Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.08.2020 y. 492-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.08.2020 y.

N 492




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRI

BIRINChI OʻRINBOSARINING FUNKSIONAL

VAZIFALARI TOʻRISIDAGI HAMDA HUDUDLARNI

KOMPLEKS RIVOJLANTIRISh, KOMMUNIKATsIYaLAR,

QURILISh VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI

MASALALARI KOTIBIYaTI TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 12 maydagi PQ-4710-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov bir hafta muddatda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻrisidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2020 yil 14 apreldagi 224-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J.Ramatov va Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyatining mudiri zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 18 avgust