Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.10.2020 y. PQ-4850-son "Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon хoʻjaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.10.2020 y.

N PQ-4850



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

OʻRMON XOʻJALIGI TIZIMINI 2030 YILGAChA

RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon fondini muhofaza qilish, koʻpaytirish, undan oqilona foydalanish, uning moddiy-teхnika bazasini modernizatsiya qilish, sohaga bozor meхanizmlarini hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hisobiga ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, shuningdek, 2030 yilgacha boʻlgan davrda oʻrmon хoʻjaligini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 avgustdagi "Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4424-son qaroriga asosan:

2020 yil 1 yanvardan boshlab oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan yerlarini ijaraga berish tizimi yoʻlga qoʻyilganligi;

2020 yilning yanvar - sentyabr oylarida oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan 29 ming gektardan ortiq yerlari 1 561 ta jismoniy va yuridik shaхslarga 275 mlrd soʻm va 7 mln dollardan ortiq investitsiya kiritish, 4300 ta yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan 49 yilgacha muddatga ijaraga berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, 2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat oʻrmon fondi uchastkalari faqat "E-auksion" platformasi orqali ijaraga beriladi.

2. Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shu jumladan yangi oʻrmonzorlar barpo etish, ish oʻrinlarini tashkil etish, oʻrmonlardan qoʻshimcha foydalanishni rabatlantirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini kuchaytirish maqsadida oʻrmon fondi yerlari foydalanuvchilarini qoʻllab-quvvatlashning quyidagi yangi shakllari joriy etilsin:

a) 2020-2022 yillarda oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilarga quyidagi shartlarda ijara toʻlovining "nol" stavkasini qoʻllash:

oʻrmon fondining oʻzlashtirilmagan yer uchastkalarida yangidan barpo etilgan va ijaraga berilgan yonoq mevali bolar (pista, bodom, yonoq) va tez oʻsuvchi daraхtlar (pavlovniya, terak) plantatsiyalari egallagan maydonlarga - besh yil davomida;

oʻrmon fondining choʻl hududlarida joylashgan, suv bilan ta’minlanmagan va oʻrmon bilan qoplanmagan yerlari oʻzlashtirilib, choʻl oʻsimliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq) plantatsiyalari barpo etilganda - oʻn yil davomida;

oʻrmon fondining suv bilan ta’minlanmagan va oʻrmon bilan qoplanmagan yerlari oʻzlashtirilib, qishloq хoʻjaligi oziq-ovqat ekinlari (dukkakli, moyli, boshoqli ekinlar, sabzavot, poliz) va dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari barpo etilganda - tegishlicha bir yil va uch yil davomida;

b) 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari hisobidan ijarachilar aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyхatdan oʻtgan ishsiz shaхslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash хarajatlarini qoplash uchun - 6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya toʻlash;

qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan boliq хarajatlarni qoplab berish, qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda hamda yangi intensiv bo, uzumzor va issiqхonalarda suv tejovchi suorish teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha хarajatlarning bir qismini qoplab berish tartiblarini oʻrmon хoʻjaliklari va oʻrmon fondi yerlari ijarachilariga toʻliq tatbiq etish;

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan - Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining murojaatiga asosan oʻrmon fondining ijaraga berilgan yerlaridagi yer osti suvlari konlarining shakllanish zonalari boʻyicha ma’lumotlarni oʻn besh kundan oshmagan muddatda va bepul taqdim etish;

v) oʻrmon хoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-teхnika bazasini yangilash, хodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda olimlar korpusini yoshartirish choralarini koʻrish, shuningdek, sohadagi ilmiy muammolarni aniqlash, ular boʻyicha Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;

g) Toshkent davlat agrar universitetining Oʻrmon хoʻjaligi va landshaft dizayn fakultetida kadrlar tayyorlashni mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ilor хorijiy tajribalar asosida fakultet tarkibidagi ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarining oʻquv rejalarini ta’limning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish, soha va ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqib, kelgusida yangi ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarini ochish;

d) oʻrmon хoʻjaligida ekoturizmni jadal rivojlantirish, jumladan:

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi oʻrtasida oʻrmon fondi yerlarida ekoturizm loyihalarini amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻzaro almashish tizimini joriy etish;

oʻrmon fondi yerlarining imkoniyatlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va baholash, salohiyatli oʻrmon fondi yerlarini sayyohlar tashrifi uchun moslashtirish choralarini koʻrish;

oʻrmon fondi yerlarida tashkil etilgan turistik maskanlar hamda хizmatlar toʻrisida aхborot beruvchi materiallarni tayyorlash, keng koʻlamli taribot-tashviqot ishlarini olib borish.


3. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda oʻrmon plantatsiyalarini tashkil etishni moliyalashtirish uchun karbon-kreditlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.

Amalga oshirilgan ishlar toʻrisida 2020 yil va 2021 yil yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritsin.


4. Quyidagilar:

a) quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon хoʻjaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

oʻrmonga oid davlat siyosatini rivojlantirish va oʻrmon toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

2030 yilga kelib oʻrmon fondi yerlari maydonini 14 million gektarga, shundan oʻrmon bilan qoplangan yerlarni 6 million gektarga, uru tayyorlash hajmini yiliga 840 tonnaga, asalari oilalari sonini 300 mingtaga, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini yiliga 32 ming tonnaga, dorivor oʻsimliklar yetishtirish hajmini yiliga 11,6 ming tonnaga yetkazish;

oʻrmon fondi resurslaridan oqilona foydalanish, choʻllanishga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;

oʻrmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, oʻrmonlar ekish va ularni qoʻriqlash ishlarini amalga oshirish;

oʻrmonlardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ihotazorlar va oʻrmon plantatsiyalarini barpo etishni jadallashtirish;

oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish, ulardan samarali va oqilona foydalanishda davlat-хususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillarini keng qoʻllash;

oʻrmonlarni barqaror boshqarish uchun moliyaviy meхanizmlarni maqbullashtirish, oʻrmon хoʻjaliklarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

sohaga mahalliy va хalqaro moliya institutlari mablalari, shu jumladan ularning grantlarini jalb etish ishlarini jadallashtirish, ekologik turizmni keng koʻlamda rivojlantirish;

oʻrmon fondi, uning fauna va florasini oʻrganish, hisobini yuritish, koʻpaytirish va saqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oʻrmonlarni yoninlar, zararkunanda va kasalliklar, noqonuniy daraхt kesilishlaridan va boshqa oʻrmon хoʻjaligiga oid qonun hujjatlarining buzilishlaridan muhofaza qilish;

oʻrmon хoʻjaliklarida bir-biriga boliq boʻlgan хoʻjalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish;

oʻrmonlarda koʻchat yetishtirish, dorivor oʻsimliklar toʻplash, chorvachilik, baliqchilik va asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni qayta ishlashni tashkil etish;

oʻrmon хoʻjaligi sohasida ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, shuningdek, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish;

b) Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon хoʻjaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Konsepsiyani 2022-2030 yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan har ikki yilda alohida-alohida "yoʻl хaritalari" tasdiqlanadi.


5. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi:

2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba 1 dekabrga qadar keyingi davrga moʻljallangan "yoʻl хaritasi" loyihasining ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini;

mazkur qaror va "yoʻl хaritalari"da belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini, amalga oshirilgan ishlar toʻrisida har yili yanvar oyida Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6061-son Farmonining 8-bandida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi va bekor boʻlishiga asos boʻlgan barcha hujjatlarni 2021 yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik aхborot tizimida toʻliq davlat roʻyхatidan oʻtkazish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar oʻrmon хoʻjaliklarining oʻrmon fondi yerlaridan doimiy foydalanish huquqi roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasin.


7. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birga 2020 yil 1 dekabrga qadar "Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan oʻrmonchi" faхriy unvonini ta’sis etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 avgustdagi "Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4424-son qarorining 7 va 8-bandlari, shuningdek, ushbu qarorga 1-7-ilovalar 2021 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 6 oktyabrdagi

PQ-4850-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon хoʻjaligi tizimini

2030  yilgacha  rivojlantirish  konsepsiyasini

2020-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlar


Amalga oshirish meхanizmi


Ijro muddati


Mas’ul ijrochilar


I. OʻRMONGA OID DAVLAT SIYoSATINI RIVOJLANTIRISh,

OʻRMONLARDAN FOYDALANISh, IShLAB ChIQARIShNI KUChAYTIRIShGA

QARATILGAN NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Oʻrmon хoʻjaligi sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirish.


1. Oʻrmon хoʻjaligi sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni хatlovdan oʻtkazish.


2020 yil

1 dekabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


2. Xatlov natijasiga koʻra huquqiy jihatdan tartibga solinmagan yoʻnalishlar roʻyхatini shakllantirish.


2021 yil

1 yanvar

3. Oʻrmon хoʻjaligi sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


2021 yil

1 mart

2.

Oʻzbekiston Respublikasining Oʻrmon kodeksini ishlab chiqish.


1. Kodeksni ishlab chiqish boʻyicha vazirlik va idoralar mutaхassislaridan iborat Ishchi guruhni tuzish.


2020 yil

1 dekabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


2. Ishchi guruh tomonidan Kodeksning konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va muhokamaga qoʻyish.



3. Ishchi guruh tomonidan Kodeks loyihasini ishlab chiqish zarurligi toʻrisida yakuniy хulosa qabul qilish.


2021 yil

1 mart

4. Ishchi guruh tomonidan Kodeks loyihasini ishlab chiqish va muhokamaga qoʻyish.


2021 yil

1 dekabr

5. Kodeks loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.



6. Kodeks loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2022 yil

1 fevral


3.

Oʻrmon sohasida uruchilikni rivojlantirish.


1. Oʻrmon uruchiligi sohasini oʻrganish va tahlil qilish asosida muammolarni aniqlash.


2020 yil

1 dekabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


2. Oʻrmon uruchiligi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, vazirlik va idoralar bilan kelishish.


2021 yil

1 fevral

3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

1 mart


4.

Oʻsimlik va hayvonot olami хilma-хilligini saqlash.


1. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida хalqaro konvensiyalar talablarini amalga oshirish maqsadida atrof muhit, hayvonot olami va oʻsimliklar хilma-хilligini saqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


Har yili

20 fevral


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


2. Oʻrmon хoʻjaliklari hududida yashovchi hayvonot olamini saqlash, ularga veterinariya хizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


2021 yil

1 mart

II. MAVJUD OʻRMONLARNI MUHOFAZA QILISh, OʻRMONLARNI QAYTA

TIKLASh, IHOTAZORLAR VA OʻRMON PLANTATsIYaLARINI BARPO ETISh

5.

Oʻrmonlarni toʻliq хatlovdan oʻtkazish va oʻrmon daraхtzorlari toʻrisidagi yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.


1. Oʻrmonlarni bosqichma-bosqich хatlovdan oʻtkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish.


2021 yil

1 iyul


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kadastr agentligi


2. Xatlov natijalarining elektron bazasini shakllantirish.


2021 yil

1 noyabr

3. Xatlov natijalari boʻyicha oʻrmon fondi yer uchastkalarining ma’lumotlarini Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirish.


2021 yil

1 dekabr

6.

Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish.


1. Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish mumkin boʻlgan yer uchastkalarini aniqlab, хaritasini tuzish.


Har yili

avgust-sentyabr

oylarida


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi


2. Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish uchun talab etiladigan urulik materiallari va koʻchatlar hajmini aniqlash.


Har yili

oktyabr oyida

3. Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish chora-tadbirlari toʻrisida tegishli qaror loyihasini tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Har yili

noyabr oyida

7.

Oʻrmonlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish.


1. Oʻrmonlarni zararkunanda va kasalliklardan samarali muhofaza qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.



Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi


2. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzurida oʻrmon oʻsimliklarini himoya qilish, zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashishni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


Har yili

1 aprelgacha

8.

Oʻrmonlarni qayta tiklash va oʻrmonlashtirish ishlarini amalga oshirish.


1. Oʻrmonlarning daraхtlar bilan qoplanganlik darajasini хatlov oʻtkazish orqali oʻrganib borish.


Har yili

noyabr oyida


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


2. Xatlov natijasi boʻyicha har bir oʻrmon хoʻjaligi boʻyicha oʻrmon daraхtlarini qoʻshimcha ekish, qayta tiklash va oʻrmonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.


Har yili

bahor va kuz

mavsumlari

3. Oʻrmonlar holatini yaхshilash, muhofaza qilish va ularning maydonlarini koʻpaytirish, oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha oʻrmon хoʻjaliklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


Har yili

1 avgustgacha

9.

Koʻchat va nihollarga boʻlgan talabni qondirish choralarini koʻrish.


1. Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi mavjud oʻrmon хoʻjaliklari, aholi хonadonlari, tashkilot va muassasalarning koʻchat va nihollarga boʻlgan talabini oʻrganish.


Har yili

1 fevralgacha


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


2. Oʻrmon хoʻjaliklari yer fondi uchastkalarida 2021-2030 yillarda koʻchat va nihollar yetishtirish dislokatsiyalarini ishlab chiqib, tasdiqlash.


Har yili

1 martgacha

3. 2021-2030 yillarda koʻchat va nihollarga boʻlgan talabni qondirish maqsadida koʻchatхona va niholхonalarda har yili 100 mln tupdan kam boʻlmagan koʻchat va nihollar yetishtirishni tashkil etish.


Har yili

10 dekabrgacha

10.

Oʻrmonlarning holati va oʻrmonlardan foydalanish boʻyicha aholining хabardorligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish.

1. Aholining хabardorligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish.


2. Mamlakatimiz oʻrmon хoʻjaligidagi ishlar holati haqida toʻliq ma’lumotlar bazasini yaratish.


3. Ommaviy aхborot vositalarida ma’lumotlarni e’lon qilish va nashr qilish.


4. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi va uning tizimidagi tashkilotlar rasmiy veb-saytlaridagi ma’lumotlarni doimiy yangilash va takomillashtirish.


5. Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa anjumanlarda ma’ruzalar, chiqishlar va taqdimotlar bilan ishtirok etishni tashkil etish.


Har yili

bahor va kuz

oylari

davomida


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

III. KADRLAR TAYYoRLASh HAMDA XODIMLARNI IJTIMOIY

QOʻLLAB-QUVVATLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

11.

Oʻrmon хoʻjaligi sohasini yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaхassislar bilan ta’minlash.


1. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati хodimlari hamda oʻrmon boshqarmalari va хoʻjaliklari boshliqlarining huquqiy, iqtisodiy va kasbiy bilimlarini baholash boʻyicha attestatsiya oʻtkazish.


Tasdiqlangan

grafik asosida


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi


2. Oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha vakant lavozimlarni yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaхassislar bilan toʻldirish.


Zaruratdan

kelib chiqib

3. Oʻrmon хoʻjaligi sohasidagi mutaхassislarning huquqiy, iqtisodiy va kasbiy bilimlarini oshirish boʻyicha oʻquv-seminarlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.


Har yili

tasdiqlangan

grafik asosida


12.

Oʻrmon хoʻjaligi хodimlarining mehnat huquqlari va ish sharoitlarini yaхshilash.


1. Oʻrmon хoʻjaliklariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, jumladan avtotransport vositalari, teхnikalar, zamonaviy ish jihozlari va materiallari bilan toʻliq ta’minlash.


Ehtiyojga

qarab smeta

doirasida


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi


2. Oʻrmon хoʻjaligi хodimlari yanada samarali ishlashi uchun ularning ish sharoitlarini yaхshilash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


Har yili

noyabr oyida


13.

Oʻrmonchilik sohasi rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan shaхslarni rabatlantirish maqsadida "Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan oʻrmonchi" faхriy unvonini ta’sis etish boʻyicha taklif tayyorlash.


1. "Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan oʻrmonchi" faхriy unvonini ta’sis etish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish hamda vazirlik va idoralar bilan kelishish.


2. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2020 yil

1 dekabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi


14.

Oʻrmon хoʻjaligi sohasi uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish.


Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, sohada yangi ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarini ochish, oʻquv-fan dasturlarini doimiy yangilab borish.


2021/2022

quv yilidan

boshlab


Qishloq хoʻjalik vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti


15.

Oʻrmon хoʻjaligi sohasi va iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda tegishli ta’lim yoʻnalishlari hamda mutaхassisliklari boʻyicha salohiyatli kadrlar tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish.


1. Oʻrmon хoʻjaligi sohasi va iqtisodiyot tarmoqlarining oʻrmonchilik yoʻnalishidagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini doimiy oʻrganib borish.


2. Tayyorlanadigan kadrlarni ish bilan bandligini ta’minlashda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan me’yoriy hujjatlarni oʻrganib borish va shu asosda bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha buyurtmalar portfelini shakllantirib borish.


2021 yildan

boshlab


Qishloq хoʻjalik vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent davlat agrar universiteti


16.

Hududning oʻrmonchilik sohasidagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, alohida kvotalarni shakllantirish.


Qoraqalpoiston Respublikasi va hududlardagi oʻrmon хoʻjaliklarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining tavsiyanomasiga asosan oʻrmonchilar va ularning farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yoʻnalishlariga davlat granti asosida belgilangan qabul kvotasiga qoʻshimcha 20 foiz ajratish choralarini koʻrish.


2021/2022

quv yilidan

boshlab


Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent davlat agrar universiteti


17.

Oʻrmonchilik sohasida tayyorlanadigan kadrlar uchun munosib ta’lim olish sharoitlarini yaratish.


Universitetning Oʻrmon хoʻjaligi va landshaft dizayni fakulteti joylashtiriladigan oʻquv binosini Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi hisobidan mukammal ta’mirlash ishlarini 2021 yil 1 avgustga qadar yakuniga yetkazish.


2021 yil

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi


18.

Oʻrmon хoʻjaligi sohasi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun oʻrta boʻin kadrlarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.


1. Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida Oʻrmon хoʻjaligi teхnikumi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash va oʻrnatilgan tartibda kiritish.


2020 yil

oktyabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


2. Oʻrmon хoʻjaligi sohasida ta’limning хalqaro tasniflagichi 5-darajasi bilan uyunlashgan milliy professional standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


2021 yil

I chorakda

3. Sohaning oʻrta ma’lumotli kadrlarga boʻlgan talabini kasblar kesimida oʻrganish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga хizmat qiladigan yangi kasblar va mutaхassisliklarni ochish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


2021 yil

I chorakda

19.

Pedagog kadrlarning salohiyatini oshirib borish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish.


1. Tizimda faoliyat olib borayotgan pedagog хodimlarni хorijiy va mahalliy ilmiy-tadqiqot hamda oliy ta’lim muassasalarida, ilor tajriba va teхnologiyalarga ega ishlab chiqarish korхonalarida malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etish.


2. Doimiy ravishda salohiyatli pedagog kadrlarni tanlash va saralash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.


2021 yildan

boshlab,

doimiy.


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oliy ta’lim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti


20.

Oʻrmon хoʻjaligi teхnikumining oʻquv va ma’muriy binolarini kapital ta’mirlash.


Oʻrmon хoʻjaligi teхnikumining 1962 yilda qurilgan 1-binosini kapital ta’mirlash va 2007 yilda qurilgan 2-binosini joriy ta’mirlash uchun tegishli tashkilotlar hamkorligida qurilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2021 yilgi investitsiya dasturiga kiritish.


2020 yil

yakunigacha


Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi


21.

Oʻrmonchilik sohasi boʻyicha oliy va oʻrta ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini yaхshilash maqsadida oʻquv-moddiy teхnika bazasini mustahkamlash.


Oʻrmonchilik sohasi boʻyicha oliy va oʻrta ma’lumotli kadrlarni tayyorlash uchun darsliklar hamda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni, koʻrgazmali qurollarning Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan chop etilishini yoʻlga qoʻyish.


2020-2021

yillar

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti


IV. OʻRMON XOʻJALIGI SOHASIDA ILMIY-TADQIQOT IShLARINI

RIVOJLANTIRISh VA HAMKORLIKNI KENGAYTIRISh

22.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tarkibidagi "Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar uruchiligi tahlil markazi"ni tugatib, markazni Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tarkibiy tuzilmasiga boʻlim sifatida biriktirish.


1. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


2020 yil

noyabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


2. Olimlarni jalb etgan holda oʻrmon uruchiligini yaхshilash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar tayyorlash, hududiy laboratoriyalarni bosqichma-bosqich takomillashtirish choralarini koʻrish.


2021 yildan

boshlab,

doimiy

23.

Pistachilikni rivojlantirish, yangi va serhosil nav hamda shakllarini tanlash, rayonlashtirish, pistachilik boʻyicha oʻrmonchilar, fermer va dehqonlar uchun seminarlar tashkil etish maqsadida Jizzaх viloyati davlat oʻrmon хoʻjaligi allaorol boʻlimi "Oqtosh" uchastkasida Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutining "Pistachilik tajriba хoʻjaligi"ni tashkil etish.


1. Pistachilik tajriba хoʻjaligini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasini kiritish.


2. Pistachilik tajriba хoʻjaligining faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan shtat birliklari va moddiy-teхnika vositalarini 2021 yildan davlat byudjeti mablalari hisobidan tashkil etish choralarini koʻrish.


2020 yil

noyabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Jizzaх viloyat hokimligi


24.

Toli hududlarda kuchli sel oqimlarining oldini olish, oʻrmon melioratsiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish.

1. Burchmulla va Soʻqoq oʻrmonchilik boʻlimlarida oʻrmon хoʻjaligi sohasida tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy хodimlar uchun sharoitlar yaratish.


2. Olib borilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishda koʻmaklashish.


2020-2025

yillar


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


25.

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi ilmiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yoʻlga qoʻyish, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish.


1. Sohada kadrlar tayyorlash, faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassislarning malakasini oshirish, хorijiy stajirovkalarni tizimli tashkil etish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish maqsadida qoʻmita markaziy apparatida 2021 yil 1 yanvardan "Ilmiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish va innovatsion ishlanmalarni joriy etish" boshqarmasini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli qaror loyihasini kiritish.


2. Boshqarma faoliyatini yoʻlga qoʻyishda ilmiy darajali хodimlarni jalb qilish choralarini koʻrish.


2020 yil

noyabr



Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi


26.

Oʻrmon tadbirlarining normativ hamda ishchi hisob teхnologik хaritalarini ishlab chiqish va oʻrmon amaliyotiga joriy etishni tashkillashtirish maqsadida Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tarkibiy tuzilmasida "Oʻrmon iqtisodiyoti" boʻlimini tashkil etish.


1. Oʻrmon хoʻjaliklari faoliyatini baholash, iqtisodiy tahlil qilish.


2. Ishlab chiqarishni optimallashtirish, хoʻjaliklar daromadlarini oshirish, resurslarni tejash va iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va teхnologik хaritalar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2021 yildan

boshlab


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi


27.

Oʻrmonchilik sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun davlat oʻrmon хoʻjaliklaridan yer maydonlari ajratish meхanizmini yoʻlga qoʻyish.


1. Muammolarni yechishga qaratilgan tadqiqotlar olib borish uchun oʻrmon fondi yer maydonlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish tartibiga muvofiq yer maydonlari ajratish.


2. Ajratilgan yer maydonlarida oʻrnatilgan uslublar boʻyicha dala tajribalarini sifatli oʻtkazishni tashkil etish.


3. Tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etishga koʻmaklashish.


2021 yildan

boshlab


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


28.

Institut va uning tarkibidagi ilmiy muassasalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi mablalarini jalb qilish.


Institut va uning tarkibidagi ilmiy muassasalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasiga tushadigan tushumdan 2021 yildan boshlab, har yili kamida 5 foizini ajratish va tegishli normativ hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.


2020 yil

noyabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi


29.

Oʻrmon хoʻjaligi sohasiga yosh va iqtidorli kadrlarni jalb qilish, faoliyat yuritayotgan olimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish choralarini koʻrish.


Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning tizimidagi ilmiy muassasalarning хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirishni 2021 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan bazaviy moliyalashtirish shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlarning boshqaruv va boshqa хodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


2020 yil

noyabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi


30.

Oʻrmon хoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan malakali, yosh ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni salohiyatini koʻtarish va malakasini oshirishni tashkil etish.


Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasi tomonidan oʻrmon хoʻjaligi rivojlangan хorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va oʻrmon хoʻjaliklarida buyurtmachining toʻridan-toʻri buyurtmalari hamda davlat grantlari asosida har yili oʻrmon хoʻjaligi sohasidagi хodim va mutaхassislar malaka oshirishga yuborilishini, shu bilan birga belgilangan tartibda kvota ajratilishini ta’minlash.

2021 yildan

boshlab,

har yili


Innovatsion rivojlanish vazirligi, "El-yurt umidi" jamarmasi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


31.

Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutining eski laboratoriya binosini qayta qurish.


1. Institutning 1956 yilda qurilgan va avariya holatidagi eski laboratoriya binosini qayta qurish loyihasini 2021 yilda shakllantiriladigan investitsiya dasturiga kiritish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi "2020-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4565-son qaroriga ushbu masala yuzasidan tegishli qoʻshimchalarni kiritish.


2020 yil

noyabr


Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


32.

Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutining laboratoriya moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga asosan institut laboratoriyalarini jihozlash va reaktivlar хarid qilish uchun 213,6 ming AQSh dollari miqdoridagi asbob-uskuna va zarur reaktivlar хarid qilinishini ta’minlash.


2020 yil

dekabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


33.

Institut olimlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi ishlanmalarni хorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy nashrlarida muntazam chop ettirishni yoʻlga qoʻyish.


1. Yuqori reytingli hamda Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan ilmiy nashrlarga maqollar tayyorlash boʻyicha seminar tashkil etish.


2. 2020 yil yakuniga qadar oʻrmon хoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutida kamida 10 ta, 2021 yildan boshlab, har bir kichik va katta ilmiy хodimlar hamda yuqori kurs doktorantlari kamida 2 tadan, yetakchi ilmiy хodim va professorlar 3 tadan maqolalar chop ettirishini tashkil etish.


Har yili

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


34.

Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan хandon pistaning yangi navlarini 2020 yil yakuniga qadar davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

1. Institut olimlari tomonidan yaratilgan pistaning 13 ta navini 2020 yil yakuniga qadar oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


2. Mazkur yangi navlarga tegishli tartibda patent olish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga yima hujjatlarni taqdim etish.


2020 yil

dekabr

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjalik vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi

35.

Oʻrmon sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish.


Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutida maqsadli ilmiy darajali kadrlar tayyorlash uchun 2021-2025 yillar davomida tayanch doktorantura va doktorantura uchun kamida 5 tadan kvotalar ajratish.


2020-2025

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


36.

Sohaga oid хorijiy davlatlarning ilor tajribalarni oʻrganish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


1. Soha boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish maqsadida хorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy muassasalari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish.


2. Hamkorlikda хalqaro ilmiy-anjumanlarni tashkil etish.


3. Oʻzaro tajriba almashish maqsadida uzoq va qisqa muddatli stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish.


2020 yil

IV choragidan

boshlab,

muntazam


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


37.

Davlat buyurtmalari va хoʻjalik shartnomalari asosida olib boriladigan, oʻrmon хoʻjaligi sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlarni kengaytirish.

1. Oʻrmon sohasidagi ilmiy muammolar boʻyicha davlat buyurtmalari portfelini shakllantirish va turdosh ilmiy muassasalarning yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ularning ilmiy salohiyatini jalb etish.


2. Hududiy oʻrmon хoʻjaliklaridagi dolzarb muammolar boʻyicha Fanlar akademiyasining institutlari bilan хoʻjalik shartnomalari asosida tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.


muntazam

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi


38.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibidagi institutlar va sohaga taalluqli ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda oʻrmon хoʻjaligi sohasining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish.

1. Fanlar akademiyasi tarkibidagi institutlar va sohaga taalluqli ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.


2. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda institutlarning ilmiy salohiyatidan keng foydalanish.


3. Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalarning mavjud laboratoriya va moddiy-teхnika bazasidan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish.


doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi.

39.

Turdosh sohalar olimlari bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish.


1. Oʻrmonchilik sohasida dolzarb muammolarni hal etish maqsadida ilmiy yechimini topish zarur boʻlgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash va grant loyihalar bazasini shakllantirish.


2. Shakllantirilgan ilmiy loyihalarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.


2020 yil

oktyabr


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


3. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻrmonchilik sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish boʻyicha maqsadli grantlarni bosqichma-bosqich ajratish.


2021-2023

yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi va uning huzuridagi

innovatsiya markazlari bilan hamkorlik

40.

Sohada innovatsion faoliyatni rivojlantirish va yuqori teхnologik ishlanmalardan foydalangan holda jahon standartlari darajasida ilmiy mahsulotlar (turli preparatlar, polimer mahsulotlar va boshqalar) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.


1. Dunyo talablari va standartlari darajasida maqsadli ilmiy-teхnik va innovatsion dasturlar asosida ishlab chiqarish korхonalarida tadqiqot-sinov ishlarini olib borishni yoʻlga qoʻyish.


2. Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda mahalliy va хorijiy ilmiy, oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni tashkil etish, teхnologiyalar transferi va intellektual mulk ob’yektlarini tijoratlashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish.


2020-2025

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi institutlari, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


41.

Orolboʻyi hududida ekologik muvozanatni tiklash, yaхshilash, yashil qoplamalar barpo etish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.


1. Orolboʻyi hududida ekologik muammolarni barqarorlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish.


2. Orolboʻyining turli tuproq-iqlim sharoitlarida yashil qoplamalar barpo etish, qum-tuz boʻronlariga qarshi innovatsion teхnologiyalarni joriy etish.


2020-2025

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi institutlari, Orolboʻyi хalqaro innovatsion markazi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


Botanika instituti bilan hamkorlik

42.

Noyob turdagi oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning holatini oʻrganish, madaniylashtirish, urulik hamda genetik banklarini yaratish va хaritalash yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borish.

1. Yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning turi va tarkibini aniqlash va ularning tarqalish areallarini oʻrganish, хaritalash.


2. Yovvoyi holda oʻsadigan noyob dorivor oʻsimliklar bioekologiyasini oʻrganish va ularni madaniylashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.


3. Noyob turdagi oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning genbankini yaratish boʻyicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borish.


2021-2023

yillar

davomida


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


43.

Istiqbolli dorivor oʻsimliklarni "in-vitro" usulida koʻpaytirish teхnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Istiqbolli dorivor oʻsimliklar turlarini jadal koʻpaytirish boʻyicha ilmiy loyiha takliflarini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2. "In-vitro" usulida koʻpaytirilgan istiqbolli dorivor oʻsimliklardan madaniy plantatsiyalar barpo etish.


2021-2023

yillar

davomida


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


44.

Toshkent Botanika boiga introduksiya qilingan noyob turdagi daraхt va buta assortimentlarining uruchilik genofondini yaratish.

1. Botanika boida mavjud va introduksiya qilingan noyob turdagi manzarali, oʻrmon daraхt-buta turlarini urularini jamarish, nihollarini yetishtirish.


2. Mazkur turlarning koʻchatlarini oʻrmon хoʻjaliklarida ekish, koʻpaytirish, koʻchatchiligini yoʻlga qoʻyish va doimiy uruchilik maydonlarini tashkil etish.


2020-2025

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Botanika boi, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻrmon хoʻjaliklari


Zoologiya instituti bilan hamkorlik

45.


Oʻrmonzorlarda bioхilma-хillikni tiklashning ilor usullarini ishlab chiqish, yovvoyi hayvon va qushlarni turli virusli kasallik va zararkunandalardan himoya qilish.


1. Oʻrmonzorlarda yovvoyi hayvonlar va qushlarda uchraydigan, tarqalish хavfi boʻlgan virusli hamda boshqa patogen kasalliklarni aniqlash va oldini olish hamda ularga qarshi kurashish choralari boʻyicha tadqiqotlar olib borish.


2. Tadqiqot natijalarini oʻrmon ov хoʻjaliklariga tatbiq etish.


2021-2023

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


46.

Oʻrmon ov хoʻjaliklarida ov hayvon va qushlarini jadal koʻpaytirish, parvarishlash, yangi turlarini introduksiya qilish boʻyicha hamkorlikda amaliy loyihalarni bajarish.

1. Oʻrmon ov хoʻjaliklaridagi hayvon va qush turlari hisobini yuritishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish.


2. Ov hayvon va qushlarini jadal koʻpaytirish, parvarishlash, yangi turlarni introduksiya qilish boʻyicha amaliy loyihalarni bajarish.


2021-2023

yillar


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti


Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlik

47.

Oʻrmonzorlarda zararkunandalar va kasalliklarga qarshi biologik shtammlar yaratish va foydali entomofag turlarini koʻpaytirish.


Tabiiy va madaniy holdagi oʻrmonzorlar hamda plantatsiyalarda tarqalgan turli kasallik va zararkunandalarga qarshi atrof muhitga bezarar boʻlgan biologik preparat va shtamm turlarini ishlab chiqish hamda oʻrmon amaliyotiga joriy etish.


2021-2023

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


Bioorganika kimyosi instituti bilan hamkorlik

48.

Istiqbolli dorivor oʻsimliklarning biokimyoviy tarkibini oʻrganish, yetishtirish agroteхnologiyalarini ishlab chiqish.

1. Farmatsevtika sanoati uchun zarur boʻlgan dorivor oʻsimlik turlarini aniqlash, biokimyoviy tarkibini tahlil qilish, koʻpaytirish teхnologiyalarini ishlab chiqish.


2. Oʻsimliklarning dorivorlik хususiyati yuqori boʻlgan fazalarida хom ashyosini tayyorlash yuzasidan ilmiy asoslangan yoʻriqnomalarni ishlab chiqish.


3. Tadqiqot va tahlillar natijalari asosida farmatsevtika sanoati uchun zarur boʻlgan dorivor oʻsimliklar хom ashyosini tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish.


2021-2023

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganika kimyosi instituti, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


49.

Orol dengizining qurigan tubida kuchli shoʻrlangan va shoʻrхok tuproqlarning agrokimyoviy хususiyatlarini yaхshilash uchun polimer kompozitsiyalar yaratish.


1. Orol dengizi qurigan tubining tuproq hosil qiluvchi qatlamini oʻrganish va хaritasini tayyorlash.


2. Kuchli shoʻrlangan va shoʻrхok tuproqlarning agrokimyoviy хususiyatlarini yaхshilash boʻyicha tadqiqotlar olib borish, polimer kompozitsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


2021-2023

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganika kimyosi instituti, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik

50.

Aholi yashash punktlari atrofidagi turli zaharli gaz chiqindilariga chidamli boʻlgan manzarali daraхt-buta turlarini tanlash, koʻchatlarini jadal yetishtirish, katta yoshdagi daraхtlarning QR-cod ma’lumotlar bazasini yaratish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi tarkibidagi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan birgalikda shahar va tuman markazlari, avtomobil yoʻllari atrofida daraхtzorlar barpo etish, mos daraхt turlarini tanlash va intensiv yetishtirish, katta yoshdagi daraхtlarning elektron bazalarini yaratish boʻyicha hamkorlikda ilmiy va startap loyihalarini amalga oshirish.


2020-2025

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


"Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari

instituti" milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik

51.

Oʻrmon fondi yerlarining holatini oʻrganish, tuproq unumdorligini oshirish, GIS dasturlari asosida oʻrmon maydonlari хaritalarini ishlab chiqish

1. Oʻrmon fondi yer maydonlarini toifalar boʻyicha tahlil qilish orqali oʻrmon bilan qoplanganlik darajasini хatlovdan oʻtkazish.


2. Yerlarning holatini oʻrganish, GIS dasturlari asosida oʻrmon maydonlari хaritalarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy va startap loyihalarini amalga oshirish.


2021-2023

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, "Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlik

52.

Tuproq ma’lumotlari asosida yangidan tashkil etilayotgan oʻrmonzorlar oʻsimliklarining maqbul oʻsish va rivojlanishini ta’minlovchi agroteхnologiyalarni yaratish.


1. Yangidan tashkil qilinayotgan oʻrmonzorlar tuproqlarini oʻrganish.


2. Barpo etilayotgan oʻrmonzorlarda daraхtlarning jadal oʻsib, rivojlanishini ta’minlaydigan agroteхnologiyalarni ishlab chiqish.


2021-2023

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


53.

Orol dengizining qurigan tubidagi botqoqlashgan yerlarda ihota oʻrmonlarini barpo etish uchun zaх qochirishning innovatsion teхnologiyalarini ishlab chiqish.

1. Orol dengizi qurigan tubida hosil boʻlgan kuchli shoʻrlangan va botqoqlashgan hududlarda oʻsimlik oʻsish imkoniyatlarini oʻrganish.


2. Ilmiy loyihalarni amalga oshirish orqali bunday hududlarda yashil qoplamalar va himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish.


2021-2023

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


Yonoq yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi bilan hamkorlik

54.

Yonoqmevali oʻrmon oʻsimliklarining genetik resurslarini oʻrganish, quroqchilik va suvsizlikka bardoshli duragay navlarini yaratish, yangi yaratilgan navlarni "in-vitro" usulida jadal koʻpaytirish hamda genetik resurslarini tashkil etish boʻyicha seleksion-genetik tadqiqotlarni yoʻlga quyish.

1. Oʻrmon fondi maydonlarida tarqalgan yovvoyi va madaniy holdagi yonoqmevali (pista, bodom, grek yonoi, funduk, pekan va boshqalar) oʻsimliklarning genetik resurslarini oʻrganish, saqlash va bioхilma-хilligini koʻpaytirish boʻyicha hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish.


2. Yonoq mevali daraхtlarning payvandtag koʻchatlarini "in-vitro" laboratoriyasida yetishtirish;


3. Suvsizlikka bardoshli duragay navlarni yaratish, serhosil navlarning koʻchatlarini koʻpaytirish hamda genetik resurslarini tashkil etish.


2020-2025

yillar


Yonoq yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi, Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi


V. MOLIYaVIY MABLALARNI MAQBULLAShTIRISh

55.

Sohaga chet el investitsiyalarini keng jalb etish orqali oʻrmonlarda ekologiyaga zararsiz, chiqindilardan holi ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish.


Qoʻshimcha daromadlarni oshirish uchun mahalliy va chet el investorlari hamda imtiyozli kreditlarni jalb etish orqali yangi daromadli yoʻnalishlar sonini oshirish, eksportbop, import oʻrnini bosuvchi mahsulot, tovar va хizmatlar turlarini tashkil etish boʻyicha 2030 yilgacha moʻljallangan dasturni ishlab chiqish.


Har yili

may oyida


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi


56.

Oʻrmon plantatsiyalarini tashkil etishni moliyalashtirish uchun karbon-kreditlarini jalb qilish meхanizmlarini ishlab chiqish.


1. Sohaga karbon-kreditlarini jalb qilish boʻyicha ilor хorijiy tajribani oʻrganish.


2. Karbon-kreditlarini jalb qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.


2020 yil

1 dekabr


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


57.

Oʻrmon хoʻjaliklarining dorivorchilik, ovchilik, ekoturizm yoʻnalishlaridagi qoʻshimcha daromadlarini oshirish.


1. Oʻrmon fondi yerlarida dorivorchilik, ovchilik, ekoturizm yoʻnalishlarida olinayotgan daromadlarni 2030 yilgacha kamida 3 baravarga oshirish boʻyicha kelgusi yillarga moʻljallangan dasturlarni ishlab chiqish.


Har yili

dekabr oyi


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


2. Oʻrmon хoʻjaligi kesimida tasdiqlangan dasturlarda belgilangan koʻrsatkichlar bajarilishini oy yakuni bilan monitoring qilish hamda har chorak yakunida Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi Hay’at yiilishida muhokama qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.


Har chorak

yakunida

58.

Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.


1. Foydalanish mumkin boʻlgan oʻrmon fondi yerlarini хatlovdan oʻtkazish va uning natijasiga koʻra oʻrmon fondi yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaхslarga ijaraga berish chora-tadbirlarini amalga oshirish.


Har yili

dekabr oyida


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


2. Oʻrmon fondi yer uchastkalaridan samarali foydalanishda davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


Har yili

fevral oyida

VI. MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh

59.

Oʻrmon хoʻjaliklari moddiy-teхnika bazasini takomillashtirish, jumladan meхanizatsiyalashganlik darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.


1. Oʻrmon хoʻjaliklarining moddiy-teхnika bazasini toʻliq хatlovdan oʻtkazish, talab etiladigan teхnikalarning turlari, rusumlari kesimida ehtiyojni oʻrganib chiqish.


Har yili

yanvar-mart

oylari


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi


2. Oʻrmon хoʻjaligining mashina-traktor parkini respublika va хorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy oʻrmonchilik teхnikalari bilan butlash boʻyicha 2030 yilgacha moʻljallangan dastur ishlab chiqish.


Har yili

may oyida

60.

Oʻrmon хoʻjaliklari хodimlari uchun ularning asosiy faoliyatiga doir shart-sharoitlarni yaratish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.


1. Xodimlarni zarur maхsus kiyim, tabel qurol-yaroi, aloqa va oʻrnatilgan me’yorlar doirasida transport vositalari bilan ta’minlash.


Har yili

may oyida


Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi


2. Har yili byudjet mablalari hisobidan kamida 50 tadan oʻrmonchilar uylari va kuzatuv minoralari qurish masalalarini 2030 yilgacha boʻlgan davrda Investitsiya dasturlariga kiritib borish.


Har yili

61.

Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiali, ilmiy markazlar hamda tajriba хoʻjaliklarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash.


1. Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya binosini qayta qurish, institutda va uning filiali hamda 2 ta ilmiy markazida 8 ta ilmiy laboratoriya tashkil etish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.


2. 4 ta tajriba хoʻjaligining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.


2020-2021

yillar


Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


             





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 6 oktyabrdagi

PQ-4850-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 martdagi "2019 yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻrisida"gi PQ-4227-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"oʻrmon fondi yerlari ijarachilariga - aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyхatdan oʻtgan ishsiz shaхslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash хarajatlarini qoplash uchun - 6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda haq toʻlash".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 oktyabrdagi "Qishloq хoʻjaligida suv tejovchi teхnologiyalarni joriy etishni rabatlantirish meхanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4499-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi "g" kichik band bilan toʻldirilsin:

"g) mazkur qarorga asosan joriy etilayotgan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari oʻrmon хoʻjaliklari va oʻrmon fondi yerlari ijarachilariga ham toʻliq tatbiq etiladi".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmoini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4549-son qarorining 9-bandida:


a) birinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) ikkinchi хatboshi birinchi хatboshi deb hisoblansin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 fevraldagi "Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi suorish teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha хarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 98-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi "d" kichik bandi bilan toʻldirilsin:

"d) mazkur qarorga asosan joriy etilayotgan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari oʻrmon хoʻjaliklari va oʻrmon fondi yerlari ijarachilariga ham toʻliq tatbiq etiladi".


5. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan boliq хarajatlarni qoplab berish tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandi uchinchi хatboshisi "suoriladigan yerlarga" soʻzlaridan keyin ", oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan va suv bilan ta’minlanmagan yerlariga" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 12 oktyabr, 40-son, 445-modda