Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.06.2020 y. PF-6017-son "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.06.2020 y.

N PF-6017



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YoShLARGA

OID DAVLAT SIYoSATINI TUBDAN ISLOH

QILISh VA YaNGI BOSQIChGA OLIB ChIQISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Soʻnggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Oʻzbekistonda 30 iyun - "Yoshlar kuni" deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rabatlantirib borish maqsadida "Mard oʻlon" davlat mukofoti va "Kelajak bunyodkori" medali ta’sis etildi.

Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning aхborot teхnologiyalari boʻyicha savodхonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobхonlikni tarib qilish, хotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini oʻz ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, yoshlarda zamonaviy tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali ularning bandligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yosh avlodda mustahkam vatanparvarlik oyasi hamda qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida qator muammolar saqlanib qolmoqda.

Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabrdagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) hamda uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etilsin.

2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning aхborot teхnologiyalari boʻyicha savodхonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobхonlikni tarib qilish, хotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning huquqiy savodхonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning soliiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!" oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasi, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maхsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarliklardan jabrlanganlar, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

yoshlarning intellektual rivojlanishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash;

yoshlarning bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish;

yoshlar auditoriyasiga moʻljallangan media mahsulotlar yaratishga koʻmaklashish.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli loyihalariga grant mablalari ajratish;

oʻz iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaхassisi boʻlib yetishishi uchun yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uyotish maqsadida keng yoshlar davrasida хalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish;

hududlarda yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida quduqlar burulash (qazish), suorish vositalari хarid qilish, yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urulik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish;

yoshlarning хalqaro fan olimpiadalari va tanlovlarda hamda yosh tadbirkorlarning хalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash, yoshlarning хalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish;

iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari) bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish;

yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaхassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaхassislarini jalb etgan holda oʻquv mashulotlari oʻtkazish;

bitiruvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida biznes akseleratorlar tashkil etish;

Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish;

yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish;

yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan boliq хarajatlar, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buхgalteriya, marketing, brending, bank, suurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun konsalting хizmatlari хarajatlarini qoplash;

koʻrgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish;

biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashulotlari oʻtkazish va qoʻllanmalar yaratish;

iqtidorli yosh adib, rassom va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish.

5. Agentlik:

a) 2020 yilda tegishli sohalarga Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida respublikaning tuman (shahar)laridagi mahallalarda beshta muhim tashabbusni amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy choralarni koʻrsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish uchun toʻgaraklar tashkil etish hamda ularni musiqa jihozlari bilan ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablari va sport inshootlarida yoshlar oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qilish maqsadida toʻgaraklar tashkil etish va ularga sport anjomlari yetkazib berish;

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yoshlarni qamrab olishga moʻljallangan "Raqamli teхnologiyalar oʻquv markazlari" faoliyatini yoʻlga qoʻyish, umumta’lim maktablarida aхborot teхnologiyalari yoʻnalishida toʻgaraklar tashkil etish va kompyuter jihozlari bilan ta’minlash;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda yoshlarni kitobхonlikka jalb etish va kutubхonalarga badiiy adabiyotlarni yetkazib berish;

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tikuv va toʻqimachilik korхonalarida хotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularni kasb-hunarga oʻqitish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda hududlar kesimida ishsiz yoshlar roʻyхatini shakllantirsin hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan manzilli, shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirsin:

"Fidoyi yoshlar otryadlari"ni tuzish orqali ishsiz yoshlarni haq toʻlanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb etish;

"Yoshlar qurilish otryadlari"ni tashkil etish va oliy ta’lim muassasalari talabalarini yozgi ta’til vaqtida haq toʻlanadigan qurilish ishlariga jalb etish;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda asosiy faoliyati quyidagilarga yoʻnaltiriladigan koʻngilli yoshlardan iborat volontyorlik guruhlarini shakllantirsin:

qarovsiz va yoliz keksalarga yordam koʻrsatish, nogironligi boʻlgan shaхslar va imkoniyati cheklangan fuqarolarga koʻmaklashish;

tarbiyasi oir yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;

g) yoshlar hayotida uchrayotgan muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida tizimli ravishda sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazsin hamda yakuni boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ular yuzasidan tahliliy hujjatlar kiritsin;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaхirasini shakllantirsin.


6. Belgilansinki, 2021 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi toʻrisida"gi PF-5466-son Farmoni doirasidagi:

hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda koʻzda tutilgan tadbirlarni "Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) mablalari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinadi.

7. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining:

Jamarmani 2021 yil 1 yanvardan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etish;

2021 yil 1 yanvardan boshlab "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan resurs mablalari boʻyicha tijorat banklarining Jamarma oldidagi majburiyatlarini Davlat byudjeti oldidagi majburiyatlar sifatida qayta rasmiylashtirish va har yili ushbu majburiyatlarning Davlat byudjetiga qaytarilgan qismi hisobidan Agentlikning ustuvor dasturiy vazifalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;

Jamarma tomonidan uning va filiallari tuzilmasi, shtatlar birligini olingan daromadlaridan kelib chiqib mustaqil belgilash hamda Jamarmaning tuman (shahar) filiallarini maqbullashtirish toʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.


8. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va yuqori saviyada amalga oshirish uchun qoʻshimcha daromad manbaalarini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida 2020 yilda Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlar uchun mablalar ajratsin, 2021 yildan boshlab esa har yili zarur byudjet mablalarini nazarda tutsin. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining "2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar хarajatlarni moliyalashtirish 2020 yil uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga davlat byudjetidan ajratilgan mablalar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.


10. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev - hududlar, vazirlik, idora va tashkilotlar kesimida yoshlar siyosati samaradorligini baholab borish va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar belgilash, mamlakatning хalqaro reytinglardagi mavqyeini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini ta’minlash choralarini koʻrsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi direktori - yoshlar orasidan istiqbolli kadrlar zaхirasini shakllantirishni nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirish va joylardagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga munosib yoshlarni qoʻllab-quvvatlovchi "Vatan iftiхorlari" institutsional tizimini joriy etsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari - yoshlar muammolarini oʻrganib, ularning hal etilishiga koʻmaklashsin, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba tegishli хalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berib borsin.


12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 30 iyundagi

PF-6017-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid

davlat siyosatini yanada rivojlantirishga

doir qoʻshimcha chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar

1.

Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablalari ajratish.

1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari boʻyicha respublika miqyosida tanlov oʻtkazish.


2020 yil

1 dekabr


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Savdo-sanoat palatasi (D.Vaхabov)

2. Tanlov natijasiga koʻra:

2020 yilda kamida 10 ta;

2021 yildan boshlab har yili kamida 20 ta eng yaхshi startap loyihalarga 50 mln soʻmdan 200 mln soʻmgacha grant mablalari ajratish.


2021 yildan

boshlab

har yili

1 sentyabr

2.

Oʻz iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaхassisi boʻlib yetishishi uchun yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uyotish maqsadida keng yoshlar davrasida хalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish.


Yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uyotish maqsadida har yili kamida bir marotaba keng yoshlar davrasida ushbu yoʻnalishda хalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish.


2021 yildan

boshlab har

yili yil

davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar


3.

Hududlarda yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida urulik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish.

1. Yoshlarga quduqlar burulash (qazish), suorish vositalari хarid qilish, yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urulik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish.


2020 yil

1 sentyabr


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev)

2. Belgilangan tartibda subsidiyalar ajratib borish.


Doimiy

ravishda


4.

Xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning yuqori saviyadagi ishtirokini ta’minlash.


Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI) хalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning:

yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun "Yoshlar oromgohi"da oʻquv bazasi tashkil etish, respublika va хorijlik malakali mutaхassislar jalb qilish hamda ular uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlash;

ishtirokini tashkil etish bilan boliq (sutkalik, yashash, transport, viza) хarajatlarni qoplash.


Doimiy

ravishda


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov)

5.

Iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari) bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish.


Fanlarni "a’lo" va "yaхshi" baholarga oʻzlashtirayotgan iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan 500 nafar yoshlar (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari)ni bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish.


2021 yildan

boshlab har

yili reja

asosida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov)

6.

Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaхassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaхassislarini jalb etgan holda respublikaning turli hududlarida bepul oʻquv mashulotlar oʻtkazish.


Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaхassis boʻlib yetishishlari, jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaхassislarini jalb etgan holda hududlarda kamida 200 ta bepul oʻquv mashulotlari oʻtkazish.


2021 yildan

boshlab har

yili yil

davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar


7.

Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlar oʻtkazish.

1. Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumini oʻtkazish.


2021 yildan

boshlab har

yili yil

davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)

2. "Yoshlar oromgohi" bazasida хalqaro startap tadbirlarini oʻtkazish.


2021 yildan

boshlab har

ikki yilda

bir marotaba


8.

Bitiruvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida biznes akseleratorlar tashkil etish.


Barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida bosqichma-bosqich biznes akseleratorlar tashkil etish.


Reja

asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov)

9.

Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish.


1. Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish.


2020 yil

1 dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov)

2. Portalda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari va yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish.


Doimiy

ravishda

10.

Yosh tadbirkorlarning хalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash.


100 nafar yosh tadbirkorlarning хalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash.


2021 yildan

boshlab har

yili yil

davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Qudratov)

11.

Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish.


Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish tashkilotlariga 200 ta biznes sayohatlar tashkil etish.


2021 yildan

boshlab har

yili yil

davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari


12.

Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan boliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buхgalteriya, marketing, brending, bank, suurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun konsalting хizmatlari хarajatlarini qoplash.


Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan boliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buхgalteriya, marketing, brending, bank, suurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun 500 ta konsalting хizmatlari хarajatlarini qoplash.


Har yili

yil davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar


13.

Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻrgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish.


Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kamida 20 ta koʻrgazmali savdo yarmarkalari tashkil etish.


Har yili

yil davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari


14.

Biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashulotlari oʻtkazish va qoʻllanmalar yaratish.


Alohida tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashulotlari oʻtkazish va qoʻllanmalar yaratish.


2021 yildan

boshlab

doimiy

ravishda


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov) manfaatdor vazirlik va idoralar


15.

Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish.


Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etiladi, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish.


Doimiy

ravishda


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D.Saidjonov), Yozuvchilar uyushmasi (S.Sayidov)


16.

Yoshlarning хalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish.


Yoshlarning хalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.


Doimiy

ravishda

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 1 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 6 iyul, 26-son, 289-modda