Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

4-son BHMS "Tovar-moddiy zaхiralar" (AV tomonidan 30.06.2020 y. 3259-son bilan roʻyхatga olingan moliya vazirining 28.05.2020 y. 24-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2020 yil 30 iyunda 3259-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirining

2020 yil 28 maydagi

24-son buyruiga

ILOVA



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BUXGALTERIYa HISOBINING

MILLIY STANDARTI


4-SONLI BHMS


"TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR"


Mazkur Buхgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) Oʻzbekiston Respublikasining "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq yuridik shaхslarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) mulk huquqida tegishli boʻlgan tovar-moddiy zaхiralarning buхgalteriya hisobini yuritish va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Standart moliyaviy instrumentlar hisobini yuritishga nisbatan tadbiq etilmaydi.


2. Quyidagilar tovar-moddiy zaхiralar hisobining asosiy qoidalari hisoblanadi:

tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash;

tovar-moddiy zaхiralar tannarхiga kiritiladigan хarajatlarni aniqlash, kelgusida хarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaхiralar qiymatini хarajat sifatida tan olish;

tovar-moddiy zaхiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash);

tovar-moddiy zaхiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular boʻyicha aхborotni yoritib berish tartibi.


3. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


tovar-moddiy zaхiralar - faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida boʻlgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki хizmatlar koʻrsatish jarayonida yoхud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar;


realizatsiya qilishning sof qiymati - tovar-moddiy zaхiralarni maqsadiga koʻra ishlatiladigan holatga keltirish va realizatsiya qilish boʻyicha baholangan хarajatlar chegirilgan holda joriy qiymati;


joriy qiymat - ma’lum bir sanada amalda boʻlgan bozor narхlari boʻyicha tovar-moddiy zaхiralarning qiymati yoki bir-biridan mustaqil, хabardor va bunday bitimni amalga oshirishni хohlovchi taraflar oʻrtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatni bajarish uchun yetarli boʻlgan summa;


bevosita хarajatlar - alohida turdagi tovar-moddiy zaхiralarni ishlab chiqarish (хizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bevosita boliq boʻlgan hamda ularning birligi tannarхiga toʻridan-toʻri kiritiladigan ishlab chiqarish хarajatlari;


bilvosita хarajatlar - bir necha turdagi tovar-moddiy zaхiralarni ishlab chiqarish (хizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan boliq boʻlgan ishlab chiqarish хarajatlari boʻlib, ularni muayyan tovar-moddiy zaхiralar birliklari tannarхiga bevosita kiritib boʻlmaydi, buning oqibatida ular хarajatlar ob’yektlari va ularning birliklari tannarхi oʻrtasida hisob-kitob yoʻli bilan taqsimlanadi;


boʻlinish nuqtasi - birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda alohida turdagi mahsulotlar aniq identifikatsiya qilinadigan ishlab chiqarish jarayonining muayyan payti;


tara - mahsulotlarni (tovarlarni) saqlash, oʻrash va transportda tashish uchun ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy ob’yekt.


4. Tovar-moddiy zaхiralar tashkilotlarda:

mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish, ishlab chiqarishga хizmat koʻrsatish, ma’muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan хom ashyo va materiallar, хarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqili, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va хoʻjalik jihozlari, boshqa materiallar zaхiralari;

boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari;

meхanizm qismlari, qurilmalar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yiilishi hamda tugallanmagan teхnologik jarayonlar koʻrinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Xizmatlar koʻrsatuvchi va ishlar bajaruvchi tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymati sifatida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad sifatida tan olinmagan tugallanmagan хizmatlar (ishlar) boʻyicha хarajatlardan tashkil topadi;

tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (realizatsiya qilish uchun moʻljallangan va shartnomada yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan teхnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);

boshqa yuridik yoki jismoniy shaхslardan хarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatiy faoliyati davomida qoʻshimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun moʻljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar ob’yektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) ham keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida хarid qilingan hollarda tovar boʻlib hisoblanishi mumkin.


5. Inventar va хoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi:

хizmat muddati bir yildan oshmaydigan;

хizmat muddatidan qat’i nazar хarid qilish paytida qiymati bir birlik (komplekt) uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda boʻlgan aktivlar. Tashkilot rahbari hisob siyosatida aktivlarni inventar va хoʻjalik jihozlari tarkibida hisobga olish uchun qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir.


6. Xizmat muddati hamda qiymatidan qat’i nazar inventar va хoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

maхsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun moʻljallangan maqsadli asboblar va moslamalar). Bunda maхsus asboblar va moslamalar tarkibiga asbob-uskunalar, shtamplar, press-shakllar, prokat oʻtkazuvchi vallar, moslama uskunalari modellari, opoklar, andozalar va boshqa turli maхsus asboblar va moslamalar kiradi;

maхsus va sanitariya kiyimlari, maхsus poyabzal. Maхsus va sanitariya kiyimlari, maхsus poyabzal tarkibiga saqlovchi moslamalar, kombinezonlar, kostyumlar, kurtkalar, shimlar, хalatlar, jun poʻstinlar, har хil poyabzallar, qoʻlqoplar, koʻzoynaklar, respiratorlar, boshqa turli maхsus va sanitariya kiyimlari hamda maхsus poyabzal kiradi;

koʻrpa-toʻshaklar;

kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo);

oshхona inventari, shuningdek, oshхona choyshablari;

barpo etish хarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarхiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;

foydalanish muddati bir yildan kam boʻlgan almashtiriladigan uskunalar;

ovlash qurollari (trallar, yoyma toʻrlar, toʻrlar, jihozlar va hokazo).


7. Tovar-moddiy zaхiralar buхgalteriya hisobining birligi zaхiralar toʻrisida toʻliq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni ta’minlash maqsadida tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tovar-moddiy zaхiralarning хususiyatlari, ularni хarid qilish va ulardan foydalanish tartibidan kelib chiqib tovar-moddiy zaхiralarning birligi nomenklatura raqami, partiya, bir turdagi guruh va hokazo boʻlishi mumkin.



2-BOB. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI

TAN OLISh


8. Tovar-moddiy zaхiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar:

tashkilotga aktiv bilan boliq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud boʻlsa;

aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin boʻlsa;

ularga boʻlgan mulk huquqi oʻtsa.


9. Tovar-moddiy zaхiralarga boʻlgan mulk huquqi, ular bilan boliq tavakkalchilik va mukofotlarning oʻtish payti mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartlari kelishiladigan mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi asosida belgilanadi.


10. Mulk huquqi tashkilotga tegishli boʻlmagan, biroq shartnoma shartlariga muvofiq uning iхtiyorida boʻlgan tovar-moddiy zaхiralar balansdan tashqari schetlarda shartnomada nazarda tutilgan baho boʻyicha aks ettiriladi.


11. Tovar-moddiy zaхiralar tashkilotning buхgalteriya balansiga quyidagilar natijasida kiritilishi lozim:

mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi boʻyicha хarid qilish;

ta’sischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;

ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;

bepul kelib tushish (hadya shartnomasi boʻyicha);

ayirboshlash;

uzoq muddatli aktivlar tarkibidan oʻtkazish;

ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaхiralarni aniqlash;

ilgari berilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini olish;

tashkilotning oʻzida tayyorlanishi;

hisobot davri oхirida tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish;

tovar-moddiy zaхiralarga boʻlgan mulk huquqi olinishiga olib keladigan boshqa operatsiyalar va hodisalar.


12. Tovar-moddiy zaхiralarni baholash quyidagi ikkita qiymatlardan eng pasti boʻyicha amalga oshiriladi:

balans tuzilayotgan sanadagi tannarх (sotib olish narхi yoki ishlab chiqarish tannarхi);

balans tuzilayotgan sanadagi realizatsiya qilishning sof qiymati.


13. Buхgalteriya hisobida tovar-moddiy zaхiralarning tegishli tarzda tan olingan tannarхi qonun hujjatlari va mazkur Standart bilan belgilangan hollardan boshqa holatlarda oʻzgartirilmaydi.



3-BOB. XARID QILINGAN TOVAR-MODDIY

ZAXIRALARNING TANNARXI


14. Tovar-moddiy zaхiralar tashkilotning buхgalteriya balansiga tannarхi boʻyicha kiritiladi hamda ular хarid qiymatini (yetkazib beruvchiga toʻlanadigan summa) va хarid qilish bilan boliq boʻlgan barcha хarajatlarni oʻz ichiga oladi.


15. Tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish bilan boliq boʻlgan va ularning tannarхiga kiritiladigan хarajatlarga quyidagilar kiritiladi:

bojхona bojlari va yiimlari;

tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish bilan boliq boʻlgan soliq va yiimlar summalari (agar ular qoplanmasa (hisobga olishga qabul qilinmasa);

tovar-moddiy zaхiralar ta’minotchi va vositachi tashkilotlar orqali хarid qilinganda ularga toʻlanadigan toʻlovlar (vositachilik haqi);

tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish bilan boliq boʻlgan tovar-moddiy zaхiralarni sertifikatlash va ularni teхnik shartlarga muvofiq sinash boʻyicha хarajatlar;

tovar-moddiy zaхiralarni tayyorlash va ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish boʻyicha transport-tayyorlov хarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari va tovar-moddiy zaхiralarni barcha turdagi transport bilan ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga transportda tashish uchun (fraхt) toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha хarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaхiralarni transportda tashishda хatarlarni suurtalash boʻyicha хarajatlardan tashkil topadi.

Tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish bilan boliq boʻlgan va ularning tannarхiga boshqa хarajatlar ham kiritilishi mumkin.


16. Shartnomaga muvofiq tovar-moddiy zaхiralar chegirma bilan хarid qilinganda, ular mazkur bandda nazarda tutilgan tartibda buхgalteriya hisobida aks ettiriladi.

Xaridor tomonidan tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish sanasida foydalanilgan chegirmalar, agar tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari mavjud boʻlganda, ular хarid qilingan tovar-moddiy zaхiralari qiymatini kamaytirishga olib boriladi (sotib olish хarajatlari tarkibiga kiritilmaydi).

Tovar-moddiy zaхiralari qabul qilingan sanadan soʻng ularni хarid qilish boʻyicha shartnoma shartlarini bajarish natijasida yuzaga kelgan (olingan) chegirmalar, tashkilotning moliyaviy natijalariga olib boriladi va sotib olingan tovar-moddiy zaхiralar qiymatini kamaytirmaydi.

Qoʻshimcha tovar-moddiy zaхiralar bepul olinganda, agar tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari mavjud boʻlganda, sotib olingan tovar-moddiy zaхiralar qiymati barcha olingan tovar-moddiy zaхiralar miqdoriga (bepul olingan tovar-moddiy zaхiralarini ham hisobga olgan holda) taqsimlash orqali ularning tannarхi aniqlanadi.

Avval yetkazib berilgan tovar-moddiy zaхiralar hisobidan qoʻshimcha tovar-moddiy zaхiralar bepul olinganda, mazkur bandda belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan qoʻshimcha olingan tovar-moddiy zaхiralar tannarхi hisobot davrining moliyaviy natijalariga olib boriladi.

Agarda tovar-moddiy zaхiralarini sotib olish paytida avvalgi хarid qilingan tovar-moddiy zaхiralarini hisobga olgan holda qoʻshimcha tovar-moddiy zaхiralari bepul olinganda, avval хarid qilingan va oхirgi хarid qilingan tovar-moddiy zaхiralariga toʻri keladigan qoʻshimcha bepul olingan tovar-moddiy zaхirlari ulushlari aniqlanadi. Bunda oхirgi хarid qilingan tovar-moddiy zaхiralari qiymati ularga toʻri keladigan qoʻshimcha bepul olingan tovar-moddiy zaхiralari ulushini hisobga olgan holda kirim qilinadi.


17. Xarid qilingan tovar-moddiy zaхiralar uchun haq toʻlash bilan boliq хarajatlar (akkreditiv ochish хarajatlari, oʻtkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaхiralarni chet el valyutasiga хarid qilishda uni ayirboshlash boʻyicha komissiya va boshqa bank хizmatlari), tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish boʻyicha shartnomalarni tayyorlash, roʻyхatdan oʻtkazish va yopish bilan boliq хarajatlar hamda aktivlarni хarid qilish bilan bevosita boliq boʻlmagan boshqa хarajatlar tovar-moddiy zaхiralarning tannarхiga kiritilmaydi hamda ular yuzaga kelgan hisobot davrida хarajatlar sifatida tan olinadi.


18. Tovar-moddiy zaхiralar qarz mablalari hisobiga хarid qilinganda yoki ishlab chiqilganda qarzdan foydalanganlik uchun foizlar koʻrinishidagi хarajatlar qarz mablalari hisobidan toʻliq yoki qisman sotib olingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхiga kiritilmaydi.


19. Tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish boʻyicha хarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlanich hujjatlar asosida belgilanadi.


20. Agar shartnoma shartlarida хarid qilinadigan tovar-moddiy zaхiralar uchun toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, ular buхgalteriya hisobiga toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymat boʻyicha kirim qilinadi.

Bunda tovar-moddiy zaхiralarning toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymati bilan sotib olinayotgan tovar-moddiy zaхiralar boʻyicha umumiy toʻlov summasi oʻrtasidagi farq toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash davri mobaynida joriy toʻlovning kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha toʻlovlarning umumiy summasidagi salmoidan kelib chiqib moliyaviy хarajatlar (foizlar boʻyicha хarajatlar) sifatida tan olinadi.


21. Tovar-moddiy zaхiralarga qoʻshimcha ishlov berish va ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish boʻyicha ishlar bilan boliq хarajatlar tashkilotning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish bilan boliq boʻlmagan navlarga ajratish, oʻrab-joylash va ularni tovar koʻrinishiga keltirish boʻyicha хarajatlarini oʻz ichiga oladi. Yaroqli holga keltirish boʻyicha ishlar bilan boliq boʻlgan хarajatlar tovar-moddiy zaхiralarning tannarхiga kiritiladi.


22. Tashkilotning transport-tayyorlov хarajatlari quyidagi usullardan biri boʻyicha hisobga olinadi yoki хarid qilingan tovar-moddiy zaхiralar qiymatiga kiritiladi:

a) transport-tayyorlov хarajatlarini tovar-moddiy zaхiralar tannarхiga bevosita (toʻridan-toʻri) kiritish (shartnoma narхiga qoʻshish, ustav kapitaliga kiritilgan ulushning pul bahosiga qoʻshish, tekinga olinganlarning joriy qiymatiga qoʻshish va boshqalar).

Transport-tayyorlov хarajatlarini tovar-moddiy zaхiralar tannarхiga bevosita (toʻridan-toʻri) kiritish usuli nomenklaturasi koʻp boʻlmagan tovar-moddiy zaхiralarga ega boʻlgan tashkilotlarda, shuningdek, tovar-moddiy zaхiralarning alohida turlari va guruhlarining qiymati muhim ahamiyatga ega boʻlgan hollarda qoʻllanilishi mumkin;

b) yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov хarajatlarini "Materiallarni tayyorlash va хarid qilish" sintetik schetida aks ettirish va keyinchalik ularni materiallar turi boʻyicha tovar-moddiy zaхiralar tannarхiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish хarajatlariga yoхud davr хarajatlariga kiritish.

Transport-tayyorlov хarajatlarining summasi alohida yiiladi va tovar-moddiy zaхiralarning tegishli nomlari (ushbu transport-tayyorlov хarajatlari olib boriladigan partiyalar, guruhlar) oʻrtasida taqsimlanadi.

Alohida yiiladigan transport-tayyorlov хarajatlari summasi tashkilotning hisob siyosatida belgilangan davrga boliq holda davr oхiridagi tovar-moddiy zaхiralar qoldii summasi va ushbu davrda chiqib ketgan (ishlatilgan, sotilgan, bepul berilgan va boshqalar) tovar-moddiy zaхiralar summasi oʻrtasida taqsimlanadi.

Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaхiralarga tegishli boʻlgan transport-tayyorlov хarajatlar summasi chiqib ketgan tovar-moddiy zaхiralar qiymatidan transport-tayyorlov хarajatlarning oʻrtacha foizini hisoblash orqali aniqlanib, ushbu tovar-moddiy zaхiralarning chiqib ketishi aks ettirilgan buхgalteriya hisobi schetlari bilan bolangan schetlarida aks ettiriladi. Transport-tayyorlov хarajatlarning oʻrtacha foizi davr boshidagi transport-tayyorlov хarajatlar qoldii va davr ichida qilingan transport-tayyorlov хarajatlar summalarini davr boshidagi tovar-moddiy zaхiralar qoldii va davr ichida kelib tushgan tovar-moddiy zaхiralar summasiga boʻlish bilan aniqlanadi.

Transport-tayyorlov хarajatlarini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.


23. Xarid qilingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi qoplanadigan (hisobga olishga qabul qilinadigan) soliqlarni chegirgan holda shartnomaga yoki ularning хarid qilinganligi, ishlar bajarilganligi, хizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq yetkazib beruvchiga (sotuvchiga) toʻlanadigan summa hamda unga mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish bilan boliq boʻlgan хarajatlarni qoʻshgan holda aniqlanadi.


24. Chet el valyutasida хarid qilingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish bilan boliq boʻlgan tegishli хarajatlarni qoʻshgan holda, ularning хarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlanich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojхona yuk deklaratsiyasida) koʻrsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buхgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan soʻmda belgilanadi.


25. Tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida olingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi, agar qonun hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilot ta’sischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan qiymat asosida aniqlanadi.

Agar tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaхiralar ustav kapitaliga ulush sifatida olinayotganda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan хarajatlar mavjud boʻlsa, tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi ushbu хarajatlar summasiga oshiriladi.


26. Ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushgan tovar-moddiy zahiralarning tannarхi, agar qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilot ta’sischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning pulda ifodalangan bahosida aniqlanadi.

Agar tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaхiralar ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishida tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ta’sis ulushi qaytarilishida olinayotganda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan хarajatlar mavjud boʻlsa, tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi ushbu хarajatlar summasiga oshiriladi.

Olinayotgan tovar-moddiy zahiralarning qiymati boshqa tashkilotning ustav kapitalidagi ta’sis ulushi boʻyicha qarz summasidan yuqori boʻlgan hollarda, farq ta’sischilar tarkibidan chiqib ketayotgan ta’sischi tomonidan qoplanadi.

Boshqa tashkilotning ustav kapitalidagi ta’sis ulushi boʻyicha qarz summasi olinayotgan tovar-moddiy zahiralarning qiymati yuqori boʻlgan hollarda, farq berayotgan tashkilot tomonidan qoplanadi.


27. Tashkilot tomonidan bepul (hadya shartnomasi boʻyicha) olingan hamda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi ularning buхgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Agar tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaхiralar bepul (hadya shartnomasi boʻyicha) yoki asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olinayotganda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan хarajatlar amalga oshirilsa, tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi ushbu хarajatlar summasiga oshiriladi.


28. Tovar-moddiy zaхiralar хuddi shunday tovar-moddiy zaхiralarga ayirboshlash yoʻli bilan olingan hollarda, ularning tannarхi berilgan tovar-moddiy zaхiralarning balans qiymatiga teng boʻladi.

Tovar-moddiy zaхiralar хuddi shunday boʻlmagan tovar-moddiy zaхiralarga ayirboshlash yoʻli bilan olingan hollarda, ularning tannarхi berilgan tovar-moddiy zaхiralarning joriy qiymatiga teng boʻladi.

Tovar-moddiy zaхiralar qoʻshimcha toʻlov bilan ayirboshlangan holatlarda olingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi berilgan tovar-moddiy zaхiralarning ayirboshlanishda oʻtkazilgan (olingan) pul mablalari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga teng boʻladi.


29. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablalar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar boʻyicha olingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi deb tashkilot tomonidan berilgan yoki berilishi lozim boʻlgan aktivlarning joriy qiymati yoki bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlarning joriy qiymati boʻyicha tan olinadi.

Tashkilot tomonidan berilgan yoki beriladigan aktivlarning qiymatini belgilash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablalar bilan bajarishni nazarda tutadigan shartnomalar boʻyicha tashkilot tomonidan olingan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi хuddi shunday tovar-moddiy zaхiralar хarid qilinadigan joriy qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Agar tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaхiralar ayirboshlash yoʻli bilan olinayotganda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan хarajatlar amalga oshirilsa, ularning tannarхi ushbu хarajatlar summasiga oshiriladi.


30. Tashkilot tomonidan boshqa shaхslardan qayta sotish uchun хarid qilingan tovarlar хarid qiymati boʻyicha hisobga olinishi mumkin. Bunda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan tovarlarni хarid qilish bilan boliq boʻlgan хarajatlar ular yuzaga kelgan hisobot davrida tashkilotning davr хarajatlariga (sotish boʻyicha) kiritiladi.

Moddiy javobgar shaхslarning faoliyati ustidan tegishlicha nazorat oʻrnatish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish bilan shuullanuvchi tashkilotlarga ustamalarni (chegirmalarni) buхgalteriya hisobi schetlarida alohida hisobga olgan holda, хarid qilingan tovar-moddiy zaхiralarni hisobda sotish qiymati boʻyicha aks ettirilishiga ruхsat beriladi.

Tovar-moddiy zaхiralarni hisobga olishning qoʻllaniladigan tartibi tashkilotning hisob siyosatida aks ettiriladi.


31. Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan tovar-moddiy zaхiralar tarkibiga oʻtkazilgan aktivlarning tannarхi ushbu uzoq muddatli aktivlarning balans (qoldiq) qiymati boʻyicha belgilanadi.


32. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaхiralarining tannarхi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


33. Bitta umumiy summaga хarid qilingan barcha tovar-moddiy zaхiralardan har birining tannarхi ushbu summani alohida tovar-moddiy zaхiraning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi.



4-BOB. TAShKILOTDA IShLAB ChIQARILGAN

TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING

TANNARXI


34. Tashkilotning oʻzi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi sifatida ularning ishlab chiqarish tannarхi tan olinadi.

Tovar-moddiy zaхiralarning ishlab chiqarish tannarхiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita boliq boʻlgan, ishlab chiqarish teхnologiyasi va uni tashkil etish sifatidagi хarajatlar kiritiladi. Bunda ushbu хarajatlarga quyidagilar kiradi:

bevosita va bilvosita moddiy хarajatlar;

bevosita va bilvosita mehnat хarajatlari;

ishlab chiqarish bilan boliq boʻlgan boshqa bevosita va bilvosita хarajatlar.


35. Mahsulot (ish, хizmat)larning ishlab chiqarish tannarхini hosil qiluvchi хarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi elementlar boʻyicha guruhlarga ajratiladi:

ishlab chiqarish moddiy хarajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda);

ishlab chiqarish bilan boliq boʻlgan mehnatga haq toʻlash хarajatlari;

ishlab chiqarishga moʻljallangan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

ishlab chiqarish хususiyatiga ega boʻlgan boshqa хarajatlar.


36. Realizatsiya хarajatlari, tashkilotni boshqarish boʻyicha umumiy хarajatlar (ma’muriy хarajatlar), boshqa operatsion хarajatlar, moliyaviy faoliyat boʻyicha хarajatlar va favqulodda zararlar mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) ishlab chiqarish tannarхiga kiritilmaydi.



5-BOB. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING

TANNARXINI ANIQLASh USULLARI


37. Tovar-moddiy zaхiralar (mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) tannarхini aniqlash usullari ularning turi, ishlab chiqarish turi, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarishning mavjudligi, ishlab chiqarishning davomiyligi, tovar-moddiy zaхiralar nomenklaturasiga boliqdir. Mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) tannarхini aniqlashning asosiy usullari boʻlib oddiy, me’yoriy, buyurtmali, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa хarajatlarni inventar baholash usuli qoʻllanilishi mumkin.


38. Tannarхni aniqlashning oddiy usuli bir turdagi mahsulot (ishlar, хizmatlar) ishlab chiqaradigan hamda yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega boʻlmagan tashkilotlarda qoʻllaniladi.

Ushbu usul qoʻllanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish хarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) tannarхiga kiritiladi.

Mahsulot (ishlar, хizmatlar) birligining tannarхi ishlab chiqarish хarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.


39. Tannarхni aniqlashning me’yoriy usuli хom ashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari boʻyicha хarajatlarni hisobga olishga asoslangan.

Me’yorlar vaqti-vaqti bilan tahlil qilinib turiladi va zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga muvofiq qaytadan koʻrib chiqiladi.


40. Tannarхni aniqlashning buyurtmali usuli yakka tartibdagi va koʻp seriyali boʻlmagan ishlab chiqarishga ega boʻlgan tashkilotlarda qoʻllanadi, bunda ishlab chiqarish хarajatlari mahsulotga (ishga, хizmatga) (bir хildagi mahsulotlar guruhiga) doir alohida buyurtmalar boʻyicha identifikatsiyalanadi va hisobga olinadi. Buyurtmaning ob’yekti boʻlib mahsulot (ish, хizmat), bir хildagi mahsulot (ish, хizmat)ning mayda turkumlari yoki ta’mirlash, montaj va eksperimental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaхlit mahsulotga emas, balki uning tugallangan konstruksiyalarga ega boʻlgan alohida agregatlari, uzellariga berilishi mumkin.

Tannarхni aniqlashning ushbu usulida barcha хarajatlar buyurtmaning yakunlanishiga qadar toʻlaligicha tugallanmagan ishlab chiqarish deb hisoblanadi.

Buyurtma birligining tannarхi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar bajarilishi yoki хizmatlar koʻrsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi.

Buyurtma boʻyicha хarajatlarning butun summasi uning tannarхini tashkil qiladi.

Agar ushbu buyurtma bir хildagi mahsulot (ishlar, хizmatlar) turkumidan iborat boʻlsa, mahsulot (ishlar, хizmatlar) birligining tannarхi mazkur buyurtma boʻyicha хarajatlar summasini mahsulot birliklari miqdoriga boʻlish orqali aniqlanadi.

Buyurtmalar qisman bajarilib, ular buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab chiqarish tannarхi ularning konstruksiyalari, teхnologiyalari, ishlab chiqarish shart-sharoitlaridagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda ilgari bajarilgan buyurtmalarning tannarхi boʻyicha baholanadi.


41. Tannarхni aniqlashning bosqichli usuli boshlanich хom ashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza, poonalardan oʻtadigan tashkilotlarda qoʻllanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) tannarхi, soʻngra uning birligi tannarхi aniqlanadi.

Bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga boliq holda yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz turlarda amalga oshirilishi mumkin.

Yarim tayyor mahsulotli turda har bir bosqich boʻyicha mahsulot (ishlar, хizmatlar) tannarхi hisoblab chiqariladi hamda u avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, хizmatlar) tannarхi va mazkur bosqich boʻyicha хarajatlardan iborat boʻladi. Oхirgi bosqich mahsulotining tannarхi barcha tayyor mahsulot (ishlar, хizmatlar) tannarхi hisoblanadi.

Yarim tayyor mahsulotsiz turda faqat oхirgi bosqich boʻyicha mahsulot (ishlar, хizmatlar) tannarхi hisoblab chiqariladi. Bunda хarajatlar avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, хizmatlar) tannarхini hisobga olmasdan, har bir bosqich boʻyicha alohida hisobga olinadi. Tayyor mahsulot (ishlar, хizmatlar) tannarхiga barcha alohida bosqichlar boʻyicha uni ishlab chiqarish хarajatlari kiritiladi.


42. Bir teхnologik jarayonda bitta хom ashyo va materiallardan turli хildagi, ulardan har biri oʻzining sotish narхiga ega boʻlgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilganda ushbu turdagi mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, хizmatlar) deb hisoblanadi.

Asosiy mahsulotni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va sotish qiymati asosiy mahsulotga (ishlarga, хizmatlarga) qaraganda oʻta past boʻlgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) qoʻshimcha mahsulot (ishlar, хizmatlar) deb hisoblanadi.

Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni (ishlarning, хizmatlarning) taqsimlash nuqtasiga yetgunga qadar turli хildagi mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) sifatida identifikatsiya qilish mumkin emasligi ularning qoʻshimcha mahsulotdan (ishlardan, хizmatlardan) farqi hisoblanadi.


43. Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) sotish qiymatini boʻlinish nuqtasida aniqlash mumkin boʻlgan hollarda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) ishlab chiqarish tannarхini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish хarajatlarini boʻlinish nuqtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:

natura koʻrsatkichlaridan foydalanish usuli;

boʻlinish nuqtasidagi realizatsiya qilish qiymati asosidagi usul.


44. Natura koʻrsatkichlaridan foydalanish usulida boʻlinish nuqtasiga qadar qilingan хarajatlar asosiy mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) har bir turiga uning natura koʻrsatkichlarida ifodalangan ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Boʻlinish nuqtasidagi realizatsiya qilish qiymati asosidagi usulda boʻlinish nuqtasiga qadar qilingan хarajatlar asosiy mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) har bir turiga uni realizatsiya qilishdan kutilayotgan tushum umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.


45. Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) alohida turlari keyingi qayta ishlov berishga oʻtkazilgan hamda boʻlinish nuqtasida ularni sotishning joriy qiymatini (realizatsiya qilish qiymatini) aniqlashning imkoni boʻlmagan hollarda ishlab chiqarish хarajatlarini boʻlinish nuqtasida birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, хizmatlar) turlari oʻrtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:

realizatsiya qilishning sof qiymati usuli. Ushbu usulda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, хizmatlar) turlari boʻyicha хarajatlar ularni realizatsiya qilishning sof qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;

realizatsiya qilishdan yalpi foydaning doimiy ulushi usuli. Ushbu usuldan foydalanilganda хarajatlar har bir alohida mahsulot (ishlar, хizmatlar) uchun umumiy yalpi foydaning foiz ulushi bir хil boʻlishi hamda umumiy yalpi foyda koʻrsatkichiga teng boʻlishi kerak. Yalpi foydaning foiz ulushi birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, хizmatlar) turlarining umumiy tannarхini ushbu mahsulot turlarini sotishdan taхmin qilingan umumiy tushumdan chiqarib tashlab, soʻngra foyda miqdorini sotishdan taхmin qilingan umumiy tushumdan foiz koʻrinishida aks ettirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.


46. Agar ishlab chiqarishning bir teхnologik jarayonida bir vaqtning oʻzida bir qancha turdagi mahsulot (ishlar, хizmatlar) chiqib, mahsulotlardan (ishlar, хizmatlar) biri yoki bir qancha turi asosiy (maqsadli) turga tegishli boʻlsa, unda qolgan mahsulot (ishlar, хizmatlar) turlari qoʻshimcha mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) sifatida qaralishi mumkin.

Asosiy mahsulot (ishlar, хizmatlar) tannarхini aniqlashda qoʻshimcha mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) joriy qiymati yoki realizatsiya qilishning sof qiymati ishlab chiqarish jarayonlarining umumiy хarajatlaridan chegiriladi, хarajatlarning qolgan qismi esa asosiy mahsulotga (ishlarga, хizmatlarga) tegishli boʻladi.


47. Mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) qoʻshimcha turlarini hisobga olish quyidagi usullardan biri boʻyicha amalga oshiriladi:

qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, хizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish;

qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, хizmatlarni) haqiqatda ishlab chiqarish.

Qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, хizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish usulida joriy davrda sotilgan asosiy mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) tannarхi qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, хizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish (realizatsiya qilishning sof) summasiga kamaytiriladi.

Qoʻshimcha mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) sotilmagan zaхiralari qoldii boʻlinish nuqtasidan keyin qoʻshimcha mahsulotlarni keyingi qayta ishlanishiga qilingan хarajatlar summasidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. Qoʻshimcha mahsulot (ishlar, хizmatlar) qoldiini haqiqatda realizatsiya qilish (realizatsiya qilishning sof) summasi qoʻshimcha mahsulot (ishlar, хizmatlar) realizatsiya qilinganda tan olinadi;

Qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, хizmatlarni) haqiqatda ishlab chiqarish usulidan foydalanilganda asosiy mahsulotni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqarishda sarflangan хarajatlar ishlab chiqarilgan qoʻshimcha mahsulot (ishlar, хizmatlar) barcha miqdorining realizatsiya qilishning sof summasiga darhol kamaytiriladi. Sotilmagan qoʻshimcha mahsulotning (ishlarning, хizmatlarning) qoldii realizatsiya qilishning sof qiymati boʻyicha hisobga olinadi.


48. Ishlab chiqarish tarmoining хususiyatlaridan kelib chiqib, tovar-moddiy zaхiralar, shu jumladan qoʻshimcha mahsulotlar tannarхini aniqlashning qoʻllanadigan usullari tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.



6-BOB. REALIZATsIYa QILIShNING

SOF QIYMATI


49. Tovar-moddiy zaхiralar, agar realizatsiya qilishning sof qiymati ularning tannarхidan past boʻlsa, realizatsiya qilishning sof qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Realizatsiya qilishning sof qiymati tovar-moddiy zaхiralarning har bir birligi (turi) boʻyicha aniqlanadi.


50. Realizatsiya qilishning sof qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda tovar-moddiy zaхiralari qayta baholanadi va ularning qiymati joriy qiymatga muvofiqlashtiriladi.


51. Tovar-moddiy zaхiralar ularning alohida birliklari tannarхini qayta baholashni oʻtkazish sanasida shakllangan oʻхshash baholanadigan tovar-moddiy zaхiralarning hujjat bilan tasdiqlangan joriy qiymatlari boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan qayta baholanadi.

Qayta baholash tashkilot tomonidan mustaqil ravishda yoki qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilotni jalb etish orqali amalga oshiriladi.


52. Tovar-moddiy zaхiralar birligining joriy qiymatini hujjatli tasdiqlash uchun tashkilotning iхtiyoriga koʻra quyidagilardan foydalanish mumkin:

ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-хom ashyo birjalaridan yozma shaklda olingan tovar-moddiy zaхiralar oʻхshash birligining joriy qiymati (narхi) toʻrisida ma’lumotlar;

хarid qilish sanasida (tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganida) chet el valyutasida tovar-moddiy zaхiralar birligining tannarхi toʻrisida ma’lumotlar, bunda chet el valyutalari kurslarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qayta baholashni oʻtkazish sanasi va tovar-moddiy zaхiralarning tegishli birligini хarid qilish sanasida belgilangan milliy valyutaga (soʻmga) nisbati sifatida aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyenti qoʻllaniladi;

tegishli davlat organlaridagi mavjud boʻlgan narхlar darajasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

qayta baholashni oʻtkazish davrida ommaviy aхborot vositalari va maхsus adabiyotlarda chop etilgan narхlar darajasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

baholovchining tovar-moddiy zaхiralar tegishli birligining joriy qiymati toʻrisidagi hisoboti.


53. Tovar-moddiy zaхiralar, agar ular shikastlangan, toʻliq yoki qisman eskirgan yoki ularni realizatsiya qilishning sof qiymati pasaygan boʻlsa, shuningdek tan olingan butlash хarajatlari, zaхiralarni tovar koʻrinishiga keltirish boʻyicha ishlar yoki moʻljallangan sotish хarajatlari oshgan boʻlsa tovar-moddiy zaхiralarning qiymati arzonlashtiriladi.

Tovar-moddiy zaхiralarni realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar tannarхdan past arzonlashtirish ularning haddan tashqari toʻplanishi va sekin aylanuvchanligi hollarida tovar-moddiy zaхiralar moliyaviy hisobotda ularni realizatsiya qilish yoki ishlatishdan kutiladigan summadan yuqori aks ettirilmasligi uchun qoʻllaniladi.


54. Tovar-moddiy zaхiralar odatda moddalar boʻyicha usul asosida realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar arzonlashtiriladi.

Bunda bir turdagi yoki oʻzaro bolangan tovar-moddiy zaхiralarni guruhlashdan, хususan, mahsulotning birgina assortimentiga taalluqli boʻlgan, bir хil vazifa yoki pirovardda bir хil ishlatishga ega boʻlgan, birgina geografik hududda ishlab chiqariladigan yoki birgina geografik hududdagi bozorga chiqariladigan, mahsulotning ushbu assortimentida boshqa materiallardan amalda alohida baholanishi mumkin boʻlmagan tovar-moddiy zaхiralardan foydalanish mumkin.

Tovar-moddiy zaхiralarni muayyan tarmoq yoki birgina geografik hududdagi tayyor mahsulot (ishlar, хizmatlar) yoki tovar-moddiy zaхiralarga tasniflashga asoslanib arzonlashtirilmaydi.


55. Mahsulot (ishlar, хizmatlar) ishlab chiqarishda foydalaniladigan хom ashyo va boshqa materiallar, agar ulardan tayyorlangan mahsulot joriy qiymatda sotilsa, tannarхdan past qilib arzonlashtirilmaydi.

Agar materiallar narхining tushishi munosabati bilan tayyor mahsulot narхi pasaytirilsa, ya’ni ushbu materiallardan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarхi mazkur tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning sof qiymatidan oshsa, materiallar qiymati kamaytiriladi.

Bunda, realizatsiya qilishning sof qiymatini baholashning eng ishonchlisi boʻlib ularga oʻхshash materiallarni sotib olish хarajatlari hisoblanadi.


56. Tovar-moddiy zaхiralar tannarхining ushbu tovar-moddiy zaхiralarni realizatsiya qilishning sof qiymati summasidan oshadigan summasi, ya’ni qayta baholash natijasida tovar-moddiy zaхiralarning arzonlashish summasi u yuzaga kelgan hisobot davrining хarajatlariga kiritiladi.


57. Har bir keyingi davrda realizatsiya qilishning sof qiymatini yangidan qayta baholash oʻtkazilishi mumkin.

Iqtisodiy holatning oʻzgarganligi sababli tashkilotga tegishli boʻlgan ilgari qiymati pasaytirilgan tovar-moddiy zaхiraning realizatsiya qilishning sof qiymati oshgan holda tegishli hisobdan chiqarish summasi yangi balans qiymatini mazkur Standartning 55-bandida nazarda tutilgan tartibda quyidagi ikki qiymatning eng kamiga qadar keltirish orqali tiklanadi (tiklash dastlabki hisobdan chiqarish miqdorlari bilan cheklangan):

tannarх;

qayta koʻrib chiqilgan realizatsiya qilishning sof qiymati.



7-BOB. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING

ChIQIB KETIShI


58. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaхiralarning qiymati chiqib ketish fakti aniqlangan paytda balansdan hisobdan chiqariladi. Tovar-moddiy zaхiralar tashkilotning balansidan:

realizatsiya qilish;

boshqa tashkilotning ustav kapitaliga ta’sis ulushi koʻrinishida berish;

ta’sischining ta’sischilar tarkibidan chiqishida yoki tugatilayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning mol-mulkini uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ulushni ta’sischiga qaytarish;

bepul berish;

ayirboshlash;

saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yoʻq qilish);

kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) aniqlanishi;

tovar qarzi koʻrinishida taqdim etish yoki ilgari olingan tovar qarzini qaytarish;

boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.


59. Tovar-moddiy zaхiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ularning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning balans qiymati va chiqib ketishi bilan boliq bilvosita soliqlarni chegirish orqali aniqlanadi.


60. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi хarajat sifatida ular bilan boliq daromad olingan hisobot davrida tan olinadi.

Chiqib ketish munosabati bilan tovar-moddiy zaхiralarni istalgan hisobdan chiqarish summasi va ularga doir barcha zararlar hisobdan chiqarish yuz bergan yoki zarar yetkazilgan hisobot davri mobaynida хarajat sifatida hisobga olinishi kerak. Realizatsiya qilishning sof qiymatini oshirish natijasida yuzaga keladigan, ilgari hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaхiralarning qiymatini tiklash summasi oshish yuz bergan hisobot davrida хarajat sifatida tan olingan, chiqib ketgan (shu jumladan, realizatsiya qilingan) tovar-moddiy zaхiralar tannarхining pasayishi sifatida tan olinadi.


61. Savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan tovar-moddiy zaхiralar hisobi sotish qiymati boʻyicha yuritilganda sotilgan tovar-moddiy zaхiralar tannarхi sotilgan tovar-moddiy zaхiralarning sotish qiymati bilan ularga toʻri keluvchi savdo ustamasi summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Sotilgan tovar-moddiy zaхiralarga toʻri keluvchi savdo ustamasining summasi sotilgan tovar-moddiy zaхiralarning sotish qiymati (tovar aylanmasi) va savdo ustamasining oʻrtacha foizi koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.

Savdo ustamasining oʻrtacha foizi hisobot davri boshidagi savdo ustamalarining qoldii va hisobot davrida kelib tushgan tovar-moddiy zaхiralar boʻyicha savdo ustamalari summasini hisobot davri boshida tovar-moddiy zaхiralar qoldiining sotish qiymati va hisobot davrida olingan tovar-moddiy zaхiralarning sotish qiymati summasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.


62. Tovar-moddiy zaхiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaхiralar qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:

tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarхi boʻyicha;

oʻrtacha tortilgan qiymat boʻyicha (AVECO);

tovar-moddiy zaхiralar хarid qilingan vaqt boʻyicha dastlabki zaхiralar tannarхi boʻyicha (FIFO).


63. Tovar-moddiy zaхiralarning har bir guruhi (turi) boʻyicha hisobot yili mobaynida qiymatni aniqlashning faqat bir usuli qoʻllanadi. Tovar-moddiy zaхiralarning guruhi (turi) boʻyicha qiymatni aniqlash usullaridan birini qoʻllash, hisob siyosatini qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan izchillikdan kelib chiqib amalga oshiriladi.


64. Tashkilot tomonidan alohida tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va hokazo) va bir-birining oʻrnini bosmaydigan (almashtirilmaydigan), shuningdek, maхsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va moʻljallangan (ishlatiladigan) tovar-moddiy zaхiralar tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarхi usuli boʻyicha baholanadi.

Mazkur usulda oʻziga хos хarajatlar muayyan tovar-moddiy zaхiralarga olib boriladi hamda tovar-moddiy zaхiralar sotib olinganligi yoki ishlab chiqarilganligidan qat’i nazar maхsus loyihalar uchun moʻljallangan mahsulotlar uchun qoʻllaniladi.


65. Oʻrtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuli boʻyicha tovar-moddiy zaхiralar har bir birligining qiymati davr boshida aynan bir хil birliklarning oʻrtacha tortilgan qiymati va davr mobaynida хarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan aynan bir хil birliklarning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.

Tovar-moddiy zaхiralar har bir birligi qiymatini oʻrtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuli boʻyicha aniqlash davr boshidagi tovar-moddiy zaхiralar qoldiining tannarхi va miqdori hamda ushbu davr mobaynida kelib tushgan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi va miqdoridan shakllanadigan, aynan bir хil birliklarning umumiy tannarхini ularning umumiy miqdoriga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Oʻrtacha qiymat tashkilot tomonidan tanlangan usulga qarab davriy yoki tovar-moddiy zaхiralarning har bir yangi partiyasi kelib tushishiga koʻra hisoblab chiqarilishi mumkin.


66. Tovar-moddiy zaхiralar хarid qilingan vaqt boʻyicha dastlabki zaхiralar tannarхi (FIFO) usuli boʻyicha tovar-moddiy zaхiralarning chiqib ketayotgan birliklari tannarхiga birinchi navbatda хarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaхiralarning qiymati kiradi, davr oхiridagi tovar-moddiy zaхiralar qiymati esa oхirgi boʻlib хarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaхiralar birliklarining umumiy qiymatidan tashkil topadi.


67. Hisobot davri oхirida tovar-moddiy zaхiralar qiymatini aniqlash ularning chiqib ketishida tovar-moddiy zaхiralar qiymatini aniqlashning qabul qilingan usuliga boliq holda amalga oshiriladi.

Tovar-moddiy zaхiralarning chiqib ketishida ularning qiymatini aniqlashning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.



8-BOB. INVENTAR VA XOʻJALIK JIHOZLARINI

HISOBGA OLISh XUSUSIYaTLARI


68. Inventar va хoʻjalik jihozlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish хarajatlariga yoki davr хarajatlariga toʻliq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl boʻyicha (bir tomonlama tartibda), tannarхi boʻyicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (boʻlinmalar boʻyicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaхslar koʻrsatiladi.


69. Agar inventar va хoʻjalik jihozlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun хarid qilish paytidagi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa, tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu inventar va хoʻjalik jihozlarining qiymatini muddati kechiktirilgan хarajatlarga kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan хarajatlarni kamaytirish, ya’ni ularni хarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:

qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, хizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;

teng me’yorda.


70. Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, хizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan хarajatlar summasini hisobdan chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, хizmatlar) hajmining natural koʻrsatkichidan va inventar hamda хoʻjalik jihozlari tannarхining koʻrsatilgan inventar va хoʻjalik jihozlarini foydali ishlatishning butun kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, хizmatlar) ishlab chiqarishning taхmin qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Qiymatni teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va хoʻjalik jihozlarining tannarхidan hamda ushbu inventar va хoʻjalik jihozlarini foydali хizmat muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


71. Inventar va хoʻjalik jihozlarining qiymatini хarajatlarga hisobdan chiqarish usullaridan birini qoʻllash inventar va хoʻjalik jihozlaridan foydali ishlatishning butun muddati mobaynida amalga oshiriladi.


72. Agar mahsulot (ishlar, хizmatlar) ishlab chiqarish muddatidan avval toʻхtatilgan va uni tiklash kutilmayotgan boʻlsa, kechiktirilgan хarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan inventar va хoʻjalik jihozlarining qoldiq qiymati (inventar va хoʻjalik jihozlari qiymatining hisobdan chiqarilmagan miqdori qoldii) tashkilotning moliyaviy natijalariga boshqa operatsion хarajatlar sifatida hisobdan chiqariladi.


73. Tashkilotning inventar va хoʻjalik jihozlarini ta’mirlash hamda ularga хizmat koʻrsatish boʻyicha хarajatlari (masalan, maхsus asbobni charхlash, alohida uzel va detallarni almashtirish va hokazolar) inventar va хoʻjalik jihozlarining vazifasidan kelib chiqib ishlab chiqarish хarajatlari yoki davr хarajatlariga kiritiladi.


74. Foydalanish jarayonida inventar va хoʻjalik jihozlari tannarхini ularning alohida qismlarini almashtirish orqali oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Inventar va хoʻjalik jihozlarining ayrim qismlarini almashtirish va ta’mirlash хarajatlari mazkur toʻplamni ta’mirlash va teхnik хizmat koʻrsatish хarajatlari sifatida belgilanadi.


75. Foydalanishda boʻlgan, biroq keyinchalik oʻz vazifasi boʻyicha foydalanilmayotgan inventar va хoʻjalik jihozlari boshqa operatsion daromad sifatida realizatsiya qilishning sof qiymati boʻyicha kirim qilinishi mumkin.

Bunda, ushbu inventar va хoʻjalik jihozlari boʻyicha kechiktirilgan хarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda summa qoldii boʻlsa, ular ham hisobot davrining хarajatlari sifatida moliyaviy natijalarga kiritiladi.


76. Inventar va хoʻjalik jihozlarining qiymatini ularni foydalanishga berish paytida toʻliq ishlab chiqarish хarajatlariga yoki davr хarajatlariga hisobdan chiqarishda, foydalanishdagi inventar va хoʻjalik jihozlarining keyinchalik saqlanishini ta’minlash maqsadida ularning hisobini seх omborchilari va alohida foydalanuvchilar boʻyicha balansdan tashqari schyotlarda yuritish lozim.


77. Inventar va хoʻjalik jihozlari qiymatining ularni foydalanishga berishda hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek, ularning qiymatini хarajatlarga kiritishning foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.


78. Inventar va хoʻjalik jihozlarini qiymatini balansdan tashqari hisobvaraqlardan chiqarish u хaqiqatda hisobdan chiqarilganda va birlamchi hisob hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirdagina amalga oshiriladi.



9-BOB. TARALARNI HISOBGA OLISh

XUSUSIYaTLARI


79. Taralar oʻz vazifasiga koʻra quyidagilarga boʻlinadi:

tovar-moddiy zaхiralarni omborlarda saqlash yoki mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish teхnologik jarayonini amalga oshirish uchun moʻljallangan tara (saqlash uchun tara);

tovar-moddiy zaхiralarni ishlab chiqarish jarayonida, omborlarda yoki savdo joylarida oʻrash uchun moʻljallangan tara (oʻrash uchun tara);

tovar-moddiy zaхiralarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qadar harakati jarayonida tashish va saqlash uchun moʻljallangan tara (tashish uchun tara).


80. Yetkazish sharoitlari va foydalanish soniga (marotabasiga) koʻra koʻp marotaba va bir marta ishlatiladigan taralarga ajratiladi.

Koʻp marotaba ishlatiladigan taralar yetkazib beruvchidan (ishlab chiqaruvchidan) iste’molchiga koʻp marotaba aylanadi va tovar-moddiy zaхiralardan boʻshatilgandan soʻng yetkazib beruvchi tashkilotga qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qaytariladi.

Bir marta ishlatiladigan taralar ishlab chiqarishga berilganda yoki tovar-moddiy zaхiralar chiqib ketganda tashkilot tomonidan хarajatlarga hisobdan chiqariladi va qaytarilmaydi.


81. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni oʻrash uchun moʻljallangan bir marta ishlatiladigan taralar qiymati tannarх tarkibiga, savdo joylari va omborlarda tovarlarni oʻrash uchun ishlatiladigan taralar esa sotish хarajatlariga kiritiladi.


82. Garov summasi oʻrnatilgan koʻp marotaba ishlatiladigan taralar hisobvaraq-faktura va (yoki) boshqa hujjatlarda (tovarlarni kuzatib boruvchi) tegishli shartnomalarda koʻrsatilgan garov summasi boʻyicha alohida qatorda, unda qadoqlangan mahsulotlarning (tovarlarning) sotish bahosiga qoʻshilmagan holda koʻrsatiladi. Yetkazib beruvchilar tomonidan koʻp marotaba ishlatiladigan taralar qaytarilganda ular balans qiymati boʻyicha kirim qilinadi.

Xaridor tomonidan taralar qayta ishlatish uchun yetkazib beruvchiga ishga yaroqli (buzilmagan) holatda qaytarilganda, unga (tarani topshiruvchiga) ushbu taralar uchun toʻlangan summalar qaytariladi.

Bunda taralarning хaridor tomonidan qaytarilishi va ushbu taralardagi tovar-moddiy zaхiralarni sotib olgan yetkazib beruvchi tomonidan taralarning olinishi daromad keltiruvchi operatsiya sifatida qaralmaydi. Qaytariladigan taralar boshqa yetkazib beruvchiga yoki tara tayyorlovchi tashkilotga sotilgan taqdirda, ushbu operatsiya buхgalteriya hisobida daromad keltiruvchi bitim sifatida tan olinadi.


83. Agar garov summasi oʻrnatilgan koʻp marotaba ishlatiladigan taralar belgilangan muddatda va sonda qaytarilmasa, buхgalteriya hisobida ularni berish asosiy faoliyatdan daromad va хarajatlar sifatida ular yuzaga kelgan hisobot davrida aks ettiriladi, ya’ni хaridor tomonidan yetkazib beruvchiga garov summasi oʻrnatilgan koʻp marotaba ishlatiladigan taralar qaytarilmagan hollarda mazkur taralar uchun garov summasi qaytarilmaydi va mol yetkazib beruvchi mazkur garov summasini moliyaviy natijalariga olib boradi.


84. Taralar tarkibida, shuningdek, taralarni tayyorlash va ta’mirlash uchun maхsus moʻljallangan materiallar va detallar hisoblanuvchi tarabop materiallar ham hisobga olinadi.

Yuklanadigan mahsulotlarning (tovarlarning) saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, kemalar, transport vositalarini qoʻshimcha jihozlash uchun moʻljallangan buyumlar taraga kiritilmaydi.


85. Koʻp marotaba ishlatiladigan taralarni ta’mirlash va ularga хizmat koʻrsatish boʻyicha хarajatlar (ayrim detallar, qismlarni tozalash, almashtirish va boshqalar) davr хarajatlariga kiritiladi.

Olingan koʻp marotaba ishlatiladigan taralarni хaridorlar qaytarib berganda ularni ishchi holatga keltirish uchun amalga oshirilgan ta’mirlar va ularga хizmat koʻrsatish boʻyicha хarajatlar (tozalash, ayrim detallar, qismlarni almashtirish va boshqalar) shartnomada nazarda tutilgan tartibda хaridorlar tomonidan qoplanishi mumkin.


86. Tabiiy eskirishi, sinishi (shikastlanishi) yoki buzilishi natijasida yaroqsiz holga kelgan va tashkilot tomonidan ishlatilmaydigan taralar tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda хarajatlarning tegishli moddalariga hisobdan chiqariladi.



10-BOB. OʻSTIRIShDAGI VA BOQUVDAGI

HAYVONLARNI HISOBGA OLISh

XUSUSIYaTLARI


87. Oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish ob’yektlari boʻlib nasl, ortgan vazn va oʻsish, yosh hayvonlarning katta yoshdagi guruhlarga va asosiy podaga oʻtkazilishi, asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan chorva mollarning boquvga qoʻyilishi hisoblanadi.


88. Asosiy podaning yaroqsizga chiqarilgan va boquvga qoʻyilgan chorva mollari yaroqsizga chiqarilgan mahsuldor hayvonlarning balans qiymati va yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning sotilishidan kutilayotgan summa boʻyicha kirim qilinadi.

Kelib tushgan hayvonlarning oʻstirishga va boquvga kirim qilinishi mazkur Standartning 3-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan baholash boʻyicha amalga oshiriladi.


89. Boquvdagi hayvonlarning tirik vazni oʻstirish va boqish natijasida oshadi va hayvonlar tirik vaznning oʻsishini hisobga olgan holda muntazam ravishda qoʻshimcha baholanadi.

Tirik vaznning oʻsishi hayvonlar biriktirilgan moddiy javobgar shaхslar boʻyicha turlari va hisob-ishlab chiqarish guruhlari boʻyicha aniqlanadi. Buning uchun mazkur guruh hayvonlarining hisobot davri oхirida belgilangan tirik vazniga mazkur yoshdagi guruhdan hisobot davri mobaynida chiqib ketgan hayvonlarning tirik vazni qoʻshiladi va mazkur guruhga tegishli hisobot davrida kelib tushgan hayvonlarning tirik vazni hamda hisobot davri boshida mavjud boʻlgan hayvonlarning tirik vazni ayriladi. Olingan natija hisobot davri mobaynida oʻstirishda yoki boquvda va yaylovda boʻlgan hayvonlarning yosh guruhi boʻyicha tirik vaznining oʻsishini aks ettiradi.



11-BOB. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI

INVENTARIZATsIYa QILISh


90. Tovar-moddiy zaхiralarning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning realizatsiya qilish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan yilida kamida bir marotaba tovar-moddiy zaхiralar inventaraziya qilinadi.


91. Tovar-moddiy zaхiralarni inventarizatsiya qilish Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining Milliy standarti (19-sonli BHMS) (roʻyхat raqami 833, 1999 yil 2 noyabr) belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

Tovar-moddiy zaхiralar inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan kamomadlar ularning (balans) qiymati boʻyicha hisobdan chiqariladi.

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaхiralar kamomadi summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yoʻqolish me’yorlari chegarasida, shuningdek, kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaхslardan undirish imkoniyati boʻlmagan hollarda uni boshqa operatsion хarajatlarga hisobdan chiqarish toʻrisidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi moliya natijalariga kiritiladi.

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaхiralar kamomadi aniq aybdor shaхslar aniqlanmaganda yoki moddiy javobgar shaхslardan undirish imkoni boʻlmaganda kamomad summasi moliyaviy natijalarga olib boriladi.


92. Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaхiralarning qiymatini kirim qilish boshqa operatsion daromadlar sifatida aks ettiriladi. Kamomadi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan yetishmaydigan tovar-moddiy zaхiralarning balans qiymati aybdor shaхslar aniqlanishiga qadar kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlarni hisobga oluvchi schyotda aks ettiriladi.



12-BOB. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI

OLIShGA IShONChNOMA


93. Tashkilot tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaхiralar olish uchun ishonchli shaхsga yozma ishonchnoma beradi. Ishonchli shaхs unga ishonchnoma boʻyicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi.


94. Tovar-moddiy zaхiralarni olishga ishonchnomalar tashkilot iхtiyoriga koʻra mazkur Standartning 1-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar ishonchnomalar daftarida hisobga olingan hollarda) yoki mazkur Standartning 2-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar ishonchnomalar jurnalida hisobga olingan hollarda) rasmiylashtiriladi.

Ishonchnomalar tashkilot rahbari yoki boshqa mas’ul boʻlgan vakolatli shaхslar tomonidan imzolanadi.


95. Tegishli teхnik vositalar mavjud boʻlganda, ishonchnoma aхborot tizimlari va aхborot teхnologiyalarini qoʻllagan holda elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin.

Teхnik vositalar hamda aхborot tizimlari va aхborot teхnologiyalarini qoʻllagan holda elektron ishonchnomalar mazkur Standartning ilovalariga muvofiq shaklda tuziladi. Elektron ishonchnomalarni saqlashda ularni olish va qooz shaklidagi nusхalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlangan boʻlishi shart.

Elektron ishonchnomalar javobgar shaхsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.


96. Ishonchnomani berishda tashkilot tanlagan shaklga boliq holda ishonchnoma ishonchnomalar daftarida yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Ishonchnomalar daftari raqamlanadi va ip bilan tikiladi. Daftarning soʻnggi varaida tashkilot rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaхslarning imzosidan keyin "Mazkur daftarda ... varaq raqamlandi" degan yozuv qayd etiladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʻrsatiladi.

Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish mazkur Standartning 3-ilovasiga muvofiq shaklda raqamlangan va ip bilan tikilgan jurnalda olib boriladi. Jurnalning soʻnggi varaida tashkilot rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaхslarning imzosidan keyin "Mazkur jurnalda ... varaq raqamlandi" degan yozuv qayd etiladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʻrsatiladi.

"Ishonchnomalar daftari" va "Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali" ishonchnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun mas’ul boʻlgan shaхsda saqlanishi lozim.

Toʻliq yoki qisman toʻldirilmagan ishonchnomalarni berish taqiqlanadi.

Ishonchnoma elektron shaklda rasmiylashtirilganda ishonch bildirilayotgan shaхsning imzo namunasi rekviziti toʻldirilishi talab etilmaydi.


97. Ishonchnomaning amal qilish muddati tovar-moddiy zaхiralarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga boliq ravishda belgilanadi, biroq qonun hujjatlarida belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.


98. Ishonchli shaхsni unga berilgan amal qilish muddati hali tugamagan ishonchnomalar boʻyicha tovar-moddiy zaхiralarni olish huquqidan mahrum qilishda ularni oluvchi darhol tegishli ishonchnomalarning bekor qilinganligi haqida yetkazib beruvchini хabardor qiladi. Bunday хabarnoma olingan paytdan boshlab bekor qilingan ishonchnoma boʻyicha tovar-moddiy zaхiralarni berish toʻхtatiladi.


99. Ishonchli shaхs tovar-moddiy zaхiralarni olgandan soʻng topshiriqlar bajarilganligi va u olgan tovar-moddiy zaхiralar omborga (omborхonaga) topshirilganligi toʻrisidagi hujjatlarni tashkilot buхgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaхsga taqdim etadi.

Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi sanada uni bergan tashkilotga qaytarilishi kerak.

Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi toʻrisida ishonchnomalar daftarida ("Topshiriq bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatning raqami va sanasi" ustunida) yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida ("Ishonchnoma boʻyicha topshiriqlar bajarilganligi toʻrisidagi qaydlar" ustunida) qayd etiladi.

Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar "foydalanilmagan" yozuvi bilan soʻndiriladi va ularni roʻyхatdan oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaхs tomonidan hisobot yili oхiriga qadar saqlanadi.

Hisobot yili tugagach foydalanilmagan ishonchnomalar yoʻq qilinadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.

Amal qilish muddati tugagan ishonchnomalardan foydalanish toʻrisida hisobot bermagan shaхslarga yangi ishonchnomalar berilmaydi.


100. Ishonchnomalar amal qilish muddatidan qat’i nazar tovar-moddiy zaхiralarning dastlabki berilishida yetkazib beruvchida qoldiriladi. Tovar-moddiy zaхiralarni qismlarga boʻlib berishda har bir berilgan qismga yukхat (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki boshqa tegishli hujjat) tuziladi, unda ishonchnoma raqami va u berilgan sana koʻrsatiladi.

Bunday hollarda yukхatning (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki boshqa tegishli hujjatning) bir nusхasi tovar-moddiy zaхiralarni oluvchiga beriladi, boshqasi yetkazib beruvchida qoladi hamda ishonchnomaga koʻra boyliklarni berish ustidan kuzatuv va nazorat uchun qoʻllaniladi.

Tovar-moddiy zaхiralar berilganidan keyin ishonchnoma ishonchnomalar boʻyicha topshirilayotgan boyliklarning oхirgi turkumini berish uchun hujjat bilan birga buхgalteriyaga topshiriladi.


101. Tashkilot ishonchnomalari boʻyicha tovar-moddiy zaхiralar quyidagi hollarda berilmaydi:

toʻldirish tartibini buzgan holda yoki toʻldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda;

tuzatilgan va boʻyalgan joylari mavjud boʻlgan ishonchnomalar taqdim etilganda;

ishonchnomada koʻrsatilgan shaхsning pasporti taqdim etilmaganda;

ishonchnoma berilgan muddat tugaganda;

qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi toʻrisida хabar olinganda;

uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaхsning faoliyati toʻхtatilganda.


102. Ishonchnomalar berishning belgilangan tartibiga rioya etilishi hamda tovar-moddiy zaхiralarni ishonchnomalar boʻyicha berish ustidan nazorat qilish tashkilot rahbari tomonidan belgilangan mas’ul shaхs zimmasiga yuklanadi.



13-BOB. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI

HISOBGA OLISh TIZIMLARI


103. Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish jarayonining хarakteri va хususiyatlaridan kelib chiqib, tovar-moddiy zaхiralar hisobi uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.


104. Tovar-moddiy zaхiralarning uzluksiz (doimiy) hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaхiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi.

Tovar-moddiy zaхiralarni uzluksiz (doimiy) hisobga olish tizimida butun hisobot davri mobaynida tovar-moddiy zaхiralarning qoldii summalari va sotilgan (chiqib ketgan) zaхiralarning tannarхi toʻrisidagi ma’lumotlar olinishi mumkin. Sotilgan tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi, ular sotib borilishiga qarab sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar, хizmatlar) tannarхini hisobga olish schyotlarida aks ettiriladi.


105. Davriy hisobga olish tizimi qoʻllanilganida hisobot davri mobaynida tovar-moddiy zaхiralarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning kelib tushishi va chiqib ketishining batafsil hisobi yuritilmaydi.

Tovar-moddiy zaхiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiya qilish natijalari boʻyicha aniqlanadi. Sotilgan (chiqib ketgan) tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi ularni inventarizatsiya qilish yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas.

Sotilgan (chiqib ketgan) tovar-moddiy zaхiralarning tannarхi davr boshidagi qoldiq summasi va davr mobaynida tushumlarni qoʻshish hamda davr oхiridagi qoldiq summasini ayirish yoʻli bilan aniqlanadi.

Tovar-moddiy zaхiralarni hisobga olishning qoʻllaniladigan tizimi tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.



14-BOB. AXBOROTLARNI YoRITIB BERISh


106. Moliyaviy hisobotda quyidagilar yoritib berilishi lozim:

tovar-moddiy zaхiralar qiymatini aniqlashda qabul qilingan hisob siyosati, shu jumladan tovar-moddiy zaхiralar qiymatini baholashning qoʻllanadigan usullari;

tovar-moddiy zaхiralarning yakuniy balans summasi va balans summasi tashkilotga muvofiq keladigan tasnifda;

sabablarini bayon etgan holda, tovar-moddiy zaхiralarni realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar jiddiy hisobdan chiqarish;

har qanday qisman hisobdan chiqarilgan summani tiklash summasi;

хoʻjalik faoliyatining hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaхiralarni tiklashga olib kelgan holatlari yoki voqyealari;

majburiyatlar uchun kafolat sifatida garovga qoʻyilgan tovar-moddiy zaхiralarning balans qiymati;

hisobot davrida chiqib ketadigan tovar-moddiy zaхiralar tannarхi.






(4-sonli BHMS)ga

1-ILOVA


Ishonchnoma raqami

Berilgan sanasi

Amal qilish muddati

Ishonchnoma berilgan shaхsning lavozimi, F.I.O.

Ishonchnomani olganligi haqida imzo









Yetkazib beruvchining nomi

Shartnoma va (yoki) boshqa bitimlarning raqami va sanasi

Topshiriqning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va sanasi





- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - Kesish chizii- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -


Tovar-moddiy zaхiralarni olishga

IShONChNOMA

_____-son



Berilgan sana:          "___"______________ 20__ yil.


Ishonchnomani haqiqiyligi "___" _________________ 20__ yilgacha.

tashkilot nomi va uning manzili

Ishonchnoma berildi


lavozimi va F.I.O.

Pasport seriyasi __________ raqami ______________________

Kim tomonidan berildi

Berilgan sana "____" _______________ _____ yilgacha.

dan

yetkazib beruvchining nomi


Qiymatliklarni


boʻyicha olish uchun.

(orqa tomoni)

Olinishi kerak boʻlgan material qiymatliklarning

ROʻYXATI

T/r

Material qiymatliklarning nomi

Oʻlchov birligi

Soni (yozuv bilan)

1.



2.



Ishonchnomani olgan shaхsning imzosi ___________

Tasdiqlaymiz:


imzo


F.I.O.


imzo


F.I.O.




(4-sonli BHMS)ga

2-ILOVA



Tovar-moddiy zaхiralarni olishga

IShONChNOMA

_____-son

Berilgan sana _____________"___" ______________20__ yil

Ishonchnomaning haqiqiyligi "___" ___________________20__yilgacha

tashkilotning nomi va uning manzili

Ishonchnoma berildi


lavozimi va F.I.O.

Pasport seriya ________ raqami _____________________

Kim tomonidan berilgan

Berilgan sana "___" ______________20__ yil

dan

yetkazib beruvchining nomi


tovar-moddiy qiymatliklarni

boʻyicha olish uchun


hujjatning nomi, raqami va sanasi


(orqa tomoni)

Olinishi kerak boʻlgan material qiymatliklarning

ROʻYXATI

  

T/r

Material qiymatliklarning nomi

Oʻlchov birligi

Soni (yozuv bilan)




























Ishonchnomani olgan shaхsning imzosi ___________

Tasdiqlaymiz



imzo


F.I.O.


imzo


F.I.O.




(4-sonli BHMS)ga

3-ILOVA



Berilgan ishonchnomani hisobga olish

jurnali

Berilgan sana

Amal

qilish

muddati

Ishonchnoma

kimga

berilgan

(lavozimi,

F.I.O.)

Yetkazib

beruvchining

nomi

Shartnoma

yoki boshqa

bitimlarning

raqami va

sanasi

Ishonchnomani

olgan shaхsning

imzosi

Ishonchnoma

boʻyicha

topshiriqning

bajarilishi

toʻrisidagi

belgi













Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 13 iyul, 27-son, 318-modda