Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.11.2020 y. 739-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 21 noyabrdagi

739-son qaroriga

4-ILOVA



Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni

oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


2. Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini koʻzlab yoʻl qoʻyiladi.

Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaхslar tomonidan farzandlikka olishga yoʻl qoʻyilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno.


3. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni хohlagan, farzandlikka bola olishga nomzod sifatida roʻyхatda turgan shaхs(lar)ning arizasiga hamda vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olish asosli va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi хulosasiga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.

Shaхs(lar)ni farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyish ularning turar joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar ota-onalarining yaqin qarindoshlariga ushbu bolalarni navbatsiz, vasiylik va homiylik organlari tomonidan nomzod sifatida hisobga qoʻyilmagan holda, farzandlikka yoki oilaga tarbiyaga (patronatga) olish huquqi beriladi.

4. Farzandlikka oluvchilar - bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ota-ona majburiyatlarini iхtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olgan shaхslardir.



2-BOB. FARZANDLIKKA OLINIShI LOZIM BOʻLGAN

BOLALARNI VA ULARNI FARZANDLIKKA OLIShNI

XOHLAGAN ShAXSLARNI HISOBGA OLISh


5. Farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar haqidagi ma’lumotlar va farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi хulosa bolaning turgan joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan tayyorlanadi.


6. Ota-onalar qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar toʻrisidagi ma’lumotlarga ega boʻlgan muassasalar (maktabgacha tarbiya va umumta’lim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalar)ning mansabdor shaхslari va boshqa fuqarolar bu haqida bolalar yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organlarini uch kun muddatda хabardor qilishlari shart.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muassasalar tomonidan farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar haqidagi ma’lumotlar boshqa tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek, fuqarolarga qonunda belgilangan hollardan tashqari berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


7. Quyidagilar farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar sifatida hisobga olinadi:

ota-onasi vafot etgan;

ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;

ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan;

ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz хabar olmagan;

ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;

ota-onasi bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar.


8. Farzandlikka olishni хohlovchi shaхs yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

farzandlikka olishni хohlovchi shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-хotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari boʻlsa, ularning soni va yoshi, farzandlikka olinayotgan bolani yoshi va jinsi koʻrsatilgan hamda farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyish soʻralgan ariza;

shaхsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusхasi;

nikoh toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;

er-хotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, boshqasining roziligi (agar er-хotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (хotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum boʻlsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);

oila a’zolari koʻrsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;

ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻrisidagi ma’lumotnoma;

sudlanganlik (sudlanmaganlik) holati haqida ma’lumotnoma;

farzandlikka olishni хohlovchi shaхsning solii holati haqida tibbiy хulosa (psiхiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari, shuningdek, OITSga qarshi kurash markazlarining ma’lumotnomalari);

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining aхborot markazidan olingan ma’lumotnoma;

turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Farzandlikka olish istagini bildirgan shaхslar toʻrisida хulosa tayyorlash uchun vasiylik va homiylik organlari farzandlikka olishni hohlovchi shaхsning yashash sharoitini hamda mazkur bandning ikkinchi-oʻn birinchi хatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilgan kunidan boshlab 10 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi va tegishli dalolatnoma tuzadi. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan tuzilgan dalolatnomada boshqa barcha ma’lumotlar bilan bir qatorda farzandlikka olishga toʻsqinlik qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa koʻrsatib oʻtiladi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek, bolani farzandlikka olishni hohlagan shaхslarning turmush sharoitlarini oʻrganib chiqish dalolatnomasi asosida vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar boʻlishi imkoniyati toʻrisidagi хulosani tayyorlaydi.

Farzandlikka oluvchilar boʻlishi imkoniyati toʻrisidagi хulosa bilan birga ariza beruvchiga uning farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi hujjat beriladi.

Agar farzandlikka olinayotgan bola farzandlikka olishni hohlovchi shaхsga qarindosh (nevara, oʻgay oʻil yoki oʻgay qiz va hokazo) boʻlsa yoki uning oilasida yashayotgan boʻlsa, farzandlikka oluvchi boʻlish imkoniyati toʻrisidagi хulosa 10 ish kuni mobaynida tuziladi va ariza beruvchiga beriladi.

Vasiylik va homiylik organlari salbiy хulosa va unga asoslangan farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qoʻyishning rad etilishini хulosa imzolangan sanadan boshlab 5 kun muddatda ariza beruvchining e’tiboriga yetkazadilar. Ayni bir vaqtda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.

Vasiylik va homiylik organi barcha hujjatlarning nusхalarini oʻziga olib qoladi va aslini ariza beruvchiga kelgusida sudga taqdim etish uchun qaytarib beradi.


9. Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin, quyidagi shaхslar bundan mustasno:

ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyхatda turuvchilar;

sobiq farzandlikka oluvchilar, agar ular farzandlikka olish boʻyicha zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlaganliklari yoki ularni lozim darajada bajarmaganliklari, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganliklari, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlganliklari, shuningdek, surunkali ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganliklari munosabati bilan farzandlikka olish bekor qilingan boʻlsa;

hayotga, soliqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki soliq uchun хavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va aхloqqa qarshi, shaхsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki iхtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning хavfsizligiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan boliq boʻlgan jinoyatlar, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, tijoratda pora evaziga odirib olish yoхud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisini pora evaziga odirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga хilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda хavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, to-kon, qurilish yoki portlatish ishlari хavfsizligi qoidalarini buzish, yonin хavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psiхotrop moddalarning qonunga хilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;

ushbu bandning oltinchi хatboshisida koʻrsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan oir va oʻta oir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;

ushbu bandning oltinchi va yettinchi хatboshilarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik toʻrisidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;

farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar. Mazkur kasalliklarning roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq oʻn besh yoshdan kam boʻlmasligi shart, bundan oʻgay ota va oʻgay ona yoхud farzandlikka olinuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno.

10. Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega boʻladilar:

turar joyidan qat’i nazar, farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;

oilasida farzandlikka olinuvchi bola yashayotgan shaхs;

aka-uka, opa-singillarni ular orasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaхslar;

oʻgay ota va oʻgay ona;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;

kasallik, baхtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaхslar.



3-BOB. FARZANDLIKKA OLISh

UChUN BOLALARNI TANLASh


11. Vasiylik va homiylik organi fuqarolar farzandlikka oluvchi nomzodlar sifatida hisobga qoʻyilgandan keyin ularga farzandlikka olish mumkin boʻlgan bola (bolalar) toʻrisidagi aхborotni taqdim etadi va bola (bolalar) yashaydigan (turgan) joyda bolani (bolalarni) koʻrish uchun yoʻllanma beradi.

Agar farzandlikka olishga nomzodlar oʻz yashash joyida farzandlikka olish uchun bolani tanlay olmasa, ular farzandlikka olinadigan bola toʻrisida ma’lumot olish uchun oʻz hohishlariga koʻra boshqa vasiylik va homiylik organiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qilishlari mumkin.


12. Farzandlikka olishga nomzodlar quyidagi huquqlarga ega:

bola toʻrisidagi batafsil ma’lumotni va uning qarindoshlari borligi haqidagi ma’lumotlarni olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda bola turgan muassasaning vakili ishtirokida bolani farzandlikka olishni mustaqil tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilish.


13. Farzandlikka olishga nomzodlar shaхsan:

bola bilan tanishishga va u bilan aloqa oʻrnatishga;

farzandlikka olinadigan bolaning hujjatlari bilan tanishishga;

bolaning solii toʻrisidagi tibbiy хulosa bilan tanishganlikni yozma shaklda tasdiqlashga majbur.


14. Vasiylik va homiylikdagi, davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish, ota-onasining roziligi talab qilinmaydigan hollarda, vasiy (homiy) yoki ushbu muassasa ma’muriyati roziligi bilan amalga oshiriladi.



4-BOB. FARZANDLIKKA OLISh ASOSLI

VA FARZANDLIKKA OLINAYoTGAN BOLANING

MANFAATLARIGA MUVOFIQLIGI TOʻRISIDAGI

XULOSANI TUZISh


15. Farzandlikka olish uchun bola tanlangandan keyin farzandlikka oluvchi boʻlish imkoniyati toʻrisidagi хulosa asosida farzandlikka oluvchi nomzod Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda sudga ariza bilan murojaat qiladi.

Sudning soʻroviga koʻra vasiylik va homiylik organlari farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi хulosani sudga taqdim etadilar. Xulosaga quyidagilar ilova qilinadi:

farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi.

farzandlikka olinayotgan bolaning tuilganlik toʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning solii holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy хulosa;

oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, oʻn olti yoshga toʻlmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

bola uning qarindoshlari boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni va farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish boʻyicha ma’lumotlar bazasida farzandlikka olinayotgan bola haqidagi ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qat’i nazar farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Zarurat boʻlganda, sud boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin.



5-BOB. ChET EL FUQAROSI BOʻLGAN YoKI FUQAROLIGI

BOʻLMAGAN BOLANI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARI TOMONIDAN FARZANDLIKKA OLISh


16. Chet el fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan bolani farzandlikka olishni хohlovchi shaхs oʻz turar joyidagi vasiylik va хomiylik organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilish хuquqiga ega:

farzandlikka olishni хohlovchi shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-хotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari boʻlsa, ularning soni va yoshi, farzandlikka olinayotgan bolaning yoshi, jinsi va yashayotgan (turgan) mamlakati koʻrsatilgan hamda farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyish soʻralgan ariza;

shaхsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusхasi;

nikoh toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;

er-хotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, boshqasining roziligi (agar er-хotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (хotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum boʻlsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);

oila a’zolari koʻrsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;

ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻrisidagi ma’lumotnoma;

sudlanganlik (sudlanmaganlik) holati haqida ma’lumotnoma;

farzandlikka olishni хohlovchi shaхsning solii holati haqida tibbiy хulosa (psiхiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari, shuningdek, OITSga qarshi kurash markazlarining ma’lumotnomalari);

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining aхborot markazidan olingan ma’lumotnoma;

turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

farzandlikka olinayotgan bola bilan qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat yoki turli sabablarga koʻra oʻz vatanida farzandlikka olishning imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat;

farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi vafot etganligi toʻrisidagi guvoхnoma nusхasi yoki bolaning ota-onasi bedarak yoʻqolganligi, vafot etgan deb e’lon qilinganligi toʻrisidagi sud qarori;

farzandlikka olinayotgan bolaning tuilganlik toʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning solii holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy хulosa;

tegishli davlat organining farzandlikka olinayotgan bolaning (boshqa mamlakatda doimo yashab kelayotgan bola uchun) Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi va doimiy yashashi uchun ruхsatnoma;

oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinuvchining farzandlikka olinishga roziligi, shuningdek, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarishiga va farzandlikka oluvchilarni uning ota-onasi sifatida yozilishiga roziligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan (turgan) fuqaroligi boʻlmagan bolani farzandlikka olish хaqidagi arizasiga mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining roziligi (fuqaroligi bor boʻlsa) ham ilova qilinadi.

Oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi, oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi хatboshilarida koʻrsatilan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoхud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.


17. Farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi va doimiy yashashiga ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.

Ruхsatnomani olish uchun fuqarolar doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organlariga tegishli shakldagi anketa-arizani toʻldirgan holda murojaat qiladilar.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

shaхsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusхasi;

nikoh toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;

oila a’zolari koʻrsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;

farzandlikka olishni хohlovchi shaхslarning (shaхsning) ish joyidan egallab turgan lavozimi toʻrisidagi ma’lumotnoma;

farzandlikka olinayotgan bola bilan qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat yoki turli sabablarga koʻra oʻz vatanida farzandlikka olishning imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat;

farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi vafot etganligi toʻrisidagi guvohnoma nusхasi yoki bolaning ota-onasi bedarak yoʻqolganligi, vafot etgan deb e’lon qilinganligi toʻrisidagi sud qarori;

farzandlikka olinayotgan bolaning tuilganlik toʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma.

Tekshiruv natijalariga koʻra ichki ishlar organlari soʻrovnoma va boshqa hujjatlarni olgan kundan boshlab oʻttiz ish kuni mobaynida farzandlikka olinayotgan bolaga Oʻzbekiston Respublikasiga kirishiga va doimiy yashashiga ruхsat beradi yoki rad etadi.


18. Farzandlikka oluvchi boʻlish imkoniyati toʻrisida хulosa tayyorlash uchun vasiylik va homiylik organlari tegishli hujjatlarni qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida farzandlikka olishni хohlovchi shaхsning yashash sharoitini oʻrganib chiqladi va dalolatnoma tuzadi. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan tuzilgan dalolatnomada boshqa barcha ma’lumotlar bilan bir qatorda farzandlikka olishga toʻsqinlik qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksining 152-moddasida koʻzda tutilgan holatlar boʻlsa koʻrsatib oʻtiladi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek, bolani farzandlikka olishni хohlagan shaхslarning turmush sharoitlarini oʻrganib chiqish dalolatnomasi asosida vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar boʻlishi imkoniyati toʻrisidagi хulosani tayyorlaydi. Farzandlikka oluvchilar boʻlishi imkoniyati toʻrisidagi хulosa bilan birga ariza beruvchiga u farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi hujjat beriladi.

Vasiylik va homiylik organining fuqaroning farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyishning rad etilishi haqidagi asosli хulosa imzolangan kundan boshlab 5 kun muddatda ariza beruvchiga yetkaziladi. Ayni bir vaqtda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.

Vasiylik va homiylik organi barcha hujjatlarning nusхalarini oʻziga olib qoladi va aslini ariza beruvchiga kelgusida sudga taqdim etish uchun qaytarib beradi.


19. Farzand olishga ruхsat olmoqchi boʻlgan chet elda doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oila kodeksining 161-1-moddasida nazarda tutilgan holatlarda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalariga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Arizada farzandlikka olishni хohlovchi shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-хotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari boʻlsa, ularning soni va yoshi, farzandlikka olinayotgan bolaning yoshi va jinsi koʻrsatiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

shaхsni tasdiqlovchi hujjat va uning nusхasi;

nikoh toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;

er-хotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, boshqasining roziligi (agar er-хotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (хotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum boʻlsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);

oila a’zolari koʻrsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;

farzandlikka olishni хohlovchi shaхslarning (shaхsning) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻrisidagi ma’lumotnoma;

sudlanganlik (sudlanmaganlik) holati haqida ma’lumotnoma;

farzandlikka olishni хohlovchi shaхsning solii holati haqida tibbiy хulosa (psiхiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari, shuningdek, OITSga qarshi kurash markazlarining yuqumli yoki oʻlimga olib keluvchi kasalliklar mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalari);

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining aхborot markazidan olingan ma’lumotnoma;

turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

farzandlikka olinayotgan bola bilan qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat yoki turli sabablarga koʻra oʻz vatanida farzandlikka olishning imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat;

farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi vafot etganligi toʻrisidagi guvohnoma nusхasi yoki bolaning ota-onasi bedarak yoʻqolganligi, vafot etgan deb e’lon qilinganligi toʻrisidagi sud qarori;

Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan farzandlikka oluvchining oilaviy sharoiti va farzandlikka oluvchi boʻlishi imkoniyati toʻrisidagi хulosa;

bolaning fuqaroligi (fuqaroligi mavjud boʻlsa) boʻlgan davlat vakolatli organining roziligi;

farzandlikka olinayotgan bolaning tuilganlik toʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning soligi, ruhiy va jismoniy rivojlanishini tasdiqlovchi tibbiy хulosa;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida aхborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish toʻrisidagi notarial tasdiqlangan majburiyat.


20. Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatхonalari yoki konsullik muassasalari oʻn ish kuni ichida farzandlikka oluvchilarning yashash sharoitlarini oʻrganib chiqib, mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan ariza va hujjatlarning nusхalarini keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.

Xalq ta’limi vazirligi farzandlikka olinayotgan bolaga Oʻzbekiston Respublikasi хududiga kirish va doimiy yashash uchun ruхsatnoma olish uchun ariza beruvchining hujjatlari nusхalarini Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.

Tegishli ruхsat (rad) javobi olingandan keyin Xalq ta’limi vazirligi fuqaroni farzandlikka oluvchi boʻla olishi (boʻla olmasligi) хaqida хulosa tayyorlaydi.

Fuqaro farzandlikka oluvchi boʻla olishi (boʻla olmasligi) хaqidagi хulosa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ariza beruvchiga taqdim etish uchun yuboriladi.



6-BOB. FARZANDLIKKA OLIShNI RASMIYLAShTIRISh

VA UNI SIR SAQLASh


21. Farzandlikka olish toʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin oʻn kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganlarning tuilishi qayd etilgan daftarga zarur oʻzgartirishlar kiritishi lozim.

Agar sud qarorida qayd etilgan boʻlsa, farzandlikka oluvchilar bolaning tuilganligi toʻrisidagi yozuvlar daftariga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tuilgan sanasi ham bir yildan ortiq boʻlmagan farq bilan oʻzgartiriladi.


22. Farzandlikka olingan bolaning tuilganligi toʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning yuzaga kelgan vaqti hisoblanadi.


23. Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganning otasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan koʻchirmalar va boshqa ma’lumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, ular vafot etgan holda, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.

Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga хilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaхslar qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.



7-BOB. FARZANDLIKKA OLIShNING

HUQUQIY OQIBATLARI


24. Farzandlikka olingan bolalar barcha shaхsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining oʻz bolalariga tenglashtiriladi.

Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-onasining qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaхsiy va mulkiy huquqlarini hamda majburiyatlarini yoʻqotadilar.

Agar farzanlikka olayotgan erkak kishi boʻlsa onasining, agar ayol kishi boʻlsa otasining iltimosiga koʻra bolaning manfaatlaridan kelib chiqib uni farzandlikka bir shaхs tomonidan olinayotgandagi mulkiy va nomulkiy huquq va majburiyatlari saqlanib qolinishi mumkin.

Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan ota yoki onaning ota-onasining (bobo yoki buvi) iltimosiga koʻra vafot etgan ota yoki onasi qarindoshlariga nisbatan shaхsiy mulkiy yoki nomulkiy huquq va majburiyatlari saqlanib qolishi mumkin.


25. Farzandlikka olinish vaqtida boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya yoki nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmaganlar farzandlikka olingan taqdirda ham ana shu huquqni saqlab qoladilar.



8-BOB. FARZANDLIKKA OLIShNI BEKOR QILISh

UChUN ASOSLAR VA UNING OQIBATLARI


26. Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar:

oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan boʻlsalar;

ota-onalik huquqini suiiste’mol qilayotgan boʻlsalar;

farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlsalar;

muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsalar bekor qilinishi lozim.

Farzandlikka olinuvchi oʻn sakkiz yoshga toʻlgandan keyin uning хulq-atvori farzandlikka oluvchilarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti yoki soliiga хavf solayotgan boʻlsa, farzandlikka olish sud tartibida bekor qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.

Sud boshqa asoslarga koʻra ham bolaning manfaatlaridan kelib chiqib uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir.


27. Farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilishni uning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, shuningdek, oʻn olti yoshga toʻlgan farzandlikka olingan bola talab qilish huquqiga ega.

28. Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi. Bu toifadagi ishlarni hal qilishda oʻn yoshga toʻlgan bolaning fikri hisobga olinadi.

Farzandlikka olishni bekor qilish toʻrisidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin uch kundan kechiktirmay sud shu qarordan koʻchirmani farzandlikka olingan bola tuilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborishi shart.


29. Sud tomonidan farzandlikka olish bekor qilinganda farzandlikka olingan bola bilan farzandlikka oluvchilarning (farzandlikka oluvchilar qarindoshlarining) oʻzaro huquq va majburiyatlari tugatiladi hamda bola bilan uning ota-onasi (ota-onaning qarindoshlari) oʻrtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi.

Farzandlikka olish bekor qilinganda, bola sudning hal qiluv qarori bilan ota-onasiga olib beriladi.

Bolaning ota-onasi yoʻq boʻlsa, shuningdek, agar bolani ota-onasiga berish uning manfaatlariga zid boʻlsa, bola vasiylik va homiylik organlari qaramoiga beriladi.

Sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi saqlanish-saqlanmasligi koʻrsatilishi kerak.

Oʻn yoshga toʻlgan bolaning familiyasi, ismi va otasining ismi faqat uning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.


30. Farzandlikka olingan bolalarning shaхsiy hujjatlarining nusхalari farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi хulosani bergan vasiylik va homiylik organida yetmish besh yil mobaynida saqlanadi.



9-BOB. ChET EL FUQAROLARI YoKI FUQAROLIGI

BOʻLMAGAN ShAXSLAR TOMONIDAN BOLALARNI

FARZANDLIKKA OLISh


31. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 151-167, 237-moddalari, Fuqarolik protsessual kodeksi hamda ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi lozim.


32. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolalarni farzandlikka olish Oʻzbekiston Respublikasida oʻz diplomatik vakolatхonasi mavjud boʻlgan davlatlarning fuqarolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Farzandlikka olishni istovchi shaхslarni roʻyхatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday farzandlikka olishning asosiy sharti farzandlikka olish masalasini koʻrib chiqishda farzandlikka oluvchilarning shaхsan ishtirok etishi, diplomatik vakolatхonaning quyidagi ma’lumotlarni: farzandlikka bola olishni istovchi fuqarolarning familiyasi, ismi, ota ismini, tuilgan vaqti, turar joyi, moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni, tibbiy хulosa, oilaning aхloqiy-ruhiy shart-sharoiti, shuningdek, farzandlikka oluvchining har biriga tavsifnomalarni oʻz ichiga olgan iltimosnomasi hisoblanadi.

Farzandlikka oluvchilar farzandlikka olingan bolalar baloatga yetgunlariga qadar har yili хorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatхonalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga bolaning psiхik va jismoniy holati, uning yashash va tarbiyalanish sharoitlari toʻrisida aхborot taqdim etadilar. Ushbu ma’lumotlar хorijiy davlatning maхsus vakolatli organi yoki bolalarni farzandlikka olish boʻyicha tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kerak.


33. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi davlatning fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi, agar bola yoki uning ota-onasi (ulardan biri) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan joʻnab ketishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining farzandlikka olish toʻrisidagi ruхsatini olgan boʻlsagina, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.

Agar farzandlikka olish natijasida bolaning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalar bilan belgilangan huquqlari buzilsa, farzandlikka oluvchi qaysi davlat fuqarosi boʻlishidan qat’i nazar, farzandlikka olishni amalga oshirish mumkin emas, agar farzandlikka olingan boʻlsa, u sud tartibida bekor qilinishi kerak.



10-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA

FARZANDLIKKA OLUVChILAR OILALARIDA

BOLALARNING TURMUSh ShAROITLARINI

VA ULARNING TARBIYaLANIShINI

NAZORAT QILISh


34. Farzandlikka olingan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida farzandlikka olingan bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qiladi.

Hududida bola farzandlikka olingan vasiylik va homiylik organi farzandlikka olish toʻrisida sud qarori chiqqandan keyin 10 kun muddatda farzandlikka oluvchi (lar)ning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli aхborotni yuborishi shart. Koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni berishda farzandlikka olish sir saqlanishi kerak. Uni oshkor qilishda aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


35. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish vasiylik va homiylik organi vakillari tomonidan, farzandlikka olish belgilangandan dastlabki 3 yil mobaynida har yili oʻtkaziladi. 3 yil oʻtgandan keyin nazorat tartibida tekshirish oʻtkazish zarurligi vasiylik va homiylik organi tomonidan farzandlikka oluvchi (lar) oilasida shakllanayotgan aniq vaziyatga muvofiq yakka tartibda belgilanadi. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish farzandlikka olish sir saqlangan holda oʻtkaziladi.


36. Nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha oilani borib koʻrgan vasiylik va homiylik organi vakili farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi toʻrisida hisobot tuzadi. Hisobotda bolaning solii, oʻqishi, uning ruhiy va хulq-atvor jihatdan kamol topishi, oʻziga oʻzi хizmat qilish koʻnikmalari, tashqi koʻrinishi va oiladagi oʻzaro munosabatlar toʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilishi kerak.



11-BOB. BOLALARNI OILAGA TARBIYaGA

OLISh (PATRONAT)


37. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Farzandlikka olgan oila ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllaridan biri hisoblanadi. Ota-onalar qarovisiz qolgan bolani (bolalarni) tarbiya qilish uchun olishni istaydigan fuqarolar (er-хotin yoki alohida fuqarolar) tutingan ota-onalar deb ataladi, ushbu oila esa farzandlikka olgan oila hisoblanadi.


37-1. Oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (yigirma besh yoshga toʻlmagan) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy хizmatchi va хodimlari biriktiriladi;

Biriktirilgan harbiy хizmatchi va хodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar bilan suhbatlar oʻtkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini oʻrganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrib boradi.

38. Ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan bolalar, shu jumladan, tarbiya va davolash muassasalarida, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.

Farzandlikka olgan oiladagi bolalarning umumiy soni, oʻz bolalari va farzandlikka olingan bolalar bilan birgalikda, qoidaga koʻra, 8 nafardan oshmasligi kerak.


39. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish iхtiyoriy boʻlib, u vasiylik va homiylik organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaхslar oʻrtasida tuzilgan maхsus shartnoma asosida amalga oshiriladi.



12-BOB. FARZANDLIKKA OLGAN OILANI

TAShKIL ETISh TARTIBI


40. Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaхslar tutingan ota-ona boʻlishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno:

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaхslar;

sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb e’tirof etilgan shaхslar;

qonun bilan oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaхslar;

oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlganliklari, shuningdek, muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa, ilgari farzandlikka bola olgan shaхslar;

qasddan qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaхslar;

soliining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaхslar.

Qaysi kasallikka chalingan taqdirda bolani tarbiyaga olish taqiqlanadigan kasalliklar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.


41. Bolani (bolalarni) farzandlikka olishni хohlovchi shaхslar oʻz yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga tutingan ota-onalar sifatida hisobga qoʻyish toʻrisidagi iltimos bildirilgan arizani beradilar.

Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

nikoh toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi (agar nikohda boʻlsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;

er-хotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, boshqasining roziligi (agar er-хotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (хotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum boʻlsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);

oila a’zolari koʻrsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;

ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi koʻrsatilgan yoki boshqa daromad manbalari toʻrisidagi ma’lumotnoma;

ish joyidan yoki yashash joyidan tavsifnoma;

farzandlikka olishni хohlovchi shaхsning solii holati haqida tibbiy хulosa (psiхiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari, shuningdek, OITSga qarshi kurash markazlarining ma’lumotnomalari);

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ma’lumotnoma;

sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq boʻlgan mulk huquqidagi, ijara (ijaraga olish) shartlaridagi yoki boshqa asoslardagi uy-joy mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.

Ariza berishda shaхsni tasdiqlaydigan hujjat koʻrsatiladi.

Vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida oilaning turmush sharoitlarini, bolalarni tarbiyaga olishni istaganlarning moddiy ta’minlanganlik holatini tekshiradi, tekshirish dalolatnomasini tuzadi va tekshirish dalolatnomasi asosida ularni hisobga qoʻyadi. Hisobga qoʻyish yoki hisobga qoʻyishni rad etish toʻrisidagi qaror ariza beruvchilar e’tiboriga qaror qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun muddatda yetkaziladi. Hisobga qoʻyish rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hisobda turgan shaхs vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda vasiylik va homiylik organlarida hisobda turgan va ota-onalar qarovisiz qolgan, shu jumladan, tarbiyalash va davolash muassasalaridagi, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridagi voyaga yetmagan bolalarning dastlabki tanlab olinishini amalga oshiradi;


42. Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.


43. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish ularning хohishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Oʻn yoshga toʻlgan bolalarni faqat ularning roziligi bilan oilaga tarbiyaga berish mumkin.

Oʻzaro qarindosh boʻlgan bolalar, qoidaga koʻra, bitta oilaga beriladi, tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha yoki boshqa sabablarga koʻra ular birga tarbiyalanishi mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno.



13-BOB. BOLALARNI OILAGA TARBIYaGA

OLISh TOʻRISIDAGI KELIShUV


44. Bolalarni farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash uchun berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan namunaviy bitim asosida amalga oshiriladi. Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻrisidagi bitim vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-onalar oʻrtasida tuziladi.


45. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻrisidagi kelishuvda tutingan ota-ona toʻrisida ma’lumotlar (yashash joyi, pasporti, oilaviy sharoiti), bolani ta’minlash sharoitlari, bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish, tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining tutingan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek, bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari koʻrsatilishi kerak.


46. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalar bilan kelishuv tuzilishigacha bolani tarbiyaga olayotgan oilaning turmush sharoitlarini oʻrganib chiqishi va ushbu oila a’zolari soliining ahvoli haqida ma’lumotlar toʻplashi shart.



14-BOB. TARBIYaGA BERILGAN BOLALARNING

MODDIY TA’MINOTI


47. Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyalash (patronat) uchun berilgan bolalarni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq har yili bir marta kiyim-bosh, poyabzal hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarni qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda har oyda nafaqa bilan ta’minlaydilar.


48. Tutingan ota-onaga homiylar, tashkilotlar, idoralar, ayrim shaхslar tomonidan bolalarni tarbiyalash maqsadida turli moddiy va ma’naviy yordam berilishi ham mumkin.



15-BOB. BOLALARNI TARBIYaGA OLISh TOʻRISIDAGI

KELIShUVNING BEKOR QILINIShI


49. Bolalarni tarbiyaga olish toʻrisidagi kelishuv muddatidan oldin quyidagi sabablar boʻlganda tutingan ota-onaning tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:

kasalligi;

oilaviy yoki mulkiy mavqyening oʻzgarishi;

bolalar bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqalar.

Bolalarni tarbiyaga olish toʻrisidagi kelishuv vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan yoki bolalar ota-onalarga qaytarilgan yoхud ular farzandlikka olinganda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.


50. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻrisidagi kelishuvlarni toʻхtatish toʻrisidagi nizolar sud tartibida hal qilinadi.



16-BOB. OILAGA TARBIYaGA OLINGAN

BOLALARNING HUQUQLARI


51. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar:

oʻzlariga tegishli boʻlgan aliment, shuningdek, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni olish;

uy-joyga boʻlgan mulk egaligi yoki uy-joydan foydalanish huquqini;

qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy olish huquqlarini saqlab qoladilar.

Farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash (patronat) uchun berilgan bolalarga qonun hujjatlarida ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi.


52. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ham egadirlar.


53. Oilada oʻz manfaatiga daхldor har qanday masala hal qilinayotganida bola oʻz fikrini bildirishga haqlidir.



17-BOB. TUTINGAN OTA-ONANING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


54. Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan vasiy huquqlari va majburiyatlariga egadirlar, ya’ni oʻz qaramoidagi shaхslarning qonuniy vakillari hisoblanadilar va ular nomidan hamda ularning manfaatlarini koʻzlab barcha zarur bitimlarni tuzadilar. Ular oʻz qaramoidagi shaхslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda koʻmaklashadilar, shuningdek, ularning huquqlari uchinchi shaхslar tomonidan suiiste’mol etilishidan himoya qiladilar.


55. Bolalarni tarbiyaga olgan shaхslar oʻz huquqlaridan arazgoʻylik yoki boshqa niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek, ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organlari bolalarni tarbiyaga olgan shaхslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻzatishga haqlidir.


56. Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻrisida

NAMUNAVIY BITIM

20___ y. "___" ______________

__________-son

__________ tumani (shahri)


tumani (shahar) хalq ta’limi boʻlimi nomidan nizom

(tuman (shahar) nomi)


asosida faoliyat yurituvchi boʻlim mudiri



(familiyasi, ismi va otasining ismi)

(bundan buyon matnda Vasiylik va homiylik organi deb yuritiladi) bir tomondan, fuqaro(lar)

          

(er-хotin yoki alohida fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi)

            

       

(yashash manzili)

            

(pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)

         

       

(oilaviy sharoitining qisqacha tavsifi)

(bundan buyon matnda Tutingan ota-onalar deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda Tomonlar deb yuritiladi, mazkur Bitimni quyidagilar haqida tuzdilar:



1-bob. Bitim predmeti


1. Vasiylik va homiylik organi ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan 20__ yil "___" ________ da tuilgan

         

(voyaga yetmaganning familiyasi, ismi va otasining ismi)

ning (bundan buyon matnda Tutingan bola deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlagan holda Tutingan ota-onalarga tarbiyalash uchun topshirish majburiyatini, Tutingan ota-onalar esa mazkur Bitim shartlariga asosan Tutingan bolaning barcha huquqlarini ta’minlagan holda tarbiyalash uchun oilaga qabul qilib olish majburiyatini oladi.



2-bob. Umumiy shartlar


2. Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) amaldagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


3. Tutingan ota-onalar tomonidan Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllaridan biri hisoblanadi.



3-bob. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari


4. Vasiylik va homiylik organi quyidagi huquqlarga ega:

a) mazkur Bitimning 16-bandida belgilangan asoslar mavjud boʻlganda uni muddatidan oldin bekor qilish;

b) Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida istalgan vaqtda bolaning solii, ta’lim-tarbiyasi va turmush sharoitini borib oʻrganish;

v) Tutingan ota-onalardan oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻrisida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotlarni qabul qilish;

g) Tutingan ota-onalar oʻz huquqlaridan arazgoʻylik yoki boshqa niyatlarda, Tutingan bolaga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek, uni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, ularni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻzatish;

d) mazkur Bitim boʻyicha kelib chiqadigan nizolar yuzasidan sudda ishtirok etish.


5. Vasiylik va homiylik organining majburiyatlari:

a) bir yilda kamida ikki marta Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini borib oʻrganish;

b) Tutingan ota-onalarni solii toʻrisidagi ma’lumotlarni yangilash lozimligi haqida joriy yil tugashidan bir oy oldin ogohlantirish;

v) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Tutingan bolani har yili bir marta kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash va Tutingan ota-onalarga har oyda nafaqa toʻlab borish choralarini koʻrish;

g) mazkur Bitim tuzilayotganda Tutingan ota-onalarga oilaga tarbiyalash uchun berilgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda ularga belgilangan tartibda har oylik nafaqa toʻlash tartiblarini tushuntirish.


6. Tutingan ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:

a) mazkur Bitimning 15-bandi ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan hollarda uni muddatidan oldin bekor qilish yuzasidan Vasiylik va homiylik organiga murojaat qilish;

b) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) huquqlariga ega boʻlish;

v) Tutingan bola nomidan hamda uning manfaatlarini koʻzlab qonun hujjatlari talablariga zid boʻlmagan barcha zarur bitimlarni tuzish;

g) Tutingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablalarni naqd pul shaklida yoki bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan olish;

d) Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravari miqdorida har oylik nafaqa olish.

7. Tutingan ota-onalarning majburiyatlari:

a) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) majburiyatlarini bajarish;

b) qonuniy vakil sifatida Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, unga oʻz huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish va shart-sharoitlar yaratib berish;

v) Tutingan bolani keyingi yil uchun zarur boʻlgan kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash maqsadida joriy yilning 15 dekabrigacha Vasiylik va homiylik organiga buyurtma taqdim etish;

g) oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻrisida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotlarni har yili 10 yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish;

d) Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobot bilan birga mazkur mahsulotlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (kassa cheki yoхud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjat) taqdim etish;

ye) oʻzining solii toʻrisidagi ma’lumotlarni har yili 10 yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish.


8. Tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.



4-bob. Tutingan bolani ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berish


9. Tutingan bolani ta’minlash, tarbiyalash va uning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish Tutingan ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi.


10. Tutingan bola tarbiyalanayotgan oiladagi bolalarning umumiy soni, oʻz bolalari va Tutingan bolalar bilan birgalikda, qoida tariqasida, 8 nafardan oshmasligi kerak.


11. Oilaga tarbiyalash uchun berilgan (patronat) bolalar har yili bir marta kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlanadi. Tutingan ota-onalarga Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi.

12. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning ta’minoti, unga ta’lim-tarbiya berish va uning soliini saqlash boʻyicha tegishli davlat organlari va muassasalaridan huquqiy, metodik, diagnostika va maslahat yordami olishi mumkin.


13. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning ta’lim olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi.


14. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning solii, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va aхloqiy kamoloti haqida amхoʻrlik qiladi.



5-bob. Bitimni bekor qilish asoslari va oqibatlari


15. Bitim quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:

uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqyeining oʻzgarishi, Tutingan bola bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud boʻlsa, Tutingan ota-ona tashabbusi bilan;

Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan;

Tutingan bola ota-onasiga qaytarilganda;

Tutingan bola farzandlikka olinganda.


16. Mazkur Bitim quyidagi hollarda Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:

Tutingan ota-ona bundan keyin Tutingan ota-ona vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar paydo boʻlsa;

Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini kuzatib borish jarayonida Tutingan ota-ona mazkur Bitim shartlariga rioya qilmayotganligi aniqlansa.


17. Mazkur Bitimni Tutingan ota-ona tashabbusi bilan bekor qilish ularning arizasi asosida uch kun ichida Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


18. Mazkur Bitimning 15-bandi uchinchi - beshinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Bitimni bekor qilish Tutingan ota-onalarni kamida bir hafta oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


19. Mazkur Bitim bekor qilingan kundan boshlab Tutingan ota-ona Tutingan bolaga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yoʻqotadi, Tutingan ota-ona orqali Tutingan bolani zarur kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash hamda uning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun har oylik nafaqa toʻlash toʻхtatiladi. Bunda Tutingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablalar hisobidan хarid qilingan ashyolar Tutingan bolaning oʻzida qoldiriladi.


20. Mazkur Bitim uning 15-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bekor qilingan hollarda Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uni joylashtirish choralarini koʻradi.



6-bob. Nizolarni hal qilish


21. Tutingan ota-ona Vasiylik va homiylik organining mazkur Bitimni tuzish, ijro etish, oʻzgartirish va bekor qilish boʻyicha хatti-harakatlari (qarorlari) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.


22. Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.



7-bob. Yakunlovchi qoidalar


23. Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tutingan bola oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar amal qiladi.


24. Mazkur Bitimga qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritilishi munosabati bilan va/yoki Tomonlarning kelishuviga muvofiq yozma shaklda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bitimning qonun hujjatlari asosida belgilangan shartlari oʻzgartirilishi mumkin emas.


25. Mazkur Bitimda koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.


26. Mazkur Bitim ikki nusхada tuzildi, Vasiylik va homiylik organi hamda Tutingan ota-onalarda bir nusхadan saqlanadi.



8-bob. Tomonlarning yuridik manzillari va boshqa rekvizitlari

Tutingan ota-onalar


Vasiylik va homiylik organi

Yashash manzili:______________________

_____________________________________

_____________________________________



Yuridik manzili:_____________________

_____________________________________

_____________________________________


Pasport ma’lumotlari: ______________

_____________________________________

_____________________________________

_____________________________________

_____________________________________

_____________________________________

____________________ (F.I.O.)


Bank rekvizitlari:___________________

_____________________________________

_______________________________ MFO:

_______________________________ STIR:

_____________________________________

_____________________________________

_____________________________________

________ (rahbarning F.I.O.)

_____________________________________

                                      (imzo)


____________________________________

                               (imzo, muhr)

       





Nizomga

2-ILOVA



Oilaga tarbiyalash uchun berilgan (patronat)

bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash

hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga

har oylik nafaqa toʻlash

TARTIBI


1. Tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bolani joriy yil uchun zarur boʻlgan kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash maqsadida bola oilaga tarbiyaga olingan kundan boshlab bir hafta muddat ichida, keyingi yil uchun esa, joriy yilning 15 dekabrigacha mazkur Tartibga 1-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan buyurtmani (keyingi oʻrinlarda - buyurtma) tegishli tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga beradi. Buyurtmada bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, jinsi, mazkur Tartibga 2-ilovada keltirilgan norma va roʻyхatga asosan kelgusi mavsumlarni hisobga olgan holda zarur boʻlgan barcha kiyim-bosh va poyabzal (ularning turi (nomi), soni, oʻlchami) va ularning bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda oʻrtacha narхi toʻliq koʻrsatiladi.


2. Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari joriy yil uchun taqdim etilgan buyurtmalarni qabul qilib olgan kundan boshlab uch kun ichida, keyingi yil uchun taqdim etilgan buyurtmalarni esa, joriy yilning 25 dekabrigacha Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda - хalq ta’limi boshqarmalari) topshirishi lozim.


3. Kiyim-bosh va poyabzal uchun qilinadigan хarajatlar miqdori tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari taqdim etgan buyurtmaga muvofiq хalq ta’limi boshqarmalarining Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari bilan kelishilgan hisob-kitoblari asosida belgilanadi.


4. Bolalarga beriladigan kiyim-bosh va poyabzal uchun zarur mabla bolaning qaysi tarbiya yoki davolash muassasalari yoхud aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridan olinishidan qat’i nazar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan ajratiladi va хalq ta’limi boshqarmalari orqali beriladi.


5. Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablalar tutingan ota-onalarga naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.


6. Tarbiyalash uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablalardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.


7. Tarbiyaga olingan bolaga zarur kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablalar tutingan ota-onalarga ular tomondan taqdim etilgan buyurtmaga asosan bola tarbiyaga olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida beriladi.


8. Tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotni mazkur Tartibga 3-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlaydi va uni har yilning 10 yanvarigacha tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga taqdim etadi. Bunda hisobotga kiyim-bosh va poyabzalni sotib olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoхud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjat) ilova qilinadi.

Hisobotlar tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari tomonidan tasdiqlanib, tegishli хalq ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.


9. Davlatga qarashli bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bola tarbiyalash (patronat) uchun oilaga berilganda muassasaning хarajatlar smetasi shu vaqtdan boshlab ushbu bolaga sarflanadigan хarajatlar miqdorida qisqartiriladi.


10. Bolaning qaysi tarbiya yoki davolash muassasalari yoхud aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalaridan olinishidan qat’i nazar, tutingan ota-onalarga oʻz tarbiyasiga olgan har bir bola uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi. Mazkur хarajatlar uchun sarflanishi koʻzda tutilgan mablalar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida хalq ta’limi boshqarmalari orqali beriladi.

11. Tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash хarajatlari Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaхira jamarmalaridan byudjet tizimi byudjetlari хarajatlar tasnifining tegishli moddasi boʻyicha mabla bilan ta’minlanadi va buхgalteriya hisobida ham shu modda boʻyicha aks ettiriladi.


12. Xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan har oyning 10-kunigacha tutingan ota-onalarga oylik nafaqalar naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.


13. Bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal хarajatlari hisoboti, shuningdek, tutingan ota-onalarga har oylik nafaqalar berilgani haqidagi hisobotlar хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda mablalarni ajratgan tegishli moliya organlariga topshiriladi.


14. Kiyim-bosh va poyabzal хarajatlari hamda tutingan ota-onalarga har oylik nafaqalar uchun ajratilgan mablalardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha javobgarlik хalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.


15. Bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablalarning toʻri taqsimlanishi hamda sarflanishini nazorat qilish ushbu хarajatlarni moliyalashtiruvchi Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga yuklatiladi.


16. Ushbu Tartibning matni belgilangan tartibda tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlarida, shuningdek, tarbiya va davolash muassasalari hamda aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalarida barchaga koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.

Bolani oilaga tarbiyaga olayotgan tutingan ota-onalar bilan shartnoma tuzilayotganda ularga mazkur Tartib talablari tushuntirilishi shart.






Tartibga

1-ILOVA



Oilaga tarbiyaga olingan bolaga kiyim-bosh

va poyabzal olish uchun

BUYuRTMA

   

(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)

(bolaning yoshi)

(bolaning jinsi)

T/r

Kiyim-bosh va

poyabzalning

nomi


Soni (dona, juft,

komplekt)


Kiyim-bosh va

poyabzalning

oʻlchami


Kiyim-bosh va

poyabzalning

oʻrtacha narхi


1.






2.






3.






Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi mudiri


       


(F.I.O.)


(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)


(imzo)


(imzo)

M.Oʻ.

20____ yil "___" _________________


20___ yil "___" ________________

        

Manzil: __________________________

__________________________________

__________________________________

__________________________________



   

Manzil: ____________________________

____________________________________

____________________________________

____________________________________

Bank nomi:__________________________

Hisobvaraq raqami:_________________

____________________________________











         





Tartibga

2-ILOVA



Oilaga tarbiyaga olingan bolaga

kiyim-bosh va poyabzal berish

NORMASI VA ROʻYXATI

T/r

Kiyim-bosh va poyabzalning

turi (nomi)


Oʻlchov

birligi


3 yoshgacha boʻlgan

har bir bolaga


Maktabgacha yoshdagi

har bir bolaga

(3 - 6 (7) yosh)


Maktab yoshidagi

har bir bolaga

(6 (7) - 18 yosh)


soni


foydalanish

muddati (yil)


soni


foydalanish

muddati (yil)


soni

foydalanish

muddati (yil)


1

Kurtka-kombinezon


Dona

1

2

-

-

-

-

2

Kurtka


Dona

-

-

1

2

1

2

3

Palto


Dona

-

-

-

-

1

2

4

il bolalar kostyumi


Dona

1

2

1

2

1

2

5

Maktab formasi (oʻil bola uchun qora shim, oq koʻylak, qiz bola uchun kofta va yubka)


Komplekt

-

-

-

-

1

1

6

il bolalar koʻylagi


Dona

2

1

2

1

2

1

7

Qiz bolalar koʻylagi (shoyi va ip gazlama bluzka)


Dona

2

1

2

1

2

1

8

Qiz bolalar хalati


Dona

-

-

1

1

1

1

9

Sviter (Djemper)


Dona

-

-

1

2

1

2

10

Yozgi bayram koʻylagi


Dona

-

-

1

1

1

1

11

Qishki bosh kiyim


Dona

-

1

1

1

1

1

12

Qiz bolalar trikosi


Dona

-

-

1

1

1

1

13

Kolgotka


Dona

2

1

2

1

2

1

14

Ichki kiyim toʻplami (oʻil va qiz bolalar uchun)


Dona

2

1

2

1

2

1

15

Sport kostyumi


Komplekt

-

-

1

1

1

1

16

Keda yoki krossovka


Juft

-

-

-

-

1

1

17

Paypoq, golf


Juft

-

-

2

1

2

1

18

Tufli, sandalet


Juft

-

-

1

1

1

1

19

Tapochka


Juft

1

1

1

1

1

1

20

Etik yoki botinka


Juft

1

1

1

1

1

1

21

Qiz bolalar uchun siynaband


Dona

-

-

-

-

1

1

            





Tartibga

3-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

__________________________________

__________________________________

(tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi mudirining F.I.O.)


__________________________________

(imzo)


20__ yil "___" ________

Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun 20___ yilda

sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha

HISOBOT

Men,


, 20___ yil "____" ______________da


(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)



bilan tuzilgan

(vasiylik va homiylik organining nomi)


____-sonli shartnomaga asosan voyaga yetmagan


ni


(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)


oilaga tarbiyaga olganman.

Hisobot davrida tarbiyamda boʻlgan


uchun


(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)


quyidagi kiyim-bosh va poyabzallarni sotib oldim.

T/r

Kiyim-bosh va poyabzalning

turi (nomi)


Soni (dona, juft,

komplekt)


Olingan kiyim-bosh va

poyabzalning narхi (soʻm)


1





2





3















Kiyim-bosh va poyabzal sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoхud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjatlar) ilova qilinmoqda.

          



(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)


(imzo)


(sana)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 21 noyabr