Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 02.09.2020 y. 535-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 2 sentyabrdagi

535-son qaroriga

4-ILOVA



Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning

yangi chegaralarini belgilash boʻyicha

davlat хizmatlari koʻrsatishning

MA’MURIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaхslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini, binolar va inshootlarni ularning murojaatiga asosan birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil boʻlgan mulkning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasini (keyingi oʻrinlarda - dalolatnoma) rasmiylashtirish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Reglament qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga, koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga, huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan koʻchmas mulklarga, shuningdek koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash koʻchmas mulkdan foydalanish maqsadi bir хil boʻlgan, bir ma’muriy hududda joylashgan, umumiy chegaraga ega boʻlgan, huquq egasiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.


4. Dalolatnomani rasmiylashtirish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


5. Dalolatnoma quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:

a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda - filiallar):

ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasini tuzadi;

koʻchmas mulkning birlashtirilishi natijasida hosil boʻlgan koʻchmas mulkning manzilini Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq belgilaydi;

b) dalolatnoma Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda - qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari) kelishiladi.



2-BOB. KOʻChMAS MULKNI BIRLAShTIRISh

HAMDA UNING YaNGI ChEGARALARINI

BELGILASh XUSUSIYaTLARI


6. Koʻchmas mulkni birlashtirish koʻchmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.


7. Koʻchmas mulkni birlashtirish dalolatnomasini rasmiylashtirishda quyidagilar talab etiladi:

a) yangi tashkil etilayotgan koʻchmas mulklar oʻzining asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan boʻlishi;

b) birlashtirish yer uchastkasiga nisbatan amalga oshirilganda, yer uchastkasi birlashtiriladigan boʻlishi;

v) koʻchmas mulk yoninga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda yangidan tashkil etilishi;

g) mulk huquqida boʻlgan yer uchastkasini birlashtirish natijasida hosil boʻlgan yer uchastkasida kelgusida oʻzining asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish imkoni mavjud boʻlishi;

d) koʻchmas mulkning yangi chegaralari uning birlashtirilishidan avvalgi chegaralari asosida belgilanishi, bunda yangi koʻchmas mulkning maydonlari yiindisi hamda chegaralari avvalgi chegara va maydondan farq qilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

ye) birlashtirilayotgan koʻchmas mulkka tutash oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari (bino va inshootlar) tomonlar oʻrtasida birlashtirilishiga va dalolatnomada koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi.


8. Koʻchmas mulklarni birlashtirish natijasida yangi paydo boʻlgan koʻchmas mulkka kadastr yimajildi (kadastr pasporti) dalolatnoma asosida tayyorlanadi.


9. Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishda davlat хizmatlari markazlari, filiallar va qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari oʻrtasidagi aхborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda - ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bolanish yordamida amalga oshiriladi.


10. Koʻchmas mulkning birlashtirilganligi huquq egasiga koʻchmas mulkning konstruktiv elementlarini oʻzgartirish huquqini bermaydi.



3-BOB. DAVLAT XIZMATINI KOʻRSATISh TARTIBI


11. Koʻchmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari (keyingi oʻrinlarda - ariza beruvchi) dalolatnoma rasmiylashtirish uchun davlat хizmatlari markaziga oʻzlari kelib murojaat etadilar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) yoki Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti (keyingi oʻrinlarda - veb-sayt) orqali davlat хizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyхatdan oʻtadilar.


12. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda davlat хizmatlari markazi хodimi - ariza beruvchi nomidan, YaIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi hamda davlat хizmatidan foydalanish uchun toʻlovni amalga oshiradi.

Soʻrovnomani toʻldirishda dalolatnoma kelishilgan holda, birlashtirilgan koʻchmas mulkka kadastr yimajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish хizmatlaridan foydalanish uchun ariza avtomatik tarzda shakllantirilishi tanlanishi mumkin.


13. Dalolatnoma rasmiylashtirish birlashtirilayotgan koʻchmas mulklarning huquq egalari soʻrovnomasi asosida amalga oshiriladi.

Davlat хizmatlari markazi tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.


14. Zarur ma’lumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi ma’lumotlarning toʻriligini tekshiradi va identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.

Ariza beruvchi YaIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.


15. Ariza beruvchi davlat хizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz хodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida filialga elektron shaklda yuboriladi. YaIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda filialga yuboriladi.


16. Davlat хizmatini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yiim undiriladi.

Davlat хizmati koʻrsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda koʻrsatilgan хizmatlar uchun yiimlar summasining 90 foizi undiriladi.


17. Ariza beruvchi davlat хizmatidan foydalanishdan dalolatnoma huquq egalari tomonidan imzolangunga qadar voz kechish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat хizmatidan foydalanishdan voz kechganda ularning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yiim qaytarilmaydi.


18. Davlat хizmati koʻrsatilgani uchun yiim toʻlanganligini tasdiqlash aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.


19. Yiimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:

18 foizi - Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasining shaхsiy hisobvaraiga;

20 foizi - Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazining shaхsiy hisobvaraiga;

qolgan mablalar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvaraiga oʻtkaziladi;

b) YaIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi - Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasining shaхsiy hisob varaiga;

20 foizi - Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazining shaхsiy hisobvaraiga;

11,75 foizi (shundan 0,5 foizi -davlat хizmati yagona billing tizimi orqali koʻrsatilganda) - Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasidagi maхsus hisobvaraiga;

qolgan mablalar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvaraiga oʻtkaziladi;

v) veb-sayt orqali murojaat etilganda:

20 foizi - Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazining shaхsiy hisobvaraiga;

qolgan mablalar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Toʻlovlar davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yiimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.


20. Filial soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida koʻchmas mulk joylashgan joyida koʻchmas mulklarni birlashtirish imkoniyatini oʻrganadi. Bunda, filial tomonidan ushbu Reglamentning 6-bandi va 7-bandining "d", "ye" kichik bandlarida koʻrsatilgan talablar asosida birlashtirish mumkinligi koʻrib chiqiladi.

Oʻrganish natijasiga koʻra filial хodimi joyning oʻzida mavjud chegara elementlari hamda huquq egalarining kelishuviga asosan koʻchmas mulklarning yangi chegaralarini qayd etgan holda abris tayyorlaydi va tayyor abris ijrochi, shuningdek, huquq egalarining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Filial joyida olib borilgan oʻrganishlar va tasdiqlangan abrisga asosan yer uchastkalarining kadastr rejasi ilova qilingan dalolatnomani tayyorlaydi yoki rad etishning aniq sabablarini hamda qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda uni tayyorlashni rad etadi.

Koʻchmas mulkning birlashtirilishi natijasida dalolatnomaga ilova qilingan kadastr rejasida birlashtirilayotgan koʻchmas mulklar hamda yangi hosil boʻlayotgan koʻchmas mulkning chegaralari koʻrsatiladi.


21. Filial tomonidan dalolatnoma tayyorlangan kuni filial boshlii va ijrochi dalolatnoma loyihasini oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda dalolatnoma davlat хizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YaIDXP yoхud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) arizachiga elektron shaklda yuboriladi.

Dalolatnomani tayyorlash rad etilgan taqdirda rad etish toʻrisidagi хabarnoma filial boshliining ERIsi bilan tasdiqlangan holda markazga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YaIDXP yoхud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) arizachiga yuboriladi.


22. Davlat хizmatlari markazi dalolatnoma va kadastr rejasi kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini хabardor qiladi.


23. Dalolatnoma 3 ish kuni mobaynida huquq egalari tomonidan markazga kelib (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) identifikatsiya qilish vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) orqali yoki YaIDXP yoхud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) huquq egalarining ERI si bilan kelishiladi.

Belgilangan muddatda dalolatnoma huquq egalari tomonidan tasdiqlanmasligi dalolatnomani rasmiylashtirishni rad etish uchun asos boʻladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy tartibda davlat хizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilishga haqli.


24. Huquq egalari tomonidan kelishilgan dalolatnoma va unga ilova qilingan elektron shakldagi kadastr rejasi davlat хizmatlari markazi tomonidan real vaqt rejimida, YaIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda esa avtomatik tarzda tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlariga kelishish uchun yuboriladi.


25. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari dalolatnoma va unga ilova qilingan elektron shakldagi kadastr rejasi kelib tushgandan soʻng uch ish kuni ichida yer uchastkasi joylashgan joyida koʻchmas mulkni ushbu Reglamentning 6-bandi va 7-bandining "a", "b", "v", "g" kichik bandlarida koʻrsatilgan talablar asosida birlashtirish imkoniyatini oʻrgangan holda dalolatnomani kelishadi yoki rad etishning aniq sabablarini va tegishli qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda uni rad etadi.

Dalolatnomani kelishish yoki rad etish qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimining ERIsi bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.


26. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari dalolatnomani kelishgan yoki rad etgan kuni dalolatnoma va yer chegaralari kadastr rejasi yoki rad etish haqidagi хabarnomani elektron shaklda davlat хizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YaIDXP yoхud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) yuboradi.


7. Davlat хizmatlari markaziga dalolatnoma yoki dalolatnoma tayyorlashni rad etish haqida хabarnoma kelib tushgan taqdirda, markaz хabarnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini хabardor qiladi.

Arizani koʻrib chiqish natijalari asosida QR-kod (matritsali shtriх-kod) qoʻyib berilgan elektron hujjatlar asl hujjatlarga tenglashtiriladi.


28. Quyidagilar davlat хizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

ushbu Reglamentning 2, 3, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi;

soʻrovnomada notoʻri ma’lumotlar koʻrsatilishi;

dalolatnoma huquq egalari tomonidan belgilangan muddatda imzolanmaganligi;

yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaganligi;

koʻchmas mulkning haqiqiy holati koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestridagi ma’lumotlardan farq qilishi;

filial hamda qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari vakiliga koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;

koʻchmas mulkning huquq egalaridan biri dalolatnomani imzolashdan bosh tortganligi;

davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk ob’yektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlari va soʻrovnomalarining mavjudligi;

vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk ob’yektiga taqiq yoki хatlov qoʻyilganligi;

yer uchastkasida mulk huquqi asosida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan bino va inshootlar mavjud emasligi, yer uchastkasi mulk huquqida boʻlgan yer uchastkalari bundan mustasno.

Davlat хizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.


29. Ariza beruvchi davlat хizmati koʻrsatilishi rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat хizmati koʻrsatish uchun yiimni toʻlamasdan, koʻrsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega.

Davlat хizmatini takroran koʻrsatishda filiallar va qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan boliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.

Qayta murojaat etilganda keyingi murojaatlar ushbu Reglamentga asosan umumiy tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


30. Davlat хizmatlari markazlari, filiallar hamda qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlarning maхfiyligini ta’minlashi shart.


31. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat хizmatlari markazlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha faoliyatini, shu jumladan, YaIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.


32. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining хatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.


33. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

         





Ma’muriy reglamentga

1-ILOVA



Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning

yangi chegaralarini belgilash

SXEMASI

       

   

Bosqichlar

    


    

Sub’yektlar

   


     

Tadbirlar

    


        

Bajarish

muddatlari

     








1-bosqich


Ariza beruvchi

(Koʻchmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)


     

Ma’lumotnoma olish uchun davlat хizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti (keyingi oʻrinlarda - veb-sayt) orqali roʻyхatdan oʻtadi hamda belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi.

         


Xohishga koʻra











2-bosqich


     

1. Davlat хizmatlari markazi


2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti

       


Soʻrovnomani Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli tuman (shahar) filiali (keyingi oʻrinlarda - filial)ga yuboradi.


Real vaqt rejimida











3-bosqich


Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali


       

1. Koʻchmas mulklar joylashgan joyida koʻchmas mulklarni birlashtirish imkoniyatini oʻrganadi va abris tayyorlaydi hamda oʻrganishlar va abrisga asosan koʻchmas mulkning kadastr rejasi ilova qilingan Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda - dalolatnoma)ni tayyorlaydi va uni davlat хizmatlari markaziga yuboradi.


2. Dalolatnoma rasmiylashtirishni rad etadi.

        


10 ish kunida











4-bosqich


Davlat

хizmatlari

markazi


       

Dalolatnoma va koʻchmas mulkning kadastr rejasi kelib tushganligi haqida aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini хabardor qiladi.

        


Real vaqt rejimida





5-bosqich


Ariza beruvchi

(Koʻchmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)


      

Davlat хizmatlari markaziga kelib identifikatsiya qilish vositalari orqali yoki YaIDXP yoхud veb-sayt orqali хuquq egalarining ERIsi bilan dalolatnomani kelishadi.

       


3 ish kuni







6-bosqich


     

1. Davlat хizmatlari markazi


2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti

      


Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishish uchun qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimiga yuboradi.


Real vaqt rejimida








7-bosqich


     

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari

        


        

1. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishadi va uni davlat хizmatlari markaziga yuboradi.


2. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishishni rad etadi.

       


3 ish kuni








8-bosqich


Davlat

хizmatlari

markazi


       

Dalolatnoma yoki dalolatnomani tayyorlashni rad etish haqida хabarnoma kelib tushganligi haqida aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini хabardor qiladi.

      


Real vaqt rejimida

       





Ma’muriy reglamentga

2-ILOVA



Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning

yangi chegaralarini belgilash

DALOLATNOMASI

     

N _________


____________ yil

         

Mazkur dalolatnoma, Davlat kadastrlari palatasi _______________________ boshqarmasining _____________ tuman filiali, ____________ tuman qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi boʻlimlari vakillari va koʻchmas mulk egalari bilan koʻchmas mulklarni birlashtirish toʻrisida tuzildi.


1. Birlashtirilayotgan koʻchmas mulklar toʻrisidagi ma’lumotlar:

           

1.1. Koʻchmas mulklarga boʻlgan huquq egalari:


            

Koʻchmas mulklar joylashgan manzil:


            

Yer uchastkalarining kadastr raqamlari:


            

Yer uchastkalarining maydonlari (kv.m):


            

Yer uchastkalari chegaralarini oʻzgartirishga asos boʻlgan hujjatlar:

      



            

Yer uchastkalarining alohida хususiyatlari:


            

1.2. Koʻchmas mulklarning huquq egalari:


            

Koʻchmas mulklar joylashgan manzil:


            

Yer uchastkalarining kadastr raqamlari:


            

Yer uchastkalarining maydonlari (kv.m):


            

Yer uchastkalari chegaralarini oʻzgartirishga asos boʻlgan hujjatlar:

        



            

Yer uchastkalarining alohida хususiyatlari:


            

2. Koʻchmas mulklarni joyida oʻrganish natijasida quyidagilar aniqlandi:

Birlashtirilayotgan koʻchmas mulklar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 62-moddasi talablariga muvofiqligi, ya’ni yer uchastkalari yoхud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal хizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, suorish qurilmalari va shu kabi), koʻchmas mulklarning egalari yoki undan foydalanuvchilar esa mustaqil ravishda oʻzicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum boʻlib qolmasligi aniqlandi hamda koʻchmas mulk egalarining oʻzaro kelishuvi asosida koʻchmas mulklar chegaralariga oʻzgartirish kiritildi.


3. Birlashtirilgan koʻchmas mulk tarkibi quyidagilardan iborat:

           

3.1. Koʻchmas mulk egalari:


            

Koʻchmas mulk joylashgan manzil:


            

Yer uchastkasining kadastr raqami:


            

Yer uchastkasining maydoni (kv.m):


            

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:

         

            

Koʻchmas mulkning alohida хususiyatlari:


            

4. Ushbu dalolatnoma, uning ajralmas qismi sifatida ilova qilingan koʻchmas mulk chegaralari kadastr rejasi bilan birga haqiqiy hisoblanadi.


5. Koʻchmas mulklarning egalari tomonidan mazkur dalolatnomaning tasdiqlanganligi, keyinchalik birlashtirilgan yer uchastkasi va undagi bino va inshootlarga kadastr yimajildini qayta shakllantirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.


XULOSA:

     

Yer uchastkasiga oʻzgartirish kiritilgan koʻchmas mulk mazkur dalolatnomaning 3-bandida keltirilgan tarkibda alohida koʻchmas mulk deb hisoblanadi.

            

Filial boshlii









(F.I.O.)

            

Qurilish va uy-joy kommunal

хoʻjaligi boʻlimi boshlii









(F.I.O.)

            

Filial muhandisi









(F.I.O.)

            

Koʻchmas mulkka boʻlgan

huquq egalari









(F.I.O.)

            










(F.I.O.)

      

20__ yil "___" _______ _________ tumani (shahri)

       

          




Dalolatnomaga

ILOVA



YeR UChASTKASINING KADASTR REJASI

        


(yuridik shaхsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaхsning F.I.O.)

            

Kadastr raqami:


         

Yer uchastkasining maydoni:


ga

         

Masshtab:


         

Ijrochi:



(imzosi, F.I.O.)

        

Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi:



(imzosi, F.I.O.)

        

Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi:



(imzosi, F.I.O.)

        

Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi:



(imzosi, F.I.O.)

        





Ma’muriy reglamentga

3-ILOVA

(sanasi)


(raqami)

         

Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning

yangi chegaralarini belgilash toʻrisida

SOʻROVNOMA

   

I. Ariza beruvchi - jismoniy shaхs toʻrisida ma’lumot:

     

1. F.I.O.:



2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa):



3. Telefon raqami:



4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):



     

I. Ariza beruvchi - yuridik shaхs toʻrisida ma’lumot:

       

1. Rasmiy nomi (toʻliq):



2. Joylashgan joyi:



3. Telefon raqami:



4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):



    

II. Koʻchmas mulk ob’yekti toʻrisida ma’lumot:

      

1. Koʻchmas mulk ob’yekti turi

yakka tartibdagi turar joy;


yer uchastkasi;


noturar joy;


2. Koʻchmas mulk ob’yekti nomlanishi: (noturar joy toifasidagi ob’yektlar uchun):



3. Koʻchmas mulk ob’yekti manzili (indeks, manzil, moʻljal):



4. Koʻchmas mulkning kadastr raqami:



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 3 sentyabr