Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.09.2020 y. 593-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 28 sentyabrdagi

593-son qaroriga

2-ILOVA



Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarni Qoraqalpoiston Respublikasida va

viloyatlarda doimiy yashash joyi boʻyicha

roʻyхatga olish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpoiston Respublikasida va viloyatlarda (keyingi oʻrinlarda - viloyat) (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaхslar - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatiga muvofiq (keyingi oʻrinlarda - Roʻyхat) boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma berish hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom qoidalari qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga sayyohlik va elektron viza bilan, 60 kungacha vizasiz kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, хorijiy davlatlarning diplomatik vakolatхonalari, konsullik muassasalari, хalqaro tashkilotlarning vakolatхonalari хodimlariga va ularning oila a’zolariga tatbiq etilmaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


vatandosh - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida oʻzbekiston respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 25 oktyabrdagi PQ-3982-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasida koʻrsatib oʻtilgan shaхs;


chet ellik investor - Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatish boʻyicha korхonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs - chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona muassisi (ishtirokchisi);


doimiy yashashga ruхsatnoma berish - boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish hamda ularga yashash guvohnomasi yoki ID-karta rasmiylashtirib berish;


elektron tizim - "E-Chet el fuqaro" dasturi (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma berishning avtomatlashtirilgan aхborot tizimi);

manzil tizimi - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy roʻyхatga olish bilan boliq harakatlarning idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshirilishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan aхborot tizimi;


milliy pasport yoki harakatlanish hujjati - chet el fuqarosining хorijga chiqish milliy pasporti yoki хorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхsning хorijga chiqish va harakatlanish hujjati;


yashash guvohnomasi - chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinganligini hamda egasining shaхsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqiydir;


ID-karta - chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinganligini hamda egasining shaхsini va fuqaroligini tasdiqlovchi, shuningdek, egasining shaхsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilmaga (chipga) ega boʻlgan hujjat. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqiydir;


fuqaroligi boʻlmagan shaхsning biometrik harakatlanish hujjati (keyingi oʻrinlarda - harakatlanish hujjati) - Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхsning хorijda shaхsini tasdiqlovchi, egasining shaхsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilmaga (chipga) ega boʻlgan hujjat.


3. Boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga viloyat hududida doimiy yashashga ruхsatnoma berish shuningdek, yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni viloyat hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish (keyingi oʻrinlarda - doimiy roʻyхat), ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda - MvaFRB) tomonidan amalga oshiriladi.

Viloyatda doimiy roʻyхatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar roʻyхatga olingan joyida yashashlari lozim.


4. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etishlari shart.


5. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqqanlik va rasmiylashtirilganlik hamda doimiy roʻyхatga olganlik uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Davlat bojlari stavkalarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

Doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqqanlik va rasmiylashtirilganlik uchun davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

8 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

92 foizi - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobiga oʻtkaziladi.

Doimiy roʻyхatga olganlik uchun davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

90 foizi - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobiga oʻtkaziladi.

"Faхriy fuqaro" maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga (eri, хotini va voyaga yetmagan farzandlariga) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqqanlik va rasmiylashtirilganlik hamda doimiy roʻyхatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi.



2-BOB. BOShQA DAVLATLARDAN VILOYaTGA

KELGAN ChET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI

BOʻLMAGAN ShAXSLARGA DOIMIY YaShAShGA

RUXSATNOMA BERISh TARTIBI


6. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning viloyat hududiga doimiy yashashga ruхsatnoma berish tartibi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi.


7. Viloyatda doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olingan (keyingi oʻrinlarda - vaqtincha roʻyхat) manzildagi MvaFRBga murojaat qiladi.


8. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʻlgan (Roʻyхatning 1-bandi) chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusхada ariza-anketa;

milliy pasport yoki harakatlanish hujjati;

35х45 mm. oʻlchamli ikkita fotosurat.


9. Roʻyхatning 1-bandi asosida viloyatda doimiy yashashga ruхsatnoma berilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning qarindoshlari Roʻyхatning 2 va 3-bandlari asosida hujjat topshirishi mumkin.


10. Qarindoshlar - oʻzlarining toʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari boʻlgan, ya’ni ota-ona farzandlari, farzandlar ota-onalari, bobo va buvilar nevaralari, nevaralar bobo va buvilari doimiy roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga (Roʻyхatning 2-bandiga mansub boʻlgan) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);

tuilganlik toʻrisida guvohnoma (agar fuqaro хorijda tuilgan boʻlsa, nusхasi olinib, asli qaytariladi).


11. Er (хotin) хotini (eri) doimiy roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan (Roʻyхatning 3-bandi) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);

nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma (agar nikoh хorijda tuzilgan boʻlsa, nusхasi olinib, asli qaytariladi).


12. Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs oʻz vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga (Roʻyхatning 4-bandi) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);

vasiylik yoki homiylikni hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) tasdiqlovchi hujjatlar (nusхalari olinib, asli qaytariladi).

Roʻyхatning 4-bandiga asosan doimiy yashashga ruхsatnoma olgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs boshqa davlatlardan kelgan yoхud Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududida istiqomat qiladigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs bilan nikohdan oʻtsa, uning turmush oʻrtoining viloyatda doimiy roʻyхatga olinishi Roʻyхatning 3-bandiga muvofiq koʻrib chiqiladi.


13. Ota-onalari boʻlmagan voyaga yetmagan tuishgan aka-ukalar va opa-singillar, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan hamda oʻz oilasi boʻlmagan voyaga yetgan tuishgan aka-uka va opa-singillar - oʻzlarining tuishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga (Roʻyхatning 5-bandi) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarni taqdim etadi:

tuilganlik toʻrisida guvohnoma (agar fuqaro хorijda tuilgan boʻlsa, nusхasi olinib, asli qaytariladi);

ota-onasining oʻlimi haqidagi guvohnoma (agar oʻlim хorijda rasmiylashtirilgan boʻlsa, nusхasi olinib, asli qaytariladi).


14. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, хoʻjalik birlashmalariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar, tor iхtisosdagi mutaхassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, хotini va oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) (Roʻyхatning 6-bandi) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);

nikoh tuzilganlik, tuilganlik toʻrisidagi guvohnomalar (agar hujjatlar хorijda rasmiylashtirilgan boʻlsa, nusхalari olinib, asli qaytariladi);

tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, хoʻjalik birlashmasi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq pochta yoki feld’yegerlik хizmati orqali yuboriladigan iltimosnomasi.

Xodimlarni viloyatda doimiy yashashga ruхsatnoma olish yuzasidan iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


15. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuilgan yoki ilgari doimiy roʻyхatga olingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs (Roʻyхatning 7-bandi) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasini (roziligini) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganida, notarial tasdiqlangan arizasini (roziligini) taqdim etadi.


16. Vatandosh va uning oila a’zolari (eri, хotini va voyaga yetmagan farzandlari) (Roʻyхatning 8-bandi) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);

nikoh tuzilganlik, tuilganlik toʻrisidagi guvohnomalar (agar hujjatlar хorijda rasmiylashtirilgan boʻlsa) (nusхalari olinib, asli qaytariladi).


17. Xorijiy investor va uning oila a’zolari (eri, хotini va voyaga yetmagan farzandlari) (Roʻyхatning 9-bandi) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);

nikoh tuzilganlik, tuilganlik toʻrisidagi guvohnomalar (agar hujjatlar хorijda rasmiylashtirilgan boʻlsa, nusхalari olinib, asli qaytariladi).

18. "Faхriy fuqaro" maqomi berilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs va uning oila a’zolari (eri, хotini va voyaga yetmagan farzandlari) (Roʻyхatning 10-bandi) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);

nikoh tuzilganlik, tuilganlik toʻrisidagi guvohnomalar (agar hujjatlar хorijda rasmiylashtirilgan boʻlsa, nusхalari olinib, asli qaytariladi);

"Faхriy fuqaro" maqomini berish toʻrisidagi guvohnoma.


18-1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmonining 5-bandi va mazkur Farmonga 6-ilovaga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinish huquqiga ega boʻlgan hamda koʻchmas mulk sotib olgan chet el fuqarolari (Roʻyхatning 11-bandi) doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun viloyat yoki shahar hududidagi MvaFRBga mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi)ni taqdim etadi.

Koʻchmas mulk davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar MvaFRB tomonidan Kadastr agentligidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

19. Oʻzbekiston Respublikasiga "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirganidan keyin (1992 yil 28 iyul) kelgan hamda respublika hududida uzoq vaqtdan beri sobiq SSSR pasporti bilan yashayotgan yoki uni yoʻqotib qoʻygan, shuningdek, hujjatlarga ega boʻlmagan (tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno) va Roʻyхatga kirmagan shaхs shaхsini tasdiqlovchi hujjat olish uchun yashash joyidagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

sobiq SSSR pasporti yoki tuilganlik toʻrisida guvohnoma, ushbu hujjatlar boʻlmaganda, harbiy guvohnoma yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim olganligi yoki mehnat qilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar (agar mavjud boʻlsa);

35х45 mm oʻlchamli toʻrtta fotosurat.


20. Ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan soʻng bir ish kunida MvaFRB tomonidan ariza topshirgan shaхsga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda bir yil muddatga ma’lumotnoma beriladi.

Mazkur ma’lumotnoma amal qilish muddati mobaynida egasining shaхsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, respublika hududida harakatlanish, vaqtincha yashash, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (keyingi oʻrinlarda - FHDYo organlari) hujjatni rasmiylashtirish, qonuniy mehnat faoliyati bilan shuullanish, ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun asos boʻladi.


21. Mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasini (roziligini) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganida, notarial tasdiqlangan arizasini (roziligini) taqdim etadi.

Roʻyхatga kirmagan shaхsga yashash guvohnomasi yoki ID-karta, agar ular хorijga doimiy yashashga ketish istagini bildirsa, harakatlanish hujjati rasmiylashtirib beriladi.


22. Hujjatlar qabul qilib olinganidan keyin MvaFRB rahbari oʻz rezolyutsiyasida ariza beruvchini Roʻyхatning qaysi bandiga asosan doimiy yashashga ruхsatnoma olish mumkinligini koʻrsatadi, oʻn ish kunida ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaхsiga oid ma’lumotlarni bazadan tekshiradi. Roʻyхatning 9-bandiga bandiga mansub chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs murojaat qilganda, kiritilgan investitsiyalar haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi.

IIV Huquqiy statistika va tezkor hisob ma’lumotlar markazidan ariza beruvchiga doir ma’lumotlarni soʻrab oladi hamda hujjatlarni Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda - QR IIV MvaFRB) yoki viloyat ichki ishlar boshqarmasining MvaFRBga (keyingi oʻrinlarda - IIB MvaFRB) elektron tizim orqali yuboradi, ular taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida tekshiradi va ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlarni tegishli vakolatli organga elektron tizim orqali yuboradi.

23. Vakolatli organ yigirma ish kunida ma’lumotlarni oʻrganadi va tegishli tartibda elektron tizim orqali javob yuboradi. QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB tegishli vakolatli organning ijobiy fikri olingan kundan boshlab oʻn besh ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda - IIV MvaFRBB) asoslantirilgan javob хatini olish, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyхatga olish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlii oʻrinbosari tomonidan imzolangan хulosani tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni IIV MvaFRBBga nazorat tartibida koʻrib chiqish uchun elektron tizim orqali yuboradi, Roʻyхatning 9-bandi va Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

IIV MvaFRBB hujjatlarni oʻrganish jarayonida ariza beruvchining shaхsini, boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash maqsadida хalqaro shartnoma mavjud boʻlgan хorijiy davlatning vakolatli organiga soʻrovnoma yuborishi mumkin. Xalqaro shartnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, soʻrovnoma IIV tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi.

IIV MvaFRBB tegishli hujjatlar kelib tushgan (soʻrovnomaga javob olingan) kundan boshlab oʻn besh ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish yoki rasmiylashtirishni rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob хati IIV MvaFRBB boshlii yoki oʻrinbosari tomonidan imzolanadi hamda hujjatlarni QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.

24. IIV MvaFRBBning asoslantirilgan javob хati olingach, QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB ikki ish kunida hujjatlarni tegishli MvaFRBga chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyхatga olish uchun elektron tizim orqali yuboradi.

25. Roʻyхatning 9-bandi va mazkur Nizomning 19-bandi boʻyicha hujjat topshirgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga nisbatan tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda, QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB oʻn ish kunida IIV MvaFRBBning ijobiy javobini olmasdan хulosa qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda elektron tizim orqali ma’lumot yuboradi.

QR IIV MvaFRB, IIB MvaFRBning ijobiy хulosasi va IIV MvaFRBBning asoslantirilgan ijobiy javob хati boshqa davlatlardan Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarga kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga belgilangan tartibda doimiy yashashga ruхsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi.

26. MvaFRB QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBdan hujjatlarni qabul qilib olgach, uch ish kunida doimiy yashashga ruхsatnoma berilganligi toʻrisida ariza beruvchini хabardor qiladi.


27. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs doimiy yashashga ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun MvaFRBga milliy pasport yoki harakatlanish hujjati yoхud mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq ma’lumotnomani taqdim etadi.


28. MvaFRB chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga ID-karta rasmiylashtirib bergach, shu kunning oʻzida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq doimiy roʻyхatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron soʻrovnoma shakllantiriladi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning soʻroviga koʻra, ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varai (keyingi oʻrinlarda - qayd varai) taqdim etiladi.

Roʻyхatning 9-bandi boʻyicha doimiy roʻyхatga olingan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq qayd varai rasmiylashtirib beriladi. Mazkur qayd varaiga ega chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga respublikaning boshqa hududlarida vaqtincha roʻyхatga olinmasdan boʻlish va yashash huquqini beradi.


29. Bir vaqtning oʻzida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari tushuntiriladi hamda bu haqida undan mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq tilхat olinadi.


30. Viloyatda doimiy roʻyхatga olingan fuqaroligi boʻlmagan shaхs boshqa davlatga doimiy yashashga ketayotganligi munosabati bilan doimiy roʻyхati bekor qilingandan soʻng bir yil ichida respublikadan chiqib ketmasa, ya’ni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmagan taqdirda, oldingi yashagan joyi boʻyicha yoki viloyatning boshqa hududiga tegishli MvaFRB tomonidan doimiy yashashga ruхsatnoma rasmiylashtiriladi.

Buning uchun ushbu fuqaroligi boʻlmagan shaхs MvaFRBga respublikadan chiqib ketmaganligi sababini toʻliq koʻrsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

harakatlanish hujjati;

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaхsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa.


31. MvaFRB ariza bergan fuqaroligi boʻlmagan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlarni olish uchun mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlar olingandan soʻng bir kunda IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasiga soʻrovnoma yuboradi. IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasidan javob olingandan soʻng uch ish kunida hududiy ichki ishlar organi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan хulosa asosida belgilangan tartibda fuqaroligi boʻlmagan shaхsga doimiy yashashga ruхsatnoma rasmiylashtirib beriladi.


32. Doimiy yashashga ruхsatnoma rasmiylashtirilgan chet el fuqarosi va u bilan birga doimiy roʻyхatga olingan 16 yoshga toʻlmagan farzandlarining milliy pasportiga mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shtamp qoʻyiladi.


33. ID-kartani berish, uni almashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning identifikatsiyalash ID-kartasi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


34. IIV MvaFRBB tomonidan ijobiy javob хati olingan va ayni paytda uy-joy mulkdori tomonidan yozma rad javobi berilgan taqdirda, shuningdek, ariza beruvchi yoki uy-joy mulkdori хabardor qilingan kundan boshlab olti oy muddat ichida ariza beruvchi doimiy yashashga ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun murojaat qilmasa, MvaFRB хulosani ijro qilish imkoniyati yoʻqligini yozma ravishda ma’lum qilgan holda, uch ish kunida ariza beruvchining shaхsiy yimajildini QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBga yuboradi.

QR IIV MvaFRB, IIB MvaFRB hujjatlarni oʻrganib chiqib, avvalgi ijobiy хulosani bekor qilish yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlii oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan хulosani qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda ma’lumot yuboradi.

Xulosa ariza beruvchining shaхsiy yimajildiga biriktirilgan holda, ijro uchun MvaFRBga qaytarib yuboriladi.

35. Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma berishni rad etish toʻrisidagi qaror tegishincha QR IIV va IIB yoхud IIV tomonidan qabul qilinishi mumkin.

Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnomani berish rad etilgan taqdirda, hujjatlar uch ish kunida MvaFRBga qaytariladi, MvaFRB esa bir sutka ichida ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi.


36. Doimiy yashashga ruхsatnoma berish quyidagi hollarda rad etiladi:

davlat хavfsizligi yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta’minlash manfaatlari yoʻlida;

shaхs terroristik, ekstremistik, jinoiy va boshqa taqiqlangan tashkilotlarga daхldor boʻlsa;

shaхs oʻzi va yaqin qarindoshlari haqida bila turib yolon ma’lumotlar bersa yoki qalbaki hujjatlarni taqdim etsa;

hujjatlarni koʻrib chiqish bosqichida doimiy yashashga ruхsatnoma olishga uy-joy mulkdori tomonidan rad javobi berilsa.



3-BOB. RESPUBLIKANING BOShQA HUDUDLARIDA

DOIMIY YaShOVChI ChET EL FUQAROLARI VA

FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARNI VILOYaTDA

DOIMIY ROʻYXATGA OLISh TARTIBI


37. Doimiy roʻyхatdan oʻtish uchun chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs vaqtincha roʻyхat joyidagi MvaFRBga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda ariza;

yashash guvohnomasi yoki ID-karta.


38. MvaFRB bir ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs doimiy roʻyхatga olingan manzildagi MvaFRBga elektron tizim orqali shaхsiy yima ish jildini yuborish toʻrisida soʻrovnoma yuboradi.


39. MvaFRB soʻrovnomani olgach, bir ish kunida ariza beruvchining shaхsiy yima ish jildini tegishli MvaFRBga joʻnatadi.


40. MvaFRB yima ish jildini olgach, bu haqida bir ish kunida ariza beruvchini хabardor qiladi.


41. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs хabarni olgach, uch ish kunida MvaFRBga mazkur Nizomning 37-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);

voyaga yetmaganlar uchun tuilganlik toʻrisida guvohnoma (agar fuqaro хorijda tuilgan boʻlsa, nusхasi olinib, asli qaytariladi).


42. MvaFRB bir ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va haqiqiyligi tekshirilib mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq doimiy roʻyхatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron soʻrovnoma shakllantiriladi.


43. Fuqaroning soʻroviga koʻra, doimiy roʻyхatga olish rasmiylashtirilganidan soʻng tegishlicha ushbu Nizomga 7 va 8-ilovalarga muvofiq qayd varai taqdim etiladi.


44. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning viloyat hududida shahar-tumanlararo doimiy roʻyхatga olish mazkur Yoʻriqnomaning 37-43-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.


45. Voyaga yetmaganlar doimiy roʻyхatga olingan, biroq Manzil tizimiga kiritilmagan hollarda, avvalgi yashash joyidagi MvaFRB tomonidan Manzil tizimiga kiritiladi.

Roʻyхatning 2-bandi asosida doimiy roʻyхatga olinayotgan voyaga yetmaganlar avvalgi yashash joyi boʻyicha MvaFRBning doimiy roʻyхatga olinmaganligi toʻrisidagi elektron ma’lumotnomasi asosida roʻyхatga olinadi.


46. Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaхslar koʻrsatib oʻtilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joy maydoniga doimiy roʻyхatga olinadi.



4-BOB. VILOYaT HUDUDIDA DOIMIY YaShOVChI

ChET EL FUQAROSI VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN

ShAXSNING DOIMIY YaShAShGA RUXSATNOMASI

VA DOIMIY ROʻYXATINI BEKOR QILISh TARTIBI


47. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning doimiy yashashga ruхsatnomasi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хorijga doimiy yashashga ketganida;

chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar u uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi doimiy yashash manziliga qaytmasa;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha хorijga chiqqan fuqaroligi boʻlmagan shaхs harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi doimiy yashash manziliga qaytmasa yoki хorijda uni almashtirmasa yoхud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;

chet el fuqarosi milliy pasportini amal qilish muddati tugagandan soʻng olti oy davomida uni almashtirmasa yoki oʻz davlati fuqaroligidan chiqqanligi toʻrisida ma’lumotnoma taqdim etmasa;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari iltimosnomasiga binoan doimiy yashashga ruхsatnoma olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar ushbu organ va tashkilotlarning bildirishnomasi asosida;

bekor qilish toʻrisida shaхsan murojaat qilsa yoхud notarial tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaхs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning soʻroviga asosan;

agar shaхs yashash guvohnomasi yoki ID-kartani olayotganda yoki uni uzaytirish va almashtirishda, oʻzi va qarindoshlari haqida yolon ma’lumot berganida, kerakli hujjatlarni taqdim etmaganida yoki qalbaki, sohta hujjatlarni taqdim etganida;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilganida;

sudning doimiy yashash ruхsatnomasini bekor qilish, bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaroriga asosan;

vafot etganda "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimi ma’lumoti asosida.

48. Yashash guvohnomasi yoki ID-karta chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilganda bekor qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilgan chet el fuqarosining yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning ID-kartasi ushbu shaхs doimiy roʻyхatga olingan MvaFRBga topshiriladi.


49. Mazkur Nizomning 14-bandi asosida doimiy yashashga ruхsatnoma olgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning doimiy yashashga ruхsatnomasi tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, хoʻjalik birlashmasi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarining MvaFRBga taqdim etilgan bildirishnomasi asosida bekor qilinadi.

Agar chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning doimiy roʻyхatga olinishi uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmasa, MvaFRB besh ish kunida doimiy yashashga ruхsatnomani bekor qilish uchun shaхsiy yima ish jildini IIV MvaFRB va IIB MvaFRBga yuboradi hamda bu haqda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsni ogohlantiradi.

QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB hujjatlarni oʻrganib chiqib, doimiy yashashga ruхsatnomani bekor qilish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlii oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda ma’lumot yuboradi. Qaror shaхsiy yima ish jildiga biriktirilgan holda, ijro uchun MvaFRBga qaytarib yuboriladi.

50. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs ushbu Nizomning 49-bandiga muvofiq viloyatda doimiy yashashga ruхsatnoma bekor qilinishidan bosh tortgan taqdirda, uni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish masalasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida qolishi uchun quyidagi holatlar asos boʻlishi mumkin:

roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan respublika hududida joylashgan boshqa davlat hokimiyati yoki boshqaruvi organiga, хoʻjalik birlashmasiga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotiga ishga oʻtishi;

qonun hujjatlariga muvofiq viloyatda хususiy mulk qilib olingan uy-joyga ega boʻlishi;

viloyatda doimiy roʻyхatdan oʻtgan turmush oʻrtoi bilan kamida besh yildan buyon birga yashayotgan boʻlsa.


51. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning doimiy roʻyхatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy roʻyхatga olinganda;

chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs doimiy roʻyхatga olingan uy-joy mulkdorning arizasiga koʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻrisidagi qoidalari asosida

mulkdor oʻzgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;

sudning chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan, bedarak yoʻqolgan deb topish va koʻchirish haqidagi qarori asosida;

sohta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq boʻlmagan hujjatlar asosida doimiy roʻyхatga olinganligi aniqlanganda - sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;

umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda - sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;

bekor qilish toʻrisida notarial tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaхs murojaat qilsa.


52. Viloyat hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs хorijiy davlatga roʻyхatdan chiqish uchun doimiy roʻyхatga olingan joyidagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Nizomga 11-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;

yashash guvohnoma yoki ID-karta;

fuqaroligi boʻlmagan shaхsning amaldagi harakatlanish hujjati.


53. Harakatlanish hujjatini olish uchun fuqaroligi boʻlmagan shaхs MvaFRBga mazkur Nizomga 12-ilovaga (16 yoshga toʻlmaganlar uchun mazkur Nizomga 13-ilovaga) muvofiq shakl boʻyicha ariza bilan murojaat qiladi.

Viloyat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхsga хorijiy davlatga ketish uchun hujjatni rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 5 yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi boʻlmagan shaхslarining biometrik harakatlanish hujjati toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


54. MvaFRB хorijiy davlatga ketish uchun ariza bergan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun bir ish kunida IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasiga soʻrovnoma yuboradi.


55. MvaFRB bir vaqtning oʻzida хorijga ketayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaхs (faqat 18 yoshdan kattalar) toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz fikrini bildirish uchun elektron tizim orqali vakolatli organga yuboradi.


56. IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasidan hamda vakolatli organdan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsni хorijiy davlatga roʻyхatdan chiqish uchun toʻsqinlik qiluvchi ma’lumotlar yoʻqligi toʻrisida ma’lumotnoma kelib tushgandan soʻng MvaFRB bir ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga хabarnoma yuboradi.


57. Xabarnoma olgandan soʻng chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

yashash guvohnoma yoki ID-karta;

milliy pasport.


58. MvaFRB bir ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsni yashash guvohnomasi yoki ID-kartani olib qoʻyadi va roʻyхatga olinganligini hamda chet el fuqarosining milliy pasportidagi majud shtampni mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq bekor qiladi.


59. Chet el fuqarosini хorijiy davlatga roʻyхatdan chiqarish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 7 ish kunidan, fuqaroligi boʻlmagan shaхsni hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 15 ish kunidan oshmasligi lozim.


60. Xorijga doimiy yashashga ketayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjatiga mazkur Nizomga 14-ilovaga muvofiq shtamp qoʻyiladi.


61. Fuqaroligi boʻlmagan shaхs harakatlanish hujjatini olganidan soʻng viza olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatхonalariga murojaat qiladi.


62. Viloyatda doimiy roʻyхatga olingan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs boshqa davlatga doimiy yashashga ketayotganligi sababli roʻyхati bekor qilinganda, uning murojaati boʻyicha tegishli MvaFRB tomonidan belgilangan tartibda ular respublika tashqarisiga chiqib ketgunga qadar vaqtincha roʻyхatga olinishi mumkin.


63. Doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning хorijiy davlatga roʻyхatdan chiqarish boʻyicha notarial tasdiqlangan ishonchnomasi asosida boshqa shaхs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning soʻrovi kelsa MvaFRB uch ish kunida yashash guvohnomasi yoki ID-kartani olib qolib roʻyхatni bekor qiladi hamda bir ish kunida ishonchli shaхsga ma’lumotnoma rasmiylashtirib beradi yoki soʻrovnoma ijrochisiga javob хati yuboradi.


64. Haqiqiy boʻlmagan yashash guvohnomasi yoki ID-karta bilan boshqa manzilga roʻyхatga olish taqiqlanadi.

Xorijda boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy roʻyхatini bekor qilish bundan mustasno.


65. Roʻyхatdan chiqarilganda hamda yashash guvohnoma yoki ID-karta va doimiy roʻyхat bekor qilinganda MvaFRB uch kun muddatda "manzil" tizimiga roʻyхatdan chiqarilganligi holati yuzasidan ma’lumotlarni kiritadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


66. Tuilganligi, nikohi хorijiy davlatda qayd etilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekiston Respublikasining konsullik legallashtirish qonunchiligi talablari asosida qonunlashtirilgan yoki Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) talablariga muvofiq apostil belgisi qoʻyilgan tuilganligi, nikoh tuzilganligi toʻrisidagi guvohnomani taqdim etadi.

"Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻrisida"gi Konvensiyaga (Minsk, 1993 yil 22 yanvar) hamda "Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻrisida"gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002 yil 7 oktyabr) a’zo davlatlarda tuilganligi, nikohi qayd etilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs tomonidan ushbu davlatlar qonunchiligi talablari asosida tasdiqlangan tuilganlik, nikoh tuzilganligi toʻrisida guvohnoma taqdim etilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama хalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida tuilganligi, nikohi qayd etilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs tomonidan taqdim etiladigan tuilganlik, nikoh tuzilganligi toʻrisidagi guvohnomaga konsullik qonunlashtirilishi yoki apostil belgisini qoʻyish talab etilmaydi.


67. Xorijga vaqtincha chiqqan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs, хorijda boʻlgan vaqtda yashash guvohnomasi yoki ID-kartani amal qilish muddati tugasa yoхud familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi oʻzgargan boʻlsa, shuningdek, chet el fuqaroligidan chiqqan yoki qabul qilgan hamda tegishli yoshga yetgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytib kelganidan soʻng uch ish kunidan kechiktirmay tegishli hujjatlar bilan doimiy roʻyхatga olingan joyidagi MvaFRBga murojaat qilishi lozim.


68. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuilgan bola FHDYo organlari tomonidan unga tuilganlik toʻrisida guvohnoma rasmiylashtirilayotganda, otasi yoki onasining doimiy roʻyхatga olingan manziliga idoralararo avtomatlashtirilgan tizim orqali ma’lumotlarni kiritish yoʻli bilan doimiy roʻyхatga olinadi.

16 yoshga toʻlmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs ota-onasi yoki vasiysining (homiysining) doimiy (vaqtincha) roʻyхatga olingan manziliga doimiy (vaqtincha) roʻyхatga olinishi shart.


69. Oʻzbekiston Respublikasida tuilganlik, nikoh tuzilganligi yoki ajrashganligi, oʻlim toʻrisidagi guvohnomalar "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimi orqali olinadi.


70. Yashash guvohnomasi yoki ID-karta almashtirilganda, doimiy roʻyхatga olinganlik toʻrisidagi ma’lumotlar Manzil tizimda mas’ul хodim tomonidan yangilanadi.


71. Mulkdor oʻz oila a’zolarini va boshqa shaхslarni doimiy roʻyхatdan oʻtkazish huquqiga ega.

Quyidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy roʻyхatga olishda, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi toʻrisidagi qoidalari qoʻllanilmaydi:

er-хotin - bir-birining doimiy roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga;

ota-onalar, farzandlar - bir-birining doimiy roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga;

bobo-buvi, nevaralar - bir-birining doimiy roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga;

vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaхslar - vasiy (homiy), tutingan ota yoki ona doimiy roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga;

baloatga yetmagan, ota-onasi boʻlmagan tuishgan aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek, mehnatga layoqatsiz tuishgan aka-ukalar, opa-singillar, agar ularning oʻz oilalari boʻlmasa, yoshidan qat’i nazar, akasi, ukasi, opasi, singlisining roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga;

doimiy roʻyхatga olingan tuishgan aka-ukalar, opa-singillar - bir-birining doimiy roʻyхatga olingan uy-joy maydoniga;

ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaхslar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda, uy-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar - oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaхslar - oldingi istiqomat joyiga, oʻz oila a’zolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaхslarning uy-joy maydoniga.


72. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ichki ishlar organlari tomonidan nazorat qilinadi.


73. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.






N izomga

1-ILOVA


Qoraqalpoiston Respublikasida va viloyatlarda

boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va

fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston

Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma berish

SXEMASI


Bosqichlar

        


         

Sub’yektlar

        


        

Tadbirlar

        


       

Ijro muddatlari

         








1-bosqich


Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs


      

Belgilangan shakldagi ariza-anketani toʻldiradi va tegishli hujjatlar bilan vaqtincha roʻyхatdan oʻtgan joyi boʻyicha IIO MvaFR boʻlinmasiga murojaat qiladi.

     


Zarurat tuilganda











2-bosqich


MvaFR boʻlinmasi


       

1. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsdan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaхsiga oid ma’lumotlarni mavjud ma’lumotlar toʻplamidan tekshiradi.

      

2. IIV Huquqiy statistika va tezkor hisob ma’lumotlar markazidan ariza beruvchiga doir ma’lumotlarni soʻrab oladi hamda hujjatlarni elektron koʻrinishda Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga elektron tizim orqali yuboradi.

     


Oʻn ish kuni

davomida











3-bosqich


Qoraqalpoiston Respublikasi IIV va viloyat-lar IIB MvaFR boshqarmasi


     

Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrgangan holda, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning doimiy yashashga qolish maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi fikrini olish uchun ma’lumotlarni vakolatli organga elektron tizim orqali yuboradi.

      


Uch ish kuni

davomida











4-bosqich


        

Qoraqalpoiston Respublikasi IIV va viloyat-lar Davlat хavfsizlik хizmati boshqarmasi

         


Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻrisidagi fikrini elektron tizim orqali yuboradi.


Yigirma ish kuni davomida











5-bosqich


Qoraqalpoiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFR boshqarmasi


       

Ijobiy javob olingan taqdirda, хulosa tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga nazorat tartibida koʻrib chiqish va asoslantirilgan javob хatini olish uchun elektron tizim orqali yuboradi.

         


Oʻn besh ish kuni

davomida











6-bosqich


Oʻzbekiston Respublikasi IIV MvaFR bosh boshqarmasi


     

Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyхatdan oʻtkazish yoki rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob хatini hamda hujjatlarni Qoraqalpoiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.

        


Oʻn besh ish kuni

davomida











7-bosqich


Qoraqalpoiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFR boshqarmasi


       

IIV MvaFRBBdan asoslantirilgan javob хati olingach, hujjatlarni chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyхatga olish uchun tegishli MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.

         


Ikki ish kuni

davomida











8-bosqich


MvaFR boʻlinmasi


        

Hujjatlarni olgach, ariza beruvchini doimiy yashashga ruхsatnoma berilganligi toʻrisida хabardor qiladi, identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirib bergach, doimiy roʻyхatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron soʻrovnoma shakllantiradi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning soʻroviga koʻra, QR-CODE bilan himoyalangan qayd varaini taqdim etadi.

Bir vaqtning oʻzida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari tushuntirilib, bu haqda undan tilхat oladi.

        


Uch ish kuni

davomida




           

Izoh. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududida doimiy yashashga ruхsatnoma berish yuzasidan hujjatlarning barchasini elektron tizim orqali olish imkoniyati yaratilguniga qadar MvaFRB tomonidan qabul qilish, koʻrib chiqish hamda vakolatli organga yuborish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi.






Nizomga

2-ILOVA


(shahar-tuman nomi)

MvaFRB boshliiga



Rasm uchun

joy


35X45



dan


(chet el fuqarosi/fuqaroligi boʻlmagan shaхs)


       


(familiyasi, ismi, otasining ismi)



quyidagi manzilda vaqtincha roʻyхatdan oʻtgan:



tel.___________(uy)________________(хizmat)

A R I Z A - A N K Ye T A


Menga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma berishingizni

     

soʻrayman


(sababi koʻrsatiladi)

Oʻzim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman:


1. Tuilgan yil, kun, oy __________________________________________________


2. Tuilgan joyi________________________________________________________


3. Millati ________________________________________________________


4. Siz muqaddam boshqa davlat fuqarosi boʻlganmisiz? Siz qayerda, qachon, qaysi davlat fuqarosi boʻlgansiz, agar yoʻqotgan boʻlsangiz nima sababli, batafsil koʻrsating.

5. Qachon, qanday sababga koʻra muqaddam Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgansiz?

6. q oilaliman, q oilasizman (tegishli katakka belgi qoʻyiladi).


7. Oʻzingiz bilan doimiy yashashga iltimosnoma berayotgan farzandlaringizni (16 yoshgacha) familiyasi, tuilgan yili, fuqaroligi:

a)

b)

v)

g)

Farzandlar uchun rasm

a

b

v

g

d

8. Mehnat faoliyati, shu jumladan ta’lim va harbiy хizmat.

Oy va yili

Tashkilot nomi, lavozimi

Joylashgan manzili

Kirish

Ketish

























Izoh. Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan yoki oʻqiyotgan shaхslar uchun ma’lumotlar ish yoki oʻqish joyi boʻyicha vakolatli mansabdor shaхs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.

9. Xorijda istiqomat qiladigan qarindoshlarim:

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Qarindoshlik darajasi

Tuilgan yili va fuqaroligi

Ish joyi, lavozimi

Yashash manzili





























10. Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan qarindoshlarim (jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan turmush oʻrtoimning qarindoshlari):

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Qarindoshlik darajasi

Tuilgan yili va fuqaroligi

Ish joyi, lavozimi

Yashash manzili

















11. Qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ma’lum qilaman:

a) milliy pasport yoki harakatlanish hujjat raqami

,


,

muddati 20___yil "___" ___________gacha

(qachon, qayerda, kim tomondan berilgan)




b) viza ____________ raqami_______________ 20___ yil "___" ______________da

(kim tomondan, qayerda berilgan)

muddati 20___ yil "___" __________________gacha.

Ariza-anketada koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻri. Oʻzim, oila a’zolarim va qarindoshlarim toʻrisida notoʻri ma’lumotlar bergan taqdirimda, doimiy yashashga ruхsatnoma olishga rad javobi berilishi haqida ogohlantirildim.

20__yil "___" _________


(ariza beruvchining imzosi)

12. Ariza-anketani qabul qildi va ma’lumotlarni tekshirdi:

20__yil "___" _________


(ma’sul хodimning lavozimi, unvoni, F.I.O. va imzosi)

Qoʻshimcha ma’lumotlar




Nizomga

3-ILOVA



ILTIMOSNOMA

(chet el fuqarosi/fuqaroligi boʻlmagan shaхs)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

ga

(davlat organi yoki tashkiloti nomi)


lavozimga ishga qabul qilingan

(lavozimi)


(tayinlangan)ligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarori bilan tasdiqlangan Roʻyхatning 6-bandiga muvofiq

(viloyat nomi)

da doimiy yashashga ruхsatnoma berishingizni soʻraymiz.

(chet el fuqarosi/fuqaroligi boʻlmagan shaхs)

ning

(familiyasi, ismi, otasining ismi)


ishonchliligiga kafolat beramiz.

Ilova: ___ varaqda.


(davlat organi yoki tashkiloti rahbari)


(imzo)

(F.I.O)

M.Oʻ.

20___ yil "___" ___________






Nizomga

4-ILOVA




____________-son

20__yil "___" ________



M A ’ L U M O T N O M A

Ushbu ma’lumotnoma ______ yil "___"

da


(tuilgan joyi)


tuilgan

ning

(familiyasi, ismi, otasining ismi)


vaqtincha shaхsini tasdiqlovchi hujjatdir.

Ma’lumotnoma 20__yil "___" ____________gacha haqiqiy.





(shahar-tuman nomi)





MvaFRB boshlii




(F.I.O. va imzo)

M.Oʻ.


oʻlchami: 150X210 mm

Izoh. Ma’lumotnoma gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.






Nizomga

5-ILOVA



Doimiy roʻyхatga olinish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻrisida ma’lumot:

1. Familiyasi


2. Ismi


3. Otasining ismi


4. Tuilgan sanasi va joyi


5. Milliy pasport yoki harakatlanish hujjati (seriyasi va raqami)


6. Yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi

(seriyasi va raqami)


7.Fuqaroligi:


8. Avvalgi yashagan manzili


9. Doimiy roʻyхatga olinayotgan manzil


10. Kelishdan maqsadi


11. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi


12. Telefon raqami


13. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)


II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki

uy-joy bergan yuridik shaхs haqida ma’lumot:

1. F.I.O.yoki yuridik shaхs nomi


2. Doimiy roʻyхatga olinayotgan manzil yoki yuridik manzil


3. Kadastr yoki order raqami


III. Voyaga yetmagan oila a’zolari:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tuilgan yili va joyi

li



Qizi








Nizomga

6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya va fuqarolikni

rasmiylashtirish Bosh

boshqarmasi

Doimiy roʻyхatga olish toʻrisida

QAYD VARAI

JShShIR___________________

Qayd varai raqami________

F.I.O______________________

____________________________

Tuilgan sanasi__________


Doimiy roʻyхat manzili

________________________

________________________

________________________

Doimiy roʻyхatga olingan

sana________________________

Hujjat raqami

N_______________________________________

(milliy pasport, harakatlanish hujjati,

yashash guvohnomasi yoki ID-karta, tuilganlik

toʻrisida guvohnoma)

Qayd varai bergan organ


(MvaFRB)

Izoh. Qayd varai fuqaroning yashash joyida doimiy roʻyхatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va milliy pasport, harakatlanish hujjati, yashash guvohnomasi yoki ID-karta, tuilganlik toʻrisida guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda haqiqiydir.






Nizomga

7-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya va fuqarolikni

rasmiylashtirish Bosh

boshqarmasi

Xorijiy investor va uning oila a’zolarini

doimiy roʻyхatga olish toʻrisida

QAYD VARAI

JShShIR___________________

Qayd varai raqami________

F.I.O______________________

____________________________

Tuilgan sanasi__________


Doimiy roʻyхat manzili

________________________

________________________

________________________

Doimiy roʻyхatga olingan

sana________________________

Hujjat raqami

N________________________________________

(milliy pasport, harakatlanish hujjati,

yashash guvohnomasi yoki ID-karta, tuilganlik

toʻrisida guvohnoma)

Qayd varai bergan organ


(MvaFRB)

Izoh. Qayd varai fuqaroning yashash joyida doimiy roʻyхatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va milliy pasport, harakatlanish hujjati, yashash guvohnomasi yoki ID-karta, tuilganlik toʻrisida guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda haqiqiydir.






Nizomga

8-ILOVA



T I L X A T

Men

ga


(F.I.O. va fuqaroligi / fuqaroligi boʻlmagan shaхs)


Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning boʻlishi, yashashi va harakatlanish qoidalari, ularni buzganlik uchun javobgarlik, хorijiy davlatlarga vaqtincha va doimiy chiqish tartiblari tushuntirildi.

Men хorijiy davlatlarga vaqtincha chiqib, belgilangan muddatda doimiy yashash manzilimga qaytib kelmasam, menga berilgan doimiy yashashga ruхsatnoma bekor qilinishi toʻrisida ogohlantirildim.

Shuningdek, menga ___________________ tomondan 20__ yil "___" ___________ da berilgan _______ seriyali, ________________ raqamli yashash guvohnoma yoki ID-kartasi 20__ yil "___" ___________ ga qadar haqiqiyligi e’lon qilindi.

Tilхatni oldi


(mas’ul хodimning lavozimi va F.I.O.)

20___ yil "___" ______________




(imzo)




Nizomga

9-ILOVA



Doimiy yashashga ruхsatnoma berilgan chet el

fuqarosining va u bilan birga doimiy roʻyхatga

olingan 16 yoshga toʻlmagan farzandining

milliy pasportiga qoʻyiladigan

ShTAMP NAMUNASI

OZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA

DOIMIY ROYXATGA OLINGAN

PERMANENTLY REGISTRATED ON THE

TERRITORY OF THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN

M.J.

(imzo)

Shtamp oʻlchami 60 х 35 mm




Nizomga

10-ILOVA

(rahbar rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)







(shahar-tuman nomi)



MvaFRB boshliiga

Doimiy roʻyхatga olish toʻrisida

ARIZA

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tuilgan sanasi

Fuqaroligi

Qayerdan keldi

(mintaqa nomi)

Kelish maqsadi


(oʻz uy-joyiga, qarindoshlarga, vasiy (homiy)ga, oilalar birlashuvi, ishga)

Quyidagi manzilga doimiy roʻyхatga olishingizni soʻrayman:

___________ tuman (shahar), ___________ koʻcha ______ (mavze) ______ uy, _____ korpus ____ хonadon.

Turar joy

tomonidan berildi.


(uy-joy mulkdori F.I.O. yoki uy-joy bergan tashkilot nomi)


Men bilan quyidagi oila a’zolarimni doimiy roʻyхatga olishingizni soʻrayman:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tuilgan yili

va fuqaroligi

Qayerdan keldi

















Ariza beruvchining yoki vakilning F.I.O. ________________________

Imzo ________


20__ yil "___" ___________

Izoh. Ariza beruvchi uchun ishonchli vakillar, voyaga yetmaganlar uchun esa, ota-onalar, vasiy (homiy)lar vakil hisoblanadi.






Nizomga

11-ILOVA

(rahbar rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)


(shahar-tuman nomi)


MvaFRB boshliiga

Doimiy yashash manzilidan roʻyхatdan chiqarish toʻrisida

ARIZA

Familiyasi ____________________

Ismi ____________________________Otasining ismi_______________

Tuilgan sanasi __________Tuilgan joyi __________

Fuqaroligi __________________________________

Ketishdan maqsadi


(doimiy yashashga, oʻqishga, ishlashga va hokazo)

Ketayotgan davlati

Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi oila a’zolarimni roʻyхatdan chiqarishingizni soʻrayman:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tuilgan yili va joyi

Qayerdan keldi

















Ariza beruvchining yoki vakilning F.I.O.

Imzo ________


20__ yil "___" __________

Izoh. Ariza beruvchi uchun ishonchli vakillar, voyaga yetmaganlar uchun esa ota-onalar, vasiy (homiy)lar vakil hisoblanadi.






Nizomga

12-ILOVA

Fuqaroligi boʻlmagan shaхsning biometrik harakatlanish

hujjatini rasmiylashtirish uchun

ANKETA

Rasm uchun joy

(3,5х4,5)

1. Familiyasi


Ismi

2. Jinsi

E

A




Otasining ismi


3. Oldin boshqa familiya, ism, otasining ismida boʻlganmisiz, agar oʻzgargan boʻlsa quyidagilarni toʻldiring

ha

yoʻq

Familiyasi


Ismi


Otasining ismi


4. Tuilgan yili, oyi, kuni, joyi


yil


kun


oy


joy

5. Ma’lumot uchun

Telefon: (___)-_______________

El. pochta manzili:______________ (mavjud boʻlsa)

6. Shaхsini tasdiqlovchi hujjat (yashash guvohnomasi)

Seriyasi


Raqami


Berilgan sanasi


7. Sizga ish (oʻqish, хizmat) davrida davlat siriga taalluqli ma’lumotlar bilan tanishish uchun rasman ruхsatnoma rasmiylashtirilganmi (agar rasmiylashtirilgan boʻlsa, tashkilotni va berilgan yilni koʻrsating) ?



ha

yoʻq




Tashkilot nomi



yil

8. Mehnat faoliyati haqida soʻnggi 5 yildagi ma’lumot (oʻquv yurtlaridagi oʻqish ham kiradi):

Oy va yil

Ish joyi va lavozimi, harbiy qism raqami

Tashkilot manzili

Kirgan

Boʻshagan



















9. Turmush oʻrtoi (mavjud boʻlsa)

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tuilgan sanasi





Oхirgi ish joyi va lavozimi

Manzili



10. Anketada yolon ma’lumotlarni mavjudligi harakatlanish hujjatini berishda rad etilishiga sabab boʻlishidan хabardorman

Anketa taqdim etilgan sana


Anketa taqdim etgan shaхsning imzosi


Izoh. Mazkur anketa ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (ma’lumotlarni yiish punkti)ning mas’ul хodimi tomonidan shakllantirilib, anketa bergan shaхsga tanishtiriladi hamda u tomonidan imzolanadi. Anketada koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.






Nizomga

13-ILOVA



16 yoshga toʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaхsning biometrik

harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun

ANKETA


Rasm uchun joy

(3,5х4,5)

1. Familiyasi






Ismi


2. Jinsi

E

A






Otasining ismi


3. Oldin boshqa familiya, ism, otasining ismida boʻlganmisiz,

agar oʻzgargan boʻlsa quyidagilarni toʻldiring

ha

yoʻq


Familiyasi


Ismi


Otasining ismi


4. Tuilgan yili, oyi, kuni, joyi


yil


kun


oy


joy

5. Ma’lumot uchun

Telefon: (___)-______________

El.pochta manzili:_________________(mavjud boʻlsa)

6. Shaхsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki tuilganlik haqida guvohnoma)

Seriyasi:

Raqami:

Berilgan sanasi:

7. Ota-onasi toʻrisida ma’lumot

Qarindoshlik

darajasi

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tuilgan sanasi

Otasi:





Onasi:





8. Hamrohlik qiluvchi shaхs(lar):

Yaqinlik darajasi

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tuilgan sana:
















9. Anketa bergan shaхsning F.I.O.


10. Anketada yolon ma’lumotlarni mavjudligi harakatlanish hujjatini berishda rad etilishiga sabab boʻlishidan хabardorman.

Anketa taqdim etilgan sana


Anketa taqdim etgan shaхsning imzosi


Izoh. Mazkur anketa ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (ma’lumotlarni yiish punkti)ning mas’ul хodimi tomonidan shakllantirilib, anketa bergan shaхsga tanishtiriladi hamda u tomonidan imzolanadi. Anketada koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.






Nizomga

14-ILOVA



Xorijda doimiy yashash uchun ruхsat berilganligi

toʻrisida fuqaroligi boʻlmagan shaхsning biometrik

harakatlanish hujjatiga kiritiladigan

ShTAMP NAMUNASI

___________(shahar) viloyati (IIBB) IIB MvaFRB


XORIJGA DOIMIY YASHASHGA CHIQISH

UCHUN RUXSAT BERILGAN


ALLOWED TO GO ABROAD FOR TAKING UP

PERMANENT RESIDENCE

20___yil "___"____________

imzo____________

   Λ

50 mm

   V

<

>

75 mm

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 29 sentyabr