Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2020 y. 601-son "Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.10.2020 y.

N 601




INVESTITsIYaLARNI JALB QILISh‚ SANOATNI

RIVOJLANTIRISh VA SAVDONI TARTIBGA SOLISh

MASALALARI BOʻYIChA HUKUMAT KOMISSIYaSI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 18 avgustdagi PF-6042-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari;

Hukumat komissiyasining huquqlari va javobgarligi;

Hukumat komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi;

Hukumat komissiyasining ishchi organlari va kotibi;

Hukumat komissiyasi qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash tartibi.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 oktyabr