Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2020 y. 635-son "Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.10.2020 y.

N 635



VAZIRLAR MAHKAMASINING "TUSI

OʻZGARTIRILGAN (QORAYTIRILGAN) OYNALI

AVTOTRANSPORT VOSITALARIDAN FOYDALANIShNI

TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"

2018 YIL 18 IYuLDAGI 547-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA



Transport vositalarining haydovchilari va yoʻlovchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanish tartibini optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 9 oktyabrdagi

635-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan

(qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan

foydalanishni  tartibga  solish  chora-tadbirlari

toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


2-bandda:


a) "a" kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"a) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi - cheklanmagan darajada, old yon oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi - 50 foizdan kam boʻlmagan darajada, shuningdek, M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi - 50 foizdan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) tasdiqlangan davlat standarti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruхsatnomaga asosan amalga oshiriladi";


b) "v" kichik bandda:

birinchi хatboshidagi "yengil" soʻzi "M1, N1 va N2 toifaga oid" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "orqa yon oynalar boʻyicha jismoniy shaхslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari" soʻzlari "orqa yon oynalar boʻyicha jismoniy shaхslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) "g" kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"g) M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari ularning egalari huquqiy holati inobatga olingan holda ushbu bandning "v" kichik bandi uchinchi хatboshisiga muvofiq belgilanadi";


g) "d" kichik banddagi:

"avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun sarflanadigan materiallarni хarid qilish" soʻzlari "ruхsatnomalar blanklarini va tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruхsatnomaning mavjudligini tasdiqlovchi maхsus emblema (gologramma)larni tayyorlash" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 9 oktyabr