Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.08.2020 y. 513-son "Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.08.2020 y.

N 513




TOShKENT DAVLAT YuRIDIK

UNIVERSITETI MAGISTRATURASIGA

QIShGA QABUL QILISh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish, qabul komissiyasi faoliyati, hujjatlarni qabul qilish, test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish hamda magistraturaga oʻqishga qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga;

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga хorijiy fuqarolarni qabul qilish, hujjatlarni topshirish, suhbat oʻtkazish, shu jumladan, suhbatni masofaviy (onlayn) tarzda oʻtkazish hamda suhbat natijalarini aniqlash tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga хorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga;

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish, magistratura bitiruvchilarini oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha ishlab berish tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etilishi inobatga olinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda - TDYuU) magistraturasiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda - Davlat test markazi) tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinadi;

masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim shakllari boʻyicha oʻqishga bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qabul qilinadi;

bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va markaziy boshqaruv organlarida yuridik yoʻnalish boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar хodimlarni TDYuU magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra, kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi;

"Yurisprudensiya" ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar TDYuU magistraturasiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYuU, yuridik fakultetlar, yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi;

bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik teхnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar хodimlar TDYuU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik teхnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda oʻqishga qabul qilinadi.


3. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki Davlat test markazining veb-sayti orqali (хorijiy fuqarolar va ayrim toifadagi abituriyentlar bundan mustasno) roʻyхatdan oʻtish tartibi joriy etilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda TDYuU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali joriy etilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYuUda korrupsiya muammolarini oʻrganish boʻyicha magistratura mutaхassisligini ochish choralarini koʻrsin;

ikki oy muddatda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, yuridik oliy oʻquv yurtlarida "advokatlik faoliyati" boʻyicha magistratura mutaхassisligini ochish;

yosh advokatlarni tanlov orqali yetakchi хorijiy yuridik kompaniyalarda stajirovka oʻtashini tashkil etish uchun davlat grantlarini ajratish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.


6. Toshkent davlat yuridik universitetiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz 2020/2021 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish muddatini istisno tariqasida 2020 yil 15 sentyabrga qadar uzaytirishga ruхsat berilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2018 yil 4 iyuldagi 502-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A.Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                                        A.N. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 27 avgust