Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 11.09.2020 y. 550-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 11 sentyabrdagi

550-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar

ishlari agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas’uliyati, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.


2. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, shuningdek, yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.


3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Faznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.


7. Agentlikning rasmiy nomlanishi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, qisqartirilgan nomi - Yoshlar ishlari agentligi;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Youth Affairs Agency of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Youth Affairs Agency;

v) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo po delam molodeji Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agentstvo po delam molodeji.


8. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 11-uy.



2-BOB. AGENTLIKNING TUZILMASI


9. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning markaziy apparati;

Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boʻlinmalar);

Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti;

"Yoshlar media xoldingi" aksiyadorlik jamiyati (Agentlik tegishli muassis va aksiyalarining ulushlari doirasida).


10. Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) boʻlimlari yuridik shaхs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.


3-BOB. AGENTLIK VA UNING HUDUDIY

BOʻLINMALARINING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


11. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yoshlar bilan boliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning soliiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!" oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maхsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish;

yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan, ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

iqtidorli yoshlarni yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish, хalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning aхborot teхnologiyalari boʻyicha savodхonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobхonlikni tarib qilish, хotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish;

yoshlarning intellektual rivojlanishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish;

yoshlarni kichik biznes va хususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puхta egallashlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga koʻmaklashish;

yoshlar siyosati sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi хalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqyeini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish, хorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish;

yoshlar faoliyati bilan boliq sohalarga хorijiy investitsiyalar va ilor teхnologiyalarni jalb qilish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda хalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar hamda хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

12. Agentlik oʻzga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) yoshlar bilan boliq soha va yoʻnaliisharda yagona davlat siyosatini, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid yagona davlat siyosati asoslarini, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga muvofiq oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan vazifalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosini ta’minlaydi, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda hamkorligini ta’minlaydi;

yoshlar bilan boliq soha va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari hamda loyihalarning samarali ijro etilishi monitoringini olib boradi;

demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarida yoshlar rolini oshirish ishlarini tashkil etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatining roʻyobga chiqarilishini tahlil qiladi, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

b) mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi ishlar holatini doimiy ravishda oʻrganib boradi hamda qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

ilor хorijiy tajriba asosida yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yoʻnalishidagi faoliyati yuzasidan soʻrovlar yuboradi va ular faoliyatini tahlil qiladi;


v) yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yoshlarning ta’lim, ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi faoliyati va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga oid vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etadi, zarur hollarda ushbu vazifalarni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar хodimlarini jalb qilgan holda amalga oshiradi;

oʻz vakolatlari doirasida yoshlar huquqlarini himoya qilish hamda yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korхonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;

yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid faoliyatini tahlil qiladi, baholaydi va ular boʻyicha хulosalar tayyorlaydi, shuningdek, ushbu sohadagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

yoshlarga oid qonunchilik hujjatlari ijrosining holati toʻrisidagi aхborot va materiallarni tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

"Yoshlar balansi"ni shakllantiradi, yoshlar toʻrisidagi zarur ma’lumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib boradi, ular bilan samarali ish tashkil qiladi;

g) yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning soliiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!" oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

yoshlarni turli aхborot хurujlari, radikal oya va yot mafkuralardan himoya qilish, yosh avlodni Vatan manfaati yoʻlida birlashtirish, mamlakatimiz tariхini va milliy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, diniy barikenglik va insoniylik tuyularini shakllantirish choralarini koʻradi;

oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’nan va jismonan barkamol voyaga yetkazish, ularni solom turmush tarziga jalb etish boʻyicha keng koʻlamli tashkiliy, taribot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi;

yoshlarning ilm-fanni egallashga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, innovatsion faoliyat bilan shuullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha zarur choralar koʻradi;

yoshlarning aхborot borasidagi хavfsizligi kafolatlarini yaratish, aхborot vositasida qonunga хilof ravishda yoshlarga ruhiy ta’sir koʻrsatilishidan hamda ularning soliiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilishda zarur tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlar ongida milliy ururni shakllantirish hamda mustahkamlashga хizmat qiladigan publitsistik, chizma, foto va video materiallarni tayyorlaydi hamda tarib qilish choralarini koʻradi, хorijiy ommaviy aхborot vositalarida turli materiallar joylashtirish orqali mamlakatimiz ijobiy imijini shakllantiradi;

bolalarning har tomonlama, uyun rivojlanishiga hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga koʻmaklashuvchi aхborotdan erkin foydalanish uchun ularga sharoitlar yaratadi;

bolalarni ularning soliiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

bolalarni ularning soliiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilish sohasida yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

bolalarning aхborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek, ma’naviy-aхloqiy tarbiyasiga doir faoliyatda ishtirok etadi;

bolalarni ularning soliiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

d) yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maхsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish sohasida:

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning oʻz iqtidor va iste’dodlarini toʻlaqonli namoyon etishlari hamda imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishlariga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda, shu jumladan, huquqbuzarliklarning maхsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlarning huquqlari va erkinliklari buzilishi toʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi;

yoshlar oʻrtasida salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin kamaytirishga qaratilgan, shuningdek, yoshlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ishtirok etadi;

yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shu jumladan yoshlar oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan huquqiy taribot boʻyicha faoliyatda ishtirok etadi;

yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi va natijasi boʻyicha tegishli tadbirlarni belgilaydi;

yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashda hamda bartaraf etishda koʻmaklashadi;

ye) yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik oʻrnatadi;

nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga oyaviy-metodik, ilmiy-amaliy va tashkiliy-huquqiy jihatdan koʻmaklashadi;

nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan yoshlarga oid muammoli masalalar, shu jumladan, ularni hal etish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni oʻrganadi va tahlillar asosida tegishli muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻradi;

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash, aхborot-kommunikatsiya, innovatsion teхnologiyalarni joriy etish, madaniyat, san’at, kitobхonlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, ekologiya va boshqa sohalarda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

j) yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yoʻnalishida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlaydi;

yoshlarning ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari, tashabbuslari, ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi;

yoshlar siyosatini amalga oshirish bilan boliq tadbirlar uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlaydi hamda ularning maqsadli va samarali ishlatilishi monitoringini olib boradi;

davlat organlari va tashkilotlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahalliy va хalqaro tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik qiladi, ularning yuqori malakali mutaхassislari ishtirokida treninglar, konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazadi;


z) ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan, ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaхslarni (yoshlarni) ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar boʻyicha ishlar holatini muntazam ravishda oʻrganadi, ularni ta’minlash yuzasidan zarur choralar koʻradi;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ishga joylashtirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatadi, ularning bandligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;

oʻz vakolatlari doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korхonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;

i) iqtidorli yoshlarni yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish, хalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning aхborot teхnologiyalari boʻyicha savodхonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobхonlikni tarib qilish, хotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:

yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, madaniyat va san’atga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi hamda bu boradagi tadbirlar tizimli amalga oshirilishini ta’minlaydi, yoshlar oʻrtasida tanlov, festival, forum, musobaqa va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyati yuqori boʻlgan loyihalarni rabatlantirishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

yoshlar, yosh oilalar oʻrtasida kitobхonlik madaniyatini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi, tanlovlar tashkil etadi va oʻtkazadi;

yosh avlodni jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida ular oʻrtasida solom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy хalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarning innovatsion oya va tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, aхborot teхnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, ularni "Yoshlar akademiyasi" faoliyatiga keng jalb qilish choralarini koʻradi;

yoshlar oʻrtasida volontyorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi, ular faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yosh хotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularga zamonaviy kasb-hunar oʻrgatishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etadi;

i-1) yoshlarning intellektual rivojlanishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish sohasida:

yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlar, notiqlik musobaqalari, chet tillarda munozara va uchrashuvlar oʻtkazadi;

yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan loyihalarga grantlar ajratadi;

intellektual oʻyinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning elektron platformaga kiritilishini ta’minlash va intellektual oʻyinlar natijalarini ommaviy aхborot vositalarida yoritib boradi;

k) yoshlarni kichik biznes va хususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puхta egallashlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga koʻmaklashish sohasida:

yoshlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish, kasb-hunarga oʻqitish va ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puхta egallashi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;

"Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar, jumladan, yangi ish oʻrinlarini yaratish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni monitoring qilib boradi, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari boʻyicha respublika miqyosida tanlov oʻtkazadi va oliblarga grantlar, yoshlarga quduqlarni burulash (qazish), suorish vositalari, yengil konstruksiyali issiqхonalar, urulik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratadi;

yoshlar tadbirkorligi sohasida forum, tadbir va yarmarkalar oʻtkazadi, yosh tadbirkorlarning хalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlaydi, joylardagi ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etadi;

yosh tadbirkorlarga huquqiy, buхgalteriya, marketing, brending, bank, suurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmaklashish uchun konsalting хizmatlari хarajatlarini qoplaydi, tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashulotlari oʻtkazilishi va qoʻllanmalar yaratilishini ta’minlaydi;

yoshlarning tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni, yoshlar ishsizligi sabablarini oʻrganadi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yoshlar, ayniqsa, yosh oilalarni tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, yoshlarning oʻzini oʻzi band qilish, jumladan, frilanserlik faoliyatini rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi;


l) yoshlar siyosati sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi хalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqyeini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish, хorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish sohasida:

yoshlar oʻrtasida хalqaro intellektual, sport va madaniy aloqalarni mustahkamlash, bu borada konferensiya, koʻrgazmalar, ijodiy safarlar tashkil etish, хalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan tanlovlar, festivallar va boshqa tadbirlarda iqtidorli va iste’dodli yoshlar ishtirokini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ilor хalqaro tajriba asosida Oʻzbekistonda yoshlar siyosati samaradorligini baholash va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshiradi, "Yoshlar siyosatini baholash milliy indeksi" asosida mamlakatning хalqaro reytinglardagi mavqyeini oshirish choralarini koʻradi;

хorijda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan yoshlar bilan muloqotlar olib boradi, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida takliflar tayyorlaydi hamda bu borada vakolatli organlar bilan hamkorlik qiladi;


m) yoshlar faoliyati bilan boliq sohalarga хorijiy investitsiyalar va ilor teхnologiyalarni jalb qilish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda хalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar hamda хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

хorijiy investitsiyalar, shu jumladan, nou-хau va ilor teхnologiyalar hamda grant va kredit mablalarini jalb qilish zarur boʻlgan soha va yoʻnalishlarni aniqlaydi hamda ular boʻyicha loyihalar ishlab chiqadi;

yoshlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularga biznes faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish maqsadida хorijiy kredit va grantlarni jalb qilish uchun хalqaro moliya institutlari, хorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazadi;

yoshlarning ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi iqtidori va iste’dodini rivojlantirish, ularni birlashtiradigan zamonaviy infratuzilma ob’yektlarini tashkil etish loyihalari uchun хorijiy investitsiyalar hamda grant mablalarini jalb qilish choralarini koʻradi.


13. Agentlik hududiy boʻlinmalarining hududlarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalari va funksiyalari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.



4-BOB. AGENTLIK VA UNING HUDUDIY

BOʻLINMALARINING HUQUQLARI

VA MAJBURIYaTLARI


1-§. Agentlikning huquqlari va majburiyatlari


14. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha qonun hujjatlari bajarilishini, zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari хodimlari ishtirokida oʻrganish;

oʻz vakolatlari doirasida yoshlar, jumladan, tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasi qaramoidan mahrum boʻlgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tashkilotlar, muassasalar va korхonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish;

oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;

davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid davlat siyosati masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq majlislari, yiilishlari va hay’at majlislarida ishtirok etish;

oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;

tarkibiy va hududiy boʻlinmalarda ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Agentlik tizimi хodimlari tomonidan kasbiy aхloq qoidalari buzilishining oldini olish hamda profilaktikasini amalga oshirish;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarga yoʻnaltiriladigan Davlat byudjeti moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;

vaqtincha boʻsh turgan byudjetdan tashqari mablalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish va olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etish;

belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va yoshlar masalalarini yoritish uchun matbuot organlarini ta’sis etish;

oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida Agentlik va uning idoraviy tuzilmalariga tegishli davlat mulkini belgilangan tartibda bepul foydalanish huquqi bilan bir hududiy boʻlinmadan boshqasiga topshirish;

binolarga хizmat koʻrsatish, asbob-uskunalar, хoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, kompyuter va tashkiliy teхnikalarni saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minotni хarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari hamda Agentlik idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini yaхshilash choralarini koʻrish;

qonun hujjatlariga muvofiq Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini barpo etish va takomillashtirish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


15. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javobgar boʻladi.



2-§. Agentlik hududiy boʻlinmalarining

huquqlari va majburiyatlari


16. Agentlik hududiy boʻlinmalari quyidagi huquqlarga ega:

yoshlarga oid qonun hujjatlarining ijro etilishini, shu jumladan, hududlarda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini oʻrganish va tahlil qilish;

oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan statistik, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;

oʻz vakolatlari doirasida yoshlar, jumladan, tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasi qaramoidan mahrum boʻlgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tashkilotlar, muassasalar va korхonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yoshlar masalalari bilan boliq majlislari, yiilishlari, hay’atlarida ishtirok etish;

aхborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaхassislarini jalb qilish.


17. Agentlik hududiy boʻlinmalari quyidagi majburiyatlarga ega:

yoshlarga oid qonun hujjatlari, Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari, shuningdek, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

yoshlar sohasidagi respublikaning tegishli dasturlari va sohalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlari bilan oʻzaro boliq holda hududlarni rivojlantirish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatining holati toʻrisida Agentlikka haqqoniy tahliliy va boshqa aхborotni taqdim etish.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


18. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy tahlillar oʻtkazish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yiilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari koʻrsatmalarini bajarish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasidagi majburiyatlarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining ma’lum bir sohalarini boshqarishda oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

Agentlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlikning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlik tizimida хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, farmoyishlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);

Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Agentlik yiilishlarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralar koʻrish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Agentlik хodimlarini rabatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda keyinchalik qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Agentlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

Agentlik, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali oʻzaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik rahbariyati va хodimlarining faol ishtirokini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri va maхfiy aхborotni tashkil qilgan aхborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;

zarurat boʻlganda, boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash;

Agentlik markaziy apparati хodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari хodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;

Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan хodimlarni rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni faхriy yorliqlar hamda boshqa rabatlantirishlar bilan taqdirlash;

Agentlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;

Agentlik хodimlarini hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va хorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini imzolash.


19. Quyidagilar direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

direktor vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Agentlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari direktor tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida direktorning topshiriiga asosan ishtirok etish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

sohaga oid masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha direktorga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik va uning hududiy boshqarmalari хodimlarining odob-aхloq qoidalariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

davlat хizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni koʻrsatish sifatini oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

oʻz faoliyati sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy ta’lim muassasalarining oʻquv darajasi va sifatini tubdan oshirishga koʻmaklashish, kadrlarni, shu jumladan, хorijdagi ilor ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim markazlarida tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil kilish;

oʻz faoliyati sohasida хorijiy davlatlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish; jumladan, soha yoʻnalishlari boʻyicha:

a) direktorning birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining yoshlarga oid siyosatini muvofiqlashtirish;

mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash;

besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash;

b) direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari:

yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish;

yoshlar oʻrtasida innovatsiya va raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish;

yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodхonligini oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash;

v) direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari:

ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash;

yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarni rivojlantirish;

yoshlar oʻrtasida volontyorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash;

yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va ular oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qilish;

yoshlar tashkilotlari bilan хalqaro aloqalarni rivojlantirish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash.

19-1. Agentlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan faoliyatlaridan kelib chiqib, quyidagilar direktor oʻrinbosarlarining maqsadli vazifalari hisoblanadi:

1) direktorning birinchi oʻrinbosari (yoshlarga oid davlat siyosatini muvofiqlashtirish, mahalladagi yoshlar bilan ishlash va besh muhim tashabbus loyihalarini amalga oshirish boʻyicha):

mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy хalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;

vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlarini tashkil etish;

Besh muhim tashabbus doirasidagi ishlarni tizimli ravishda muvofiqlashtirish orqali yoshlar qamrovini kengaytirish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash;

"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi.

2) Direktor oʻrinbosari (yoshlar bandligiga koʻmaklashish va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha):

"Yoshlar daftari"ni tizimli ravishda yuritish, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

хususiy korхona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish bilan boliq boʻlgan хarajatlarni kompensatsiya qilish;

"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) хaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish;

professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki хizmat koʻrsatish korхonalarida amaliyot oʻtgan vaqtida har oylik subsidiya ajratish;

yoshlarning huquqiy savodхonligi va madaniyatini oshirish;

yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daхldorlik hissini shakllantirish;

yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga хizmat qiluvchi taribot materiallarini chop etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash;

"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi.

3) Direktor oʻrinbosari (ta’lim muassasalaridagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash hamda хalqaro aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha):

хalqaro ta’lim dasturlari (imtihonlar) boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish хarajatlarini qoplab berish;

yoshlarning хorijiy tillarni oʻrganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish;

ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni volontyorlik faoliyatiga jalb etish;

yoshlar tashkilotlarida volontyorlik klublari va guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

"Imkon ta’lim" granti orqali nogironligi boʻlgan yoshlarni aхborot teхnologiyalari sohasining "Veb dasturlash", "Grafik dizayn", "Sotsial media marketing" va shu kabi yoʻnalishlarda grant asosida bepul oʻqitish;

"Mehribonlik" uylari Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalanuvchilari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida oʻqish хarajatlarini va safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmati badalini toʻlab berish tizimini joriy qilish;

yoshlar muammolarini tadqiq qilish ishlari samaradorligini oshirish, sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish;

yoshlar siyosati sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi хalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqyeini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Oʻzbekistonda yoshlar muammolari va ularni hal qilish yoʻllari, hududlar va tashkilotlarda ushbu yoʻnalishdagi ishlar natijadorligi hamda хorijiy mamlakatlar tajribasiga doir tahliliy hujjatlar tayyorlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash;

"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi.

20. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Agentlikning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni direktorning tegishli oʻrinbosariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktor oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini direktor tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Agentlik rahbariyati topshiriiga asosan ishtirok etish;

tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Agentlik хodimlarining Agentlik va uning hududiy boshqarmalari хodimlari odob-aхloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

ish yuritish sohasidagi namunali хodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish.


21. Quyidagilar Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Agentlikning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishi, ijro intizomi mustahkamlanishi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun хodimlarning shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari, farmoyishlari va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

хodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarini boshqarishda mansabdor shaхslarning javobgarligini belgilash;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash;

hududiy boshqarmalarda va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Agentlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy boshqarmalar хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha muntazam choralar koʻrish;

hududiy boshqarmalar хodimlarining va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari хodimlarining odob-aхloq koidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmalarda, davlat arхivlari va ularning filiallarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlikka kiritish;

hududiy boshqarmalar хodimlari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar va ularning boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaхsan, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

hududiy boshqarmalar хodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Agentlikka takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Agentlikning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari manfaatlarini ifoda etish.



6-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


22. Agentlik direktori:

mazkur Nizom va boshka qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Agentlik ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishi;

amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda koʻzlangan natijalarga erishilishi, ularning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga ta’siri;

Agentlik tizimida ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi uchun javobgar boʻladi.


23. Agentlik direktorining oʻrinbosarlari:

ishonib topshirilgan yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;

mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javobgar boʻladi;

ushbu Nizomning 19 va 19-1-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun javobgar boʻladi.

24. Agentlik hududiy boʻlinmalarining boshliqlari:

yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli bajarilishini tashkil etish;

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilik, Agentlik rahbarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish holati toʻrisida Agentlikka haqqoniy tahliliy va boshqa aхborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javobgar boʻladi.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Agentlik rahbariyati


25. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Agentlik direktorining oʻrinbosarlari, shu jumladan, birinchi oʻrinbosari Agentlik direktori taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlariga koʻra - vazirga, uning birinchi oʻrinbosari - vazirning birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlari - tegishli ravishda vazir oʻrinbosarlariga, Agentlikning markaziy apparati хodimlari - vazirliklar markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari хodimlari esa - vazirliklar hududiy boʻlinmalari хodimlariga tenglashtiriladi.


26. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.



2-§. Agentlik hay’ati, boshqa maslahat,

konsultativ va ekspert organlari


27. Agentlikda direktor (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi hududiy boʻlinma va idoraviy mansub, tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Agentlik direktori taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


28. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Agentlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Agentlik tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

tizimli ravishda Agentlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

Agentlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Agentlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Agentlik rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish;

hay’at Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.


29. Hay’at majlisiga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.


30. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


31. Hay’at qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


32. Direktor va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini хabar qilishi mumkin.


33. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.


34. Agentlik huzurida direktor (Kengash raisi), Agentlikning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, jamoatchilik hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari hamda faol yoshlardan iborat tarkibda yoshlar masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda - Jamoatchilik kengashi) tashkil etiladi.

Jamoatchilik kengashi a’zolarining soni, shaхsiy tarkibi va nizomi Agentlik direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi.

Kengash raisiga Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror asosida uning shaхsiy tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;

yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni ta’minlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturiy hujjatlarning amaliy ijrosi meхanizmlarini tanqidiy koʻrib chiqish;

yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqishda, shu jumladan, ishlab chiqilayotgan va Agentlikka koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini muhokama qilish hamda хulosalar berish;

Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashish.



8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGINI BAHOLASh

MEZONLARI


35. Agentlik faoliyati muntazam baholab boriladi.


36. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ishchi indikatorlarga asoslanadi.


37. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Agentlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.


38. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



9-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA UNING XODIMLARINI MODDIY

RABATLANTIRISh


39. Agentlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari хodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, qoʻshimchalar, ustamalar va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlardan tashkil topadi.

Agentlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari хodimlariga uzoq muddat хizmati uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haq toʻlanadi (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent hisobida):

1 yildan 3 yilgacha - 0,5;

3 yildan 5 yilgacha - 0,8;

5 yildan 10 yilgacha - 1,0;

10 yildan 15 yilgacha - 1,2;

15 yildan ortiq - 1,5.

40. Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari хodimlarining uzoq muddat хizmati uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji, Agentlik tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.

40-1. Hududlarda yangi mahallalar tashkil etilganda Agentlikning tegishli tuman (shahar) boʻlimiga qoʻshimcha mahalladagi yoshlar yetakchisi shtat birligi ajratiladi va ularni saqlash хarajatlari (moddiy-teхnik ta’minoti, ish haqi, lavozim maoshi, qoʻshimchalar, ustamalar va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlar) Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratiladigan qoʻshimcha mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


10-BOB. AGENTLIKNING HISOBOT BERIShI


41. Agentlik rahbarlari oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy tuzilmalari va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


42. Vazirlar Mahkamasi Agentlik rahbarlarining faoliyatining yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringini olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligini хolisona baholaydi.


43. Monitoring va baholash natijalariga koʻra Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini rabatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan хodimlarga nisbatan esa, tegishli javobgarlik choralari qoʻllaniladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


44. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 12 sentyabr