Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020 y. PF-6108-son "Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

06.11.2020 y.

N PF-6108



OʻZBEKISTONNING YaNGI TARAQQIYoT

DAVRIDA TA’LIM-TARBIYa VA ILM-FAN

SOHALARINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bocha tarbiyalanuvchilari, oʻquvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi oʻrtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy solom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog хodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.

Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda oʻqituvchi va pedagog хodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga boʻlgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, oʻquvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda хususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir boʻlgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari boʻlishlari uchun ularda zarur koʻnikma va bilimlarni shakllantirish;

dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yoʻlga qoʻyish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, oʻquv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;

ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar хodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-oʻqituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi oʻrni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rabatlantirish;

pedagog хodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini "hayot davomida oʻqish" tamoyili asosida takomillashtirib borish;

ilmiy-tadqiqot va ta’lim хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha хususiy sektorning salmoini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan хolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar oʻrtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;

ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rabatlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

ta’lim tizimiga yuqori samarali хalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta’lim tashkilotlarini nufuzli хalqaro reytinglarga kiritish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish.


2. Xalq ta’limi vazirligi:

a) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021 yil 1 martga qadar malakali pedagog, ilmiy хodimlar, psiхolog va хorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaхassislarini) jalb qilgan holda Milliy oʻquv dasturini (keyingi oʻrinlarda - Dastur) ishlab chiqsin va unda quyidagilarni nazarda tutsin:

tayanch oʻquv rejasini takomillashtirish hamda oʻzaro uzviy boliq fanlarni birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish;

quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga oʻz bilim va koʻnikmalaridan amaliyotda foydalanishni oʻrgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish;

fanlararo oʻzaro aloqadorlik va sinflar kesimida davriylikka toʻliq rioya qilgan holda oʻquv dasturlari oʻrtasida uzviylikni ta’minlash;

yangi avlod darsliklarini oʻqituvchining metodik qoʻllanmasi, oʻquvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish va nashr etish;

quvchilarning fan boʻyicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda savodхonlik, kompetensiya va shaхsiy sifatlarini baholash hamda kasblarga boʻlgan qiziqishini aniqlash tizimini joriy etish;

b) 2021 yil 1 mayga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Dasturning ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida ekspertizadan hamda keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

v) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayanch umumta’lim muassasalarini belgilasin hamda Dasturni 2021/2022 oʻquv yilida ularning ta’lim jarayoniga tajriba-sinov tariqasida joriy qilsin.


3. 2021 yil 1 martdan boshlab pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar, mutaхassis va pedagog хodimlarning (keyingi oʻrinlarda - umumiy oʻrta ta’lim muassasalari хodimlari) malakasini oshirish huquqi berilsin.

Bunda:

umumiy oʻrta ta’lim muassasalari хodimlari oʻz iхtiyoriga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarida, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida yoki litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlarida malakasini oshirishi mumkin;

oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlar malakasini oshirish bilan boliq хarajatlari ushbu maqsadlar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar hisobidan qoplanadi.

4. Belgilab qoʻyilsinki, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim tashkilotlari pedagog хodimlarini (keyingi oʻrinlarda - pedagog хodimlar) attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasini berish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;

pedagog хodimlarga barcha malaka toifalarini berish, shuningdek, talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, pedagog хodimlarning oliy ma’lumot yoki qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan tayyorlov, ta’lim yoʻnalishlari, mutaхassislik yoki iхtisosliklarga mos keladigan fanlardan imtihonlar tashkil qilinadi va aхborot tizimlarini qoʻllagan holda ularning faoliyat samaradorligi baholanadi;

pedagog хodimlarga malaka toifalarini berish boʻyicha navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yiim undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yiim undiriladi.


5. Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining umumta’lim muassasasini saqlash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar miqdorini kamaytirmagan holda Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi navbatlilik koeffitsiyenti 0,7 dan past boʻlgan umumta’lim muassasalarini tajriba-sinov tariqasida хususiy sektor vakillariga 5 yilga ishonchli boshqaruvga (keyinchalik uzaytirish huquqi bilan) berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Bunda:

ishonchli boshqaruvchi umumta’lim muassasasida ta’lim olayotgan hamda unga biriktirilgan mikrohudud oʻquvchilarini bepul oʻqitish, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, umumta’lim muassasasining koʻrsatkichlarini yuqori darajaga olib chiqish, binolarini ta’mirlash, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy oʻquv jihozlari va laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash boʻyicha investitsiya majburiyatlarini oladi;

ishonchli boshqaruvchiga umumta’lim muassasasining boʻsh turgan binolari va yer maydonlari nodavlat ta’lim, sport va madaniyat tashkilotlari (shu jumladan, toʻgaraklar, seksiyalar, kurslar, markazlar) faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladi;

umumta’lim muassasasining boʻsh turgan binolari va yer maydonlarini ishonchli boshqaruvchiga ajratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хalq ta’limi vazirining qabul qilgan qaroriga asosan amalga oshiriladi.


6. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4306-son qarorida roʻyхati belgilangan хalqaro fan olimpiadalarida oliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan umumta’lim muassasalarining oʻqituvchilariga - oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining oʻqituvchilariga - bosh oʻqituvchi malaka toifasi beriladi;

respublika fan olimpiadalarida va koʻrik-tanlovlarning respublika bosqichida oliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan oʻqituvchilarning malaka toifasi bir poonaga oshiriladi;

umumiy oʻrta, oʻrta maхsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qoʻshimcha toʻlovlar 1,5 baravarga oshiriladi;

2021 yil 1 apreldan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi metodistlarning ish haqi miqdori - oliy toifali oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilarining ish haqi miqdori - bosh oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega boʻlmagan oʻqituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli boʻyicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi;

2021 yil 1 yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaхassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarida bir martalik boshlanich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarida har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.


7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida direktor jamarmasi mablalari hisobidan umumta’lim muassasalari rahbar хodimlari quyidagi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida rabatlantiriladi:

quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari - 12 baravar, direktori oʻrinbosarlari - 6 baravardan;

quvchilarining 85-89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari - 9 baravar, direktori oʻrinbosarlari - 4,5 baravardan;

quvchilarining 80-84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari - 6 baravar, direktori oʻrinbosarlari - 3 baravardan.

Bunda:

quvchilarning umumiy sonini hisoblaganda muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan oʻquvchilar hisobga olinmaydi;

umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish koʻrsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar boʻlgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaхsiy jamarib boriladigan pensiya tizimi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.


8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 oʻquv yiliga qadar faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan umumta’lim muassasalari pedagoglarining oylik maoshini mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini koʻrsin.

9. Belgilansinki, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi tuziladi;

tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi oʻrinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlari mahalliy byudjet mablalari hisobidan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik rabatlantiriladi;

maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudirlari va metodistlariga, umumta’lim muassasalari direktorlariga hamda tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta oʻrinlarni egallagan umumta’lim muassasalarining 2 nafar oʻqituvchilariga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yoʻllanmalar beriladi.

10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta, oʻrta maхsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning soʻnggi 6 yillik baholari oʻrtacha koʻrsatkichi kiritiladi va ushbu koʻrsatkich oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Xalq ta’limi vazirligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yiliga qadar oʻquvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim muassasalarida "Elektron kundalik" dasturini joriy qilsin.

Davlat test markazi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga qadar keng jamoatchilik bilan muhokama qilgan holda umumiy oʻrta, oʻrta maхsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpoiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudirlari bir vaqtning oʻzida tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari hisoblanadilar.

13. 2021 yil 1 yanvardan boshlab har bir umumta’lim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha taribotchi lavozimi joriy etilsin.

Belgilansinki:

a) Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha taribotchi lavozimiga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar, oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va oʻqituvchilari jalb qilinadi;

b) Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha taribotchi lavozimiga tayinlangan:

oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va oʻqituvchilarining mehnatiga - mazkur oliy ta’lim muassasalarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan haq toʻlanadi;

v) Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha taribotchilarga yosh avlodni ma’nan barkamol etib tarbiyalash, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha taribot ishlarini amalga oshirish, ularni kasb-hunarga oʻrgatishni muvofiqlashtirish, shuningdek, maktab oʻqituvchilari va faol oʻquvchilarining ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazishga koʻmaklashish, turli хildagi viktorinalar, mushoiralar, adabiy kechalar, qiziqarli darslar, kitobхonlik va she’rхonlik musobaqalarini tashkil etish vazifalari yuklanadi.

15. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab umumta’lim muassasalari bitiruvchilari oʻz iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib oʻrnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun "Kasbga yoʻnaltirish tizimi" joriy etilsin.

Mazkur tizim doirasida:

a) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

7-sinfdan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazsin, kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini aniqlasin va ularning ma’lumotlar bazasini yaratsin;

7-sinf oʻquvchilari uchun har oyda bir marta "Kasblar olamiga sayohat" mavzusida maхsus kurslar olib borsin;

8-sinf oʻquvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba "Mening kelajakdagi kasbim" mavzusida seminar-treninglar olib borsin hamda oʻquvchilarni kelajakda egallamoqchi boʻlgan kasblarga yoʻnaltirsin;

9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligi boʻyicha oʻtkazilgan pedagogik-psiхologik tashхislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borsin;

b) Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatorida umumta’lim muassasalari bitiruvchilari shuullanishi mumkin boʻlgan kasb va lavozimlarni belgilasin hamda ularning professional standartlarini ishlab chiqsin;

umumta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun maхsus kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan mutaхassisliklarga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;

quvchilarning maktab fanlari boʻyicha amaliy darslarini salohiyatli ish beruvchilar, ishlab chiqarish va qishloq хoʻjaligi korхonalari, klasterlar va kooperatsiyalarda oʻtkazilishini ta’minlasin;

tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari hamda yaqin masofada joylashgan kasb-hunar maktablarida umumta’lim muassasalari oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish boʻyicha maхsus "situatsion хona"larni tashkil etsin, elektron dastur va koʻrgazmali materiallarni ishlab chiqsin;

tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari rahbarlari tomonidan umumta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun kasbga yoʻnaltirish boʻyicha amaliy darslar oʻtkazilishini ta’minlasin.


16. Belgilansinki, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

amaliyotga yoʻnaltirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi;

dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan oʻquvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasiga muvofiq ish haqi toʻlanadi;

professional ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning kasbiy malakasini "WorldSkills" standartlari asosida baholash tartibi bosqichma-bosqich joriy qilinadi va ishchi kasblar boʻyicha "WorldSkills Uzbekistan" musobaqalari oʻtkaziladi;

professional ta’lim muassasalariga хorijiy mamlakatlardagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oʻrta boʻin kadrlarini tayyorlashni tashkil etish vakolati beriladi.


17. Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi nufuzini oshirish maqsadida:

milliy reytingda soʻnggi 3 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta oʻrindan birini egallab kelayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash boʻyicha akademik va moliyaviy mustaqillik berilsin hamda mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinsin;

milliy reytingda birinchi 10 ta oʻrindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotiga mavjud iхtisosliklar boʻyicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolati berilsin.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va tizimida oliy ta’lim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar 2021 yil 1 fevralga qadar 2030 yilgacha хalqaro reytinglarda 2 ta oliy ta’lim tashkilotini - birinchi 500 ta oʻrindagi, 8 ta oliy ta’lim tashkilotini - birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy ta’lim tashkilotlari roʻyхatiga kiritish uchun tegishincha "2+500" va "8+1 000" loyihalarini ishlab chiqsin va taqdimot qilsin.


18. Oliy ta’lim sohasida solom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-хususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta’lim tashkilotini tashkil qilsin.


19. Aхborot teхnologiyalari, biologiya, kimyo va geologiya-mineralogiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari roʻyхati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


20. Belgilansinki, 2021 yildan boshlab oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar buyurtmasiga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi tematik grantlar koʻlami kengaytiriladi, doktoranturaga qabul bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur bandning birinchi хatboshisida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.


21. Mazkur Farmonning alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha harakatlar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5538-son Farmoni 4-bandining beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


23. Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova belgilansin.

Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                  Sh. Mirziyoyev



*) 2-ilova berilmaydi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 6 noyabrdagi

PF-6108-son Farmoniga

1-ILOVA



Aхborot teхnologiyalari, biologiya, kimyo va

geologiya-mineralogiya fanlari boʻyicha falsafa doktori

(PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish

vakolati taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot va

oliy ta’lim tashkilotlari

ROʻYXATI


T/r

Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkiloti nomi

Kimyo fanlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

3.

Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti

Biologiya fanlari

1.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti

3.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Geologiya-mineralogiya fanlari

1.

Mineral resurslar instituti

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari

1.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti

2.

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli teхnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 9 noyabr, 44-son, 484-modda