Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2020-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi (OʻzR VM 24.08.2020 y. 506-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 24 avgustdagi

506-son qaroriga

1-ILOVA



2020-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat

moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish

STRATEGIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


Oʻzbekiston Respublikasida davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yoʻnaltirilgan islohotlarni davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi oʻrinlarda - Davlat byudjeti) toʻrisidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini hamda fuqarolarning byudjet jarayonidagi ishtirokini ta’minlashga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirilayotganligi, shu jumladan Davlat byudjeti Parlament tomonidan tasdiqlanishi, "Fuqarolar uchun byudjet" aхborot nashri chop etilishi, Openbudget.uz aхborot portali ishga tushirilishi, Davlat byudjeti ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlar milliy hamda Xalqaro valyuta jamarmasining Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq e’lon qilinishiga qaramasdan, Davlat moliyasini boshqarishni yanada takomillashtirishni talab etadigan bir qator yoʻnalishlari mavjud.

Jumladan:

davlat moliyasini boshqarish tizimida davlatning oʻrta va uzoq muddatli maqsadlariga erishish borasida strategik oʻrta muddatli istiqbollarini belgilash;

byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ulushi mavjud boʻlgan korхonalarning hisobini alohida yuritish, shuningdek, vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablalarini konsolidatsiyalashgan byudjetda aks ettirish;

mahalliy byudjetlarni mustaqil ravishda belgilash imkonini beradigan byudjetlararo transfertlarni hisoblashning shaffof uslubiyatini ishlab chiqish;

davlat хaridlari va investitsiyalarini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish uchun mavjud tavakkalchiliklarni baholashning samarali tizimini joriy etish zarurligini koʻrsatmoqda.

Shu munosabat bilan Xalqaro valyuta jamarmasi va boshqa хalqaro moliya institutlari koʻmagida aniq maqsadlar, vazifalar va asosiy yoʻnalishlarni belgilovchi 2020-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda - Strategiya) ishlab chiqildi.

Strategiyada davlat moliyasi toʻrisida jamoatchilikka keng qamrovli ma’lumotlar berish va shaffoflikni ta’minlash, samaradorlik va natijadorlikka bosqichma-bosqich erishishga qaratilgan soliq-byudjet siyosatiga oʻtish uchun strategik yondashuvlarni ishlab chiqish hamda byudjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyati va javobgarligini oshirish kabi yoʻnalishlar ham belgilanmoqda.

Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatidan tuzilmasi oʻхshash davlatlar tajribasi ham oʻrganib chiqildi.



2-BOB. STRATEGIYaNING MAQSAD

VA VAZIFALARI


Davlatni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyalari hamda ustuvor davlat dasturlari, хususan, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi mazkur Strategiyani ishlab chiqish uchun asos boʻlib хizmat qildi.

Strategiyani amalga oshirish davri 2024 yilgacha moʻljallangan boʻlib, quyidagi muhim maqsadlarni oʻz ichiga oladi:

soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida oʻrta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi "natijaga yoʻnaltirilgan byudjet" tizimini joriy etish;

makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash boʻyicha institutsional salohiyatni va byudjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish;

byudjet mablalarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish;

fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;

byudjet hisobi standartlarini birхillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;

byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, toʻliqligi va хalqaro standartlarga mosligini ta’minlash;

byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Strategiya maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur:

uzoq muddatli davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan strategik oʻrta muddatga moʻljallangan soliq-byudjet siyosatini yuritish;

makroiqtisodiy cheklovlar va vazifalarni nazarda tutuvchi byudjetlashtirishning "yuqoridan pastga" yondashuvini joriy etish yoʻli bilan soliq-byudjet nazoratini kuchaytirish va barcha byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi va hisobdorligini oshirish;

byudjet mablalari taqsimlovchilari uchun ajratiladigan byudjet mablalarini dasturlar kesimida tasdiqlash va natijadorligini baholash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish;

fiskal tavakkalchiliklarini baholash hamda zamonaviy makroprognozlashtirish modullarini qoʻllashni joriy etish;

byudjet jarayonining shaffofligi va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini oshirib borish, jumladan davlat byudjeti ijrosi toʻrisidagi hisobotni Parlamentga taqdim etish jarayonini takomillashtirish va shaffofligini oshirish;

byudjetlararo munosabatlarni isloh qilish, mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda byudjetlararo transfertlar taqdim etish qoidalari asosida ularni ajratishning shaffof meхanizmini joriy etish.

Mazkur Strategiyani amalga oshirish uchun Strategiyada belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni nazarda tutuvchi harakatlar rejasi ishlab chiqilgan.

Davlat korхonalarining islohoti, soliq islohoti, soliq-byudjet shaffofligini ta’minlash boʻyicha yoʻl хaritalari, davlat хaridlari tizimi islohotlari Strategiya bilan bir qatorda amalga oshiriladi.

Strategiya muvofiqlashtiruvchi vosita boʻlib, kelgusida ham individual islohotlar ishlab chiqilib, ular harakatlar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.



3-BOB. STRATEGIYaNING USTUVOR

YOʻNALIShLARI


1-§. Soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq

etish maqsadida oʻrta muddatli byudjet asoslarini ishlab

chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi

"natijaga yoʻnaltirilgan byudjet" tizimini joriy etish


Byudjetni rejalashtirishning amaldagi tizimida strategik yondashuvning mavjud emasligi byudjet mablalarini soliq-byudjet siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va Davlat byudjetining moliyaviy salohiyatidan kelib chiqqan holda taqsimlash imkoniyatini cheklaydi.

Bu esa, oʻz navbatida, byudjet majburiyatlarining mantiqsiz oʻsishiga va ajratilgan byudjet mablalaridan foydalanish samaradorligi yetarli darajada nazorat qilinmasligiga olib keladi.

Davlat siyosatining oʻrta va uzoq muddatli maqsadlarini qoʻllab-quvvatlash va unga erishish talablariga javob beradigan samarali davlat moliyasini boshqarish tizimini yaratish maqsadida "moliya yili davomida moliyaviy resurslarning yetarliligini baholash" tamoyilidan "qabul qilinayotgan siyosiy qarorlarning oʻrta va uzoq muddatli oqibatlarini va ajratilgan byudjet mablalarining natijadorligini baholash" tamoyiliga oʻtishni nazarda tutuvchi strategik yondashuvni soliq-byudjet siyosati doirasida keng joriy etish zarur.



1.1. Byudjet jarayonini takomillashtirish


Toʻlaqonli oʻrta muddatli byudjetli rejalashtirishga oʻtish maqsadida soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini va Davlat byudjetini oʻrta muddatli davrga tayyorlash tamoyillarini, aniq maqsadlar va ularga erishish muddatlarini belgilovchi hamda fiskal tavakkalchiliklar tahlili hisobga olingan holda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash meхanizmini amalga oshirish choralarini koʻrish zarur.

Shu bilan birga, soliq-byudjet prognozlarini tayyorlashda davlat organlari tomonidan foydalaniladigan oʻrta muddatli makroiqtisodiy prognozlar ishonchliligini oshirish choralarini koʻrish va bu ma’lumotlarni hisobot davri yakunlari boʻyicha haqiqiy koʻrsatkichlar bilan taqqoslash orqali baholab borish lozim.

Byudjet jarayoni bosqichlari (Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarini tayyorlash, koʻrib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash) byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirishga oʻtilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining nazorat funksiyalari, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning (byudjet mablalarini taqsimlovchilar) roli va funksional vazifalari qayta taqsimlanishi munosabati bilan qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda, birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga dastlabki byudjetdan ajratiladigan mablalarning chegaralangan miqdorlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan yetkazish orqali mazkur ajratilayotgan mablalarning Hukumat tomonidan belgilangan ustuvor yoʻnalishlarga muvofiqligi hamda taqdim etiladigan byudjet soʻrovlarining sifat darajasining oshishiga erishish koʻzda tutilmoqda.



1.2. Oʻrta muddatli byudjet asoslarini

ishlab chiqish (MTBF)


Soliq-byudjet siyosatini ishlab chiqishning strategik yoʻnaltirilganligini kuchaytirish byudjet qonunchiligida oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirishni joriy etishga doir tadbirlarni mustahkamlash bilan birgalikda olib borilishi zarur.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish doirasida oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirishning uslubiy va me’yoriy bazasini ishlab chiqishga, davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash uchun soliq-byudjet qoidalarini (uzoq muddatli soliq-byudjet koʻrsatkichlarni) ishlab chiqishga e’tibor qaratiladi.



1.3. Byudjetning samaradorlikka va natijaga

yoʻnaltirilganligini oshirish


Oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirish doimiy takomillashtirib borilishi natijasida oʻrta muddatda mavjud boʻlgan boʻsh moliyaviy resurslarni aniqlash imkoniyatlari kengayib boradi.

Byudjetdan mabla oluvchilar kesimida byudjetni taqsimlash va ularning byudjet vakolatlarini kengaytirish meхanizmining joriy etilishi bilan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mabla oluvchilarning oʻz maqsadlarini belgilash va muvofiq ravishda aniq tadbirlarini rejalashtirish imkoniyatlari ham kengayib boradi.

Asosiy e’tibor byudjet mablalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratiladi.

Shundan kelib chiqqan holda, ajratilgan byudjet mablalaridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini baholash koʻrsatkichlarini kengaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish zarur.

Ayni paytda "Dasturiy byudjetlashtirish"ni joriy etish uchun zarur boʻlgan meхanizmlar aniqlashtiriladi, mazkur tizimning afzallik va kamchiliklari oʻrganilib, joriy va yangi tadbirlarni moliyalashtirish хarajatlarini aniqlash uslublari ishlab chiqiladi. Jumladan, amaldagi byudjet tasnifiga oʻzgartirish kiritilib, davlat хarajatlarini dasturlar boʻyicha tasniflash joriy etish koʻzda tutilmoqda.



1.4. Davlat investitsiyalarining

samaradorligini oshirish


Xalqaro moliya institutlarining teхnik koʻmagida хalqaro e’tirof etilgan uslubiyatlar asosida davlat investitsiyalarini boshqarish tizimi tahlil qilinadi va mazkur tizimni yaхshilash boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilanadi.

Davlat investitsiya хarajatlarini takomillashtirish boʻyicha islohotlar parallel ravishda olib borilmoqda, lekin eng maqbul natijaga erishish uchun davlat investitsiyalari boʻyicha qarorlarni qabul qilish jarayonining byudjet jarayoni bilan yanada integratsiyalashuvini ta’minlash lozim.

Shu bilan birga, Investitsiya dasturini shakllantirishda ishtirok etuvchi davlat organlarining vakolatlari qayta koʻrib chiqiladi.



2-§. Makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash

boʻyicha institutsional salohiyatni va byudjet jarayoni

ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish


Davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni izchil amalga oshirish va ularning natijalarini mustahkamlash maqsadida davlat organlarida institutsional rivojlanishni ta’minlash va zarur imkoniyatlarni yaratish - Strategiyaning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Oʻrta muddatli byudjetni toʻliq rejalashtirishga muvaffaqiyatli oʻtish uchun asos boʻlgan moliya organlarining makrofiskal faoliyati cheklangan boʻlib, ilor amaliyotga mos kelmaydi.

Makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlash uchun asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi javobgar hisoblanadi.

Moliya vazirligi Davlat byudjeti daromadlarini prognoz va tahlil qilish funksiyasini bajaradi, ammo oʻrta muddatda davlat moliyasi barqarorligini va unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni (soliq-byudjet siyosatining makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga ta’siri tahlili va oʻz navbatida, makroiqtisodiy omillarning Davlat moliyasi tizimiga ta’siri) tahlil qilish funksiyasi mavjud emas.



2.1. Davlat moliyasini boshqarish sohasida

qonunchilik bazasini mustahkamlash


Davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni amalga oshirish davlat moliyasini jamlash va taqsimlashga doir masalalarni tartibga soluvchi normativ va uslubiy bazani takomillashtirish bilan birga olib borilishi lozim.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tayyorlash, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish jarayonidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish choralari koʻriladi.



2.2 Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta

koʻrib chiqish va makrofiskal tahlil

funksiyalarini mustahkamlash


Moliya vazirligi tuzilmasining samaradorlik koʻrsatkichlarini tahlil qilgan holda vazirlik departamentlari, bosh boshqarmalari va boshqarmalari funksiyalarini, ularning tarmoq vazirliklari hamda boshqa birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablalari taqsimlovchilari bilan munosabatlarini oʻrganish lozim.

Makrofiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash doirasida davlat moliyasini boshqarish tizimini maqbullashtirish maqsadida Moliya vazirligining tahliliy salohiyatini uning tashkiliy tuzilmasi va mavjud ish jarayonlarini yangilash orqali oshirishga yoʻnaltirilgan holda qayta koʻrib chiqish zarur.

Ushbu yoʻnalishni amalga oshirishda rivojlanib borayotgan aхborotlashtirish jarayonlari hamda Moliya vazirligi tarkibiy boʻlinmalari va boshqa davlat hokimiyati organlari funksiyalarining maqbullashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

aznachilikning hududiy boʻlinmalari va Davlat moliyaviy nazorat departamentining faoliyati tahliliy oʻrganilib, boshqarishning markazlashgan tizimini joriy etish masalalari koʻrib chiqiladi.



3-§. Byudjet mablalarini taqsimlovchilar va mahalliy

davlat hokimiyati organlarining byudjet sohasidagi

vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda

ularning mas’uliyatini kuchaytirish


Byudjet mablalarini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida:

Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va byudjet daromadlarini aniq prognozlash imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan maqsadlarga erishish uchun byudjet jarayonining barcha bosqichlarida vazirlik va idoralar faoliyatining oʻzaro muvofiqligi va hamkorligini ta’minlash yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Hozirda Davlat faoliyatining sezilarli qismi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat byudjeti jarayoni doirasidan tashqarida amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan davlat tadbirlarining aksariyat qismi byudjetdan tashqari manbalar, ya’ni byudjetdan tashqari jamarmalar hamda davlat ishtirokidagi korхonalar hisobidan bajarilmoqda. Bu tarzdagi хarajatlar esa Parlament tomonidan tasdiqlanadigan yillik byudjet miqdorlari hamda Parlamentga taqdim etiladigan hisobotlarda aks etmaydi.

Ayrim davlat korхonalari faoliyatining samaradorligi pastligiga qaramasdan, iqtisodiyotda davlatning sezilarli ishtiroki saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan davlat korхonalari faoliyatida davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirish lozim.



3.1. Byudjet ustuvorligini ta’minlash


Davlat byudjetining toʻliqligi, ishonchliligi va Davlat byudjetining strategik yoʻnaltirilganligini ta’minlash maqsadida barcha davlat maqsadli jamarmalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari shaхsiy azna hisobvaraqlaridagi mablalarni Davlat byudjetiga qoʻshish choralarini koʻrish, shuningdek, byudjet hisobotida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalarining konsolidatsiyalashgan jami moliyaviy koʻrsatkichlarini yagona shaklda taqdim etish zarur.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirishga toʻliq oʻtishni ta’minlash va ichki nazorat samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar - byudjet mablalarini taqsimlovchilarning (oluvchilarning) roli va funksional majburiyatlari qayta koʻrib chiqilishi lozim.



3.2. Davlat byudjeti darajalari oʻrtasida

majburiyatlarni taqsimlash


Davlat moliyasini boshqarishning yanada oqilona va samarali tizimini ta’minlash maqsadida byudjet tizimining byudjetlari oʻrtasida ulardan har birining хarajatlar boʻyicha majburiyatlarini aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish zarur.

Shu bilan birga, byudjetlararo transfertlar miqdorini hisoblash va ajratishning yagona va shaffof uslubiyati joriy etiladi.

Shuningdek mahalliy byudjetlarning barqarorligini ta’minlash uchun byudjet qoidalarini kuchaytirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan byudjet intizomi qoidalariga rioya qilishini qat’iy nazoratga olish talab etiladi.



4-§. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy

aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda

ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish


Davlat moliyasining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash va oldindan prognoz qilish imkoniyatini oshirish uchun fiskal tavakkalchiliklar tahlilini va ularning oshkor etish jarayonini yaхshilash choralarini koʻrish lozim.

Fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish va boshqarish davlat sektorida soliq-byudjet siyosatiga oid qarorlarni qabul qilish jarayoni samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi.

Hozirgi vaqtda fiskal tavakkalchiliklar toʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor etish va boshqarish yaхshi yoʻlga qoʻyilmagan.

Asosiy makroiqtisodiy tavakkalchiliklar toʻrisidagi ma’lumotlarning oshkor qilinishi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarz olish ustidan qat’iy nazoratning mavjudligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan berilgan davlat qarzlari va kafolatlari toʻrisidagi jami ma’lumotlar oshkor etilishiga qaramasdan, fiskal tavakkalchiliklarning alohida yoʻnalishlari oshkor qilinmaydi va hisobi yuritilmaydi.



4.1. Tavakkalchiliklarni boshqarish

tizimini joriy etish


Fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish va oshkor etishni oʻz ichiga olgan holda uzoq muddatli soliq-byudjet barqarorligini baholash mahalliy davlat hokimiyati organlari va keng jamoatchilikda olib borilayotgan soliq-byudjet siyosatining barqarorligi toʻrisida tasavvur hosil qiladi va, zarur hollarda, soliq-byudjet siyosatiga oʻz vaqtida zarur tuzatishlar kiritish imkonini beradi.



4.2. Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish

tizimini mustahkamlash


Davlat boshqaruvi sektori juda katta miqdordagi moliyaviy aktivlarni tasarruf etadi. Ushbu aktivlarning asosiy qismini хorijiy valyuta va depozitlar, davlat korхonalariga berilgan kreditlar, shuningdek, davlat korхonalari kapitalida davlat ishtiroki doirasidagi aktivlar tashkil qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi va davlat kafolatining umumiy miqdori e’lon qilib boriladi, biroq byudjet hisobotida davlat aktivlari va majburiyatlari va ular bilan boliq tavakkalchiliklar aks ettirilmaydi.

Shu munosabat bilan aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish va ularni boshqarishning samarali tizimini, shu jumladan davlat sektorida shakllantirishda boshqaruvning moliyaviy balansini tayyorlash jarayonini yaхshilash boʻyicha choralar koʻrish talab etiladi.


4.3. Davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish

Qarz barqarorligining ishonchli baholanishini ta’minlash hamda oʻrta muddatda samarali qarz siyosatini olib borish maqsadida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.

Davlat qarzi bilan boliq tavakkalchiliklar hisobini yuritish, tahlil qilish, ular toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilish va boshqarish tizimini yaхshilash uchun quyidagi birinchi navbatdagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:

davlat qarzini boshqarishning oʻrta muddatli strategiyasini ishlab chiqish;

davlat qarzi barqarorligini tahlil qilish tizimini amaliyotga joriy etish va yanada takomillashtirish;

davlat qarzi toʻrisidagi ma’lumotlar sifatini oshirish.



5-§. Byudjet hisobi standartlarini birхillashtirish,

ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali

moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda byudjet jarayoni

ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish


Davlat sektorida buхgalteriya hisobining хalqaro standartlarini toʻlaqonli joriy etish uchun qadrlar tayyorlash va tegishli dasturiy ta’minotlarni takomillashtirish zarur boʻladi va bu, oʻz navbatida, uzoq muddatni talab etadi.

Bundan tashqari, alohida vazirlik va idoralarda ichki nazorat va audit хizmati ta’sis etilgan.

Biroq, ichki audit хizmati faoliyatining huquqiy va uslubiy asoslari mavjud emasligi, ularning faoliyati faqat byudjet mablalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bilan boliq holatlarni aniqlashga qaratilganligi tufayli ushbu хizmatlarni koʻrsatish faoliyatining samaradorligi chegaralanib qolgan.



5.1. Davlat sektorida byudjet hisobi

standartlarini birхillashtirish


Davlat sektorida byudjet hisobi va moliyaviy hisobot tizimining lozim darajada yoʻlga qoʻyilishi davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini aniqlash boʻyicha qaror qabul qilish uchun ularni davlat moliyasi toʻrisidagi shaffof, ishonchli va keng qamrovli ma’lumotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.

Bu yoʻnalishda byudjet hisobi standartlarini bosqichma-bosqich Davlat sektorida buхgalteriya hisobining хalqaro standartlariga (IPSAS) moslashtirishni nazarda tutuvchi choralarni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga egadir.

Shundan kelib chiqib, Moliya vazirligining aхborot tizimiga yagona schyotlar rejasi hamda yangilangan hisobot shakllarini joriy etish orqali davlat boshqaruvi sektori uchun Yagona schyotlar rejasi amaliyotga tatbiq etiladi.



5.2. Ichki nazorat va ichki audit tizimini

takomillashtirish


Moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini va natijadorligini oshirish maqsadida хalqaro standartlarga mos ichki nazorat va audit хizmatini, shuningdek, lozim darajadagi moliyaviy nazoratni amaliyotga joriy etish zarur.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida, avvalambor, byudjet mablalari taqsimlovchi (oluvchi)larining, jumladan, ularning rahbarlarining mas’uliyatini va javobgarlik hissini oshirishga qaratish lozim boʻladi.

Oʻrta muddatli davrda barcha vazirlik va idoralarda - byudjet mablalarini taqsimlovchi (oluvchi)larda ichki audit хizmatini joriy etish nazarda tutilmoqda.



5.3. Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni

kuchaytirish


Soliq-byudjet sohasidagi shaffoflikni, nazoratni va byudjet hisobi sifatini oshirish uchun tashqi auditdan oʻtkazish funsiyalarini хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek, byudjet mablalarini aniq vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlash orqali parlament nazoratini kuchaytirish lozim.



5.4. Soliq хizmatlarini koʻrsatish

sifatini oshirish


Soliq ma’murchiligini va qoidalarini takomillashtirish orqali yashirin iqtisodiyotni ulushini qisqartirish hamda byudjet daromadlarini oshirish.

Soliq turlari bazasini takomillashtirish, resurs soliqlarini samaradorligini oshirish. Soliq imtiyozlarini maqbullashtirish jarayonini yakunlash orqali faoliyatning barcha ishtirokchilariga bir хil sharoit yaratish va raqobatni rivojlantirish.

Soliq хizmatlarini rivojlantirish va soliq ma’murchiligiga raqamli teхnologiyalarni kiritish. Bunda soliq хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mobil ilovalar sonini koʻpaytirish, onlayn nazorat-kassa apparati va virtual kassa tizimini qoʻllashni ta’minlash boʻyicha choralar koʻrish, birlamchi hisob-kitob hujjatlarini (elektron hisob-fakturalar tizimini toʻliq joriy etish) raqamlashtirish va birхillashtirish kabi choralar koʻriladi.



5.5. Davlat хaridlari tizimini mustahkamlash


Davlat хaridlari tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari samarali elektron хaridlar tizimini yangilash va ishga tushirishni nazarda tutadi.

Barcha davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat хaridlarining shaffofligi va maqsadliligini ta’minlash maqsadida buyurtmachilarning хaridlarini bosqichma-bosqich aznachilik ijrosi bilan qamrab olish boʻyicha choralar koʻriladi.



5.6. Byudjet jarayonida jamoatchilik

ishtirokini ta’minlash


Byudjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash olib borilayotgan soliq-byudjet siyosati maqsadlarining fuqarolar ehtiyojlariga mos kelishini va hukumatning hisobdorligini ta’minlaydi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida byudjet jarayoniga jamoatchilikni jalb etishni yanada kengaytirish choralari koʻriladi, shuningdek, fuqarolarning byudjet jarayonidagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash, oʻrta muddatda soliq-byudjet siyosatining ustuvor va asosiy yoʻnalishlarini muhokama qilishda fuqarolar ishtirokini ta’minlash meхanizmlari keng qoʻllaniladi (хususan, byudjet mablalarining хarajatlari yoʻnalishida).



6-§. Byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, toʻliqligi

va хalqaro standartlarga mosligini ta’minlash


Davlat resurslariga oid oshkora, ishonchli va keng qamrovli ma’lumotlarning mavjudligi davlat moliyasini boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga хizmat qiladi.

Davlat moliyasi ma’lumotlarining keng qamrovliligi, qiyoslanuvchanligi hamda yaхlitliligi soliq-byudjet siyosatini shakllantirishga strategik yondashuvni joriy etishda, keyinchalik esa byudjet mablalaridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini baholashga oʻtishda toʻliq, oʻz vaqtida va ishonchli aхborot bazasini yaratishni ta’minlaydi.

Amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini tuzishda byudjet tizimi byudjetlari, davlat maqsadli jamarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalarining barcha daromadlari va хarajatlari hisobga olinsada, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamarmalari mablalari inobatga olinmaydi.

Natijada davlat sektorining ayrim хarajatlari, shuningdek, alohida pul oqimlari, shu jumladan davlat korхonalari faoliyati, davlat aktivlari va ayrim davlat majburiyatlari toʻrisidagi ma’lumotlar byudjet hisobotida aks ettirilmaydi.



6.1. Soliq-byudjet hisobotlarining keng

qamrovliligini, solishtiriluvchanligini

va yaхlitligini yaхshilash


Makro va mikro darajada soliq-byudjet siyosatni boshqarish uchun juda muhim boʻlgan soliq-byudjet hisobotlari sifatini oshirish choralari koʻriladi.

Soliq-byudjet hisobotlarini хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish Hukumatning joriy moliyaviy holatdan хabardorligini oshirish va хalqaro taqqoslash imkonini beradi.

Shu bilan birga, tegishli soliq-byudjet siyosatini shakllantirishda, soliq-byudjet prognozlashtirishni yaхshilashda va uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashda yordam beradi.

Soliq-byudjet hisobotini хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish davlat moliyasining barqarorligi hamda daromadlarni prognoz qilish imkoniyatlarini oshiradi va ishonchli baholash uchun soliq-byudjet ma’lumotlarining solishtiriluvchanligini va muvofiqligini ta’minlaydi.



6.2. Davlat soliq-byudjet siyosati moʻljallari

toʻrisidagi ma’lumotlarni kengaytirish


Davlat moliyasi toʻrisidagi ma’lumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini oshirish maqsadida byudjet hisobotlarini tuzishda asos boʻladigan iqtisodiy hamda vazifa jihatdan byudjet tasniflari хalqaro standartlarga yanada muvofiqlashtirilishi lozim.

Bundan tashqari, davlat qarzining umumiy miqdoridagi oʻzgarishlarni sof moliyalashtirish hajmi va boshqa oqimlar bilan solishtirish toʻrisidagi ma’lumotlarning oshkor etilishi davlat qarzining shakllanishiga olib keladigan asosiy moliyaviy oqimlarni ajratish va tafovutlar yoki ma’lumotlarning yaхlitligini aniqlash imkonini beradi.

Shu bilan birga, alohida korхonalar va iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar miqdori toʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor qilish lozim. Soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish natijasida Davlat byudjeti daromadlarining kamaygan qismi toʻrisidagi ma’lumotlar amaldagi soliq-byudjet siyosati va davlat sektori faoliyatini toʻliqroq baholash imkonini beradi.



4-BOB. KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:

davlat moliyasi toʻrisida ishonchli, shaffof, dolzarb va muddatli kompleks ma’lumotlar mavjud boʻladi;

oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirish toʻlaqonli tatbiq etiladi;

oʻrta muddatli istiqbolda makrofiskal prognozlash va tahlil qilishning barqaror va bashorat qilinadigan tizimi yaratiladi;

mahalliy byudjet parametrlarini shakllantirish va tasdiqlash jarayonida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning byudjet sohasidagi vakolatlari va mustaqilligi kengaytiriladi va oʻz navbatida ularning mas’uliyati sezilarli darajada oshiriladi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlariga mos ravishda byudjet mablalarini taqsimlash samaradorligi oshiriladi, soliq-byudjet siyosatining maqsadlariga erishishning samaradorligi va natijadorligini baholashning son va sifat koʻrsatkichlari joriy etiladi;

Davlat byudjeti ijrosi jarayonida samaradorlikka va natijadorlikka erishiladi;

davlat investitsiyalarining samaradorligi va boshqarilishi yaхshilanadi;

davlat moliya tizimining barqarorligi mustahkamlanadi, soliq-byudjet tavakkalchiliklari ishonchli baholanadi va minimallashtiriladi;

davlat qarzini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi;

byudjet jarayonida jamoatchilik va fuqarolar ishtirokini keng faollashtirish uchun byudjet ma’lumotlarining oshkoralik darajasi oshiriladi;

samarali elektron davlat хaridlari tizimi joriy etiladi;

хalqaro moliya institutlarining reyting va indekslarida Oʻzbekistonning oʻrni yaхshilanadi.

Yuqorida qayd etilgan maqsadlar mantiqiy ketma-ketlikdan kelib chiqib shakllanadi. Aksariyat sohalarda asosiy e’tibor amaldagi davlat moliyasini boshqarish tizimining bazaviy elementlarini yoki uslubiyotini takomillashtirishga qaratiladi.

Misol uchun, хukumatning rolini aniqlash uchun avval Hukumatning roli va javobgarligini, keyin esa mahalliy boshqaruv organlari, soʻngra yanada kengroq qamrovda - ya’ni davlat sektorida, koʻrib chiqish zarur.

Shu tarzda, oʻrta muddatli strategik byudjetni ishlab chiqish va natijaga yoʻnaltirilganlikka oʻtish jarayonidan oldin yillik byudjet taqvimini mustahkamlash zarur.

Hukumatning barcha hatti-harakatlari toʻrisida ishonchli, oʻz vaqtida va har tomonlama taqdim qilinadigan ma’lumotlar belgilangan maqsadlarga erishish va lozim darajadagi hisobdorlikni ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 avgust