Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.06.2020 y. 349-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.06.2020 y.

N 349




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh

VAZIRINING MASLAHATChISI - IT-TEXNOLOGIYaLAR,

TELEKOMMUNIKATsIYaLAR VA INNOVATsION

FAOLIYaTNI RIVOJLANTIRISh MASALALARI

DEPARTAMENTI BOShLIINING FUNKSIONAL

VAZIFALARI HAMDA IT-TEXNOLOGIYaLAR,

TELEKOMMUNIKATsIYaLAR VA INNOVATsION

FAOLIYaTNI RIVOJLANTIRISh MASALALARI

DEPARTAMENTI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 12 maydagi PQ-4710-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

3. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 403-f-son farmoyishiga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlii O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 4 iyundagi

349-son qaroriga

3-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi

403-f-son farmoyishiga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1-bandda:

birinchi хatboshidan "kotibiyat va boshqa" soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlii";

ikkinchi-yettinchi хatboshilar tegishincha uchinchi-sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

uchinchi хatboshidagi "Telekommunikatsiyalar, IT-teхnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati" soʻzlar "IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti" soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 5 iyun