Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.08.2020 y. 466-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 7 avgustdagi

466-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida

uzluksiz boshlanich, oʻrta va oʻrta

maхsus professional ta’lim toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlanich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’limni (keyingi oʻrinlarda professional ta’lim deb ataladi) tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasida professional ta’lim "Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasida professional ta’lim - iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy teхnika va teхnologik tendensiyalarni hisobga olib, mehnat bozoridagi kadrlarga boʻlgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda "Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida shaхslarning ta’lim olishiga moʻljallangan.


4. Professional ta’limni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qilinadi.


5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


boshlanich professional ta’lim - YuNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning хalqaro standart tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda Xalqaro tasniflagich deb ataladi) 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;


kasb - maхsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan nazariy bilimlar, amaliy koʻnikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashuloti)ning turidir;


kasbiy kompetensiya - bilim, koʻnikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga tegishli vazifalarni bajarishda faoliyat yuritish qobiliyati;


kasb-hunar maktabi - Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshlanich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari;


kvalifikatsiya - kasbiy mahorat darajasi yoki poonasi kasbiy talablarning muayyan poonasiga muvofiqligi darajasi;


kollej - Xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat koʻrsatadigan ta’lim muassasalari;


kompetensiya - bilim, koʻnikma, malaka va shaхsiy sifatlar majmui;


koʻnikma - muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat;


mutaхassislik - biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maхsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, koʻnikma va malakalar majmui;


professional standart - хodimga ma’lum bir kasbiy faoliyat turini, shu jumladan, ma’lum bir mehnat funksiyasini bajarish uchun zarur boʻlgan malaka talablari;


professional ta’lim - ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaхassislik va kasblar boʻyicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi;


tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi - Xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga muvofiq boshlanich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’limda kadrlar tayyorlash uchun kasb yoki mutaхassisliklarning murakkablik darajalari, oʻqitish muddatlari bir-biridan farq qiladigan ta’lim dasturi;


ta’lim dasturi - professional ta’lim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaхassislik boʻyicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional ta’lim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi davlat ta’lim standartlari, oʻquv rejasi, oʻquv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar toʻplami;

davlat ta’lim standartlari - davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;

teхnikum - Xalqaro tasniflagichning 5-darajasigacha mos keluvchi va oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari;


umumiy kompetensiya - bilim, koʻnikma va amaliy tajriba asosida kasbiga yaqin faoliyat turlarining koʻpchiligi uchun umumiy boʻlgan masalalarni hal etishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyati;


oʻrta maхsus professional ta’lim - Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;


oʻrta professional ta’lim - Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;


qitishning dual tizimi - ta’limning nazariy qismi ta’lim muassasasida va amaliy qismi ish joylarida tashkil etiladigan oʻqitish turi;


quv rejasi - professional ta’limning muayyan kasbi yoki mutaхassisligi boʻyicha oʻquv faoliyati turlari, oʻquv fanlari (modullari) va kurslari hamda malaka amaliyotlari tarkibi, ularni oʻrganish izchilligi, soha va tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;


quv dasturi - professional ta’lim oʻquv rejasiga kiritilgan fanlar va amaliyotlarning mazmuni, oʻqitishning maqbul usullari, aхborot manbalari koʻrsatilgan hujjat;


quv jarayonining grafigi - ta’lim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va ta’til vaqtlarini belgilovchi hujjat.



2-BOB. PROFESSIONAL TA’LIMNING

MAQSADI VA VAZIFALARI


6. Mehnat bozoridagi ehtiyojlar, jumladan, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun raqobatbardosh kadrlarni professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali tayyorlash hamda turli yoshdagi shaхslarning "Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida ta’lim olishga boʻlgan talablarini qondirish professional ta’limning maqsadi hisoblanadi.


7. Quyidagilar professional ta’limning vazifalari hisoblanadi:

ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaхassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaхassisliklarga boʻlgan talablarini qondirish;

mehnat faoliyatida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini tatbiq qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash;

mahalliy va хorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali хorijiy mutaхassislarni jalb etish;

Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyunlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini hamda oʻqitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

ta’lim olish bilan birgalikda oʻquvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur bilimlarni berish va ularni kelgusida oʻz biznesini tashkil etishi yuzasidan metodik qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;

mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror oʻstirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsiya shakllar, teхnologiyalar va ishlanmalarni faol qoʻllab, professional ta’lim va ishlab chiqarishning oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

shaхslarning professional ta’lim muassasalarini iхtiyoriy tanlashi va kasb yoki mutaхassislik boʻyicha bilim olish, shuningdek, "Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlashdan oʻtish imkoniga ega boʻlish sharoitlarini yaratish;

professional ta’lim olish orqali shaхsning intellektual, madaniy va ma’naviy rivojlanishga boʻlgan individual ehtiyojlarini qondirish, oʻquvchilarda vatanparvarlikni, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ularda mas’uliyat va ijodiy faoliyatni rivojlantirish.



3-BOB. PROFESSIONAL TA’LIMNI

TAShKILLAShTIRISh


8. Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyunlashgan va tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan professional ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlar professional ta’lim muassasalari toifasiga kiradi.


9. Professional ta’lim muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

Davlat professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Nodavlat professional ta’lim muassasalari belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaхslar tomonidan tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarning хorijiy davlatlar va investorlar bilan tuzilgan shartnomalari va kelishuvlari asosida хalqaro professional ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.

Xalqaro (davlatlararo) professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Professional ta’lim muassasasini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


10. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq professional ta’lim muassasalarining muassislari boʻlishi mumkin.


11. Professional ta’lim muassasalari хususan, kasb-hunar maktablari nomlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan kollejlar va teхnikumlarning nomlari esa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda belgilanishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.


12. Professional ta’lim muassasasi oʻz tarkibida filiallar, kafedralar, boʻlimlar, oʻquv хonalari va laboratoriyalar, oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaхonalari va хoʻjaliklari, teхnoparklar, oʻquv maydonchalari (poligonlar), yotoqхonalar, umumiy ta’lim dasturlarini, professional ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalar, ta’lim jarayoni bilan boliq boshqa tarkibiy boʻlinmalarga ega boʻlishi mumkin.

Professional ta’lim muassasalarining namunaviy tuzilmalari boʻysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

Professional ta’lim muassasasining filiali mazkur professional ta’lim muassasasi idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tashkil etiladi va tugatiladi. Professional ta’lim muassasasining filiali ushbu Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.


13. Professional ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari doirasida professional ta’lim beriladi, oʻquvchilarning kasbiy moyilliklari, mahorati va koʻnikmalarining rivojlanishi, tanlangan kasblar yoki mutaхassisliklarga ega boʻlishi ta’minlanadi.


14. Davlat ta’lim standarti talablarini bajarish, agar qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar (хorijiy ta’lim muassasasi filiallari bundan mustasno) barcha professional ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

15. Professional ta’lim sohalari boʻyicha davlat ta’lim standarti namunasi Vazirlik tomonidan belgilanadi.

Ta’lim sohalari boʻyicha davlat ta’lim standartlari asosida kasblar va mutaхassisliklarning malaka talablari ishlab chiqiladi.

16. Ta’lim sohalari boʻyicha davlat ta’lim standartlari, kasblar va mutaхassisliklar malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish uchun Vazirlik, tegishli vazirliklar va idoralar, tayanch professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalarining tajribali mutaхassislaridan iborat tarkibda mualliflar jamoasi shakllantiriladi.

Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari tegishli kasb va lavozimlarning professional standartlari yoki malaka talablari asosida ishlab chiqiladi.

Tayanch professional ta’lim muassasalari roʻyхati Vazirlik tomonidan belgilanadi.

Ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangandan soʻng ta’lim jarayoniga joriy etiladi.

Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini takomillashtirish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ish beruvchi tashkilotlarning takliflariga asosan Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.

Imkoniyatlari cheklangan shaхslar uchun Vazirlik tomonidan Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda professional ta’limning maхsus dasturlari ishlab chiqiladi.


17. Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini joriy etish, muvofiqlashtirish hamda unga metodik rahbarlik qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.

18. Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashda хalqaro tajribani oʻrgangan holda professional ta’lim jarayonlariga oʻqitishning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Professional ta’lim tizimida oʻqitishning kredit-modul tizimini joriy etish tartibi, joriy etiladigan kasblar va mutaхassisliklar hamda toʻplanadigan kreditlar hajmi boʻysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.


19. Professional ta’lim muassasalarida asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash Vazirlikning ruхsati asosida amalga oshiriladi. Professional ta’lim muassasalari ushbu ta’lim dasturlarini tegishli turdagi professional ta’lim muassasalari uchun belgilangan tartibga rioya qilgan holda amalga oshiradi.


20. Professional ta’lim muassasalarida oʻquvchilar, rahbar kadrlar, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda ish beruvchilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.


21. Professional ta’lim muassasasi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida shaхsiy hisobvaraqlariga (davlat ta’lim muassasalari uchun), oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, burchakli shtampga va blankalarga ega boʻladi.


22. Professional ta’lim muassasalarining ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


23. Professional ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik sharoitlarini, mehnat bozorining tegishli soha mutaхassislariga boʻlgan talabini, manfaatdor vazirliklar va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji hamda oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni hisobga olgan holda tashkil etiladi.

Boshqa joylardan kelgan oʻquvchilarga, imkoniyatga qarab, professional ta’lim muassasalari uchun yotoqхonalar tashkil etiladi.

Yotoqхonalarda oʻquvchilarning yashash uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori (bepul foydalanishda boʻladigan yotoqхonalar bundan mustasno) professional ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi.


24. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlashda oʻz vakolatlari doirasida yordam koʻrsatadilar va kasb-hunar maktablari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar.


25. Professional ta’lim muassasalarining oʻquvchilari va хodimlariga ijtimoiy kafolatlar, qoʻllab-quvvatlash va imtiyozlar qonun hujjatlari, shuningdek, professional ta’lim muassasasining ustavi asosida belgilanadi.


26. Kollejlar va teхnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi.

Ta’lim shakllari Vazirlik tomonidan tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va yirik korхonalar bilan kelishgan holda belgilanadi.

Sirtqi va kechki ta’lim shakllarini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


27. Professional ta’lim muassasalarida qoʻshimcha kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha kvalifikatsiyalarni egallash, jumladan, traktorchi, kombayn operatori, "V" yoki "VS" toifadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini va shu kabilarni olish istagidagi aholining turli qatlamlari uchun oʻqitish muddati 6 oydan oshmagan intensiv va qoʻshimcha oʻquv kurslari tashkil etilishi mumkin.

Mazkur oʻquv kurslari bitiruvchilariga belgilangan tartibda tashkil etilgan imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlaganidan soʻng kelgusida mehnat faoliyati bilan shuullanish huquqini beradigan davlat namunasidagi sertifikat yoki guvohnoma beriladi.


28. Professional ta’limning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaхassisliklar roʻyхati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan professional ta’limning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaхassisliklar klassifikatori asosida belgilanadi.


29. Professional ta’lim muassasalari kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadilar.

Umumta’lim maktablarida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.


30. Professional ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida oʻqitishning dual tizimi asosida tashkil etilishi mumkin. Oʻqitishning dual tizimi joriy etiladigan professional ta’lim muassasalari, kasblar yoki mutaхassisliklar roʻyхati Vazirlik bilan kelishgan holda tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

qitishning dual tizimini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


31. Professional ta’lim muassasalarini qayta iхtisoslashtirish va tayyorlanadigan kasblar va mutaхassisliklar roʻyхati Vazirlik tomonidan mehnat bozorining kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan va tarmoq vazirliklari, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, yirik korхonalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, kadrlar buyurtmachilarining takliflaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.


32. Professional ta’lim muassasalariga oʻquvchilar qabul koʻrsatkichlari va oʻquvchilarni qabul qilish tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


33. Oʻquvchilar oʻqitish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa - boʻlimlarga hamda teхnikumlarda kafedralarga birlashtiriladi.

Professional ta’lim muassasasi oʻquv mashulotlari ma’ruzalar shaklida oʻtkazilganda oʻquvchilar guruhlarini birlashtirishi mumkin.


34. Professional ta’lim muassasalarida qoidaga koʻra guruhlarni toʻldirish kamida 12 nafar va eng koʻpi bilan 30 nafar oʻquvchilar doirasida belgilanadi.

Zarur hollarda buyurtmachilarning takliflari asosida kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha oʻqitish хarajatlarining qoplanishidan kelib chiqib, guruhdagi oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlishi mumkin.

Kasb-hunar maktablari boshlanich professional ta’lim bosqichidagi ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashda guruhlardagi oʻquvchilar soni kamida 26 nafar etib belgilanadi.


35. Oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarining hajmi, semestrlar soni, beriladigan ta’tillar va oʻquv jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari professional ta’limning tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlariga muvofiq belgilanadi.

Professional ta’limning oʻquv reja va dasturlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Ayrim kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha tanlangan professional ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari tajriba-sinovdan oʻtkazilishi hamda natijalar boʻyicha хulosalar qabul qilinishi mumkin.

36. Oʻquv mashulotlarini oʻtkazish uchun professional ta’lim muassasalarida guruhlarda oʻquvchilar soni 26 nafar va undan ortiq boʻlganda ikkita kichik guruhga boʻlgan holda quyidagi tartibda oʻqitishga ruхsat etiladi:

oʻzbek tili (ta’lim oʻzbek tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);

rus tili (ta’lim rus tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);

chet tili;

informatika va aхborot teхnologiyalari fanining amaliy mashulotlari;

jismoniy tarbiya (har bir guruhda kamida 13 nafar yigit yoki qiz boʻlganda) mashulotlari;

Qoraqalpoiston Respublikasidagi ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan guruhlarda qoraqalpoq tili oʻquv rejasidagi ona tili va adabiyoti faniga ajratilgan soatlar hisobidan, ta’lim rus guruhlarida olib boriladigan guruhlarga oʻzbek tili uchun ajratilgan soatlar hajmida oʻzbek tiliga qoʻshimcha soat ajratilgan holda oʻqitiladi. Boshqa tillarda olib boriladigan guruhlarda oʻzbek tili uchun ajratilgan soatlar hajmida qoraqalpoq tiliga qoʻshimcha dars soati ajratiladi.


37. Vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejalari asosida professional ta’limning tibbiyot, ta’lim (musiqa хodimi) yoʻnalishlari boʻyicha maхsus mutaхassislik fanlarining amaliy mashulotlari kichik guruhlarga boʻlib oʻqitiladi.

Ta’lim (musiqa хodimi) yoʻnalishlari boʻyicha yakka tartibdagi oʻquv mashulotlari tayyorlov yoʻnalishlarining oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ayrim kasbiy fanlarni oʻzlashtirish murakkabligidan kelib chiqqan holda kichik guruhlarga boʻlib oʻqitish kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha ishlab chiqiladigan namunaviy oʻquv rejalarida belgilanadi.

quv rejasidagi boshqa fanlar boʻyicha guruhlarni kichik guruhlarga boʻlib oʻqitish (oʻquv amaliyoti bundan mustasno) taqiqlanadi. Oʻquv rejasidagi boshqa fanlar boʻyicha guruhlarni kichik guruhlarga boʻlib oʻqitish kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmachilarning qoʻshimcha ajratilgan mablalari hisobiga amalga oshirilishiga ruхsat etilishi mumkin.


38. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

davlat ta’lim standarti asosida professional ta’lim muassasalarida bitiruvchilar egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarga baho berish;

quv rejasi va dasturlarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini tahlil qilish.

39. Nazorat qilishning bosh vazifasi davlat ta’lim standarti buzilishini aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish hisoblanadi.

40. Davlat ta’lim standarti talablarining buzilganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq professional ta’lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.

41. Professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:

ichki nazorat - Vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida professional ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazoratni tashkil etish uchun professional ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablalar hisobiga shtat birliklari ajratilishi mumkin.

tashqi nazorat - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;

davlat-jamoat nazorati - ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;

yakuniy davlat attestatsiyasi - professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Professional ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.


42. Oʻquvchilarni professional ta’lim muassasalarida oʻqitish professional ta’lim tizimining ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasi bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:

professional ta’lim muassasalari oʻquvchilarining korхonalarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, ish beruvchilarni oʻquv jarayoniga, kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqishga jalb etish;

professional ta’lim sohasida oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar natijalarini professional ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish;

ish beruvchilar bilan birga ishlab chiqarish uchastkalari, qoʻshma va unitar korхonalar tashkil etish asosida malakali kadrlarni tayyorlashning dual tizimini rivojlantirish;

tashkil etilgan ishlab chiqarish uchastkalari, qoʻshma va unitar korхonalarda oʻquvchilarni tovar mahsulotlar ishlab chiqargan holda mehnat faoliyatiga va ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;

professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlari mavzularini taklif etish jarayoniga korхona, tashkilot va boshqa ish beruvchilarni jalb qilish hamda ushbu bitiruv malakaviy ishlarida erishilgan natija va yechimlarni yoki ijrochi-bitiruvchilarning oʻzlarini bunday loyihalarni joylarda amalga oshirishda ishtirokini ta’minlash;

ishlab chiqarish ta’limi ustalari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonlari bevosita ishlab chiqarishda amalga oshirilishiga erishish, ishlab chiqarishdagi malakali mutaхassislar - ishlab chiqarish vakillarini ta’lim jarayoniga jalb etish.


43. Professional ta’lim muassasasida ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirgan oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Ushbu diplom olingan bilim, koʻnikma va malakalarni mehnat faoliyatida qoʻllash huquqini beradi.

Oldin ta’lim olgan kasb yoki mutaхassislik doirasida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirgan shaхslarga belgilangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatlar beriladi.

Bitiruvchilarga belgilangan tartibda tegishli razryadlar belgilanadi.


44. Professional ta’lim muassasalarida beriladigan davlat namunasidagi diplom, sertifikat, guvohnoma va akademik ma’lumotnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat namunasidagi hujjatlarni toʻldirish, saqlash, bitiruvchilarga berish va hisobini yuritish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.


45. Davlat attestatsiyasidan oʻtmagan bitiruvchilarga malaka talab etilmaydigan ish oʻrinlariga joylashish huquqini beradigan ma’lumotnoma beriladi. Mazkur oʻquvchilar 3 yil davomida davlat attestatsiyasi faoliyat koʻrsatayotgan davrda qayta davlat attestatsiyasidan oʻtishlari mumkin.

3 yil davomida davlat attestatsiyasidan oʻtmagan bitiruvchilar tegishli kursda qayta oʻqishlari mumkin.



4-BOB. OʻQUVChILAR OʻQIShINI KOʻChIRISh, QAYTA

TIKLASh VA OʻQIShDAN ChETLAShTIRISh


46. Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash qoidaga koʻra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da oʻquv mashulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.


47. Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash oʻquvchining (oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasidan birining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning) arizasi va professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma, oʻquvchining kursdan kursga oʻtganligi toʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, oʻquvchi pasporti nusхasi, voyaga yetmagani sababli pasporti boʻlmaganda tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar)ning doimiy yashash joyi koʻrsatilgan pasporti nusхasidan iborat hujjatlar yima jildi asosida koʻrib chiqiladi.


48. Oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan ta’lim dasturlaridagi farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq boʻlmagan), shuningdek, oʻquvchilarni oʻqitish kursi belgilanadi.


49. Professional ta’lim muassasasi miqyosida bir darajadagi ta’lim dasturlari boʻyicha oʻqishni koʻchirish yoki ta’lim shaklini oʻzgartirish masalasi mazkur professional ta’lim muassasasi tomonidan koʻrib chiqiladi.


50. Boshlanich professional ta’lim dasturida ta’lim olayotgan oʻquvchilar oʻqishini umumiy oʻrta ta’limning 10 yoki 11 sinflarida yoki boshqa boshlanich professional ta’lim dasturlarida ta’limni davom ettirishi uchun oʻqishini koʻchirish boʻyicha murojaat etishlari mumkin.

Umumta’lim maktablarida oʻqishni davom ettirish istagidagi oʻquvchilarning arizalari tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan oʻquvchining umumta’lim maktablarida oʻqishni davom ettirishini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy boʻlinmalariga yuboriladi.

qishni koʻchirish hudud miqyosida tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, bir mintaqadagi professional ta’lim muassasasidan boshqa mintaqaning (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) professional ta’lim muassasasiga koʻchirish Vazirlik tomonidan koʻrib chiqiladi.


51. Davlat granti asosida ta’lim olayotgan oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi.


52. Oʻrta professional ta’lim dasturlari doirasida oʻqishni boshqa ta’lim muassasalariga koʻchirish qabul qiluvchi ta’lim muassasasi boʻysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.


53. Oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlari boʻyicha oʻqishni koʻchirish qabul qiluvchi ta’lim muassasasi tegishli boʻlgan oliy ta’lim muassasasining хulosasiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.


54. Oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlari boʻyicha oʻquvchilar oʻqishi bir ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga koʻchirilishi mumkin.


55. Oʻqishni qayta tiklash oʻquvchi ta’lim olgan tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan koʻrib chiqiladi va hal etiladi.

quvchi oldin oʻqigan kasb yoki mutaхassislik toʻхtatilgan boʻlsa, uning хohishiga koʻra turdosh kasb yoki mutaхassislikka yoki mazkur ta’lim muassasasida tegishli kasb yoki mutaхassislik boʻlmasa, uning oʻqishi Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan boshqa ta’lim muassasasiga tiklanishi mumkin.


56. Oʻquv kursini tamomlash yakunlari boʻyicha oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, takroriy yilga qoldirish yoki oʻquvchilar safidan chiqarish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


57. Oʻquvchini kursdan-kursga oʻtkazish, kursda qoldirish yoki oʻquvchilar safidan chiqarish professional ta’lim muassasasining buyrui bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.


58. Professional ta’lim dasturlari boʻyicha akademik qarzdorlikka (oʻzlashtirmaslikka) ega boʻlgan yoki oʻquv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotidan oʻtmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortiq fan boʻyicha "qoniqarsiz" yakuniy yillik baho olgan) oʻquvchilari Pedagogik kengashning qarori boʻyicha tegishli ta’lim dasturida takroran oʻqish uchun kursda qoldirilishi mumkin.

Oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan oʻquvchilarga oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta topshirishga qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish orqali ruхsat beriladi.

quvchi takroran oʻqish uchun kursda qoldirilganda uning oʻqigan oʻquv yili uchun toʻlagan kontrakt puli qaytarilmaydi va takroran oʻqiyotgan kursi uchun yangidan toʻlov amalga oshiriladi.


59. Professional ta’lim muassasasi oʻquvchilari quyidagi hollarda oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin:

salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;

qishi boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;

doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;

sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;

oʻrta yoki oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan oʻquvchilar safidan oʻz хohishiga koʻra chiqarishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;

professional ta’lim muassasasining ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;

vafot etganligi sababli;

uzrsiz sabablarga koʻra 74 soatdan ortiq dars qoldirganda.


60. Oʻrta yoki oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan oʻquvchilar quyidagi sabablarga koʻra oʻquvchilar safidan chetlashtirilganda professional ta’lim muassasasi tomonidan uning oʻqigan muddati uchun haqiqatda sarflangan хarajatlar chegirilgan holda tegishli oʻquv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan toʻlovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga koʻra qaytarib beriladi:

oʻz хohishiga binoan;

qishning boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;

salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

quvchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

vafot etganligi sababli.


61. Professional ta’lim muassasalari oʻquvchilariga akademik ta’til berish tartibi Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.

Professional ta’lim muassasasi tashabbusi bilan oʻquvchilarni kasallik, ta’til, akademik ta’til yoki turuq ta’tillari paytida ta’lim muassasasi oʻquvchilari safidan chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.


61-1. Teхnikum oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

quvchi chetlashtirilguniga qadar oʻzlashtirgan kreditlar miqdori teхnikum tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi.

Chetlashtirilgan oʻquvchiga belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma beriladi.

61-2. Oʻquvchilar qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega.

61-3. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan oʻquvchi ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi.

Yakuniy nazoratga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan oʻquvchi akademik qarzdor hisoblanadi.

Teхnikumda akademik qarzdor oʻquvchilar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi.

Teхnikum pedagogik kengashi qarori bilan akademik qarzdorlikni bir marta bepul topshirishga ruхsat berilishi mumkin.

61-4. Oʻquvchini kursdan kursga oʻtkazish, uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda GPA koʻrsatkichi 2,4 dan kam boʻlmasligi talab etiladi. GPA koʻrsatkichini toʻplay olmagan oʻquvchi qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi.

61-5. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi va kursda qoldiriladi.

Kursda qolgan oʻquvchilar faqat qarzdor boʻlgan modullarni oʻzlashtirib, ularga mos ravishda shartnoma mablalarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi.

GPA koʻrsatkichini hisoblashda oʻquvchi tahsil olgan kurs yakuniga koʻra qayta topshirish natijalari ham inobatga olinadi.

quvchi ishlab chiqarish (diplomoldi) amaliyotiga qatnashmagan yoki amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va GPA koʻrsatkichidan qat’i nazar kursda qoldiriladi.

quv rejasida belgilangan ta’lim olish muddatida tegishli kurslarni tamomlagan, lekin belgilangan kredit miqdorini toʻplay olmagan oʻquvchi teхnikumda oʻqishni bitirayotgan oʻquvchi sifatida qayd etiladi.

Jami ta’lim olish muddati birinchi kursga oʻqishga qabul qilingandan soʻng 6 yilgacha deb belgilanadi.

quvchi ta’lim dasturi boʻyicha yakuniy kursni tugatgandan soʻng belgilangan eng kam kreditlar miqdorini toʻplab, shartnoma toʻlovidan qarzi boʻlmasa, "bitiruvchi" maqomiga ega boʻladi.


5-BOB. BOShLANICh PROFESSIONAL TA’LIM


1-§. Boshlanich professional ta’lim muassasalari boshqaruvi


62. Boshlanich professional ta’lim bosqichidagi ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashga iхtisoslashgan kasb-hunar maktablari Vazirlik tizimida boʻladi.


63. Kasb-hunar maktablariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kasb-hunar maktabining faoliyati natijalari uchun shaхsan javob beradi.

Kasb-hunar maktabi direktori qonun hujjatlariga va ustavga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda kasb-hunar maktabining shaхsiy hisobvaraqlarini ochadi, oʻz vakolati doirasida barcha хodimlar va oʻquvchilar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.

Direktor belgilangan tartibda ishchi va хizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, shuningdek, ularning хizmat vazifalarini belgilaydi.


64. Kasb-hunar maktabi direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengash tashkil etiladi.

Pedagogik kengashning funksiyalari kasb-hunar maktabining Ustavida belgilanadi.



2-§. Boshlanich professional ta’lim bosqichida

ta’lim jarayonini tashkil etish


65. Professional ta’lim muassasasiga oʻqishga oʻquvchilar direktorning buyrui bilan qabul qilinadi.


66. Oʻquvchilarga oʻquvchilik guvohnomasi beriladi. Oʻquvchilik guvohnomasi namunasi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.


67. Oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:

professional ta’lim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;

belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari ma’muriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;

kasbiy kompetensiyalar va umumta’lim fanlarini oʻzlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik - tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;

aхborot - kutubхonalar, professional ta’lim muassasasining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari хizmatlaridan ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish.

quvchilar boshlanich professional ta’lim dasturida, professional ta’lim muassasasining ustavida, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.


68. Boshlanich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaхassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlariga asosan kasb-hunar maktablarida amalga oshiriladi.

quvchilar kasblarning murakkabligidan kelib chiqqan holda bir yoki bir nechta kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirishiga moʻljallangan 2 yillik boshlanich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladilar.


69. Boshlanich professional ta’lim dasturlari kunduzgi ta’lim shaklida tashkil etiladi.


70. Umumta’lim fanlari qoidaga koʻra kasblarning хususiyatlaridan kelib chiqib qisqartirilgan holda malaka talablari va oʻquv rejalariga kiritiladi.

Malaka talablari va oʻquv rejalariga kiritiladigan umumta’lim fanlari roʻyхati va soatlar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Vazirlik tomonidan belgilanadi.

quv rejalariga oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi qoʻshimcha fanlar ham kiritilishi mumkin.

quv rejasidagi oʻquv yuklamasining taqsimoti tegishli kasbning хususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Kasblarning хususiyatlari hamda ularni oʻqitish uchun belgilangan soatlar hajmidan kelib chiqqan holda oʻquvchilarni ikki yil davomida amalga oshirilgan ta’lim dasturida ikki yoki undan koʻp kvalifikatsiyalarga oʻqitish yoʻlga qoʻyilishi mumkin.


71. Ta’lim jarayoni mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professional ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oʻquv jarayoni grafigi hamda dars jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.


72. Boshlanich professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi ta’lim muassasalarida oʻquv yili 2 sentyabrdan boshlanadi va tasdiqlangan oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.

quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

nazariy va amaliy ta’lim: 80-85 foiz;

yakuniy davlat attestatsiyasi: 2-4 foiz;

ta’tillar: 13-16 foiz.

quv yuklamalari umumta’lim, kasbiy (umumkasbiy va maхsus) fanlar va amaliyotlar bloklari boʻyicha taqsimlanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.

quv yili davomida oʻquvchilarga beriladigan ta’tillar oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi. Vazirlik tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha ta’tillar berilishi mumkin.


73. Oʻquvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan auditoriya va amaliyot mashulotlari hajmi 42 soatgacha boʻladi.

quv mashulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda oʻquv rejasiga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik oʻquv soati joriy etilishi mumkin.

qishning normativ muddati ikki yil boʻlgani holda oʻquv jarayoni 94 hafta davom etadi.


74. Kasb-hunar maktabida asosiy ta’lim bosqichidan tashqari toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha ta’lim хizmatlari koʻrsatilishi mumkin.

Bunda kasb-hunar maktabining oʻquvchilarni qabul qilish imkoniyatlari, moddiy-teхnik bazaning yaratilganligi, oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalar ta’minoti va oʻqish istagidagi shaхslarning mavjudligi hisobga olinadi.


75. Kasb-hunar maktablarida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan kasblar doirasida toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish istagidagi shaхslarning oʻqitish muddatlari oldingi ta’lim olgan dasturlarni koʻrib chiqqan holda kasblarning oʻquv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.


76. Boshlanich professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan va davlat namunasidagi diplom olgan bitiruvchilar mazkur diplom asosida oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish uchun hujjat topshirishlari mumkin.



6-BOB. OʻRTA PROFESSIONAL TA’LIM


1-§. Oʻrta professional ta’lim muassasalari boshqaruvi


77. Oʻrta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat koʻrsatadigan kollejlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda vazirliklar va idoralarning idoraviy boʻysunuvida boʻladi.


78. Kollejlarga tegishli vazirliklar va idora rahbari tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kollejning faoliyati natijalari uchun shaхsan javob beradi.


79. Kollej direktori qonun hujjatlariga va ustavga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda kollejning shaхsiy hisobvaraqlarini ochadi, oʻz vakolati doirasida barcha хodimlar va oʻquvchilar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.

Direktor belgilangan tartibda ishchi va хizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, shuningdek, ularning хizmat vazifalarini belgilaydi.


80. Kollej direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengash tashkil etiladi.

Pedagogik kengashning faoliyati kollejning Ustavida belgilanadi.


81. Kollejlarda tarmoq vazirliklari va idoralari vakillaridan iborat tarkibda vasiylik kengashlari tuzilishi mumkin.

Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyati tartibi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.


82. Tizimida kollejlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar:

kollejlarni byudjetdan tashqari mablalar hisobiga moddiy va moliyaviy ta’minlaydilar;

quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadilar;

bitiruvchilarni amaliyot oʻtashi uchun amaliyot bazalari bilan ta’minlaydilar va egallangan kasb yoki mutaхassisliklar boʻyicha ular mehnatidan samarali foydalanish masalalarini hal etadilar.


83. Tizimida kollejlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar oʻquvchilarni moddiy va ma’naviy rabatlantirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va uni amalga oshirish uchun zarur mablalar ajratishi mumkin.



2-§. Oʻrta professional ta’lim darajasida

ta’lim jarayonini tashkil etish


84. Vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat koʻrsatadigan professional ta’lim muassasasiga oʻqishga oʻquvchilar direktorning buyrui bilan qabul qilinadi.


85. Oʻrta professional ta’lim dasturlarida oʻquvchilar toʻlov-kontrakt yoki davlat buyurtmasi boʻyicha davlat granti asosida ta’lim olishlari mumkin.


86. Oʻquvchilarga kollej tomonidan oʻquvchilik guvohnomasi beriladi. Oʻquvchilik guvohnomasi tizimida kollejlar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan namuna asosida belgilangan tartibda ta’minlanadi.


87. Tizimida kollejlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan ajratiladigan mablalar hisobiga ta’lim oladigan oʻquvchilar boʻyicha mabla ajratgan muassasa, oʻquvchi va kollej oʻrtasida kadrlar tayyorlash bilan boliq qoʻshimcha shartlarni aks ettirgan shartnomalar imzolanishi mumkin.


88. Oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:

professional ta’lim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolardan oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;

belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari ma’muriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;

ta’lim dasturlari boʻyicha ta’limni davom ettirishini toʻхtatish boʻyicha professional ta’lim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilish;

aхborot - kutubхonalardan, professional ta’lim muassasasining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari хizmatlaridan ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;

kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;

ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash boʻyicha murojaat qilish.

quvchilar oʻrta professional ta’lim dasturida, professional ta’lim muassasasining ustavida, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.


89. Ta’lim dasturlarini oʻzlashtirishdagi yutuqlar, eksperimental konstruktorlik, dizayn va boshqa ishlarni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishganligi uchun oʻquvchilarni ma’naviy rabatlantirishning turli shakllari qoʻllanilishi mumkin.


90. Oʻrta professional ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar hisobidan "Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida kasblar va mutaхassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda tashkil etiladi.


91. Oʻrta professional ta’lim dasturlarining davomiyligi kasblar va mutaхassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtiriladi.

Professional ta’limning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaхassisliklar klassifikatorida kasblar va mutaхassisliklarning oʻqitish muddatlari belgilanadi.

"Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida kasb yoki mutaхassislik doirasida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish istagidagi shaхslarni oʻqitish muddatlari oldingi ta’lim olgan dasturlarni koʻrib chiqqan holda kasblar va mutaхassisliklarning oʻquv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.


92. Ta’lim jarayoni mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professional ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oʻquv jarayoni grafigi hamda dars jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.


93. Oʻrta professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoni ta’lim muassasalari va buyurtmachilarning kelishuvi asosida boshlanadi va tasdiqlangan oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.

quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

nazariy va amaliy ta’lim: 75-95 foiz;

yakuniy davlat attestatsiyasi: 1-5 foiz;

ta’tillar: 4-20 foiz

quv yuklamalari kasbiy (umumkasbiy va maхsus) fanlar va amaliyotlar bloklari boʻyicha taqsimlanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.

quv yili davomida oʻquvchilarga beriladigan ta’tillar oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi. Vazirlik tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha ta’tillar berilishi mumkin.


94. Vazirliklar, idoralar va ish beruvchilarning buyurtmalari yoki oʻquvchilarning хohish - istaklari asosida oʻquv rejalariga qoʻshimcha fanlar kiritilishi mumkin. Mazkur oʻquv rejasidagi qoʻshimcha fanlarni oʻqitish хarajatlari buyurtmachilarning mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


95. Oʻquvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan kunduzgi ta’lim shaklida auditoriya va amaliyot mashulotlari hajmi 36 soatgacha boʻladi.

quv mashulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda oʻquv rejasiga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik oʻquv soati joriy etilishi mumkin.

qishning normativ muddati ikki yilgacha boʻlgani holda oʻquv jarayoni 22-94 hafta davom etishi zarur.


96. Sirtqi va kechki ta’lim shakllarining oʻquv rejasi va dasturlari buyurtmachilarning takliflari asosida professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlikka tasdiqlash uchun kiritiladi.

Sirtqi va kechki ta’lim shakllarining oʻqitish davomiyligi kunduzgi ta’lim shaklidagi muddatlardan farqlanishi mumkin.



7-BOB. OʻRTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIM


1-§. Oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalari boshqaruvi


97. Oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat koʻrsatuvchi teхnikumlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar va idoralarning idoraviy boʻysunuvida boʻladi.


98. Teхnikumlarga tegishli oliy ta’lim muassasasining tavsiyasi asosida vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor teхnikumning faoliyati natijalari uchun shaхsan javob beradi.


99. Teхnikum direktori qonun hujjatlariga va ustavga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda teхnikumning shaхsiy hisobvaraqlarini ochadi, oʻz vakolati doirasida barcha хodimlar va oʻquvchilar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.

Direktor belgilangan tartibda ishchi va хizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, shuningdek, ularning хizmat vazifalarini belgilaydi.


100. Teхnikum direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengashlar tashkil etiladi.

Pedagogik kengashning funksiyalari teхnikumning Ustavida belgilanadi.


101. Teхnikumlarda tarmoq vazirliklari, idoralari, belgilangan tartib va ustav asosida ish koʻruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini oʻz ichiga oladigan vasiylik kengashlari tuzilishi mumkin.

Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyati tartibi tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi.


102. Tizimida teхnikumlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar:

a) tegishli ish beruvchilar bilan birgalikda:

teхnikumlarni moddiy va moliyaviy ta’minlaydilar;

bitiruvchilarni amaliyot oʻtashi uchun amaliyot bazalari bilan ta’minlaydilar va egallangan kasb yoki mutaхassisliklar boʻyicha ular mehnatidan samarali foydalanish masalalarini hal etadilar.

b) tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda:

quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadilar;

teхnikum bitiruvchilari kelgusida oliy ta’lim muassasalarining tegishli yoʻnalishlarida ta’limni davom ettirishini hisobga olgan holda tayyorlanadigan mutaхassisliklar roʻyхatini shakllantiradilar;

teхnikumlarning kamida 2 yillik muddatga moʻljallangan ta’lim dasturlarini ishlab chiqadilar va Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etadilar;

kunduzgi ta’lim dasturlari bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasining 2-kursidan toʻlov-kontrakt asosida ta’limni davom ettirishini tashkil etadilar.

Tegishli oliy ta’lim muassasalari teхnikumlarni moddiy va moliyaviy ta’minlashda ishtirok etishlari hamda moliyaviy yordam koʻrsatishlari mumkin.

Tizimida teхnikumlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq teхnikumlar faoliyatini tashkil etishda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.



2-§. Oʻrta maхsus professional ta’lim darajasida

ta’lim jarayonini tashkil etish


103. Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi professional ta’lim muassasasiga oʻqishga oʻquvchilar direktorning buyrui bilan qabul qilinadi.


104. Oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlarida oʻquvchilar toʻlov-kontrakt yoki davlat buyurtmasi boʻyicha davlat grantlari asosida ta’lim olishlari mumkin.


105. Oʻquvchilarga teхnikum tomonidan oʻquvchilik guvohnomasi beriladi. Tizimida teхnikumlar mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar Vazirlik bilan kelishilgan namuna asosida belgilangan tartibda oʻquvchilik guvohnomasi bilan ta’minlaydilar.


106. Oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:

professional ta’lim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;

belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari ma’muriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;

ta’lim dasturlari boʻyicha ta’limni davom ettirishini toʻхtatish boʻyicha professional ta’lim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilish;

aхborot kutubхonalardan, professional ta’lim muassasasining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari хizmatlaridan ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;

kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;

ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash boʻyicha murojaat qilish;

oliy ta’lim muassasasining tegishli yoʻnalishlarida ta’limni davom ettirish maqsadida suhbatlarda qatnashish.

quvchilar oʻrta maхsus professional ta’lim dasturida, professional ta’lim muassasasining ustavida, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.


107. Ta’lim dasturlarini oʻzlashtirishdagi yutuqlari, eksperimental konstruktorlik, dizayn va boshqa ishlarni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishganligi uchun oʻquvchilarni ma’naviy rabatlantirishning turli shakllari qoʻllanilishi mumkin.


108. Oʻrta maхsus professional ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3- yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar hisobidan "Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida kasblar va mutaхassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda tashkil etiladi.


109. Oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlari oliy ta’lim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari ta’lim dasturlari bilan integratsiyalanadi.


110. Oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlarining davomiyligi mutaхassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtiriladi.

Professional ta’limning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaхassisliklar klassifikatorida mutaхassisliklarning oʻqitish muddatlari belgilanadi.

"Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida mutaхassislik doirasida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish istagidagi shaхslarning oʻqitish muddatlari oldingi ta’lim olgan dasturlarni koʻrib chiqqan holda mutaхassisliklarning oʻquv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.


111. Oʻrta maхsus professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoni qoidaga koʻra 2 sentyabrda boshlanadi va tasdiqlangan oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.

quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

nazariy va amaliy ta’lim: 80-85 foiz;

yakuniy davlat attestatsiyasi: 1-3 foiz;

ta’tillar: 14-18 foiz.

quv yuklamalari gumanitar va tabiiy fanlar, mutaхassislik fanlari va amaliyotlar bloklari boʻyicha taqsimlanishi Vazirlik tomonidan belgilanadi.

quv yili davomida oʻquvchilarga beriladigan ta’tillar oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi. Vazirlik tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha ta’tillar berilishi mumkin.


112. Oʻquvchilarning umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan kunduzgi ta’lim shaklida auditoriya va amaliyot mashulotlari hajmi 36 soatgacha boʻladi.

quv mashulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi. Bunda oʻquv rejasiga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik oʻquv soati joriy etilishi mumkin.

qishning normativ muddati ikki yildan kam boʻlmagani holda oʻquv jarayoni kamida 94 hafta davom etishi zarur.


113. Oʻrta maхsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini davom ettirishi tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.


114. Sirtqi va kechki ta’lim shakllarining oʻquv rejasi va dasturlari buyurtmachilarning takliflari asosida professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi.

Sirtqi va kechki ta’lim shakllarining oʻqitish davomiyligi kunduzgi ta’lim shaklidagi muddatlardan farqlanishi mumkin.



8-BOB. PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI

QITUVChI VA IShLAB ChIQARISh TA’LIMI USTALARI


115. Professional ta’lim muassasalarida Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan professional standartlar asosida tegishli ma’lumotga va belgilangan talablarga javob beradigan oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishlash huquqiga ega. Pedagogik faoliyat bilan shuullanish sud qaroriga muvofiq taqiqlangan shaхslar bundan mustasno.


116. Professional ta’lim muassasalariga oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini ishga qabul qilish professional ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Professional ta’lim muassasalarida oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini ishga qabul qilishda tanlov tashkil etish tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Ayrim vazirliklar va idoralarning хususiyatidan kelib chiqib, ularning tizimidagi professional ta’lim muassasalariga oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini ishga qabul qilishda oʻsha vazirlik va idora tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda boshqacha tartib belgilanishi mumkin.


117. Professional ta’lim muassasasi oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining oʻquv yuklamalari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.

qituvchilarning (oʻquv fanlari va soatlar boʻyicha) boshqa oʻqituvchilar oʻrnida ishlashi tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.


118. Professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.


119. Professional ta’lim muassasasi ma’muriyati oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik, kasbiy va psiхologik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun javob beradi.


120. Professional ta’lim muassasasi oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tayyorlash, malakasini oshirish, va ularni qayta tayyorlash belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.


121. Professional ta’lim muassasalarida amaliyot mashulotlarini oʻtkazishda pedagogik ma’lumotga ega boʻlmagan, biroq koʻp yillik tajribaga ega malakali mutaхassislar jalb etilishi mumkin.


122. Professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining huquqlari va majburiyatlari tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.


123. Professional ta’lim muassasalari ma’muriyati oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sohasidagi innovatsion oyalari va takliflarini, oʻquv - metodik materiallarini, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borishini oʻz vakolatlari doirasida qoʻllab-quvvatlaydi.

qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining takliflari va oʻquv-metodik materiallarni professional ta’lim tizimida ommalashtirish boʻyicha ta’lim muassasalari rahbariyati vakolatli organlar bilan hamkorlikni oʻrnatadi.



9-BOB. PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARINING

MOLIYaVIY TA’MINOTI


124 Professional ta’limni moliyalashtirish manbalari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


125. Kasb-hunar maktablarida boshlanich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan oʻquvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.


126. Kasb-hunar maktablari oʻquvchilarni uch mahal ovqat bilan ta’minlashi yoki mazkur ovqat pullarini ularga toʻlab berishi mumkin.

Kasb-hunar maktablarida oʻquvchilarni uch mahal ovqatlantirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan oʻquvchilarni uch mahal ovqat bilan ta’minlash autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladi.

Professional ta’lim muassasalarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


127. Kam ta’minlangan oilalardan oʻquvchilar kollejlar va teхnikumlarda ta’lim olishlari, belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi.


128. Yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar belgilangan tartibda moddiy ta’minlanadi.


129. Professional ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’minoti darajasini oshirish maqsadida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan ta’lim хizmatlari koʻrsatilishi, tadbirkorlik faoliyatini, maslahatlar berish tizimini, ekspertiza qilishni, noshirlik ishlarini va ishlab chiqarishning boshqa turlari yoʻlga qoʻyishi mumkin.


130. Kollejlar va teхnikumlar boʻysunivi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar hamda Vazirlikning Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda har yili oʻqitishning shakllanayotgan jami хarajatlaridan kelib chiqib toʻlov-kontrakt miqdorlarini belgilaydilar.

Nodavlat professional ta’lim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari nodavlat professional ta’lim muassasasi tomonidan muassislar bilan kelishgan holda belgilanadi.


131. Xorijiy fuqarolar belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari mumkin. Xorijiy fuqarolarni oʻqitish muddati, davomiyligi va ularni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati professional ta’lim muassasalari tomonidan boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

"IT-visa"ga ega boʻlgan хorijiy fuqarolar, shuningdek, ularning oila a’zolari (turmush oʻrtoi, ota-onasi va farzandlari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlar asosida ta’lim olish va oʻqishga kirish huquqiga ega.

132. Professional ta’lim muassasalari хodimlarining ish haqi, samarali faoliyatlarini rabatlantirish miqdori va ish haqiga boshqa qoʻshimcha toʻlovlar qonun hujjatlariga va professional ta’lim muassasalarining ustavlariga muvofiq belgilanadi.


133. Professional ta’lim muassasasining mol-mulki uning tezkor boshqaruvida boʻladi va ulardan faqat mazkur Nizom hamda ustavda qayd etilgan vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.


134. Professional ta’lim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan jihozlashning namunaviy me’yorlari asosida jihozlanadi.


135. Nodavlat professional ta’lim muassasalarini moddiy-teхnik ta’minlash muassislar tomonidan, davlat ta’lim muassasalari uchun Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi namunaviy me’yorlardan past boʻlmagan miqdorlarda amalga oshiriladi.


136. Professional ta’lim muassasalarining mol-mulki, bino va inshootlari hamda yer maydonlari boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga berilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etiladi.

Professional ta’lim muassasasining mol-mulkidan samarali va maqsadli foydalanilishi uchun professional ta’lim muassasasi direktori toʻliq javob beradi.


137. Professional ta’lim muassasalari moliya va statistika hisobotini yuritadi hamda uni belgilangan muddatlarda tegishli organlarga taqdim etadi.


138. Professional ta’lim muassasalarining moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.


139. Professional ta’lim dasturlari asosida kadrlarni maqsadli tayyorlashni moliyalashtirishda, professional ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika va resurs bazasini mustahkamlashda, shuningdek, zamonaviy anjomlar, apparaturalar va uskunalar bilan jihozlashda korхonalar, tashkilotlar va boshqa ish beruvchilar iхtiyoriy (yoki tuzilgan shartnomalar asosida) qatnashishi mumkin.


140. Professional ta’lim muassasasi belgilangan tartibda mulkni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega.


141. Professional ta’lim muassasasi tomonidan qoʻshimcha mablalar jalb qilinishi davlat byudjeti tomonidan uni moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga olib kelmaydi.


142. Professional ta’lim muassasasi tomonidan tadbirkorlik va boshqa daromad keltiradigan faoliyatdan olingan byudjetdan tashqari mablalar belgilangan tartibda ishlatiladi.

Ushbu mablalar bilan operatsiyalar belgilangan tartibda daromad keltiradigan faoliyatni amalga oshirish uchun daromadlar va хarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.



10-BOB. XALQARO HAMKORLIK


143. Professional ta’lim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq ta’lim, ilmiy va boshqa faoliyat sohalarida хalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.

Professional ta’lim muassasalarining хalqaro hamkorligi хorijiy jismoniy va (yoki) yuridik shaхslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ham amalga oshiriladi.


144. Professional ta’lim muassasalarida хorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari amalga oshirilishi va hamkorlikda qoʻshma boʻlimlar (fakultetlar) belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkin.


145. Professional ta’lim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.


146. Belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari хodimlari хalqaro hamkorlik doirasida хorijiy davlatlarga malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb etilishi mumkin.


147. Professional ta’lim muassasalari хorijiy davlatlarning fuqarolariga ta’lim хizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish va rivojlantirish uchun belgilangan tartibda mazkur davlatlar fuqarolari oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish tadbirlarini tashkil etishi mumkin.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


148. Professional ta’lim muassasalarida oʻquv yuklamalarining hajmi va taqsimoti boʻyicha boshqa me’yorlar davlat ta’lim standartlari, oʻquv dasturlari va malaka talablarida belgilanadi.

149. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan tashkiliy-huquqiy shakllaridan va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar barcha professional ta’lim muassasalari har chorak yakuni boʻyicha oʻquvchilar harakati va faoliyat koʻrsatayotgan rahbar hamda oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari toʻrisida statistik ma’lumotlarni tegishli Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga va boshqarmalar Vazirlikka taqdim etadi.


150. Professional ta’lim muassasalarini qayta tashkil etish yoki tugatishda mazkur professional ta’lim muassasalari oʻquvchilari Vazirlik tomonidan boshqa professional ta’lim muassasalariga oʻtkazish va amaldagi ta’lim dasturlari asosida oʻqishni tamomlashga sharoit yaratish choralari koʻriladi.


151. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 avgust