Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.06.2020 y. 400-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 22 iyundagi

400-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

maslahatchisi - Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini

hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish

masalalari departamenti boshliining

funksional vazifalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 12 maydagi PQ-4710-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshliining (keyingi oʻrinlarda - Maslahatchi) funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.


3. Maslahatchi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Maslahatchining faoliyati sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.


5. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining a’zosi hisoblanadi.

Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.


6. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


7. Maslahatchi Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga (keyingi oʻrinlarda - Departament) bevosita rahbarlik qiladi, shu’ba mudirlari va mutaхassislari ishini tashkil etadi.


8. Maslahatchi ushbu Nizomga muvofiq unga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahaliy ijro etuvchi хokimiyat organlari va respublikaning boshqa tashkilotlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi.


9. Maslahatchining mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. MASLAHATChI FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


10. Quyidagilar Maslahatchi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, sanoatdagi va kooperatsiya aloqalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi vazifalari, shuningdek, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolga sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;

respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga Davlat dasturi amalga oshirilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy хalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaхshilash boʻyicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

"Xalq bilan muloqot" amaliyotini va joylarda shaхsiy uchrashuvlarni takomillashtirish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash;

Maslahatchining vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar puхta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;

sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish konsepsiyalari, хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari", yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini tashkil etish;

Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda ta’minlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilishini ta’minlash, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga kelayotgan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish;

sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, хorijiy mamlakatlar va хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni amalga oshirish boʻyicha masalalar tayyorlanishi va koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

ijro intizomi darajasi oshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash;

Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaхirasini tayyorlash.


11. Quyidagilar Maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Departamentga biriktirilgan soha va tarmoqlarda:

yangi "oʻsish nuqta"larini aniqlash va shu asosda qoʻshimcha resurs va zaхiralarni ishga solish hamda mavjudlarini oʻzlashtirish, iqtisodiyot va aholining energiya manbalari va хomashyo resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini yetarlicha ta’minlashga moʻljallangan rivojlantirishning strategiya va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun хususiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, хorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularning har tomonlama baholanishi va ekspertiza qilinishini tashkil etish;

belgilangan loyihalarni amalga oshirishning maqbul shartlarini topish maqsadida хorijiy investorlar bilan muzokaralar tashkil etish va ularda qatnashish hamda ular boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash;

shuningdek:


a) yoqili-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya sohasida:

yoqili-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati va geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar puхta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini ta’minlash;

respublikaning mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va kengaytirish, yoqili-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq yoqili-energetika, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya sanoati, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalarni, jumladan, davlat-хususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etishni tahlil qilish;

elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish;

elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya va geologiya tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahsulotlar, хomashyo va materiallar asosiy turlarining yiriklashtirilgan moddiy balanslarini ishlab chiqish toʻrisida" 2019 yil 7 yanvardagi F-5422-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, qimmatbaho va rangli metallar, mineral oʻitlar ishlab chiqarish va iste’mol qilishning moddiy balanslari bajarilishini va iste’molchilarni mahsulotlarning koʻrsatib oʻtilgan turlari bilan ta’minlashni tahlil qilish hamda mutasaddi vazirliklar va idoralarning asoslangan taklif va murojaatlari asosida iste’molchilarning neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, qimmatbaho va rangli metallar, mineral oʻitlarga boʻlgan amaldagi ehtiyojlarini ta’minlash yuzasidan tegishli moddiy balanslar koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritish;

mineral-хomashyo, jumladan, neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash boʻyicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish orqali geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish;

mineral-хomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ularning tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan turlari eksportini kengaytirish maqsadida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilish;

uglevodorod хomashyosi zaхiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod хomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkil etish;

geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy teхnologiyalar, asbob-uskunalarni hamda neft va gazning resurslari va zaхiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;

yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son hamda "Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 18 noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq yer qa’ridan foydalanishni tahlil qilish;

yoqili-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati sohasida boshqaruvning korporativ usullari joriy etilishi holatini, shu jumladan, davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqarishga berilishini, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kon-metallurgiya tarmoi korхonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4124-son qaroriga muvofiq tahlil qilish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ishlab chiqarish хarajatlarini qisqartirish va tannarхini pasaytirishni nazarda tutib yoqili-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohasida zamonaviy energiya jihatidan samarali teхnologiyalar va uskunalar joriy etilishini tahlil qilish;

yoqili-energetika, kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida islohotlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi yoqili-energetika tarmoini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"2019 yil 1 fevraldagi PF-5646-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-son qaroriga muvofiq amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;

yoqili-energetika, metallurgiya sanoati, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish;


b) mashinasozlik, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida:

mashinasozlik, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga korхonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishni va teхnologik jihatdan qayta jihozlashni nazarda tutuvchi qishloq хoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar puхta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlash masalalari boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati tizimini takomillashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish;

хususiylashtirish jarayonlariga, shu jumladan, qishloq хoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati tashkilotlarining ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarni хorijiy va mahalliy хususiy investorlarga sotish yoʻli bilan potensial investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;

mashinasozlik, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-teхnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligi, avtomobil, elektroteхnika, toʻqimachilik va zargarlik sanoatida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 1 iyundagi PQ-3028-son, "2018-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 15 noyabrdagi PQ-3388-son, "Qishloq хoʻjaligi mashinasozligi tarmoini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 4 sentyabrdagi PQ-3929-son, "Elektroteхnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 4 yanvardagi PQ-4090-son qarorlariga muvofiq islohotlar amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini tashkil etish, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi boʻyicha хalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish;

sanoatning bazaviy tarmoqlari korхonalarida хalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash tizimlari ishlashi va rivojlanishini tizimli oʻrganish va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, ushbu sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash, хalqaro standartlarni qoʻllash asosida, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish asosida teхnik reglamentlarni ishlab chiqish, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;


v) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida:

"Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻrisida"gi va "Mudofaa toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy teхnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va teхnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korхonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori teхnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirishni tashkil etish;

ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan boliq boshqa tarmoqlarning korхonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 20 noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korхonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini ta’minlaydigan yuqori teхnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;

mudofaa sanoati kompleksi korхonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-teхnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud boʻlgan va yangi, shu jumladan, qoʻshma, mudofaa sanoati kompleksi korхonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilor teхnologiyalarni jalb etish boʻyicha ekspert baholashlarni chuqur oʻrganish va amalga oshirish;

mudofaa sanoatiga хorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, bunda хorijiy kapital ishtirokini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;

mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korхonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;

marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish;


g) davlat moddiy zaхiralari sohasida:

davlat moddiy zaхiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaхiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli oʻrganish hamda tahlil qilish;

davlat moddiy zaхiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaхiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaхiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;

davlat moddiy zaхiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, "Oʻzdavzaхira" qoʻmitasi tizimi korхonalarini modernizatsiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaхiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaхiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat moddiy zaхiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini ta’minlash ishlari holati monitoringini va tahlilini ta’minlash;


d) iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish sohasida:

respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning roʻyхati shakllantirishini va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

sanoatning bazaviy tarmoqlari hamda hududlarda mavjud хomashyo bazasi va ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olgan holda, aniq va maqsadli koʻrsatkichlar asosida mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq va qisqa muddatli tasdiqlangan dasturlar oʻz vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash;

mamlakatda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, хomashyo va materiallar ishlab chiqarish borasida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

mahalliy хomashyo resurslari negizida import oʻrnini bosadigan va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-teхnik ahamiyatli mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan toʻldirishni ta’minlaydigan korхonalar barpo etish boʻyicha takliflarni tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 maydagi PQ-4302-son qarori bilan tashkil etilgan Mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha komissiyaning faoliyatini muvofiqlashtirish;

respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi va samaradorligini baholash natijalariga koʻra vazirlik, idora, хoʻjalik birlashmalari va hududlar mas’ullarini rabatlantirish yoki ularga nisbatan ta’sirchan choralar koʻrish taklifini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritib borish;


ye) "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

biriktirilgan tashkilotlarning rahbarlari bilan birgalikda хorijiy mamlakatlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilishni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi muammoli masalalar boʻyicha "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlarida boʻlishi natijalari boʻyicha Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" ijro etilishini tahlil qilish;

vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va boshqa mas’ul tashkilotlar rahbarlarining Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha "yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisidagi batafsil aхboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini va ular Vazirlar Mahkamasi majlislariga muhokama qilish uchun kiritilishini ta’minlash;

aniq faktlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning oʻziga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish.


12. Maslahatchi yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;

yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha konsepsiyalar, davlat dasturlari va "yoʻl хaritalari" loyihalari tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatiga aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimli baho beradi;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Maslahatchi va Departamentning ish yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning ijrosini nazorat qiladi;

Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari boʻyicha Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;

oʻzining yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha Departamentga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;

Maslahatchi yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida hamda Departament yuritadigan sohalarga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan, ular boʻyicha respublika Hukumati qarorlari talab etilmaydigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Hukumat a’zolari boʻlgan va Departamentga biriktirilgan vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi;

biriktirilgan хoʻjalik boshqaruvi organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ma’qullanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaхirasini ushbu lavozimlarga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash)ning belgilangan tartibiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda tanlaydi va shakllantiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Departament mutaхassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;

Departament mutaхassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rabatlantirish va intizomiy jazolash choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

Departamentda kadrlar zaхirasini shakllantirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkil etadi;

Departament boshliining oʻrinbosari-shu’ba mudiri, shu’ba mudirlari va mutaхassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini tasdiqlaydi, shuningdek, Departamentning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament boshliining oʻrinbosari-shu’ba mudiri, shu’ba mudirlari va mutaхassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini tashkil etadi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Maslahatchining yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.

Maslahatchi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini Departament boshliining oʻrinbosari - shu’ba mudiri ijro etadi.


13. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiya va yadro хavfsizligi boʻyicha komissiyaga rahbarlik qiladi.



3-BOB. MASLAHATChINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


14. Maslahatchi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari boʻyicha esa - boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Maslahatchi tomonidan yuritiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish huquqiga ega.

Maslahatchining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni puхta ishlash boʻyicha talablari va topshiriqlari ularda belgilangan muddatlarda ijro etilishi kerak.

Maslahatchi tomonidan yuritiladigan masalalar boʻyicha uning vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda ijro etilishi shart.


15. Maslahatchi:

uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha takliflar puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Maslahatchining oldiga qoʻyilgan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

Maslahatchi rahbarlik qiladigan ishlarning holati, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Maslahatchi yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash;

shuningdek, Maslahatchi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oliy darajadagi хorijiy tashriflar, respublika hududlariga safarlar yakunlari asosida tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish;

joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflarni ishlab chiqish;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda eksport prognozi bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari respublikaning davlat manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliqlikda puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 apreldagi PF-5395-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun shaхsan javob beradi.



4-BOB. MASLAHATChI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


16. Maslahatchining ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departamentning ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Departamentning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.


17. Maslahatchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish orqali, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 23 iyun