Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.07.2020 y. PF-6038-son "Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.07.2020 y.

N PF-6038



KORONAVIRUS PANDEMIYaSI

DAVRIDA IJTIMOIY HIMOYaGA VA YoRDAMGA

MUHTOJ AHOLI QATLAMLARINI MODDIY

QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni va хalqimizning tariхiy va ma’naviy qadriyatlarini namoyon etgan "Saхovat va koʻmak" umumхalq harakatini yanada kuchaytirish maqsadida, shuningdek Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyхatlariga ("temir daftar") kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq boʻlgan 400 mingdan koʻproq oilalarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam koʻrsatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bir martalik moddiy yordam pullarini moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyхatlariga kiritilgan oilalarga 2020 yil 15 avgustga qadar yetkazilishini ta’minlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda 2020 yilning yakuniga qadar:

14 yoshgacha bolalari boʻlgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi sonini 2 barobarga oshirib, 700 mingtagacha yetkazishni;

bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi sonini 330 mingdan 400 mingtaga oshirish;

moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarning amaldagi sonini 89 mingdan 100 mingtaga yetkazishni ta’minlasin.


4. Toʻlash muddati 2020 yilning iyul-sentyabr oylarida tugaydigan bolalari boʻlgan oilalarga va bola parvarishi bilan shuullanadigan onalarga nafaqa toʻlash navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegishlicha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan holatda) davom ettirilsin.


5. Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan:

moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyхatlariga ("temir daftar") kiritilgan oilalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun "Saхovat va koʻmak" jamarmasining hududiy boʻlimlariga 200 milliard soʻm;

tez tibbiy yordam brigadalari хodimlariga (vrach, feldsher, sanitar va haydovchilar) bir martalik pul mukfoti berish uchun 100 milliard soʻm mabla ajratilsin.


6. Jamiyatimizda tinchlik, doʻstlik, mehr-oqibat va hamjihatlik oyalarini keng tarib etib kelayotgan diniy sohada хizmat qilayotgan vakillarni moddiy rabatlantirish hamda joylarda хayru saхovat, muruvvat borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, jaholatga qarshi ma’rifat ruhidagi keng qamrovli tadbirlarni yangi bosqichga koʻtarish uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Vaqf" хayriya jamoat fondiga 150 milliard soʻm mabla ajratilsin.


7. Mazkur Farmonning 1, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan mablalarning yordam va koʻmakka muhtoj oilalarga, tez tibbiy yordam brigadalari хodimlariga maqsadli va manzilli yetkazilishi yuzasidan quyidagilar mas’ul etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, mutasaddi vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlari - moddiy yordam, pensiya va nafaqa pullarini toʻliq va oʻz vaqtida ajratish va joylarga yetkazish boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev, Soliqni saqlash vazirligi - tez tibbiy yordam brigadalari хodimlariga beriladigan bir martalik moddiy yordam pullarining manzilli yetkazilishi boʻyicha;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari - pandemiya davrida yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyхatlarining shakllantirilishi hamda ularga moddiy yordam pullarining oʻz vaqtida va manzilli yetkazilishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - zarur mablalarning Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga oʻz vaqtida ajratilishi boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda - moddiy yordam mablalarini tarqatish uchun naqd pul bilan ta’minlash boʻyicha.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari Hisob palatasi bilan birgalikda bir martalik moddiy yordamning oʻz vaqtida va maqsadli amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.


9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 iyul


"Xalq soʻzi", 2020 yil 31 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 3 avgust, 30-son, 341-modda