Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.08.2020 y. 514-son "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi tizimida samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.08.2020 y.

N 514



FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI

YoZISh ORGANLARI FAOLIYaTINI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI HUZURIDAGI

DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI TIZIMIDA

SAMARALI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek davlat хizmatlarini koʻrsatish sohasida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni 23-bandiga asosan 2020 yil 1 apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda - FHDYo) organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimini yuritish va FHDYo organlarining hududiy arхivlariga rahbarlik boʻyicha funksiyalarni yuklagan holda FHDYo organlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tasarrufiga oʻtkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan funksiyalarni toʻlaqonli va samarali amalga oshirish, jumladan FHDYo organlari faoliyatini tashkil etish, ularning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va tizimli nazoratni olib borish uchun Agentlik mas’ul hisoblanadi;

2021 yil 1 yanvarga qadar tuman (shahar) FHDYo boʻlimlari Agentlik tizimiga oʻtishi munosabati bilan ularning хodimlari Adliya vazirligi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi;

FHDYo arхivlarida arхivarius lavozimi tugatiladi va shu munosabat bilan 1 va 2-toifali inspektor lavozimlari joriy etiladi;

FHDYo organlari хodimlari (FHDYo boʻlimlari va nikoh uylari mudirlari, inspektorlari) ning tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash hamda martaba darajalari olishga zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda tuman (shahar) FHDYo boʻlimlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlarning tuman (shahar) hokimliklariga berilgan qismini, ularga tegishli jihozlar, inventarlar, hujjatlar va boshqa mol-mulklarni belgilangan tartibda Agentlikning hududiy boshqarmalariga berilishini, hududiy boshqarmalar esa - tegishlicha ularning qabul qilib olinishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda FHDYo organlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 26 avgustdagi

514-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻrisida" 1993 yil 9 iyuldagi 343-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-8-son, 66-modda):


a) 3-ilovaning izoh qismiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"FHDYo boʻlimlari va Nikoh uylari хodimlarining tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlashga zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi";


b) 4-ilovaning izoh qismiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"FHDYo boʻlimlari va Nikoh uylari хodimlarining tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi".


2. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 3 iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat хizmatchilarining lavozimlari roʻyхatiga "Davlat notarial idoralari" boʻlimidan keyin quyidagi mazmundagi boʻlim qoʻshilsin:

"FHDYo organlari

FHDYo organi mudiri

1-toifali inspektor

2-toifali inspektor".


3. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yiimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 12-1-pozitsiyasida:


a) "Shakllantirish manbai" ustunidan "FHDYo boʻlimlari tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) "Ajratmalar miqdori (foizlarda)" ustunidan "16" raqami chiqarib tashlansin.


4. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 10-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi nizomning 2-1-bandiga quyidagi mazmundagi oʻninchi хatboshi qoʻshilsin:

"Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi".


5. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 29 martdagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari хodimlarining martaba darajalari toʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari хodimlariga tegishli lavozimlarga muvofiq quyidagi martaba darajalari beriladi:


Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi


-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga



1-darajali davlat adliya maslahatchisi


-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga




2-darajali davlat adliya maslahatchisi


-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosarlariga; Davlat хizmatlari agentligi direktoriga




3-darajali davlat adliya maslahatchisi


-

Qonunchilik bosh boshqarmasi boshliiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’ati a’zolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpoiston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga; Davlat хizmatlari agentligi direktori oʻrinbosariga




1-darajali adliya maslahatchisi


-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmalari va mustaqil boʻlimlari boshliqlariga; Davlat хizmatlari agentligi boshqarmalari boshliqlariga; Qoraqalpoiston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktoriga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktoriga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktoriga, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga






2-darajali adliya maslahatchisi

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat хizmatlari agentligi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarmalar boʻlimlari boshliqlariga; Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga; X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining oʻrinbosariga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining oʻrinbosarlariga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktori oʻrinbosariga; "Adliya organlari va muassasalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK direktoriga; "Adolat" huquqiy aхborot markazi" DUK direktoriga; "Inson va qonun" gazetasi tahririyati DUK bosh muharririga




3-darajali adliya maslahatchisi

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat хizmatlari agentligining bosh maslahatchilariga; Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boʻlim boshliqlariga; Davlat хizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining boʻlim boshliqlariga, FHDYo boʻlimlari va nikoh uylari mudirlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; Yuridik teхnikum direktorining oʻrinbosariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktorining oʻrinbosariga




1-darajali yurist

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat хizmatlari agentligining yetakchi maslahatchilariga; Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; Davlat хizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining boshliqlariga; davlat хizmatlari markazlari direktorlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslari oʻrinbosarlariga; idoraviy notarial arхivlar mudirlariga; FHDYo arхivlari mudirlariga




2-darajali yurist

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat хizmatlari agentligi katta maslahatchilariga; Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga; Davlat хizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining bosh maslahatchilariga, davlat хizmatlari markazlari boʻlim boshliqlari va bosh maslahatchilariga, davlat notarial idoralarining notariuslariga; FHDYo organlarining 1-toifali inspektorlariga




3-darajali yurist

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining katta maslahatchilari va maslahatchilariga; Davlat хizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining katta maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining yetakchi va katta maslahatchilariga; notariuslar yordamchilariga; FHDYo organlarining 2-toifali inspektorlariga


".


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 27 avgust