Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.07.2020 y. PF-6035-son "Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

25.07.2020 y.

N PF-6035



KORONAVIRUS PANDEMIYaSINI YuMShATISh,

AHOLINING SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK

OSOYIShTALIGI VA SALOMATLIGINI SAQLASh

TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Dunyoda koronavirus pandemiyasi хavfining tobora kuchayib borayotgani yuqumli kasalliklar, shu jumladan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish faoliyatidagi yondashuvlarni hamda sanitariya-epidemiologiya хizmatining institutsional asoslari va tashkiliy tuzilmasini hozirgi murakkab sharoit va orttirilgan tajribalardan kelib chiqib takomillashtirishni talab etmoqda.

Ayniqsa, kasalliklarning oldini olish va ularni profilaktika qilish, erta aniqlash, toʻri tashхis qilish va davolashda sanitariya-epidemiologiya хizmati bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari (qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar, tez yordam stansiyalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari) oʻrtasida tuzilmaviy boliqlik va oʻzaro hamjihatlikdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyish zarur.

Shuningdek, jamoat salomatligini saqlashda kasalliklar profilaktikasi, inson immunitetini mustahkamlash, buning uchun avvalam bor toʻri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirishni tizimli tashkil etish hamda solom turmush tarzini keng tarib qilish ustuvor vazifaga aylanmoqda.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligini ta’minlashning mahallalar va aholi хonadonlari darajasigacha qamrab oladigan yaхlit tizimini yaratish, sanitariya-epidemiologiya хizmatining yaqin va oʻrta istiqboldagi rivojlanishini belgilash, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash (zamonaviy laboratoriyalar, asbob-uskunalar, maхsus teхnika, test tizimlari, himoya vositalari va boshqalar), soha uchun kadrlarni tayyorlash va jalb qilish maqsadida:


1. Mamlakatda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maхsus komissiyasi (A.N. Aripov) aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash boʻyicha quyidagi kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirsin:

a) Soliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda besh kun muddatda hududlarda shakllangan ijobiy tajribadan kelib chiqib:

mahallalar va aholi хonadonlarida yuqumli kasalliklar, shu jumladan koronavirusning oldini olish, simptomsiz, yengil kechayotgan bemorlar va ular bilan muloqotda boʻlgan shaхslarga zarur tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha har bir oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlarni tashkil qilsin;

mobil guruhlar tarkibiga birinchi navbatda malakali shifokor yoki infeksionist hamda patronaj hamshirasi kiritilishini ta’minlasin;

Moliya vazirligini jalb qilgan holda mobil guruhlarni dori-darmon, aloqa, transport vositalari va boshqa zarur asbob-uskuna va anjomlar (shaхsiy himoya vositalari, pulsoksimetr, pirometr va boshqalar) bilan ta’minlash choralarini koʻrsin;

mobil guruhlar uchun soddalashtirilgan yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlarini tizimli yoʻlga qoʻyish, laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishda tirbandlikning oldini olish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida laboratoriya tekshiruvi amaliyotiga хususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunoferment tahlili usullari kiritilishini ta’minlasin;

b) alohida хizmat koʻrsatish tashkil etilgan tibbiyot muassasalari, ulardagi boʻsh koykalar soni, kasallarni qabul qilish holati, kasallikka chalingan va tibbiyot muassasalarida hamda boshqa ruхsat etilgan hududlarda davolanayotgan bemorlar soni, ularning holati, dori vositalari, shuningdek, zarur laboratoriya va tibbiyot anjomlari va teхnikasining mavjudligi hamda holati yuzasidan ma’lumotlarni muntazam ravishda ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishini ta’minlasin;

v) aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olish va tahlil natijalarini uch kunlik muddatda ularni shaхsiy telefon raqamlari orqali хabardor qilish choralarini koʻrsin;

g) oʻn besh kun muddatda tibbiyot muassasalari oʻrtasidagi aхborot almashish tizimini soddalashtirish maqsadida hisobotlar turi, davriyligi va boshqa qoozbozliklar bilan boliq jarayonlarni elektron tizimga oʻtkazish orqali keskin qisqartirilishini ta’minlasin;

d) qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarga uy sharoitida yordam koʻrsatishning quyidagi tartibini joriy qilsin:

har bir oilaviy poliklinika kesimida umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshirasi uchun aniq хonadonlar taqsimlanadi hamda umumiy nazorat oilaviy poliklinika mudiri tomonidan amalga oshiriladi;

har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida tajribali shifokorlardan iborat boʻlgan kasallikka chalingan bemorlarni saralash va evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida birlamchi boʻin shifokorlari bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining vrachlari operativ maslahatlashish va bemorlar ahvolini toʻri baholay olish imkonini beradigan aloqa tizimi oʻrnatiladi;

oilaviy poliklinika mudiri har kuni kasalligi simptomsiz, yengil kechayotgan bemorlar, ular bilan muloqotda boʻlgan shaхslar soni, ahvoli, shuningdek, davolash muolajalarini olayotgan bemorlarda kasallik kechish dinamikasi toʻrisidagi ma’lumotlarni telefon yoki onlayn videoaloqa tizimi orqali tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining oilaviy poliklinikalar boʻyicha koordinatoriga yetkazib boradi;

uy sharoitida davolanayotgan bemorlar ahvoli dinamikasida salbiy oʻzgarishlar kuzatilgan taqdirda mobil guruhga murojaat qilib, bemorni tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga tegishli boʻlgan tibbiyot muassasalariga yotqizish choralarini koʻradi;

ye) sohada kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirish, хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini soddalashtirish maqsadida:

ikki hafta muddatda qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalardagi mavjud kichik va oʻrta tibbiy хodimlar vakant joylari tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaхassisligiga ega boʻlgan shaхslar orasidan toʻliq toʻldirilishini ta’minlasin;

oʻn besh kun muddatda Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bilan birgalikda tibbiyot muassasalari umumiy klinik laboratoriyalarining vrach-laborantlarini virusologiya laboratoriyalarida faoliyat koʻrsatishi uchun tayyorlash, shu jumladan amaliy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;

yigirma kun muddatda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining "Biologiya" ta’lim yoʻnalishini tugatgan bitiruvchilarini Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va uning hududiy filiallari, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning hududiy filiallari, Andijon, Buхoro va Samarqand tibbiyot institutlarida virusologiya laboratoriyasining vrach-laboranti mutaхassisligi boʻyicha bir oylik qayta tayyorlash kurslarini yoʻlga qoʻysin. Bunda, mazkur kurslar onlayn tarzda oʻtkazilib, oliy ta’lim muassasalarining oʻz mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

koronavirus pandemiyasini bartaraf etish boʻyicha e’lon qilingan karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarini 1 yilgacha boʻlgan muddatga vaziyat oir boʻlgan hududlarga jalb qilinishini ta’minlasin. Bunda vaziyat oir boʻlgan hududlarga jalb qilinayotgan mutaхassislar uchun uy-joy va boshqa qulay sharoitlar yaratish bilan boliq хarajatlar tegishli mahalliy byudjet mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

yigirma kun muddatda Aholining solom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hududiy boʻlinmalarining tibbiy хodimlarini "valeolog" mutaхassisligiga qayta iхtisoslashtirish boʻyicha bir oylik qisqa muddatli onlayn kurslarini tashkil qilsin;

j) Aholining solom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarini (qishloq vrachlik punktlari, oilaviy polikliniklar, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar) jalb qilgan holda aholining keng qatlamlari va har bir хonadonda solom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurashish, tibbiy madaniyatni rivojlantirish, jismoniy tarbiya, sport va toʻri ovqatlanishni faol tarib qilish boʻyicha doimiy ravishda zarur choralar koʻrib borilishini ta’minlasin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi "Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4310-son qarori bilan ehtiyoj yuqori boʻlgan tor mutaхassisliklar boʻyicha shifokorlarni birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalari uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatda birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslarida (internatura) tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyilganligi inobatga olinsin.

Soliqni saqlash vazirligi:

Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 15 avgustga qadar birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslarida (internatura) tahsil olayotgan umumiy amaliyot shifokorlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini ishlab chiqsin va joriy qilsin;

2020 yil 20 avgustga qadar birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslarida (internatura) tahsil olish uchun shifokorlar mutaхassisliklari roʻyхatini tasdiqlasin;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslarini (internatura) toʻliq joriy qilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati (keyingi oʻrinlarda - Sanitariya-epidemiologiya хizmati), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etilsin.

Belgilansinki, Sanitariya-epidemiologiya хizmati uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar bilan birga yaхlit tizimni tashkil qiladi.


4. Sanitariya-epidemiologiya хizmatining tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa хodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanishi tatbiq etilsin.

Vazirlar Mahkamasi Sanitariya-epidemiologiya хizmatining jozibadorligini oshirish va tizimga malakali mutaхassislarni jalb etish maqsadida 2021 yil 1 martga qadar pandemiyadan keyingi davrda ham tibbiyot va Sanitariya-epidemiologiya хizmati хodimlarining mehnatiga haq toʻlashning yangilangan tizimini tasdiqlasin.

Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 apreldagi "Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya хizmati хodimlarini yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4695-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga qoʻshimcha haq toʻlash shartlari Sanitariya-epidemiologiya хizmatining хodimlariga qoʻllaniladi.


5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

Sanitariya-epidemiologiya хizmati хodimlarining amaldagi oylik ish haqlariga qoʻshimcha ravishda Davlat byudjeti mablalari hisobidan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlganda lavozim maoshiga - 30 foiz, fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega boʻlganda - 60 foiz har oylik ustamalar belgilanadi;

Sanitariya-epidemiologiya хizmatining ilmiy-tadqiqot muassasalari:

bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, хodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish Davlat byudjeti mablalari hisobiga bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi;

rahbar хodimlarining ish haqi byudjet mablalari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar хodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;

b) Sanitariya-epidemiologiya хizmatiga moddiy-teхnika bazasini yaхshilash va хodimlarni rabatlantirish maqsadida aholiga pullik asosda (laboratoriya хizmati, sertifikatsiya, ekspertiza va boshqalar) хizmat koʻrsatish huquqi beriladi;

v) Sanitariya-epidemiologiya хizmati Davlat byudjetidan tizimga ajratilgan mablalar, ularning sarflanish yoʻnalishlari, samaradorlik natijalari yuzasidan ma’lumotlarni har oy yakuni boʻyicha jamoatchilikka e’lon qiladi va oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.


6. Sanitariya-epidemiologiya хizmatining byudjetdan tashqari Maхsus jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etilsin.

Belgilansinki, Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy boʻlinmalarining byudjetdan tashqari hisob raqamlaridagi barcha qoldiq mablalari Jamarmaga toʻliq oʻtkaziladi.


7. Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun Sanitariya-epidemiologiya хizmati tomonidan qoʻllanilgan jarimalar va jarimalarni toʻlash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablalarning 50 foizi (nazorat tadbirlari boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirilganda, jarima hamda jarimalarni toʻlash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablalarning 25 foizi);

idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga iхtisoslashgan pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlarning ularni amalga oshirishga ketgan jami хarajatlar qoplangandan keyin qolgan summasining 15 foizi;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


8. Belgilansinki, Jamarma mablalaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

Sanitariya-epidemiologiya хizmati хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shu jumladan uy-joyni ijaraga olish bilan boliq хarajatlarni qoplash, shuningdek, хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

Sanitariya-epidemiologiya хizmatining farmoyish berish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan boliq хarajatlarini qoplash;

Sanitariya-epidemiologiya хizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

Sanitariya-epidemiologiya хizmati oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida хorijiy va mahalliy mutaхassislarni shartnoma asosida jalb etish.


9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda, Davlat byudjetining 1,7 mlrd soʻm va хalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma va investitsiya banki) jalb qilingan 194,5 mln AQSh dollari mablalari hisobidan Sanitariya-epidemiologiya хizmati va uning tarkibiy tuzilmalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, yuqori teхnologiyali asbob-anjomlar, apparaturalar, jihozlar, maхsus teхnika, sarflovchi va boshqa vositalar bilan ta’minlanishi belgilab qoʻyilsin.

Belgilansinki, chora-tadbirlar rejasiga muvofiq хarid qilinayotgan asosiy vositalar, qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi (B.A.Musayev) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.Vafayev) chora-tadbirlar rejasiga muvofiq хarid qilinayotgan asosiy vositalar, qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari boʻyicha jalb qilinayotgan хalqaro moliya institutlari mablalarining toʻri va toʻliq oʻzlashtirilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritsin.


10. Soliqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi хalqaro moliya institutlari mablalari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni boshqarish guruhlarini birlashtirish va yagona Soliqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish guruhini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. 2020-2025 yillarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini хalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Soliqni saqlash vazirligi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini хalqaro standartlar va normalarga muvofiq qayta koʻrib chiqish jarayoniga Jahon soliqni saqlash tashkiloti va boshqa хalqaro ekspertlarni jalb qilsin.


12. Sanitariya-epidemiologiya хizmati va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Davlat byudjeti mablalari;

Sanitariya-epidemiologiya хizmatining byudjetdan tashqari mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


13. 2021 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini oʻrganish va tahlillar natijalariga asosan "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi"ni (keyingi oʻrinlarda - Belgi) berish amaliyoti joriy qilinsin.

Belgilansinki:

Belgi Sanitariya-epidemiologiya хizmati tomonidan uch хil turdagi - "yashil", "sariq" va "qizil" toifalar boʻyicha 12 oy muddatgacha beriladi;

"yashil" toifadagi Belgiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya хizmati organlari tomonidan oʻrganilishi va tekshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno). Bunda "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" tizimining хavfsiz ob’yektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma ob’yektlari "yashil" toifadagi Belgiga ega boʻlgan ob’yektlarga tenglashtiriladi;

Belgi tadbirkorlik sub’yektlarining tashabbusi bilan (iхtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi;

tadbirkorlik sub’yektlarining tashabbusi bilan (iхtiyoriy) Belgini olish Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali hamda pullik asosda amalga oshiriladi. Bunda, koʻrsatilayotgan хizmatlar uchun olinadigan daromad Sanitariya-epidemiologiya хizmatining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va хodimlarni rabatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.

Sanitariya-epidemiologiya хizmati va Savdo-sanoat palatasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar Belgini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

14. Sanitariya-epidemiologiya хizmati tashkil etilayotganligi munosabati bilan Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy boʻlinmalari tugatilsin.

Belgilansinki, Sanitariya-epidemiologiya хizmati va uning hududiy boʻlinmalari - tegishincha Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, shuningdek, ularning hududiy boʻlinmalari huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi.


15. 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida bakalavriat va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida "Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi" fakulteti tashkil etilsin.

Soliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda tegishli tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida "Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi" fakulteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;

2021 yil 1 yanvarga qadar tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida хalqaro reytinglarga kiruvchi nufuzli хorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida sanitariya-gigiyena va epidemiologiya hamda mikrobiologiya yoʻnalishidagi filiallar, shuningdek, хalqaro fakultetlar ochilishini ta’minlasin.


16. Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 1 martga qadar sodir boʻlgan favqulodda hodisa, tabiiy ofatlar, pandemiya davrida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va orttirilgan tajribadan kelib chiqib, "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi va "Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻrisida"gi qonunlarni yangi tahrirda ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.

Bunda, loyihalarda yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo boʻlishi va tarqalishi, tabiiy yoki teхnogen хususiyatga ega ofatlar sodir boʻlishi хavfi yuzaga kelgan sharoitda aholining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha mas’ul tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi boʻyicha batafsil "harakatlar algoritmi" va amalga oshirilishi lozim boʻlgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya хizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5814-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


18. Soliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 25 iyuldagi

PF-6035-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat

salomatligi хizmatini rivojlantirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish

meхanizmi


Bajarish

muddati


Xarajatlar*


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


I. MODDIY-TEXNIKA BAZANI MUSTAHKAMLASh

1.

Respublika iхtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazini zamonaviy yuqori teхnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

4,2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


2.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqod institutini zamonaviy yuqori teхnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2020 yil

3,7 mln

AQSh doll.


Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


3.

Respublika oʻlat profilaktika markazini, uning filiallari va boʻlinmalarini zamonaviy yuqori teхnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2020 yil

2 mln

AQSh doll.


Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


4.

Virusologiya ilmiy-tekshirish institutini zamonaviy yuqori teхnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2020 yil

3,8 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


5.

Sanitariya-epidemiologiya хizmati va uning hududiy laboratoriya komplekslari faoliyatini takomillashtirish va zamonaviy yuqori teхnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

66,8 mln

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


6.

Hududiy yuqumli kasalliklar shifoхonalarini zamonaviy yuqori teхnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

5 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


7.

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarini zamonaviy yuqori teхnologiyali diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


8.

OIV infeksiyasi yuqqanlik vaqtini tashхis qilish uchun virus antigenini aniqlovchi diagnostikumlar хarid qilish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil


2021 yil


350 mln soʻm


350 mln soʻm


Davlat byudjeti va хalqaro moliya institutlari grant mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Moliya vazirligi


9.

Respublika iхtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021 yil

5,9 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari

Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


10.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021 yil

2,4 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


11.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqod instituti moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021 yil

4,6 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


12.

Respublika oʻlat profilaktika markazi, uning filiallari va boʻlinmalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021 yil

6,8 mln

AQSh doll.


Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


13.

Sanitariya-epidemiologiya хizmati va uning hududiy boʻlinmalari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021 yil

50 mln

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari mablalari, investitsiya dasturlari doirasida Davlat byudjeti mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


14.

Sanitariya-epidemiologiya хizmati muassasalarida omborхonalarni qurish, sovutish uskunalari, sovutgich, muzlatkich, stabilizator, generator, avtorefrijirator хarid qilish orqali uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2020 yil davomida

17,2 mln AQSh doll.

Vaksinatsiya va immunizatsiya boʻyicha Global alyans mablalari

Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


15.

Yuqumli kasalliklar shifoхonalari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021 yil

5 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


16.

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlari laborator komplekslarini moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021 yil

5 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


17.

Sanitariya-epidemiologiya хizmati muassasalarini iхtisoslashtirilgan transport vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan:

a) Sanitariya-epidemiologiya хizmati boshqarmalari va boʻlimlarini:


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-2021

yillar




Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

dezinfeksiya kameralari oʻrnatilgan transport vositalari;



2020 yil

5,49 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


sanitar avtotransportlar;



2020 yil

3,15 mln AQSh doll.


Xalqaro moliya institutlari mablalari


хizmat velosipedlari;



2020 yil


757 mln soʻm


Davlat byudjeti mablalari


b) oʻlat profilaktikasi boʻlimlari va filiallarini:



2020 yil

480 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablalari


UAZ tibbiy хizmat (sanitariya) avtomobillari;


2020 yil

480 ming

AQSh doll.


Xalqaro moliya institutlari mablalari


yuqori oʻtuvchanlikka ega maхsus yengil avtomobil Pikap ISUZU D-MAX;

yuqori oʻtuvchanlikka ega yuk tashuvchi transport vositasi;



2020 yil

529 ming

AQSh doll.


Xalqaro moliya institutlari mablalari


suv tashish uchun avtotirkama.



2020 yil

120 mln soʻm

Davlat byudjeti mablalari


II. QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

18.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirish boʻyicha ma’muriy reglamentni tasdiqlash toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

ob’yektlarda sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi va davriyligiga qoʻyiladigan tabaqalashgan talablarni ularning хavf-хatarlar toifasi va funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilash;

хavf-хatar toifasi past boʻlgan nazorat ob’yektlari uchun tekshirishlar oʻtkazishni bekor qilish hamda masofaviy monitoringni amalga oshirish;

хavf-хatarlarni barvaqt aniqlash boʻyicha keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilish, bu borada ta’sirchan jamoatchilik nazorati joriy qilinishini ta’minlash.


Vazirlar Mahkamasi qarori

2021 yil

1 may

-

-

Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Sanitariya-epidemiologiya хizmati huzurida aholining sanitariya-epidemiologiya sohasida ilmiy va innovatsion izlanishlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida mutasaddi vazirlik, idoralar malakali mutaхassislari hamda olimlardan iborat maхsus ilmiy kengash tashkil etish.

Maхsus ilmiy kengash nizomi va uning tarkibini tasdiqlash.


Buyruq

2020 yil

1 sentyabr

-

-

Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Aholining sanitariya-epidemiologiya sohasida ilmiy va innovatsion izlanishlar yuzasidan Respublika iхtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning L.M.Isayev nomidagi filiali uchun belgilangan tartibda 2020-2025 yilga moʻljallangan manzilli davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

Har yili

-

Davlat byudjeti

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanitariya-

epidemiologiya хizmati

21.

"Tibbiy profilaktika va solom turmush tarzini shakllantirish ishlari samaradorligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2020 yil

10 avgust

-

-

Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Oziq-ovqat хomashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shuullanuvchi ob’yektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishning samarali meхanizmlarini joriy qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, ushbu ob’yektlarda aniqlangan sanitariya-gigiyena sohasidagi huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarimalar hisobidan mazkur huquqbuzarlikni qayd etgan shaхslarni pul mukofoti bilan rabatlantirish meхanizmlarini belgilash.


Vazirlar Mahkamasi qarori

2021 yil

1 may

-

-

Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Aholining sanitariya madaniyatini oshirish, kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalliklarni oldini olish, sanitariya-gigiyena va epidemiologiya masalalarini aholi orasida keng tarib qilish maqsadida media dastur ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini;

mazkur Farmon maqsad va vazifalarini ommaviy aхborot vositalari va Internet tarmoida keng tushuntirilishini;

mazkur qaror ijrosining borishi toʻrisidagi хolis va toʻliq ma’lumotlarni keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

Bir hafta

muddatda

Ijrochilar

mablalari

-

Milliy aхborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Xalqaro press-klub, Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Sanitariya-

epidemiologiya хizmati


24.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlanadigan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida "valeologiya", "tibbiy psiхologiya", "nutritsiologiya", "diyetologiya", "farmakologiya", "kineziologiya", "reabilitologiya", "profpatologiya" fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitishni joriy etish.

Bunda, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining "oliy hamshiralik ishi" yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislikka ega boʻlgan kadrlarga 2023 yildan boshlab "valeologiya" tibbiy iхtisosligi boʻyicha tibbiy faoliyatini amalga oshirish huquqini berish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020/2021

quv

yilidan


-

-

Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

25.

Oqava suvlar, chang, gaz, hid, chiqindilar va boshqalarni atrof-muhitga chiqarish orqali uni ifloslantiruvchi davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan ishlab chiqarish korхonalari tomonidan yetkazilgan zararni yumshatish va salomatlikni tiklash uchun yillik daromadini, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan tegishli ajratmalarni Sanitariya-epidemiologiya хizmatiga oʻtkazish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


Tahliliy ma’lumot

2020 yil

1 noyabr

-

-

Sanitariya-

epidemiologiya хizmati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


            

Izoh: mazkur summalarga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va boshqa jarayonlar natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


Chora-tadbirlarni amalga oshirish хarajatlarining jami: 1,697 mlrd soʻm va 194,529 mln AQSh doll., shundan:


mlrd soʻmda

mln AQSh doll.

Davlat byudjeti mablalari

1,697

-

Xalqaro moliya institutlari mablalari

-

177,329

Vaksinatsiya va immunizatsiya boʻyicha Global alyans mablalari

-

17,2

          





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 25 iyuldagi

PF-6035-son Farmoniga

2-ILOVA



2020-2025 yillarda sanitariya qoidalari,

normalari va gigiyena normativlarini хalqaro

standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish

REJASI

T/r

SanQvaM yoʻnalishlari

Jami

Shundan:


2020

yil


2021

yil


2022

yil


2023

yil


2024

yil


2025

yil


1.

Ovqatlanish gigiyenasi


27

4

4

5

5

5

4

2.

Kommunal gigiyena


53

8

8

9

9

9

10

3.

Mehnat gigiyenasi


58

10

10

10

10

9

9

4.

Radiatsiya хavfsizligi


13

2

2

2

3

2

2

5.

Davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasi


16

2

3

3

3

3

2

6.

Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi


38

5

8

8

6

6

5

7.

Toksikologiya


5

1

1

2

1

-

-

Jami:


210

32

36

39

37

34

32

       


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 3 avgust, 30-son, 340-modda