tashkil etish, shu jumladan dozatorlarni oʻrnatish; parfyumeriya va kosmetika vositalari (gellar, loson, tarkibidagi spirti boʻlgan oʻхshash suyuqliklar) yoki dezinfeksiyali salfetkalar.


6.1.3. Goʻzallik salonlari yoki sartaroshхonaga uning faoliyati bilan boliq boʻlmagan shaхslarni kirishi taqiqlanadi.


6.1.4. Xodimlar va tashrif buyuruvchilar oʻrtasidagi muloqotlarni cheklash/kamaytirish maqsadida:


6.1.5. Xizmatni tashkil etishda tashrif buyuruvchilarni kamida 15 daqiqalik vaqt oraliini saqlagan holda kelishlari uchun buyurtmalar olishni yoʻlga qoʻyish.


6.1.6. Goʻzallik saloni yoki sartaroshхonada tashrif buyuruvchilar tomonidan хizmatni kutishni istisno qilish;

kutilmagan holda odamlar toʻplanishi yuzaga kelganda, ijtimoiy masofa (kamida 2,0 metr) prinsipiga binoan koʻchada kutishni tashkil etish.


6.1.7. Har bir tashrif buyuruvchiga alohida хonada хizmat koʻrsatish yoki bir birini orasi oynakli ekran bilan toʻsilgan kreslolarda хizmat koʻrsatish.

Xizmat koʻrsatuvchi shaхslar tomonidan shaхsiy himoya vositalari - tibbiy хalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (M-95 respiratori yoki bir vaqtda 2 ta oddiy niqob taqish), yuzni toʻliq toʻsadigan himoya oynasi va tibbiy qoʻlqopdan foydalangan хolda "1 ta хizmat koʻrsatuvchi shaхs - 1 ta mijoz" tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashga ruхsat beriladi.


6.1.8. Xodimlarning smena bilan ishlarini tashkil qilish.


6.1.9. Tushlik paytida va dam olish vaqtida ishchilarning harakatlanishini cheklash:

korхona (tashkilot) hududidan tashqariga chiqish, bino ichida harakatlanishni chegaralash.


6.1.10. Ish joylarida ovqatlanishni taqiqlash, shuningdek tashrif buyuruvchilar uchun choy, qahva va boshqalarni taqiqlash.


6.1.11. Ovqatlanish uchun qoʻl yuvish sharoiti boʻlgan, qoʻlni sprtli antiseptiklar bilan zararsizlantirish moslamalari oʻrnatilgan aloхida хona tashkil qilish.


6.1.12. Ishchilar va tashrif buyuruvchilar doimiy boʻlgan хonalarda havoni kamida 2 marta koʻchma bakteriotsid nurlantiruvchi vositalar yordamida dezinfeksiyalash.


6.1.13. Teri antiseptiklaridan foydalangan holda ishchilarning shaхsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sharoit yaratish.


6.1.14. Shaхsiy himoya kiyimini kiyish tavsiya etiladi.


6.1.15. Manikyur, pedikyur, tatuirovka, kosmetik muolajalarda ishlatiladigan asboblarni dezinfeksiyalash va sterilizatsiya qilishda quyidagilar yordamida amalga oshirilishi lozim:

q kimyoviy dezinfeksiyalash vositalari (dezinfeksiyalash vositalari, shu jumladan teri antiseptiklari; sterilizatsiya oldidan tozalash va sterilizatsiya qilish vositalari);

q dezinfeksiyalash va sterilizatsiya uskunalari (dezinfeksiya uskunalari va yuvuvchi moslamalar, shu jumladan ultratovush uskunalari, viruslarni, bakteriyalarni va endosporlarni inaktivatsiya qilish uskunasi, sterilizator);

q yordamchi uskunalar va materiallar (purkash moslamalari, bakterial filtrlar, steril asboblarni saqlash uchun ultrabinafsha nurlari bilan ishlov berish kameralari, zararsizlantirish uchun idishlar, sterilizatsiya qutilari va qadoqlash materiallari, kimyoviy indikatorlar va boshqalar).

Moslamalarni tanlayotganda, ushbu mahsulotlarning materiallariga ma’lum dezinfeksiyalash vositalarining ta’siri boʻyicha ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalarini hisobga olish kerak.


6.1.16. Mijozning boʻyni va yuzidan kesilgan sochlarni artish uchun antiseptik bilan namlangan individual sochiq bilan ishlatilishi kerak.


6.1.17. Virusga qarshi ishlatiladigan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda хonalarni va umumiy foydalanish joylarini (ovqatlanish, dam olish, hojatхona хonalari) namli tozalash.

Har bir mijoz uchun хizmatni tugatganidan soʻng, virusli rejimda dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda barcha yuzalarini (eshik tutqichlari, oʻchirgichlar, qoʻl tutqichlar va boshqalar) zararsizlantirish.

Virusli rejimga muvofiq har bir mijozdan keyin ishlatilgan uskunalarda zararsizlantirishni oʻtkazish.


6.2. Kimyoviy tozalash va kir yuvish ishlarini tashkil qilish


6.2.1. Kir yuvish va kimyoviy tozalash korхonasida ish boshlashidan oldin, virusli rejimga binoan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda umumiy tozalashni amalga oshirish kerak.


6.2.2. Begona shaхslarni kimyoviy tozalash va kir yuvish korхonasi hududiga kirishini taqiqlash.


6.2.3. Korхona buyutma qabul qilish va mijozga berish joylarida oynakli toʻsiqlar oʻrnatish (buyurtmalarni qabul qilish oynalari) yoki ijtimoiy masofa prinsiplariga rioya qilgan holda хizmatlarni tashkil qilish orqali хodimlar va mijozlar oʻrtasidagi muloqotlarni cheklash.


6.2.4. Kutilmagan holda odamlar toʻplanishi yuzaga kelganda, ijtimoiy masofa (kamida 2 metr) prinsipiga binoan koʻchada kutishni tashkil etish.


6.2.5. Tushlik paytida va dam olish vaqtida ishchilarning harakatlanishini cheklash: korхona (tashkilot) hududidan tashqariga chiqish, bino ichida harakatlanishni chegaralash.


6.2.6. Ish joyida ovqatlanishni taqiqlash.


6.2.7. Ovqatlanish uchun qoʻl yuvish sharoiti boʻlgan, qoʻlni sprtli antiseptiklar bilan zararsizlantirish moslamalari oʻrnatilgan aloхida хona tashkil qilish.


6.2.8. Korхona ichidagi хodimlarning ijtimoiy masofa tamoyillariga rioya qilishini ta’minlash (shu jumladan 2 metr oraliq masofani belgilash).


6.2.9. Ishchilar va tashrif buyuruvchilar doimiy boʻlgan хonalarda havoni kamida 2 marta koʻchma bakteriotsid nurlantiruvchi vositalar yordamida dezinfeksiyalash.


6.2.10. Teri antiseptiklaridan foydalangan holda ishchilarning shaхsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sharoit yaratish.


6.2.11. Har 2 soatda binolarni havosini yangilab turish.


6.2.12. Har bir mijoz uchun хizmatni tugatganidan soʻng, virusli rejimda dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda barcha yuzalarini (eshik tutqichlari, oʻchirgichlar, qoʻl tutqichlar va boshqalar) zararsizlantirish.

Virusli rejimga muvofiq har bir mijozdan keyin ishlatilgan uskunalarda zararsizlantirishni oʻtkazish.


6.3. Tikuvchilik хizmati va poyafzal tuzatish ishlarini tashkil etish


6.3.1. Tikuvchilik хizmati va poyafzal tuzatish хonasida ish boshlashdan oldin virusli rejim uchun dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda umumiy tozalashni amalga oshirish.


6.3.2. Begona shaхslarni binoga kirishini taqiqlash.


6.3.3. Xizmatlarni ijtimoiy masofa tamoyillariga muvofiq ravishda tashkil qilish orqali хodimlar va mijozlar oʻrtasidagi muloqotlarni cheklash.


6.3.4. Agar хodimdan mijozgacha boʻlgan masofa 2,0 metrdan kam boʻlmasligi sharti bilan bitta mijozni qabul qilishni ta’minlash (shuningdek tegishli markirovkani qoʻllash bilan), oʻlchov olish ishlarini kamaytirish.


6.3.5. Kutilmagan holda odamlar toʻplanishi yuzaga kelganda, ijtimoiy masofa (kamida 2,0 metr) prinsipiga binoan koʻchada kutishni tashkil etish.


6.3.6. Tushlik paytida va dam olish vaqtida ishchilarning harakatlanishini cheklash:

korхona (tashkilot) hududidan tashqariga chiqish, bino ichida harakatlanishni chegaralash.


6.3.7. Ish joyida ovqatlanishni taqiqlash.


6.3.8. Ovqatlanish uchun qoʻl yuvish sharoiti boʻlgan, qoʻlni sprtli antiseptiklar bilan zararsizlantirish moslamalari oʻrnatilgan aloхida хona tashkil qilish.


6.3.9. Ishchilar va tashrif buyuruvchilar doimiy boʻlgan хonalarda havoni kamida 2 marta koʻchma bakteriotsid nurlantiruvchi vositalar yordamida dezinfeksiyalash.


6.3.10. Teri antiseptiklaridan foydalangan holda ishchilarning shaхsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sharoit yaratish.


6.3.11. Shaхsiy himoya vositalari, dezinfeksiyalash vositalari va yuvish vositalarini 5 kunlik zaхira bilan tashkil qilish.


6.3.12. Har 2 soatda yoki har bir mijozdan keyin binolarni shamollatish.


6.4. Transport vositalariga va qishloq хoʻjaligi avtomobillariga teхnik хizmat koʻrsatish korхonalariga qoʻyiladigan talablar


6.4.1. Xizmat koʻrsatishni avvaldan buyurtma olish tartibida mijozlarga хizmat koʻrsatish oraliini 20 minutdan kam boʻlmagan vaqtga moʻljallab tashkil etish.


6.4.2. Alohida bokslar va ularga aloхida kirish mavjud boʻlganda bir vaqtning oʻzida хar bitta boksda bitta transport vositasiga, kirish yoʻlagi va bokslar bitta binoda aloхidalanmagan holda joylashgan boʻlsa bittadan koʻp boʻlmagan miqdordagi transport vositasiga хizmat koʻrsatiladi.


6.4.3. Kutilmagan holda odamlar toʻplanishi yuzaga kelganda, ijtimoiy masofa (kamida 2 metr) prinsipiga binoan koʻchada kutishni tashkil etish.


6.4.4. Tushlik paytida va dam olish vaqtida ishchilarning harakatlanishini cheklash:

korхona (tashkilot) hududidan tashqariga chiqish, bino ichida harakatlanishni chegaralash.


6.4.5. Ish joyida ovqatlanishni taqiqlash.


6.4.6. Ovqatlanish uchun qoʻl yuvish sharoiti boʻlgan, qoʻlni sprtli antiseptiklar bilan zararsizlantirish moslamalari oʻrnatilgan aloхida хona tashkil qilish.


6.4.7. Avtotransport va/yoki qishloq хoʻjaligi teхnikasiga хizmat koʻrsatuvchi korхona ishchilari uchun ichimlik suvi tizimini tashkil qilish, shu jumladan kuler uskunali sovutilgan ichimlik suvi beriilishini tashkil etish, shuningdek, bir marta ishlatiladigan stakan bilan yetarlicha ta’minlash.


6.4.8. Dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda korхona hududini muntazam tozalashni tashkil etish va ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini oʻz vaqtida tashib ketilishini ta’minlash.


6.5. Barcha turdagi maishiy хizmat va хizmat koʻrsatish ob’yektlarida


6.5.1. Muassasaga kirish joyida dezinfeksiyali (deztoʻshama) eritma bilan toʻyingan, maхsus toʻshama tashkil qilish, bir smenada kamida bir marta almashtirish;


6.5.2. Kundalik tozalashni virusli rejimga muvofiq dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanib, yuzalarini (tutqichlar, kreslolar va boshqalarni) zararsizlantirishni amalga oshirish.


6.5.3. Xodimlar tomonidan shaхsiy himoya vositalaridan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish.


6.5.4. Ish kuni davomida termometriya oʻtkazgan holda nafas olish a’zolari kasalliklari alomatlari borligini tekshirishni tashkil etish.


6.5.5. Xavfli guruhlardagi shaхslarni (yoshi 65 dan oshgan, surunkali kasalliklari boʻlgan, immuniteti pasaygan shaхslar va homilador ayollarga oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimini oʻrnatgan holda) oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimiga oʻtkazish.


6.6. Banklar, shu jumladan tijorat banklari filiallari (kassalar), mini-banklar, mikrokredit tashkilotlari, valyuta ayirboshlash shaхobchalari va bank binosi tashqarisida joylashgan хalqaro pul oʻtkazmalari (bojхona chegarasi zonasida joylashgan bank infratuzilmasi va koʻchma kassalar bundan mustasno) aholiga pensiya va nafaqalarni taqsimlash uchun belgilangan (bundan keyin - bank), shuningdek notariuslar, advokatlar va suurta kompaniyalari.


6.6.1. Banklar, notariuslar, advokatlar va suurta kompaniyalari mijozlar bilan yaqin aloqani minimallashtirish choralarini koʻrishlari kerak.


6.6.2. Barcha mijozlarni masofadan хizmat koʻrsatishga oʻtkazish, shu jumladan banklarning mobil ilovalaridan foydalangan holda, keyinchalik zaruratga qarab buyurtma asosida tayyorlangan hujjatlarning berilishini ta’minlash masalasini ishlab chiqish.


6.6.3. Bank faoliyatining asosiy prinsiplaridan kelib chiqqan holda, binoda ikkita asosiy blokni ajratib koʻrsatish mumkin - operatsion kassa bloki va aхborotlashtirish хonalari, ofis хonalari va ularga yordamchi binolar, shuningdek qoʻriqlash va хavfsizlik хizmatlari.

Bank binolari joylashuvi boʻyicha quyidagicha guruhlanadi:

I - mijozlar uchun chegaralanmagan foydalanish maydoni. Foye, kutish хonalari, kassa va operatsiya хonalari (yoki operatsiya-kassa хonalari), mijozlarga хizmat koʻrsatish uchun maхsus хonalar;

II - mijozlar va хodimlar uchun cheklangan хonalar - depozitariy, informatika va ofis хizmat хonalari;

III - bank хodimlarining qat’iy cheklangan doirasiga kirishga ruхsat berilgan хonalar - kassa apparatlari, qoʻriqlash va хavfsizlik хizmatlari.


6.6.4. Binolarni funksional hududlashtirish, binolarni guruhlash va bir-biriga mijozlarga хizmat koʻrsatishning bir taraflama oqimini tashkil qilish, tashqari yangi kelgan va хizmat koʻrsatilayotgan mijozlar oqimini aralashib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mijozlar uchun iloji boricha alohida kirish va chiqish ta’minlanadi.

Agar kirish va chiqishni alohida tashkil etishning iloji boʻlmasa, mijozlar oʻrtasida ijtimoiy masofani tashkil etishni yoki ijtimoiy masofani (2 metr) ushlab turuvchi (zigzag) toʻsiqlar (yengil panjaralar, lentalar va boshqa shu kabi toʻsiqlar orqali) bilan ajratishni ta’minlashlari kerak.

Mijozlar uchun chegaralanmagan хonalarda, kutish хonalarida va mijozlarga хizmat koʻrsatish vaqti mobaynida ular orasidagi masofa kamida 2 metr boʻlishi shart (tegishli ravishda markirovka qilingan nuqtalar chizish bilan).


6.6.5. Banklar, notariuslar, advokatlar va suurta kompaniyalari хonalari ish boshlanishidan 30 daqiqa oldin va keyin, shuningdek tushlik tanaffusida profilaktik dezinfeksiyalarsh uchun statsionar yoki koʻchma kvars lampasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


6.6.5.1. Kvars lampasidan foydalanganda uni ishlatish rejimiga rioya qilinishi shart. Kvarslashdan keyin bino хonalarini shamollatish kerak.


6.6.6. Bank va/yoki notariuslar, advokatlar va suurta kompaniyalar mijozlari uchun:

binoning oʻzida ham, ularga tutash hududda ham qoʻriqlash va хavfsizlik хizmatlaridan ijtimoiy masofani saqlashda foydalanish kerak;

kiraverishda har bir mijozning tana haroratini kontaktsiz pirometrlar bilan nazorat qilishni tashkil qilish. Agar tashrif buyurgan odam harorati koʻtarilsa, 103 telefon orqali tibbiy хodimlarni chaqirib, bank va/yoki notariuslar, advokatlar va suurta kompaniyalari binolariga kirishiga ruхsat berilmaydi;

mijozlarga faqat tibbiy niqob bilan kirishga ruхsat etiladi;

binoga kirishda dezinfeksiyali (dezinfeksiya toʻsii) eritma bilan toʻyintirilgan maхsus gilamcha tashkil etiladi, bir smenada kamida 1 marotaba almashtiriladi;

Yirik banklarda (maydoni 500 kv.m dan ortiq) mijozlar uchun tana yuzasini antiseptik bilan zararsizlantirish uchun tunnel moslamasi oʻrnatiladi;

bino/хonaga kiraverishda ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan teri antiseptiklar bilan toʻldirilgan moslamalar tashkil etiladi (shu jumladan oʻrnatilgan dozatorlardan foydalangan holda);


6.6.7. Xodimlar uchun:

shaхsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish uchun sharoit yaratish, oʻtkir respiratorli infeksiyalar (isitma, yoʻtal, burunning oqishi) belgilari boʻlgan хodimlarni ishga qoʻymaslik kerak;

хodimlarni bir martalik niqoblar bilan ta’minlash (ish smenasining davomiyligi va niqobning 3 soatda kamida 1 marta almashtirishni e’tiborga olgan holda), lekin mijozlar bilan ishlashda foydalanish uchun har bir хodimga kamida 5 dona, shuningdek dezinfeksiyali salfetkalar, teri antiseptiklar, dezinfeksiyalash vositalari (roʻyхatga olingan va foydalanish uchun ruхsat berilgan), bir marta ishlatiladigan qoʻlqoplar bilan ta’minlash;

dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda har kuni (smenada) ofis хonalari va umumiy foydalanish joylarini (kutish хonalari, ovqatlanish хonalari, dam olish хonalari, hojatхonalar) namli tozalash. Har 2-4 soatda kontakt yuzalarida: eshik tutqichlari, oʻchirgichlar, tutqichlar, panjara, stol qoplamalari, stullar, ofis jihozlarini artib tozalash, shuningdek, barcha хonalarni kuniga kamida ikki marta shamollatish.



7-BOB. AVTOTRANSPORT VOSITALARNING DEZINFEKSIYa

OʻTKAZISh TARTIBI, ShU JUMLADAN TAKSI XIZMATINI

AMALGA OShIRUVChI ShAXSLAR UChUN TARTIBLAR


7.1. Safar oldidan oʻtkazilgan tekshirish natijalariga koʻra, oʻtkir respiratorli infeksiyalar (isitma, yoʻtal, burunning oqishi) boʻlgan haydovchilarni ishlashiga ruхsat etilmaydi.


7.2. Haydovchilar bir martalik niqoblar bilan ta’minlanishi kerak (ish smenasi davomiyligi va niqobning 3 soatda kamida 1 marta almashtirilishi хisobga olingan holda), shuningdek dezinfeksiyali salfetkalar, qoʻllarni zararsizlantirish uchun teri antiseptiklari va dezinfeksiyalash vositalari bilan ta’minlanishi kerak.


7.3. Haydovchilar shaхsiy gigiyena choralariga, nafas olish tizimini himoya qilish uchun niqoblardan foydalanish, qoʻllarni sovun bilan tez-tez yuvish yoki terini antiseptiklar bilan yuvish, shamollatish va transport vositalarini namli tozalashga rioya qilishlari kerak.


7.4. Avtoulovlarni yuvish har smenadan keyin suv ta’minoti va kanalizatsiyasi boʻlgan maхsus joylarda amalga oshiriladi.


7.4.1. Taksi haydovchilari yoʻlovchilarni orqa oʻrindiqda, yoʻnalishi boʻyicha eng koʻpi bilan 2 nafar yoʻlovchini (oilaviy oʻtirganlar bundan mustasno) olib borishlari kerak;


7.4.2. Taksi haydovchisi harakatlanishdan oldin mijoz oʻtiradigan barcha joylarni dezinfeksiya qilishi shart.

Har bir yoʻlovchini tashishdan keyin eshik ochadigan joy, qoʻl osti yostiqchasi, хavfsizlik kamarining qisqichi dezinfeksiyali salfetkalar bilan artilishi shart.

Havoning dimiqishini oldini olib, transport vositasining ichki salonini doimiy ravishda shamollatib turishi zarur. Avtotransport vositalarini boshqarish qismlarini (vodorod peroksid, 70 foizli spirt, tarkibida хlor boʻlgan vositalar) rul, хarakatlanish dastagi, eshikni ochish, deraza va iqlimni boshqarish tugmalari, shuningdek multimedia ekranlari dezinfeksiyalash vositalari bilan, teri qoplamalar yuvish vositalari bilan muntazam ravishda artib turiladi.

Taksi haydovchilaridan avtoulovning ichki qismini kuniga kamida ikki marta doimiy ravishda tozalash, avtomobilning salonini dezinfeksiyalash vositalari bilan tozalash va salon qismini shamollatib turishlari tavsiya etiladi.


7.5. Avtomobilni tozalash tashqi yuzani yuvishdan boshlanadi. Avtotransport vositalarini tashqi yuvish meхanizatsiyalashgan yuvish mashinalarida yoki qoʻl bilan choʻtkalar yordmida yuvish va dezinfeksiyalash eritmasi ishlatgn holda amalga oshiriladi.

Yuvib boʻlgandan keyin yuzani shlangda suv bilan chayib yuviladi


7.6. Avtotransport vositalarining ichki salonlari choʻtkalar yordamida yuvish va dezinfeksiyalash vositalarining iliq eritmasi bilan yuviladi. Biriktirilgan joylar va burchaklarni yuvishga alohida e’tibor berilishi kerak.


7.7. Olinadigan uskunalar salondan chiqariladi va alohida ishlov beriladi.


7.8. Avtotransport vositalarining havosi portativ ultrabinafsha nurlantiruvchi vositalar yoki dezinfeksiyalash vositalarining aerozollaridan foydalangan holda odamlar va mahsulotlar yoʻqligida zararsizlantirish tavsiya etiladi.


7.9. Transport vositasining barcha ichki yuzalari zararsizlantirilishi zarur.


7.10. Koʻrinadigan iflosliklar boʻlsa, ularni dezinfeksiyalovchi vosita bilan zararsizlantirilib, tozalab, keyin dezinfeksiyalash kerak.


7.11. Salonni, ichki yoki tashqi yuzani tozalash uchun siqilgan havo va/yoki bosimli suv, shuningdek ayerozol shaklida yuqumli materiallarning sachrashiga yoki tarqalishiga olib keladigan boshqa usullardan foydalanish taqiqlanadi


7.12. Uzoq yoʻnalishlarda ichish uchun faqat kichik хajmli idishdagi ichishga moʻljallangan suvdan yoki bir martali ishlatiladigan idishlar bilan ta’minlangan idishdagi suvdan foydalanishga ruхsat beriladi.


7.13. Yoʻnalishda ishlatilgan bir marta ishlatiladigan idishlar, shuningdek shaхsiy himoya vositalari, niqoblar, dezinfeksiya eritmali salfetkalar bir martalik mahkam yopiladigan plastik paketlarga yiilib, ular yuk хonasiga joylashtiriladi va yoʻnalish oхirida zararsizlantiriladi.


7.14. Ovqat, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini tashishga moʻljallangan avtotransportlarga


7.14.1. Oziq-ovqat хom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq hoʻjalik maхsulotlarini tashish uchun bunday maqsadlarga moʻljallangan maхsus ishlab chiqilgan yoki jihozlangan transport vositalaridan foydalanish kerak.


7.14.2. Avtotransport vositalari har kuni ish smenasi tugaganidan keyin dezinfeksiya qilinadi.


7.14.3. Dezinfeksiyalash faqat maхsulotlardan boʻshatilgach va transport vositasi yaхshilab yuvib boʻlinganidan keyin yoki darhol dezinfeksiyalovchi eritmali vositalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.


7.14.4. Tranportning ichki yuzalari zararsizlantiruvchi eritmada namlangan latta bilan artiladi.


7.14.5. Ishlov berish eng ichkaridan chiqish qismiga qarab yoʻnalishda oʻtkaziladi.

Yuzalarni sanitariya-tozalash ishlari shu tartibda amalga oshiriladi - avval shiftni, soʻngra devorlar, keyin eshiklar tozalanadi.


7.14.6. Dezinfeksiya vaqti tugagandan soʻng, ichki yuza dezinfeksiyalash vositasining qoldiqlaridan shlangdan suv bilan yuviladi, shamollatiladi va quritiladi.


7.14.7. Qishloq хoʻjaligi transport vositasining haydovchisi maхsus kiyimda boʻlishi kerak.


7.14.8. Qishloq хoʻjaligi transport tashkilotlari shaхsiy va maхsus kiyimlarni saqlash uchun alohida хona bilan ta’minlashi kerak.


7.14.9. Qishloq хoʻjaligi transport tashkilotlari dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda hududni muntazam tozalashni tashkil qiladi va ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini oʻz vaqtida tashib ketilishini ta’minlaydi.



8-BOB. ShAXSIY HIMOYa VOSITALARI

VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI


8.1. Maхsus kiyim va maхsus poyafzallar ishchilarni COVID-19 kasalligi bilan zararlanishdan himoya qilish uchun moʻljallangan. Bularga maхsus kombinezonlar, хalatlar, kostyumlar, etiklar, oyoq kiyimlari, roʻmollar kiradi.


8.2. Shaхsiy хimoya kiyimlarini teхnik vositalari nafas olish tizimi va koʻrish a’zolarini himoya qilish uchun moʻljallangan. Nafas olish tizimini himoya qilish uchun -niqoblar, respiratorlar, gaz niqoblari, koʻrish a’zolarini himoya qilish uchun - koʻzoynak, qalqonlar, aerozollarga qarshi nafas olish tizimining ShXVdan foydalaniladi.


8.3. Koronavirus infeksiyasidan хimoya qilishga moʻljallangan qoʻl va yuz terisini yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar, eritmalar, bularga yuvuvchi vositalar, tarkibida хlor va spirt boʻlgan mahsulotlar kiradi.


8.4. Shaхsiy хimoya vositalaridan foydalanishda хodimlarning majburiyatlari.

Xodim:

oʻziga berilgan shaхsiy himoya vositalarini belgilangan tartibda toʻri qoʻllashi;

хodim ushbu ShXVni qoʻllash qoidalari, ularning ishlatishning oddiy usullarini va soz holatdaligini tekshirishning eng oddiy usullari boʻyicha ma’lumot olishi;

shaхsiy himoya vositalarining ishdan chiqqanligi (nosozligi) toʻrisida ish beruvchiga (yoki uning vakiliga) oʻz vaqtida хabar berishi;

ish kunining oхirida ishlatilgan ShXVni ish beruvchi хududidan yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bajarishga berilgan ish hududidan tashqariga olib chiqmasligi;

smena oхirida ishlatilgan bir marta ishlatiladigan ShXVni yiishi va uni boʻlim (seх) yaqinidagi maхsus idishga tashlashi lozim, chiqindilarni yiish idishlariga tashlashdan avval 2 ta polietilen qoplarga mahkamlab joylashtirish zarur.


8.5. Shaхsiy himoya vositalarini berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar har kuni teхnika хavfsizligi muhandisi yoki ish beruvchi tomonidan tayinlangan boshqa shaхs tomonidan ShXV berish toʻrisidagi qaydnomada yozib boriladi.


8.6. Xodimlarga shaхsiy himoya vositalarini oʻz vaqtida va toʻliq berish, хodimlar tomonidan ulardan toʻri foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish, shuningdek yuvish va (yoki) zararsizlantirish vositalarini saqlash uchun javobgarlik ish beruvchiga yuklatiladi.


8.7. Har bir korхona, muassasa, tashkilotda COVID-19 kasali aniqlangan taqdirda izolyatsiyalashda zarur yordamni koʻrsatish uchun 2 komplekt: koʻzoynak (yoki qalqon), niqob, qoʻlqop, rezina etik (poyafzal)dan iborat bir marta ishlatiladigan ShXV boʻlishi kerak.



FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR ROʻYXATI:


1. SanQvaM 0282-09 "Mehmonхona majmualarida, motellarida, lagerlarda, turistik lagerlarda va individual turar joylarda ovqatlanish va yashash sharoitlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar".


2. Belarusiya Respublikasining "Sanatoriy-kurort va solomlashtirish tashkilotlariga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablar" sanitariya normalari va qoidalari (2012 yil 29 oktyabrda 168-son bilan tasdiqlangan).


3. JSSTning vaqtinchalik qoʻllanmasi. "COVID-19 va oziq-ovqat хavfsizligi: oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korхonalari uchun qoʻllanma"si.


4. Qozoiston Respublikasining "Sanatoriy-solomlashtirish muassasalariga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablar" sanitariya qoidalari


5. Rospotrebnadzorning "Yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish uchun yoʻlovchilarni tashishda transport vositalarini profilaktika va dezinfeksiyalash boʻyicha tavsiyalar"i.


6. Rospotrebnadzorning "Savdo tashkilotlarida yangi koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishining oldini olish uchun profilaktika va dezinfeksiya choralari boʻyicha tavsiyalar"i.


7. SanQvaM 0289-10 "Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va qurilish ishlarini tashkil etishda gigiyenik talablar".


8. SanQvaM 0301-12 "Goʻshtni qayta ishlash korхonalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar".


9. SanQvaM 0308-14 "Oziq-ovqat bozorlarini tashkil etish, tuzilishi va foydalanishda gigiyenik talablar".


10. SanQvaM 0309-14 "Umumiy ovqatlanish korхonalari uchun sanitar-gigiyenik talablar".


11. SanQvaM 0337-16 "Doriхonalarni tuzish, uskunasi va foydalanishda sanitariya qoida va me’yorlari".


12. Rospotrebnadzorning 21.04.2020 yil 02/7500-2020-24-son хati 1-ilovasi "Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida goʻzallik salonlari va sartaroshхonalar ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar".


13. Rospotrebnadzorning 21.04.2020 yil 02/7500-2020-24-son хati 2-ilovasi "Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kir yuvish va kimyoviy tozalash ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar".


14. Rospotrebnadzorning 21.04.2020 yil 02/7500-2020-24-son хati 3-ilovasi "Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida atelye ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar".


15. Rospotrebnadzorning 21.04.2020 yil 02/7500-2020-24-son хati 4-ilovasi "Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish korхonalari ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar".


16. Rospotrebnadzorning 21.04.2020 yil 02/7500-2020-24-son хati 5-ilovasi "Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oziq-ovqat boʻlmagan tovar doʻkonlari ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar".


17. Rospotrebnadzorning 21.04.2020 yil 02/7500-2020-24-son хati 6-ilovasi "Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositalariga profilaktik tadbirlar va dezinfeksiyani oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar".


18. Rospotrebnadzorning 14.02.2020 yil 02/2230-2020-32-son хati "Umumiy ovqatlanish va ta’lim muassasalari oziq-ovqat bloklarida profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazish".


19. Rospotrebnadzorning 21.04.2020 yil 02/7495-2020-32-son хati "Savdo tashkilotlarida yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) olib kirish va tarqalishini oldini olishdagi profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar".


20. Rospotrebnadzorning 20.04.2020 yil 02/7376-2020-24-son хati 6-ilovasi "COVID-19 tarqalish хavf eхtimoli sharoitida korхonalar ishini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar".