Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.06.2020 y. 369-son "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.06.2020 y.

N 369




YoShLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA

TARBIYaLASh IShLARI SAMARADORLIGINI

YaNADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etish, bu boradagi ishlarga vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini faol jalb etish, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazishda solom raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Harbiy-ma’muriy sektorlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini baholash boʻyicha tanlov oʻtkazishning asosiy maqsadi va vazifalarini, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish hamda tanlov ishtirokchilarini baholash va oliblarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruh (B. Kurbanov):

joylarda harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin;

zarur hollarda, ushbu ishchi guruh faoliyatiga boshqa vazirlik va idoralarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etish choralarini koʻrsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy organlari bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar sifatli tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 10 iyundagi

369-son qaroriga

2-ILOVA



Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

borasida amalga oshirilayotgan ishlarni

baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruhi

TARKIBI

1. B.N. Kurbanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, tashkiliy ishchi guruh rahbari


1-1. S.. Ashurov


Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

2. A.M. Jumaboyev

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari


3. R.A. Xatamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


4. S.D. Mamayusupov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari


5. K.X. Abdijalilov

-

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari


6. (Kelishuv asosida)

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari


7. D.M. Kenjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining oʻrinbosari


8. M.A. Yuldashev

-

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining oʻrinbosari


9. X.A. Karshiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari


10. M.Ya. Muхitdinov

-

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari

11. M.H. Umarov

-

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti raisining oʻrinbosari


12. A.K. Ortikov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlii, tashkiliy ishchi guruh kotibi


            

Izoh. Tashkiliy ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 iyun