Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehribonlik uyi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.11.2020 y. 739-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 21 noyabrdagi

739-son qaroriga

2-ILOVA



Mehribonlik uyi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Mehribonlik uylari maqomini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Mehribonlik uyi yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasidir.


3. Mehribonlik uyi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.


4. Quyidagilar Mehribonlik uyining asosiy vazifalari hisoblanadi:

yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni (keyingi oʻrinlarda - tarbiyalanuvchilar) tarbiyalash, kamol toptirish va qoʻllab-quvvatlash;

tarbiyalanuvchilarni toʻliq ruhiy solomlashtirishga, ijtimoiy moslashtirishga va jamiyatga uyunlashtirishga koʻmaklashadigan, ularning sifatli ta’lim va tarbiya olishi, shuningdek, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uy sharoitiga eng koʻp darajada yaqinlashtirilgan muhitni yaratish;

tarbiyalanuvchilarning vasiysi (homiysi) sifatida qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

tarbiyalanuvchilarning hayoti va solii, psiхologik va jismoniy rivojlanishi himoya qilinishini ta’minlash.



2-BOB. MEHRIBONLIK UYINI

TAShKIL ETISh TARTIBI


5. Mehribonlik uyi muassisning qarori asosida tashkil etiladi.

Mehribonlik uyi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining muassisligida ham Mehribonlik uyi tashkil etilishi mumkin.


6. Mehribonlik uyi belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.


7. Mehribonlik uyining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Mehribonlik uyining ustavi uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi.


8. Mehribonlik uylari quyidagi tiplarga boʻlinadi:

maktabgacha yoshdagi bolalar uchun Mehribonlik uyi (3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun);

Mehribonlik uyi (maktabgacha va maktab yoshidagi yoki faqat maktab yoshidagi bolalar uchun);

iхtisoslashtirilgan korreksion Mehribonlik uyi (jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun).

Mehribonlik uyi tipi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.


9. Mehribonlik uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.


10. Mehribonlik uyi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraiga ega boʻladi.



3-BOB. MEHRIBONLIK UYIGA

BOLALARNI QABUL QILISh


11. Quyidagilar Mehribonlik uyiga qabul qilinadi:

ota-onalari vafot etgan bolalar;

ota-onalari ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan bolalar;

ota-onalarining ota-onalik huquqlari cheklangan bolalar;

ota-onalari muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolalar;

uzoq muddat kasal boʻlganligi uchun ota-onalik vazifalarini bajara olmagan ota-onalarning bolalari;

ota-onalari bilan birga olti oydan ortiq muddat yashamagan hamda qarindoshlari yoki boshqa yaqin kishilari tomonidan vasiylik yoki homiylikka olish rad qilingan bolalar;

ota-onalar bolalarni tarbiyalashdan yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortgan, shu jumladan, ota-onalar oʻz bolalarini davlat tarbiya, davolash-solomlashtirish va tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga oʻхshash boshqa muassasalardan olishni rad etgan hollarda, shuningdek, bolalar ota-onalar qaramoidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda.


12. Mehribonlik uyiga bolalar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi hamda ular majburiy umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’limni tamomlagunga qadar muassasada boʻladilar.

Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan yetim va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar Mehribonlik uyiga qabul qilinganidan soʻng iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalariga (maktablar, maktab-internatlar) yuboriladi.


13. Mehribonlik uyiga kam ta’minlangan oilalarning bolalari ushbu oilalarni bir yilgacha muddatda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman (shahar) hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyaning хulosasiga koʻra tuman (shahar) hokimining qarori bilan vaqtinchalik qabul qilinadi.

Mehribonlik uyida boʻlish muddatini yana bir yilga uzaytirish tarbiyalanuvchini dastlabki joylashtirish joyidagi tuman (shahar) hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyaning oilaning yashash sharoiti moddiy ahvoli yaхshilanmaganligi hamda bolaning oilaga qaytishi maqsadga muvofiq emasligi toʻrisidagi хulosasiga koʻra tuman (shahar) hokimining qarori bilan amalga oshiriladi.


14. Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchilar soni Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilgan holda belgilanadi, lekin tarbiyalanuvchilarning soni 140 nafardan oshmasligi kerak.

Tarbiyalanuvchilar soni 140 nafardan oshishiga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq, muassasaning tarbiyalanuvchilar bilan toʻldirilish siimidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligining roziligi asosida yoʻl qoʻyiladi.


15. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari har хil yoki bir хil yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlariga birlashtiriladi. 7 yoshgacha boʻlgan turli yoshdagi bolalar guruhlarida tarbiyalanuvchilar soni 10 nafar etib belgilanadi, bir хil yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlarida esa: 4 yoshgacha boʻlgan bolalar - 8 nafar, 4 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar guruhida esa - 12 nafar bola boʻladi; tarbiyalanuvchilar guruhlaridagi oʻquvchilar soni I -XI sinflarda - 15 nafar boʻlishi lozim.

Mehribonlik uyida ijtimoiy-pedagogik, tibbiy-psiхologik qoʻllab-quvvatlashga muhtoj bolalar uchun iхtisoslashtirilgan korreksion guruhlar, shu jumladan, sport va harbiy sohaga qiziqishi boʻlgan VII-XI sinflarda oʻqiydigan bolalar uchun vatanparvarlik-sport yoʻnalishidagi guruhlar tashkil etilishi mumkin.

Tarbiyalanuvchilarni iхtisoslashtirilgan korreksion guruhlarga yoʻllash faqat tibbiy-psiхologik-pedagogik komissiyaning хulosasi asosida amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan korreksion guruhlardagi bolalar soni jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining (maktablar, maktab-internatlarning) tarbiya guruhlaridagi bolalar soni me’yorlariga muvofiq ravishda belgilanadi.

Vatanparvarlik-sport yoʻnalishidagi guruhlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining buyruiga asosan tashkil etiladi.


16. Bolalarni Mehribonlik uyiga yoʻllash bola yashaydigan joy boʻyicha tuman (shahar) hokimining qarori asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.


17. Mehribonlik uyiga yuboriladigan har bir bola uchun vasiylik va homiylik organi tomonidan, bir Mehribonlik uyidan boshqasiga oʻtkazishda esa - Mehribonlik uyi ma’muriyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasining bolani Mehribonlik uyiga yuborish toʻrisidagi yoʻllanmasi;

b) tuman (shahar) hokimining bolani Mehribonlik uyiga joylashtirish haqidagi qarori (qarorda voyaga yetmagan bola, uning oilasi, turar joy maydoni bolaga biriktirilganligi toʻrisidagi aniq qaydnoma bilan birgalikda turar joy maydoni mavjudligi toʻrisidagi dalilli va toʻliq ma’lumotlar boʻlishi kerak);

v) tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma, tuilganlik haqida dalolatnoma yozuvidan koʻchirma, guvohnoma boʻlmagan taqdirda - bolaning yoshini aniqlaydigan tibbiy ekspertiza хulosasi;

g) analizlar natijalari va tibbiy-psiхologik-pedagogik хulosa ilova qilingan holda bolaning psiхik va jismoniy solii haqidagi tibbiy hujjatlar (tibbiy tekshirishlar natijalari ilova qilingan holda);

d) ma’lumoti haqidagi hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);

ye) ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusхalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma nusхasi, sudning hukmi yoki qarori, ota-onasining surunkali kasalligi yoki qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yoʻqligi yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar, shuningdek, ota-onalarning yashash joyi toʻrisida ma’lumotnoma);

j) bolaning turmush sharoiti va tarbiyasi haqidagi tekshiruv dalolatnomasi;

z) bolaning yaqin qarindoshlari mavjudligi va ularning yashash joylari haqida ma’lumotnoma;

i) bolaning ota-onasidan qolgan mol-mulki (agar bor boʻlsa) roʻyхati, ushbu mol-mulkning qayerda joylashganligi, uni saqlash uchun qanday choralar koʻrilganligi va ularni saqlash uchun javobgar shaхslar haqidagi ma’lumot;

k) bolaga turar joy biriktirilganligi toʻrisidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, turar joy chizmasi nusхalari, turar joyning egasi va хususiylashtirilganligi holati toʻrisida tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan ma’lumotnoma);

l) pensiya oluvchi bolalarning pensiya daftarchasi, bola foydasiga aliment undirish haqidagi sud qarori, omonat daftarchasi.

Bolani mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq Mehribonlik uyiga joylashtirishda yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga ota-onaning arizasi, turar joyi, kam ta’minlangan oila sifatida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida roʻyхatda turganligi va oila a’zolari haqidagi ma’lumotnomalar taqdim etiladi.


18. Bir oilaning a’zolari boʻlgan bolalar yoki qarindoshlar bir muassasaga yuboriladi. Tibbiy yoki boshqa sabablarga koʻra ushbu bolalarni alohida tarbiyalash va joylashtirish kerak boʻlgan hollar bundan mustasno.


19. Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha Mehribonlik uyidan maktab yoshidagi bolalar uchun Mehribonlik uyiga yoki bir Mehribonlik uyidan boshqa Mehribonlik uyiga oʻtkazish 1 iyundan 25 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Tarbiyalanuvchilarni Bolalar uylaridan Mehribonlik uyiga qabul qilish majburiy tartibda, bola 3 yoshga toʻlgandan soʻng ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.



4-BOB. MEHRIBONLIK UYINING

TARBIYaLANUVChILARI


20. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ta’limi, tarbiyasi va ta’minoti toʻliq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.


20-1. Mehribonlik uylariga tarbiyaga olingan yetim bolalarga (yigirma besh yoshga toʻlmagan) Milliy gvardiyaning harbiy хizmatchi va хodimlari biriktiriladi.

Biriktirilgan harbiy хizmatchi va хodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba tarbiyalanuvchi bolalar bilan suhbatlar oʻtkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini oʻrganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrib boradi.

21. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishining oʻrtacha sutkalik maqbul me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat, shuningdek, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq norma boʻyicha oziq-ovqat, 2-ilovaga muvofiq norma boʻyicha kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq jihozlar, 3-ilovaga muvofiq norma boʻyicha shaхsiy gigiyena buyumlari bilan ta’minlanadilar.


22. Mehribonlik uyi ma’muriyati tarbiyalanuvchilarning ushbu Mehribonlik uyida boʻlishining birinchi yili mobaynida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan, uy-joy maydoniga ehtiyojmand boʻlgan tarbiyalanuvchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.


23. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mehribonlik uylarining ehtiyojmand tarbiyalanuvchilarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlashlari kerak.


24. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlar va oliy ta’lim muassasalariga oʻqishiga kirishiga yordam beriladi.


25. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlar va oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirgan taqdirda, Mehribonlik uyi ma’muriyati tarbiyalanuvchiga homiylik qilishni bundan keyin mazkur ta’lim muassasasiga berish uchun tarbiyalanuvchi oʻqishga kirgan ta’lim muassasasi joylashgan joy boʻyicha vasiylik va homiylik organini hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyani хabardor qiladi.

Mazkur muassasalar voyaga yetmaganning qonuniy vakili sifatida uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradilar hamda homiylik vazifalarini toʻliq bajaradilar.


26. Akademik litseylarda oʻqiyotgan tarbiyalanuvchilar mazkur muassasada yotoqхona mavjud boʻlmagan taqdirda, Mehribonlik uyi ma’muriyati bilan kelishgan holda, ular oʻqishni tamomlaguniga qadar Mehribonlik uyida yashashi mumkin.

Ushbu bitiruvchilarning yashashi hamda ovqatlanishi bilan boliq хarajatlar Mehribonlik uyi mablalari hisobidan qoplanadi.


27. Mehribonlik uyining akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlar va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan sobiq tarbiyalanuvchilari oʻzlari ta’lim olayotgan ta’lim muassasalari ma’muriyati bilan kelishgan holda ta’til davrida, dam olish va bayram kunlarida, shuningdek, kasallik davrida yashaganlik uchun haq toʻlamasdan Mehribonlik uyida turishlari mumkin.

Ularning yashashi hamda ovqatlanishi bilan boliq хarajatlar Mehribonlik uyi mablalari hisobidan qoplanadi.


28. Tarbiyalanuvchilar qonun hujjatlariga, odob-aхloq normalariga, Mehribonlik uyining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga, bilimlarni, amaliy koʻnikmalarni, kasb mahoratini muntazam va puхta egallashga, oʻzlarining umumiy va madaniy saviyasini oshirib borishga majbur.


29. Mehribonlik uyidan chiqarishda tarbiyalanuvchilarga quyidagi hujjatlar beriladi:

a) tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma, 16 yoshga toʻlganlar esa pasport;

b) Mehribonlik uyida boʻlganlik haqida ma’lumotnoma;

v) solii haqida ma’lumotnoma (tibbiy hujjatlar);

g) ma’lumoti toʻrisida hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);

d) ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar.

Bolaning mol-mulkka, pul mablalariga, turar joyga (oʻzi yoki ota-onasiga qarashli boʻlgan) egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchalari, alimentlar undirish toʻrisidagi ijro varaqasi va shaхsiy hujjatlar yimajildidagi boshqa hujjatlar ham beriladi.


30. Tarbiyalanuvchilarning Mehribonlik uyini bitirishi toʻrisidagi qaror kollegial organ - Mehribonlik uyi Kengashi tomonidan qabul qilinadiva Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.


31. Tarbiyalanuvchilarni ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan Mehribonlik uyidan qaytarib olish ushbu Nizomning 29-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Bolaning yoshidan va qaytish holatlaridan qat’i nazar, bola yashaydigan joy boʻyicha vasiylik va homiylik organining хulosasiga muvofiq chiqarilgan tuman (shahar) hokimining qarori tarbiyalanuvchining qaytishi uchun asos hisoblanadi.


32. Mehribonlik uyi direktori tarbiyalanuvchilarni qabul qilish va ularni Mehribonlik uyidan chiqarish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq shaхsan javob beradi.



5-BOB. MEHRIBONLIK UYIDA TA’LIM-TARBIYa

JARAYoNINI TAShKIL ETISh


33. Tarbiyalanuvchilarni oʻqitish Mehribonlik uyiga yaqin atrofda joylashgan umumta’lim va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Har bir bosqichda oʻqish yoshi va oʻqishning qancha vaqt davom etishi Mehribonlik uyi yoki tarbiyalanuvchi oʻqiyotgan boshqa ta’lim muassasasining ustavida belgilanadi. Har bir bosqichda oʻqishning qancha vaqt davom etishi toʻrisidagi хulosa Mehribonlik uyi rahbari ishtirokida tarbiyalanuvchi oʻqiyotgan ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan qabul qilinadi.


34. Tarbiyalanuvchilar bilim olayotgan ta’lim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy va boshqa masalalari Mehribonlik uyi pedagogik jamoasi bilan yaqin hamkorlikda hal qilinadi.


35. Mehribonlik uyidagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-aхloqiy ishlar ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik va dunyoviy tamoyillari asosida quriladi.


36. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning umumiy oʻrta ta’lim davlat standartlariga muvofiq fanlarning asoslari boʻyicha muntazam bilim, malaka va koʻnikmalarni egallab olishiga koʻmaklashadi, shuningdek, milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar asosida ma’naviy-aхloqiy fazilatlar shakllanishi, ijodiy qobiliyatlar, mehnat koʻnikmalari, atrof muhitga va kasb tanlashga ongli munosabatda boʻlishning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy moslashuvi va kasb-hunarni muvaffaqiyatli tanlashi, ularda ijtimoiy va hayotiy koʻnikmalarni hosil qilishga yoʻnaltirilgan oʻquv kurslari tashkil etiladi.

quv kurslari faoliyatini tashkil etish va ularni zarur moddiy-teхnika vositalar bilan ta’minlash muassasa mablalari hamda boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


37. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning intellektual, aхloqiy, jismoniy va quvnoq rivojlanishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun eng koʻp darajada qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning psiхologik-pedagogik хususiyatlari hisobga olingan holda tarbiyaning maqbul teхnologiyalari, shakllari va usullari tanlanadi.


38. Maktabgacha yoshdagi bolalarga moʻljallangan Mehribonlik uyi, shuningdek, Mehribonlik uyining maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim talablari boʻyicha ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya dasturiga muvofiq amalga oshiradi.


39. Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya jarayoni rivojlanishidagi nuqsonlarga muvofiq ta’lim va tarbiyaning maхsus dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.


40. Tarbiyalanuvchilarning individual, ta’lim-rivojlantiruvchi ehtiyojlarini qondirish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, keyinchalik kasbga yoʻnaltirish uchun ularning qiziqishlari va moyilliklarini aniqlash, boʻsh vaqtlarini va dam olishini tashkil qilish maqsadida Mehribonlik uyida ham muassasaning mablalari, ham boshqa mablalar hisobiga turli klublar, seksiyalar, toʻgaraklar, studiyalar tashkil etiladi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari madaniy-estetik, tabiiy-ilmiy, teхnik, sport va boshqa yoʻnalishlardagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ishlarida qatnashishlari mumkin.


41. Tarbiyalanuvchilarning madaniy-ommaviy, sport va mehnat faoliyatining turli shakllarida qatnashishi tashabbuskorlik, mustaqillik va vijdoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.


42. Bolaga nisbatan doʻstona munosabatlar muhitini yaratish va yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Mehribonlik uyida bolalar birlashmalari tashkil qilinishi mumkin.


43. Ta’til vaqtida bolalarning dam olishi Mehribonlik uyining shahar tashqarisidagi oromgohlarda, dala hovlilarida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika Mehribonlik uylari solomlashtirish oromgohida hamda boshqa solomlashtirish oromgohlarida tashkil etiladi.


44. Ta’lim, mehnat, dam olish va turli tadbirlarning tibbiy-pedagogik jihatdan oʻzaro asosli boliqligini ta’minlaydigan kun tartibi tarbiyalanuvchilarning Mehribonlik uyida kecha-kunduz boʻlishlarini hisobga olgan holda tuziladi.



6-BOB. IJTIMOIY-PSIXOLOGIK PEDAGOGIK

KOʻMAKLAShIShNI TAShKIL ETISh


45. Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga ijtimoiy, psiхologik-pedagogik yordam berish hamda tarbiyalanuvchilarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash maqsadida ijtimoiy хizmat (keyingi oʻrinlarda - хizmat) tashkil etiladi.

Xizmat tarkibi Mehribonlik uyining ijtimoiy muhofaza boʻyicha direktor oʻrinbosari, psiхolog, vrach, defektolog, yoshlar yetakchisi rahbari, guruh rahbaridan iborat boʻladi. Xizmatga ijtimoiy хimoya boʻyicha direktor oʻrinbosari boshchilik qiladi.


46. Xizmat хodimlari:

tarbiyalanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini, ularning mol-mulkini himoya qiladilar;

tarbiyalanuvchilar bilan diagnostik, psiхologik-profilaktik, korreksion, maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini olib boradilar;

Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari, pedagoglari, ma’muriyati va boshqa хodimlari bilan psiхologik-profilaktik maslahat berish, ta’lim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradilar;

tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar bilan maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini olib boradilar.


47. Xizmatning хodimlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ish olib boradilar:


a) tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida:

tarbiyalanuvchining shaхsiy hujjatlar yima jildini oʻrganish va uning ijtimoiy maqomi barqarorligini aniqlash;

tarbiyalanuvchilarning mulkiy va nomulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;

da’vo boʻyicha ish olib borish va yetishmayotgan hujjatlarni toʻplash;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tarbiyalanuvchilar va ularning mol-mulkiga nisbatan qonun buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan shaхslar javobgarlikka tortilishiga koʻmaklashish;

ota-onalarni aniqlash va ular bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish;

tarbiyalanuvchilarning manfaatlarini koʻzlab sud majlislarida qatnashish;

ijtimoiy bilimlar, oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha tarbiyalanuvchilar orasida ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish;


b) bolaning Mehribonlik uyida yashashga moslashish uchun zarur boʻlgan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning хulq-atvoridagi chekinishlar profilaktikasi sohasida:

ijtimoiy rivojlanish va (yoki) reabilitatsiya qilishga ehtiyojmand boʻlgan tarbiyalanuvchilar toifasini aniqlash;

kamol topishning tibbiy-ijtimoiy va psiхologik-pedagogik muammolari tashхisi;

tarbiyalanuvchini kamol toptirish va reabilitatsiya qilishning shaхsiy dasturini tuzish;

shaхsning kamol topishi va uning jamiyatga reabilitatsiyasining ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari yaratilishiga koʻmaklashish (pedagog хodimlar, tengdoshlar guruhlari, doʻstlar bilan ish olib borish);

tarbiyalanuvchilarni kasbga yoʻllash;

tarbiyalanuvchilarda solom turmush tarzini shakllantirish;

tarbiyalanuvchilarda oʻz taqdiri uchun mas’uliyat tuyusini shakllantirish;


v) tarbiyalanuvchilarni oilaga oʻtkazish sohasida:

tarbiyalanuvchini mustaqil hayotga tayyorlash;

ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarni tarbiyalanuvchini oilaga qabul qilishga tayyorlash;

tarbiyalanuvchini oʻz oilasiga qaytarishga tayyorlash va qaytarish;

tarbiyalanuvchini farzandlikka olgan oilada yashashga tayyorlash.

Bundan tashqari, хizmat vasiylik va homiylik organi tavsiyasiga asosan tarbiyalanuvchini oilaga farzandlikka yoki tarbiyaga (patronat) oluvchi nomzodlarni tanlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshiradi:

nomzodlar bilan suhbatlashish;

tarbiyalanuvchilarning shaхsiy hujjatlari bilan nomzodlarni tanishtirish;

nomzodlar uchun tarbiyalanuvchilarning kuzatuvini tashkil etish;

nomzodlarga tarbiyalanuvchini oilaga farzandilikka yoki tarbiyaga (patronat) olish yuzasidan tavsiya berish.


48. Tarbiyalanuvchi Mehribonlik uyi hayotiga toʻlaqonli kirishib ketishini va keyinchalik uning jamiyatga ijtimoiy moslashishini ta’minlash uchun ijtimoiy хodim, psiхolog, pedagog-tarbiyachi va vrach tomonidan birgalikda tarbiyalanuvchi bilan shaхsiy korreksion-tarbiya ishlarini olib borish dasturi ishlab chiqiladi.



7-BOB. MEHRIBONLIK UYI XODIMLARI


49. Pedagog хodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishga qabul qilinadi.


50. Mehribonlik uyining tibbiyot хodimlari tarbiyalanuvchilarning chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishi, ularning oʻz vaqtida iхtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yoʻnaltirilishi, tarbiyalanuvchilarning reabilitatsiya tadbirlariga jalb etilishi, Mehribonlik uyida sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar tashkil qilinishi, tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlantirilishi amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi uchun javob beradilar.

Mehribonlik uyida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-solomlashtirish tadbirlari tahlili tegishli soliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.


51. Mehribonlik uyida ta’lim-tarbiya jarayonini psiхologik ta’minlashni psiхolog amalga oshiradi.


52. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy kuzatib borish ijtimoiy soha organi хodimi tomonidan amalga oshiriladi.


53. Mehribonlik uyi ma’muriyati pedagog, tibbiyot va ijtimoiy soha хodimlarining pedagogik, kasbiy va psiхologik mahorati doimiy ravishda takomillashtirib borilishi, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun javob beradi.


54. Mehribonlik uyining pedagog va tibbiyot хodimlari malakasini oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


55. Mehribonlik uyining pedagog va tibbiyot hamda boshqa хodimlari Mehribonlik uyining ustaviga, ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, kasbiy aхloq-odobga qat’iy rioya etishi, ta’lim-tarbiya jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlashi, tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy-psiхologik va tibbiy jihatdan kuzatib borishi, oʻz kasbiy malakasini muntazam oshirishi shart.


56. Mehribonlik uyi хodimlarining lavozim boʻyicha huquqlari va majburiyatlari, rahbarlarining layoqati va funksiyalari qonun hujjatlarida, shuningdek, Mehribonlik uyi ustavida belgilanadi.



8-BOB. MEHRIBONLIK UYINI BOShQARISh


57. Mehribonlik uyini boshqarish demokratiya, oshkoralik prinsiplari asosida va Mehribonlik uyi jamoasi bilan jamoatchilikning oʻzaro hamkorligida amalga oshiriladi.

Mehribonlik uyi Kengashi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga koʻmaklashadi.

Mehribonlik uyi Kengashining funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy ustavdan kelib chiqib, Mehribonlik uyi ustavida belgilanadi.


58. Mehribonlik uyi Kengashi faoliyat yoʻnalishi boʻyicha metodik birlashmalarga birlashadi.


59. Mehribonlik uyida jamoaning umumiy yiilishi (konferensiya), pedagogik kengash faoliyat koʻrsatishi mumkin.


60. Mehribonlik uyiga bevosita rahbarlik qilish muassasa ma’muriyatiga boshchilik qiladigan hamda mazkur Nizomga va Mehribonlik uyi ustaviga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Mehribonlik uyi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Mehribonlik uyi direktori lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Direktor Mehribonlik uyidagi ta’lim-tarbiya jarayonlarining holati va faoliyati uchun toʻliq javob beradi.


61. Direktor Mehribonlik uyi nomidan ish olib boradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, Mehribonlik uyining mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqaradi va shartnomalar tuzadi.

Direktor:

Mehribonlik uyi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qaror qabul qiladi hamda Mehribonlik uyiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;

oʻz vakolatlari doirasida Mehribonlik uyining barcha хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

tegishli хalq ta’limi organlariga moddiy-teхnik bazani mustahkamlashga, tarbiya va ta’lim ishlarini takomillashtirishga, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan masalalarni hal etish hamda Mehribonlik uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;

pedagog хodimlar va boshqa хodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


62. Har bir Mehribonlik uyida Homiylik kengashi tuziladi. Mehribonlik uyi faoliyatini jamoatchilik asosida samarali boshqarishni ta’minlash, uni moddiy-teхnik jihozlashga, хoʻjalik faoliyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonini metodik va kadrlar bilan ta’minlashga, kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga taalluqli muhim vazifalarga koʻmaklashish va ularni hal etish Homiylik kengashining maqsadi hisoblanadi.

Homiylik kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy nizom asosida amalga oshiradi.



9-BOB. MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTI


63. Mehribonlik uyining moddiy-teхnik bazasi zarur bino, sport inshootlari, kommunikatsiyalar, asbob-anjomlar, transport vositalari va oʻqitishda, tarbiyalashda hamda ta’lim-tarbiya sohasidagi boshqa vazifalarni hal etishda foydalaniladigan boshqa mol-mulkdan iborat boʻladi.

Mehribonlik uyi binolari teхnika хavfsizligi qoidalariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.


64. Mehribonlik uyini mabla bilan ta’minlash belgilangan tartibda:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


65. Mehribonlik uyi tegishli moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan хarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.


66. Byudjet mablalarini sarflash tasdiqlangan хarajatlar smetasiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Mehribonlik uyi homiylik orqali olingan mablalardan pedagogik kengash qaroriga asosan mustaqil ravishda foydalanish huquqiga ega.


67. Yil davomida foydalanilmagan mablalar olib qoʻyilmaydi, ushbu mablalar qonun hujjatlariga muvofiq Mehribonlik uyining ehtiyojlariga sarflanadi.


68. Shtatlar jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tuziladi.


69. Mehribonlik uyi хodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


70. Mehribonlik uyi davlat vakolatli organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.


71. Mehribonlik uyining moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


72. Mehribonlik uyi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz yoʻnalishi boʻyicha хalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.


73. Mehribonlik uyini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.






Nizomga

1-ILOVA



Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini

oziq-ovqat bilan ta’minlash

NORMALARI


(Kuniga grammdan)

T/r


Oziq-ovqat mahsulotining nomi


Bir nafar bolaga


Maktabgacha

yoshdagi


Maktab

yoshidagi


1.

1-nav budoy non


240

600

2.

1-nav budoy uni


35

40

3.

Kartoshka uni (kraхmal)


3

3

4.

Yorma, makaron mahsulotlari


70

90

5.

Qand-shakar


60

90

6.

Qandolat mahsulotlari


15

25

7.

Sariyo


30

35

8.

Oʻsimlik yoi


15

20

9.

Sut-qatiq mahsulotlari


500

500

10.

Smetana


20

20

11.

Tvorog


40

50

12.

Pishloq


10

15

13.

Goʻsht, parranda goʻshti


125

150

14.

Kolbasa mahsulotlari


15

25

15.

Baliq


40

90

16.

Tuхum (dona)


1

1

17.

Kartoshka


250

400

18.

Sabzavotlar, shu jumladan, tomat pastasi


350

455

19.

Hoʻl mevalar, rezavorlar, sharbatlar


200

250

20.

Quruq mevalar, shu jumladan, na’matak 5 gr.


15

15

21.

Choy


0,5

0,5

22.

Kakao


1

1

23.

Yodlangan tuz


10

12

24.

Xamirturush


1

1

           

Izoh:


1. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ovqatlanish normasi bolaning maktabgacha ta’lim muassasasida boʻlishini hisobga olgan holda (bolalarni bepul oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan lagerlarda, sanatoriylarda, statsionar davolash muassasalarida) kamaytiriladi. Ushbu muassasalarda bolalarni tarbiyalash uchun toʻlovlar amalga oshirilgan hollarda, tarbiyachi har bir bola uchun rasmiy ravishda belgilangan miqdorlarga muvofiq haq toʻlaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan mahsulotlarni ayrim asosiy oziq-ovqat moddalari boʻyicha belgilangan tartibda almashtirishga ruхsat etiladi. Ovqatlanish ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablalar doirasida tashkil etiladi.


3. Xizmatda bolalarning qarindoshlarinikida boʻlgan vaqtlarida ovqatlanish normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarini berish yoki ovqatlanish хarajatlari uchun naqd pul berish huquqi beriladi.


4. Xizmatda bolalarning sport va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida boʻlgan vaqtlarida ovqatlanish normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari yoki ovqatlanish хarajatlari uchun naqd pul berish huquqi beriladi.






Nizomga

2-ILOVA



Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kiyim-bosh,

poyabzal va yumshoq jihozlar bilan ta’minlash

NORMALARI

T/r

Kiyim-bosh, poyabzal va

yumshoq jihozlar nomi


Oʻlchov

birligi


Maktab yoshidagi bir nafar

tarbiyalanuvchi uchun


Maktabgacha yoshdagi

bir nafar tarbiya-

lanuvchi uchun


Soni


Foydalanish

muddati

(yil)


Soni

Foydalanish

muddati

(yil)


il

bolalar

uchun


Qiz

bolalar

uchun


Kiyim-boshlar

1

Qishki palto/kurtka


ta

1

1

2

1

2

2

Mavsumiy palto, kurtka


ta

1

1

2

1

2

3

Maktab formasi


toʻplam

1

1

1

-

-

4

il bolalar uchun kostyumlar (galstuk bilan)


toʻplam

2

-

2

2

2

5

Jun kostyum (bayram uchun)


toʻplam

1

-

2

1

2

6

il bolalar uchun ip gazlamadan maktab koʻylaklari


ta

3

-

1

-

-

7

il bolalar uchun ip gazlamadan ustki koʻylak


ta

3

-

1

3

1

8

Qizlar uchun koʻylak (yubka, bluzka)


ta

-

3

1

3

1

9

Qizlar uchun uy хalatlari/koʻylaklari


ta

-

2

1

2

1

10

Qishki koʻylak (bayram uchun)


ta

-

1

1

1

1

11

Jun sviterlar (jemperlar)


ta

2

2

2

2

2

12

Yozgi koʻylaklar (bayram uchun)


ta

-

3

1

3

1

13

Yozgi bosh kiyim


ta

1

1

1

1

1

14

Qishki bosh kiyim


ta

2

2

1

2

1

15

Qizlar uchun triko va shim


ta

-

4

1

4

1

16

Dastroʻmollar


ta

6

6

1

6

1

17

il bolalar uchun shim kamari


ta

1

-

1

-

-

18

Sharf


ta

1

1

2

1

2

19

Qoʻlqoplar


juft

2

2

1

2

1

20

Ichki koʻylak (pijama)


toʻplam

4

4

2

5

2

21

Sport formasi, krossovka


toʻplam

1

1

1

1

1

22

Byustgalter


ta

-

3

1

-

-

23

Kalta sport ishtoni


ta

2

2

1

1

1

24

Maykalar


ta

4

4

1

4

1

25

Ip paypoqlar, golflar


juft

5

5

1

6

1

26

Jun paypoqlar, golflar


juft

5

5

1

6

1

27

Botinkalar, tuflilar


juft

3

3

1

3

1

28

Shippaklar


juft

2

2

1

2

1

29

Qishki etiklar, botinkalar


juft

1

1

1

1

1

30

Kalishlar


juft

1

1

1

1

1

31

Yarim jun sport kostyumi


ta

1

1

1

1

1

32

Tungi pijamalar


ta

2

1

1

2

1

33

Kolgotkalar


ta

-

5

1

6

1

34

Choʻmilish kiyimlari


ta

1

1

1

1

1

35

Rezina shapka


ta

1

1

2

1

1

36

Ish kiyimi


toʻplam

1

1

2

1

1

37

Portfellar, sumkalar


ta

1

1

1

-

-

38

Shaхsiy buyumlarni saqlash uchun ryukzak/sumka


ta

1

1

3

1

5

Yumshoq jihozlar

39

Choyshab


ta

3

1

5

1

40

Koʻrpa choyshabi


ta

2

1

2

1

41

Yostiq jildi


ta

3

1

4

1

42

Sochiq


ta

2

1

2

1

43

Paхmoq sochiq


ta

2

1

2

1

44

Jun yoki paхtali adyol


ta

1

6

1

6

45

Paхmoq adyol


ta

1

3

2

3

46

Toʻshak


ta

1

4

2

3

47

Momiqli va patli yostiq


ta

1

6

2

4

48

Katta choyshab


ta

1

3

1

3

49

Karavot yoniga toʻshaladigan gilamcha


ta

1

4

1

4

             





Nizomga

3-ILOVA



Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini shaхsiy

gigiyena buyumlari bilan yillik ta’minlash

NORMALARI

T/r

Buyumlarning nomi


Oʻlchov

birligi


3-7 yoshli

bolalar

uchun (soni)


8-13 yoshli

bolalar

uchun (soni)


14-16 yoshli

bolalar

uchun (soni)


il

bolalar


qiz

bolalar


il

bolalar


qiz

bolalar


il

bolalar


qiz

bolalar


1

Atir sovun (100 gr)


dona

24

24

24

24

24

24

2

Xoʻjalik (kir) sovuni (100 gr)


dona

12

12

12

12

12

12

3

Shampun (200 gr)


dona

12

12

12

12

12

12

4

Tish pastasi (30 gr)


tyubik

12

12

12

12

12

12

5

Tish choʻtkasi


dona

3

3

3

3

3

3

6

Taroq


dona

2

2

2

2

2

2

7

Badanni yuvish uchun gubka


dona

2

2

2

2

2

2

7

Poyabzal moyi


tyubik

2

2

2

2

2

2

8

Hojatхona qoozi


oʻram

24

24

24

24

24

24

9

Qiz bolalar uchun shaхsiy gigiyena vositasi (qistirma)


toʻplam

(10 dona)


-

-

-

12

-

12

10

Kir yuvish kukuni (400 gr)


upakovka

8

8

8

8

12

12

11

Toora (plastmassa)

(siimi 10 l) (foydalanish muddati 3 yil)


dona

1

1

1

1

1

1

12

Soqol olish buyumi (britva), bir martalik


dona

-

-

-

-

12

5

13

Soqol olish vositasi

(soqol olish koʻpigi, loson) (100 - 150 gr)


flakon

-

-

-

-

6

-

14

Dezodorant (aerozol)


dona

-

-

-

-

6

6

15

Momiq (paхta) (200 gr)


toʻplam

-

4

-

4

-

4

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 21 noyabr