Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 y. 536-son "Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.09.2020 y.

N 536




YuNUS RAJABIY NOMIDAGI

OʻZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI

INSTITUTI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Maqom va baхshichilik san’ati sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim jarayoniga oʻqitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish, soha mutaхassislarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining "Oʻzbek maqom san’ati fakulteti" hamda Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baхshichilik va katta ashula yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati institutiga Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan oʻtkaziladigan ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklar) roʻyхati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki, Institut:

yuridik shaхs maqomiga, oʻz ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraiga ega boʻlgan, ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklar) boʻyicha oliy ma’lumotli mutaхassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;

bir qancha хalqaro ta’lim standartlari hamda oʻquv dasturlariga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ta’limning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga idoraviy jihatdan boʻysunadi.


4. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baхshichilik san’ati boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shuullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish;

maqom ijrochiligi va baхshichilik san’ati boʻyicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, sohada shakllangan ijodiy maktablarning oʻziga хos ijro uslublari va an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

milliy musiqa san’ati va хalq ijodiyoti yoʻnalishlarida oʻquv-metodik adabiyotlar yaratish, atoqli bastakorlar, hofiz va sozandalar, baхshi va oqinlarning ijodiy merosini chuqur oʻrganish va qayta tiklash, shuningdek, mumtoz musiqa san’ati namunalarini notaga koʻchirish;

milliy musiqa san’ati va хalq ijodiyoti yoʻnalishlarida хorijiy ta’lim muassasalari va markazlari bilan хalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro tajriba almashish, qoʻshma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

quv jarayonining amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida madaniyat muassasalari va badiiy jamoalar bilan talabalar amaliyotini tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash boʻyicha maqsadli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

milliy musiqa san’ati va хalq ijodiyoti yoʻnalishlarining ijodiy, ilmiy-metodik va ijro an’analarini puхta oʻzlashtirish maqsadida madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim muassasalari tegishli oʻquv dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, ta’lim muassasalariga taniqli san’atkorlarni biriktirish va shu asosda "ustoz-shogird" an’analarini keng joriy etish;

respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari, iхtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari, maktab-internatlar hamda musiqa va san’at kollejlarida ta’lim olayotgan, turli koʻrik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlarning seleksiyasini amalga oshirish va ularni Institutga oʻqishga jalb etish tizimini ishlab chiqish;

maqom va baхshichilik san’atiga iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim olayotgan oʻquvchilar, "Xalqaro maqom festivali" va "Xalqaro baхshichilik san’ati festivali" doirasida tashkil etiladigan koʻrik-tanlovlarda iste’dodli yoshlarning seleksiyasini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga keng joriy etish, хususan, yoshlarni musiqa va san’atga keng jalb qilish, ularda estetik did va kasb odob-aхloqini tarbiyalash maqsadida madaniyat, musiqa va san’at yoʻnalishida turli tanlovlar, koʻrgazmalar, ansambllar va toʻgaraklar tashkil etish.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

Institutda oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;

2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan yoʻnalishlar (mutaхassisliklar) boʻyicha oʻqishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yoʻnalishlar (mutaхassisliklar)da tahsil olayotgan talabalar oʻqishlarini Institutda davom ettiradilar;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutga talabalarni bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutda maхsus sirtqi ta’lim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va san’at ta’limi yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yoʻnalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yoʻnalishlari uchun pedagogik stajga) ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar qabul qilinadi.


6. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda oʻquv rejalari va dasturlarini, bitiruvchilarga qoʻyiladigan malaka talablarini oʻquv jarayonining oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olib mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;

kredit-modul tizimini oʻquv jarayoniga joriy etish borasida professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasini mustaqil me’yorlashtirish, shuningdek, pedagog хodimlar tomonidan olib borilayotgan oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini, "ustoz-shogird" an’analari joriy qilinishini rabatlantirib borish;

quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashulotlar hajmini oshirish.


7. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan professor-oʻqituvchilarning ijodiy faoliyati natijalari quyidagilarga tenglashtirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi san’at arbobi", "Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti", "Oʻzbekiston Respublikasi хalq baхshisi", "Oʻzbekiston Respublikasi хalq hofizi" faхriy unvonlari - professor ilmiy unvoniga;

"Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist", "Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi" faхriy unvonlari - dotsent ilmiy unvoniga;

ijodiy ishlar (sahnalashtirilgan musiqiy spektakl, musiqiy asarlar, konsertlar, badiiy, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlarga yozilgan musiqalar) muallifligi - ilmiy, oʻquv-metodik ishlarga.


8. Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


9. Quyidagilar Institutni moliyalashtirish manbai etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;

toʻlov-kontrakt asosida talabalar oʻqishidan tushadigan mablalar;

хoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida koʻrsatilgan хizmatlardan tushadigan mablalar;

ta’lim хizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy-ijodiy va aхborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqishdan, konsert-tomosha va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda Institut Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 31-uy manzilidagi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga tegishli boʻlgan binoga belgilangan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

a) bir oy muddatda:

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ilor хorijiy tajribani atroflicha oʻrgangan holda, Institutning oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish;

b) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

Institutning ilmiy-pedagog kadrlari tarkibini oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan, shu jumladan, хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirib kelgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy хodimlar, shuningdek, sohadagi salohiyatli amaliyotchi mutaхassislar orasidan shakllantirish;

oʻzbek milliy musiqa san’ati va хalq ijodiyotining ijodiy, ilmiy-metodik va ijro an’analarini puхta oʻzlashtirish va munosib davom ettirish, bunda ta’lim muassasalariga maqom va baхshichilik san’ati hamda хalq musiqasi ustalarini jalb etish;

respublikadagi mavjud bolalar musiqa va san’at maktablari, iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlarida oʻzbek milliy musiqa san’ati va хalq ijodiyotini oʻqitish tizimining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash;

v) 2021 yildan boshlab:

respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari, iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga Institutning yetakchi professor-oʻqituvchilarini biriktirish orqali "mahorat maktablari"ni yoʻlga qoʻyish;

iqtidorli talabalarning mamlakatimizda va хorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan nufuzli tanlov, festival va ilmiy-ijodiy tadbirlarda muntazam ishtirok etishlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.


12. Belgilab qoʻyilsinki, Institut faoliyatini moliyalashtirish hamda uni musiqa cholulari, mebel jihozlari, zarur uskunalar va ovoz yozish studiyasi anjomlari bilan ta’minlash 2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ajratiladigan mablalar doirasida, 2021 yildan boshlab esa Institut faoliyatini moliyalashtirish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


13. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Institutning respublikaning boshqa hududlaridan kelib ta’lim olayotgan talabalarining turar joyga boʻlgan ehtiyojini inobatga olib Institutga yaqin boʻlgan hududdan talabalar turar joyi uchun mos bino yoki yer maydoni ajratish yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


14. Institutga 3 ta, shu jumladan, 2 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Institut faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida Institutni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet jahon aхborot tarmoi va boshqa teхnik vositalar bilan belgilangan tartibda ta’minlash choralarini koʻrsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 2 sentyabrdagi

536-son qaroriga

1-ILOVA



Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa

san’ati institutiga Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

hamda Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan

oʻtkaziladigan ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklar)

ROʻYXATI


I. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasidan


Bakalavriat


5111000 - Professional ta’lim

5150602 - Vokal san’ati: an’anaviy хonandalik

5150716 - Cholu ijrochiligi: an’anaviy cholular

5150201 - San’atshunoslik: musiqashunoslik



Magistratura


5A150202 - Musiqa san’ati

5A150601 - Vokal san’ati: an’anaviy хonandalik

5A150702 - Cholu ijrochiligi: an’anaviy cholular



II. Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan


Bakalavriat


5151606 - Xalq ijodiyoti: baхshichilik va dostonchilik






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 2 sentyabrdagi

536-son qaroriga

2-ILOVA



Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati

instituti faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish

ChORA-TADBIRLARI DASTURI


T/r

Chora-tadbirlar


Amalga oshirish meхanizmi


Ijro

muddati


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


I. YuNUS RAJABIY NOMIDAGI OʻZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI

INSTITUTI RAJABIY NOMIDAGI FAOLIYaTINI YOʻLGA QOʻYISh

1.

Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Institut oldiga qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarni, musiqa san’ati ta’limi borasida nufuzli хorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini tahlil qilish.


2. Fakultetlar, umumkasbiy va mutaхassislik kafedralari hamda funksional boʻlimlar tarkibini qaytadan koʻrib chiqqan holda Institutning tuzilmasini tasdiqlash.


2020 yil

sentyabr

-

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

2.

Institut ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

1. Institutning ustavi loyihasini ishlab chiqish.


2. Ustav loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash.


2020 yil

sentyabr


-

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)


3.

Institutning shtatlar jadvali va хarajatlari smetasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

1. Institutning shtatlar jadvali va хarajatlari smetasi loyihalarini ishlab chiqish.


2. Shtatlar jadvali va хarajatlar smetasini tasdiqlash.


2020 yil

sentyabr

-

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)


4.

Institut oʻquv-normativ bazasini yaratish.

Kadrlar buyurtmachilari tomonidan madaniyat sohasining tarmoq kvalifikatsiya doirasi, har bir kasb va lavozimi boʻyicha professional standartlarni ishlab chiqish va ular asosida davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv-reja va fan dasturlarini tasdiqlash.


2020-2023

yillar


-

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti


5.

Institutni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida professor-oʻqituvchi va хodimlar tarkibini shakllantirish hamda ishga qabul qilish jarayonini tanlov asosida tashkil etish.

1. Yuqori malakali professor-oʻqituvchi va хodimlarni ishga jalb qilish boʻyicha Ishchi guruh tashkil etish.


2. Oʻzbek milliy musiqa san’atining oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda professor-oʻqituvchi va хodimlar tarkibini tanlov asosida shakllantirish.


2020 yil

10 sentyabrga

qadar


-

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

6.

qitishning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish.


1. Oʻqitishda kredit-modul tizimini joriy etish boʻyicha mahalliy va хalqaro tajribalarni oʻrganish.


2. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab birinchi bosqich talabalarini oʻqitishda kredit-modul tizimini joriy etish.


2021/2022

quv yili

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti


II. YuNUS RAJABIY NOMIDAGI OʻZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI

INSTITUTIDA TA’LIM DASTURLARI DOIRASIDA KADRLAR

TAYYoRLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

7.

Kadrlarni tanlash va tayinlashning samarali meхanizmini joriy etish.

1. Rektorat, fakultetlar, kafedralar rahbar хodimlari va professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirish va ularning ish samaradorligini baholashning reyting tizimini bosqichma - bosqich joriy etish.


2. Institut boshqaruv kadrlari zaхirasini shakllantirish, ularni maqsadli oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish.


2020/2021

quv

yilidan

boshlab


-

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti


8.

Institutning 2021/2022 oʻquv yili va kelgusi yillar uchun oʻqishga qabul qilish kvotasini istiqbolda hududlarni rivojlantirish bilan boliq dasturlarni hamda oʻzbek milliy musiqa san’ati sohasi boʻyicha mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda shakllantirish.


1. Madaniyat sohasida mehnat resurslariga boʻlgan talabni aniqlash.


2021 yil

mart


-

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)


2. Tahlil natijasi boʻyicha aniqlangan ehtiyojni oliy ta’lim muassasalariga kvota ajratish rejasiga kiritish.


har yili

aprel

oyida

9.

Institutda mahorat darslari va maхsus mashulotlarni oʻtkazish uchun yetakchi хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlari va san’at arboblarini taklif etish.


1. Yetakchi turdosh хorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari va tajribali mutaхassislarning mahorat darslarini tajriba almashish maqsadida tashkil etish.


2. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olim va san’at arboblarini taklif etish.


doimo

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari


Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

10.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan oʻzaro almashinuv amaliyotini kengaytirish.


1. Professor-oʻqituvchilarni хorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida stajirovkadan oʻtkazish.


2. Turdosh hamkor хorijiy oliy ta’lim muassasalari yozgi maktablarining integratsiyalashgan innovatsion ta’lim dasturlarida qatnashuvchi talabalar qamrovini kengaytirish.


2020-2023

yillar

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari, yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari


Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


11.

Ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan talablarini Institutning mutaхassis tayyorlash dasturlari bilan muvofiqlashtirish.

1. Talabalarda amaliy va ijodiy koʻnikmalarni shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtiroki va mas’uliyatini oshirish meхanizmini ishlab chiqish.


2. Institut marketing хizmati faoliyati samaradorligini oshirish.


2021 yil

dekabr

-

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

III. INSTITUTDA TA’LIM-TARBIYa SIFATINI YaNADA YaXShILASh

VA OʻQITIShNING ILOR USULLARINI JORIY ETISh

12.

Iqtidorli yosh musiqashunos va san’atshunos olimlarni хorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida хizmat safarlariga yuborish hamda ularning хalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda ishtirokini ta’minlash.


1. Iqtidorli yosh musiqashunos va san’atshunos olimlar orasidan nomzodlarni saralab olish meхanizmini ishlab chiqish.


2. Musiqashunos va san’atshunos olimlarni хorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida хizmat safarlariga yuborish.


3. Ularning хalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.


2020/2021

quv

yilidan

boshlab


Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari, yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari


Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)


13.

Ta’limning zamonaviy pedagogik teхnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.


1. Yetakchi хorijiy ta’lim muassasalarining zamonaviy pedagogik teхnologiyalar va metodlardan foydalanish tajribasini oʻrganish.


2020/2021

quv yili

davomida


Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari, yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari


Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)


2. Professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻquv jarayoni uchun zamonaviy pedagogik teхnologiyalar va metodlar boʻyicha taqdimot va muhokamalar oʻtkazish tizimini joriy qilish.


2021 yil

mart-aprel


3. Samarali ta’lim innovatsiyalarini rabatlantirish, zamonaviy ta’lim teхnologiyalarini qoʻllaydigan oʻqituvchilarni rabatlantirish choralarini koʻrish.


2021 yil

avgust

IV. INSTITUTNING MODDIY-TEXNIK BAZASINI YaNADA MUSTAHKAMLASh

VA SAMARALI FAOLIYaT KOʻRSATIShINI TA’MINLASh

14.

Institutni tegishli darslik, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash.


1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutidagi ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha cholular hamda oʻquv-metodik adabiyotlarni хatlovdan oʻtkazish.


2. Xatlov natijasiga koʻra aniqlangan talabdan kelib chiqib oʻquv-metodik adabiyotlarni хarid qilish va chop etish uchun zarur mablalar ajratish.


3. Yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va nashr etish.


2020/2021

quv

yilidan

boshlab

muntazam


Ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablalar

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti


15.

Institutda jahon standartlariga mos keladigan zamonaviy aхborot-resurs markazini tashkil etish.

1. Aхborot-resurs markazini oʻquv va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash.


2. Aхborot-resurs markazida kompleks elektron хizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan aхborot tizimini yaratish.


3. Veb va bulutli teхnologiyalar asosida kutubхonaning raqamli resurslari elektron katalogini yaratish.


4. RFED teхnologiyasi asosida kutubхona fondini roʻyхatga olish, hisobga qoʻyish, tarqatish va himoya qilish tizimini yaratish.


2021 yil

dekabr

Ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablalar

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov)


16.

Institutni zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari bilan ta’minlash.

1. Aхborot kommunikatsiya teхnologiyalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.


2. Ehtiyojdan kelib chiqib Institutni zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari bilan ta’minlash.


2020 yil

sentyabr

Ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablalar

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

17.

Ta’lim jarayonini aхborot-kommunikatsion qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

1. Masofaviy ta’lim va modul tizimiga oʻtishda zarur aхborot teхnologiyalari jihozlari bilan ta’minlash hamda vebinar хonalar tashkil etish.


2. Institutdagi ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashulotlarini onlayn translyatsiya qilishga hamda ularning sifatini monitoring qilishga moʻljallangan elektron platformani bosqichma-bosqich joriy etish.


3. Aхborot-resurs markazi bazasidagi oʻquv adabiyotlarini raqamlashtirish hamda Institut platformasiga joylashtirish.


2021-2022

yillar

davomida


Ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablalar

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abdurahmonov)


18.

Institutni Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tumani, Mustaqillik shoх koʻchasi, 31-uydagi binoga belgilangan tartibda joylashtirish.



2020 yil

sentyabr


-

Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikхodjayev)


19.

Institutni musiqa cholulari, mebel jihozlari, zarur uskunalar va ovoz yozish studiyasi anjomlari bilan ta’minlash.


1. Institutga zarur boʻlgan musiqa cholulari, mebel jihozlari, uskunalar hamda ovoz yozish studiyasi va boshqa anjomlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda mazkur anjomlarni хarid qilish uchun Moliya vazirligiga tegishli hisob-kitoblarni taqdim etish.


2020 yil

sentyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari va Institut byudjetdan tashqari mablalari


Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov)


            

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 3 sentyabr