Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.11.2020 y. 726-son "Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.11.2020 y.

N 726



NOTARIUSLAR TOMONIDAN

AYRIM NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA

OShIRISh TARTIBI TOʻRISIDAGI MA’MURIY

REGLAMENTLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 sentyabrdagi PF-5816-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Notariat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga muvofiq notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;

Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;

Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;

Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;

Notariuslar tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻrisida guvohnomani berishning ma’muriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 19 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 23 noyabr, 46-son, 515-modda