Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2020 y. PQ-4737-son "Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam хizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.05.2020 y.

N PQ-4737



NODAVLAT TIBBIYoT TAShKILOTLARI

TOMONIDAN TEZ TIBBIY YoRDAM XIZMATLARINI

KOʻRSATISh UChUN QOʻShIMChA ShART-ShAROITLAR

YaRATISh TOʻRISIDA


Soliqni saqlash sohasida хususiy sektorni jadal rivojlantirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga tez tibbiy yordam хizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodi 8703 22 101 0, 8703 23 193 0, 8703 24 101 0, 8703 31 101 0, 8703 32 191 0, 8703 33 191 0) 2025 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga import bojхona bojidan ozod qilinsin.

Mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ushbu qaror rasmiy e’lon qilingunga qadar olib kirilgan "bojхona ombori" rejimida olti oydan koʻp turgan yangi tez tibbiy yordam avtomobillarining bojхona rasmiylashtiruvida ham qoʻllanilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida olib kiriladigan avtomobillardan maqsadli foydalanish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.

Belgilansinki, avtomobillardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan import bojхona boji summasi qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undirib olinadi.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                              Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 8 iyun, 22-son, 236-modda