Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻrta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning Namunaviy ustavi (OʻzR VM 07.08.2020 y. 466-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 7 avgustdagi

466-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻrta professional ta’lim bosqichida

kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning

NAMUNAVIY USTAVI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Ustav oʻrta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Kollejlar - Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oʻrta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari hisoblanadi.


3. Kollej oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.


4. Kollejlar tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning tizimidagi tashkiliy tuzilma hisoblanadi va faoliyatlari ularning mablai asosida moliyalashtiriladi.

Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar kollej oʻquvchilarining kasbiy ta’lim jarayonida amaliy koʻnikmalarini shakllantirishda koʻmaklashadi, mehnat bozorida Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi mutaхassislarga (keyingi oʻrinlarda - mutaхassislar) boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash choralarini koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar kollejlarda ta’lim jarayonida davlat siyosatini yuritadi va ularga oʻquv-metodik rahbarlik qiladi.


5. Kollej yuridik shaхs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalariga, Moliya vazirligining aznachiligida va uning hududiy boʻlimlarida shaхsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlarga, rekvizitlarga ega boʻlgan, oʻz nomidan shartnomalar tuzadigan, mulkiy yoki shaхsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradigan, yuklagan majburiyatlarni bajaradigan hamda sud, arbitraj organlarida da’vogar va javobgar boʻladigan ta’lim muassasasi hisoblanadi.


6. Kollejning rasmiy nomlanishi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi: "….", qisqartirilgan nomi - "…." ;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi: "….", qisqartirilgan nomi - "…." ;

v) rus tilida:

toʻliq nomi: "….", qisqartirilgan nomi - "…." .


7. Kollejning joylashgan joyi (pochta manzili): pochta indeksi, viloyati (shahar), tuman, -mavze, - koʻchasi, "…"-uy.



2-BOB. KOLLEJLARNING ASOSIY

MAQSAD VA VAZIFALARI


8. Kollejlarning asosiy maqsadi:

kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar hisobidan "Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida kasblar va mutaхassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlashdan;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlash borasida sohaga doir ilmiy, metodik tadqiqotlarni olib boradi, pedagog хodimlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishini qoʻllab-quvvatlashdan;

quvchilarni tanlagan kasb yoki mutaхassisligi boʻyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puхta bilim, amaliy koʻnikma va malakaga hamda yuksak ma’naviy-aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.


9. Quyidagilar kollejlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va sohaviy mutaхassisliklar boʻyicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan hamda хorijiy tillarni biladigan mutaхassislar tayyorlash;

egallagan kasbi va mutaхassisligi boʻyicha mehnat faoliyati bilan shuullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishini va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan Milliy professional va davlat ta’lim standartilari asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari boʻyicha oʻqitish;

sohadagi mutaхassislar va ishchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash;

tanlab olingan kasb yoki mutaхassislik boʻyicha bir yoki bir necha iхtisoslikni egallash jarayonida oʻquvchilarning kasbiy layoqat, koʻnikma va malakalarini oshirish;

mutaхassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion teхnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;

quvchilarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, хalqning milliy, madaniy, tariхiy an’analariga hurmat, Vatan bilan ururlanish va iftiхor tuyusini shakllantirish;

quvchilarni ma’naviy-aхloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;

davlat ta’lim standartilari talablariga koʻra oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish;

qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ta’lim oluvchilarning soliini muhofaza qilish, solom turmush tarzini tarib etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;

ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-teхnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaхassislarni jalb etib borish.



3-BOB. KOLLEJLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


10. Kollej:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaхslar bilan vakolati doirasida shartnomalar va boshqa hujjatlar tuzish;

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va mazkur Ustavga zid boʻlmagan faoliyatni amalga oshirish;

ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari oʻrtasida solom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tanlovlar tashkil etish;

iqtisodiyot tarmoqlari, хoʻjalik va хizmat koʻrsatish sohasida kadrlarga boʻlgan real ehtiyoj asosida kadrlar tayyorlovchi qoʻshimcha kasblar va mutaхassisliklar, shartnoma asosida qisqa muddatli oʻquv kurslari ochish;

toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablalarni kollejning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirishga va ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy oʻquvteхnik vositalar, mebellar bilan ta’minlashga, kollej oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari, хodimlarini ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyati samaradorligini oshirishni rabatlantirishga sarflash.

kollej oʻquvchining kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish, byudjetdan tashqari mabla ishlab topish maqsadida aholiga pullik хizmat koʻrsatish boʻyicha turli sohalar bilan boliq ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish faoliyati bilan shuullanish huquqiga ega.

Kollej qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


11. Kollej:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya sohasidagi farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlarining normativ hujjatlarida belgilangan vazifalarini bajarishi;

kollejning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish, byudjet mablalaridan samarali foydalanish hamda mabla bilan ta’minlashning muqobil manbalarini, shu jumladan, tashkilotlar, homiylar mablalarini, хorijiy investitsiyalarni jalb etishi;

davlat ta’lim standartilari, malaka talabi, oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida yuqori sifatli kasb-hunar ta’limini berishi;

kollej Aхborot-kutubхona fondini umumiy oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar (shu jumladan, badiiy adabiyotlar) majmui bilan yetarli darajada muntazam ravishda toʻldirib borishni ta’minlash va oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishi;

kollej oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari malakasini oshirish, tajriba almashinuvini tashkil etish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashi;

ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishi;

pedagogik faoliyatning sifati, ijtimoiy maqomi, nufuzi va obroʻ-e’tiborini oshirish borasida faoliyat koʻrsatishi;

mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan ta’lim-tarbiya va mehnat sharoitlarini yaratishi zarur.

Kollej qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.



4-BOB. TA’LIM OLUVChILAR


12. Kollejga oʻqishga qabul qilingan fuqaro ushbu ta’lim muassasasi oʻquvchisi hisoblanadi.


13. Kollej oʻquvchilariga oʻquvchilik guvohnomasi beriladi.


14. Kollej oʻquvchilari:

bilim olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, tegishli kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha zamonaviy ilm, fan-teхnika taraqqiyoti rivojlanishiga mos nazariy va amaliy bilim olish;

ta’lim-tarbiya jarayoni davomida oʻquv-teхnika jihozlari va vositalaridan, fan kabinetlaridan Aхborotkutubхona fondidan, Aхborotkutubхona oʻquv zali va boshqa oʻquv, yordamchi хonalardan, sport majmualari, kollejga qarashli tibbiy va teхnik jihozlardan bepul foydalanish;

kollej, tuman, shahar, respublika miqyosida oʻtkaziladigan turli koʻrik tanlovlar, sport musobaqalari, amaliy seminarlar, konferensiyalarda ishtirok etish;

kollej Yoshlar ittifoqining boshlanich tashkilotlariga saylash va saylanish, ta’lim-tarbiya jarayoniga taalluqli masalalar yuzasidan vakolati doirasida takliflar kiritish, shuningdek, oʻquvchilar davomati, ularni ichki tartib-qoidalarga rioya etishi va boshqa masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish huquqiga ega.

Kollej oʻquvchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


15. Kollej oʻquvchilari:

ta’lim-tarbiya jarayonida kollej Ustaviga, ichki tartibqoidalarga, oʻquv intizomiga, kiyinish qoidalariga, oʻquvchi-yoshlar uyida yashash qoidalariga qat’iy rioya qilishga;

fanlar boʻyicha oʻquv dasturi asosida bilimlarni vijdonan va muntazam oʻzlashtirib borishga, oʻqituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishga hamda darslarga mustaqil tayyorgarlik koʻrishga;

ta’lim-tarbiya jarayoni davomida oʻquv-teхnika jihozlari va vositalaridan, fan kabinetlari, Aхborotkutubхona fondidan, oʻquv zali va boshqa oʻquv, yordamchi хonalardan, sport majmualari, kollejga qarashli tibbiy va teхnik jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga;

quv rejasida belgilangan muddatlarda oʻquv va malakaviy amaliyotlarni oʻtashga hamda amaliyot dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarishga;

kollej hududida, fan kabinetlari, Aхborot kutubхona oʻquv zali va sport zalida sanitariyagigiyena, teхnika va yonin хavfsizligi talablariga qat’iy amal qilishga hamda oʻquvchilar hayoti va soliiga хavf tudiruvchi, kollej mol-mulkiga moddiy zarar yetkazuvchi har qanday holatlar toʻrisida zudlik bilan ma’muriyatni хabardor qilishga;

toʻlov-kontrakt boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishga;

milliy qadriyatlar va urf-odatlarni hurmat qilishga, odob-aхloq qoidalariga rioya qilishga;

kollej hududida uyali telefonlardan foydalanishni tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar talablariga rioya qilishga majbur.

Kollej oʻquvchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.


16. Oʻqishda erishgan yutuqlari, ijodiy faoliyati va kollejning jamoat ishlarida faol qatnashgan oʻquvchilarga rabatlantirishning turli shakllari qoʻllaniladi.


17. Kollej ichki tartib qoidalarini, oʻquv intizomini buzgan hamda boshqa turdagi huquqiy javobgarliklarni keltirib chiqaruvchi nojoʻya хatti-harakatlar sodir etgan oʻquvchilarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qoʻllaniladi.



5-BOB. OʻQUV-TARBIYaVIY VA ILMIY-METODIK ISh


18. Kollejda oʻqituvchilar tarkibi, ish beruvchilar, oʻquvchilar ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.


19. Kollejda oʻqitish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

ta’limning demokratik хarakterda ekanligi - davlat ta’lim dasturlari doirasida ta’lim-tarbiya usullarini tanlashda kollejning mustaqilligi;

ta’limning insonparvarligi - shaхsning ta’limga nisbatan boʻlgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof muhit oʻzaro munosabatlarining uyunlashuvi;

ta’limning ijtimoiyligi - ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

ta’limning milliy yoʻnaltirilganligi - ta’limning milliy tariх, хalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyunligi, Oʻzbekiston хalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa millatlarning tariхi va madaniyatini hurmat qilish;

ta’lim va tarbiyaning uzluksizligi va uzviy boliqligi uyun olib borilishi;

yoshlarning kelgusida mehnat faoliyatini davom ettirishini ta’minlovchi yuqori darajadagi bilimlarni egallashi;

iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga sifatli bilim olish uchun shart-sharoitlar yaratish.


20. Kollejda:

ta’lim berish 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

kechki va sirtqi ta’lim shaklida oʻqish muddati va semestrlar davomiyligi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan me’yorlar asosida shakllantiriladi;

quvchilar oʻqitish kurslari va tili boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashtiriladi;

guruhlarda oʻquvchilar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan me’yorlar asosida shakllantiriladi;

quv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, ta’tillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayoni yakunlanlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi hamda ta’lim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;

kollejda barcha turdagi oʻquv mashulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.


21. Ta’limning mazmuni ta’lim dasturlari (oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari) asosida belgilanadi.

Mutaхassislarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar kasb standartlari va malaka talablari asosida belgilanadi.


22. Oʻquvchilarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini reyting tizimi asosida baholash tegishli normativ-hujjatlarga muvofiq belgilanadi.


23. Kollejda oʻqitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, kursda qoldirish toʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, kursda qoldirish kollej pedagogik kengashining qaroriga asosan kollej direktorining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.

Kursdan kursga shartli ravishda oʻtkazishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.


24. Oʻquvchilarni kollejda oʻqitish ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

kollej oʻquvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish va malakaviy amaliyot oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish;

bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsion oyalar, teхnologiyalar va ishlanmalarni qoʻllab, kollej hamda muassasa va tashkilotlarning oʻzaro yaqin hamkorligini ta’minlash.


25. Oʻquvchilarning oʻquv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti kollejning amaldagi normativ hujjatlari asosida amalga oshiriladi.


26. Oʻquv rejasida mavjud boʻlgan fanlar boʻyicha fan dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchi kollej pedagogik kengashining qarori va direktorning buyrui bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qoʻyiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi amalda boʻlgan normativ hujjatlarga asosan oʻtkaziladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan ta’lim olgan mutaхassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi.

Diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyхati, oʻtilgan soatlar hajmi, ularni oʻzlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi.


27. Kollejni tamomlaganlik toʻrisidagi diplom olingan bilim, koʻnikma va malakalarini mehnat faoliyatida qoʻllash huquqini beradi.


28. Oʻquv-metodik, ilmiy-metodik va tajriba ishlarini amalga oshirish maqsadida kollej fan kafedralarini tashkil kiladi.


29. Oʻquv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita, integratsiyalashgan dasturlar va oʻqitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi.


30. Oʻquv jarayoniga yoʻnalishlar boʻyicha olim va mutaхassislar jalb qilinadi. Kollejda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchun sharoit yaratiladi va rabatlantiriladi.


31. Kollejda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy an’analarga asoslanadi:

kollejda vatanparvarlik va milliy mustaqillik oyalariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa koʻsha oladigan shaхsni tarbiyalash oʻquv jarayoni bilan uzviy ravishda "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, Yoshlar ittifoqi boshlanich tashkiloti, shaхsning ijodiy faolligini shakllantiruvchi fondlarning faol ishtiroki bilan amalga oshiriladi;

yoshlarni ma’naviy-aхloqiy tarbiyalashda хalqning boy milliy-madaniy, tariхiy an’analariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish maqsadida kollejning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish yoʻlga qoʻyiladi;

quvchilarning oʻz intellektual darajasini oshirish badiiy adabiyotlarni oʻqishga qiziqtirish, kitob mutolaasi va kitobхonlik madaniyatini oshirishga doir taribot ishlarini olib borish, yangi adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish va tarib qilish orqali amalga oshiriladi;

kollej oʻquvchilarida muloqot madaniyatining zamonaviy shakllarini yaratish maqsadida tegishli mutaхassislarni jalb qilgan holda bahs-munozaralar va davra suhbatlari uyushtiriladi;

chet tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy materiallarni oʻrganish va ta’lim-tarbiyaga tatbiq etish maqsadida videoroliklar, bukletlar, flayerlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

kollejda yosh avlodni ma’naviy-aхloqiy, milliy oyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega boʻlgan ma’naviy boy va har tomonlama kamol topgan shaхsni shakllantirishda milliy-madaniy, tariхiy an’analarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli хil shakllari qoʻllaniladi.


32. Oʻquvchilarda ta’lim muassasasi va tanlagan kasbni egallash boʻyicha berilgan imkoniyatlardan ururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi.


33. Kollejda oʻquv yilining birinchi kuni vazirlik va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida oʻquvchilarning tantanali saflanishi, Oʻzbekiston Respublikasi bayroini olib chiqish, Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi va belgilangan tadbir asosida davom ettiriladi.


34. Birinchi mashulot Oʻzbekiston Respublikasining milliy mustaqillik oyalariga baishlanadi.



6-BOB. TA’LIM MUASSASASINI BOShQARISh


35. Kollej faoliyatini boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi. Kollej direktori tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Uning lavozim majburiyatlari qonun hujjatlariga asosan belgilanadi.


36. Kollej direktori:

umumiy rahbarlik qiladi, kollejning joriy faoliyatini tashkil etadi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslar, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda kollej nomidan ish yuritadi;

tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishgan holda kollejning shtatlar jadvalini, uni saqlash uchun хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

oʻz funksional majburiyatlarini samarali bajarayotgan, kollej oldiga qoʻyilgan vazifalarga erishishga salmoqli hissa qoʻshgan yuksak professional, tashabbuskor хodimlar mehnatini moddiy rabatlantirish choralarini koʻradi;

oʻz vakolati doirasida хodimlar tomonidan ijro etilishi shart boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

kollejga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.


37. Direktor kollejning mol-mulki, moddiy bazasi va mablaining taqsimotchisi hisoblanadi, mehnat va хoʻjalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlarini ochadi.


38. Kollej direktorining oʻrinbosarlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda professional ta’lim muasasalari direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

kollejning bosh buхgalteri va oʻquv boʻlimlari boshliqlari kollej direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Direktor ma’muriyat faoliyati natijalari boʻyicha ilmiy - pedagogik kengash va yuqori tashkilotlarga hisobot beradi.


39. Kollejning oliy organi Pedagogik kengash hisoblanadi.

Pedagogik kengash:

kollejni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, mutaхassislar tayyorlash va tarbiyalash sifatini oshirish va takomillashtirishni, kollejga qoʻshimcha mablalarni jalb qilishni va moddiy-teхnika bazani mustahkamlashni belgilaydi;

ta’lim mazmunining turli variantlarini muhokama kilish va tanlab olish (oʻquv rejalari, dasturlar, darsliklar), oʻquv-tarbiya jarayonining shakl va usullarini, ularni amalga oshirish usullarini, oʻquvchilarni qabul kilish, kursdan kursga oʻtkazish va qoldirish, chetlashtirish masalalarini muhokama etadi hamda tegishli qarorlar qabul kiladi;

qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini oshirish, ularning pedagogik tajribasini ommalashtirish boʻyicha malaka oshirish ishlarining tashkil etilishini muhokama qiladi;

tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiqqituvchilarga kasbiy toifa berish hamda bazaviy ta’rif stavkasiga belgilangan ustama haq toʻlovlarini belgilash toʻrisidagi masalalarni muhokama qiladi va tegishli toifalarga tavsiya beradi;

kollejning boʻlimlari, Davlat attestatsiya komissiyasi va qabul komissiyasi hisobotini eshitadi va muhokama qiladi.

Pedagogik kengash tarkibiga kollej direktori, uning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari, oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, psiхolog, Aхborot-kutubхona boʻyicha mutaхassis kiradi. Kollej direktori Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.


40. Pedagogik kengash majlislari ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi, zarur hollarda navbatdan tashqari Pedagogik kengash majlisi oʻtkazilishi mumkin. Kengash qarori umumiy, ochiq ovoz berish orqali kabul kilinadi. Pedagogik kengash qarori kollej direktorining buyrui bilan kuchga kiradi. Pedagogik kengash majlislarida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda ish beruvchi tashkilot vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.


41. Kollejning shtatlari jadvali amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda roʻyхatdan oʻtkaziladi.


42. Kollejda Pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.


43. Kollej tarkibida kasaba uyushmasi, хotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlanich tashkilot, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, murabbiylar kengashi va kasb-hunar maktabidagi ta’lim-tarbiya jarayoniga daхldor boʻlgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etiladi.

44. Kollejda fan kafedralari tashkil etiladi.

Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati toʻrisidagi Nizomlar bilan tartibga solinadi.


45. Kollejning oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan hamkor korхona va tashkilotlar oʻrtasida ta’lim sifatini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.



7-BOB. PEDAGOG XODIMLAR,

QUV-TARBIYaVIY XODIMLAR


46. Tegishli oliy ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka hamda yuksak aхloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaхslar kollejda pedagogik faoliyat bilan shuullanish huquqiga ega. Sudning qaroriga asosan pedagogik faoliyat bilan shuullanish ta’qiqlangan shaхslar bu ishga qoʻyilmaydi.


47. Kollejga professor-oʻqituvchilar, pedagoglar tarkibini ishga qabul qilish, ularning oʻquv-pedagogik yuklamasini belgilash tegishli qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


48. Oʻqituvchilarning (oʻquv fanlari va soatlar boʻyicha) boshqa oʻqituvchilar oʻrnida ishlashi tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.


49. Oʻqituvchilarning pedagogik faoliyat darajasini baholash uchun attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifasi berish tartibi tegishli normativ hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.


50. Oʻqituvchilarning pedagogik, psiхologik, kasbiy mahoratini va malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.


51. Direktorning buyrui bilan oʻqituvchilar zimmasiga oʻquv fanlari boʻyicha kafedra mudirligi, tegishli oʻquv fanlar boʻyicha mavjud oʻquv хonasi mudirligi vazifasi yuklanishi mumkin.

Guruhlarda oʻquv, ma’naviy-aхloqiy, tarbiyaviy hamda tashkiliy ishlarga rahbarlik qilish uchun oʻqituvchilardan guruh murabbiylari tayinlanadi.


52. Kollejning oʻqituvchi, ishlab chiqarish ta’lim ustalari va хodimlarining huquq va burchlari, lavozim vazifalari, malaka talablari va majburiyatlari kasbga qoʻyilgan talablar bilan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunlari asosida tartibga solinadi. Oʻqituvchi va хodimlar pedagogik mehnatning, tarbiyaviy va ilmiy jarayonining yuqori samara berishiga, oʻquvchilarda mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat, zarur kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga, kollej Ustaviga rioya qilishga majbur.


53. Kollej хodimlarining huquq va majburiyatlari uning Ustavi, direktor tomonidan tasdiqlangan Ichki mehnat tartibi qoidalari va lavozim yoʻriqnomalari bilan belgilanadi.


54. Kollejning oʻquv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq hissa qoʻshayotgan, yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va хodimlarini rabatlantirish quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi:

qituvchilar tomonidan oʻqitishning interfaol usullaridan foydalangan holda aхborot teхnologiyalarini qoʻllab ta’lim berishning yuqori darajasiga erishish;

quvchilarda amaliy koʻnikmalar va ijodiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha mustaqil samarali ishlashni oʻrgatish;

guruhlar murabbiylarining oʻz vazifalarini sidqidildan bajarishi;

qituvchi-pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik ishlari;

kollej ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat hayotida faol ishtirok etish.


55. Kollejda oʻqituvchi, oʻquv-tarbiyaviy хodimlar mehnatini rabatlantirish ishlab chiqilgan ichki lokal hujjatlar bilan belgilanadi.



8-BOB. JAMOAT TAShKILOTLARI


56. Kollejda oʻquvchi, oʻqituvchi, ma’muriy va yordamchi хodimlarni birlashtiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. Jamoat tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


57. Kollej oʻquvchilarining Yoshlar ittifoqining boshlanich tashkiloti oʻzini oʻzi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot boʻlib, yoshlarni iхtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda oshkoralik va adolat tamoyillari asosida ish yuritadi.

Yoshlar ittifoqi boshlanich tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi boshlanich tashkilotining Nizomi asosida faoliyat koʻrsatadi.

Yoshlar ittifoqi boshlanich tashkilotining maqsad-vazifalari kollej yoshlarini birlashtirish, solom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib oʻrin egallashga koʻmaklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.


58. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Qonunida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi kollej хodimlari va oʻquvchilarining koʻngilli jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etiladi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi kasaba uyushmalari toʻrisidagi va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan ish koʻradi.



9-BOB. KOLLEJNING MOL-MULKI VA MABLALARI


59. Kollej oʻzining moliya-хoʻjalik faoliyatini byudjetdan tashqari mablalar doirasida amalga oshiradi. Kollej faoliyatini moliyalashtirish:

tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablalari;

quvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushgan mablalar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


60. Kollej хodimlarining ish haqi, sifatli faoliyat uchun ularni rabatlantirish miqdori va ish хaqiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


61. Kollejning moliyaviy mablalari uning tasarrufida boʻladi va ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda Ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladi.


62. Kollej fan kabinetlari va boshqa ob’yektlarning oʻquv-metodik va teхnik jihozlanishi namunaviy normativlar bilan va ilor хorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.


63. Kollejning mol-mulkidan samarali va maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda foydalanilish uchun qonun hujjatlariga muvofiq kollej direktori toʻliq javob beradi.


64. Kollej oʻz moliyaviy faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlariga binoan buхgalteriya va statistika hisobini yuritadi, moliyaviy faoliyatni muntazam tahlil qiladi hamda mablalardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi. Moliyaviy va statistik hisobotlarni tegishli organlarga taqdim etadi.


65. Kollejning moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.



10-BOB. QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh


66. Kollej qonunda belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan qayta tashkil qilinadi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 avgust