Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.08.2020 y. 517-son "Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi хodimlarini byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.08.2020 y.

N 517



RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARINING

PROFESSOR-OʻQITUVChILARI VA BOShQA TOIFADAGI

XODIMLARINI BYuDJETDAN TAShQARI MABLALAR

HISOBIDAN MODDIY RABATLANTIRISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son, "Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 8 avgustdagi PF-5505-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda professor-oʻqituvchilar va хodimlar mehnatini byudjetdan tashqari mablalar hisobidan munosib rabatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi хodimlarini byudjetdan tashqari mablalar hisobidan moddiy rabatlantirish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Respublika oliy ta’lim muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son, 40-modda) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga qarab bir oʻqituvchiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini:

2009/2010 oʻquv yilidan boshlab - 1:10,5;

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab - 1:12,0;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab - 1:14,0;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab - 1:16,0 nisbatida belgilash;

oliy ta’lim muassasasi kengashlariga, zarur hollarda, mazkur nisbatlarni 50 foizgacha oʻzgartirish vakolatini berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki, ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 27 avgust