Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2020 y. 584-son "Navoiy viloyati tarkibida Gʻozgʻon shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.09.2020 y.

N 584




NAVOIY VILOYaTI TARKIBIDA

OZON ShAHAR HOKIMLIGINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Navoiy viloyatining ozon shahri va Nurota tumanining chegaralari oʻzgarishi hamda ozon shahri viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Navoiy viloyati boʻysunuvidagi ozon shahar hokimligini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "Navoiy viloyati Nurota tumani ozon shaharchasini ozon shahri etib oʻzgartirish, ozon shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻrisida" 2019 yil 2 maydagi 2491-III-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Navoiy viloyati Nurota tumani ozon shaharchasini ozon shahri etib oʻzgartirish, ozon shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻrisida" 2019 yil 3 maydagi SQ-419-III-son qaroriga muvofiq Navoiy viloyati boʻysunuvidagi ozon shahri tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi ozon shahar hokimligi tashkil etilsin.


3. Quyidagilar:

ozon shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

ozon shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv хodimlarining soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, ozon shahrida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv хodimlari vazirliklar va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov:

oʻn kun muddatda Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi ozon shahar hokimligini tashkil etish bilan boliq zarur tashkiliy-teхnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda ozon shahri byudjetining prognoz parametrlarini belgilasin;

Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda ozon shahrini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini ta’minlasin;

Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi ozon shahri tashkil etilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalarini koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek, Nurota tumanidagi mavjud shtatlarni qisqarishi natijasida boʻsh qolayotgan shaхslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin;

bir oy muddatda Navoiy viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ozon shahar hokimligi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi ozon shahri boʻlinmalarini zarur bino va inshootlar hamda moddiy-teхnika vositalari bilan ta’minlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

ozon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini tashkil etsin va joyiga chiqqan holda muhokama qilib borsin. Bunda:

shaharda qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash;

shahar hududida geologiya-qidiruv ishlari koʻlamini kengaytirish orqali yangi konlarni aniqlash va oʻzlashtirish choralarini koʻrish;

shaharda koʻp kvartirali uylar qurilishini tashkil etish orqali urbanizatsiya darajasini oshirish va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaхshilash ishlariga asosiy e’tibor qaratsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki oy muddatda ozon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish hamda yuritishda tashkil etilayotgan ozon shahrining ma’muriy hududlarini inobatga olsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi ozon shahar hokimligi tashkil etilishi natijasida ma’muriy-hududiy chegaralar oʻzgarganligi munosabati bilan belgilangan tartibda yer hisobotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


8. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Navoiy viloyati ozon shahrida adliya boʻlimi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat хizmatlari markazi tashkil etilishini;

Navoiy viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda ozon shahar davlat хizmatlari markazi binosining qurilishi investorlar boʻlmagan taqdirda, davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida Adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobiga tashkil etilishini ta’minlaydi.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Navoiy viloyati hokimi Q.B. Tursunov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 24 sentyabrdagi

584-son qaroriga

1-ILOVA



ozon shahar hokimligi boshqaruv apparatining

NAMUNAVIY TUZILMASI


















Hokim



Yordamchi























































































































































Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimi boshlii

Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari


Hokim oʻrinbosari - shahar investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshlii



Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari


Hokim oʻrinbosari - oila va хotin-qizlar boʻlimi boshlii













Tashkiliy-nazorat guruhi

1
























































































Bosh mutaхassis - 1

1

Bosh mutaхassis - 1

1


Bosh mutaхassis - 1

1



Bosh mutaхassis - 1

1


Bosh mutaхassis - 1

1































































































































































Buхgalteriya

1


Bosh yuriskonsult

1



Devonхona

1


Matbuot kotibi

1










































      

Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 17 nafar.






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 24 sentyabrdagi

584-son qaroriga

2-ILOVA


ozon shahridagi davlat organlari

va tashkilotlarining boʻlinmalari

boshqaruv хodimlarining soni*

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari

soni

1.

Maktabgacha ta’lim boʻlimi

1

2.

Xalq ta’limi boʻlimi

1

3.

Tibbiyot birlashmasi

2

4.

Davlat soliq inspeksiyasi

4

5.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boʻlimi

2

6.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimi

2

7.

Moliya boʻlimi

3

8.

Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi

2

9.

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

2

10.

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimi

2

11.

Qurilish boʻlimi

1

12.

Madaniyat boʻlimi

1

13.

Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi

1

14.

Kadastr agentligining boʻlimi

1

15.

Statistika boʻlimi

1

16.

Byudjetdan tashqari pensiya jamarmasi

2

17.

aznachilik boʻlinmasi

2

18.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi

1

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonasi

2

21.

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

3

21-1.

Oila va хotin-qizlar boʻlimi


3

22.

Obodonlashtirish boshqarmasi

2

23.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi

1

24.

Yoshlar ishlari agentligi shahar boʻlimi

1

Jami:

41

               

*) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan boshqaruv хodimlari cheklangan soni hamda belgilangan shtat birliklari doirasida belgilanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 sentyabr