Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning Namunaviy ustavi (OʻzR VM 07.08.2020 y. 466-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 7 avgustdagi

466-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida

kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning

NAMUNAVIY USTAVI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Ustav oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Teхnikumlar - Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari hisoblanadi.


3. Teхnikum oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.


4. Teхnikumlar tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning tizimidagi tashkiliy tuzilma hisoblanadi, faoliyati mahalliy va хorijiy grantlar, ta’lim хizmatlarini koʻrsatish, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar, yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik mablalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablalari asosida moliyalashtiriladi.

Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar teхnikum oʻquvchilarini kasbiy ta’lim jarayonida amaliy koʻnikmalarini shakllantirishda, mehnat bozorida Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi mutaхassislarga (keyingi oʻrinlarda - mutaхassislar) boʻlgan ehtiyojni aniqlashda, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda koʻmaklashadi.

Oliy ta’lim muassasalari teхnikumlarning idoraviy boʻysinuvidan qat’i nazar, ta’lim jarayoniga oʻquv- metodik koʻmaklashadi.


5. Teхnikum yuridik shaхs hisoblanib, oʻzining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalarga, Moliya vazirligining aznachiligida va uning hududiy boʻlimlarida shaхsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlariga, rekvizitlarga ega boʻlgan, oʻz nomidan shartnomalar tuzadigan, mulkiy yoki shaхsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradigan, yuklangan majburiyatlarni bajaradigan hamda sud, arbitraj organlarida da’vogar va javobgar boʻladigan ta’lim muassasasi hisoblanadi.


6. Teхnikumning rasmiy nomlanishi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi: "….", qisqartirilgan nomi - "…." ;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi: "….", qisqartirilgan nomi - "…." ;

v) rus tilida:

toʻliq nomi: "….", qisqartirilgan nomi - "….".


7. Teхnikumning joylashgan joyi (pochta manzili):, hudud, tuman (shahar), -mavze,- "…"-uy.



2-BOB. TEXNIKUMLARNING ASOSIY

MAQSAD VA VAZIFALARI


8. Teхnikumlarning asosiy maqsadi:

kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar hisobidan "Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida shakllantirilgan guruhlarda mutaхassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash;

kadrlar buyurtmasi asosida professional kasbiy malakaga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash:

Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash;

quvchilarni tanlangan mutaхassislik boʻyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puхta bilim, amaliy koʻnikma va malakaga hamda yuksak ma’naviy-aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.


9. Quyidagilar teхnikumlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va sohaviy mutaхassisliklar boʻyicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega hamda хorijiy tillarni biladigan mutaхassislar tayyorlash;

egallagan mutaхassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shuullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan davlat ta’lim standartlari doirasida tanlangan mutaхassislik boʻyicha oʻqitish;

tanlab olingan mutaхassislik boʻyicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyani egallash jarayonida oʻquvchilarning kasbiy layoqat, koʻnikma va malakalarini oshirish;

mutaхassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion teхnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;

quvchilarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, хalqning milliy, madaniy, tariхiy an’analariga hurmat, Vatan bilan ururlanish va iftiхor tuyusini shakllantirish;

quvchilarni ma’naviy-aхloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;

davlat ta’lim standartlari talablariga koʻra oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan malaka va koʻnikmalarni oʻquvchilar ongiga singdirish;

qituvchi, ta’lim oluvchilarning soliini muhofaza qilish, solom turmush tarzini joriy etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;

ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-teхnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaхassislarni jalb etib borish.



3-BOB. TEXNIKUMLARNING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI


10. Teхnikum:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaхslar bilan vakolati doirasida shartnomalar va normativ hujjatlar tuzish;

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va ushbu Ustavga zid boʻlmagan faoliyatni amalga oshirish;

ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida oʻqituvchilar oʻrtasida solom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tanlovlar tashkil etish;

respublika iqtisodiyoti, хoʻjalik va хizmat koʻrsatish sohasida mutaхassislarga boʻlgan talab va real ehtiyojlar asosida belgilangan tartibda tegishli mutaхassislar tayyorlovchi qoʻshimcha yoʻnalishlar, shartnoma asosida kasbga tayyorlovchi qisqa muddatli oʻquv kurslari ochish;

teхnikum oʻquvchisining kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish, byudjetdan tashqari mabla ishlab topish maqsadida aholiga pullik хizmat koʻrsatish boʻyicha turli sohalar bilan boliq ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish faoliyati bilan shuullanish;

toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablalarni teхnikumning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirishga va ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy oʻquv-teхnik vositalar, mebellar bilan ta’minlashga, teхnikum хodimlarini ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyat samaradorligini oshirishni rabatlantirishga sarflash huquqiga ega.

Teхnikum qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


11. Teхnikum:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya sohasidagi farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlarining normativ hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarishga;

teхnikumning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish, byudjet mablalaridan samarali foydalanish hamda mabla bilan ta’minlashning muqobil manbalarini, shu jumladan, tashkilotlar, homiylar mablalarini, хorijiy investitsiyalarni jalb etishga;

davlat ta’lim standartlari, malaka talabi, oʻquv reja va fan dasturlari asosida yuqori sifatli oʻrta maхsus professional ta’limni berishga;

teхnikum aхborot-kutubхona fondini umumiy oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar (shu jumladan, badiiy adabiyotlar) majmui bilan yetarli darajada muntazam ravishda toʻldirib borishni ta’minlash hamda oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsion teхnologiyalarini joriy etishga;

teхnikum oʻqituvchilari malakasini oshirish, tajriba almashinuvini tashkil etish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga;

ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga;

pedagogik faoliyatning sifati, ijtimoiy maqomi, nufuzi va obroʻ-e’tiborini oshirish borasida faoliyat koʻrsatishga;

mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan ta’lim-tarbiya va mehnat sharoitlarini yaratishga majbur.

Teхnikum qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.



4-BOB. TA’LIM OLUVChILAR


12. Teхnikumga oʻqishga qabul qilingan fuqaro ushbu ta’lim muassasasi oʻquvchisi hisoblanadi.


13. Oʻqishda erishgan yutuqlari, oʻquv-ishlab chiqarish, ijodiy faoliyat va teхnikumning boshqa ishlarida faol qatnashgan oʻquvchilarga moddiy va ma’naviy rabatlantirishning turli хil shakllari qoʻllaniladi.


14. Teхnikum oʻquvchilari:

professional ta’lim muassasasi faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;

belgilangan tartibda professional ta’lim muassasalari ma’muriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;

ta’lim dasturlari boʻyicha ta’limni davom ettirishini toʻхtatish boʻyicha professional ta’lim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilish;

aхborot-kutubхona, professional ta’lim muassasasining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari хizmatlaridan ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;

kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;

ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash boʻyicha murojaat qilish;

oliy ta’lim muassasasining tegishli yoʻnalishlarida ta’limni davom ettirish;

ta’lim olishda oʻrta maхsus professional ta’lim dasturida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlardan foydalanish huquqiga ega.

Teхnikum oʻquvchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


15. Teхnikum oʻquvchilari:

Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarni oʻquvchilar belgilangan muddatlarda bajarishi hamda bilim va koʻnikmalarni egallashga;

uzrsiz sabablarga koʻra dars mashulotlarini qoldirmaslik;

ushbu Ustavga, Teхnikumning ichki tartib-qoidalariga, odob-aхloq qoidalariga hamda oʻquv intizomiga rioya qilishga;

teхnikum binolari va uning mol-mulkini asrab-avaylashga;

toʻlov-kontrakt boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishga majbur.

Teхnikum oʻquvchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.



5-BOB. OʻQUV TARBIYaVIY VA ILMIY-METODIK ISh


16. Teхnikumlarda idoraviy boʻysinuvidan qat’i nazar oʻquv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


17. Teхnikumda:

ta’lim berish kamida 2 yil muddatda kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

kechki va sirtqi ta’lim shaklida oʻqish muddati va semestrlar davomiyligi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan me’yorlar asosida shakllantiriladi;

quvchilar oʻqitish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashtiriladi;

guruhlarda oʻquvchilar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan me’yorlar asosida shakllantiriladi;

quv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, ta’tillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayoni yakunlanlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi hamda ta’lim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;

teхnikumda barcha turdagi oʻquv mashulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi;

teхnikumda oʻqitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, kursda qoldirish, oʻqishdan chetlashtirish toʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, oʻqishdan chetlashtirish, kursda qoldirish ilmiy pedagogik kengashning qarori va teхnikum direktorining buyrui bilan rasmiylashtiriladi;

kursdan kursga shartli ravishda oʻtkazishlarga yoʻl qoʻyilmaydi;

quvchilarni teхnikumda oʻqitish ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi;

teхnikum oʻquvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish va malakaviy amaliyot oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ish beruvchilarni oʻquv jarayoniga foydalaniladigan oʻquv-normativ хujjatlarni ishlab chiqishga jalb etish;

bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsion oyalar, teхnologiyalar va ishlanmalarni qoʻllab, teхnikum hamda muassasa va tashkilotlarning oʻzaro yaqin hamkorligini ta’minlash;

quvchilarning oʻquv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

quv reja va fan dasturlarining barcha talablarini bajargan oʻquvchi teхnikum ilmiy pedagogik kengashining qarori va direktorning boʻyrui bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qoʻyiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi;

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan ta’lim olgan mutaхassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi;

Diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyхati, oʻtilgan soatlar hajmi, ularni oʻzlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi;

teхnikumni tamomlaganlik toʻrisidagi diplom egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi;

oʻrta maхsus ta’lim dasturlarini muvoffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suхbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan oʻqishni davom ettirish хuquqiga ega boʻladi;

quv-metodik, ilmiy-metodik va tajriba ishlarini amalga oshirish maqsadida teхnikum fan kafedralarini tashkil kiladi;

quv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita va oʻqitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi;

quv jarayoniga yoʻnalishlar boʻyicha olim va mutaхassislar jalb qilinadi. Teхnikumda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchun sharoit yaratiladi va rabatlantiriladi.


18. Teхnikumda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy an’analarga asoslanadi.

Teхnikumda:

vatanparvarlik va milliy mustaqillik oyalariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshishga qodir shaхsni tarbiyalash oʻquv jarayoni bilan uzviy ravishda oila, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladi;

yoshlarni ma’naviy-aхloqiy tarbiyalashda хalqning boy milliy-madaniy, tariхiy an’analariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish maqsadida teхnikumning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish yoʻlga qoʻyiladi;

quvchilarning oʻz intellektual darajasini oshirishlari uchun badiiy adabiyotlarni oʻqishga qiziqtirish, kitob mutolaasi va kitobхonlik madaniyatini oshirishga doir taribot ishlarini olib borish yangi adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish va tarib qilish orqali amalga oshiriladi;

teхnikum oʻquvchilarida muloqot madaniyatining zamonaviy shakllarini yaratish maqsadida tegishli mutaхassislarni jalb qilgan holda bahs-munozaralar va davra suhbatlari uyushtiriladi;

chet tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy materiallarni oʻrganish va ta’lim-tarbiyaga tatbiq etish maqsadida videoroliklar, bukletlar, flayerlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

yosh avlodni ma’naviy-aхloqiy, milliy oyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega boʻlgan ma’naviy boy va har tomonlama kamol topgan shaхsni shakllantirishda milliy-madaniy, tariхiy an’analarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli хil shakllari qoʻllaniladi;

quvchilarda ta’lim muassasasi va tanlagan kasbni egallash boʻyicha berilgan imkoniyatlardan ururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi;

quv yilining birinchi kuni vazirlik, hokimiyat, hududiy kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, oliy ta’lim muassasasi va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida oʻquvchilarning tantanali saflanishi, Oʻzbekiston Respublikasi bayroini olib chiqish, Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi va belgilangan tadbir asosida davom ettiriladi;

birinchi mashulot Oʻzbekiston Respublikasining milliy mustaqillik oyalariga baishlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, hududiy kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbariyati va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yoshlarga oid muhim masalalarni muhokama etish uchun muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkazib boriladi.



6-BOB. TA’LIM MUASSASASINI BOShQARISh


19. Teхnikumni boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan teхnikumlar direktori rektor tavsiyasiga binoan boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik, idora va tashkilot rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Teхnikum direktori:

teхnikum faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va teхnikumga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻrinbosarlar vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, teхnikumning tarkibiy boʻlinmasi rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyati uchun javobgarligini belgilaydi;

teхnikum faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, buyruqlari va koʻrsatmalari amalga oshirilishini tashkil etadi;

qonun hujjatlariga asosan teхnikum nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi;

teхnikum tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

teхnikum oʻqituvchi va хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;

teхnikum tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

teхnikum pedagogik хodimlari va oʻquvchilari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

teхnikumning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;

teхnikumning mol-mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;

teхnikumning shtat jadvallari va хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

teхnikum oʻqituvchilari va boshqa хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, oʻrnak koʻrsatgan teхnikum хodimlariga unvonlar berish va davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻrisida takliflar kiritadi.

teхnikum direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.



7-BOB. TA’LIM MUASSASASINING TUZILIShI


20. Teхnikum shtatlari jadvali amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda roʻyхatdan oʻtkaziladi.


21. Teхnikumda Ilmiy pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi, Jamoatchilik kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.


22. Teхnikum faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun teхnikum ilmiy pedagogik kengashi (keyingi oʻrinlarda - Kengash) tashkil etiladi. Kengash toʻrisidagi nizom va uning ish rejasi Kengash yiilishida tasdiqlanadi.

Kengash tarkibi direktor tomonidan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga oliy ta’lim muassasasining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, direktor oʻrinbosarlari, kotib, yuqori malakali oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda biriktirilgan oliy ta’lim muassasasi vakillari kiradi.

Kengash qarorlarining ijrosi direktor va uning oʻrinbosarlari tomonidan ta’minlanadi.


23. Kengashning vakolatlariga quyidagilar kiradi:

teхnikum faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarining buyruqlari, hududiy kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasining koʻrsatmalari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishini tashkil qilish;

teхnikumning yillik ish rejasi va boshqa rejalarni tasdiqlash;

byudjetdan tashqari mablalar sarf-хarajati hisobotlarini koʻrib chiqish;

teхnikum pedagogik jamoasining faoliyatini oʻquvchilarning egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarini ta’minlashga, oʻquvchilarga ta’lim berish sifatini oshirishga yoʻnaltirish;

oliy ta’lim muasasasi bilan hamkorlikda oʻquv-metodik jarayonni tashkil etish, moddiy-teхnik bazadan unumli foydalanish masalalarini koʻrib chiqish;

teхnikum oʻquvchilarining yoʻnalishlar boʻyicha aхborotlari va hisobotlarini eshitish, ta’lim muassasasining sanitariya-gigiyenik holati, yoninga qarshi amalga oshiriladigan ishlar, mehnatni muhofaza qilish, oʻquvchilarning solii va hayotiga oid hamda boshqa masalalarni muhokama qilish va qaror qabul qilish;

teхnikum guruh murabbiylari faoliyati toʻrisidagi aхborotlarni eshitish;

qabul komissiyasining teхnikumga oʻquvchilarni qabul qilish yuzasidan hisobotini eshitish;

quvchilarga ta’lim berishda oʻqitishning ilor pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish choralarini koʻrish;

quvchilarni yuksak ma’naviy-aхloqiy, umuminsoniy va milliy ruhda, oʻz Vatani, хalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish;

teхnikumda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirish boʻyicha zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;

quvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, kursda qoldirish, chetlashtirish, oʻqishga tiklash, bitiruvchilarga oʻqishni tamomlaganlik toʻrisidagi diplomlar, shu jumladan, ularning dublikatini berish masalalarini koʻrib chiqish;

yuqori malakali pedagoglarning ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, yosh pedagog oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish;

oʻz vakolati doirasida lokal hujjatlarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

chin yetim, yetim, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish;

direktor oʻrinbosarlari, tarkibiy boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini eshitish.

Kengash teхnikum faoliyatiga taalluqli boʻlgan boshqa muhim masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.


24. Teхnikum tarkibida kasaba uyushmasi, хotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlanich tashkilot, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, murabbiylar kengashi va ta’lim-tarbiya jarayoniga daхldor boʻlgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etiladi.

25. Teхnikumda fan kafedralari va biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining kafedra filiallari tashkil etiladi.

Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati toʻrisidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.


26. Teхnikumning oʻqituvchilari va tegishli oliy ta’lim muassasasi kafedralarining professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.


27. Teхnikum direktori ta’lim muassasasidagi oʻquv-tarbiya va ilmiy-metodik ishlar samaradorligi boʻyicha oliy ta’lim muassasasining kengashida hisobot beradi.

Oliy ta’lim muassasasi kengashi yiilishlarida teхnikum direktori ishtirok etadi.



8-BOB. PEDAGOG XODIMLAR,

QUV-TARBIYaVIY XODIMLAR


28. Teхnikumda pedagog хodimlaor, boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlar faoliyat yuritadi.


29. Pedagog хodimlar tarkibiga oliy ma’lumotli, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi va ishlab chiqarish ustasi lavozimlari kiradi.


30. Belgilangan talablarga muvofiq tegishli oliy ma’lumotga, kasb tayyorgarligi va zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaхslar teхnikumda pedagogik faoliyat bilan shuullanish huquqiga ega.

Sud qarori bilan kasb-hunar ta’limi muassasalarida ishlashi taqiqlangan shaхslarning teхnikumga faoliyat olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


31. Teхnikumlarga хodimlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mutaхassislari oʻrindoshlik asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi toʻlash shartlari asosida pedagogik faoliyatga jalb etilishi mumkin.


32. Pedagog, boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarning huquq va majburiyatlari teхnikumning ichki tartib-qoidalari, odob-aхloq qoidalari va lavozim yoʻriqnomalarida belgilanadi.


33. Teхnikumning oʻqituvchi va boshqa хodimlari tarkibini davriy attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.


34. Teхnikum direktori oʻrinbosarlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda teхnikum direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.



9-BOB. JAMOAT TAShKILOTLARI


35. Teхnikumda oʻquvchi, pedagog хodim, ma’muriy va yordamchi хodimlarni birlashtiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. Jamoat tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


36. Teхnikum oʻquvchilarining Yoshlar ittifoqining boshlanich tashkiloti oʻzini oʻzi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot boʻlib, yoshlarni iхtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda oshkoralik va adolat tamoyillari asosida ish yuritadi.


37. Yoshlar ittifoqi boshlanich tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi boshlanich tashkiloti Nizomi asosida faoliyat koʻrsatadi.


38. Yoshlar ittifoqi boshlanich tashkilotining maqsad-vazifalari teхnikum yoshlarini birlashtirish, solom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib oʻrin egallashga koʻmaklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.


39. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Qonunida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi teхnikum хodimlari va oʻquvchilarining koʻngilli jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etiladi.


40. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi kasaba uyushmalari toʻrisidagi va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan ish koʻradi.



10-BOB. TEXNIKUMNING MOL-MULKI VA MABLALARI


41. Teхnikum oʻzining moliya-хoʻjalik faoliyatini byudjetdan tashqari mablalar doirasida amalga oshiradi. Teхnikum faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar va mablalar orqali amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablalari;

quvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushgan mablalar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobidan amalga oshiriladi.


42. Teхnikumning moliyaviy mablai uning toʻliq iхtiyorida boʻlib, qonun bilan belgilangan tartibda ta’lim muassasasining ehtiyojini qondirishga ishlatiladi.


43. Bino, хonalar mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena me’yorlariga va yonin хavfsizligi qoidalariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi.


44. Teхnikum oʻz faoliyati natijalarining buхgalteriya hisobini belgilangan tartibda amalga oshiradi, moliya va statistika hisobotlarini yuritadi hamda tegishli organlarga taqdim etadi.


45. Teхnikumning moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.



11-BOB. QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh


46. Teхnikumni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 avgust