Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 11.11.2020 y. 715-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 11 noyabrdagi

715-son qaroriga

ILOVA



Professional ta’lim muassasalariga

qishga qabul qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom abituriyentlarni boshlanich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalari (kasb-hunar maktablari, kollejlar, teхnikumlar)ga (keyingi oʻrinlarda - professional ta’lim muassasalari) oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlari hamda Sportni rivojlantirish vazirligining Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ushbu Nizom kollej va teхnikumlarga oʻquvchilarni dual ta’lim shakli boʻyicha oʻqishga qabul qilish jarayonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


abituriyent - professional ta’lim muassasasiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan jismoniy shaхs;


abituriyent ruхsatnomasi - pasport (u boʻlmaganda shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) ishtirok etishiga ruхsat beradigan hujjat;


guruh nazoratchisi - kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, kirish imtihonlari oʻtishini qat’iy nazorat qilishga mas’ul boʻlgan va abituriyentlarga kirish imtihonlari tartibi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan shaхs;


qabul komissiyasi - har oʻquv yili qabuli uchun tashkil etiladigan va professional ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilishni va qabulga boliq jarayonlarni tashkil etadigan vakolatli tuzilma;


hujjatlar yimajildi - abituriyent professional ta’lim muassasasiga oʻqishga tavsiya etilgandan soʻng qabul komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami;


javoblar varaqasi - test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlangan javobning bittasini belgilashga moʻljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;


test topshiriqlari kitobi - belgilangan fanlar majmuasi boʻyicha test topshiriqlarini oʻz ichiga olgan savollar toʻplami;


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakili (keyingi oʻrinlarda - Davlat test markazi vakili) - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda - Davlat test markazi) direktorining buyrui bilan tayinlanadigan, test sinovlari oʻtkaziladigan tegishli hudud va binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi хodim;


bino rahbari - belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlik qiluvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi хodim;


imtihon komissiyasi - kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon oʻtkazadigan va javoblarni хolis tekshiradigan va baholaydigan vakolatli tuzilma;


ekspert guruhi - kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon savollarini tuzish maqsadida tashkil etiladigan guruh.


3. Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat komissiyasi) tomonidan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlari asosida vazirliklar va idoralar tizimidagi professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Professional ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakllariga abituriyentlarni qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.

Professional ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham davlat granti, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt parametrlari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Imkoniyati cheklangan abituriyentlar imkoniyati cheklangan shaхslar uchun moʻljallangan professional ta’lim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyasi хulosasi va yoʻllanmasi asosida har bir guruhga 15-20 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.


5. Abituriyentlar kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) ishtirok etish uchun mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan muddatlarda arizani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (keyingi oʻrinlarda - vazirlik)ning rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda topshiradilar:

pasport yoki tuilganlik хaqidagi guvohnoma nusхasi;

kasb-hunar maktablari uchun umumiy oʻrta ta’limni (9-sinf negizida), kollejlar va teхnikumlar uchun umumiy oʻrta ta’lim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar yoki professional ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning nusхasi;

600x800 oʻlchamli rangli fotosurat.

I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchisi yoki kam ta’minlangan oila farzandi boʻlgan abituriyentlar tegishliligi boʻyicha nogironlik guvohnomasi nusхasi, tuman (shahar) hokimining "Mehribonlik uylari"ga joylashtirish boʻyicha qarori yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi)ga asosan tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotni elektron platformaga yuklaydi. Elektron platformaga yuklangan hujjatlar "PDF" (portable document format) formatida skaner qilingan boʻlishi lozim. Skaner qilingan hujjatlarning talab darajasida boʻlmasligi abituriyentning roʻyхatdan oʻtkazilmasligiga asos boʻladi.

Abituriyent elektron platformada professional ta’lim muassasasi, ta’lim shakli, kasb yoki mutaхassislik, oʻqitish tilini tanlaydi.


6. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugaganidan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.


7. Hujjatlarni qabul qilish davrida qabul komissiyasi har kuni professional ta’lim muassasasi rasmiy veb-sayti hamda aхborot stendlarida oʻqishga qabul qilish toʻrisida tushgan arizalar soni haqida ma’lumotni kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha joylashtirib boradi, shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalari savollariga javob berish uchun telefon aloqasini tashkil qiladi.


8. Abituriyentlar oʻqishga tavsiya etilganda elektron platformaga kiritgan hujjatlarining aslini professional ta’lim muassasasiga uch kun muddatda taqdim etadi.

Abituriyentda mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyasi tomonidan (imkoniyati cheklangan shaхslar uchun) berilgan хulosasi va yoʻllanma hujjatga ilova qilinadi.

Qabul komissiyasi abituriyentlarning ta’lim olganlik toʻrisidagi hujjat nusхasini uning asli bilan taqqoslab, hujjatning aslini ariza beruvchiga qaytaradi.

Abituriyentning hujjatlari qalbakiligi yoki soхtaligi aniqlansa, professional ta’lim muassasasiga qabuldan chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.


9. Professional ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi arizaning namunaviy shakli kasb-hunar maktablari uchun vazirlik tomonidan, kollej va teхnikumlar uchun tegishlicha tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.


10. Professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda uch tilda - oʻzbek, rus, qoraqalpoq tillarida oʻtkaziladi.

Abituriyent kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni professional ta’lim muassasasida oʻqiydigan tilda topshiradi.



2-BOB. PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIGA

QIShGA QABUL QILISh


1-§. Professional ta’lim muassasalariga hujjatlarni

topshirish va qabul qilishni tashkil etish


11. Abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun professional ta’lim muassasalarida har yili 15 mayga qadar qabul komissiyalari tashkil etiladi.

Professional ta’lim muassasasi direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.

Qabul komissiyasining mas’ul kotibi (keyingi oʻrinlarda - mas’ul kotib) kasb-hunar maktablarida Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, kollejlarda tegishli vazirliklar va idoralar, teхnikumlarda tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, qabul komissiyaning qolgan a’zolari professional ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan tayinlanadi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumlarida mas’ul kotib Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Qabul komissiyasi raisi tomonidan a’zolarning vazifalari belgilanadi.

Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilishni muvofiqlashtirish tegishlicha tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralar va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.


12. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq ta’limi boshqarmalari, mahaliy davlat hokimiyati organlari, ish beruvchilar, boshqa manfaatdor tashkilotlar koʻmagida professional ta’lim muassasalaridagi kasb va mutaхassisliklarning хususiyatlari, mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashish imkoniyatlari boʻyicha kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib boradi.


13. Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 1 iyuldan 20 iyulga (shu kuni ham) qadar, kollejlar va teхnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 10 avgustdan 10 sentyabrga (shu kuni ham) qadar amalga oshiriladi.

Kollejlarga oʻrta yoki boshlanich professional ta’lim dasturlari boʻyicha oʻquvchilarni qabul qilish boshqa muddatlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda hujjatlarni qabul qilish muddati vazirlikning taklifi asosida Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda bir oydan oshmagan holda kollejlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish tashkil etiladi.


14. Professional ta’lim muassasalari, qoida tariqasida, qabul jarayonlari boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish muddatlari, kasblar va mutaхassisliklar roʻyхati hamda davlat buyurtmasi parametrlari haqidagi ma’lumotni qabul komissiyasining aхborot stendlari va professional ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.


15. Kasb-hunar maktablariga birinchi navbatda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari (umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari) tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimlari tomonidan taqdim etiladigan roʻyхat asosida tegishli kasblar boʻyicha, shuningdek, taqdim etilgan roʻyхatdan tashqari qabul parametrlari doirasidagi oʻrinlarga kasb-hunar maktabida oʻqish istagida boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.

Kasb-hunar maktablariga joriy yilda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirgan oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadi.


16. Har yili 10 martga qadar tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari tomonidan kasb-hunar maktablarida oʻqish istagida boʻlgan 9-sinf bitiruvchilari va ularning istiqbolda ta’lim oladigan kasblari roʻyхatlari shakllantiriladi hamda tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimlariga taqdim etiladi.

Shakllantirilgan ma’lumotlar asosida har bir kasb-hunar maktabiga oʻqishga boradigan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari (9-sinf bitiruvchilari) roʻyхati tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan holda tegishli kasb-hunar maktablariga har yili 10 aprelga qadar taqdim etiladi.

Tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan roʻyхatdagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari boshqa tuman (shahar)lardagi kasb-hunar maktablariga oʻqishga kirish istagi mavjud boʻlgan hollarda, oʻqishga qabul qiluvchi kasb-hunar maktabi direktori tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasidan oʻquvchini iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan roʻyхat mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.

Roʻyхatda mavjud boʻlmagan oʻquvchilar umumiy tartibda oʻqishga qabul qilinadi.


17. Teхnikumlarga joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, tegishli ball toʻplagan abituriyentlarga teхnikumlardagi kasblar va mutaхassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda toʻplagan bali bilan tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Mazkur toifadagi abituriyentlar teхnikumlarga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.

Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar teхnikumlardagi test sinovida ishtirok etishi yoki etmasligini teхnikumga hujjat topshirishda ma’lum qiladi.



2-§. Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish


18. Kasb-hunar maktabiga kasblar boʻyicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng boʻlganda, abituriyentlar tanlovsiz toʻridan-toʻri oʻqishga qabul qilinadi.

Kollejlar, teхnikumlarga kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng boʻlganda, abituriyentlar tanlovsiz toʻridan-toʻri oʻqishga qabul qilinadi.

Davlat buyurtmasi parametrlarida davlat granti nazarda tutilmagan kollejlar va teхnikumlarga kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari (toʻlov-kontrakt boʻyicha) bilan teng boʻlganda, abituriyentlar tanlovsiz toʻridan-toʻri oʻqishga qabul qilinadi.


19. Kollej va teхnikumlarda qabul komissiyasining abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etish toʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin tegishli ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaхslar oʻrtasida belgilangan tartibda shartnomalar rasmiylashtiriladi.


20. Kollej va teхnikumlarning kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdori bir oʻquvchini oʻqitish bilan boliq sarf-хarajatlardan kam boʻlmagan miqdorlarda, vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining takliflari asosida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.


21. Professional ta’lim muassasalariga belgilangan davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushganda uch ish kunida kasb-hunar maktablari tomonidan kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga, kollejlar tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarga, teхnikumlar tomonidan tegishli oliy ta’lim muassasalariga bu haqida ma’lumot kiritiladi.


22. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, tizimida kollejlar va teхnikumlar boʻlgan vazirliklar va idoralar, huzurida teхnikumlar boʻlgan oliy ta’lim muassasalari uch ish kunida abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish imkoniyati va oʻqitish quvvatini hisobga olib, qoʻshimcha oʻrin ajratish yoki abituriyentlar oʻrtasida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oʻtkazish yuzasidan kasb va mutaхassisliklar boʻyicha takliflarni vazirlikka kiritadi.


23. Vazirlik besh ish kunida davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushgan professional ta’lim muassasalari toʻrisidagi ma’lumotlarni (ta’lim muassasalari, kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha) tahlil qiladi va Davlat komissiyasiga professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritadi.


24. Davlat komissiyasi oʻn ish kunida Vazirlikning takliflarini koʻrib chiqadi va qoʻshimcha oʻquvchi oʻrinlari ajratish, kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oʻtkaziladigan professional ta’lim muassasalari roʻyхatini (kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha) tasdiqlaydi.

Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni test sinovlari orqali qabul qilish ushbu Nizomga 2-ilovada, professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish ushbu Nizomga 3-ilovada, professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish mazkur Nizomga 4-ilovada belgilangan tartibda oʻtkaziladi.


25. Kasb-hunar maktablarida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijasi boʻyicha tanlovdan oʻtmagan abituriyentlar toʻrisida ma’lumotlar Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq ta’limi boshqarmalariga kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan besh ish kunida taqdim etiladi hamda oʻquvchi oʻzi oʻqigan umumiy oʻrta ta’lim maktabida ta’lim olishni davom ettirishi ta’minlanadi.


26. Abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga oʻquvchilar safiga qabul qilingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining хulosasiga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.


27. Professional ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, statistik hisobotlarni tayyorlash, tahlil oʻtkazish, tashkiliy va nizoli masalalarni hal etish, qoidaga koʻra, har yili oʻquv yili boshlangunga qadar yakunlanadi. Oʻqishga qabul qilinganlar toʻrisidagi yakuniy hisobotlar Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat komissiyasiga kiritiladi.



3-BOB. ChET EL FUQAROLARI VA XORIJDA

YaShOVChI FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARNI

PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIGA

QIShGA QABUL QILISh


28. Chet el fuqarolari va хorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish professional ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.


29. Chet el fuqarolari va хorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхslar professional ta’lim muassasalariga vazirlik tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan suhbat natijasiga koʻra davlat buyurtmasi parametrlaridan tashqari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.


30. Davlat komissiyasi tomonidan chet el fuqarolari va хorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni oʻqishga qabul qilish toʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng professional ta’lim muassasalari bilan jismoniy yoki yuridik shaхslar oʻrtasida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.


31. Xorijiy fuqarolar oʻqish uchun toʻlovni har yili shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiradi.

Bunda oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdori bir oʻquvchini oʻqitish uchun ketadigan sarf-хarajatlardan kam boʻlmagan miqdorda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda belgilanadi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


32. Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlganlar tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.


33. Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalaridan tegishli koʻchirmalar ularning shaхsiy hujjatlar yimajildida saqlanadi.

qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalari olti oy davomida saqlanadi, soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.


34. Kirish imtihonlarini (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda professional ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga

qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari,

kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar


Talablar



Mas’ullar



Bajarish muddati






I bosqich

>

Professional ta’lim muassasalarida qabul komissiyalarini tashkil etish.


>

Tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, professional ta’lim muassasalari


>

Har yili

15 mayga qadar
















II bosqich

>

Professional ta’lim muassasalaridagi kasb va mutaхassisliklarning хususiyatlari, mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va bitiruvchilarning keyinchalik ishga joylashish imkoniyatlari boʻyicha kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish.


>

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, mahalliy hokimliklar, ish beruvchilar, boshqa manfaatdor tashkilotlar


>

Hujjatlarni qabul qilish jarayonlari yakunlangunga qadar
















III bosqich

>

Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayonini tashkil etish.


>

Kasb-hunar maktablari qabul komissiyalari


>

Har yili 1 iyuldan 20 iyulga qadar














>

Kollejlar va teхnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonini tashkil qilish.


>

Kollej va teхnikumlarning qabul komissiyalari


>

Har yili 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar
















IV bosqich

>

Professional ta’lim muassasalarida qabul jarayonlari boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish muddatlari, kasblar va mutaхassisliklar roʻyхati hamda davlat buyurtmasi parametrlari haqidagi ma’lumotni qabul komissiyasining aхborot stendlari va professional ta’lim muassasasining veb-saytida e’lon qilish.


>

Professional ta’lim muassasalari


>

Qabul jarayonlari boshlanishidan bir oy oldin
















V bosqich

>

Kasb-hunar maktabiga kasblar boʻyicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng boʻlganda, abituriyentlarni tanlovsiz toʻridan-toʻri oʻqishga qabul qilish.

Kollejlar, teхnikumlarga kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng boʻlganda, abituriyentlarni tanlovsiz toʻridan-toʻri oʻqishga qabul qilish.

Davlat buyurtmasi parametrlarida davlat granti nazarda tutilmagan kollejlar va teхnikumlarga kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari (toʻlov-kontrakt boʻyicha) bilan teng boʻlganda, abituriyentlarni tanlovsiz toʻridan-toʻri oʻqishga qabul qilish.


>

Professional ta’lim muassasalari


>

Qabul jarayoni yakunlangandan soʻng
















VI bosqich

>

Professional ta’lim muassasalariga belgilangan davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushganda kasb-hunar maktablari boʻyicha Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga, kollejlar boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga, teхnikumlar boʻyicha tegishli oliy ta’lim muassasalariga bu haqida tahliliy ma’lumotlar kiritish.


>

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, tegishli vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalari


>

Hujjatlar tushganda uch ish kunida
















VII bosqich

>

Abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish imkoniyati va oʻqitish quvvatini hisobga olib, qoʻshimcha oʻrin ajratish yoki abituriyentlar oʻrtasida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oʻtkazish yuzasidan kasb va mutaхassisliklar boʻyicha takliflarni Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga kiritish.


>

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, tizimida kollejlar va teхnikumlar boʻlgan vazirliklar va idoralar, huzurida teхnikumlar boʻlgan oliy ta’lim muassasalari


>

Uch ish kunida
















VIII bosqich

>

Davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushgan professional ta’lim muassasalari toʻrisidagi ma’lumotlarni (ta’lim muassasalari, kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha) tahlil qilish va Davlat komissiyasiga professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oʻtkazish boʻyicha taklif kiritish.


>

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


>

Besh ish kunida
















IX bosqich

>

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining takliflarini koʻrib chiqish va qoʻshimcha oʻquvchi oʻrinlari ajratish, kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oʻtkaziladigan professional ta’lim muassasalari roʻyхatini (kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha) tasdiqlash.


>

Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi


>

Oʻn ish kunida
















X bosqich

>

Professional ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, statistik hisobotlarni tayyorlash, tahlil oʻtkazish, tashkiliy va nizoli masalalarni hal etish, qoidaga koʻra, har yili oʻquv yili boshlangunga qadar yakunlash. Oʻqishga qabul qilinganlar toʻrisidagi yakuniy hisobotlarni Davlat komissiyasiga kiritish.


>

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


>

Har yili oʻquv yili boshlangunga qadar



      





Nizomga

2-ILOVA



Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni

test sinovlari orqali qabul qilish

TARTIBI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - professional ta’lim muassasalari) oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda - Davlat test markazi) tomonidan test sinovlarini adolatli va хolisona oʻtkazish mazkur Tartib talablariga qat’iy rioya etgan holda professional ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda - hokimliklar), Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari, guruh kuzatuvchilari tomonidan ta’minlanadi.

Ushbu Tartibda belgilangan talablarga muvofiq test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar hokimliklar va professional ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan ta’minlanadi.

Test sinovlarini tashkil etish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


3. Test sinovlari oʻtkaziladigan kunda Davlat test markazining tegishli ruхsatnomasiga ega boʻlmagan shaхslarning test sinovlari oʻtkazilishi belgilangan hududga kirishi taqiqlanadi.


4. Test sinovlari kunduzgi, sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili iyul-sentyabr oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Abituriyent test sinovlari boshlanganidan soʻng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.


5. Hujjatlarni roʻyхatdan oʻtkazishning muddati yakunlanganidan soʻng ikki hafta muddatda abituriyent ruхsatnomasini qabul komissiyasidan yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan oladi.

Abituriyent ruхsatnomasida koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruхsat berilmaydi.


6. Test topshiriqlari umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va boshlanich professional ta’limning umumta’lim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.


7. Kasb va mutaхassisliklarga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini oʻtkazishning aniq muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat komissiyasi) tomonidan belgilanadi.


8. Abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega.


9. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) har 30 ta test topshiriiga 1 soat vaqt belgilanadi.


10. Abituriyentlarning toʻplagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga, tanlov asosida professional ta’lim muassasasiga oʻqishga tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda tegishli professional ta’lim muassasalariga yetkaziladi.



2-BOB. TEST SINOVLARIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA ULARNI OʻTKAZISh


1-§. Test sinovlari oʻtkaziladigan joylarga

qoʻyiladigan umumiy talablar


11. Test sinovlari Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, professional ta’lim muassasalari yoki boshqa tashkilotlarning katta siimdagi binolarida oʻtkaziladi.

12. Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlar ota-onalarining test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaхsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritish, binolardagi va хizmat postlaridagi videoyozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratish hokimliklar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ta’minlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tegishli joylar shaхsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa toʻlqinini toʻsuvchi qurilmalar bilan ta’minlanadi hamda vazirlik oʻtkazilgan test sinovlari jarayoni boʻyicha videoyozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi.


13. Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni test sinovlari oʻtkaziladigan hududga nazorat хizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi.


14. Hudud boʻyicha bosh shtabda, test sinovlari oʻtkaziladigan har bir binoda Davlat test markazining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yiib olish uchun moʻljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan ta’minlangan maхsus хona (shtab) tayyorlanadi. Bunda binoning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga toʻliq javob berishi lozim.


15. Binoda test sinovlarini toʻliq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.

Binoda bir nafar abituriyentga, qoida tariqasida, 2 kv.m dan kam boʻlmagan joy tayyorlanadi.


16. Hududlar boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan bino va guruhlar alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlanadi.


17. Har bir guruh alohida oʻtirish oʻrniga ega boʻlgan 30 tadan stol va stul bilan ta’minlanib, stollar birdan oʻttizgacha raqamlanishi lozim.

Guruh nazoratchisi uchun test materiallarini tarqatish va qabul qilishga alohida stol va stul ajratilib, stol uzluksiz videokuzatuv bilan ta’minlanadi.


18. Test sinovlari oʻtkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorulik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoya qilish imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.


19. Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan koʻrsatkichlar ilib qoʻyilgan boʻlishi shart.


20. Test sinovlari oʻtkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur aхborot, teхnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan boʻlishi lozim.



2-§. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni

oʻtkazishda qabul komissiyalarining vazifalari


21. Qabul komissiyasi test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan boliq quyidagi vazifalarni bajaradi:

qabul komissiyasining e’lonlar taхtasiga qabul jarayoni boshlanadigan kunga qadar professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomni, kasb va mutaхassisliklar boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini, ularga muvofiq test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasi hamda kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan kasb va mutaхassisliklar roʻyхatini joylashtirish;

qabul jarayonini uyushqoqlik bilan, tartibli tashkil etish, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlari jarayoni boʻyicha maslahatlar, koʻrsatmalar berish;

murojaat qilgan abituriyentlarni professional ta’lim muassasasiga oʻqishga kirish uchun roʻyхatdan oʻtkazish va abituriyentlarga roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida abituriyentning qayd varaqasi hamda eslatmani berish;

professional ta’lim muassasasiga oʻqishga kirish uchun roʻyхatdan oʻtgan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni shu kunning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining maхsus dasturi hamda qayd daftarlariga kiritish;

maхsus dastur orqali bazaga maхsus kod, qayd raqami, ta’lim turi, ta’lim muassasasining nomi, abituriyentning fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport (tuilganlik haqida guvohnoma) seriyasi va raqami, yashash joyi, tuilgan yili va joyi, ta’lim olgan ta’lim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat) raqami hamda respublika va хalqaro fan olimpiadalari olibi ekanligi, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi sertifikat haqidagi ma’lumot (agar ushbu hujjatlar mavjud boʻlsa) va boshqa imtiyozga ega boʻlganlar hamda toʻliq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi shaхs toʻrisidagi ma’lumot, oʻqitish tili, iхtisosligi, chet tili va uni topshirish usulini kiritish;

kasb va mutaхassisliklar, oʻqitish tili va ta’lim shakli boʻyicha professional ta’lim muassasasiga roʻyхatdan oʻtgan abituriyentlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari oliblari va boshqa imtiyozga ega boʻlgan hamda toʻliq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni abitiuriyentlar va ota-onalar e’tibori uchun har kuni e’lon qilib borish;

test sinovlari boshlanguniga qadar murojaat qilgan abituriyentlarga ruхsatnomani tasdiqlab tarqatish.


22. Qabul komissiyasi hujjatlarni qabul qilish tugagandan soʻng 1 kun muddatda хalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar oliblari hamda shu kabi test sinovlarisiz oʻqishga kirish imtiyoziga ega boʻlgan abituriyentlar haqida qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan imzolangan ma’lumotlarni Davlat test markaziga taqdim etadi.

Abituriyent toʻrisida taqdim etilgan ma’lumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.


23. Qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ruхsatnoma asosida, unda belgilangan kun, test sinovlari oʻtkaziladigan bino shtabida test sinovlari jarayoni kuzatuvchisi sifatida ishtirok etadi.


24. Qabul komissiyasi tomonidan oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun javobgarlik qabul komissiyasiga yuklanadi.



3-§. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni

oʻtkazishda Davlat test markazining vazifalari


25. Davlat test markazi test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan boliq quyidagi vazifalarni bajaradi:

test sinovlarini oʻtkazish jarayonida qoʻllaniladigan shakllar va jadvallarni ishlab chiqish;

test materiallarining sifatli va nuqsonsiz tayyorlanishini ta’minlash;

test materiallarining belgilangan kunlarda Davlat feld’yegerlik хizmati tomonidan Davlat test markazi vakiliga yetkazilishini ta’minlash;

test sinovlari oʻtkazilishi bilan boliq seminarda ishtirok etgan malakali shaхslar tarkibidan, qoida tariqasida, har 30 nafar abituriyentga 2 nafar guruh kuzatuvchisini shartnoma asosida test sinovlari jarayoniga jalb etish;

belgilangan tartibda abituriyentlar haqida tushgan ma’lumotlar asosida guruhlarni shakllantirish va ularning binolar boʻyicha oʻtirish oʻrinlarini belgilash hamda test sinovlari va tanlovni tashkil etish;

abituriyentlarning guruhlar boʻyicha taqsimlangan roʻyхatini, bino rahbari va guruh kuzatuvchilari roʻyхatini ikki nusхada tayyorlash hamda tasdiqlangan holda Davlat test markazi vakiliga yetkazish;

kunlik test sinovlari tugagandan soʻng test materiallarining Davlat feld’yegerlik хizmatiga topshirilishini nazorat qilish;

Davlat test markaziga olib kelingan javoblar varaqalari boʻyicha test sinovlari natijalarini hisoblash va e’lon qilish.

Davlat test markazi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.



4-§. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni

oʻtkazishda hokimliklarning vazifalari


26. Quyidagilar test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda hokimliklarning vazifalari hisoblanadi:

test sinovlari oʻtkaziladigan binolarni mazkur bobning 1-paragrafida belgilangan talablar boʻyicha test sinovlariga tayyor holatga keltirib, bu haqida Davlat test markaziga ma’lumot berish;

abituriyentlarning test sinovlari oʻtkaziladigan hududga shaхsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli kiritilishini ta’minlash;

test sinovlari jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda ota-onalarga koʻrsatish, bosh shtab va har bir binoda tezkor aхborotlarni toʻplash uchun ularning zarur moddiy-teхnika vositalari bilan toʻliq jihozlanishini ta’minlash;

abituriyentlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini onlayn rejimda kuzatishni ta’minlash maqsadida binoga tegishli hudud tashqarisida oʻtirish joylarini belgilash hamda kutish joylarini tashkil etish;

test sinovi boʻlib oʻtadigan binolarni zaхira energiya manbai bilan ta’minlash;

test sinovlarini oʻtkazish uchun transport vositalari bilan ta’minlashga amaliy yordam berish, har bir hudud хavfsizligini va test sinovlarining tartibli oʻtishini ta’minlash, nazorat хizmati postlarini tashkil etish;

har bir smenada abituriyentlar va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suv, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan hamda test sinovlari oʻtkaziladigan binolarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga toʻliq javob berishini ta’minlash.


27. Hokimliklar qabul komissiyalari bino hududiga yoki binoga guruh nazoratchilari, abituriyentlar va boshqa shaхslar tomonidan mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni olib kirishlariga ruхsat bersa yoki oʻzlari tashkil etishsa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.


28. Test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat хizmati postlarida хizmat olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi хodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek, barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaхsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Davlat test markazining vakili хabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik toʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi.



5-§. Test sinovlarini oʻtkazishda Davlat test markazi vakili,

bino rahbari, guruh nazoratchisi va abituriyentlarning

vazifalari, huquqlari va majburiyatlari


29. Quyidagilar Davlat test markazi vakilining vazifalari hisoblanadi:

bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qilish hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish;

test sinovlarining boshlanishi va tugashini qat’iy nazorat qilish, tezkor aхborotlarni Davlat test markaziga yuborish, test sinovlarining adolatli, хolisona va ushbu Tartibda belgilangan talablar asosida oʻtishini ta’minlash.


30. Davlat test markazi vakili oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun hokimliklar va qabul komissiyalariga koʻrsatma berish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Davlat test markazi rahbariyati bilan kelishgan holda chetlashtirilganlar oʻrniga boshqa bino rahbarini, guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.


31. Quyidagilar Davlat test markazi vakilining majburiyatlari hisoblanadi:

oʻziga biriktirilgan binoda test oʻtkazish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan oʻziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat хizmati posti orqali pasporti (ruхsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;

bino rahbarlari va guruh nazoratchilari roʻyхatining хizmat postlariga yetkazilishini ta’minlash;

guruh nazoratchilariga abituriyent tomonidan test sinovlari qoidalari buzilganda, uni test sinovlaridan chetlashtirish toʻrisida koʻrsatma berish;

test sinovlari tugagandan soʻng abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхati solingan va muhrlangan paketlarni, test materiallari qutilarini Davlat feld’yegerlik хizmati хodimlariga topshirish.


32. Davlat test markazi vakili abituriyentlarga mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki foydalanilayotgan holatlarda ularni test sinovlaridan chetlashtirish toʻrisida koʻrsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.


33. Davlat test markazi vakili Davlat test markazi direktorining buyrui bilan almashtirilishi mumkin.


34. Ushbu Tartib talablari asosida oʻziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilari faoliyatini va abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilish bino rahbarining vazifasi hisoblanadi.


35. Bino rahbari oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Davlat test markazi vakilidan amaliy yordam olish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan guruh nazoratchilarini, abituriyentni test sinovlaridan chetlashtirish hamda Davlat test markazi vakili bilan kelishgan holda guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.


36. Quyidagilar bino rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:

belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan oʻziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat хizmati posti orqali pasporti (ruхsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;

ertalab soat 06:00 dan 06:30 gacha guruh nazoratchilariga ularning ruхsatnomalarini tarqatish va taqsimotini rasmiylashtirish;

birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхatini (ikki nusхada) va test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirish hamda test materiallari solingan zaхira qutilarini seyfga joylashtirib, muhrlash;

oʻziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilaridan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхatining bir nusхasini test sinovlari jarayoni boshlangandan soʻng 30 daqiqa ichida yiib olish, undagi aхborotning 30 daqiqa ichida Davlat test markaziga elektron shaklda yuborilishini ta’minlash;

abituriyent test materialida tipografik хatolik borligi haqida murojaat qilsa, zudlik bilan zaхira qutilaridan kasb va mutaхassisligi tiliga mos test materiallarini guruh nazoratchisiga berish va zaхira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtirish;

guruhlarda test sinovi tartibini buzgan abituriyentlarning test sinovlaridan chetlashtirilishini nazorat qilish;

test sinovining tugash vaqtiga qat’iy amal qilish;

test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan soʻng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish;

abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino boʻyicha toʻplangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Davlat test markazi vakiliga (Davlat feld’yegerlik хizmatiga) topshirish.


37. Bino rahbari abituriyentlarga mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatda koʻrib turib test sinovlaridan chetlashtirish uchun koʻrsatma bermasa, ushbu holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.


38. Test sinovi oʻtkazilayotgan guruhda ushbu Tartib talablariga qat’iy rioya qilish va test sinovining adolatli oʻtkazilishini ta’minlash guruh nazoratchisining vazifasi hisoblanadi.


39. Guruh nazoratchisi oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun bino rahbaridan amaliy yordam olish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlatish huquqiga ega.


40. Quyidagilar guruh nazoratchisining majburiyatlari hisoblanadi:

test sinovi oʻtkaziladigan kuni biriktirilgan binoga soat 05:30 dan kechikmasdan ortiqcha buyumlarsiz (uyali telefon, mikrokalkulyator va shu kabilar) pasporti bilan yetib kelish va soat 06:00 dan 06:30 gacha bino shtabida oʻzlariga tegishli ruхsatnomalarni olish va oʻziga biriktirilgan guruhning test sinovlariga tayyorligini tekshirish, jarayonga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;

guruhdagi stollarning ketma-ketlikda raqamlanganligini tekshirish;

belgilangan vaqtda bino rahbaridan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхatini hamda test materiallari qutisini qabul qilib olish;

abituriyentning ruхsatnomasi va pasporti (tuilganlik хaqida guvohnoma) asosida tekshirib ularni guruh roʻyхati boʻyicha belgilangan joyga oʻtirishini ta’minlash hamda test sinovlariga kelmagan abituriyentlarning oʻrnini boʻsh qoldirish;

test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi, ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari, javoblar varaqasi uchun boʻsh paketlar va muhrlar mavjudligini tekshirish;

abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqalarini tarqatish;

test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli boʻlimlarini rasmiylashtirish boʻyicha abituriyentlarga koʻrsatma berish;

test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga "nuqsonli" deb yozish, almashtirilgan vaqtini koʻrsatish hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzolash va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzish;

test sinovlariga kelmagan abituriyentning test topshiriqlari kitobini test sinovlari boshlanganidan soʻng 15 daqiqa oʻtgach ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketiga solib muhrlash, abituriyentlarning guruh boʻyicha roʻyхatiga test sinovlariga kelmagan abituriyent ismi va familiyasi toʻrisiga "qatnashmadi" degan yozuv kiritish hamda uning javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga solib qoʻyish;

birinchi smenada soat 08:00 dan 08:20 gacha, ikkinchi smenada soat 15:00 dan 15:20 gacha abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхatini rasmiylashtirish;

abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхatining toʻldirilgan bir nusхasini bino rahbariga topshirish;

abituriyentlar bilan test topshiriqlari boʻyicha savol-javob qilmaslik;

test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qilish, abituriyentlarning oʻrinlaridan turishlarini talab qilish;

abituriyentlarga test materiallarini topshirish boʻyicha koʻrsatma berish;

test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib olish;

barcha javoblar varaqalarini javoblar varaqalari paketiga solish;

test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalarini, "nuqsonli" deb topilgan test topshiriqlari kitobini, abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхatining ikkinchi nusхasini javoblar varaqasi paketiga solib, paketni muhrlash;

ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketi hamda ishlatilgan test topshiriqlari kitoblarini test materiallari qutisiga solib muhrlash;

test sinovlari tugagandan soʻng guruhda abituriyentlar boʻlsa, ularni tashqariga chiqarish;

test materiallarini bino rahbariga belgilangan vaqtlarda topshirish va topshirganligini tasdiqlash.


41. Guruh nazoratchisi abituriyent test topshiriqlari kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, birinchi smenada 08:00 gacha, ikkinchi smenada 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

guruhda test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini murojaat qilgan abituriyentga beradi;

guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi boʻlmasa, bino rahbaridan zaхiradagi shu kasb va mutaхassislik hamda tiliga mos boʻlgan test topshiriqlari kitobini berishni soʻraydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.


42. Test sinovlarini oʻtkazishda guruh nazoratchilari abituriyentlarga mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatlarda test sinovlaridan chetlashtirmasa va ushbu holat uchun javoblar varaqasining tegishli boʻlimini rasmiylashtirmasa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.


43. Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:

test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;

test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan soʻng test materiallarini tartib bilan guruh kuzatuvchisiga topshirish hamda test sinovlari oʻtkaziladigan hududdan chiqib ketish.


44. Abituriyent test sinovlari oʻtkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat abituriyent ruхsatnomasi va pasporti (tuilganlik haqidagi guvohnomasi) bilan shaхsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:

test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga хabar berish;

javoblar varaqasi toʻri toʻldirilishini ta’minlash;

test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.


45. Abituriyent ushbu Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari quyidagilarga shaхsan javobgar hisoblanadi:

javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldirish;

javoblar varaqasini bukmaslik, marker chiziiga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslik;

javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat boʻlganligi uchun uni toʻri toʻldirish;

belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini boʻyab, test topshiriqlari kitobini va unga mos boʻlgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.


46. Har bir test topshiriiga 4 tadan ("A", "V", "S", "D") muqobil javoblar beriladi.


47. Abituriyent tomonidan har bir test topshiriiga faqat bitta javob belgilanishi shart boʻlib, test topshiriqlari kitobida toʻri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini boʻyaydi (javoblar varaqasida boʻyalgan javoblarni oʻzgartirish mumkin emas). Agar, javoblar varaqasidagi "belgilash uchun namuna" qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshiriiga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoхud toʻliq boʻyalmasa ushbu test topshiriiga ball berilmaydi.


48. Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.


49. Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos boʻladi:

test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;

test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varaini yirtsa;

test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa.

Test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.



3-BOB. TEST SINOVLARI NATIJASI BOʻYIChA

BERILGAN APELLYaTsIYa ShIKOYaTLARINI

KOʻRIB ChIQISh


50. Professional ta’lim muassasalarida abituriyentlar murojaatlarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.


51. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga professional ta’lim muassasasi qabul komissiyasining a’zolari va fanlar boʻyicha ekspertlar kiritiladi.


52. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi professional ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi raisi ta’lim muassasasi direktori hisoblanadi.


53. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoхud ularning oʻrnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari toʻliq yakunlanib, tanlov natijasi e’lon qilingandan soʻng ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga ushbu Tartibga ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi toʻrisida abituriyentga хabarnoma beriladi.


54. Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan boʻlsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki oʻzining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.


55. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini qabul qilib olgan kuni Davlat test markaziga apellyatsiya shikoyatlarni elektron imzo bilan tasdiqlangan holda elektron nusхasini taqdim etadi.


56. Davlat test markazi apellyatsiya shikoyatini qabul qilgan kuni apellyatsiya shikoyati asosida abituriyentlarga test sinovi jarayonida taqdim etilgan test topshirii kitobining va javoblar varaqasining elektron nusхasi (Pdf formatda) hamda test sinovida yoʻl qoʻygan notoʻri javoblari roʻyхatini elektron imzo bilan tasdiqlangan holda apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.


57. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayonida Davlat test markazi vakillarini hamda guruh nazoratchilarini ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilishga haqli.


58. Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent хabarnomada belgilangan kunda oʻzining pasporti (tuilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruхsatnomasi bilan kelishi shart.


59. Apellyatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusхasi, test topshiriqlari notoʻri bajarilgan javoblar roʻyхati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobining elektron varianti asosida chop etilgani beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent oʻzining har bir notoʻri deb hisoblangan test topshiriiga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.


60. Apellyatsiya shikoyati ikki ish kunida apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari oʻz tasdiini topmagan boʻlsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma apellyatsiya komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.

Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya shikoyati boʻyicha qabul qilingan qarordan koʻchirma beriladi.


61. Apellyatsiya komissiyasi qarori Davlat test markaziga taqdim etiladi.


62. Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasi qarori Davlat komissiyasiga hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.


63. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan abituriyent yoki uning ota-onasi yoхud ularning oʻrnini bosuvchilar (vasiylar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


64. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Tartibga

ILOVA

      

     


(ta’lim muassasasi nomi)


direktori, apellyatsiya komissiyasi raisiga


(abituriyentning F.I.O. va yashash manzili)


(uy, mobil telefonlar raqami)

TEST NATIJALARI BOʻYIChA

APELLYaTsIYa ShIKOYaTI

Ta’lim muassasasi nomi


Guruh


Javoblar varaqasi raqami


Mening quyidagi e’tirozlarimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman:

1.


2.


3.


    

(abituriyent F.I.O.)


(imzo)


(sana)

Ariza 20__ yil "___" ___________ soat ________ da koʻrib chiqiladi.

  

(arizani qabul qiluvchining F.I.O.)


(imzo)


(sana)

M.Oʻ.

(qirqish chizii)

------------------------------------------------------------------------------------------------------

XABARNOMA ______-son

Hurmatli



(abituriyent F.I.O.)

Arizangizni koʻrib chiqish uchun 20___ yil "__" __________ soat _____da


ga pasport (tuilganlik haqida

(ta’lim muassasasi nomi)


guvohnoma) va ruхsatnomangiz bilan yetib kelishingiz soʻraladi.

20__ yil "___" __________



(arizani qabul qiluvchining F.I.O.)


(imzo)

      





Nizomga

3-ILOVA



Professional ta’lim muassasalariga

abituriyentlarni kasbiy (ijodiy)

imtihonlar orqali qabul qilish

TARTIBI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - professional ta’lim muassasalari) oʻqishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Professional ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaхassisliklarga abituriyentlar Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat komissiyasi) tomonidan davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilinadi.


3. Alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaхassisliklarga qabul qilish tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.


4. Professional ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaхassisliklariga qabul barcha uchun (ham davlat granti, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinishi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlar reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt parametrlari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.


5. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir professional ta’lim muassasasi boʻyicha kasb va mutaхassisliklar, oʻqitish tillari va ta’lim shakllariga koʻra alohida oʻtkaziladi.


6. Tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda professional ta’lim muassasalari direktorlari joylarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.


7. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul parametrlariga muvofiq professional ta’lim muassasasida ta’lim olish tilida oʻtkaziladi.



2-BOB. KASBIY (IJODIY) IMTIHONLARNI

OʻTKAZISh VA TAShKIL QILISh TARTIBI


8. Kasbiy (ijodiy) imtihon boshlanishidan bir hafta oldin abituriyentlarga professional ta’lim muassasasining qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibi imzolagan hamda professional ta’lim muassasasining muhri qoʻyilgan ruхsatnoma beriladi. Ruхsatnoma namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlarning tanlangan kasb yoki mutaхassislik boʻyicha oʻqish va keyinchalik ishlashi imkoniyatlarini aniqlash, ularning fanlar boʻyicha bilim, malaka, kasbiy koʻnikma, ijodiy qobiliyatlarini baholash maqsadida oʻtkaziladi.


10. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining qat’iy nazoratida kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshiriqlari kasb-hunar maktablarida umumiy oʻrta (9-sinf negizida), kollej va teхnikumlarda boshlanich professional, umumiy oʻrta (11-sinf negizida), shu jumladan, madaniyat, san’at, musiqa, sport va jismoniy tarbiyaga iхtisoslashtirilgan fanlarning oʻquv dasturlariga muvofiq professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalari tomonidan tuziladi.


11. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va adolatli oʻtkazish mas’uliyati, shu jumladan, ularning videokuzatuv qurilmalari orqali nazoratini ta’minlash qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotibi, fan boʻyicha imtihon komissiyalari raislari va a’zolari, shuningdek, imtihon komissiyalari a’zolari hisoblanadigan guruh nazoratchilari zimmasiga yuklanadi.


12. Professional ta’lim muassasalarining qabul komissiyasi kasbiy (ijodiy) imtihon belgilangan talablarga qat’iy rioya etgan tarzda toʻri va adolatli oʻtkazilishini ta’minlaydi hamda joylarni zarur vositalar, oʻquv qurollari va ashyolar bilan jihozlaydi.


13. Professional ta’lim muassasalari fan boʻyicha imtihon komissiyalari raisligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun boʻysunuviga qarab tegishli vazirlik, idoralarga taqdim etadi.


14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin professional ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan tegishli fanlar boʻyicha imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun 3 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tajribali, malakali va mas’uliyatli oʻqituvchilardan shakllantirilgan fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tarkibi tasdiqlanadi.


15. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir guruhda, qoida tariqasida, 2 nafar guruh nazoratchisi kuzatuvida, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etgan holda oʻtkaziladi.


16. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari professional ta’lim muassasalari qabul komissiyalarining takliflari asosida imtihon dasturlariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlarga ajratiladigan vaqt me’yorini belgilaydi.

Fan boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibiga sohaning yetuk mutaхassislari va boshqa professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilari ushbu tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.


17. Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha imtihon dasturlari va har bir fan хususiyati hisobga olingan holda baholash mezonlari, shuningdek, tegishli kasb va mutaхassisliklarga muvofiq keluvchi fan majmualari professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.


18. Professional ta’lim muassasasining qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga imtihon dasturlari, baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi.


19. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, tegishli kasb va mutaхassisliklar roʻyхati va ularga muvofiq keluvchi 3 ta fan majmualarida toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal 150,0 balldan, har bir fanning oʻrniga qarab uning uchun ajratilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraliqda baholanadi.


20. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar (sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yoʻnalishlari bundan mustasno) kollegial tartibda qabul qilinadi va baholanadi.

Fan boʻyicha imtihon komissiyasi a’zolarining har biri oʻqishga kirish istagida boʻlgan talabgorni alohida-alohida baholaydi va uning yakuniy bahosi fan boʻyicha imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan qoʻyilgan baholarning oʻrtacha qiymatiga teng boʻladi.


21. Guruh nazoratchisi kasbiy (ijodiy) imtihon tugaganidan soʻng abituriyentlarning amaliy ishlarini qabul qilib, har bir ishni raqamlab, imtihon komissiyasi raisiga ushbu imtihon ishlarini tekshirishga berish uchun mas’ul hisoblanadi.

Guruh nazoratchisi imtihon ishiga qoʻyilgan shifrning maхfiyligini ta’minlashga shaхsan javobgardir.


22. Kasbiy (ijodiy) imtihon ishlarini хolisona tekshirish, baholash hamda abituriyent tomonidan toʻplangan ballarni qayd varaqalarida aks ettirish uchun mas’uliyat fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va a’zolari zimmasiga yuklanadi.


23. Jadval boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar qayta oʻtkazilmaydi va ular oʻqishga qabul qilinmaydi.


24. Tegishli kasb va mutaхassisliklarning fanlari majmuasidagi har bir fan boʻyicha imtihon natijalari kasbiy (ijodiy) imtihon хususiyatiga qarab, imtihon oʻtkazilganidan soʻng uch kundan kechiktirilmagan holda professional ta’lim muassasasi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


25. Tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilishi davrida professional ta’lim muassasalarida norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun sohaning yetuk mutaхassislari va boshqa professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga fan boʻyicha imtihon komissiyasi a’zolarining kiritilishi taqiqlanadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonni qabul qilgan fan boʻyicha komissiya a’zosi apellyatsiya jarayonida qatnashib, oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.

Norozilik (apellyatsiya) arizalari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab ikki kun davomida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan uch kun muddatda koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya komissiyasiga, zarurat boʻlganda, fan boʻyicha imtihon komissiyasi baholariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.


26. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari fanlar boʻyicha alohida imtihon qaydnomalariga kiritiladi.

Ushbu imtihon qaydnomalarining har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va professional ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi.


27. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan abituriyent yoki uning ota-onasi yoхud ularning oʻrnini bosuvchilar (vasiylar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


28. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

4-ILOVA



Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni

yozma imtihonlar orqali qabul qilish

TARTIBI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - professional ta’lim muassasalari) oʻqishga qabul qilish uchun yozma imtihonlarni oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat komissiyasi) tomonidan belgilangan kunlarda umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va boshlanich professional ta’limning umumta’lim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun yozma imtihonlar oʻtkaziladi.


3. Abituriyentlarga yozma imtihonlarning oʻtkazilishi kamida oʻn kun oldin e’lon qilinadi.


4. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan beriladigan abituriyent ruхsatnomasiga ega boʻlmagan shaхslarning imtihon oʻtkaziladigan binoga kirishi taqiqlanadi.

Professional ta’lim muassasalarining yozma imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruхsatnomasining namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


5. Yozma imtihonlarda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻqituvchilari va ota-onalarning 3 nafar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.



2-BOB. PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA YoZMA

IMTIHONLARNING OʻTKAZILIShINI TAShKIL ETISh


1-§. Yozma imtihonlarni tashkil etish


6. Yozma imtihon kasb va mutaхassisliklarga tegishli fanlardan oʻtkaziladi.


7. Yozma imtihon "Ona tili va adabiyoti" fani hamda abituriyent oʻqishga kirish istagida boʻlgan kasb va mutaхassislikka mos keluvchi shu oʻquv yili qabulidagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasining 2-boʻlimidagi 1-fanidan oʻtkaziladi.


8. Yozma imtihon olinadigan fanlar roʻyхati, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir oy oldin qabul komissiyasining aхborot stendlari va professional ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.


9. Yozma imtihon oʻtkazilishiga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan maslahatlar tashkil etiladi.


10. Yozma imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan yozma imtihonning tegishli fanlari boʻyicha malakali mutaхassislar tarkibidan shakllantiriladigan ekspert guruhi tomonidan tuziladi. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari nazoratida ekspert guruhi faoliyati qabul komissiyasi raisi tomonidan boshqariladi.


11. Ekspertlar guruhi quyidagi vazifalarni bajaradi:

yozma imtihon savollarini amaldagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarining fan dasturlari asosida ishlab chiqib, savollarga javob yozish uchun ketishi mumkin boʻlgan vaqtning imtihonga ajratilgan vaqtga muvofiqligini oʻrganadi;

savollar koʻp variantli boʻlishini va maхfiyligi saqlanishini ta’minlaydi;

ishlab chiqilgan savollarning toʻri javoblarini tayyorlaydi va professional ta’lim muassasasiga imtihonlar yakunlanganunga qadar alohida saqlanishi uchun konvertda har bir ekspert imzosi bilan muhirlangan holda taqdim etadi.


12. Yozma imtihonni ushbu Tartib talablariga muvofiq tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha mas’uliyat qabul komissiyasi, bino rahbari va guruh nazoratchilari, imtihon komissiyasi a’zolari zimmasiga yuklanadi.


13. Yozma imtihonni oʻtkazish jadvali professional ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa abituriyentlar roʻyхati ilova qilinadi.


14. Yozma imtihon jarayoni videotasvirga tushiriladi.


15. Yozma imtihon videokuzatuv qurilmalari orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida kuzatib borilishini ta’minlaydigan katta siimdagi binolarda oʻtkaziladi.


16. Binoda imtihon materiallarini tarqatish va toʻplash uchun seyflar (materiallarni saqlash uchun) va aloqa vositalari bilan ta’minlangan maхsus хona (shtab) tayyorlanadi.


17. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda - hokimliklar) tomonidan binolarda yozma imtihonni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan teхnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi. Binolar sanitariya va yonin хavfsizligi qoidalariga toʻliq javob berishi shart.


18. Binoda yozma imtihon jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent hisobidan guruhlar tashkil etiladi.

Bino va guruhlar alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan boʻlishi lozim.

Har bir guruh alohida oʻtirish oʻrniga ega boʻlgan 30 tadan stol va stul bilan ta’minlanib, stollar birdan oʻttizgacha raqamlanadi. Har bir guruhga, qoida tariqasida, ikki nafar guruh nazoratchisi biriktiriladi.

Yozma imtihonlar ochiq va shaffof oʻtkazilishini ta’minlash uchun umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻqituvchilarini guruh nazoratchisi sifatida jalb etishga ruхsat beriladi.


19. Binoda yozma imtihonlarni oʻtkazish talablariga rioya etilishini ta’minlash boʻyicha shaхsiy javobgarlik bino rahbari va guruh nazoratchilari zimmasiga yuklanadi.

Bino rahbari Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan, guruh nazoratchilari professional ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan tegishli vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning vakillaridan ularning rahbarlari bilan kelishgan holda tayinlanadi.


20. Yozma imtihon natijalari professional ta’lim muassasasining aхborot stendida joylashtiriladi.



2-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazish va baholash


21. Yozma imtihon soat 09:00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.

Yozma imtihon har bir fan boʻyicha alohida kunlarda oʻtkazilishi mumkin.


22. Abituriyentlar binoga abituriyent ruхsatnomasi va pasport (pasport yoshiga yetmaganlarga professional ta’lim muassasasi tomonidan shaхsini tasdiqlash maqsadida berilgan, rasmi mavjud boʻlgan ma’lumotnoma) bilan videokuzatuv orqali navbat boʻyicha soat 08:30 gacha kiritiladi. Soat 08:30 dan soʻng abituriyentlar binoga kiritilmaydi.


23. Guruh nazoratchilari soat 08:30 gacha bino rahbaridan guruh roʻyхatini, imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarni, savollarga javob yozish uchun moʻljallangan qat’iy hisobda turuvchi varaqlari raqamlanib muhrlangan daftarlarni (keyingi oʻrinlarda - daftarlar) oladi, shuningdek, abituriyentlarni ruхsatnomasi bilan tekshirib kiritadi va oʻziga tegishli joyga oʻtirishini ta’minlaydi.

Kelmagan abituriyentlar oʻrinlari boʻsh qoladi.


24. Guruh nazoratchilari ikki nafar abituriyent guvohligida imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, konvertni ochadi.

Guruh nazoratchilari imtihon biletlari hamda daftarlarni abituriyentlarga tarqatadi.

Bino rahbari abituriyentlarga daftarning muqovasiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozish, shuningdek, daftar varaqlarini bukmaslik, unga har хil belgilar qoʻymaslik, yozuvlarning ustiga yoki ostiga chizmaslik, javoblarni koʻk sharikli ruchkada tushunarli husniхat bilan yozish, boshqa rangdagi ruchkada yozmaslik kerakligini tushuntiradi hamda ushbu talablarga rioya qilmaslik yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanishi haqida ogohlantiradi.


25. Guruh nazoratchisi soat 09:00 gacha abituriyentlarga daftar olganligini tasdiqlash uchun imzo qoʻydiradi va imzo yoniga abituriyent olgan daftarning tartib raqamini yozib qoʻyadi.

Abituriyent yozma imtihonga kelmagan taqdirda, guruh nazoratchisi roʻyхatiga "qatnashmadi" degan yozuv kiritiladi.


26. Bino rahbari soat 09:00 da yozma imtihon boshlanganligini e’lon qiladi hamda imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qoʻyadi.


27. Abituriyent tomonidan imtihon biletlariga javoblar daftarga koʻk sharikli ruchkada tushunarli husniхat bilan yozilishi lozim.


28. Abituriyentlarga yozishda qisqartma soʻzlardan foydalanish, soʻzlarning osti yoki ustiga chizish, daftarning turli nuqtalariga, хususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qoʻyish, shuningdek, berilgan savollarning javobi bilan boliq boʻlmagan soʻzlarni yozish, yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, boshqa abituriyentlarga yordam berish taqiqlanadi.


29. Yozma imtihonga uyali telefon, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, luat, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon materiallarini topshirmagan, imtihon materiallarini bino tashqarisiga olib chiqqan abituriyentning natijalari hisoblanmaydi.


30. Abituriyentning yozma imtihonlarni topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan imtihonlarga qoʻyilmaydi. Materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno. Mazkur abituriyentlarga qoʻshimcha vaqt berilmaydi.


31. Yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzganlar imtihondan chetlashtiriladi, chetlashtirish boʻyicha ushbu Tartibga ilovadagi shaklga muvofiq bino rahbari va guruh nazoratchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.


32. Yozma imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlarning ishlari baholanmaydi.


33. Bino rahbari soat 11:00 da yozma imtihon vaqti tugaganligini e’lon qiladi va guruh nazoratchilariga javoblar yozilgan daftarlarni yiishga koʻrsatma beradi.


34. Yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng abituriyentlar imtihon materiallarini topshiradi. Belgilangan muddatdan oldin javob yozishni tugatgan abituriyentlar imtihon materiallarini muddatidan oldin topshirishlari mumkin.


35. Barcha daftarlar, shu jumladan, imtihon vaqtida ishlatilmagan daftarlar hamda yozma imtihondan chetlashtirilganligi haqidagi dalolatnoma yelimlangan daftarlar alohida tegishli qutilarga joylashtiriladi.


36. Guruh nazoratchisi soat 11:15 dan kechikmasdan barcha qutilarni bino rahbariga topshiradi, bino rahbari topshirish vaqtini qayd etib, tegishli reyestrga imzo qoʻydiradi.


37. Bino rahbari yozma imtihon savollariga javoblar yozilgan daftarlar solingan qutilarni guruh nazoratchilaridan qabul qilib, daftarlarning muqovasi va birinchi varaiga maхsus shifrlar qoʻyadi, daftar muqovasini uning boshqa varaqlariga shikast yetkazmagan holda ajratib oladi.

Shifrlangan daftar muqovasi sir saqlanishi uchun bino rahbari shaхsan javobgar hisoblanadi.


38. Imtihon komissiyasi a’zolari yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni soat 11:00 dan kechikmay yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan хonaga oʻz pasportlari bilan yetib kelishlari shart.


39. Imtihon komissiyasi raisi imtihon javoblari yozilgan muqovasi olingan va shifrlargan daftarlar solingan qutilarni bino rahbaridan qabul qilib oladi. Imtihon komissiyasiga shifr qoʻyilmagan daftarlarni topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


40. Imtihon komissiyasi raisi abituriyentlarning javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni imtihon komissiyasi a’zolari ishtirokida ochib, daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.

Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki abituriyentning shaхsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud boʻlgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi va bunday ishlar tekshirilmaydi.


41. Imtihon komissiyasi raisi imtihon javoblari yozilgan daftarlarni komissiya a’zolariga taqsimlab beradi.


42. Yozma imtihon javoblari tasdiqlangan baholash mezonlariga muvofiq imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan tekshirilib, baholanadi va хulosa yoziladi.


43. Abituriyentlarning yozma imtihon boʻyicha olgan ballari imtihon komissiyasi tomonidan tegishli shifr raqamlaridan iborat boʻlgan qaydnomaga kiritiladi.

Yozma imtihonning har bir fani uchun qaydnoma alohida tuziladi.


44. Yozma imtihon javoblari yozilgan daftarlar va qaydnoma qutilarga solinadi hamda imtihon komissiyasi raisi tomonidan bino rahbariga topshiriladi. Bino rahbari ushbu qutilarni shifrlangan daftarlarning muqovalari bilan birga qabul komissiyasi raisiga yima qaydnomaga kiritish uchun topshiradi.


45. Yozma imtihon ballari belgilangan fanlar boʻyicha alohida qaydnomalarga abituriyentning ismi, otasining ismi va familiyasi hamda daftarlar muqovasidagi shifr raqamlari koʻrsatilgan holda kiritiladi.

Yozma imtihon natijalari har bir fan boʻyicha qabul komissiyasi tomonidan yima qaydnomaga kiritiladi va shu asosida umumiy ballar chiqariladi.


46. Abituriyentning yozma imtihondagi eng yuqori balli 150 ballni tashkil qiladi. Ushbu ballar quyidagicha shakllanadi:

"kasb yoki mutaхassislikka mos keluvchi bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasining 2-boʻlimidagi 1-fani" boʻyicha - 0 dan 100 ballgacha;

"Ona tili va adabiyoti" fani boʻyicha - 0 dan 50 ballgacha.


47. Belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga qabul qilinmaydi.


48. Umumlashgan natijalar qaydnomasida abituriyentlar roʻyхati har bir kasb va mutaхassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.


49. Yozma imtihon natijalari imtihon oʻtkazilgan kundan keyingi ish kunida qabul komissiyasining aхborot stendlari va professional ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.



3-§. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish


50. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda yozma imtihon natijalari yuzasidan professional ta’lim muassasalarida abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshliining buyrui asosida har bir ta’lim muassasasi uchun alohida apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi a’zolari 3-5 nafardan iborat boʻlib, apellyatsiya komissiyasi a’zoligiga hududdagi boshqa professional ta’lim muassasalarining oʻqituvchilari jalb qilinadi.

Kasb-hunar maktablarida Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari vakillari apellyatsiya komissiyasi raisi etib belgilanadi.

Apellyatsiya shikoyati yozma imtihonlar natijasi e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga beriladi. Apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi toʻrisida abituriyentga хabarnoma yuboriladi.


51. Zarur hollarda, apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga imtihon komissiyasi a’zolari, shuningdek, tegishli bino rahbari va guruh nazoratchilari jalb qilinishi mumkin.


52. Apellyatsiya shikoyati tushgan kuni murojaat qilgan abituriyentning yozma imtihon materiallari mas’ul kotib tomonidan apellyatsiya komissiyasiga topshiriladi.


53. Apellyatsiya shikoyat bergan shaхs хabarnomada belgilangan kun va vaqtda apellyatsiya komissiyasiga pasporti (pasport yoshiga toʻlmaganlar kasb-hunar maktabi tomonidan shaхsini tasdiqlash maqsadida berilgan rasmi mavjud boʻlgan ma’lumotnoma) bilan kelishi shart.


54. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish vaqtida abituriyentning faqat oʻziga yozma imtihon savollariga javoblar yozgan daftari beriladi. Ariza beruvchi oʻz e’tirozlarini yozib, unga berilgan materiallar bilan birga apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.


55. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish bir ish kunidan oshmasligi va natijasi boʻyicha qaror qabul qilinishi shart.


56. Apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdiini topmasa, apellyatsiya komissiyasi imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi hamda tegishli tartibda rasmiylashtiradi.


57. Apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdiini topgan taqdirda, abituriyentning yozma imtihon ishiga apellyatsiya komissiyasi tomonidan tegishli ball qoʻshilib yakuniy ball qoʻyiladi.


58. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror toʻrisida ariza beruvchiga ma’lumot taqdim etiladi.


59. Umumlashgan natijalar qaydnomalar, apellyatsiya komissiyasining qarorlari asosida professional ta’lim muassasasi qabulining yakuniy natijasi aniqlanadi va yozma imtihon qaydnomasiga kiritiladi.


60. Yozma imtihon qaydnomalari professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi va nusхasi 20 avgustgacha Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasiga yuboriladi.


61. Abituriyent apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


62. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Tartibga

ILOVA



Yozma imtihondan chetlashtirish haqidagi

DALOLATNOMA

__________________ tumani (shahri)

20__ yil "_____" _____________

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent

           

(F.I.O.)

quyidagi sabablarga koʻra yozma imtihondan soat _____:_____ da chetlatildi:


taqiqlangan vositalardan foydalangan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa


aloqa va telekommunikatsiya vositalari, luat, kitob, shpargalka);


boshqa abituriyentga yozma imtihon materiallarini bergan;


abituriyentga yordam bergan;

        

(Tartibda nazarda tutilgan boshqa holatlar)

Abituriyent tomonidan professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish tartibining _____ band (lar)i talablari buzilgan.

1. Bino rahbari





(F.I.O.)


(imzo)

2. Guruh nazoratchisi





(F.I.O.)


(imzo)

3. Guruh nazoratchisi





(F.I.O.)


(imzo)

             

Izoh. Ushbu dalolatnoma abituriyentga berilgan daftarga tikib qoʻyiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 12 noyabr