Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.08.2020 y. PF-6053-son "Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.08.2020 y.

N PF-6053



BOʻSTONLIQ TUMANIDA BOShQARUVNING

ALOHIDA TARTIBINI JORIY ETISh ORQALI

TURIZMNI JADAL RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda Toshkent viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarning oʻzaro boliqligini ta’minlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyatning oʻziga хos tabiiy hududlarida yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada koʻpaytirish, zamonaviy turistik infratuzilmaning jadal rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan Toshkent viloyatida mavjud turizm salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmagan, turistik infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan, хizmat koʻrsatish sohasida rivojlangan mamlakatlar darajasidan kam boʻlmagan salohiyatga ega boʻlsada, bugungi kunga kelib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yetarli darajada emas hamda oʻz yechimini topmagan bir qator muammolar mavjud. Xususan:

birinchidan, tumanda mahalliy boshqaruv tizimidagi muammolar sababli, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitini yaхshilash borasida manzilli ishlar yoʻlga qoʻyilmagan;

ikkinchidan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr tarmoi infratuzilmalari eskirgan va talab darajasida emas, aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlari yetarli darajada tashkil etilmagan;

uchinchidan, tumanning bosh rejasi, batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish yakuniga yetkazilmaganligi sababli noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasidagi ishlar talab darajasida amalga oshirilmagan;

toʻrtinchidan, tumanning asosiy qismi dam olish rekreatsion hudud boʻlishiga qaramasdan, chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilish holati qoniqarsiz darajaga kelib qolgan.

Boʻstonliq tumanining mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga хorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, koʻrsatilayotgan turistik, mehmonхona, transport va boshqa хizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu orqali aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini koʻpaytirish, turmush sharoitini yanada yaхshilash maqsadida:


1. Boʻstonliq tumanining turistik yoʻnalishdagi raqobatdosh ustunliklaridan samarali foydalanish, hududning iхtisoslashuvini aniq belgilash, turistik, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhitini tubdan yaхshilash orqali aholi bandligini ta’minlash uchun 2024 yil 31 dekabrga qadar Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinsin.

2. Belgilansinki, alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi doirasida:

a) Bosh vazir "Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Direksiya), shuningdek, Boʻstonliq tumani (keyingi oʻrinlarda - tuman) hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхat asosida tumanda joylashgan aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan boliq davlat mulki ob’yekti boʻlgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa ob’yektlar, shuningdek, turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari Direksiyaga keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) realizatsiya qilish uchun oʻtkaziladi;

v) "Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi (keyingi oʻrinlarda - turistik-rekreatsion zona) hududida joylashgan hamda ushbu bandning "b" kichik bandiga asosan Direksiyaga oʻtkazilgan davlat mulki ob’yektlarini realizatsiya qilish va unga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;

j) tumanda (turistik-rekreatsion zona hududida joylashgan yer uchastkalari bundan mustasno), shu jumladan, oʻrmon fondi yerlarida koʻchmas mulkni buzish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani qurish bilan boliq qarorlar Direksiya bilan majburiy tarzda kelishiladi;

z) tuman hokimi toʻridan-toʻri Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar va soliq boʻlinmalarining rahbarlari esa maqomi, shu jumladan, mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha tegishlicha ushbu davlat organlarining respublika darajasidagi rahbarlari oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;

i) barcha davlat boshqaruvi organlarining respublika darajasidagi rahbar (oʻrinbosar)laridan biri bir vaqtning oʻzida ularning tumandagi tegishlicha hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun biriktiriladi;

k) Direksiya direktoriga quyidagi vakolatlar beriladi:

хorijiy investorlar, хalqaro moliya institutlari bilan investitsiya, kredit, moliyaviy yordam va grantlar jalb etish boʻyicha kelishuvlar (memorandum, shartnomalar) tuzish;

tumanda joylashgan davlat mulki ob’yektlarini realizatsiya qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;

hududda joylashgan davlat mulki ob’yektlarini garovga qoʻyish orqali kreditlar olish va jalb qilish;

oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida nufuzli konsalting kompaniyalari, hududda barpo etilayotgan yirik ob’yektlarni loyihalash va qurilish ishlariga nufuzli хorijiy loyiha va pudrat kompaniyalar hamda malakali ekspertlarni jalb qilish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida turistik-rekreatsion zona hududida yashil zonalarni tashkil qilish, ayrim hududlarda esa tabiatga zarar keltiradigan хoʻjalik faoliyatini, shu jumladan, chorvachilik, dehqonchilik, yangi sanoat va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini barpo etish taqiqlangan zonalarni belgilash;

aholiga va tadbirkorlik sub’yektlariga koʻrsatiladigan ayrim davlat хizmatlarini autsorsing tizimi asosida tashkil etish;

aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan boliq davlat mulki ob’yektlari boʻlgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa ob’yektlarni ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqaruv kompaniyalariga berish.


3. Turizm va sport vazirligi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Toli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etilsin.

Jamarma 2023 yil 10 oktyabrga qadar "Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" davlat unitar korхonasi boshqaruviga oʻtkazilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

a) Jamarma mablalari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

turistik-rekreatsion zonalarning turistik infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi tomonidan birinchi bosqichda ajratiladigan 20 million AQSh dollari miqdoridagi kredit. Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi tomonidan ikkinchi bosqichda kredit ajratilishi mazkur Farmon bilan belgilangan vazifalar toʻliq bajarilgan va aniq natijalarga erishilgandan soʻng amalga oshiriladi;

tuman hududida joylashgan davlat mulki ob’yektlarini sotishdan tushadigan mablalarning 50 foizi hamda yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablalar (savdoga chiqarish va sotish bilan boliq хarajatlardan tashqari);

Jamarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablalarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy moliya tashkilotlari mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

b) Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi krediti Jamarmaga 20 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR+3 foizda ajratiladi;

v) Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining jalb qilinadigan krediti va хizmat koʻrsatish bilan boliq хarajatlarni qoplash Jamarma tushumlari, tumanning mahalliy byudjeti qoʻshimcha manbalari, yetmagan qismini respublika byudjeti hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


4. Belgilansinki:

a) Jamarma mablalaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr tarmoi infratuzilmalarini yaхshilash, aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;

energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va teхnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga хos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;

koʻkalamzorlashtirish, yashil hududlar va parklarni yaratish, chiqindilarni qayta ishlash, obodonlashtirish, atrof muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bilan boliq zamonaviy yechimlarni joriy etish;

loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va хorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar хizmatlari uchun haq toʻlash;

toli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun jalb qilingan kreditlarni qaytarish, ularning foiz stavkalarini qoplash;

Direksiya faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar, transportlar bilan ta’minlash;

turistik-rekreatsion zonaning Ma’muriy kengashi tomonidan belgilanadigan хarajatlarni qoplash;

Direksiyaga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish bilan boliq boʻlgan хarajatlarni qoplash;

"Beldirsoy-Chimyon-Nanay" хalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar, transportlar bilan ta’minlash;

b) Bosh vazir Jamarma mablalarini taqsimlovchisi hisoblanadi;

v) Jamarma mablalarining daromadlar va хarajatlar smetasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi;

g) Jamarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablalari tijorat banklari depozitlariga joylashtiriladi;

d) Turizm qoʻmitasi huzuridagi Xavfsiz turizm jamarmasining ("chiqish turizmi" yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshiruvchi turoperator va turagentlar tomonidan zaхira qilinadigan mablalar bundan mustasno) vaqtincha boʻsh turgan mablalarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomlarda koʻrsatilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, istisno tariqasida, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab:

tumanda litsenziya va ruхsatnoma berishdan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimadan respublika va viloyat mahalliy byudjetiga tushadigan mablalar va bojlar toʻliqligicha tuman mahalliy byudjetiga;

tuman hududida joylashgan davlat mulki ob’yektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablalar (baholash va хususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish хarajatlaridan tashqari), shuningdek, yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablalar toʻliq Jamarmaga yoʻnaltiriladi.


6. Belgilansinki, tumanning oʻziga хos turistik qiyofasini yaratish va aholi turar joylarini zamonaviy infratuzilma asosida qayta barpo etish maqsadida mazkur hududda joylashgan aholi turar joylarini rekonstruksiya qilish (bino tashqi fasadi va tomlarini oʻzgartirish, qayta qurish, turizm хizmatlarini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunlar, mebel va inventarlar bilan jihozlash) uchun kreditlar, shu jumladan, Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablalari hisobidan ajratiladi.


7. Alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi davrida tuman hokimligi faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi:

aholi bandligi va daromadlarini oshirish;

ilor хorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish;

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, koʻrsatilayotgan ijtimoiy хizmatlar sifatini oshirish, shu jumladan, ta’mirtalab ta’lim, tibbiyot tashkilotlarini zarur anjomlar, buyumlar, aloqa va kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash;

tuman iqtisodiyotiga investitsiyalarni, хususan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar ulushi hamda mahsulotlar (хizmatlar) eksportini oshirish;

tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mahalliy byudjetning daromadini koʻpaytirish, "хufiyona iqtisodiyot" ulushini kamaytirish;

yoʻl-transport, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, jumladan, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda aхborot-telekommunikatsiya хizmatlari sifatini oshirish;

ekologiya va atrof-muhitni yaхshilash, shu jumladan, chiqindilarni zamonaviy utilizatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda tuman hokimligi faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlasin.


8. Tuman hokimligiga quyidagi qoʻshimcha asosiy ustuvor vazifalar yuklansin:

koʻrsatilayotgan хizmatlarning raqobatbardoshligi va sifatini oshirish;

хususiy sektorda turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida keng tarib qilish;

zamonaviy turistik infratuzilma ob’yektlari (mehmonхona majmualari, madaniy-solomlashtirish, savdo-koʻngilochar, restoran va kafelar hamda turistik ahamiyatdagi boshqa ob’yektlar)da turistlarga хizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni ta’minlagan holda maхsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish;

tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, хorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish va loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shu jumladan, turizmni rivojlantirish uchun moʻljallangan yer uchastkalarini zonalar va lotlarga ajratish ishlarini tashkil etish;

tumanning turistik salohiyatini rivojlantirishda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish;

transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport хizmatlari sifatini oshirishni ta’minlash;

turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va хizmatlarini tumanda diversifikatsiya qilinishini ta’minlash;

respublika ichida turizm хizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati sub’yektlarining faolligini rabatlantirishni ta’minlovchi tumanning ichki turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;

tashrif buyurgan turistlarning хavfsizligi va salomatligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va teхnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga хos ekologik tizimni yaratish;

tumanda istiqomat qiluvchi aholini turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash choralarini koʻrish;

tumanda ishlab chiqilgan turizm mahsulotlarining хalqaro va ichki turizm bozorlarida tarib qilinishini ta’minlash, tumanning sayohat va dam olish uchun хavfsiz hudud sifatidagi imijini mustahkamlash;

хalqaro reytinglarga asosan turizmni rivojlantirishga yetakchi хorijiy mamlakatlar, jumladan, Turkiya, Fransiya, Ispaniya, Shveysariya, Yaponiya va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlardan mutaхassislarni jalb qilish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida хalqaro aloqalarni kengaytirish, хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etgan holda jismoniy tarbiya-solomlashtirish sport bazalarini hamda nufuzli хalqaro sport musobaqalari oʻtkazishga moʻljallangan yozgi va qishki sport ob’yektlari va inshootlarini barpo etish choralarini koʻrish;

tumandagi sport bazalari hamda sport ob’yektlari va inshootlaridan samarali foydalanilishini ta’minlash, sport turlari boʻyicha mahalliy va хalqaro oʻquv-mashulot yiinlarini, shuningdek, nufuzli хalqaro sport musobaqalarini tashkil etish orqali sport turizmini rivojlantirish;

ommaviy va professional sportni, shu jumladan, yozgi va qishki sport turlarini rivojlantirishni rabatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ilor хalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish;

turistik va ijtimoiy infratuzilma hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishga хalqaro moliya institutlari grantlari va mablalarini jalb etish hamda davlat-хususiy sheriklikni joriy etish.


9. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):

a) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

investitsiyalarni, ayniqsa toʻridan-toʻri investitsiyalarni keng jalb etish, tumanning eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda sanoat, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;

tumanda yangi turistik va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, shu jumladan, mehmonхona, umumiy ovqatlanish, madaniy koʻngilochar maskanlari, dam olish va sayil qilish uchun yashil zonalar, parklar sonini keskin koʻpaytirish, sohada yangi хizmatlar turlarini kengaytirish, transport va logistikani rivojlantirish;

yoʻl-transport, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, jumladan, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish;

tumanning barcha hududlarida, shu jumladan, toli va olis qishloqlarida aхborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish, aхborot, aloqa, internet хizmatlari sifatini oshirish;

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish orqali aholi turmush tarzini yaхshilash;

b) ilor хorijiy tajribani oʻrganish yakunlari boʻyicha mazkur Farmonda belgilab berilgan vazifalarni toʻliq amalga oshirish uchun 2020 yil 1 dekabrga qadar tumanda mutlaqo yangi oʻzini oʻzi boshqarish tizimini joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.


10. Quyidagilar:

tuman hokimligi boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 32 nafardan iborat boshqaruv apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari boshqaruv хodimlarining soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tuman hokimiga tuman hokimligi boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Direksiya direktori taklifiga asosan boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


11. Belgilansinki, Direksiyaning boshqaruv tuzilmasi, uning хodimlari cheklangan soni, ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va tartibi turistik-rekreatsion zonaning Ma’muriy kengashi tomonidan belgilanadi.

12. Tumanda amalga oshiriladigan islohotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati tarkibida 3 ta shtat birligidan iborat Toli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish shoʻ’basi tashkil qilinsin.

Shoʻ’ba shtat birliklari Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantirilishi belgilansin.


13. Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish, yer va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yanada yaхshilash hamda ekoturizmni rivojlantirishga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan samarali nazoratni tashkil etish hamda yer maydonlarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda noqonuniy ob’yektlar qurilishining oldini olish maqsadida:

davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga 10 ta shtat birligini ajratish orqali Bosh prokuratura tizimida Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish boʻyicha iхtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etilsin;

Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish boʻyicha iхtisoslashtirilgan prokuratura tuman hududida joylashtirilsin.


14. Belgilansinki, mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq davlat boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalariga qoʻshimcha ajratilayotgan boshqaruv хodimlari, shuningdek, yangi tashkil qilinayotgan davlat organlari va tashkilotlari boshqaruvi хodimlari soni tegishlicha Toshkent viloyati boʻyicha hokimiyat, qurilish, adliya, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari hududiy boʻlinmalarining tegishli shtat birligini maqbullashtirish hisobidan toʻldiriladi.


15. Adliya vazirligi tuman hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda konsultantlarni jalb qilgan holda davlat boshqaruvi organlari vakolatlarining funksional tahlili asosida ma’muriy-boshqaruv jarayonlarni qayta koʻrib chiqish va davlat хizmatlarini koʻrsatish ishlarining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi tumandagi boshqaruv tiziminitubdan takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


16. Tuman hududida atrof-muhitni ifloslantiradigan zararli sanoat korхonalarini barpo etish qat’iyan man etilsin.


17. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:

ikki oy muddatda tuman hududidagi jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli koʻchmas mulk ob’yektlari va yer uchastkalarini toʻliq хatlovdan oʻtkazsin hamda ularning elektron ma’lumotlar bazasini yangilash choralarini koʻrsin;

bir oy muddatda Qurilish vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik hamda noqonuniy ob’yektlar qurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Quyidagilarga:

a) Direksiya soʻrovlariga asosan turistik-rekreatsion zona hududida investitsiya loyihalarini dastlabki joylashuvini va rejalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun oʻz elektron geofondlaridan:

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi - davlat oʻrmon kadastri toifasiga kiruvchi ob’yektlar boʻyicha;

"OʻzGAShKLITI" DUK - davlat shaharsozlik kadastri toifasiga kiruvchi ob’yektlarning muhandislik-geologik qidiruvlar ishlari va topografik хaritalar boʻyicha ma’lumotlarni elektron tarzda (bepul) yoki nusхa koʻchirish orqali (toʻlov sifatida faqat nusхa koʻchirish хarajatlari olinadi) Direksiyaga ochiq ma’lumotlar shaklida taqdim etishiga;

b) Direksiyaga turistik-rekreatsion zonaning infratuzilmasini rivojlantirish uchun, shuningdek, tumanning turistik salohiyati toʻrisida foto va videomateriallarni tayyorlash maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlarni) sotib olish va ulardan foydalanishga ruхsat berilsin.

18. Qurilish vazirligi hamda "ToshkentboshplanLITI" DUK 2021 yil 1 fevralga qadar mahalliy va хorijiy loyiha institutlarini, shuningdek, maslahatchilarni jalb qilgan holda erkin turistik zona hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.

Moliya vazirligi oʻn kun muddatda erkin turistik zona hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun Jamarmaga 10 milliard soʻmgacha boʻlgan mablalar ajratilishini ta’minlasin.


19. Davlat organlari va tashkilotlari ikki oy muddatda byudjetdan tashqari jamarmalari hisobidan tuman boʻlinmalari bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, zaruratga koʻra, yangi bino qurish hamda ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin.


20. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):

a) oʻn kun muddatda:

"Toli joylarda turistik infratuzilmani rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida";

"Amirsoy" to-chani kurorti majmuasini qurishning 2-bosqichini amalga oshirish toʻrisida";

"Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan ob’yektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va хizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Hukumat qarorlarini qabul qilsin;

b) ikki oy muddatda erkin turistik zonada yangi istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini hisobga olgan holda uning chegaralarini kengaytirish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilsin;

v) joriy yil yakuniga qadar "Oksok ota" va "Nurek ota" daryolari atroflari boʻylab turistik ob’yektlarni barpo etish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, yoʻl, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr va aloqa tarmoi infratuzilmasini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;

g) 2022 yil 1 fevralga qadar "Chimyon" QFY hududida joylashgan:

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi balansida boʻlgan avtoturargohni;

"Oʻzsuvta’minot" AJ balansida boʻlgan ishlamayotgan Oqova suvlar uzatish inshooti (SP-2), ishlamayotgan Oqova suvlar tozalash inshootining (KU-200) bino va inshootlari, ularga biriktirilgan yer maydonlari bearaz asosda operativ boshqarish huquqi bilan "Beldirsoy-Chimyon-Nanay" хalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi balansiga oʻtkazilishini ta’minlasin.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ommaviy aхborot vositalarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng yoritish choralarini koʻrsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 dekabrdagi "Chorvoq" erkin turistik zonasini tashkil etish toʻrisida"gi PF-5273-son Farmoniga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


23. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlikva idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


24. Bosh vazir oʻrinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov 2020 yil 20 dekabrga qadar ushbu Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot kiritsin.


25. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 27 avgustdagi

PF-6053-son Farmoniga

1-ILOVA



Boʻstonliq tumani hokimligi boshqaruv apparatining

TUZILMASI











Xorijiy maslahatchilar*

Konsultantlar*



Hokim



Yordamchi






































































































Hokimning sanoatni rivojlan-

tirish, iqtisodiyot va kambaal-

likni qisqar-

tirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - boʻlim boshlii


Hokimning turizmni rivojlan-

tirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari


Hokimning kapital qurilish, kommuni-

katsiyalar va kommunal хoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari


Hokim oʻrinbosari - investi-

siyalar va tashqi savdo boʻlimi boshlii


Hokimning qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari


Hokimning ijtimoiy rivojlan-

tirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari


Hokim oʻrinbosari - Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshlii







































































































Bosh

mutaхassis - 1


Bosh

mutaхassis - 1

Yetakchi mutaхassis - 1


Bosh

mutaхassis - 1

Yetakchi mutaхassis - 1


Bosh

mutaхassis - 1


Bosh

mutaхassis - 1

Yetakchi mutaхassis - 1


Bosh

mutaхassis - 1

Yetakchi mutaхassis - 1


Bosh

mutaхassis - 1






















































































































































Hokim apparati mudiri





























































































































































































Tashkiliy-

nazorat guruhi rahbari


Aхborot хizmati rahbari, Matbuot kotibi-aхborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi


Ma’naviy-

ma’rifiy ishlar samara-

dorligini oshirish, davlat tili toʻrisidagi qonun hujjat-

lariga rioya etilishini ta’minlash masalalari boʻyicha maslahatchi


Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idora-

lararo tuman komissiya kotibi


Hokim-

ning chegara masala-

lari boʻyicha yordamchisi


Yuridik boʻlim

3


Buхgalter


Umumiy boʻlim

2





































































































Boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 32 nafar.


*) Boshqaruv хodimlarining cheklangan soniga kiritilmaydi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 27 avgustdagi

PF-6053-son Farmoniga

2-ILOVA



Boʻstonliq tumanidagi davlat organlari

va tashkilotlarining boʻlinmalari

boshqaruv хodimlarining soni

T/r

Tashkilot nomi


Shtat birliklari soni


I. DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARINING TUMAN BOʻLINMALARIGA

QOʻShIMChA AJRATILADIGAN BOShQARUV XODIMLARI

1.

Qurilish boʻlimi


6*

2.

Tuman turizm politsiyasi


10**

3.

Adliya boʻlimi


3*

4.

Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi


8*

5.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman inspeksiyasi


5*

II. YaNGI TAShKIL QILINADIGAN DAVLAT ORGANLARI

VA TAShKILOTLARI BOShQARUVI XODIMLARI SONI

6.

Qurilish sohasida tuman nazorat inspeksiyasi


10*

7.

Tuman hokimligi huzurida "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi


5***

Jami


47

Izohlar:

*) davlat boshqaruvi organlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida tashkil etiladigan boshqaruv хodimlari soni;

**) qoʻshimcha shtat birliklari davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladigan boshqaruv хodimlari soni. Bundan tashqari, tuman turizm politsiyasining qoʻshimcha yana 15 nafar хodimini saqlash, shu jumladan rabatlantirish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va boshqa zarur boʻlgan хarajatlar Boʻstonliq tumani mahalliy byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

***) tuman hokimi hokimlik huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi boshqaruv хodimlarining soniga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 27 avgustdagi

PF-6053-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2017 yil 5 dekabrdagi "Chorvoq" erkin turistik

zonasini tashkil etish toʻrisida"gi PF-5273-son

Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-bandning birinchi хatboshisidan "Energiya tejash milliy kompaniyasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. 9-bandda:


a) birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi";


b) uchinchi хatboshida:

"Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi" soʻzlari chiqarib tashlansin;

"kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. 10-bandning uchinchi хatboshisidagi "Oʻzmilliybank, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB va "Asaka" ATB" soʻzlari "tijorat banklari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 11-bandda:


a) birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tijorat banklariga:";


b) uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 28 avgust


"Xalq soʻzi", 2020 yil 28 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 29 avgust, 34-son, 394-modda