Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 43-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2020-37-son "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 22.09.2020 y. Qarori (AV tomonidan 29.09.2020 y. 3188-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.09.2020 y.

N 3188-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

22.09.2020 y.

N 43


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

22.09.2020 y.

N 2020-37


QARORI



Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish

va chakana narхlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 106, 2019-59-son qarori (roʻyхat raqami 3188, 2019 yil 29 oktyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2019 y., 10/19/3188/3969-son) bilan tasdiqlangan Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

Moliya vaziri

T. Ishmetov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Sh. Kudbiyev

     





Qarorga

ILOVA



Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish

va chakana narхlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. "Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida" pozitsiyasidagi "8 600" va "10 200" raqamlari tegishli ravishda "9 400" va "11 200" raqamlari bilan almashtirilsin.


2. "Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida" pozitsiyasidagi "31 000" va "36 600" raqamlari tegishli ravishda "33 000" va "39 000" raqamlari bilan almashtirilsin.


3. "Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida" pozitsiyasidagi "22 000" va "26 000" raqamlari tegishli ravishda "24 000" va "28 500" raqamlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 29 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 5 oktyabr, 39-son, 441-modda