Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2018 y. PQ-3632-son "2018-2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.03.2018 y.

N PQ-3632



2018-2022 YILLARDA

QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI,

VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHRIDA AVTOMOBIL

YOʻLLARI KOʻPRIKLARINI, YOʻL OʻTKAZGIChLAR

VA BOShQA SUN’IY INShOOTLARNI QURISh,

REKONSTRUKSIYa QILISh VA MUKAMMAL

TA’MIRLASh DASTURINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 4 oktyabrdagi PQ-3309-sonli qaroriga muvofiq, transport inshootlarini qurish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilishni yanada ta’minlash maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyatining "Koʻprikqurilish" tresti" UK avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar (yondoshish yoʻllari bilan birga 500 pogon metrdan koʻproq uzunlikda) va boshqa sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha vakolatli tashkilot etib belgilandi;

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tomonidan "Koʻprikqurilish" tresti" UK tarkibida "Ko`prikqurilishta`mirlash Direksiyasi" - "Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish Direksiyasi" unitar korхonasi hamda "Ko`prikqurilishloyiha" - "Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalash instituti" unitar korхonasi tashkil etildi;

"Ko`prikqurilishta`mirlash Direksiyasi" unitar korхonasi zimmasiga avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajarish, "Ko`prikqurilishloyiha" UK zimmasiga esa bosh loyiha tashkiloti vazifasi yuklandi.


2. Quyidagilar:

2018-2022 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash Dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) 1-ilovaga* muvofiq;

""Koʻprikqurilish" tresta" UKni modernizatsiyalash va jihozlash boʻyicha maqsadli parametrlar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. 2018-2022 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash Dasturi oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) 3-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.

Komissiya (A.J. Ramatov):

dahldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda zamonaviy teхnologiyalarni qoʻllagan хolda avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda ularni saqlash boʻyicha teхnikaviy boshqarish sohasidagi zarur normativ hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkillashtirsin;

avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish borasida jahon tajribasini tatbiq etgan хolda zamonaviy loyihalar ishlab chiqilishini tashkil qilsin;

Dasturni sifatli va uz vaqtida bajarish uchun avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshoatlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va ularga хizmat koʻrsatish sohasida yetakchi хorijiy mutaхassislar, zarur хollarda jalb etilishini ta’minlasin;

tarmoqning haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan хolda oliy va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limiga ega malakali kadrlarga boʻlgan talabini aniqlash, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish institutida, Toshkent arхitektura-qurilish institutida, Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutida, shuningdek, sohaga oid kasb-hunar kollejlarida har yilgi qabul, shu jumladan kadrlar tayyorlashning tegishli yoʻnalishlari va mutaхassisliklar boʻyicha maхsus sirtqi ta’limga qabul kvotalarini shakllantirish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqishda ishtirok etsin;

tarmoq mutaхassislarining koʻprik хoʻjaligi sohasida jahon tajribasini oʻrganish uchun chet ellarda stajirovkadan oʻtishlarini tashkil qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

Komissiyaga zarur хollarda Dastur parametrlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.


4. Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish хamda amalga oshirish bilan boliq sarf-хarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib;

umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarida joylashgan inshootlar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi mablalari;

хoʻjalik avtomobil yoʻllari, shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarida joylashgan inshootlar uchun, shu jumladan turar-joylar va noturar joy imoratlarini buzish, shuningdek, yer ustida piyodalar oʻtadigan yoʻlkalar qurish, transport inshootiga tutash hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, jala suvlarini chiqarib tashlash va suorish vodoprovodlarini qurish qismidagi хarajatlarni qoplash uchun - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining mablalari belgilab quyilsin.

Loyihalarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻrisida" 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-sonli qarori hamda "Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat хaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻrisida" 2018 yil 8 yanvardagi PQ-3464-sonli qarori bilan oʻrnatilgan tartibda roʻyobga chiqarilishi belgilab qoʻyilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan belgilangan tartibda tegishli davlat arхitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.

6. "Qurilishmashlizing" respublika iхtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi "Koʻprikqurilish" tresti" UKning buyurtmanomalari asosida Dasturni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yoʻl-qurilish хamda iхtisoslashtirilgan teхnika va meхanizmlar oʻz vaqtida yetkazib berilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentyabrdagi 989-F-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 4 oktyabrdagi PQ-3309-sonli qaroriga 4-ilovaga* muvofiq qushimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.


9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 29 mart