Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 28.10.2020 y. 242-mh-son "Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.10.2020 y. 2231-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.10.2020 y.

N 2231-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

28.10.2020 y.

N 242-mh


BUYRUI



Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan

vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar

kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Notariat toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011 yil 25 maydagi 111-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2231, 2011 yil 25 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 20-21-son, 218-modda) bilan tasdiqlangan Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan

vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 2-bandning toʻqqizinchi хatboshisidagi "davlat notarial idoralariga" degan soʻzlar "notarial idoralarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 7-bandning yettinchi хatboshisidagi "ruhiy kasalligi" degan soʻzlar "ruhiy holatining buzilganligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 15-bandning "v" kichik bandidagi hamda 22-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "davlat notarial idorasiga" degan soʻzlar "notarial idoraga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 1-ilovadagi jadvalning yettinchi ustunidagi "davlat notarial idorasiga" degan soʻzlar "notarial idoraga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 2 va 3-ilovalarning matnidagi "davlat notarial idorasining" va "davlat notarial idorasiga" degan soʻzlar tegishli ravishda "notarial idoraning" va "notarial idoraga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 9-ilova matnidagi "davlat notarial idorasining" degan soʻzlar "notarial idoraning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 29 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 2 noyabr, 43-son, 479-modda