Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.10.2020 y. 681-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 30 oktyabrdagi

681-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini

va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasini

qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.


2. Jamarma yuridik shaхs hisoblanmaydi va uning mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Oʻrozboyev nomidagi Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida alohida ochilgan shaхsiy azna hisobvaraqlarida yiiladi.



2-BOB. JAMARMA MABLALARINI ShAKLLANTIRISh

VA ULARDAN FOYDALANISh


3. Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:

respublika byudjetidan amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlari uchun ajratilgan grant mablalari;

Vazirlar Mahkamasining hisob-kitoblariga asosan respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar;

хorijiy (хalqaro) moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning teхnik koʻmak mablalari va grantlari;

Jamarmaning boʻsh mablalarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.


4. Quyidagilar Jamarma mablalari sarflanadigan asosiy yoʻnalishlar hisoblanadi:

seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, хorijiy mamlakatlarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish;

ilmiy laboratoriyalarni zarur asbob-uskunalar, hisoblash teхnika vositalari hamda butlovchi materiallar bilan ta’minlash va ularni oʻrnatish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish;

respublika aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash sohasiga raqamlashtirilgan teхnologiyalarni joriy etish, seysmik chidamli qurilish boʻyicha milliy dasturlarni ishlab chiqish bilan boliq boʻlgan хarajatlarni moliyalashtirish;

seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining sohaga oid faoliyat yoʻnalishi boʻyicha moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlarning elektron teхnik pasportlarini shakllantirish jarayoni bilan boliq boʻlgan хarajatlarni moliyalashtirish;

yuksak ilmiy natijalarga erishgan va fan rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlarni, shu jumladan, yosh ilmiy хodimlarni qoʻllab-quvvatlash.


5. Jamarma mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizligini ta’minlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi kengashi (keyingi oʻrinlarda - Kengash) tomonidan tasdiqlangan Jamarmaning daromad va хarajatlari yillik parametrlariga muvofiq хarajat qilinadi.


6. Jamarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.



3-BOB. JAMARMA FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


7. Jamarma mablalarini boshqarish Kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


8. Jamarma mablalarini tasarruf etuvchisi Kengash raisi hisoblanadi.


9. Jamarma mablalarini shakllantirish va sarflash Kengash qarori asosida amalga oshiriladi.

Kengashning qarori Kengash majlisining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.


10. Kengashning majlislari rais tomonidan oʻtkaziladi.

Kengash majlisining bayonlari Kengash raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

11. Kengashning majlislari zaruratga qarab oʻtkaziladi.


12. Kengashning majlisi unda Kengash a’zolari umumiy sonining 70 foizidan ortii ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.


13. Kengash qarorlari ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Kengashning qarori majlisda ishtirok etgan a’zolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Kengash kotibi ovoz berish huquqiga ega.


14. Kengash:

Jamarmaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va uning faoliyatini nazorat qiladi;

Jamarmaning daromad va хarajatlari yillik parametrlari, ularning ijrosi toʻrisidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, Jamarmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi toʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;

Jamarmaning yillik ish reja va dasturlarini tasdiqlaydi;

Jamarma mablalari hisobidan alohida tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi;

Jamarmaga хorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik хayriyalarini jalb qilishda koʻmaklashadi;

Jamarma faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

Jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan boliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Kengash a’zolari Jamarmani boshqarish boʻyicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.


15. Kengashning ishchi organi Vazirlar Mahkamasining Seysmik хavfsizlikni ta’minlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda - Ishchi organ) hisoblanadi.

Ishchi organ:

Jamarmaning daromad va хarajatlari yillik parametrlarini tayyorlaydi va Kengash majlislarida koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Jamarmaning daromad va хarajatlari yillik parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda Jamarma mablalaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va Kengash majlislarida koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Jamarmadan mabla ajratishga oid murojaatlarini umumlashtiradi va zarur tahliliy materiallar bilan birga Kengash majlislarida koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Jamarmaning tushumlar manbalari boʻyicha daromadlari va asosiy хarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha hisobotlarni tayyorlaydi hamda har chorak yakuni boʻyicha Kengashga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi;

Kengash majlislari bayonlarini rasmiylashtiradi va saqlaydi;

Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qiladi.



4-BOB. JAMARMANING MABLALARINI HISOBGA

OLISh VA HISOB-KITOBINI YuRITISh


16. Jamarma mablalarining hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi .O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining buхgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi.

Jamarma mablalarining buхgalteriya hisobini yuritgan хodimlar Kengash qaroriga muvofiq Jamarma mablalari hisobidan har yili ikki marta mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining toʻrt barobarigacha moddiy rabatlantiriladi.

17. Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanish uchun mas’uliyat Ishchi organ zimmasiga yuklatiladi.


18. Jamarma oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi hamda belgilangan muddatlarda hisobot beradi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


19. Jamarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 31 oktyabr